1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi va taqdim etiladigan hujjat shakli |
Ijro muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Har bir oliy taʼlim muassasasi turdosh xorijiy yetakchi ixtisoslashgan ilmiy-taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor pedagogik texnologiyalar, oʻquv dasturlari va oʻquv-uslubiy materiallarni keng joriy qilish, ilmiy pedagogik faoliyatga chet ellarning yuqori malakali oʻqituvchi va olimlarini jalb etish, professor-oʻqituvchi kadrlarning xorijiy oliy oʻquv yurtlarida stajirovkalarini tashkil etish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish | |||||
|
1. |
Oliy taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — OTM)ning chet ellardagi taʼlim va ilmiy sherik muassasalar bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy taʼlim muassasalarining xorijdagi turdosh ilmiy-taʼlim muassasalari bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish, jumladan unda quyidagilarni nazarda tutish: OTMlarning xorijiy turdosh ilmiy-taʼlim sohasidagi muassasa-sheriklar bilan xalqaro hamkorlikni tashkil etish tartibini belgilash, shu jumladan koʻp tomonlama sheriklik (ayirboshlash, stajirovka, birgalikdagi taʼlim dasturlari va boshqalar)ni amalga oshirish mexanizmlari va shakllarini belgilash, OTMlarning xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalari bilan sheriklik munosabatlari samaradorligini baholash mexanizmlarini joriy etish; respublika OTMlarining oliy oʻquv yurtlari ilm-fanini va xalqaro taʼlim dasturlarini rivojlantirish sohasida xalqaro va chet el tashkilotlari hamda jamgʻarmalari bilan hamkorlikni kengaytirish; Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining taʼlim va ilm-fan, oliy oʻquv yurtlariaro sheriklik sohasida xorijiy boshqaruv organlari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyatini kuchaytirish. |
2017-yil |
|
Oliy taʼlim vazirligi, TIV, Adliya vazirligi, oliy taʼlim muas�asalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2. |
Har bir oliy taʼlim muassasasi tomonidan yetakchi xorijiy turdosh ilmiy-taʼlim muassasalari bilan mustahkam istiqbolli sheriklik munosabatlarini oʻrnatish. |
1. Kadrlarni tayyorlash yoʻnalishi va ilmiy-tadqiqot faoliyatining oʻziga xosligidan kelib chiqqan holda, OTMlarning yetakchi xorijiy turdosh ilmiy-taʼlim muassasalari bilan hamkorligining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash. 2. Xalqaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq har bir OTMning xorijiy turdosh taʼlim va ilmiy muassasalari bilan sheriklik munosabatlarini oʻrnatish va kengaytirish. 3. Har bir OTM tomonidan xorijiy turdosh taʼlim va ilmiy-sherik muassasalar bilan oliy oʻquv yurtlariaro hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar tuzish. 4. Har yili OTMdagi taʼlim jarayoniga kamida 350 nafar yuqori malakali xorijiy oʻqituvchi va olimlarni jalb etish. 5. Yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarda har yili OTMning pedagogik va ilmiy kadrlari stajirovkasi hamda malaka oshirishlarini tashkil etish. |
2017 — 2021 |
Oliy taʼlim vazirligi, TIV, Adliya vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar | |
|
3. |
Respublika OTMlaridagi taʼlim jarayonlariga hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish tarmoq markazlariga xorijiy olimlar, oʻqituvchilar va mutaxassislarni keng jalb etish choralarini amalga oshirish. |
Chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish, unda quyidagilar nazarda tutiladi: oliy taʼlim muassasalari hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish tarmoq muassasalarining taʼlim jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, oʻqituvchi va mutaxassislarni keng jalb etish; qayta tayyorlash va malaka oshirish tarmoq markazlarida xorijiy olimlar va oʻqituvchilar tomonidan taʼlim jarayonida qoʻllaniladigan ilgʻor pedagogik texnologiyalar, oʻquv dasturlari va oʻquv-uslubiy materiallarni umumlashtirish mexanizmini joriy etish hamda OTMlardagi oʻquv jarayonida ulardan keng foydalanish; yuqori malakali xorijiy olimlar, oʻqituvchilar va mutaxassislarni OTMlarga taklif etishning tashkiliy va moliyaviy shartlarini hal qilish. |
2017-yil |
Davlat budjeti mablagʻlari, homiylarning mablagʻlari, “Isteʼdod” jamgʻarmasining xorijiy sheriklar bilan shartnomalari boʻyicha mablagʻlar, xalqaro tashkilotlar va jamgʻarmalarning mablagʻlari |
Oliy taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, TIV, Mehnat vazirligi, IIV, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
4. |
