

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Latn-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/uz/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3302765" id="onLBC-3302765">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7403"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3302765" id="onLS-3302765">[<b>TSZ:</b><div id="LS3701"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3302807" id="-3302807">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3302808" id="-3302808">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3302810" id="-3302810">Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3302812" id="-3302812"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3302814" id="-3302814">Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo oʻyinlari hamda jahon chempionatlarida yuksak natijalarga erishgan, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida Vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarib kelayotgan sportchilar va ularning trenerlarini ragʻbatlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ularning boy hayotiy tajribasi va salohiyatidan keng foydalanish, xalqaro sport aloqalarini yanada mustahkamlash, jahonda Oʻzbekistonning obroʻsini yanada yuksaltirish maqsadida: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3302817" id="-3302817">1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalar (uyushmalar) bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekistonning mashhur sportchilarini jismoniy tarbiya va sport sohasini boshqarishga faol koʻmaklashish, jamoat va sport ishlariga bosqichma-bosqich jalb etishga doir “Katta sportdan keyingi faoliyat” harakatlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3302819" id="-3302819">2. 2018-yil 1-yanvardan boshlab nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilariga toʻlanadigan oylik toʻlovlar va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish miqdorlari ilovaga<a href="/uz/acts/-3302765#-3302971">*</a> muvofiq tasdiqlansin. </div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-3302971" id="-3302971">* Ilova berilmaydi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7282673" id="edi-7282673"><a href="/uz/acts/-3302765?ONDATE=13.06.2023 00#-6504636">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7282673" id="-7282673"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7282674" id="onLBC-7282674">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6100"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar;</span></div><div id="LBC6117"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;</span></div><div id="LBC7407"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7282674" id="-7282674">3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilariga toʻlanadigan oylik toʻlovlar va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining tegishli yil uchun Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan toʻlanishini nazarda tutsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7282675" id="-7282675">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli <a href="/uz/acts/-7276057?ONDATE=24.12.2024 00#-7276963">Farmoni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3302823" id="onLBC-3302823">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6257"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish;</span></div><div id="LBC7399"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish;</span></div><div id="LBC7405"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3302823" id="-3302823">4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari bir yilda bir marta oʻzlari uchun maqbul boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish kursidan bepul foydalanish huquqiga egadirlar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3302825" id="-3302825">5. Belgilab qoʻyilsinki: </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3302826" id="onLBC-3302826">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6100"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar;</span></div><div id="LBC22722"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3302826" id="-3302826">Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar uchun toʻlanadigan umrbod oylik toʻlovlar va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan daromad soligʻisiz amalga oshiriladi; </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7282677" id="edi-7282677"><a href="/uz/acts/-3302765?ONDATE=13.06.2023 00#-6504642">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7282677" id="-7282677"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7282679" id="onLBC-7282679">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6100"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar;</span></div><div id="LBC6546"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;</span></div><div id="LBC7399"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7282679" id="-7282679">sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligiga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Milliy olimpiya qoʻmitasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Oʻzbekiston sportchilariga toʻlanadigan oylik toʻlovlar va ularni sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga yuborish yoʻllanmalari hamda yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlagan trenerlarga bir martalik pul mukofotlari berishning moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7282681" id="-7282681">(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli <a href="/uz/acts/-7276057?ONDATE=24.12.2024 00#-7276965">Farmoni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3302831" id="-3302831">nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilariga toʻlanadigan oylik toʻlovlar va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi (A.N. Aripov) tomonidan koʻrib chiqiladi va taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga asosan amalga oshiriladi. