1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining
buyrugʻi
“Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 17-martda 2550-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasining 2017-yil 13-noyabrdagi 16-mh-sonli “Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2550-2 06.12.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2013-yil 25-dekabrdagi 1323-son “Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2550, 2014-yil 8-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 2-son, 26-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. AXMEDOV
Toshkent sh.,
2016-yil 29-fevral,
29-son
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-son buyrugʻiga ILOVA
“Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
“1. Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-sonli “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, sport-taʼlim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibini belgilaydi.”;
v) 1-banddagi “trener-oʻqituvchi” degan soʻzlar “trener” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“trener-oʻqituvchi — sport-taʼlim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalarida muayyan sport turi boʻyicha taʼlim dasturi asosida bevosita taʼlim beruvchi va sportchilarni tayyorlovchi mutaxassis;
yoʻriqchi-uslubchi — sport-taʼlim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalarida tashkiliy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish va metodik-uslubiy ishlarni tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi mutaxassis.”;
“II bob. Trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilarga beriladigan malaka toifalari
3. Trener-oʻqituvchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi:
ikkinchi toifali trener;
birinchi toifali trener;
oliy toifali trener.
4. Yoʻriqchi-uslubchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi:
ikkinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi;
birinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi;
oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi.
5. Ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi malaka toifalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari tomonidan beriladi.
6. “Oliy toifali trener” va “Oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi” malaka toifalari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan beriladi.
7. Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi malaka toifalari Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan, “Oliy toifali trener” va “Oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi” malaka toifalari esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi tomonidan beriladi.
8. Trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilarga berilgan malaka toifalari ularga tabaqalashtirilgan tarzda haq toʻlash uchun asos boʻladi.”;
“trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma nusxasi (faqat trener-oʻqituvchi tomonidan taqdim etiladi);
yoʻriqchi-uslubchi faoliyatini amalga oshirish uchun nashr etilgan uslubiy qoʻllanma(lar) nusxasi (mavjud boʻlganda) (faqat yoʻriqchi-uslubchi tomonidan taqdim etiladi).”;
“11. Malaka toifalari mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalarida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq beriladi.
12. Ikkinchi va birinchi toifali malaka toifalarini olish uchun daʼvogar bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari huzurida tashkil etilgan, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari huzurida tashkil etilgan malaka komissiyasiga murojaat qiladi.
Oliy toifali malaka toifasini olish uchun daʼvogar mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari hamda sport-taʼlim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalariga, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga taqdim etadi. Ular oʻz navbatida ushbu hujjatlarni tasdiqlab, koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzurida tashkil etilgan malaka komissiyasiga, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashiga taqdim etadi.
13. Mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning haqqoniyligi uchun daʼvogar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, sport-taʼlim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari javobgar hisoblanadi.”;
z) 14-banddagi “instruktor-metodistlar” va “instruktor-metodistlarga” degan soʻzlar tegishlicha “yoʻriqchi-uslubchilar” va “yoʻriqchi-uslubchilarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i) 17-banddagi “olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari” degan soʻzlar “Olimpiya, noolimpiya oʻyinlari yoki Oʻzbekiston milliy sport turlari va xalq oʻyinlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“21. Malaka komissiyasi aʼzolari bir yil muddatga tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.”;
birinchi xatboshidagi “sport federatsiyalarining (uyushmalari, markazlari)” degan soʻzlar “sport federatsiyalari (uyushmalari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisining sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari — respublika malaka komissiyasining, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari raisining sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari — hududiy malaka komissiyasining raisi hisoblanadi.”;
“27. Malaka komissiyasi qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rais hamda yigʻilishda ishtirok etgan aʼzolar tomonidan imzolanadi. Komissiyaning qarori ijobiy boʻlganda, u mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar yoxud Toshkent shahar kengashiga guvohnoma berish uchun taqdim etiladi.
28. Malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi tegishli malaka komissiyasining qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar yoxud Toshkent shahar kengashi tomonidan buyruq chiqariladi hamda mazkur buyruqqa asosan daʼvogarga guvohnoma rasmiylashtiriladi.”;
“32. Malaka toifasini berish boʻyicha barcha hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalarida, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar yoxud Toshkent shahar kengashida ikki yil mobaynida saqlanib, tegishli arxiv muassasalariga topshiriladi.”;
r) 34-banddagi “Xalqaro toifadagi trener-oʻqituvchi” degan soʻzlar “Xalqaro toifali trener” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2016-yil 3-fevral
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
2016-yil 3-fevral
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
2016-yil 3-fevral
Moliya vaziri R. AZIMOV
2016-yil 3-fevral
“Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
“Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Trener-oʻqituvchilarning ish natijalarini baholash
MEZONLARI
Trener-oʻqituvchi tomonidan tayyorlangan sportchilarning sport musobaqalarida erishgan natijasi boʻyicha:
Sport musobaqasining nomi
Sportchi soni*
(kamida)
Sportchi tomonidan sport musobaqasida egallangan oʻrin (erishilgan natijasi)**
oliy toifa berish uchun
birinchi toifa berish uchun
ikkinchi toifa berish uchun
Olimpiya oʻyinlari
1
1 — 10
11 — 20
ishtirok etgan boʻlishi kifoya
Jahon chempionati va kubogi
1
1 — 6
7 — 10
11 — 20
Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Jahon chempionati va (yoki) kubogi
1
1 — 3
4 — 6
7 — 10
Osiyo oʻyinlari
1
1 — 6
7 — 10
10 — 14
Osiyo chempionati va kubogi
1
1 — 3
4 — 6
7 — 10
Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati va (yoki) kubogi
1
1-2
3 — 5
6 — 8
Xalqaro sport musobaqalari
2
1
2-3
4 — 6
Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi
2
—
1 — 3
4 — 6
Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi
2
—
1
2-3
Izoh: trener-oʻqituvchiga tegishli malaka toifasini berish uchun u tomondan sport musobaqasida qatnashish uchun tayyorlanishi lozim boʻlgan sportchi soni* va sportchining sport musobaqasida egallashi lozim boʻlgan oʻrni (erishilgan natijasi)**.
