1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.05.00 Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.06.00 Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoni ijro etish;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.14.00 Shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazorat. Maʼmuriy nazorat]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2922]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 19-iyuldagi 403-sonli “Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3670, 20.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2001-yil 17-noyabrdagi 298-son “Axloq tuzatish ishlari, muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish va shartli hukm qilinganlarni nazorat qilish tartibiga oid yoʻriqnoma”ni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1087, 2001-yil 24-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 22-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-iyul,
157-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 27-iyuldagi 157-son buyrugʻiga ILOVA
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
1-bob. Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish
1-§. Umumiy qoidalar
1. Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosining ijrosi qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Muayyan huquqdan mahrum qilish sud hukmi bilan tayinlagan muddat davomida mahkumni korxona, muassasa yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallashini yoxud u yoki bu faoliyat bilan shugʻullanishini taqiqlashdan iborat.
3. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga qoʻshimcha ravishda tayinlangan muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning ijrosi asosiy jazoni ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Jazoni ijro etuvchi organ asosiy jazo muddatining tugashiga 20 kun qolganda yoki mahkum jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilganda yoxud jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilganda ozod etish kuni mahkumning yashash joydagi ichki ishlar organiga qoʻshimcha jazosini ijro etish uchun hukm nusxasini yuboradi.
Mahkumning ozod etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomada uning qoʻshimcha jazosi mavjudligi koʻrsatilishi shart.
2-§. Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning ijrosini taʼminlovchi organlar va ularning vazifalari
4. Muayyan huquqdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi sud hukmi ijrosini nazorat qilishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (bundan buyon matnda IIV deb yuritiladi) Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda HPBB deb yuritiladi) Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni ijro etilishini nazorat qilish boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda IIBB deb yuritiladi), viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari (bundan buyon matnda IIB deb yuritiladi) Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari (bundan buyon matnda HPB deb yuritiladi) Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarning ijrosini nazorat qilish boʻlim va boʻlinmalari zimmalariga yuklatiladi.
5. Sud hukmining ijrosini mahkumlarning yashash joyidagi ichki ishlar organlari Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari)ning Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarning ijrosini nazorat qilish boʻlinmalari (guruhlari) (bundan buyon matnda jazolarni ijro etish inspeksiyasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
6. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi:
muayyan huquqdan mahrum qilingan mahkumlarni roʻyxatga oladi;
mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatiga yoki muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun ruxsatnoma bergan vakolatli organga hukm talablarini ijro etish toʻgʻrisida mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda darhol xabarnoma yuboradi;
mahkumning hukmda koʻrsatilgan taqiqlarga rioya etishini tekshiradi;
mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati, shuningdek muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar tomonidan hukm talablari qanday bajarilayotganligini kamida har chorakda kamida bir marotaba tekshirib turadi va bu haqda maʼlumotnoma tuzadi hamda boshqa hujjatlar bilan birga shaxsiy yigʻma jildga qoʻshib boradi;
mahkumlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilganligini aniqlash maqsadida Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti Huquqiy statistika bosh markazining maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bazasidan har chorakda bir marotaba tekshiradi;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 10-iyuldagi 376-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2922-2, 30.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 10/25/2922-2/0665-son)
mahkum harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan yoxud kirgan taqdirda inspeksiya hukmning nusxasini mudofaa ishlari boʻlimiga yoki mahkum xizmatni oʻtayotgan joyga yuboradi;
hukm talablari korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati yoki muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar yoxud mahkum tomonidan bajarilmayotganligi aniqlanganida, bu haqda tegishli bayonnoma rasmiylashtirib, qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli choralar koʻradi.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
3-§. Muayyan huquqdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi sud hukmini ijroga qabul qilish va rasmiylashtirish
7. Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi mahkumni hisobga olishga asos hisoblanadi.
8. Suddan, ozodlikdan mahrum qilish joylaridan kelib tushgan hukm nusxalari ichki ishlar organida roʻyxatga olinib, ichki ishlar organi rahbarining koʻrsatmasi bilan jazolarni ijro etish inspeksiyasiga topshiriladi.
9. Hukm nusxasini jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan olingan kunining oʻzida mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda hisobga olish jurnalida qayd qilinadi va mahkumga mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shaklda shaxsiy yigʻma jild ochiladi.
Shaxsiy yigʻma jildning tartib raqami hisobga olish jurnalida qayd qilib oʻtilgan mahkumning tartib raqamiga mos boʻlishi kerak.
10. Hukm chiqargan sudga jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan mahkumni hisobga olinganligi toʻgʻrisida zudlik bilan mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboriladi.
11. Harbiy xizmatga chaqiriluvchi shaxslarning hisobga olinganligi toʻgʻrisida tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma, mahkumning turar joyidan roʻyxatdan chiqib ketishidan oʻz vaqtida xabardor qilish uchun mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasiga muvofiq qoʻriqchi varaqasi toʻldirib tuman (shahar) ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga yuboriladi.
12. Tuman (shahar) ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi mahkum yashash joyidan roʻyxatdan chiqmoqchi boʻlganida bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasiga darhol xabar qiladi hamda qoʻriqchi varaqasiga tegishli yozuv kiritadi.
Ozodlikdan mahrum qilish joylaridan kelgan mahkumlarni roʻyxatga olish davrida ularning maʼlumotnomasida muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazo toʻgʻrisidagi belgi boʻlganda, bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasiga darhol xabar berilishi kerak.
Jazolarni ijro etish inspeksiyasi xodimi tuman, shahar ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi tomonidan berilgan xabarni olishi bilan, ozodlikdan mahrum qilish joylaridan kelgan mahkumlarning hukmini olish uchun tegishli ozodlikdan mahrum qilish joyiga soʻrov yuboradi.
4-§. Korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatining hamda muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun ruxsatnoma bergan vakolatli organlarning majburiyatlari
13. Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati jazolarni ijro etish inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan boshlab 3 kun ichida quyidagilarni amalga oshiradi:
mahkum egallash va shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan lavozimdan yoki mehnat faoliyati turidan uni ozod qiladi;
jazolarni ijro etish inspeksiyasiga hukm talablari ijro etilganligi toʻgʻrisida tegishli hujjatlarni ilova etgan holda xabar yoʻllaydi;
mahkum boshqa ishga oʻtkazilgan yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasiga xabar qiladi.
14. Muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun ruxsatnoma bergan vakolatli organ jazolarni ijro etish inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan boshlab 3 kun ichida mahkum shugʻullanishi taqiqlangan faoliyat turi uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilib, tegishli hujjatni olib qoʻyishga va bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasiga xabar yoʻllashga majbur.
5-§. Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jinoiy jazodan ozod qilish asoslari
15. Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslar quyidagi asoslarda jazoni oʻtashdan ozod qilinadi va hisobdan chiqariladi:
sud hukmi bilan belgilangan jazo muddati oʻtab boʻlinganda;
amnistiya akti qoʻllanishi yoki afv etilishi munosabati bilan;
jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinganda;
sud hukmi bekor boʻlganda;
qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarda.
16. Mazkur Yoʻriqnomaning 15-bandida belgilangan asoslardan tashqari quyidagi hollarda ham mahkumlar hisobdan chiqariladi:
yashash joyini oʻzgartirganligi sababli jazolarni ijro etish inspeksiyasi hududidan tashqariga chiqib ketgan mahkumlar;
yangi jinoyat sodir etib, ozodlikdan mahrum etilganlar;
vafot etgan mahkumlar.
17. Quyidagi hujjatlar mahkumni hisobdan chiqarishga asos boʻladi:
amnistiya akti qoʻllanilganligi haqidagi sud ajrimi;
afv etilganlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining afv etish toʻgʻrisidagi farmonini ijro etish haqida Ichki ishlar vazirligining yozma topshirigʻi;
hukmning bekor qilinishi yoki jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishi yuzasidan sudning ajrimi va qarori nusxasi;
yashash joyini oʻzgartirib, jazolarni ijro etish inspeksiyasi hududidan tashqariga chiqib ketganligi sababli tegishli jazolarni ijro etish inspeksiyasidan shaxsiy yigʻma jildni olinganligi haqidagi tasdiq xati;
yangi jinoyat sodir etgan mahkumlarga nisbatan, sudning hukmi nusxasi va hukm qonuniy kuchga kirganligi toʻgʻrisidagi farmoyishi;
vafot etganlarga nisbatan, vafot etganligi haqidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining maʼlumotnomasi.
18. Mahkum hisobdan chiqarilgan kuni va hisobdan chiqarishga asosi haqida muayyan huquqdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarni hisobga olish jurnaliga hamda mahkumning shaxsiy yigʻma jildiga belgi qoʻyiladi.
Mahkumning jazoni oʻtashdan ozod etilganligi haqida shu kunning oʻzida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimiga maʼlum qilinadi hamda aloqa xati yuborilib, xatining nusxasi mahkumning shaxsiy yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
Jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan tuman (shahar) mudofaa boʻlimlariga mahkumning jazoni oʻtab boʻlganligi haqida mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboriladi.
19. Hisobdan chiqarilgan mahkumlarning shaxsiy yigʻma jildi va hisob hujjatlari quyidagi muddatlar mobaynida saqlanadi:
shaxsiy yigʻma jildlar hisobdan chiqarilgan kundan boshlab 3 yil;
muayyan huquqdan mahrum qilingan shaxslarni hisob jurnallari 10 yil;
muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanganlarning hukmlarini ijro qilish bilan bogʻliq boʻlgan yozishmalari 3 yil.
2-bob. Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish
1-§. Umumiy qoidalar
20. Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoning ijrosi qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga (ajrimiga) muvofiq mahkumning oʻz ish joyida yoki jazolarni ijro etish inspeksiyasi belgilab bergan boshqa joylarda oʻtaladi.
