|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2021
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON SUV XO‘JALIGI QURILIShI DAVLAT KONSERNI (“O‘ZSUVQURILISh”)NI TUGATISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston suv xo‘jaligi qurilishi davlat konserni (“O‘zsuvqurilishi”) ni tugatish to‘g‘risida” 2000-yil 23-iyundagi PF—2645-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek, 1998—2000-yillarda qurilish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturini amalga oshirish va suv xo‘jaligi qurilishini boshqarishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston suv xo‘jaligi qurilishi davlat konserni (“O‘zsuvqurilish”)ni tugatish yuzasidan 1-ilovaga* muvofiq tarkibida komissiya tuzilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
Komissiya qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ikki oy muddatda:
“O‘zsuvqurilish” davlat konsernini, 2-ilovaga* muvofiq boshqa korxonalar va tashkilotlarni tugatish tadbirlarini amalga oshirsin;
* 2-ilova berilmaydi.
tugatilayotgan “O‘zsuvqurilish” davlat konserni bo‘linmalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga beriladigan ijtimoiy infratuzilma obyektlari ro‘yxatini aniqlasin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zsuvqurilish” davlat konsernini tugatish komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq tugatilayotgan “O‘zsuvqurilish” davlat konserni bo‘linmalarining ijtimoiy infratuzilma obyektlarini belgilangan tartibda balansga qabul qilib olsinlar.
2. “O‘zsuvqurilish” davlat konserni tarkibida bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha maxsus komissiya O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda “O‘zsuvqurilish” davlat konserni tashkilotlari va korxonalarini qayta tashkil etish hamda tugatish yakunlariga ko‘ra bo‘shab qoladigan binolarni, ishlab chiqarish quvvatlarini va boshqa asosiy vositalarni yangidan tuzilayotgan mustaqil xususiy qurilish korxonalarining moddiy bazasini mustahkamlash uchun sotish, shuningdek, erkin sotish to‘g‘risidagi masalani 2000-yil oxirgacha ko‘rib chiqsin va amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
tugatilayotgan “O‘zsuvqurilish” davlat konserni tarkibida bo‘lgan 3-ilovaga* muvofiq korxonalar va tashkilotlarni xususiylashtirishga doir tadbirlarni amalga oshirsin, bunda xususiylashtirilayotgan korxonalarga bir xil nomlar berilishiga yo‘l qo‘yilmasin;
* 3-ilova berilmaydi.
tugatilayotgan “O‘zsuvqurilish” davlat konserni tarkibida bo‘lgan xususiylashtirilgan va qo‘shma korxonalardagi davlatga tegishli ulushlar (aksiyalar paketlari) ning, qoidaga ko‘ra, tanlov asosida yuridik va jismoniy shaxslarning ishonchli boshqaruviga berilishini ta’minlasin;
ikki oy muddatda “Xazina” va “Rizq” yordamchi xo‘jaliklarini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga bersin.
4. Suv xo‘jaligi obyektlari va irrigatsiya-melioratsiya tizimlariga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida “O‘zsuvqurilish” davlat konserni tarkibida bo‘lgan tashkilotlar va korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha maxsus komissiyaning, aksiyadorlik jamiyatlarining 4-ilovaga* muvofiq korxonalar va tashkilotlarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
* 4-ilova berilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda tugatilayotgan “O‘zsuvqurilish” davlat konsernining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga beriladigan davlat korxonalari va tashkilotlarining belgilangan tartibda davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyalashtirish jadvalini ishlab chiqsin hamda uch oy muddatda amalga oshirsin.
5. Belgilansinki, tugatilayotgan “Orolsuvqurilish”, “Orolqishloqxo‘jaliksuvquvurqurilish” va “Andijonsuvqurilish” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari tarkibida bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar mustaqil aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgandan so‘ng ixtiyoriylik asosida aksiyadorlik jamiyatlari uyushmasini tashkil etishga haqlidirlar.
6. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston suv xo‘jaligi qurilishi davlat konserni (“O‘zsuvqurilish”) faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1992-yil 19-noyabrdagi 540-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishni boshqarish tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 28-noyabrdagi 500-son qaroriga 9-10-ilovalar;
Vazirlar Mahkamasining “1999-2000-yillarda xususiylashtirishni chuqurlashtirish va davlat mulkini sotishdan davlat budjetiga mablag‘lar tushishini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qaroriga 2-ilovaning “O‘zsuvqurilish” davlat konserniga tegishli qismi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 29-iyun,
249-son