“Oliy toifali trener” malaka toifasini berishda trener-oʻqituvchi tomonidan tayyorlangan sportchilarning Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi hamda Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligida egallagan oʻrni koʻrsatkich sifatida inobatga olinmaydi.
Mazkur jadvalda koʻrsatilgan sport musobaqalarining nufuzi Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
Trener-oʻqituvchining Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini shakllantirish hamda sport zaxirasini tayyorlashda qoʻshgan hissasi boʻyicha:
Sportchilarni olimpiya zaxirasi kollejiga kirishi uchun tayyorlash
4
2
Sportchilarni oliy sport mahorati bosqichigacha tayyorlash
4
2
Sportchilarni sport mahoratini takomillashtirish bosqichigacha tayyorlash
2
1
Sportchilarni boshlangʻich tayyorgarlik bosqichidan oʻquv-mashq bosqichiga tayyorlash
—
2
Izoh: * trener-oʻqituvchiga tegishli malaka toifasini berish uchun u tomondan Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini shakllantirish hamda sport zaxirasini yaratish uchun tayyorlashi lozim boʻlgan sportchilar soni. Bunda “Oliy toifali trener” malaka toifasini berishda mazkur koʻrsatkichlar inobatga olinmaydi.
“Birinchi toifali trener” malaka toifasini berishda trener-oʻqituvchining boshlangʻich tayyorgarlik bosqichidan oʻquv-mashq bosqichiga sportchilarni tayyorlashdagi koʻrsatkichi inobatga olinmaydi.”.
“Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
“Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Yoʻriqchi-uslubchilarning ish natijalarini baholash
MEZONLARI
Tashkilotlar, ish xususiyatlari
Ish staji (yil)*
oliy toifa berish uchun
birinchi toifa berish uchun
ikkinchi toifa berish uchun
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi rahbarlik lavozimidagi
hamda tashkiliy-uslubiy ishlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida
Respublika darajasidagi jismoniy tarbiya-sport jamiyatlarida
7
4
3
Hududiy jismoniy tarbiya-sport jamiyatlarida
10
6
4
Bevosita rahbarlik lavozimidagi ishlari:
Oliy sport mahorat maktabi, oliy mahorat sport maktabi, olimpiya zaxirasi kolleji, ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablarida
6
5
4
Bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida
7
5
3
Ilmiy tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyati:
Ilmiy unvon yoki ilmiy darajaga ega boʻlgan holda
7
4
2
Ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega boʻlmagan holda
10
7
4
Izoh: ish stajini hisoblashda tegishli ishda (lavozimda) toʻliq ishlangan yillar hisobga olinadi.
Yoʻriqchi-uslubchining ish natijalarini baholashda uning ish stajidan qatʼi nazar, Ixtisoslashtirilgan muvofiqlashtiruvchi uslubiy Kengash tomonidan ruxsat berilgan holda jismoniy tarbiya va sport sohasida yakka mualliflikda chop etgan uslubiy qoʻllanmalari hisobga olinadi. Bunda “Oliy toifali trener” malaka toifasini olish uchun kamida 2 ta, “Birinchi toifali trener” malaka toifasini olish uchun esa, kamida 1ta uslubiy qoʻllanma chop etilgan boʻlishi lozim.”.
“Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va instruktor-metodistlariga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 3-ILOVA
“Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Malaka toifalarini olishda tan olinadigan nufuzli sport musobaqalari
Nufuzli sport musobaqalariga Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari, turli xalqaro sport musobaqalari, Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi kiradi. Bunda:
1. Olimpiya oʻyinlarining nufuzi Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
2. Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha Jahon yoki Osiyo chempionati va kubogining nufuzi tegishli xalqaro sport federatsiyasi (uyushmasi) tomonidan belgilanadi.
3. Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilmagan sport turlari boʻyicha Jahon chempionati va kubogining nufuzi ushbu sport musobaqalarida kamida 20 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan taqdirda tan olinadi, Osiyo chempionati va kubogining nufuzi esa, ushbu sport musobaqalarida kamida 10 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan taqdirda tan olinadi.
4. Xalqaro sport musobaqalarining nufuzi sport turlari boʻyicha tegishli xalqaro sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan roʻyxatga olingan xalqaro sport musobaqalari boʻyicha tan olinadi. Bunda ushbu sport musobaqalarida kamida 6 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan boʻlishi kerak.
5. Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi nufuzi ushbu sport musobaqalarining xalqaro va respublika miqyosidagi sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilishi bilan belgilanadi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 11-son, 107-modda)