21. Axloq tuzatish ishlari korxona, muassasa va tashkilotlarda oʻtaladi.
22. Jazoni oʻz ish joyida oʻtash sharti bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan mahkumlar sudlangunga qadar oʻzlari ishlagan korxona, muassasa yoki tashkilotlarda oʻtaydi. Bunday shaxslarni boshqa ishga yoki lavozimga oʻtkazish mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
23. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi belgilaydigan joylarda jazoni oʻtash muddati mobaynida jazolarni ijro etish inspeksiyasining yozma ruxsatisiz mehnat shartnomasini mahkumning tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi ruxsatnoma berishni rad etgan taqdirda yuqori turuvchi mansabdor shaxsga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.
Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan oʻz ish joyida, mahkum hech qayerda ishlamasa, jazolarni ijro etish inspeksiyasi belgilab beradigan oʻzi yashaydigan hududdagi boshqa joylarda oʻtaladi.
24. Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm talablarini bajarishga, jazolarni ijro etish inspeksiyasiga mazkur jazoni oʻtash bilan bogʻliq hujjatlarni taqdim etishga, yashash va ish joyidagi oʻzgarishlar yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida xabardor qilishga, chaqiruvga binoan jazolarni ijro etish inspeksiyada hozir boʻlishga majbur. Mahkum chaqiruvga binoan hozir boʻlmagan taqdirda u belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin.
2-§. Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoni ijro etuvchi organlar va ularning majburiyatlari
25. Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Mahkum doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan taqdirda hukmning ijrosi hukm chiqarilgan joydagi jazolarni ijro etish inspeksiyasi zimmasiga yuklatiladi.
Mazkur jazo ijrosini nazorat qilish HPBB Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni ijro etilishini nazorat qilish boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, IIBB, IIB HPB Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni ijro etilishini nazorat qilish boʻlim va boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
26. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi:
axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni roʻyxatga oladi;
mahkumga jazoni oʻtashning tartibi va shartlarini tushuntiradi;
boshqa joylarda oʻtaladigan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni ishga joʻnatadi;
mahkumlar tomonidan jazoni oʻtash shartlariga rioya etilishini tekshiradi;
mahkum ishlaydigan korxona, muassasa va tashkilot maʼmuriyati tomonidan hukm talablari ijro etilishini tekshiradi. Bunda hukm talablari ijro etilishi yiliga kamida ikki marotaba bevosita korxona, muassasa va tashkilotning oʻzida amalga oshiriladi. Tekshiruv yakuni toʻgʻrisida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va dalolatnomaning bir nusxasi korxona, muassasa va tashkilotda, ikkinchi nusxasi esa jazolarni ijro etish inspeksiyasidagi mahkumning yigʻma jildida saqlanadi;
mahkumni qidirib topish yuzasidan dastlabki tadbirlarni oʻtkazadi, zarur materiallarni tayyorlaydi va tegishli xizmatga oshiradi;
axloq tuzatish ishlarini boshqa joylarda oʻtayotgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun ruxsatnoma berish masalasini koʻrib chiqadi;
axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar jazoni oʻtash vaqtida mehnatga yaroqsiz boʻlib qolsalar yoxud pensiya yoshiga yetgan boʻlsalar, shuningdek ayollar bu turdagi jazoni oʻtayotgan vaqtda homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqsalar, jazoni oʻtashdan ozod qilish haqida sudga taqdimnoma kiritadi;
mahkum axloq tuzatish ishlari muddatining Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73, 74, 89 va 90-moddalarida belgilangan qismini oʻtab boʻlganidan soʻng bir oylik muddat ichida uni jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishga taqdim etish masalasini agar mahkum yoki uning advokati tegishli iltimosnoma bilan sudga bevosita murojaat etmagan boʻlsa koʻrib chiqishi hamda taqdim qilish yoki rad etish haqida qaror chiqaradi;
mahkum sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining jami boʻlib oʻndan bir qismidan koʻprogʻini oʻtashdan boʻyin tovlasa, oʻtalmagan muddatni xuddi shu muddatga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 46 va 83-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sudga taqdimnoma kiritadi;
mahkumlar chaqiruvga binoan hozir boʻlmagan taqdirda mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shaklda majburiy keltirish toʻgʻrisida qaror chiqaradi;
yilning har choragida ichki ishlar organiga ijro uchun yuborilgan hukmlarni (ajrimlarni) sud organlarining shu masalaga oid maʼlumotlari bilan solishtiradi va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtiradi hamda kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi.
3-§. Axloq tuzatish ishlariga jalb qilish haqidagi hukmlarni (ajrimlarni) ijroga qabul qilish va rasmiylashtirish
27. Axloq tuzatish ishlariga jalb qilish haqidagi sud hukmlari (ajrimlari) ijroga kelgan kundan boshlab 10 kunlik muddatdan kechikmasdan ijro qilinadi.
28. Sud hukmi (ajrimi)ning nusxasi va hukmni (ajrimni) ijro etish haqidagi sudning farmoyishi mahkumni axloq tuzatish ishlariga jalb qilish uchun asos hisoblanadi.
29. Ijro uchun kelgan sud hukmi (ajrimi)ning nusxasi va hukmni (ajrimini) ijro etish haqidagi sudning farmoyishi jazolarni ijro etish inspeksiyasiga kelgan kunning oʻzida mazkur Yoʻriqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtayotgan shaxslarni hisobga olish jurnalida qayd etiladi.
30. Sud hukmida (ajrimda) uning ijrosi uchun toʻsqinlik qiluvchi tushunmovchiliklar boʻlsa, jazolarni ijro etish inspeksiyasi 3 kunlik muddat ichida hukm (ajrim) chiqargan sudga ularni bartaraf etishni soʻrab murojaat qiladi.
31. Axloq tuzatish ishi jazosini oʻtayotgan mahkum tomonidan sodir etilgan yangi jinoyat uchun axloq tuzatish ishlariga jalb etilganlik haqidagi hukmning nusxasi kelsa va ushbu hukmda birinchi sodir etilgan jinoyatning oqibatlari haqida koʻrsatma boʻlmasa, jazolarni ijro etish inspeksiyasi 3 kunlik muddatda sudga hukmlarni jamlab, avvalgi jazo chorasi haqidagi masalani hal qilishni soʻrab tegishli sudga murojaat qiladi. Bunda sud tomonidan mazkur masala hal etilgunga qadar birinchi hukmning ijrosi toʻxtatilmaydi.
32. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan hukm chiqargan sudga hukmni ijro qilish uchun qabul qilinganligi haqida, shuningdek agar ozodlikdan mahrum qilish jazosining oʻtalmagan qismi axloq tuzatish ishlariga oʻzgartirilgan boʻlsa, mahkum boʻshatilgan jazoni ijro etish muassasasiga mazkur Yoʻriqnomaning 10-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboriladi.
33. Hukm (ajrim) nusxasi roʻyxatga olingandan soʻng, shu kunning oʻzida mahkumga nisbatan mazkur Yoʻriqnomaning 11-ilovasiga muvofiq shaklda hisobvaraqasi toʻldirilib, mazkur Yoʻriqnomaning 12-ilovasiga muvofiq shaklda mahkumning shaxsiy yigʻma jildi yuritiladi.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosining oʻtalmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilgan hollarda mahkumga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasasidagi mahkumning shaxsiy yigʻma jildi davom ettiriladi. Shaxsiy yigʻma jildda mahkumning jazosini oʻtashga taalluqli boʻlgan barcha hujjatlari hamda hukmning (ajrimning) nusxalari saqlanadi.
34. Mahkumning shaxsiy yigʻma jildining hamda hisobvaraqasining tartib raqamlari axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtayotgan shaxslarni hisobga olish jurnalida qayd etilgan raqamiga mos boʻlishi shart.
Shaxsiy yigʻma jildlar temir shkaflarda saqlanadi hamda ish kuni tugaganidan soʻng shkaflar qulflanib, muhrlanadi.
35. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi xodimlari mahkumning hisobga olinganligi haqida ichki ishlar organi rahbariga kerakli profilaktika tadbirlarini oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisida mazkur Yoʻriqnomaning 13-ilovasiga muvofiq shaklda bildirgi orqali xabar qiladi.
Ichki ishlar organi rahbari ushbu bildirgini mahkumning turar joyi boʻyicha masʼul boʻlgan profilaktika inspektoriga kerakli koʻrsatmalar berib topshiradi.
Profilaktika inspektori mahkum bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar haqida jazolarni ijro etish inspeksiyasini har oyda kamida bir marotaba yozma ravishda xabardor qilib boradi.
36. Harbiy xizmatga chaqiriluvchi shaxslarning hisobga olinganligi toʻgʻrisida tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma, turar joyidan roʻyxatdan chiqib ketishidan oʻz vaqtida xabardor qilish uchun mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shaklda ichki ishlar organining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga qoʻriqchi varaqasi yuboriladi.
37. Har bir mahkum hisobga olingandan soʻng, suhbat oʻtkazish uchun jazolarni ijro etish inspeksiyasiga chaqirilib, ularga axloq tuzatish ishini oʻtash tartibi va shartlari tushuntiriladi.
4-§. Axloq tuzatish ishiga hukm qilingan mahkumlarning shaxsiy hisobini yuritish
38. Mahkumlarga nisbatan hukm ijrosini tashkil etish, mahkumlarni jazo oʻtashga jalb qilish, ularning ish haqidan ajratmalarni toʻgʻri ushlab qolish va oʻz vaqtida davlat foydasiga oʻtkazilishini nazorat qilish, shuningdek mahkumlarni oʻz vaqtida jazo oʻtashdan ozod qilish maqsadida axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarning shaxsiy hisobi yuritiladi.
39. Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarning shaxsiy hisobi yuritiladigan hujjatlariga quyidagilar kiradi:
axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtayotgan shaxslarni hisobga olish jurnali;
axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtayotgan mahkumning shaxsiy yigʻma jildi;
axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtayotgan mahkumning hisobvaraqasi.
40. Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan mahkumlar quyidagi hisoblardan birida turadi:
tezkor;
dastlabki;
nazorat;
qidiruvdagilar.
