Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmasida Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
El-yurtimiz ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan koʻp yillik mashaqqatli kurashlarni haqqoniy va toʻlaqonli aks ettirish, mustabid tuzum davridagi ommaviy qatagʻonlar tufayli qurbon boʻlgan, insoniylik shaʼni, qadr-qimmati toptalgan vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirish, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat tuygʻularini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining:
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyini (keyingi oʻrinlarda Muzey deb ataladi);
hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeylarini (keyingi oʻrinlarda hududiy muzeylar deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
a) Muzeyning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
mustabid tuzum davridagi qatagʻon siyosatining sabablari va fojiali oqibatlarini chuqur oʻrganish hamda ularni haqqoniy yoritish maqsadida muzey ekzpozitsiyasini tashkil etish;
muzey fondlari va eksponatlarini mamlakatimiz va xorijdagi qatagʻon siyosati bilan bogʻliq turli hujjatlar va boshqa eksponatlar bilan muntazam boyitib borish;
qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bogʻliq maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish, respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish;
qatagʻon qurbonlarining hayoti va faoliyatini oʻrganish, ijodiy merosini toʻplash, nashrga tayyorlash va chop etish;
respublika taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda muzeyda ochiq darslar, maʼruza va seminar mashgʻulotlari, talabalarning malakaviy amaliyot oʻtashini taʼminlash, Muzeyning ilmiy bazasidan foydalangan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga koʻmaklashish;
hududiy muzeylarga uslubiy yordam koʻrsatish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
b) hududiy muzeylarning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
hududlarda mustamlakachilik va mustabid tuzum davrida vatanimiz ozodligi va mustaqilligi yoʻlida oʻz jonini fido qilgan, qatagʻon etilgan ajdodlarimiz hayoti va faoliyatini atroflicha oʻrganish va muzey ekspozitsiyalari orqali keng jamoatchilikka targʻib etish;
muzey fondini boyitish maqsadida hududlarda oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, doktorantlari va talabalari ishtirokida muntazam ravishda ekspeditsiyalar tashkil etish;
hududlardagi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari hamda jamoat tashkilotlari bilan birgalikda qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida mavzuli ekskursiyalar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlar va koʻrgazmalar oʻtkazish;
muzey ekspozitsiyalarini tashkil etishda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish.
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeylari tashkil etiladigan hududlardagi oliy taʼlim muassasalarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Hududlardagi oliy taʼlim muassasalarining tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeylarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyining ustavi 4-ilovaga muvofiq;
Hududlardagi oliy taʼlim muassasalarining tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeylarining namunaviy nizomi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Muzey direktoriga, zarur boʻlganda, Muzey tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Quyidagilar Muzey va hududiy muzeylar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
a) Muzey boʻyicha:
Muzeyni saqlash uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar;
(4-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
faoliyat ixtisosligi boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlardan olingan daromadlar;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b) hududiy muzeylar boʻyicha:
oliy taʼlim muassasalarining hududiy muzeylarni saqlash uchun ajratiladigan budjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi);
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar;
(4-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
faoliyat ixtisosligi boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlardan olingan daromadlar;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda hududiy muzeylarga ularning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlariga mos binolar ajratilishini va ularga hududiy muzeylar belgilangan tartibda joylashtirilishini taʼminlasinlar.
Belgilab qoʻyilsinki, zarur hollarda hududiy muzeylar uchun ajratilgan binolarni taʼmirlash hamda ularni mebel va zamonaviy texnik vositalar, shu jumladan interaktiv infokiosk va monitorlar, stend va podiumlar bilan jihozlash Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi va tegishli oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
6. Muzey Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2018-yil 1-martga qadar hududiy muzeylar ekspozitsiyalarini yaratish, mustamlakachilik va qatagʻon davriga oid hujjatlar, kino, fono, fotomateriallar va ashyolar bilan toʻldirishni taʼminlasin.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Muzey Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyining barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Muzey direktori va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Muzey yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat muassasasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisob raqamlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
hududiy muzeylar faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha alohida gʻaznachilik shaxsiy hisobvaraqlari ochiladi, belgilangan tartibda daromadlar va xarajatlar smetasi tasdiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Muzey hamda oliy taʼlim muassasalari tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeylari rahbar va ilmiy xodimlarining ish haqlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga tenglashtiriladi. Muzey direktori oʻrinbosarlarining bazaviy lavozim maoshi Muzey direktorining lavozim maoshiga nisbatan 5 foizga kamaytirilgan holda belgilanadi.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Muzey tuzilmasidagi boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik va mutaxassis xodimlarning ish haqlari Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining boshqaruv va yordamchi xodimlarining bazaviy lavozim maoshi miqdorlariga, boshqa xodimlarning lavozim maoshlari esa davlat muzeylari xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga tenglashtirilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-iyundagi 357-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2021-y., 09/21/357/0543-son)
hududiy muzeylar idoraviy mansublik jihatidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga, uslubiy jihatdan Muzeyga boʻysunadi;
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy muzeylar direktorlari tegishli oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan Muzey direktori va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(7-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Muzey bilan birgalikda bir oy muddatda hududiy muzeylarni malakali kadrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur koʻchasi, “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi hududidagi bino Muzeyga operativ boshqarish huquqi asosida berilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Madaniyat vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha 2018-2019-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda Muzeyni rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va uni rekonstruksiya qilish uchun zarur markazlashgan kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsin.
11. Belgilab qoʻyilsinki, Muzeyni zamonaviy texnik vositalar, shu jumladan interaktiv infokiosk va monitorlar, stend va podiumlar bilan jihozlash uchun zarur mablagʻlar Muzeyni asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Muzeyni zamonaviy texnik vositalar, shu jumladan, interaktiv infokiosk va monitorlar, stend va podiumlar bilan jihozlash va 1 ta avtotransport vositasini xarid qilish uchun zarur mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2018-yilgi parametrlarida nazarda tutsin.
13. Muzeyga 2 ta, jumladan, 1 ta shaxsiy biriktirilgan va 1 ta maxsus avtotransport vositalari uchun limit ajratsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
bir oy muddatda Muzeyni zarur aloqa turlari va vositalari, jumladan, Hukumat telefon aloqasi bilan belgilangan tartibda taʼminlasin, shuningdek, keng qamrovli internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatini yaratsin;
ikki oy muddatda Muzey va hududiy muzeylarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda mavzuga oid virtual ekskursiyalar tashkil etish, Muzey va hududiy muzeylar ekspozitsiyalarida sensorli axborot kiosklarini oʻrnatish hamda Qatagʻon qurbonlari xotirasi virtual muzeyini tashkil etish choralarini koʻrsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Muzey va hududiy muzeylarning samarali faoliyatini yoʻlga qoʻyish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, ekspozitsiyalarni doimiy toʻldirib borish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Majidov, Madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-noyabr,
936-son
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 936-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyining
TUZILMASI

