Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2920]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PF-5086-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-avgust,
265-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-avgustdagi 265-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga egallab turgan lavozimini hisobga olgan holda maxsus unvon — martaba darajalari (bundan buyon matnda martaba darajalari deb yuritiladi) berish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun davlat organlari va tashkilotlari deganda davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizom talablarining attestatsiya qismi boʻyicha amal qilishi:
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan yoki adliya organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda berilgan martaba darajalariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining yuridik xizmatlari xodimlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbari va uning oʻrinbosarlari, Bosh vazir kotibiyatining tarkibiy boʻlinmalari hamda Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlarining boshqaruv xodimlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili devonining boshqaruv xodimlariga tatbiq etilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 19-maydagi 13-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2920-6, 23.05.2025-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 10/25/2920-6/0467-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari ijobiy attestatsiya, malakasi va ish stajiga muvofiq, egallab turgan lavozimini, oldingi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlarni, shuningdek qonunchilikni mustahkamlash, aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish sohasidagi xizmatlarini hisobga olgan holda izchil tartibda beriladi.
3, 2 va 1-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek, 3, 2 va 1-darajali yurist martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari rahbarining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan yoki adliya organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda berilgan martaba darajalariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning hududiy boʻlinmalari yuridik xizmat xodimlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili devonining boshqaruv xodimlariga;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati devoni rahbarining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining yuridik xizmati rahbarlari va xodimlariga;
v) respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining tavsiyanomalariga koʻra, shuningdek oʻz tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati rahbarlari va xodimlariga;
g) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri kotibiyati rahbarining tavsiyanomasiga asosan Bosh vazir kotibiyati rahbarining oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan oʻrinbosarlariga, Bosh vazir kotibiyati rahbarining axborot-tahlil va yuridik taʼminlash masalalariga masʼul oʻrinbosarining tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan yoki adliya organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda berilgan martaba darajalariga ega boʻlgan Vazirlar Mahkamasining boshqaruv xodimlariga beriladi.
3 va 2-darajali Davlat adliya maslahatchisi martaba darajalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 19-maydagi 13-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2920-6, 23.05.2025-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 10/25/2920-6/0467-son)
4. Adliya organlari va muassasalarida ishlagan, martaba darajasiga ega boʻlgan xodimlar davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatiga ishga qabul qilinganda muqaddam berilgan martaba darajasi saqlab qolinadi.
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimi sifatida ishlagan, muqaddam berilgan martaba darajasiga ega boʻlgan shaxslar adliya organlariga ishga qabul qilinganda, ularga berilgan martaba darajasi saqlab qolinadi.
2-bob. Martaba darajalari berish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlariga martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomga asosan egallab turgan lavozimini hisobga olgan holda beriladi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Maxsus unvonga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlaridan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatiga oʻtkazilgan xodimlarga martaba darajalarini berish, ular egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq mazkur Nizomda belgilangan tartibda beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 21-dekabrdagi 464-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2920-1, 21.12.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2920-1/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari oldingi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlarni hisobga olgan holda, ular egallab turgan lavozimidan qatʼiy nazar, ushbu Nizom ilovasiga muvofiq tenglashtirilgan tarzda mazkur Nizomda belgilangan tartibda beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 9-martdagi 136-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2920-3, 09.03.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/2920-3/0876-son)
6. Martaba darajalarini berish bosqichma-bosqich xodimning egallab turgan lavozimi va mehnat stajiga muvofiq, shuningdek, uning ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
7. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlariga quyidagi lavozimlarga muvofiq martaba darajalari beriladi:
1-darajali adliya maslahatchisi — yuridik departament yoki yuridik boshqarma boshligʻi;
2-darajali adliya maslahatchisi — respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik boʻlim yoki yuridik byuro boshligʻi;
3-darajali adliya maslahatchisi — respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining bosh yuriskonsulti, hududiy (viloyat) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik boʻlim yoki yuridik byuro boshligʻi;
1-darajali yurist — respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yetakchi yuriskonsulti, hududiy (viloyat) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining bosh yuriskonsulti;
2-darajali yurist — respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining katta yuriskonsulti va yuriskonsulti, hududiy (viloyat) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yetakchi yuriskonsulti, tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining bosh yuriskonsulti;
3-darajali yurist — hududiy (viloyat) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining katta yuriskonsulti va yuriskonsulti, tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining yetakchi, katta yuriskonsulti va yuriskonsulti.
8. Bitta shtat birligidan iborat respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlariga respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining boʻlim boshligʻi uchun belgilangan martaba darajasi beriladi.