41. Tezkor hisobda hukmlari (ajrimlari) ijro etilayotgan mahkumlar turadi.
42. Dastlabki hisobda:
axloq tuzatish ishiga hukm qilinib, jazolarni ijro etish inspeksiyasida hisobga olingan kundan 15 kun oʻtgandan soʻng ham ishga joylashmagan mahkumlar;
jazo muddatini oʻtayotgan vaqtda oldingi ish joyida mehnat shartnomasini bekor qilgan kundan 15 kun oʻtgandan soʻng ham ishga joylashmagan mahkumlar;
dastlabki qidiruv harakatlari amalga oshirilayotgan mahkumlar;
sababsiz ishlamay yurgan mahkumlar;
axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazosini ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirish uchun sudga taqdimnoma kiritilgan mahkumlar turadi.
43. Nazorat hisobida:
axloq tuzatish ishiga hukm qilinib, hisobga olinganidan soʻng 15 kungacha ishga joylashmagan mahkumlar;
jazo oʻtash vaqtida ishlab turgan joyidan boʻshagan kunidan boshlab 15 kungacha boshqa ish joyiga joylashmagan mahkumlar;
kasalligi sababli ishlamayotgan mahkumlar, agar amaldagi qonunga binoan kasallik davri axloq tuzatish ishlarini oʻtash muddatiga qoʻshilmaydi, deb hisoblanmasa;
jazolarni ijro etish inspeksiyasi hududidan chiqib ketgan va shaxsiy yigʻma jildi olinganligi haqidagi tasdiqnomasi kelmagan mahkumlar;
boshqa jinoyat sodir etilganligi uchun ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlanib turgan mahkumlar;
axloq tuzatish ishi jazosini oʻtash jarayonida maʼmuriy jazo sifatida qamoqda saqlanib turgan mahkumlar;
mehnatga yaroqsiz boʻlib qolganligi uchun yoxud nafaqa yoshiga yetganligi, shuningdek ayollar bu turdagi jazoni oʻtayotgan vaqtda homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqqanligi munosabati bilan jazoni oʻtashdan ozod qilish haqida sudga taqdimnoma kiritilgan mahkumlar;
mehnatga yaroqsizligini aniqlash uchun tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yuborilgan mahkumlar;
hukm ijrosining boshlanishidan oldin berilgan navbatdagi (har yilgi) mehnat taʼtili hamda oylik ish haqi bermaslik sharti bilan berilgan taʼtillardagi mahkumlar;
ichkilikbozlik va giyohvandlik kasalligi tufayli tibbiyot muassasalarida davolanayotgan mahkumlar turadi.
44. Sud ajrimi asosida qidiruv eʼlon qilingan mahkumlar qidiruvdagilar hisobida turadi.
45. Jazo muddatini oʻtab boʻlmasdan, doimiy yashash joyining oʻzgarishi sababli tegishli jazolarni ijro etish inspeksiyasi hududidan chiqib ketgan mahkumlar haqida ularning yangi doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga xabar qilinadi. Mahkumni yangi doimiy yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasining soʻrov xatiga asosan shaxsiy yigʻma jildi va muhr bilan tasdiqlangan hisobvaragʻidan nusxa ichki ishlar organi boshligʻining imzosi bilan tasdiqlangan holda yuboriladi. Tegishli hududdagi jazolarni ijro etish inspeksiyasi mahkumning shaxsiy yigʻma jildi va hisobvaragʻidan nusxani olganligi haqida darhol ularni yuborgan jazolarni ijro etish inspeksiyasiga xabar yuboradi.
46. Ish haqi belgilanadigan hududdan boshqa hududda jazo oʻtayotgan mahkumlar amalda ishlayotgan hududidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasi hisobida turadi, boshqa hududda ishlash muddati toʻrt oydan oshadigan hollar bundan mustasno.
Bunda mahkumning ish haqidan toʻgʻri ushlab qolinayotganligini nazorat qilish ish haqi belgilanadigan hududdagi jazolarni ijro etish inspeksiyasiga topshiriladi.
47. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi belgilab bergan joylarda axloq tuzatish ishiga hukm qilingan mahkumlar doimiy yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan hisobga olinadi.
Bunda mahkumlar doimiy yashash joyidan boshqa hududda ishga joylashgan hollarda, mahkumning doimiy yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan hukmning (ajrimning) ijrosini taʼminlash uchun mahkumning ish joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasiga hisobga olish uchun yuboriladi.
5-§. Axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtashga jalb etish
48. Hukmda (ajrimda) axloq tuzatish ishlari jazosini mahkumning oʻz ish joyida oʻtashi belgilangan hollarda jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan mahkum hisobga olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan uning ish joyiga hukm (ajrim) nusxasi va mazkur Yoʻriqnomaning 14-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboriladi.
Jazolarni ijro etish inspeksiyasi xabarnomasini olgan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati xabarnomani olganligi haqida mazkur Yoʻriqnomaning 15-ilovasiga muvofiq shaklda javob xati yuboradi.
Mahkum ish joyidan boʻshaganligi aniqlangan hollarda jazolarni ijro etish inspeksiyasi mahkumga boshqa ishga joylashishi lozimligini tushuntiradi hamda zarur hollarda ishga joylashishida amaliy yordam beradi.
49. Hukmda (ajrimda) axloq tuzatish ishlarini oldingi ish joyidan boshqa joyda oʻtash belgilangan hollarda mahkum oldingi ish joyidan darhol boʻshattirilib, boshqa joyga ishga yuboriladi.
6-§. Axloq tuzatish ishlari muddatini hisoblash
50. Axloq tuzatish ishlari muddati mahkum ishlagan va uning ish haqidan ushlab qolingan davr mobaynidagi yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. Mahkum ishlab bergan kunlar miqdori sud tomonidan belgilangan jazo muddatining har oyiga toʻgʻri keladigan ish kunlari miqdoridan kam boʻlmasligi kerak. Agar mahkum ana shu miqdordagi ish kunlarini ishlab bermagan boʻlsa va ishlanmagan kunlarni jazo muddatiga qoʻshib hisoblash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilab qoʻyilgan asoslar boʻlmasa, axloq tuzatish ishlarini oʻtash mahkum belgilangan ish kunlari miqdorini toʻliq ishlab berguniga qadar davom etadi.
51. Jazoni oʻtash muddati korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati jazolarni ijro etish inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan, boshqa joylarda oʻtaladigan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar uchun esa, ular jazoni oʻtash uchun yuborilgan korxona, muassasa yoki tashkilotda ish boshlagan kundan boshlanadi.
52. Ish vaqti jamlab hisobga olinadigan korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlayotgan mahkumlarning jazoni oʻtash muddati ish soatlarining normal miqdoriga amal qilingan holda, hisobga olinadigan davrdagi ish vaqti muddatidan kelib chiqib hisoblanadi.
53. Mahkum ishlamagan, ammo qonunga muvofiq uning ish haqi saqlanib turgan vaqt, shuningdek mahkum ishsiz deb topilgan vaqt axloq tuzatish ishlarini oʻtash muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi toʻlanmaydigan kasallik vaqti;
(54-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
qamoq tariqasidagi maʼmuriy jazoni oʻtash vaqti, boshqa jinoyat sodir etganligi munosabati bilan qamoqda saqlangan vaqt.
7-§. Axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtayotgan mahkumlarning oylik ish haqidan davlat daromadi hisobiga ushlab qolish
55. Axloq tuzatish ishiga hukm qilingan mahkumlarning oylik ish haqidan davlat daromadi hisobiga ushlab qolish mahkumning jazo muddatini oʻtashni boshlagan kunidan amalga oshiriladi.
56. Mahkumlarning oylik ish haqidan davlat daromadi hisobiga ushlab qolish, ish haqining barcha turidan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni istisno qilmagan holda, shuningdek mahkumlarga ijro hujjatlari boʻyicha daʼvolar mavjudligidan qatʼi nazar, amalga oshiriladi va har oyning ikkinchi yarmi uchun toʻlangan ish haqidan, ishdan boʻshaganda esa oyning ishlagan qismidan ushlab qolinadi.
57. Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta tartibida olinayotgan nafaqa va boshqa toʻlovlar, ish haqiga kirmaydigan qoʻshimcha toʻlovlardan va bir marta toʻlanadigan pul mukofotlaridan (foydalanilmagan taʼtillar uchun pullik kompensatsiya toʻlovlari), ish vaqtidan tashqari ishlaganlik uchun, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasidagi ishlagan kunlar uchun kompensatsiya va haq toʻlash turlaridan, ishdan boʻshaganda qonunga muvofiq beriladigan toʻlovlardan, yangidan ishga tushganda, boshqa ishga oʻtganda, xizmat safariga yuborilganda beriladigan toʻlovlardan, ishchining shaxsiy asbob-uskunalaridan foydalanganligi uchun va berilmagan maxsus kiyim va poyabzallar uchun toʻlanadigan toʻlovlardan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa badal toʻlovlaridan ushlab qolinmaydi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
58. Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan mahkumlarning mehnatiga haq, qoida tariqasida, pul shaklida toʻlanadi. Mehnat haqini natura shaklida toʻlash taqiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno.
59. Harbiy yigʻilishlarga chaqirilgan mahkumlarning ish haqidan ushlab qolish ish joyida amalga oshiriladi.
60. Korxona, muassasa va tashkilotlarda mahkumga yil yakuni boʻyicha toʻlanadigan mukofot pullaridan jazo oʻtalgan davr uchungina ushlab qolinadi.
61. Mahkumlarning ish haqidan davlat foydasiga ushlab qolinayotgan pullarni korxona, muassasa va tashkilot maʼmuriyati har oyda oylik ish haqi beriladigan kuni Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarning ish haqidan ushlab qolingan daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi hamda toʻlov hujjatlari bilan birgalikda mazkur Yoʻriqnomaning 16-ilovasiga muvofiq shaklda ushlab qolingan ajratmalar haqida hisob-kitob maʼlumotnomasini jazolarni ijro etish inspeksiyasiga yuboradi.
