1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.02 Xususiy tibbiy amaliyot]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar hisobidan xususiy tibbiyot muassasalarining aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 11-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2911]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi PQ-2863-son “Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar hisobidan xususiy tibbiyot muassasalarining aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-iyul,
96-son
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-iyul,
115-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 25-iyuldagi 96 va 115-son qaroriga ILOVA
Soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar hisobidan xususiy tibbiyot muassasalarining aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi PQ-2863-son “Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar hisobidan xususiy tibbiyot muassasalarining aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomning talablari aholiga pullik tibbiy xizmatlar koʻrsatadigan (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) xususiy tibbiyot muassasalari jumladan, xorijiy investorlar ishtirokidagi xususiy tibbiyot muassasalariga (bundan buyon matnda xususiy tibbiyot muassasalari) nisbatan tatbiq etiladi.
2. Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan aholining quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga (bundan buyon matnda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs deb yuritiladi) bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi:
oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashovchi keksalar;
I va II guruh nogironlari, nogiron bolalar;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar;
ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar;
1941–1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
1941–1945-yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy himoyaga muhtoj deb topilgan boshqa shaxslar.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
2-bob. Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatish
3. Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatish uchun ularning shaxsini va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlarining mavjudligi asos boʻladi.
4. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga koʻrsatiladigan bepul tibbiy xizmatlarning turlari va hajmi tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyada koʻrsatilgan ixtisosliklar doirasida tashxis qoʻyish va davolash imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
5. Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning bepul tibbiy xizmat olish boʻyicha murojaatlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytidagi maxsus elektron bazaga murojaat qilingan kunda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda murojaat etuvchilarning navbatini koʻrsatgan holda on-layn tizimida kiritib boriladi.
6. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning bepul tibbiy xizmat olish boʻyicha murojaatlari mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan yuritiladigan maxsus jurnalda qayd etib boriladi. Mazkur jurnal elektron shaklda yuritilishi mumkin.
7. Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga bepul tibbiy xizmatlarni koʻrsatishda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan va (yoki) xalqaro tibbiy amaliyotda sinovdan oʻtgan profilaktika usullari, diagnostika va davolash standartlariga rioya qilinishi lozim.
3-bob. Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan bepul tibbiy xizmatlarning hajmi va miqdorini belgilash
8. Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga joriy yilda koʻrsatiladigan bepul tibbiy xizmatlar hajmi va sarflanadigan mablagʻlar miqdori oldingi yil yakunlari boʻyicha soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida haqiqatda boʻshagan jami mablagʻlarning 25 foizidan kam boʻlmagan qismini tashkil etishi lozim.
9. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga koʻrsatiladigan bepul tibbiy xizmatlarning yillik hajmi va ularga sarflanadigan mablagʻlarning umumiy miqdori xususiy tibbiyot muassasasida koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar uchun belgilangan narxlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan koʻrsatilishi rejalashtirilgan bepul tibbiy xizmatlarning yillik hajmi oyma-oy taqsimlanadi.
10. Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan oyma-oy taqsimot asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga bepul tibbiy xizmatlar navbat boʻyicha koʻrsatiladi.
Belgilangan oyda koʻrsatilmasdan qolgan bepul tibbiy xizmatlar tegishli ravishda keyingi oylarda koʻrsatilishi lozim.
11. Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga koʻrsatilishi rejalashtirilgan bepul tibbiy xizmatlar yillik hajmining oyma-oy taqsimoti muassasaga kirish yoki mijozlar uchun koʻrinadigan joyda hamda maʼlumotlar peshtaxtasida mazkur Nizomning 3-ilovaga muvofiq shaklda joylashtiriladi.
Mazkur maʼlumotlar xususiy tibbiyot muassasasi tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytidagi maxsus elektron bazaga ham kiritib boriladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur Nizomning 1 va 3-ilovalarida keltirilgan maʼlumotlarni internet tarmogʻi orqali aholiga doimiy ravishda yetkazib turilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida on-layn tizimida doimiy ravishda yangilab boradi.
4-bob. Hisobot va hisobdorlik
13. Xususiy tibbiyot muassasalari yillik moliyaviy hisobot bilan birgalikda soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlarni maqsadli sarf qilinganligi tasdiqlash uchun Yuridik shaxslarga, soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) muvofiq uning 1-ilovasida koʻrsatilgan shakl boʻyicha davlat soliq organlariga hisobot taqdim etadi.
14. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining VI bobi.
15. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston xususiy amaliyot vrachlari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2017-yil 25-iyul
Oʻzbekiston xususiy amaliyot vrachlari assotsiatsiyasi raisi A. VAISOV
2017-yil 14-iyul
Soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar hisobidan xususiy tibbiyot muassasalarining aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytidagi maxsus elektron bazaga kiritiladigan
MAʼLUMOTLAR
T/r
Murojaat sanasi va vaqti
Murojaat qiluvchi shaxsning
F.I.O.
(ishonchli vakil, vasiy yoki homiyning F.I.O.)
Bepul tibbiy xizmatni olish navbati
(sanasi va vaqti)
Koʻrsatilgan bepul tibbiy xizmatning turi, hajmi,
sanasi va vaqti
1
2
4
5
Soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar hisobidan xususiy tibbiyot muassasalarining aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning murojaatlarini qayd qilish
JURNALI (ELEKTRON JURNAL)
T/r
Murojaat sanasi va vaqti
Murojaat qiluvchi shaxsning
F.I.O.
(ishonchli vakil, vasiy yoki homiyning F.I.O.)
Murojaat qiluvchi shaxsning
yashash manzili va telefon raqami
Murojaat qiluvchi shaxsning
tugʻilgan yili va sanasi
Murojaat qiluvchining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga mansubligini tasdiqlovchi hujjat
Bepul tibbiy xizmat koʻrsatishni rad etish sababi
(agar rad etilgan boʻlsa)
Bepul tibbiy xizmatni olish navbati (sanasi va vaqti)
Aniqlangan tashxis (Kasalliklarning xalqaro tasnifi
(KXT-10) boʻyicha)
Koʻrsatilgan bepul tibbiy xizmatning turi, hajmi,
sanasi va vaqti
Koʻrsatilgan tibbiy xizmat narxi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar hisobidan xususiy tibbiyot muassasalarining aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
________________________________________ xususiy tibbiyot muassasasi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga (xususiy tibbiyot muassasasining nomi) koʻrsatiladigan bepul tibbiy xizmatlar toʻgʻrisida
AXBOROT
T/r
Koʻrsatiladigan bepul tibbiy xizmat turlari
Bepul tibbiy xizmatlar sonining oylar boʻyicha taqsimoti
Yanvar
Fevral
Mart
Aprel
May
Iyun
Iyul
Avgust
Sentabr
Oktabr
Noyabr
Dekabr
Jami
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 32-son, 829-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)