Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublikamizda asalarichilik tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Asalarichilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, tarmoqda naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, asalarichilik xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlarini yanada koʻpaytirish, asalni qayta ishlash boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, asalarichilik sohasidagi ilgʻor tajribalarni respublikamizning barcha hududlarida tatbiq etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Aksiyadorlik-tijorat “Aloqabank”ning (keyingi oʻrinlarda AT “Aloqabank” deb ataladi) “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasini (keyingi oʻrinlarda Uyushma deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
2. Quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
asalarichilik tarmogʻini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani ishlab chiqishda ishtirok etish;
asalarichilik tarmogʻini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnika, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda asalarichilik xoʻjaliklarini oʻrmon fondi yerlariga, togʻ va togʻoldi hududlariga, tabiiy pichanzor va yaylovlarga hamda qishloq xoʻjaligi yerlariga joylashtirishni amalga oshirish;
asalarilar uchun sunʼiy ozuqalar ishlab chiqarishni markazlashgan holda tashkil etishga koʻmaklashish va ushbu tajribani keng qoʻllash hisobiga asalarichilik xoʻjaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash;
asalari kasalliklarining oldini olish, davolash va tashxis qoʻyish boʻyicha zamonaviy va ilgʻor usullarni joriy etish ishlariga koʻmaklashish;
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, shu jumladan xorijiy muassasalarda asalarichilik tarmogʻiga kadrlar tayyorlash. qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishda ishtirok etish.
3. “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi va uning ijro etuvchi apparati boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 27 nafar boʻlgan tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va AT “Aloqabank” Uyushmani “Apimondiya” xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasiga aʼzo boʻlib kirishi bilan bogʻliq barcha zarur tashkiliy-amaliy tadbirlarni taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Uyushma raisi va uning oʻrinbosari muassislarning umumiy yigʻilishi qarori bilan saylanadilar hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadilar;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Uyushmaning ijro etuvchi apparati faoliyatini moliyalashtirish Uyushmaga aʼzo boʻlgan tashkilotlarning aʼzolik badallari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Uyushmani tashkil etish hamda uning faoliyati bilan bogʻliq barcha xarajatlar, Uyushmani “Apimondiya” xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasiga aʼzo boʻlib kirish va aʼzolik badali toʻlovlari dastlabki uch yil davomida AT “Aloqabank” mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va AT “Aloqabank” tomonidan ishlab chiqilgan 2017 — 2021-yillarda asalarichilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora- tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Uyushmaning buyurtmanomasiga asosan asalarichilik xoʻjaliklariga — Uyushma aʼzolariga asalari oilalarini asal yigʻish mavsumi davomida oʻrmon fondi yerlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (davlat qoʻriqxonalari, biosfera rezervatining qoʻriqlanadigan zonasidan tashqari), togʻ va togʻoldi hududlari, tabiiy pichanzor va yaylovlar hamda qishloq xoʻjaligi yerlari foydalanishga bepul beriladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Fargʻona viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab asalarichilik tarmogʻi uchun oliy malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha Fargʻona davlat universitetida zootexnika fakultetini tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. AT “Aloqabank”ning masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi lizing kompaniyasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
tijorat banklari krediti va lizing kompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobiga asalari uyalari, zarur jihozlar va uskunalar yetkazib berishni tashkil etish va taʼminlash;
asalarichilik sohasida qoʻllaniladigan inventarlar, uskunalar, maxsus transport vositalari va tirkamalar, shuningdek asalni qadoqlash boʻyicha zamonaviy texnologik liniyalarni lizing asosida yetkazib berish.
Oldingi tahrirga qarang.
11. 2023-yilning 1-yanvarigacha belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxatlar boʻyicha tashkilotlar tomonidan olib kelinadigan naslli (mahsulot) materiallar, asalarichilik sohasida qoʻllaniladigan inventarlar va uskunalar, asalari uyalarini tashish uchun maxsus transport vositalari va tirkamalar, asalari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi qoʻllaniladigan veterinariya dori vositalari va preparatlar, asalari uyalari ishlab chiqarish uchun yogʻoch va zarur materiallar, penopoliuretan, ularga yordamchi uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlari, mumlar va mum mahsulotlari bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son — 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
12. Toshkent shahar hokimligi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasini joylashtirish uchun ijara haqini “nol” stavkada belgilagan holda zarur bino ajratilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasining buyurtmanomalariga binoan asalarichilik tarmogʻida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik kirish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasining viza talabnomalariga binoan asalarichilik tarmogʻida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini, konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirishni taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasining buyurtmanomalariga binoan belgilangan tartibda asalarichilik tarmogʻida ishlash uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar boʻlmagan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berishni (muddatini uzaytirishni), shuningdek koʻrsatib oʻtilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-oktabr,
PQ-3327-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3327-son qaroriga
1-ILOVA
“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi
TASHKILIY TUZILMASI

“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Asalarichilik tashkilotlari (177),

asalarichilik naslchilik xoʻjaligi

(1),

asalni qayta ishlash tashkilotlari (1)