Bitta shtat birligidan iborat hududiy (viloyat) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlariga hududiy (viloyat) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining bosh yuriskonsulti uchun belgilangan martaba darajasi beriladi.
Bitta shtat birligidan iborat tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining bosh yuriskonsulti uchun belgilangan martaba darajasi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 19-maydagi 13-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2920-6, 23.05.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 10/25/2920-6/0467-son)
10. Har bir martaba darajasida boʻlish muddati:
3, 2, 1-darajali yuristlar uchun — 2,5 yilni;
3, 2, 1-darajali adliya maslahatchilari uchun — 4 yilni tashkil etadi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri:
a) ishda alohida oʻrnak koʻrsatganligi yoki xizmat burchini namunali ijro etganligi uchun oldingi martaba darajasida xizmat qilishning belgilangan muddati tamom boʻlgunga qadar martaba darajasi berishga;
b) izchillikka rioya qilmagan holda, lekin xodim yuqori lavozimga koʻtarilayotganda ega boʻlgan martabadan ikki daraja yuqori boʻlmagan martaba darajasi berishga;
v) birinchi marta attestatsiyadan oʻtayotgan xodimlarga ular egallab turgan lavozim boʻyicha nazarda tutilganidan bir daraja past martaba darajalari berishga haqlidir.
12. Tegishli malaka boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlmagan shaxslarga martaba darajasi lavozimga tayinlangandan keyin kamida 1 yil oʻtgach beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Martaba darajalarini berish uchun davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga tavsiyanoma bilan murojaat qilinadi (xodim Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining tashabbusiga koʻra martaba darajalariga tavsiya etilgan hollar bundan mustasno). Mazkur tavsiyanomaga xodimning kasbiy faoliyati, ishchanlik va axloqiy jihatlari aks ettirilgan maʼlumot-tavsifnoma, pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi, mehnat daftarchasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi yoxud undan koʻchirma yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha ish stajini tasdiqlovchi boshqa hujjat, malaka oshirish kurslarida oʻqiganlik toʻgʻrisidagi sertifikat nusxasi, attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi (qonunchilikka koʻra attestatsiyadan oʻtkazilmaydigan xodimlar bundan mustasno), oldingi ish yoki xizmat joyida maxsus unvonlar berilganligini tasdiqlovchi hujjat (hujjatlar) nusxasi (agar maxsus unvonlar berilgan boʻlsa) ilova qilinadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 19-maydagi 13-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2920-6, 23.05.2025-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 10/25/2920-6/0467-son)
Maʼlumot-tavsifnomada xodimning amaldagi martaba darajasi (agar mavjud boʻlsa), soʻnggi ikki yil davomidagi ish sifati va koʻrsatkichlari, qonunchilikni mustahkamlash, aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlari, sudlardagi ishtiroki, xulqi, kasbiy-axloqiy tomonlari, mehnat faoliyati davomidagi yutuqlari va boshqa muhim masalalar koʻrsatiladi.
Maʼlumot-tavsifnoma tavsiyanoma bergan shaxs tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining tashabbusiga koʻra yuridik xizmat xodimi martaba darajasiga tavsiya etilganda, maʼlumot-tavsifnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tayyorlanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 19-maydagi 13-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2920-6, 23.05.2025-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 10/25/2920-6/0467-son)
15. Martaba darajalariga tavsiya etilgan nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻiga asosan tuziladigan Yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.
16. Yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi adliya vaziriga davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan martaba darajasidan yuqori yoki past martaba darajasi berish taklifi bilan chiqishi mumkin.
17. Yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalarini berish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur buyruq asosida davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining maʼlumotlari bazasi “Yurist-adliya” elektron tizimiga avtomatik tarzda tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 19-maydagi 13-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2920-6, 23.05.2025-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 10/25/2920-6/0467-son)
18. Martaba darajasi berish haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri buyrugʻi tegishli davlat organlari va tashkilotlariga yuboriladi. Mazkur buyruq nusxasi yuridik xizmat xodimining shaxsiy jildiga tikib qoʻyilishi lozim.
19. Davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar sohasiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari tomonidan yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari har chorakda kamida bir marta xatlovdan oʻtkazilishi, belgilangan muddatlarda xodimni navbatdagi martaba darajasiga tavsiya etish uchun rahbarga axborot taqdim etib borilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Xatlov natijasiga koʻra xodimni martaba darajasiga tavsiya etish haqidagi hujjatlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 10 kunlik muddat ichida tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga yuboriladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 9-martdagi 136-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2920-3, 09.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/2920-3/0876-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarini martaba darajalariga tavsiya etish borasidagi ishlarni muntazam ravishda tahlil qilib boradi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 19-maydagi 13-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2920-6, 23.05.2025-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 10/25/2920-6/0467-son)
Tahlil natijalari boʻyicha yuridik xizmatlar xodimlarini martaba darajasiga tavsiya etish masalasini koʻrib chiqish uchun davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qilinishi mumkin.
3-bob. Yakuniy qoidalar
21. Yuridik xizmat xodimlarini oʻz vaqtida va muddatida, shuningdek muddatidan ilgari martaba darajalariga tavsiya etish yuzasidan ishlarning toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishi borasida masʼuliyat shaxsan davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Maxsus unvon va martaba darajasiga ega boʻlgan boshqa davlat organlaridan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatiga oʻtkazilgan xodimlarga maxsus unvon va martaba darajasiga tenglashtirilgan martaba darajasi berish
JADVALI

