1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jizzax viloyati Zomin tumanining Dashtobod shahrida kichik sanoat zonasini tashkil etish toʻgʻrisida
Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shahrining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, hududda tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi raqobatdosh ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish]
1. Jizzax viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shahrining umumiy maydonida kichik sanoat zonasini tashkil etish taklifiga rozilik berilsin.
2. Jizzax viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda:
bir oy muddatda Jizzax viloyati Zomin tumanining Dashtobod shahri hududida joylashgan davlat mulki obyektlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazsin hamda xatlov natijalariga koʻra kichik sanoat zonasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mos boʻlgan obyektlarni belgilangan tartibda Jizzax viloyati Zomin tumani hokimligiga berilishini taʼminlasin;
Jizzax viloyati Zomin tumanining Dashtobod shahri hududida joylashgan boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va ilgari xususiylashtirilgan ishlab chiqarish maydonlarini doimiy xatlovdan oʻtkazib borsin hamda xatlov natijalariga koʻra yangi ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish uchun mos boʻlgan obyektlar roʻyxatini belgilangan tartibda Jizzax viloyatining erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashiga (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) kiritib borsin.
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
kichik sanoat zonasi hududida joylashgan davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi istisno tariqasida “nol” stavka miqdorida belgilanadi;
kichik sanoat zonasi hududidagi davlat koʻchmas mulklari tadbirkorlik subyektlariga 10 yil muddatga ijaraga beriladi hamda loyihalarni amalga oshirish boʻyicha biznes reja koʻrsatkichlari toʻliq bajarilganda va belgilangan ish oʻrinlari yaratilib, saqlangan taqdirda keyinchalik oʻrnatilgan tartibda mulk huquqi rasmiylashtirib beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, loyiha tashabbuskorlari va tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan Jizzax viloyati Zomin tumanining Dashtobod shahrida 2018-2019-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati (keyingi oʻrinlarda manzilli roʻyxat deb ataladi) ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. Maʼmuriy kengash:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
kichik sanoat zonasi hududida amalga oshirilishi nazarda tutilgan loyihalar manzilli roʻyxatiga zarur hollarda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin;
manzilli roʻyxat doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning tarmoq jadvallarini loyiha tashabbuskorlari va tijorat banklari tomonidan bir oy muddatda ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
aholi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida ushbu qarorda nazarda tutilgan asosiy chora-tadbirlarning mohiyati va ahamiyati, shuningdek beriladigan soliq imtiyozlari va preferensiyalar toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ bilan birgalikda 2018-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish tarmoq jadvallariga uzviy bogʻlagan holda kichik sanoat zonasining yoʻl-transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish uchun kapital qoʻyilmalar limitlarini hamda markazlashgan investitsiyalarni nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
8. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ va Jizzax viloyat hokimligiga kichik sanoat zonasida joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarini ularning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq belgilangan tartibda elektr energiyasi, tabiiy gaz va boshqa turdagi kommunal xizmatlar bilan uzluksiz taʼminlash uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Jizzax viloyati Zomin tumanining Dashtobod shahridagi tadbirkorlik subyektlariga bank-moliya xizmatlarini kengaytirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining mini bankini ochish hamda tijorat banklariga manzilli roʻyxatga kiritilgan loyihalar boʻyicha kredit shartnomalarining oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi va moliyalashtirish boshlanishini taʼminlash tavsiya etilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.A. Saliyev va Zomin tumani hokimi S.M. Umrzoqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 8-noyabr,
897-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 897-son qaroriga ILOVA
Jizzax viloyati Zomin tumanining Dashtobod shahrida 2018-2019-yillar davomida sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida amalga oshiriladigan loyihalarning
MANZILLI ROʻYXATI
T/r
Loyiha tashabbuskori
Loyiha nomi
Loyiha qiymati (mln. soʻm)
Shundan:
Bank nomi
Ishga tushish muddati
Ish oʻrni
oʻz mablagʻi
bank krediti
xorijiy investitsiya (ming doll.)
Jami
716 473
71 922
157 590
60 492
1 841
1.
“Kiparis” FX
Qurilish materiallari (kafel, shlakoblok) ishlab chiqarishni tashkil etish
688
192
496
Milliy bank
2018-yil 2-chorak
14
2.
“Zomin agro fresh” MCHJ
Logistika markazini tashkil etish
80 000
12 000
68 000
Milliy bank
2018-yil 3-chorak
100
3.
