Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.02.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-iyundagi PQ-3031-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish ishlarining samaradorligini oshirishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzurida Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning toʻliq va sifatli bajarilishi boʻyicha monitoring olib borish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari hayotga toʻlaqonli joriy etilishini taʼminlash.
4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashi jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R.D. Kurbanov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-oktabr,
865-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-oktabrdagi 865-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashining
TARKIBI

T.K. Narbayeva

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Kengash raisi

Sh.X. Isroilov

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri, Kengash raisining oʻrinbosari

U.M. Axmatdjanov

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi, Kengash raisining oʻrinbosari

Sh.F. Mominjanov

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining oʻrinbosari

D.X. Nabiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari

M.M. Xolmuxamedov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari

O.A. Nazarbekov

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

E.I. Basitxanova

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari

D.N. Sattarov

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari

Q.M. Rafikov

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

Sh.I. Djalilov

Oʻzbekiston “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi

A.X. Mirzajanov

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi raisining oʻrinbosari

K.S. Xudoyberganov

Oʻzbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisi

Sh.O. Nurmatova

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

M.M. Zufarov

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining oʻrinbosari

T.A. Toyirov

Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

E.I. Qodirov

Oʻzbekiston “Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

T.Sh. Xaitov

Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim oʻquv yurtlari oʻquvchilari hamda talabalarining Respublika “Talaba” sport uyushmasi ijrochi raisi

A.S. Ismoilov

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligʻi

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori

Lavozimi boʻyicha

Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati direktori

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Jismoniy tarbiya ommaviy sportni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi

Lavozimi boʻyicha

Sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalari (uyushmalari) raislari oʻrinbosarlari, bosh kotiblari, ijrochi direktorlari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari

Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli majburiyatlarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar Kengash tarkibiga kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-oktabrdagi 865-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashi toʻgʻrisida
NIZOM
(2-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashining (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) asosiy vazifalari, fuksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
2. Kengash jismoniy tarbiya va sportga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial idoralararo organ hisoblanadi.
Kengash jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
3. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Kengash oʻz faoliyatini davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institulari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Kengashning asosiy vazifalari va fuksiyalari
5. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda koʻmaklashish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning toʻliq va sifatli bajarilishi boʻyicha monitoring olib borish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari hayotga toʻlaqonli joriy etilishini taʼminlash.
6. Kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda koʻmaklashish sohasida:
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Jismoniy tarbiya va sportga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammo va yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etishda koʻmaklashish;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida keng jamoatchilik fikrini oʻrganish, tahlil qilish, ushbu sohadagi ishlarni yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
shaharlar va tumanlarda sport-ommaviy va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish tadbirlari, shu jumladan, sportning milliy turlari boʻyicha xalq oʻyinlari va musobaqalar aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksa kishilar va qishloq aholisi orasida oʻtkazilishini muntazamlilik asosida tashkil etilishiga koʻmaklash;
jismoniy va maʼnaviy sogʻlom oʻsib kelayotgan avlodni kamol toptirishning muhim sharti sifatida ommaviy bolalar sportini rivojlantirishga, bolalarda sogʻlom turmush tarziga intilishni va sportga muhabbatni singdirishni taʼminlashda koʻmaklashish;
mamlakatda sport turlarini, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqish;
jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishni ommalashtirish ishlarini tashkil etishda koʻmaklashish;
jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish inshootlari sigʻimidan samarali foydalanish, sport seksiyalari tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda qatnashish;
b) Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning toʻliq va sifatli bajarilishi boʻyicha monitoring olib borish sohasida;
davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturida belgilangan talablarni amalga oshirishda oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish va muntazam ravishda muhokama qilish;
v) Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari hayotga toʻlaqonli joriy etilishini taʼminlash sohasida:
davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishni ommalashtirish ishlarini tashkil etish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishida ishtirok etish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi yuzasidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishini tashkil etish;
jismoniy tarbiya va sportga oid davlat siyosatini amalga oshirishning holati tahlil qilinishini tashkil etish.
Kengash oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritadi.
3-bob. Kengashning huquq va majburiyatlari
7. Kengash quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan belgilangan tartibda maʼlumotlarni soʻrash va olish;
jismoniy tarbiya va sportga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va muassasalari vakillarining axborotlarini muntazam eshitish;
davlat organlari va muassasalarining jismoniy tarbiya v sport masalalari bilan bogʻliq faoliyati samaradorligini oshirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish;
jismoniy tarbiya va sport bilan bogʻliq ishlarning holatini oʻrganish uchun ishchi komissiyalar va (yoki) ekspert guruhlar tashkil etish, shuningdek, ushbu komissiya va guruhlar faoliyatiga tegishli mutaxassislarni jalb qilish;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda faol ishtirok etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tashabbusi bilan chiqish;
jismoniy tarbiya va sportga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan takliflar berish.
Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
8. Kengash oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
4-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish
9. Kengashning rais, rais oʻrinbosarlari va aʼzolaridan iborat tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Kengash oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va majlislarini zaruratga koʻra, ammo har yilda kamida ikki marta oʻtkazadi.
11. Kengash raisi:
Kengash faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
rais oʻrinbosarlari va aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Kengash yigʻilishlarini chaqiradi va ularga raislik qiladi;
Kengash yigʻilishlari kun tartibini tasdiqlaydi;
Kengash ish rejalarini tasdiqlaydi.
Kengashning samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
12. Kengash raisi oʻrinbosarlari rais tomonidan oʻzlariga yuklangan vazifalarni amalga oshiradi hamda ushbu vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
13. Kengash ishchi organi funksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ deb ataladi) bajaradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
14. Ishchi organ:
Kengashning ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning ijrosi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq Kengashning joriy faoliyatini tashkil etadi;
Kengash yigʻilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalar boʻyicha materiallarning tayyorlanishini tashkil qiladi;
Kengashning vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
Kengash qarorlarining ijrosi yuzasidan nazorat va monitoringni tashkil qiladi;
ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Kengash faoliyatini tashkiliy-texnik taʼminlashni amalga oshiradi.
Ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
15. Kengash tarkibiga kiruvchi davlat organlari va muassasalari oʻz vakolatlari doirasida jismoniy tarbiya va sportga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida ishchi organga har oyning yigirma beshinchi kuniga qadar hisobotlar taqdim etib boradi.
16. Kengash majlisini uning raisi boshqaradi. Kengash raisi boʻlmagan taqdirda, majlisni uning oʻrinbosarlaridan biri boshqaradi.
Kengash majlisi aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi.
17. Kengash qarorlari Kengash aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Kengash raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Kengash qarorlari yigʻilishda ishtirok etgan Kengash aʼzolari tomonidan imzolanadigan va Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomani imzolashda Kengash aʼzolari oʻzlarining alohida fikrlarini yozma ravishda bildirish huquqiga egadir.
18. Kengashning ish rejalari uning aʼzolaridan kelib tushgan takliflar asosida har yarim yilga tuziladi, Kengash yigʻilishida koʻrib chiqiladi va Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Kengash faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
20. Kengashni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 09/17/865/0161-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)