Jizzax viloyati

Asalarichilik tashkilotlari (245),

asalarichilik naslchilik xoʻjaligi

(1),

asalni qayta ishlash tashkilotlari (2)

Namangan viloyati

Asalarichilik tashkilotlari (128),

asalarichilik naslchilik xoʻjaligi

(2),

asalni qayta ishlash tashkilotlari (3)

Sirdaryo viloyati

Asalarichilik tashkilotlari (67),

asalarichilik naslchilik xoʻjaligi

(*),

asalni qayta ishlash tashkilotlari (1)

Xorazm viloyati

Asalarichilik tashkilotlari (106),

asalarichilik naslchilik xoʻjaligi

(1),

asalni qayta ishlash tashkilotlari (2)

Andijon viloyati

Asalarichilik tashkilotlari (136),

asalarichilik naslchilik xoʻjaligi

(8),

asalni qayta ishlash tashkilotlari (1)

Qashqadaryo viloyati

Asalarichilik tashkilotlari (94),

asalarichilik naslchilik xoʻjaligi

(3),

asalni qayta ishlash tashkilotlari (1)

Samarqand viloyati

Asalarichilik tashkilotlari (253),

asalarichilik naslchilik xoʻjaligi

(1),

asalni qayta ishlash tashkilotlari (*)

Toshkent viloyati

Asalarichilik tashkilotlari (117),

asalarichilik naslchilik xoʻjaligi

(*),

asalni qayta ishlash tashkilotlari (2)

“Aloqabank” AK lizing kompaniyasi**

Buxoro viloyati

Asalarichilik tashkilotlari (158),

asalarichilik naslchilik xoʻjaligi

(3),

asalni qayta ishlash tashkilotlari (2)

Navoiy viloyati

Asalarichilik tashkilotlari (133),

asalarichilik naslchilik xoʻjaligi

(1),

asalni qayta ishlash tashkilotlari (*)

Surxondaryo viloyati

Asalarichilik tashkilotlari (268),

asalarichilik naslchilik xoʻjaligi

(2),

asalni qayta ishlash tashkilotlari (*)

Fargʻona viloyati

Asalarichilik tashkilotlari (175),

asalarichilik naslchilik xoʻjaligi

(3),

asalni qayta ishlash tashkilotlari (1)

Izohlar:
1. “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasiga kirish va undan chiqish shartnoma tuzish orqali ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
2. Respublikada asalarichilik tarmogʻida jami 2 099 tashkilot faoliyat yuritmoqda, ulardan 2057 tasi asalarichilik xoʻjaliklari, 26 tasi asalarichilik naslchilik xoʻjaliklari va 16 tasi asalni qayta ishlash tashkilotlari.
* Yangi tashkilotlarni tashkil etish nazarda tutilmoqda.
** “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi bilan shartnoma asosida hamkorlikni amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3327-son qaroriga
2-ILOVA
“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI

Taʼsischilarning umumiy yigʻilishi

 

Rais

Yordamchi

Rais oʻrinbosari

Buxgalterlik hisobi, iqtisodiy tahlil, xalqaro munosabatlar va marketing boshqarmasi

4 nafar

Asalarichilikni rivojlantirish boshqarmasi

4 nafar

Yuriskonsult

1 nafar

Asalarilar kasalliklariga qarshi kurashish boʻyicha bosh mutaxassis

1 nafar

Kadrlar boʻyicha inspektor

1 nafar

Uyushmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi doimiy vakillari

13 nafar

AKT boʻyicha mutaxassis

1 nafar

Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 27 nafar.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3327-son qaroriga
4-ILOVA
2017 — 2021-yillarda asalarichilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari
DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼullar

I. Asalarichilik sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.1.

Nektarga boy ekinlar ekilgan yerlarga asalari qutilarini koʻchirish va joylashtirish tartibini ishlab chiqish.

2018-yil I chorak

Oʻz mablagʻlari

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ,

“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi

1.2.

Oʻrmon fondi yerlari, qoʻriqlanadigan tabiat hududlari (Davat qoʻriqxonalari, qoʻriqlanadigan biosfera rezervatlari zonalaridan tashqari), togʻ va togʻ oldi tekisliklari, tabiiy yaylovlar, shuningdek, qishloq xoʻjaligi yer-mulklarini asalarichilik xoʻjaliklariga begʻaraz asosda taqdim etish mexanizmi va tartibini ishlab chiqish.

2018-yil I chorak

Oʻz mablagʻlari

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi

1.3.

Asal va asal mahsulotlari, gulchangi va gul qorishmasi (perga)ni eksport qilish tartibini ishlab chiqish.

2018-yil II chorak

Oʻz mablagʻlari

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Davlat veterinariya qoʻmitasi, “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi

1.4.

Eksportga sotish maqsadida asalarichilik mahsulotlari standartlarini ishlab chiqish.

2018-yil II chorak

Oʻz mablagʻlari

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Davlat veterinariya qoʻmitasi, “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi

II. Asalarichilik mahsulotlari hajmlarini oshirish chora-tadbirlari

2.1.

Asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, jumladan:

2017-yilda — 15,4 ming tonna

2018-yilda — 17,0 ming tonna

2019-yilda — 19,1 ming tonna

2020-yilda — 21,4 ming tonna

2021-yilda — 23,7 ming tonna.