“Zafar universal servis” XK
Polietilen mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish
496
88
408
Xalq banki
2018-yil 4-chorak
8
4.
“Dashtobod mebel” XK
Mebel mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish
482
80
402
Qishloq qurilish bank
2019-yil 2-chorak
10
5.
“Yogʻoch robit biznes” MCHJ
Sutni qayta ishlashni tashkil etish
280
80
200
Qishloq qurilish bank
2019-yil 3-chorak
5
6.
“Zomin polimer” XK
Qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish
344
200
144
Ipoteka bank
2018-yil 4-chorak
10
7.
“Barhayot Ravshan” XK
Qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish
1 384
400
984
Asaka bank
2018-yil 4-chorak
15
8.
“Islomjon Anorboy” XK
Alyumin profildan eshik va romlar ishlab chiqarishni tashkil etish
200
32
168
Asaka bank
2018-yil 2-chorak
3
9.
“Rustam Subonov” XK
Qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish
100
30
70
Asaka bank
2018-yil 1-chorak
3
10.
“Erkin gold star” XK
Pishiq gʻisht ishlab chiqarishni tashkil etish
296
96
200
Turon bank
2018-yil 2-chorak
12
11.
“Choʻqqili togʻ jilosi” XK
Asalari uyalari va ramkalarini ishlab chiqarishni tashkil etish
148
49
99
Turon bank
2018-yil 2-chorak
7
12.
“Zomin teks eksport” MCHJ (1-bosqich)
Kalava ip ishlab chiqarishni tashkil etish
139 748
17 360
Milliy bank
2018-yil 2-chorak
150
13.
“Zomin teks eksport” MCHJ (2-bosqich)
Trikotaj mato ishlab chiqarish, boʻyash va tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish
255 035
24 000
28 700
Milliy bank
2019-yil 1-chorak
350
14.
“Zomin teks eksport” MCHJ
Bolalar gigiyenik tagliklarini ishlab chiqarishni tashkil etish
1 124
416
88
Milliy bank
2019-yil 2-chorak
30
15.
“Zomin teks eksport” MCHJ
Poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish
1 326
416
113
Milliy bank
2019-yil 4-chorak
100
16.
“Zomin teks eksport” MCHJ
Polietilen mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish
458
208
31
Milliy bank
2019-yil 3-chorak
24
17.
“Zomin teks eksport” MCHJ
Mikrofibra ishlab chiqarishni tashkil etish
24 150
3 000
Milliy bank
2019-yil 4-chorak
50
18.
“Goʻzal Zomin Avtomobilchi” MCHJ
Polietilen mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish
600
200
400
Hamkorbank
2018-yil 2-chorak
8
19.
“Dal Teknik Makina” MCHJQK
Bruschatka mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish
16 100
2 000
OʻT-Bank
2018-yil 4-chorak
12
20.
“Dal Teknik Makina” MCHJQK
Beton mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish
8 050
1 000
OʻT-Bank
2018-yil 4-chorak
15
21.
“Dal Teknik Makina” MCHJQK
Gazobeton mahsuloti ishlab chiqarishni tashkil etish
66 010
8 200
OʻT-Bank
2019-yil 4-chorak
40
22.
“Zomin Milk Food” MCHJ
Quruq sut, muzlatilgan yogurt, muzqaymoq ishlab chiqarishni tashkil qilish
35 000
9 000
26 000
Aziya Alyans bank
2018-yil 4-chorak
100
23.
“Zamon-Baxor” XK
Mebel mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish
250
100
150
Mikrokredit bank
2018-yil 1-chorak
5
24.
“Temur-Dovud” XK
Shlakoblok ishlab chiqarishni tashkil etish
220
120
100
Mikrokredit bank
2018-yil 3-chorak
10
25.
“Zomin Tekstil” MCHJ
Ip kalava ishlab chiqarishni tashkil qilish
53 984
18 115
35 869
Milliy bank
2018-yil 2-chorak
250
26.
“Zomin Tekstil” MCHJ
Trikotaj mato toʻqishni tashkil qilish
24 000
4 800
19 200
Milliy bank
2018-yil 4-chorak
150
27.
“Zomin Tekstil” MCHJ
Tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish
4 000
800
3 200
Milliy bank
2019-yil 1-chorak
350
28.
“Sirdaryo baraka ulgurji savdo” MCHJ
Muzlatgich sigʻimini tashkil etish
2 000
500
1 500
Tijorat banki
2018-yil 4-chorak
10
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/897/0233-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)