62. Ish haqidan ushlab qolingan pul miqdorini naqd pul shaklida toʻlash taqiqlanadi.
63. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi xodimlari mahkumlarning hisobvaraqalari boʻyicha oyma-oy ish haqidan ushlab qolingan chegirmalarning tushganligini “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali Yagona gʻazna hisobvaragʻiga kirim qilingan mablagʻlar bilan solishtirib boradi hamda mahkumlarning ish haqidan ushlab qolingan chegirmalar oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi aniqlangan hollarda darhol undirish choralarini koʻradi.
64. Mahkumlarni ish haqidan toʻgʻri va oʻz vaqtida chegirib qolinishini hamda chegirib qolingan ajratmalarni davlat foydasiga oʻtkazilishini taʼminlamagan, shu bilan birga ularning ishlagan davri, oyligi va chegirib qolingan ajratmalar toʻgʻrisidagi hisob-kitob maʼlumotnomasini doimiy ravishda notoʻgʻri yoki oʻz vaqtida bermagan hollarda jazolarni ijro etish inspeksiyasi tegishli aybdor mansabdor shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini koʻradi.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
65. Mahkumlarning ishlagan kunlari va oyligidan ushlab qolingan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mahkumlarning hisobvaraqlariga 3 kun mobaynida kiritilishi kerak. Toʻlov hujjatlari maxsus jildlarga tikiladi.
66. Sud hukmi (ajrimi) bekor qilingan barcha holatlarda oylik ish haqidan ushlab qolingan mablagʻlar mahkumga qaytarib beriladi. Hukmning oʻzgartirilishi yoki bekor qilish haqidagi sudning ajrimi (qarori) ushlab qolingan mablagʻlarning qaytarib berilishiga asos hisoblanadi.
8-§. Axloq tuzatish ishlari jazosidan ozod qilish asoslari
67. Axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilingan shaxslar quyidagi holatlarda jazodan ozod qilinib, hisobdan chiqariladi:
sud hukmi bilan belgilangan jazo muddati oʻtab boʻlinganda;
amnistiya akti qoʻllanishi yoki afv etilishi munosabati bilan;
boshqa jazo turiga oʻzgartirilganda;
jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinganda;
jazoning oʻtalmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilganda;
sud hukmi bekor boʻlganda;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa asoslarda.
68. Mazkur Yoʻriqnomaning 67-bandida belgilangan hollardan tashqari quyidagi hollarda ham mahkumlar hisobdan chiqariladi:
yashash joyini oʻzgartirganligi sababli jazolarni ijro etish inspeksiyasi hududidan tashqariga chiqib ketgan shaxslar;
axloq tuzatish ishini oʻtashdan qasddan boʻyin tovlaganligi uchun ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan shaxslar;
yangi jinoyat sodir etganligi uchun boshqa jazoga hukm qilingan mahkumlar;
vafot etgan mahkumlar.
69. Quyidagi hujjatlar mahkumlarni hisobdan chiqarishga asos boʻladi:
jazo muddatini oʻtab boʻlganlar uchun axloq tuzatish ishi jazosini oʻtagan vaqtdagi oylik ish haqidan ushlab qolingan pul miqdorlari toʻgʻrisidagi hisob-kitob maʼlumotlari;
amnistiya qarori qoʻllanilganligi haqidagi sud ajrimi;
afv etilganlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining afv etish toʻgʻrisidagi farmonini ijro etish haqida Ichki ishlar vazirligining topshirigʻi;
hukmning bekor qilinishi, boshqa jazo turiga oʻzgartirilishi, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishi yoki jazoning oʻtalmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi toʻgʻrisidagi sudning ajrimi yoki qarori nusxasi;
yashash joyini oʻzgartirib, jazolarni ijro etish inspeksiyasi hududidan tashqariga chiqib ketganligi sababli tegishli jazolarni ijro etish inspeksiyasidan hisobvaraq va shaxsiy yigʻma jildni olinganligi haqidagi tasdiqnoma.
yangi jinoyat sodir etgan mahkumlarga nisbatan hukm nusxasi va hukm qonuniy kuchga kirganligi toʻgʻrisidagi sud farmoyishi;
vafot etganlarga nisbatan, vafot etganligi haqidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qiluvchi organlarning maʼlumotnomasi.
70. Mahkumning ish haqidan ushlab qolinib, korxona, muassasa va tashkilot tomonidan ushlab qolingan mablagʻlarning oʻtkazib berilishi kechiktirilganligi mahkumning hisobdan chiqarishga toʻsqinlik qilishi mumkin emas. Bunday mahkumlarni shaxsiy yigʻma jildlari va hisobvaraqlari korxona, muassasa va tashkilot tomonidan ushlab qolingan mablagʻlarning oʻtkazib berilishi toʻliq amalga oshirilmaguncha nazoratga olinadi.
71. Mahkumning hisobdan chiqarilgan kuni va asosi haqida uning hisobvaraqasiga, axloq tuzatish ishiga hukm qilingan shaxslarning hisob hujjatlariga tegishli maʼlumot kiritiladi. Mahkumning jazoni oʻtashdan ozod etilganligi haqida shu kunning oʻzida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimiga maʼlum qilinib yozma maʼlumot beriladi hamda ushbu maʼlumot nusxasi mahkumning shaxsiy yigʻma jildida saqlanadi.
72. Axloq tuzatish ishlarini oʻtashdan ozod qilingan shaxslarga jazo muddatini oʻtagani haqida mazkur Yoʻriqnomaning 17-ilovasiga muvofiq shaklda maʼlumotnoma beriladi.
73. Harbiy xizmatga chaqiriluvchilar jazo muddatini oʻtab boʻlganlaridan soʻng bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboriladi.
74. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi hisobidan chiqqan mahkumlarning ish joyi maʼmuriyatiga mazkur Yoʻriqnomaning 18-ilovasiga muvofiq shaklda maʼlumotnoma yuboriladi, belgilangan jazosi boshqa turdagi jazoga oʻzgartirilgan, yashash joyini oʻzgartirganligi munosabati bilan jazolarni ijro etish inspeksiyasi hududidan chiqib ketganlar va vafot etganlar bundan mustasno.
75. Hisobdan chiqqan mahkumlarning shaxsiy yigʻma jildi va hisob hujjatlari quyidagi muddatlar mobaynida saqlanadi:
shaxsiy yigʻma jildlar hisobdan chiqarilgan kundan boshlab 3 yil;
hisobvaraqlari 5 yil;
axloq tuzatish ishini oʻtayotgan shaxslarning hisob jurnallari 10 yil;
axloq tuzatish ishi bilan jazolanganlarning hukmlarini ijro qilish bilan bogʻliq boʻlgan yozishmalar 3 yil.
3-bob. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish
1-§. Umumiy qoidalar
76. Ozodlikni cheklash jazosi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi (ajrimi)ga muvofiq amalga oshiriladi.
Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashdan iborat.
Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish mahkumning yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan yoki sud belgilaydigan, mahkumlarning sud belgilagan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradigan boshqa organ tomonidan amalga oshiriladi.
77. Ozodlikni cheklash jazosi mahkum jazolarni ijro etish inspeksiyasining hisobiga olingan kundan boshlab hisoblanadi. Mahkum uzrli sabablarsiz oʻzboshimchalik bilan yashash joyida boʻlmagan vaqti ozodlikni cheklash vaqtiga qoʻshib hisoblanmaydi.
2-§. Ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan shaxslar ustidan nazorat olib boruvchi ichki ishlar organlari
78. Ozodlikni cheklash toʻgʻrisidagi sud hukmining ijrosi mahkumning yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
79. Mahkumlarning turar joylari boʻyicha sud tomonidan belgilangan taqiqlar (cheklovlar) va yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi hamda ularning xulq-atvori ustidan nazoratni profilaktika inspektorlari, tezkor vakillar, patrul-post xizmati, yoʻl-patrul xizmati, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari, patrul-post naryadlari va ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
80. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi:
ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslar bilan suhbat oʻtkazib, jazo oʻtash tartibi va shartlarini tushuntiradi;
mahkumning ish va oʻqish joyi maʼmuriyatidan mahkumlar haqida tavsifnomalar oladi va zarur hollarda, mahkumning ish va oʻqish joyi maʼmuriyati bilan uchrashuv oʻtkazadi;
ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs tomonidan jamoat tartibi buzilganligini aniqlash maqsadida har oyda ichki ishlar organining maʼlumot kartotekasi bilan, shuningdek har chorak yakunida Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, IIBB va IIB Tezkor-maʼlumotlar boshqarma (boʻlim)larining maʼmuriy huquqbuzarliklar bazasidan tekshirib boradi;
(80-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 28-avgustdagi 221-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2922-1, 03.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 10/20/2922-1/1249-son)
ozodlikni cheklashning oʻtalmagan muddatini jazoning boshqa turiga almashtirish haqida taqdimnoma kiritadi;
sud tomonidan mahkum zimmasiga yuklatilgan taqiqlar (cheklashlar) va majburiyatlarning bajarilishini muntazam ravishda tekshirib boradi, ularni bajarmay yurgan mahkumlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 444-moddasiga asosan mazkur Yoʻriqnomaning 19-ilovasiga muvofiq shaklda ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo chorasini qoʻllaydi va bu haqda dalolatnoma tuzilib, mahkumning shaxsiy yigʻma jildiga qoʻshib boradi.
81. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan voyaga yetmaganlar ustidan doimiy nazorat profilaktika inspektorlari tomonidan voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari bilan hamkorlikda hokimlik, taʼlim sohasidagi hududiy davlat boshqaruv organlari, jamoat tashkilotlari hamda boshqa masʼul organlar ishtirokida amalga oshiriladi.
82. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi sud hukmida belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) bajarilishini taʼminlash yuzasidan hukm ijroga olingan kunning oʻzida, mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatiga yoki muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organga mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboradi.
83. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan mahkum muayyan vaqtda yashash joyidan ketish, tegishli maʼmuriy hudud doirasida joylashgan maʼlum joylarga borish yoxud tegishli maʼmuriy hudud doirasidan chiqish uchun hamda yashash joyini oʻzgartirishni soʻrab murojaat etganda, taqiqlarning (cheklashlarning) xususiyatlaridan, mahkumning shaxsidan, uning xulq-atvoridan, tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligidan kelib chiqqan holda mazkur Yoʻriqnomaning 20-ilovasiga muvofiq shaklda ruxsatnoma beradi.
84. Uy-joyidan chiqib ketishiga butunlay taqiq belgilangan mahkumning doimiy yashash joyidan ketishi uchun, mahkumning tegishli maʼmuriy hudud doirasidan chiqishi uchun, shuningdek mahkumning yashash joyini oʻzgartirishi uchun prokurordan ruxsatnoma olish haqidagi murojaati jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan hududidagi prokurorga yuboriladi.
85. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs jazoni oʻtash davrida oʻzining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan, yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, jazolarni ijro etish inspeksiyasi ilgari mahkumga yuklatilgan taqiqlarni (cheklashlarni) toʻliq yoki qisman bekor qilish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritadi.
3-§. Ozodligi cheklangan shaxslarning majburiyatlari
86. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etishi, shuningdek oʻzining jazoni oʻtashi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ogʻzaki yoki yozma tushuntirishlar berish uchun chaqiruv boʻyicha jazolarni ijro etish inspeksiyasiga kelishi shart. Uzrli sababsiz hozir boʻlmagan mahkumlar majburiy keltirilishi mumkin.
87. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan mahkum jazolarni ijro etish inspeksiyasi ruxsatisiz muayyan vaqtda yashash joyidan ketishi, tegishli maʼmuriy hudud doirasida joylashgan maʼlum joylarga borishi yoxud tegishli maʼmuriy hudud doirasidan chiqishi, shuningdek yashash joyini oʻzgartirishi taqiqlanadi.
4-§. Ozodlikni cheklash tariqasidagi sud hukm (ajrim)larini ijroga qabul qilish va rasmiylashtirish
88. Suddan kelib tushgan hukm (ajrim) nusxasi va hukm (ajrim) qonuniy kuchga kirganligi haqidagi sud farmoyishi ichki ishlar organida roʻyxatiga olinib, ichki ishlar organi boshligʻining koʻrsatmasi bilan jazolarni ijro etish inspeksiyasiga, nusxasi hududiy profilaktika inspektoriga tegishli chora-tadbirlar belgilash maqsadida beriladi. Shu kunning oʻzida mahkum mazkur Yoʻriqnomaning 21-ilovasiga muvofiq shakldagi hisobga olish jurnalida qayd qilinadi va unga nisbatan mazkur Yoʻriqnomaning 22-ilovasiga muvofiq shaklda shaxsiy yigʻma jild ochiladi. Mahkum shaxsiy yigʻma jildining tartib raqami hisobga olish jurnalida qayd qilingan mahkumning tartib raqamiga mos boʻlishi kerak.
89. Mahkumning shaxsiy yigʻma jildida mahkumni hisobga olish uchun asos boʻlgan hujjatlar, uning axloqi ustidan nazorat hamda sud orqali qoʻyilgan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etilishi va majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan barcha hujjatlar jamlanadi.
90. Mahkumga shaxsiy yigʻma jild ochilganidan keyin mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shaklda qoʻriqchi varaqasi toʻldiriladi. Qoʻriqchi varaqasining nusxasi mahkumning shaxsiy yigʻma jildiga tikiladi.
91. Qoʻriqchi varaqasi ichki ishlar organining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga mahkumni doimiy yashash joyidan roʻyxatdan chiqib ketishini oldini olishni nazorat qilish uchun topshiriladi.
92. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo turiga hukm qilingan mahkumga jazoni oʻtash tartibi tushuntirilib, uning zimmasiga yuklatilgan taqiqlar (cheklashlar) va majburiyatlarni bajarmagan taqdirda oʻtalmay qolgan jazo muddatini jazoning boshqa turiga almashtirilishi haqida sudga taqdimnoma kiritilishi toʻgʻrisida ogohlantiriladi va undan ogohlantirilganligi haqida tilxat olinadi.
93. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi sudga mahkumning hisobga olinganligi toʻgʻrisida mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq, vakolatli organga mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilish haqidagi sud hukmi talablarini ijro etish toʻgʻrisida, harbiy xizmatga majbur boʻlgan mahkumlar toʻgʻrisida tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq xabarnomalar joʻnatadi.
94. Harbiy xizmatga majbur boʻlgan mahkum tayinlangan jazo muddatini oʻtab boʻlganda yoki qonunda koʻrsatilgan boshqa sabablarga koʻra jazodan ozod etilganda, bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shaklda tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga xabarnoma yuboriladi.
5-§. Ozodlikni cheklash jazoga hukm qilingan shaxslar xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish
95. Ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan ichki ishlar organlarining maxsus dasturiy majmua tizimiga ulangan elektron kuzatuv vositalari faqat sudning ajrimi bilan qoʻllanilishi mumkin.
96. Elektron kuzatuv vositalari kecha-kunduz kuzatib borish uchun barcha texnika vositalari ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga oʻrnatiladi. Agarda mahkumga yuklatilgan majburiyatlar buzilganligi aniqlangan taqdirda, navbatchi zudlik bilan bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasiga xabar beradi, jazolarni ijro etish inspeksiyasi mazkur holatga aniqlik kiritish va ularni bartaraf etish choralarini koʻradi.
97. Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashda oʻziga oʻrnatilgan elektron kuzatuv vositalaridan foydalanish qoidalarini buzganda jazolarni ijro etish inspeksiyasi sudga mahkum uchun ozodlikni cheklashning oʻtalmagan muddatini jazoning boshqa turiga almashtirish haqida taqdimnoma kiritadi.
Agar mahkum elektron kuzatuv vositalaridan foydalanish qoidalarini buzishi natijasida elektron kuzatuv vositalari nosoz holatga kelgan taqdirda, jazolarni ijro etish inspeksiyasi mahkumdan yetkazilgan moddiy zararni undirish choralarini koʻrish uchun nazorat qiluvchi prokurorga toʻplangan hujjatlarni ilova qilgan holda sudga daʼvo ariza kiritishi uchun yuboradi.
98. Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlagan, shuningdek sud tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, jazolarni ijro etish inspeksiyasi sudga mahkum uchun ozodlikni cheklashning oʻtalmagan muddatini jazoning boshqa turiga almashtirish haqida taqdimnoma kiritadi.
oʻziga nisbatan sud tomonidan belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) buzishga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi toʻgʻrisida ogohlantirish tarzida intizomiy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzishga yoʻl qoʻygan mahkum;
oʻziga nisbatan texnik nazorat vositalaridan foydalanish qoidalarini buzgan mahkum;
yashash joyidan yashiringan, qayerda ekanligi uch sutkadan ortiq vaqt ichida aniqlanmagan mahkum;
yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasiga belgilangan muddatdan uch sutkadan ortiq vaqt mobaynida kelmagan mahkum.
99. Sud tomonidan yashash joyi u yoki bu sabab bilan tark etishi butunlay taqiqlangan mahkumlar jazolarni ijro etish inspeksiyasi xodimlari va profilaktika inspektori tomonidan har oyda kamida 3 marotaba mazkur taqiqning bajarilayotganligini doimiy ravishda nazorat qilib boriladi va tekshiruv natijasi boʻyicha dalolatnoma tuzilib, mahkumning shaxsiy yigʻma jildida saqlanadi.
100. Sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishi cheklangan mahkumlar jazolarni ijro etish inspeksiyasi xodimlari va profilaktika inspektori tomonidan har oyda kamida 3 marotaba yashash joyidan chiqishi cheklangan muayyan vaqtida mazkur cheklashga amal qilayotganligini tekshirish uchun doimiy ravishda nazorat qilib boriladi va tekshiruv natijasi boʻyicha dalolatnoma tuzilib, mahkumning shaxsiy yigʻma jildida saqlanadi.
101. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo muddati tugaganda uni ustidan nazoratni toʻxtatilganligi toʻgʻrisida ichki ishlar organi boshligʻiga axborot beriladi.
7-§. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarni hisobdan chiqarish asoslari
102. Quyidagi hollarda ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslar ustidan nazorat toʻxtatilib, hisobdan chiqariladi:
sud hukmi bilan belgilangan jazo muddati oʻtab boʻlinganda;
amnistiya akti qoʻllanishi yoki afv etilishi munosabati bilan;
boshqa jazo turiga oʻzgartirilganda;
jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinganda;
jazoning oʻtalmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilganda;
sud hukmi bekor boʻlganda;
mahkum vafot etganda;
qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa asoslarda.
(102-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
103. Mazkur Yoʻriqnomaning 102-bandida koʻrsatilgan asoslardan tashqari turar joyini oʻzgartirgan mahkumlar ham hisobdan chiqariladi. Bunda mahkumlarni yangi turar joyi boʻyicha ichki ishlar organiga soʻrov xati yuboriladi va mahkum hisobga olinganligi toʻgʻrisida axborot bergan ichki ishlar organiga darhol yozma ravishda xabar qilinadi va xabarnomaning nusxasi mahkumning shaxsiy yigʻma jildiga tikiladi.
104. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxsni hisobdan chiqarish vaqti hamda asosi toʻgʻrisida mahkumlarni hisobga olish jurnalida va ularning shaxsiy yigʻma jildiga tegishli belgi qoʻyiladi. Jazodan ozod etilgan shaxslar haqida ichki ishlar organi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimiga maʼlumot beriladi va uning nusxasi mahkumning shaxsiy yigʻma jildiga tikiladi.
105. Mahkumlarni hisobga olish jurnali hamda shaxsiy yigʻma jildlari mazkur Yoʻriqnomaning 19-bandida belgilangan muddatlar davomida saqlanadi.