Direktor



Muzey va hududiy muzeylar direktorlari kengashi

Ilmiy kengash



Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Direktorning umumiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Yuriskonsult


Fond boʻlimi

3

Buxgalteriya

2

Xodimlar boʻlimi

1


Ekskursovodlar boʻlimi

4

Maʼmuriy-xoʻjalik boʻlimi

4

Xalqaro aloqalar boʻlimi

1


Ilmiy boʻlim

5

Muzey kuzatuvchilari

5

Birinchi boʻlim

1


Ekspozitsiya boʻlimi

4

Boshqaruv xodimlarining (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) umumiy cheklangan soni — 34 nafar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar shartnoma asosida qoʻshimcha ravishda jalb etilishi mumkin.
(izohning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Texnik va yordamchi xodimlar soni (muzey kuzatuvchilaridan tashqari) davlat muzeylari uchun oʻrnatilgan normativlar boʻyicha belgilanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-iyundagi 357-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2021-y., 09/21/357/0543-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 936-son qaroriga
2-ILOVA
Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeylari tashkil etiladigan hududlardagi oliy taʼlim muassasalarining
ROʻYXATI

T/r

Hudud nomi

Muzey tashkil etiladigan oliy taʼlim muassasasi nomi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Qoraqalpoq davlat universiteti

2.

Andijon viloyati

Andijon davlat universiteti

3.

Buxoro viloyati

Buxoro davlat universiteti

4.

Jizzax viloyati

Jizzax davlat pedagogika instituti

5.

Navoiy viloyati

Navoiy davlat pedagogika instituti

6.

Namangan viloyati

Namangan davlat universiteti

7.