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3302834" id="onLBC-3302834">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6055"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3302834" id="-3302834">6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3302837" id="onLBC-3302837">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6067"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3302837" id="-3302837">ikki oy muddatda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari uchun toʻlanadigan umrbod oylik toʻlovlar va yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlagan trenerlarga toʻlanadigan bir martalik pul mukofotlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi hamda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3302841" id="onLBC-3302841">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6157"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;</span></div><div id="LBC7403"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3302841" id="-3302841">ikki oy muddatda Oʻzbekistonning yuqori malakali sport mutaxassislarini va mashhur sportchi vatandoshlarimizni mamlakatimizga xorij mamlakatlardan olib kelish, ularni jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish ishlariga jalb etish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, mehnatlarini moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin; </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5833503" id="edi-5833503"><a href="/uz/acts/-3302765?ONDATE=11.08.2017 00#-3302844">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5833503" id="-5833503"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5833504" id="onLBC-5833504">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6453"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5833504" id="-5833504">uch oy muddatda Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari, mamlakatimizning nufuzli sport musobaqalari gʻolib va sovrindor sportchilari trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ular uchun 3 va 6 oylik qisqa muddatli maxsus oʻquv kurslari tashkil etsin;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5833505" id="-5833505"><em>(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli </em><a href="/uz/acts/-5825004?ONDATE=15.01.2022 00#-5825844">Farmoni </a><em>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)</em></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3302847" id="onLBC-3302847">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18902"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);</span></div><div id="LBC6370"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3302847" id="-3302847">uch oy muddatda Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan maxsus oʻquv kurslarini bitirgan Oʻzbekistonning mashhur sportchilariga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun imtiyozli ravishda ruxsat berish tartibini joriy qilsin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3302850" id="-3302850">ikki oy muddatda Oʻzbekistonning nomdor sportchilarini xususiy sport muassasalarini tashkil etishga koʻmaklashish, biriktiriladigan homiy tashkilotlarning amaliy yordam berish turlari (bino va inshootlardan bepul foydalanish, mablagʻlar hamda sport anjomlari bilan taʼminlash va h.k.) boʻyicha takliflari va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmini belgilovchi tizimni yaratish boʻyicha choralar koʻrsin; </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3302852" id="onLBC-3302852">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6067"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;</span></div><div id="LBC6403"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3302852" id="-3302852">bir oy muddatda Respublika oliy sport mahorati maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va Respublika sport maktablarida “Sportchi” lavozimini joriy etish, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilashni oʻz ichiga olgan Hukumat qarorini qabul qilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3302854" id="-3302854">7. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab sirtqi boʻlimni tashkil etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3302855" id="-3302855"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7282682" id="edi-7282682"><a href="/uz/acts/-3302765?ONDATE=13.06.2023 00#-6504646">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7282682" id="-7282682"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7282685" id="-7282685">8. Olimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar xususiy sport muassasalarini tashkil etishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi taqdimnomasiga asosan:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7282687" id="-7282687">(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli <a href="/uz/acts/-7276057?ONDATE=24.12.2024 00#-7276967">Farmoni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5806223" id="edi-5806223"><a href="/uz/acts/-3302765?ONDATE=09.06.2021 00#-5503627">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5806223" id="-5806223">(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli <a href="/uz/acts/-5801152?ONDATE=30.12.2021 00#-5802591">Farmoniga</a> asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3302859" id="onLBC-3302859">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6648"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;</span></div><div id="LBC6676"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3302859" id="-3302859">tijorat banklari tomonidan imtiyozli va uzoq muddatli kreditlar ajratilishi tavsiya etilsin. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3302862" id="onLBC-3302862">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6092"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari;</span></div><div id="LBC6118"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;</span></div><div id="LBC9439"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.07.00 Turizm va sport sohasidagi xalqaro hamkorlik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3302862" id="-3302862">9. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar) bilan birgalikda bir oy muddatda Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo oʻyinlari hamda jahon chempionatlari gʻolib va sovrindorlarining boy hayotiy tajribasi va salohiyatidan keng foydalanish, ularni yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonlariga faol jalb etish, xalqaro sport tashkilotlari bilan aloqalarini yanada mustahkamlash, jahonda Oʻzbekistonning obroʻsini yanada yuksaltirishda ularning rolini kuchaytirish boʻyicha hamkorlikdagi kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3302863" id="onLBC-3302863">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7298"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.06.00.00 Reklama (shuningdek, 09.09.00.00.ga qarang)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3302863" id="-3302863">10. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi va boshqa manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari ishtirokidagi reklama mahsulotlarini imtiyozli joylashtirish tartibini ishlab chiqsin va 2018-yil 1-yanvardan joriy etilishini taʼminlasin. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3302865" id="onLBC-3302865">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6085"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3302865" id="-3302865">11. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekistonning iqtidorli sportchilarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yetakchi xorijiy sport muassasalarida shartnoma asosida malaka oshirishlarini tashkillashtirish, xalqaro sport aloqalarini mustahkamlash maqsadida “Oʻzbekiston sport agentlari va seleksionerlari uyushmasi”ni tashkil etish va uning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga doir barcha masalalarni hal etilishini taʼminlasin. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3302867" id="onLBC-3302867">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9334"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq;</span></div><div id="LBC7364"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3302867" id="-3302867">12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi yuqori mahoratli sportchilar hamda ularning trenerlari faoliyati va erishgan yutuqlarini yosh avlodga oʻrnak qilib koʻrsatish maqsadida bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali aholi orasida muntazam va keng yoritilishini taʼminlasinlar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3302868" id="-3302868">13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-3302943" id="-3302943">Ushbu Qaror “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 11-avgustdagi 158 (6852)-sonida eʼlon qilingan.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3302869" id="-3302869">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3302871" id="-3302871">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3302873" id="-3302873">2017-yil 10-avgust,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3302876" id="-3302876">PQ-3196-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3302944" id="-3302944"></div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3302948" id="-3302948">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi qaroriga</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3302955" id="-3302955"><strong>SHARH</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3302957" id="-3302957"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3302959" id="-3302959"><p style="TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston milliy terma jamoalari sportchilarining Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarni qoʻlga kiritishlari, dunyoda Oʻzbekistonning obroʻ-eʼtibori, sport salohiyati va yutuqlari tizimli ravishda oshib borishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. </span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Mamlakatimizda yoshlar oʻrtasida tobora ommalashib borayotgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, Universiada sport musobaqalarini oʻzida mujassamlagan uch bosqichdan iborat yaxlit tizim yaratildi. Mazkur tizim orqali nufuzli xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarib kelayotgan mashhur sportchilar yetishib chiqmoqda. </span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Bugungi kunda yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda mashaqqatli mehnat va katta kuch talab etilishini inobatga olgan holda sportchilarning oʻz mahoratlarini muntazam oshirib borishlari, jismonan va maʼnan yetukligini taʼminlash bilan birga, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda moddiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirib borish zarur. </span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. </span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Ushbu qarorga muvofiq keng miqyosdagi aniq maqsadli ishlar amalga oshirilishi koʻzda tutilgan. </span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Jumladan, Oʻzbekistonning mashhur sportchilarini jismoniy tarbiya va sport sohasini boshqarishga faol koʻmaklashish, jamoat va sport ishlariga bosqichma-bosqich jalb etishga doir “Katta sportdan keyingi faoliyat” harakatlar dasturi ishlab chiqilishi belgilangan. </span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilariga toʻlanadigan oylik toʻlovlar va ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish miqdorlari belgilangan. Shuningdek, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar uchun umrbod toʻlanadigan oylik toʻlovlar va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan daromad soligʻisiz amalga oshirilishi nazarda tutilgan. </span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Yuqori mahoratli sportchilar uzluksiz ravishda oʻquv-mashgʻulot jarayonida boʻlishlarini taʼminlash maqsadida, 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida sirtqi boʻlim ochish yuzasidan aniq taklif kiritish belgilandi. Bu, oʻz navbatida, sportchilarga mashgʻulot va musobaqalar bilan bogʻliq faoliyatlaridan ajralmagan holda taʼlim olishlariga hamda jismoniy tarbiya va sport sohalaridagi bilimlarini oshirishga va kelajakda murabbiylar safiga qoʻshilishlariga imkoniyat yaratadi. </span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Qarorga muvofiq, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari bir yilda bir marta oʻzlari uchun maqbul boʻlgan muddatda sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish kursidan bepul foydalanish huquqiga ega boʻladilar. </span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari, mamlakatimizning nufuzli sport musobaqalari gʻolib va sovrindor sportchilari trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida 3 va 6 oylik qisqa muddatli maxsus oʻquv kurslari tashkil etilishi va Oʻzbekistonning mashhur sportchilariga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun imtiyozli ravishda ruxsat berish tartibi joriy etilishi koʻzda tutilgan. </span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Oʻzbekistonning mashhur sportchilariga xususiy sport muassasalarini barpo etib, oʻzlarining mahorat maktablari faoliyatini keng yoʻlga qoʻyish imkoniyatini yaratish maqsadida ularga “nol” qiymatida binolar berish, yer hamda banklardan kreditlar ajratish, boshqa imtiyozlar berish yuzasidan zarur choralar koʻrish belgilandi. </span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Mazkur qaror Oʻzbekistonda sportchi va murabbiylarni moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, dunyoga mashhur sportchilarimizga xususiy sport muassasalarini ochish yoʻli bilan nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etadigan sportchilar zaxirasini tayyorlashda munosib hissalarini qoʻshishlariga imkoniyat yaratadi. </span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Qaror doirasida belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi jismoniy tarbiya va ommaviy sportning jamiyatimiz hayotidagi rolini yanada kuchaytirish, sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilar va ularning trenerlari mehnatini munosib ragʻbatlantirish, qolaversa, nufuzli xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarib kelayotgan mashhur sportchilarimiz saflarini tobora kengaytirishga xizmat qiladi.</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.45pt; LINE-HEIGHT: 130%"></p></div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3307173" id="-3307173">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 32-son, 806-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