4-bob. Shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish
1-§. Umumiy qoidalar
106. Shartli hukm qilish toʻgʻrisidagi jinoyat-huquqiy taʼsir chorasini ijro etish uchun sudning hukmi (ajrimi) asos boʻladi.
107. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi shartli hukm qilingan shaxslarni roʻyxatga oladi va sud belgilagan sinov muddati mobaynida ularning zimmasiga yuklangan majburiyatlar bajarilishini tekshirib boradi.
2-§. Shartli hukm qilingan shaxslar xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar
108. Shartli hukm qilingan shaxslar xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan, harbiy xizmatchilar xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish esa, harbiy qism yoki muassasaning qoʻmondonligiga yuklatiladi.
109. Shartli hukm qilingan shaxslarni xulq-atvori ustidan nazorat ularning doimiy yashash joyidagi hududiy profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
110. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi:
mahkumlarning hisobini olib boradi;
zarur hollarda shartli hukm qilingan shaxslarni ishga joylashishda yordam beradi;
shartli hukm qilingan shaxslarni xulq-atvori ustidan nazorat olib borishni tashkil etadi;
sinov muddati davomida mahkumlar tomonidan sud hukmi boʻyicha yuklatilgan majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash choralarini koʻradi, mahkum chaqiruviga asosan kelmagan taqdirda mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shaklda mahkumni majburiy keltirish haqida qaror chiqaradi;
sinov muddati davomida mahkum zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlagan yoki maʼmuriy yoxud intizomiy javobgarlikka tortilgan hollarda jinoyat-huquqiy taʼsir chorasini bekor qilish hamda hukmda tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritadi.
3-§. Shartli hukm qilish toʻgʻrisidagi sud hukmini (ajrimini) ijroga qabul qilish va uni rasmiylashtirish
111. Sudning hukmi (ajrimi) mahkumni hisobga olishga asos boʻlib hisoblanadi va mahkumlarning hisobini olib borish jurnalida qayd etiladi.
112. Suddan kelib tushgan hukm (ajrimi) nusxasi ichki ishlar organida roʻyxatiga olinib, ichki ishlar organi rahbarining koʻrsatmasi bilan jazolarni ijro etish inspeksiyasiga topshiriladi. Shu kunning oʻzida jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan sud hukmi (ajrimi) mazkur Yoʻriqnomaning 23-ilovasiga muvofiq shakldagi hisobga olish jurnalida qayd qilinib, shartli hukm qilingan shaxsga nisbatan mazkur Yoʻriqnomaning 24-ilovasiga muvofiq shaklda nazorat yigʻma jildi ochiladi. Nazorat yigʻma jildining tartib raqami hisobga olish jurnalida qayd qilingan mahkumning tartib raqamiga mos boʻlishi kerak.
113. Mahkumga nazorat yigʻma jildi ochilganidan soʻng mazkur Yoʻriqnomaning 6 va 25-ilovalariga muvofiq shaklda qoʻriqchi va maʼlumot varaqalari toʻldiriladi.
Maʼlumot varaqasi ichki ishlar organining huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni hisobga oladigan maʼlumot kartotekasiga kiritiladi.
Qoʻriqchi varaqasi ichki ishlar organining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga mahkumning turar joyidan roʻyxatdan chiqib ketishidan oʻz vaqtida xabardor qilish uchun topshiriladi.
114. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi mahkumlarning hisobga olinganligi toʻgʻrisida sudga mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq, mahkumning ish yoki oʻqish joyi maʼmuriyatiga mazkur Yoʻriqnomaning 26-ilovasiga muvofiq, harbiy xizmatga majbur boʻlgan mahkumlar toʻgʻrisida tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma joʻnatadi.
115. Nazorat yigʻma jildi jazolarni ijro etish inspeksiyasi xodimi tomonidan olib boriladi, nazorat yigʻma jildida mahkumni hisobga olish uchun asos boʻlgan hujjatlar, uning xulq-atvori ustidan nazorat hamda sud orqali qoʻyilgan majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlar yuritiladi.
4-§. Shartli hukm qilingan shaxslar xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish
116. Mahkum jazolarni ijro etish inspeksiyasida hisobga olinganidan keyin unga sud tomonidan yuklatilgan majburiyat va bu majburiyatlar bajarilmagan taqdirda unga qanday qonuniy choralar qoʻllanilishi mumkinligi tushuntiriladi.
117. Sud hukmida vaqti-vaqti bilan yashash joyidagi ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtish majburiyati yuklatilgan mahkumlarga nisbatan ularning roʻyxatdan oʻtish kunlari jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan belgilanadi va mahkumga bu haqda xabar beriladi. Bunda mahkumdan tilxat olingan holda dalolatnoma rasmiylashtirilib, nazorat yigʻma jildida saqlanadi.
118. Mahkumni huquqbuzarlik sodir etganligini aniqlash maqsadida jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan har chorakda kamida bir marotaba Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, IIBB va IIB Tezkor-maʼlumotlar boshqarma (boʻlim)larining maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bazasidan tekshirib boriladi.
(118-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 28-avgustdagi 221-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2922-1, 03.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 10/20/2922-1/1249-son)
119. Jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan:
mahkumlar bilan suhbat oʻtkazilib, hukmda (ajrimda) belgilangan jazoni oʻtash shartlari tushuntiriladi;
mahkumning ish va oʻqish joylari maʼmuriyatlaridan mahkumlar haqida tavsiyanomalar soʻraladi va zarur hollarda ish va oʻqish joylari maʼmuriyati bilan uchrashuv oʻtkaziladi;
sud tomonidan belgilangan majburiyatlarning bajarilishi har chorakda kamida bir marotaba tekshiriladi, ularni bajarmay yurgan mahkumlarga nisbatan tegishli choralar koʻriladi. Natijasi haqida dalolatnoma tuzilib, nazorat yigʻma jildiga qoʻshib boriladi;
sud tomonidan roʻyxatdan oʻtib turish majburiyati yuklatilgan mahkumlarni roʻyxatdan oʻtkazilishi amalga oshiriladi;
sinov muddati davomida jazoning shartliligini bekor qilish asoslari kelib chiqmasa, sinov muddati tugashi bilan uning xulqi ustidan nazoratni toʻxtatish toʻgʻrisida ichki ishlar organi boshligʻiga maʼlum qilinadi;
mahkumlarning hisobi olib boriladi, xulq-atvori ustidan nazorat qilinadi, ularga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi tahlil qilinadi.
5-§. Shartli hukmni bekor qilish hamda hukmda tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritish
120. Shartli hukm qilingan shaxs xulq-atvori ustidan jazolarni ijro etish inspeksiyasi sinov muddati mobaynida belgilangan cheklashlarni toʻliq yoki qisman bekor qilish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritishga haqli.
121. Mahkum zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlagan yoki maʼmuriy yoxud intizomiy javobgarlikka tortilgan hollarda jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan jinoyat-huquqiy taʼsir chorasini bekor qilish hamda hukmda (ajrimida) tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritadi.
122. Sud hukmida (ajrimida) mahkumga belgilangan muddatda yetkazilgan zararni bartaraf qilish majburiyati yuklatilgan boʻlsa, shartli hukmni bekor qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma yetkazilgan zararni bartaraf qilish uchun sud tomonidan belgilangan muddat tugashi bilan kiritiladi.
6-§. Shartli hukm qilinganlarni hisobdan chiqarish asoslari
123. Quyidagi hollarda mahkum ustidan nazorat toʻxtatilib, hisobdan chiqariladi:
shartli hukm bilan belgilangan sinov muddatining tugallanganligi;
shartli hukm bekor qilinib, hukm boʻyicha jazo oʻtash uchun yuborilganda;
amnistiya akti qoʻllanishi yoki afv etilishi munosabati bilan;
yangi jinoyat sodir qilgani uchun hukm qilinganda;
mahkum vafot etganda.
124. Mazkur Yoʻriqnomaning 123-bandida koʻrsatilgan asoslardan tashqari turar joyini oʻzgartirgan mahkumlar ham hisobdan chiqariladi. Bu holda mahkumlarni yangi turar joyi boʻyicha ichki ishlar organiga soʻrov yuboriladi. Nazorat yigʻma jildi hamda mahkum hisobga olinganligi toʻgʻrisida nazorat yigʻma jildini yuborgan ichki ishlar organiga darhol yozma ravishda xabar qilinishi lozim.
125. Mahkumni hisobdan chiqarish vaqti hamda asosi toʻgʻrisida mahkumlarni hisobga olish jurnaliga va nazorat yigʻma jildiga tegishli belgi qoʻyiladi. Jazodan ozod etilgan shaxslarning roʻyxati kuzatuv xati orqali huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasiga topshiriladi. Xatning nusxasi nazorat jildiga tikiladi.
126. Mahkum hisobdan chiqarilgandan soʻng 3 kun ichida tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shaklda xabar qilinadi.
127. Mahkumlarni hisobga olish jurnali hamda nazorat yigʻma jildi mazkur Yoʻriqnomaning 19-bandida belgilangan muddatlar boʻyicha saqlanadi.
6-bob. Yakuniy qoidalar
128. Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarga hukm qilingan mahkumlar hamda shartli hukm qilingan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 73, 75 va 76-moddalariga asosan jazodan ozod etilishi haqida sudga taqdimnoma kiritilganda, sudga taqdimnoma bilan birga mahkumlarni jazo oʻtaganliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar nusxalari yuborilib, ularning yigʻma jildlari jazolarni ijro etish inspeksiyasida saqlanadi.
129. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan.