Samarqand viloyati

Samarqand davlat universiteti

8.

Sirdaryo viloyati

Guliston davlat universiteti

9.

Surxondaryo viloyati

Termiz davlat universiteti

10.

Toshkent viloyati

Chirchiq davlat pedagogika instituti

11.

Fargʻona viloyati

Fargʻona davlat universiteti

12.

Xorazm viloyati

Urganch davlat universiteti

13. 

Qashqadaryo viloyati

Qarshi davlat universiteti

Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 936-son qaroriga
3-ILOVA
Hududlardagi oliy taʼlim muassasalarining tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeylarining
namunaviy tuzilmasi

Oliy taʼlim muassasasi rektori


Muzey direktori



Ilmiy va mutaxassis xodimlar boʻlimi

2

Fondlar boʻlimi

1

Ekskursovod va muzey nazoratchilari boʻlimi

2

Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 6 nafar.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-iyundagi 357-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2021-y., 09/21/357/0543-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 936-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Ustav Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyining (keyingi oʻrinlarda Muzey deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Muzey oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Ustavga amal qiladi.
3. Muzey oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi va boʻysunadi.
4. Muzey oʻz faoliyatida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xorijiy va xalqaro hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Muzey yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat muassasasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisob raqamlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
6. Muzey joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Amir Temur koʻchasi, “Shahidlar xotirasi” maydoni, 100184.
7. Muzeyning rasmiy nomi:
davlat tilida — Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʼon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi;
rus tilida — Gosudarstvenniy muzey Pamyati jertv repressiy pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;
ingliz tilida — State museum in memory of the victims of the repressions under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan.
2-bob. Muzeyning asosiy vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Muzeyning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mustabid tuzum davridagi qatagʻon siyosatining sabablari va fojiali oqibatlarini chuqur oʻrganish hamda ularni haqqoniy yoritish maqsadida muzey ekspozitsiyasini tashkil etish;
muzey fondlari va eksponatlarini mamlakatimiz va xorijdagi qatagʻon siyosati bilan bogʻliq turli hujjatlar va boshqa eksponatlar bilan muntazam boyitib borish;
qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bogʻliq maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish, respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish;
qatagʻon qurbonlarining hayoti va faoliyatini oʻrganish, ularning ijodiy merosini toʻplash, nashrga tayyorlash va chop etish;
respublika taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda muzeyda ochiq darslar, maʼruza va seminar mashgʻulotlari, talabalarning malakaviy amaliyot oʻtashini taʼminlash, Muzeyning ilmiy bazasidan foydalangan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga koʻmaklashish;
hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeylariga (keyingi oʻrinlarda hududiy muzeylar deb ataladi) uslubiy yordam berish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish.
9. Muzey oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) mustabid tuzum davridagi qatagʻon siyosatining sabablari va fojiali oqibatlarini chuqur oʻrganish hamda ularni haqqoniy yoritish maqsadida muzey ekspozitsiyasini tashkil etish sohasida:
Oʻzbekistonning mustabid tuzum davridagi tarixini birlamchi manbalar, arxiv hujjatlari, matbuot materiallari asosida atroflicha tadqiq etadi;
ilmiy izlanishlar natijasida jamlangan tarixiy materiallar va muzey ashyolari asosida muzey ekspozitsiyasini yaratadi va takomillashtiradi;
muzey ekspozitsiyalarini tashkil qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanadi;
xorijiy mutaxassislar tomonidan nashr etilgan qatagʻon davriga oid zamonaviy ilmiy va siyosiy, badiiy adabiyotlar elektron bazasini yaratadi;
respublikaning ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi;
xorijiy mamlakatlarning turdosh muzeylari, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari bilan birgalikda belgilangan tartibda ilmiy izlanishlar olib boradi;
qatagʻonlar tufayli qurbon boʻlgan mutafakkirlar, mashhur fan va adabiyot arboblari sharafiga bagʻishlangan respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlarni tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etadi;