T/r.

Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining martaba darajalari

Adliya organlarining martaba darajalari

Sud organlarining martaba darajalari

(Harbiy) prokuratura organlarining martaba darajalari

Ichki ishlar organlarning maxsus unvonlari

Harbiy unvonlar

Bojxona organlarining maxsus unvonlari

Soliq organlarining maxsus unvonlari

1.

3-darajali yurist

3-darajali yurist

3-darajali yurist

3-darajali yurist,

adliya leytenanti

Leytenant

Leytenant

Bojxona xizmati leytenanti

Soliq xizmatining
3-darajali inspektori

2.

2-darajali yurist

2-darajali yurist

Beshinchi malaka darajasi,

2-darajali yurist

2-darajali yurist,

adliya katta leytenanti

Katta leytenant

Katta leytenant

Bojxona xizmati katta leytenanti

Soliq xizmatining
2-darajali inspektori

3.

1-darajali yurist

1-darajali yurist

Toʻrtinchi malaka darajasi,

1-darajali yurist

1-darajali yurist,
adliya kapitani

Kapitan

Kapitan

Bojxona xizmati kapitani

Soliq xizmatining
1-darajali inspektori

4.

3-darajali adliya maslahatchisi

3-darajali adliya maslahatchisi

Uchinchi malaka darajasi,

3-darajali adliya maslahatchisi

Adliya kichik maslahatchisi,
adliya mayori

Mayor

Mayor

Bojxona xizmati mayori

Soliq xizmatining
3-darajali maslahatchisi

5.

2-darajali adliya maslahatchisi

2-darajali adliya maslahatchisi

Ikkinchi malaka darajasi,

2-darajali adliya maslahatchisi

Adliya maslahatchisi,

adliya podpolkovnigi

Podpolkovnik

Podpolkovnik

Bojxona xizmati podpolkovnigi

Soliq xizmatining
2-darajali maslahatchisi

6.

1-darajali adliya maslahatchisi

1-darajali adliya maslahatchisi

Birinchi malaka darajasi,

1-darajali adliya maslahatchisi

Adliya katta maslahatchisi,
adliya polkovnigi

Polkovnik

Polkovnik

Bojxona xizmati polkovnigi

Soliq xizmatining
1-darajali maslahatchisi

7.*

3-darajali Davlat adliya maslahatchisi

3-darajali Davlat adliya maslahatchisi

Oliy malaka darajasi

3-darajali

davlat adliya maslahatchisi,

adliya genaral-mayori

General-mayor

General-mayor

Bojxona xizmati general-mayori

Soliq xizmatining
3-darajali davlat maslahatchisi

8.*

2-darajali Davlat adliya maslahatchisi

2-darajali Davlat adliya maslahatchisi

2-darajali

davlat adliya maslahatchisi,

adliya general-leytenanti

General-leytenant

General-leytenant

Bojxona xizmati general-leytenanti

Soliq xizmatining
2-darajali davlat maslahatchisi

* Izoh: Boshqa davlat organlaridagi maxsus unvon va martaba darajalarini Davlat adliya maslahatchisi (general) tarkibidagi maxsus unvonlariga tenglashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi..
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 9-martdagi 136-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2920-3, 09.03.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/2920-3/0876-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 934-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2920-1/0441-son, 13.02.2018-y., 10/18/2920-2/0694-son, 09.03.2018-y., 10/18/2920-3/0876-son; 26.02.2019-y., 10/19/2920-4/2681-son; 11.11.2019-y., 10/19/2920-5/4012-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son; 26.05.2025-y., 10/25/2920-6/0467-son)