Oliy sud raisi K. KAMILOV
2017-yil 20-iyul
Bosh prokuror I. ABDULLAYEV
2017-yil 27-iyul
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
_______________________________________ (korxona, muassasa, tashkilot yoki vakolatli organ nomi)
_______________________________________________________________________________________ da yashovchi,
(manzili)
______________________________________________________________________________________ da ishlovchi,
(korxona, tashkilot, muassasaning nomi)
____________________________________________________________________________ da ruxsatnoma berilgan,
(ruxsatnoma turi)
_______ yil “________” ________________da _________________________________________________________
(sud nomi)
sudi tomonidan Oʻz.R. JKning _________-moddasi bilan __________________________________________ muddatga ________________________________________________________________________________________ qilingan.
(tegishli jazo yoki jinoiy-huquqiy taʼsir chorasi nomi)
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 23-moddasiga binoan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida Siz mahkum egallash va shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan lavozimdan yoki mehnat faoliyati turidan uni ozod qilishingiz, jazolarni ijro etish inspeksiyasiga hukm talablari ijro etilganligi toʻgʻrisida, tegishli hujjatlarni ilova etgan holda xabar yoʻllashingiz, mahkum boshqa ishga oʻtkazilgan yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasiga xabar qilishingiz lozim. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 24-moddasiga asosan Siz xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida mahkum shugʻullanishi taqiqlangan faoliyat turi uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilib, tegishli hujjatlarni olib qoʻyishga va bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasiga xabar yoʻllashingiz lozim. ________________________________________________ boshligʻi (katta inspektori, inspektori)
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
MUAYYAN HUQUQDAN MAHRUM QILINGAN SHAXSLARNI HISOBGA OLISH
JURNALI
Boshlandi: _______ yil “_____” _______________
Tugatildi: _______ yil “_____” _______________
Jurnalning ichki qismi
T.r.
Qayd qilish sanasi (yil, oy, kun)
F.I.O., tugʻilgan yili
Hukm chiqarilgan sana, hukm chiqargan sudning nomlanishi, hukm oʻzgarganlik haqidagi maʼlumot
Hukmning qonuniy kuchga kirish sanasi
OʻzR JKning qaysi moddasi bilan hukm qilingan
Muayyan huquqdan mahrum qilish muddati va turi
Roʻyxatdan chiqarish sanasi va asoslari
Izoh:
1
2
3
4
5
6
7
8
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
_______ yil “____” ___________da OʻzR JKning _____-moddasi ________ qismi bilan ______________ muddatga _______________________________________________________________________________
(OʻzR JK tegishli moddasi, qachon va qaysi sud tomonidan sudlanganligi)
_______ yil “_____” _______________da hisobga qoʻyildi.
_______ yil “_____” _______________da hisobdan chiqarildi.
Hisobdan chiqarilishining asosi ____________________________________________________________
Yigʻma jilddagi varaqlar soni _________________________________
(harf bilan yoziladi)
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
___________________________________________ (sudning, jazoni ijro etish muassasasining nomi)
__________________________________________________________________________sudi tomonidan
(sudning nomi.)
OʻzR JKning ______ moddasi bilan ________ yil “_____” __________ kuni sudlanib, _____ yil ____ oy ______ kun muddatga ___________________________________ tayinlangan (belgilangan).
__________ yil ______________________ “________” kuni hisobga olindi. ______________________________________________________ boshligʻi (katta inspektori, inspektori)
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 5-ILOVA
________________________ (tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga
OʻzR JKning ______ moddasi bilan ________ yil “_____” _____________ kuni sudlanib, _____ yil ____ oy ______ kuni muddatga ______________________________________________________ hukm qilingan.
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 6-ILOVA
Q Oʻ R I Q Ch I
V A R A Q A S I
____________________________________________ _____ yil _____oy _____ kun muddatga belgilangan.
(jazo turi yoki jinoiy-huquqiy taʼsir chorasi)
_____ yil “___” ___________ kuni tugaydi.
Mahkumning familiyasi, ismi, otasining ismi_________________________________________________
Tugʻilgan yili va joyi ____________________________________________________________________
Yashash joyi _____________________________________________________________________________
________________________________________sudi tomonidan ______yil “___”____________kuni OʻzR JKning ____________moddasi _________ qismi bilan ___________yil___________ oy _________ kun muddatga___________________________________________________________________ hukm qilingan.
(jazo turi yoki jinoiy-huquqiy taʼsir chorasi)
Doimiy yashash joyidan roʻyxatdan chiqishga harakat qilgan taqdirda darhol jazolarni ijro etish inspeksiyasiga xabar qilinsin.
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 7-ILOVA
________________________ (tuman, shahar) mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻiga
OʻzR JKning ______ moddasi bilan ________ yil “_____” _____________ kuni sudlanib, _____ yil ____ oy ______ kuni muddatga ______________________________________________________ hukm qilingan.
(jazo turi yoki jinoiy-huquqiy taʼsir chorasi)
_______yil “ ____” _________ da jazo oʻtashdan (sinov muddatidan) ozod etildi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 8-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” __________________________ boshligʻi
(tuman (shahar) IIB
__________________________________ _______ yil “____” _____________
ICHKI ISHLAR ORGANIGA MAJBURIY KELTIRISH HAQIDA Q A R O R
_________________________________________________jazolarni ijro etish inspeksiyasi inspektori
______ yil “___”______________ da __________________________________________ sudi tomonidan
(sud nomi)
OʻzR JKning _______-moddasi _____ qismi ______ bilan sudlanib _______ yil ________ oy _____ kunga ______________________________________________________________________ jazosi tayinlangan.
(jazo turi yoki jinoiy-huquqiy taʼsir chorasi)
Mahkum ______ yil “___” __________________________________ jazolarni ijro etish inspeksiyasida
(tuman-shahar IIB)
qoʻyilgan. Mahkum ___________________________________ jazolarni ijro etish inspeksiyasiga chaqiruv
(tuman-shahar IIB)
qogʻozi orqali bir necha marotaba taklif qilindi. Biroq, mahkum oʻzini majburiyatlarini bajarishdan bosh tortib hozirgi kungacha _______________________________ jazolarni ijro etish inspeksiyasiga
(tuman-shahar IIB)
sababsiz ravishda kelmadi. Mahkumga nisbatan qonuniy choralar koʻrish uchun ________________________
(tuman-shahar IIB)
jazolarni ijro (tuman (shahar) IIB) etish inspeksiyasiga majburiy ravishda keltirish lozim. Yuqoridagilarga asosan OʻzR JIKning 25 va 29-moddalarini qoʻllab
Q A R O R Q I L D I M
______________________________________________________________________________ da yashovchi
(yashash manzili)
_________ yilda tugʻilgan mahkum _________________________________________________________ni
(F.I.O.)
_________________ tuman (shahar) IIB HPB jazolarni ijro etish inspeksiyasiga majburiy keltirilsin. 2. Ushbu qarorni ijro qilishni ____________________tuman (shahar) IIB HPB TP profilaktika (katta) inspektori _________________________________________________________________ ga yuklatilsin. ____________________________________ jazolarni ijro etish inspeksiyasi boshligʻi
(tuman (shahar) IIB)
(katta inspektori, inspektori) __________________________ yil “____”__________ _______________
(unvoni, F.I.O.)
(imzo)
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 9-ILOVA
Ajrim chiqarish sanasi (afv etish haqidagi qaror), ajrim chiqarilgan sudning nomi
Qaysi jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan, ozod etilgan sanasi
Hukm qilish moddasi, jazo muddati va turi
Ushlab qolinadigan chegrma miqdori
Roʻyxatdan chiqarish sanasi va asoslari
Izoh
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 10-ILOVA
_______________________________________ (sudning, jazoni ijro etish muassasasining nomi)
___________________________________________________________________________________ sudi tomonidan
(sudning nomi.)
OʻzR JKning ______ moddasi bilan ________ yil “_____” __________ kuni sudlanib, _______ yil ___________ oy ______ kun muddatga ________________________________________________________ tayinlangan (belgilangan).
______________ yil _____________________________________________ “_____________” kuni hisobga olindi. ________________________________________________ boshligʻi (katta inspektori, inspektori)
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 11-ILOVA
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 12-ILOVA
____ yil “ __” _______da JKning ________ moddasi bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan ________________________________________________________
(axloq tuzatish ishlarining turi)
___________________________________
(jazo muddati)
Ilgari sudlangan ________________________
_______ yil “ _____” _______________da hisobga qoʻyildi.
_______ yil “ _____” _______________da hisobdan chiqarildi.
Hisobdan chiqarishning asosi _____________________________________
Yigʻma jilddagi varaqlar soni ___________________________________
(harf bilan yoziladi)
Izoh : Shaxsiy yigʻma jildga hukmlarning (ajrimlarning) nusxalari hamda jazo oʻtayotgan shaxsga tegishli boʻlgan barcha hujjatlar, shu jumladan sudlarga yuborilgan xabarnomalar, ichki ishlar organi rahbari nomiga yozilgan bildirgilar, yoʻllanma va boshqa hujjatlar tikiladi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 13-ILOVA
U _______ yil “____” ____________Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining _________ moddasiga asosan _________ muddatga axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan va jazoni ________________________ __________ yil “____” ______________________________dan oʻtamoqda. Ilgari________________________________________________________________________ sudlangan. ______________________________________________________________________________________
(OʻzR JK moddasi va sudlanish sanasi )
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 27-iyuldagi 157-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning tegishli bandlariga asosan mahkum _________________________________ni yashash joyida tegishli profilaktik tadbirlar olib borib, u tomondan jinoyat sodir etilishini va jamoat tartibining buzilishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar olib borilishi haqida va unga nisbatan koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida oʻz vaqtida jazolarni ijro etish inspeksiyasiga axborot berib turish toʻgʻrisida koʻrsatma berishingizni soʻrayman. ______________________________________________________boshligʻi (katta inspektor va inspektor)
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 14-ILOVA
______________________________________________________________________________ da yashovchi
(manzili)
______________________________________________________________________________da ishlovchi
(korxona, tashkilot, muassasaning nomi)
______ yil “____”___________________ da ____________________________________sudi tomonidan
(sud nomi)
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining______ moddasi bilan _______ muddatga axloq tuzatish ishlariga hukm qilinib, uning oylik ish haqidan davlat foydasiga _____ foiz chegirib qolish belgilandi (hukmning (ajrimning) nusxasi ilova qilinadi). Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 28-moddasiga binoan Siz sud hukmining (ajrimning) nusxasini ijro etishga qaratib, mahkumning ish haqidan toʻgʻri va oʻz vaqtida chegirib qolinishini va chegirib qolingan pul davlat foydasiga oʻtkazilishini taʼminlashingizni, mahkumga nisbatan qoʻllanilgan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari haqida, uning jazo oʻtashdan boʻyin tovlayotgani, boshqa ishga oʻtkazilganligi yoki u bilan tuzilgan shartnomasi bekor qilinganligi haqida jazolarni ijro etish inspeksiyasini darhol xabardor qilishingiz lozim. Mahkumning oylik ish haqidan chegirib qolishni hukm (ajrim) nusxasini olgan kuningizdan boshlashingiz shart. Ish haqidan chegirib qolingan pul miqdori №______hisob raqamiga oʻtkazilishi lozim. Mahkumning oylik ish haqidan ushlab qolingan qismi oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatlari va hisob-kitob maʼlumotnomasini Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 27-iyuldagi 157-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada belgilangan muddatlarda taqdim etib borishingiz soʻraladi.