b) muzey fondlari va eksponatlarini mamlakatimiz va xorijdagi qatagʻon siyosati bilan bogʻliq turli hujjatlar va boshqa eksponatlar bilan muntazam boyitib borish sohasida:
respublika va xorijiy mamlakatlarning arxivlari hamda kutubxonalarida saqlanayotgan hujjatlar va birlamchi manbalar boʻyicha ilmiy izlanishlar olib boradi;
respublikaning turli hududlari hamda xorijiy mamlakatlarga ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirish asosida yangi muzey ashyolarini toʻplaydi;
qatagʻon qurbonlari avlodlarining xotiralari va ogʻzaki tarix materiallari asosida monografiyalar, ilmiy risolalar tayyorlaydi;
v) qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bogʻliq maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish, respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etish sohasida:
muzey yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilishi rejalashtirilgan anjumanlar va turli tarixiy sanalar munosabati bilan koʻrgazmalar tashkil etadi;
qatagʻon qurbonlari avlodlari va yoshlar ishtirokida xotira kechalari hamda davra suhbatlari uyushtiradi va oʻtkazadi;
alohida buyurtmalar asosida qatagʻon etilgan vatandoshlarimizning uy-muzeylari ekspozitsiyalarini tashkil etishda ishtirok etadi;
xorijiy mamlakatlarda muzeyshunoslik sohasi va tarixiy mavzularda oʻtkaziladigan xalqaro anjumanlarda ishtirok etadi;
g) qatagʻon qurbonlarining hayoti va faoliyatini oʻrganish, ularning ijodiy merosini toʻplash, nashrga tayyorlash va chop etish sohasida:
qatagʻon qurbonlari boʻlgan davlat va jamoat arboblari, fan, adabiyot namoyondalarining respublika va xorijdagi mavjud ilmiy, adabiy, publitsistik merosini aniqlaydi va jamlaydi;
mustamlakachilik, shu jumladan qatagʻon siyosati va uning qurbonlariga bagʻishlangan monografiyalar, albomlar, kitoblar nashr etadi, hujjatli filmlarni suratga oladi, matbuotda maqolalar eʼlon qiladi, toʻplangan materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali targʻib qiladi;
d) respublika taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda muzeyda ochiq darslar, maʼruza va seminar mashgʻulotlari, talabalarning malakaviy amaliyot oʻtashini taʼminlash, Muzeyning ilmiy bazasidan foydalangan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga koʻmaklashish sohasida:
taʼlim muassasalari bilan innovatsion-korporativ hamkorlik shartnomalarini tuzadi va ular asosida muzeyda ochiq darslar, maʼruza va seminar mashgʻulotlari, talabalarning malakaviy amaliyot oʻtashini taʼminlaydi.
muzey yetakchi olimlarining oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonida qatnashishlari, talaba va doktorantlarning ilmiy ishlariga rahbarlik qilishlari uchun zarur choralarni koʻradi;
qatagʻon davri tarixiga oid ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan tadqiqotchilarga muzey fondi materiallaridan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari tarkibi malakasini oshirishni tashkil etishda ishtirok etadi;
e) hududiy muzeylarga uslubiy yordam berish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish:
hududiy muzeylar uchun ekspozitsiyaning namunaviy konsepsiyasi va namunaviy tematik rejasini ishlab chiqadi hamda shu asosda tayyorlangan har bir hududiy muzey ekspozitsiyasi konsepsiyasi va tematik rejasini tasdiqlaydi;
hududiy muzey ekspozitsiyasini yaratishda, uni boyitib borishda uslubiy va amaliy yordam beradi;
hududiy muzeylarning yillik ish rejalarini koʻrib chiqadi va zarur tavsiyalarni beradi.
3-bob. Muzeyning huquqlari va majburiyatlari
10. Muzey oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar oʻtkazish hamda bunday tadbirlarda ishtirok etish;
ilmiy-tadqiqot ishlariga respublikadagi va xorijdagi mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
Muzey xodimlari va jalb qilingan mutaxassislarni xorijiy ilmiy-tadqiqot hamda taʼlim muassasalariga ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishi uchun yuborish;
Muzey faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, asosiy fondlarni rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
hududiy muzeylar faoliyatini uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;
Muzeyda xodimlarning moddiy ragʻbatlantirish fondini tuzish.
Muzey qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
11. Muzeyning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Muzey ashyolari va kolleksiyalarining jisman but saqlanishi hamda xavfsizligini;
Muzey ashyolari va kolleksiyalari bilan bogʻliq hisobga olish hujjatlarining yuritilishi hamda but saqlanishini;
Muzey ashyolari va kolleksiyalaridan ilmiy, madaniy, maʼrifiy hamda taʼlim maqsadlarida foydalanilishini taʼminlash.
12. Muzey oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va uning ixtiyoridagi boshqa mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
4-bob. Muzey faoliyatini tashkil etish