2017 — 2021-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2.2.

Asalarichilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, naslchilik ishini takomillashtirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirish boʻyicha har yilgi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2018 — 2021-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Davlat veterinariya qoʻmitasi,

AT “Aloqabank”,

“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi,

2.3.

Zamonaviy texnologiyalar asosida asalarilar uchun qutilar ishlab chiqarish maqsadida xorijdan yogʻoch materiallari — qaragʻay, qoraqaragʻay va boshqa yogʻoch-taxta materiallarini olib kelish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2018 — 2021-yillar

Oʻz mablagʻlari va tijorat banklari kreditlari

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Tashqi savdo vazirligi,

“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi,

2.4.

Asalarilar kasalliklari va zararkunandalariga qarshi qoʻllaniladigan dori vositalari va preparatlarini xorijdan olib kirish.

2017 — 2021-yillar

Oʻz mablagʻlari va tijorat banklari kreditlari

Davlat veterinariya qoʻmitasi, “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi,

AT “Aloqabank”

2.5.

Asalarilarning penopoliuretan qutilari va sunʼiy asalari uyalari ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2018-yil II chorak

Oʻz mablagʻlari va tijorat banklari kreditlari

“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

AT “Aloqabank”

2.6.

Jahon standartlariga muvofiq asal mahsulotlari sifatini belgilash boʻyicha maxsus laboratoriya yaratish, uni zamonaviy yuqori texnologiyali, energiya tejovchi uskunalar bilan taʼminlash va yuqori malakali mutaxassislar bilan butlash.

2018-yil III chorak

Oʻz mablagʻlari va xalqaro moliya institutlari tashkilotlari grantlari

Davlat veterinariya qoʻmitasi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

Moliya vazirligi

III. Naslchilik ishini takomillashtirish chora-tadbirlari

3.1.

Asalarilarning sermahsul paketlarini yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan nasldor asalarichilik xoʻjaliklarini tashkil etish.

2018 — 2021-yillar

Oʻz mablagʻlari va xalqaro moliya institutlari grantlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi

3.2.

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti negizida ona asalarilarni sunʼiy urugʻlantirish boʻyicha laboratoriya tashkil qilish.

2018-yil III chorak

Oʻz mablagʻlari va xalqaro moliya institutlari grantlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Davlat veterinariya qoʻmitasi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

3.3.

Asalarichilik xoʻjaliklari maydonlarida hamda oʻrmon xoʻjaligi yerlarida nektarga boy oʻsimliklarni, jumladan fatseliya, yantoq, kovul, begoniya, qizilmiya va indaularni joylashtirish.

2018 — 2021-yillar

Oʻz mablagʻlari va xalqaro moliya institutlari grantlari

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi,

3.4.

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining asalarichilik laboratoriyasi negizida asalarichilik boʻyicha ilmiy-tajriba stansiyasini tashkil etish.

2018-yil I chorak

Oʻz mablagʻlari

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi

3.5.

Barcha viloyat va tuman markazlarida bayram kunlari asal mahsulotlarini sotish boʻyicha yarmarkalar tashkil etish.

2018 — 2021-yillar

Oʻz mablagʻlari

“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

IV. Asalarichilik sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish chora-tadbirlari

4.1.

Asalning foyda tomonlari va asal mahsulotlari bilan davolanish (apiterapiya) ustunliklari toʻgʻrisida axborot roliklarini tayyorlash, shuningdek, tegishli mavzudagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan elektron OAV va internet tarmogʻida joylashtirishni tashkillashtirish.

2017 — 2021-yillar

Oʻz mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi,

AT “Aloqabank”

4.2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejlarida asalarichilik tarmogʻi uchun kadrlar (bir narafdan) tayyorlashni tashkillashtirish.

AT “Aloqabank” mablagʻlarini jalb etgan holda mazkur kollejlarni uskunalar va maxsus texnika bilan jihozlashni moliyalashtirishni tashkil etishda yordam koʻrsatish.

2018 — 2021-yillar

AT “Aloqabank” mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

AT “Aloqabank”

4.3.

Asalarilar kasalliklarini tezkor diagnostika qilish boʻyicha laboratoriya tashkil etish, kasalliklarni davolash boʻyicha xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish, shuningdek, tarmoq mutaxassislarining doimiy malakasini oshirish.

2017 — 2021-yillar

Oʻz mablagʻlari

Davlat veterinariya qoʻmitasi,

Moliya vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

4.4.

Fargʻona viloyatidagi “Viloyat asalarichilik ishlab chiqarish oʻquv markazi” faoliyatini yanada samarali tashkil etish.

2017 — 2021-yillar

Oʻz mablagʻlari va AT “Aloqabank” mablagʻlari

Fargʻona viloyati hokimligi, “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi,

AT “Aloqabank”,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

4.5.

Asalarilar paketlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va asalarichilikni rivojlantirish boʻyicha oʻquv seminarlari tashkil etish.

2017 — 2021-yillar

Oʻz mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi

 LexUZ sharhi
4-ilova norasmiy tarjima.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 07/17/3327/0128-son; 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)