Ilova:___ varaqda.
__________________________IIB boshligʻi _______________________
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 15-ILOVA
___________________________________________
(jazolarni ijro etish inspeksiyasining nomi)
___________________________________________
(manzili)
TASDIQNOMA
Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan ________ yilda tugʻilgan _________________________________
(F.I.O.)
___________________________________________________ da _________________________________
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 16-ILOVA
Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan mahkumning
oylik ish haqidan chegirilgan pullar haqida
HISOB-KITOB MAʼLUMOTNOMASI
________________________ __________ yil ________ oy uchun
_______ yil “____” ____________ da ish haqi berildi.
T/r
Jazo oʻtayotgan mahkumning familiyasi, ismi, otasining ismi
Xabarnomaning raqami va sanasi
Grafik boʻyicha ish kunlarining soni
Ishlangan ish kunlarining soni
Ishlanmagan kunlar sabablari
Ish haqining umumiy miqdori
Chegirmaning miqdori (ish haqidan %da)
Chegirildi
Jami oʻtkazilgan pul miqdori
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Oʻtkazish sanasi va hujjatning t/r______________
Hisobchi _____________ _______________ rahbari
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 17-ILOVA
MAHKUMNING JAZONI OʻTAB BOʻLGANLIGI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOTNOMA
______ yil “_____” ____________ da __________________________________________ sudi tomonidan
(sud nomi)
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining __________ moddasi ______ qismi/bandi bilan _____ yil ______ oy _______ kun muddatga axloq tuzatish ishlariga hukm qilinib, jazoni __________ yil “______” ___________ dan _____ yilning “_____”_________ gacha oʻtadi va ___________________________________________________________________________________ jazo
(sababi va asosi koʻrsatiladi)
oʻtashdan ozod etildi. U tomondan oʻtalgan jazoning muddati ____________ yil ___________ oy __________ kunni tashkil etadi.
_________ yil “________” __________________________
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 18-ILOVA
___________________________________________ (korxona, muassasa, tashkilot nomi)
________ yilda tugʻilgan mahkum ____________________________________________________________
(F.I.O.)
_______ yil “____” _______dan _____ yil “_____” _________gacha axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtadi.
____________________________________________ boshligʻi
________________
(tuman (shahar) IIB)
(imzo)
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 19-ILOVA
Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzgan shaxsga nisbatan ogohlantirish intizomiy jazosini qoʻllash haqida
“__”_________ 20__ yilda jinoyat ishlari boʻyicha ____________________tuman (shahar) sudi tomonidan OʻzR JKning _____modda_______qismi ______bandi bilan sudlanib ___ yil muddatga ozodlikdan cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan, mahkum __________________________ni yashash joyida, oʻqish joyida,
(F.I.O.)
ish joyida, ____ yil “___” _____________ kuni soat “___” da tekshiruv oʻtkazilganda, mahkum zimmasiga sud tomonidan yuklatilgan _______________________________________________________________ni
(taqiq (cheklashni) va majburiyat)
bajarmayotganligi aniqlandi. Shu bois, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 444-moddasiga asosan mahkum _____________________________________________________________________________________ga
(F.I.O.)
ogohlantirish intizomiy jazosi qoʻllansin.
______________________IIB boshligʻi
_________________________
________________
(tuman (shahar)
(unvoni, F.I.O.)
(imzo)
“___” ___________ 20___ yil
Menga nisbatan eʼlon qilingan ogohlantirish intizomiy jazosi bilan tanishtirildim.
Mahkum___________________________________
____________
“___”____________20___ yil
(F.I.O.)
(imzo)
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 20-ILOVA
Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan mahkumni muayyan vaqtda yashash joyidan ketishga, tegishli maʼmuriy hudud doirasida maʼlum joylarga borishga yoxud tegishli maʼmuriy hudud doirasidan chiqishga RUXSATNOMA
_______________________________________________________________________________da yashovchi
(manzili)
______________________________________________________________________________da ishlovchi
(korxona, tashkilot, muassasaning nomi)
________ yil “____”_________ da _____________________________________________sudi tomonidan
(sud nomi)
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining______ moddasi bilan _______ muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilinib, unga belgilangan taqiq (cheklov) davrida sud tomonidan taqiqlangan muayyan vaqtda yashash joyidan ketish, tegishli maʼmuriy hudud doirasida maʼlum joylarga borish yoxud tegishli maʼmuriy hudud doirasidan chiqish, shuningdek yashash joyini oʻzgartirish haqidagi murojaati oʻrganib chiqilib, ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan mahkumning shaxsi, sodir etgan qilmishi, unga yuklatilgan taqiq (cheklov)ni hamda tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 443-moddasiga asosan unga sud tomonidan yuklatilgan taqiq davrida _______ yil “____”_________ kuni soat ____ dan _______ yil “____”____________ kuni soat ____ gacha borib kelishga ruxsat berildi.
Ilova: _____varaqda.
________________________________IIB boshligʻi
________________
(tuman (shahar)
(unvoni F.I.O.)
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 21-ILOVA
Yigʻma jildni boshqa ichki ishlar organlariga yuborilganligi haqida belgi
Inspeksiya hisobidan chiqarish sanasi va asosi
Izoh
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 22-ILOVA
_______ yil “____” ___________da OʻzR JKning _____ moddasi ________ qismi bilan ______________ muddatga ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan.
Ilgari sudlangan _________________________________________________________________________
_______ yil “_____” _______________da hisobga qoʻyildi.
_______ yil “_____” _______________da hisobdan chiqarildi.
Hisobdan chiqarilishining asosi _________________________________
Yigʻma jilddagi varaqlar soni _________________________________
(harf bilan yoziladi)
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 23-ILOVA
Hukm chiqarilgan sana, sudning nomi, JKning moddasi
Hukmning qonuniy kuchga kirish sanasi
Hukmni IIBga kelib tushish sanasi
Sud tomonidan mahkumga yuklangan majburiyatlar
Shartli hukmni bekor qilish uchun sudga taqdimnoma yuborilish sanasi
Nazorat yigʻma jildni boshqa ichki ishlar organlariga yuborilganligi haqida belgi
Inspeksiya hisobidan chiqarish sanasi va asosi
Izoh:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 24-ILOVA
_______ yil “____” ___________da OʻzR JKning ______ moddasi ________ qismi bilan shartli hukm qilinib, _____________sinov muddati belgilangan.
_______ yil “_____” _______________da hisobga qoʻyildi.
_______ yil “_____” _______________da hisobdan chiqarildi.
Hisobdan chiqarilishining asosi _________________________________
Yigʻma jilddagi varaqlar soni _________________________________________
(harf bilan yoziladi)
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 25-ILOVA
SHARTLI HUKM QILINGAN MAHKUMNING MAʼLUMOT VARAQASI
Familiyasi, ismi, otasining ismi ____________________________________________________________________
Tugʻilgan yili va joyi______________________________________________________________________________
Turar joyi ______________________________________________________________________________________
Ish joyi va lavozimi_______________________________________________________________________________
______ yil “___” ____________ _____ _______________________________________________________________
(sudning nomi)
tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning________moddasi bilan___________________________ hukm qilingan
(jazo muddati)
______ yil “____” ________________da hisobga qoʻyildi. _______________________________________________________________boshligʻi (katta inspektori, inspektori)
Maʼlumot varaqasi ichki ishlar organining huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni hisobga oladigan maʼlumot kartotekasiga kiritiladi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 26-ILOVA
_________________________________ (korxona, muassasa, tashkilot nomi)
yashovchi _______ yil ______________ “_____” kuni_______________________________ sudi tomonidan
(sudning nomi)
OʻzR JKning _________ moddasi _______ qismi/bandi bilan ___________ muddatga shartli hukm qilingan. Mahkum ________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________ Mahkumning xulq-atvori ustidan nazoratni jazolarni ijro etish inspeksiyasi xodimi _______________________________________________________________________________________
(lavozimi, unvoni, F.I.O.)
________________________ olib boradi. Xizmat telefoni ______________________________________ Sizlardan mahkum ________________________________________________________________________
(F.I.O.)
bilan tarbiyaviy ishlar olib borishni va sinov muddati davomida mehnat intizomini, jamoat tartibini buzgan taqdirda, salbiy asoslarga koʻra ishdan boʻshatilganda yoki oʻz xohishi bilan boʻshab ketganda darhol bizga xabar berishingizni soʻraymiz.
___________________________ boshligʻi ___________________________________
_______________
(tuman (shahar) IIB)
(unvoni, F.I.O.)
(imzo)
________ yil “____” _________________________
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 937-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 10/20/2922-1/1249-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 30.07.2025-y., 10/25/2922-2/0665-son)