13. Muzeyga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Direktorning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar oʻrinbosari boʻladi.
14. Muzey direktori:
Muzey faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Muzeyga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida va boshqa tashkilotlarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Muzey nomidan vakillik qiladi;
Muzey vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va Muzeyga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Muzeyning ilmiy, ilmiy-texnikaviy, maʼmuriy faoliyatining yoʻnalishlarini belgilaydi, uning yillik va istiqboldagi ish rejalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi, ilmiy-tadqiqot va boshqa jarayonlarni tashkil etadi;
aniq maqsadga yoʻnaltirilgan dastur va tanlov mavzularini, shuningdek, alohida topshiriq va buyurtmalarni amalga oshirish maqsadida Muzeyda vaqtinchalik tadqiqot guruhini tashkil etadi;
Muzeyda ijro intizomi holati boʻyicha bevosita rahbarlikni amalga oshiradi;
Muzey tarkibiy boʻlinmalari nizomini va Muzey xodimlarining funksional vazifalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
oʻz vakolati doirasida xodimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
zarur boʻlganda, Muzeyning tarkibiy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
oʻz vakolati doirasida Muzey xodimlarining bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlarni qabul qiladi;
Muzey faoliyati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
15. Muzey direktori vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini bajarish direktor oʻrinbosarlaridan birining zimmasiga yuklanadi.
16. Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari:
Muzey tarkibiy boʻlinmalarining ishlarini tashkil qiladi hamda Muzeyga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda boʻlimlarda ijro intizomi holati uchun shaxsan javob beradi;
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha hujjatlar loyihasini va materiallarni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlashni tashkil etadi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Muzey ish rejasida, shuningdek mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan tadbirlarni talab qilinadigan davr mobaynida amalga oshirish va muvofiqlashtirishni taʼminlaydi hamda oʻrganilgan masalalarning tanqidiy tahlili asosida Muzey direktoriga muhokama uchun takliflar kiritadi;
Muzey direktoriga boʻlimlar xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, mukofotlash va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritadi;
vazifalar taqsimotiga koʻra boshqa tegishli vakolatlarni ham amalga oshiradi.
17. Direktorning umumiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari:
Muzey xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtiradi. Muzey binosi, avtotransport vositasi, asbob-uskunalar, texnika vositalarini saqlash hamda ularni qayta tiklash va oʻrnini toʻldirib borish, shuningdek binolar va ularning atrofidagi tozalikka rioya etilishini taʼminlaydi;
Muzey direktoriga xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni mukofotlash va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritadi.
18. Bosh muhofiz (fond boʻlimi boshligʻi):
barcha muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tartibga muvofiq hisobga oladi;
Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini nobud boʻlish va oʻgʻirlanishdan himoyalangan holda saqlash choralarini koʻradi;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish va ularni saqlashga oid barcha hujjatlarni yuritadi;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish, saqlash, taʼmirlash va qoʻriqlashning ichki tartiblarini ishlab chiqadi;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish, saqlash, taʼmirlash va qoʻriqlash, ularni joydan-joyga koʻchirish ishlarining toʻgʻri olib borilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Bosh muhofiz (fond boʻlimi boshligʻi) muzey direktorining qonun hujjatlariga zid boʻlgan topshirigʻini olgan taqdirda, uni bajarishdan oldin topshiriq zid ekanligini direktorga yozma ravishda bildiradi.
Agar, direktor oʻz topshirigʻini yozma ravishda qayta tasdiqlasa, bosh muhofiz darhol bu haqda Muzey bevosita boʻysunadigan yuqori boshqaruv organini xabardor qilishi shart.
19. Muzeyning ilmiy-tadqiqot va ekspozitsiya masalalarini hal etish uchun jamoatchilik asosida Ilmiy kengash tuziladi.
20. Ilmiy kengash tarkibiga direktor (kengash raisi), uning oʻrinbosarlari, boʻlim mudirlari, shuningdek ilmiy xodimlar hamda boshqa ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari vakillari hamda yuqori malaka va tajribaga ega boʻlgan (ilmiy darajasi bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar) soha mutaxassislari kiradi.
