Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son Farmoniga muvofiq hamda mamlakatni isloh qilish va rivojlantirishning hozirgi bosqichida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining eng muhim vazifalarini belgilash, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushumlarning toʻliqligini nazorat qilishni taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlariga lavozim maoshlariga nisbatan quyidagi koeffitsiyentlar qoʻllanilgan holda har oylik ustamalar belgilansin:
qonun hujjatlarida belgilangan ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblashda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladigan alohida mehnat sharoitlari uchun 0,2 miqdorida;
uzoq muddatli uzluksiz ish staji uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun belgilangan miqdorlarda.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
52. Belgilansinki, Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan Hisob palatasi xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 2 baravar oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi. Bunda, mazkur Farmonda hamda ilgari qabul qilingan qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlarining oshirilgan tarif koeffitsiyentlarini bir vaqtda qoʻllashga ruxsat etilmaydi hamda ularning eng yuqorisi qoʻllaniladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi PF-5283-sonli Farmoniga asosan 2018-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 06/17/5283/0407-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda maʼlumotlar bazasiga Hisob palatasiga kirish huquqi beriladigan davlat organlari va tashkilotlarning roʻyxatini tasdiqlasin.
9. Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda real vaqt rejimida soliq solinadigan bazani, soliqqa tortish obyektlari toʻliq hisobga olinganligini soliq organlari va boshqa organlar, shuningdek banklarning maʼlumotlar bazasini solishtirish orqali baholash imkonini beruvchi dasturiy kompleksni ishlab chiqsin va ishga tushirilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi:
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritsin;
Hisob palatasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni binolari majmuasiga joylashtirsin;
Hisob palatasini zarur mebel, kompyuter texnikasi, inventar hamda boshqa moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlasin.
11. Hisob palatasi xodimlariga nisbatan 2018-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qarorining amal qilishi tatbiq etilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari 5-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan, shu jumladan Hisob palatasiga maʼlumot taqdim etmaganlik yoxud bila turib notoʻgʻri maʼlumot taqdim etganlik, uning taqdimnomalarini bajarmaganlik, shuningdek faoliyatiga aralashganlik hamda yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning qonuniy ijro etilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida uning xodimlariga har qanday shaklda taʼsir koʻrsatganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu Farmonga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari V.A. Golishev, U.S. Ismailov va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi oʻrinbosari K.V. Akmalov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-avgust,
PF-5147-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5565-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 06/18/5565/2138-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi PF-5283-sonli Farmoniga asosan 2018-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 06/17/5283/0407-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son Farmoniga
5-ILOVA
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim Farmonlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-fevraldagi “Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga toʻlovlar tushishini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida” PF-1923-son Farmonining 4 va 5-bandlari, shuningdek uning ilovasi;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 21-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasini tashkil etish toʻgʻrisida” PF-3093-son Farmonining 1-bandi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari va 4-bandi;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish toʻgʻrisida” PF-3592-son Farmoni.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 32-son, 796-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 06/17/5283/0407-son, 31.10.2018-y., 06/18/5565/2138-son; 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son; 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)