|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi 227-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-iyul,
498-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 498-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 21-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Harbiy akademik litsey to‘g‘risida nizomda:
a) IV bobning nomi chiqarib tashlansin;
b) 15 — 17-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-iyuldagi 200-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandida:
a) o‘n birinchi xatboshiga “harbiy akademik litseylar” so‘zlaridan keyin “va oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining maxsus guruhlari” so‘zlari qo‘shilsin;
b) o‘n ikkinchi xatboshiga “harbiy akademik litseylarni” so‘zlaridan keyin “va oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining maxsus guruhlarini” so‘zlari qo‘shilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 28-son, 667-modda)