21. Ushbu Kengash muzeyning faoliyatini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga maqbul tarzda muvofiqlashtirib boradigan kollegial organ hisoblanadi.
22. Quyidagilar Muzey faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Muzeyni saqlash uchun ajratiladigan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar;
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar;
xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5-bob. Yakunlovchi qoida
23. Muzeyni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 936-son qaroriga
5-ILOVA
Hududlardagi oliy taʼlim muassasalarining tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeylarining
NAMUNAVIY NIZOMI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom hududlardagi oliy taʼlim muassasalarining tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeylarini (keyingi oʻrinlarda hududiy muzeylar deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Hududiy muzeylar idoraviy mansublik jihatidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga, uslubiy jihatdan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga (keyingi oʻrinlarda Muzey deb ataladi) boʻysunadi.
3. Hududiy muzeylar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Hududiy muzeylar oʻz faoliyatida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
5. Hududiy muzeylar yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmaydi, hududlardagi oliy taʼlim muassasalarining tuzilmasida tashkil etiladi.
2-bob. Hududiy muzeylarning asosiy vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar hududiy muzeylarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
hududlarda mustamlakachilik va mustabid tuzum davrida vatanimiz ozodligi va mustaqilligi yoʻlida oʻz jonini fido qilgan, qatagʻon etilgan ajdodlarimiz hayoti va faoliyatini atroflicha oʻrganish va muzey ekspozitsiyalari orqali keng jamoatchilikka targʻib etish;
muzey fondini boyitish maqsadida hududlarda oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, doktorantlari va talabalari ishtirokida muntazam ravishda ekspeditsiyalar tashkil etish;
hududlardagi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari hamda jamoat tashkilotlari bilan birgalikda qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida mavzuli ekskursiyalar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlar va koʻrgazmalar oʻtkazish;
muzey ekspozitsiyalarini tashkil etishda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish.
7. Hududiy muzeylar oʻziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) hududlarda mustamlakachilik va mustabid tuzum davrida vatanimiz ozodligi va mustaqilligi yoʻlida oʻz jonini fido qilgan, qatagʻon etilgan ajdodlarimiz hayoti va faoliyatini atroflicha oʻrganish va muzey ekspozitsiyalari orqali keng jamoatchilikka targʻib etish;
hududda qatagʻon siyosatining sabablari va oqibatlarini, erk va ozodlik yoʻlida zulm va zoʻrovonlikka qarshi xalq kurashi tarixini tadqiq etib, tadqiqot natijalarini hududda istiqomat qilayotgan ommaga yetkazadi va uni hudud tarixining tarkibiy qismi sifatida aks ettiradi, ularda ajdodlar xotirasiga nisbatan yuksak hurmat va ehtirom tuygʻularini shakllantiradi;
alohida buyurtmalar asosida qatagʻon etilgan vatandoshlarimizning uy-muzeylari ekspozitsiyalarini tashkil etishda ishtirok etadi;
mustamlakachilik, shu jumladan qatagʻon siyosati va uning qurbonlariga bagʻishlangan monografiyalar, albomlar, kitoblar nashr etadi, hujjatli filmlarni suratga oladi, matbuotda maqolalar eʼlon qiladi, toʻplangan materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali targʻib qiladi;
b) muzey fondini boyitish maqsadida hududlarda oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, doktorantlari va talabalari ishtirokida muntazam ravishda ekspeditsiyalar tashkil etish sohasida:
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ilmiy va ilmiy-texnik muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari va hududdagi boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro manfaatli ilmiy hamkorlikni rivojlantiradi va takomillashtiradi;
muzeyning yetakchi olim va mutaxassislari tomonidan hududdagi oliy taʼlim muassasalarida maʼruza mashgʻulotlari oʻtkazilishini, muzeyda talabalarning malakaviy amaliyot oʻtashi va bitiruv malakaviy ishlari tayyorlanishini tashkil etadi;
hududdagi oliy taʼlim muassasalari bilan innovatsion-korporativ hamkorlik shartnomalarini tuzadi va ularning asosida hududiy muzeyda ochiq darslar, maʼruza va seminar mashgʻulotlari oʻtkazilishini taʼminlaydi;
hududdagi qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish, oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbi va ongida oʻtganlar xotirasiga hurmat va ehtirom tuygʻusini shakllantirish bilan bogʻliq maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshiradi va targʻib etadi.
v) hududlardagi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari hamda jamoat tashkilotlari bilan birgalikda qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida mavzuli ekskursiyalar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlar va koʻrgazmalar oʻtkazish sohasida:
fuqarolarni va ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalashda ishtirok etadi;
el-yurtimiz ozodligi va erkinligi yoʻlida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy anʼanalarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon boʻlganlar xotirasini yod etish yuzasidan tadbirlar tashkil etadi;
hududiy muzey fondlari va ekspozitsiyalarini mamlakatimiz va hududdagi hamda xorijdagi turli hujjatlar va boshqa eksponatlar bilan muntazam boyitib borishni taʼminlaydi.
g) muzey ekspozitsiyalarini tashkil etishda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish sohasida:
muzey ekspozitsiyalarini tashkil qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanadi;
jahondagi mashhur muzeylarning boy tajribasini tahlil qiladi va ulardan amaliyotda foydalanish choralarini koʻradi;
hududiy muzeylar ekspozitsiyalarini tashkil qilish va targʻib etishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullarini ishlab chiqadi.
3-bob. Hududiy muzeylarning huquqlari va majburiyatlari
8. Hududiy muzeylar oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
oʻz vakolatlari doirasida mustamlakachilik davri tarixida erk va ozodlik yoʻlida oʻz jonini fido qilgan ajdodlarimiz hayoti va faoliyatini atroflicha oʻrganish va muzey ekspozitsiyasi orqali keng jamoatchilikka targʻib etish masalalarini muvofiqlashtirish;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun shartnoma asosida tashkilotlarni, olim va mutaxassislarni, shu jumladan chet ellik olimlar va mutaxassislarni jalb etish;
oʻz faoliyatida hududiy oliy taʼlim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, jamgʻarmalar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan oʻzaro ijodiy hamkorlikni amalga oshirish;
Hududiy muzeylar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
9. Hududiy muzeylarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
muzey ashyolari va kolleksiyalarining jisman but saqlanishi hamda xavfsizligini;
muzey ashyolari va kolleksiyalari bilan bogʻliq hisobga olish hujjatlarining yuritilishi hamda but saqlanishini;
muzey ashyolari va kolleksiyalaridan ilmiy, madaniy, maʼrifiy hamda taʼlim maqsadlarida foydalanilishini taʼminlash.
4-bob. Hududiy muzeylar faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
10. Hududiy muzeylar direktorlari Muzey direktorining Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda taqdim etgan tavsiyasiga asosan tegishli oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hududiy muzeylar faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha alohida gʻaznachilik shaxsiy hisobvaraqlari ochiladi, belgilangan tartibda daromadlar va xarajatlar smetasi tasdiqlanadi.
Hududiy muzeylar xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi.
Hududiy muzeylar taʼminoti xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
11. Hududiy muzeylar direktori:
hududiy muzeylar faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda hududiy muzeylarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
hududiy muzeylar xodimlari vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
hududiy muzeylar xodimlarining ichki mehnat tartibi qoidalariga, lavozimlar yoʻriqnomasi talablariga hamda xizmatga oid hujjatlar bilan ishlash tartibiga rioya etilishini taʼminlaydi;
davlat organlarida, shu jumladan huquqni muhofaza qilish organlar va sudda, boshqa tashkilotlarda hududiy muzeylar nomidan vakillik qiladi va hududiy muzeylar manfaatini himoya qiladi;
hududiy muzeylar xodimlarini ishga qabul qilish va ozod qilish boʻyicha tegishli oliy taʼlim muassasa rahbariyatiga taklif kiritadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
12. Quyidagilar hududiy muzeylarni faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
oliy taʼlim muassasalarining hududiy muzeylarni saqlash uchun ajratiladigan budjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlarning faqat toʻlov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi);
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
faoliyat ixtisosligi boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlardan olingan daromadlar;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5-bob. Yakunlovchi qoida
13. Hududiy muzeylarni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/936/0317-son; 27.12.2019-y., 09/19/1040/4233-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2021-y., 09/21/357/0543-son, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)