Xorijiy taʼlim va ilmiy muassasa sheriklar bilan magistrlik taʼlim dasturlarini modernizatsiya qilish, ayirboshlash sohasida birgalikdagi loyihalar va dasturlarini amalga oshirish maqsadida xalqaro kooperatsiyani va oliy oʻquv yurtlariaro aloqalarni rivojlantirish. |
Kelishilgan “qoʻshdiplomlar (double degree)” dasturlari boʻyicha ikki OTM tomonidan yetakchi xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan birgalikda magistrlar tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali integratsiyalashgan magistrlik taʼlimi dasturlarini tashkil etish; yetakchi lektorlar va istiqbolli yosh oʻqituvchilarni yetakchi xorijiy oliy oʻquv yurtlari va oʻquv-tadqiqot markazlariga qisqa muddatli (semestrli) stajirovkalarga yuborish uchun akademik mobillik (academic mobility programs) dasturlarini amalga oshirish; istiqbolli magistrantlarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari va biznes-maktablariga oʻqishga (1 semestr) yuborish uchun talabalarni ayirboshlash (student exchange and mobility programs) dasturlarini amalga oshirish uchun normativ-huquqiy bazani yaratish. |
2019 — 2021-yillar |
Xalqaro grantlar, xalqaro tashkilotlar, “Isteʼdod” jamgʻarmasi mablagʻlari, taʼlim�ing toʻlov-kontrakt shakli boʻyicha tushadigan mablagʻlar, davlat budjeti mablagʻlari |
Oliy taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar, Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vavzirligi, TIV, “Isteʼdod” jamgʻarmasi, |
|
II. Oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy taʼlim muassasalarida oʻqitish yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga olgan holda optimallashtirish | |||||
|
5. |
OTMlarda taʼlim yoʻnalishlarini tarmoqlarni modernizatsiyalash va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan dasturlari bilan oʻzaro bogʻliq holda joylashtirishni optimallashtirish yoʻli bilan oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish. Qabul qilish koʻrsatkichlarini bosqichma-bosqich optimallashtirish, OTMlarda kadrlarni iqtisodiyot tarmoqlarida talab etiladigan yangi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlashni tashkillashtirish. |
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish: mamlakat iqtisodiyotining joriy va istiqboldagi talab-ehtiyojlarini har yili oʻrganishni iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va har bir mintaqani kompleks rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan dasturlar bilan bogʻlash asosida OTMlarga qabul qilish kvotalarini shakllantirish; OTMlarda mutaxassislar tayyorlash asosiy parametrlarining maqsadli prognoz marralari, 2021-yilga qadar qabulning umumiy koʻrsatkichlarini bosqichma-bosqich 18%ga oshirish; Barpo etilayotgan tashkilotlarni talab etilayotgan zamonaviy kasb va mutaxassisliklar boʻyicha malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida OTMlarda yangi taʼlim yoʻnalishlarini joriy etish; mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarining joriy hamda istiqboldagi talab ehtiyojlariga muvofiq OTMlarda bakalavrlar va magistrlarni maqsadli tayyorlash amaliyotini tatbiq etish. |
2017 — 2021-yillar |
Iqtisodiyot vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar | |
|
2. Ishlab chiqarish tarmoqlarining ehtiyojlariga muvofiq, zarur hollarda, bakalavrlar tayyorlash muddatini ayrim muhandislik taʼlimi yoʻnalishlari boʻyicha 5 yilgacha uzaytirish. | |||||
|
3. Qabul koʻrsatkichlarining oʻzgartirilishi munosabati bilan OTMlarda zarur professor-oʻqituvchilar tarkibini bosqichma-bosqich shakllantirib borish. | |||||
|
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
Har yili belgilangan muddatlarda | ||||
|
6. |
Hududlarni va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat yuritayotgan OTMlarning sohalarini oʻzgartirish va respublika mintaqalarida OTMlarning filiallarini yaratish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining: “Namangan muhandislik-pedagogika institutini Namangan muhandislik-qurilish instituti etib qayta tashkil etish toʻgʻrisida”gi; “Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi; “Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorlari loyihalarini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2017 — 2021-yillar |
Iqtisodiyot vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, oliy taʼlim muassa�alariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar | |
|
7. |
Har bir OTM tomonidan 2030-yilgacha ist�qbolda rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlan uchun Oliy taʼlim vazirligiga kiritish. |
Iqtisodiyot tarmoqlari — ish beruvchilar bilan hamkorlikda oliy taʼlim tizimini yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirishga oid eng muhim vazifalarni amalga oshirish doirasida har bir OTMni 2030-yilga qadar Istiqbolda rivojlantirish strategiyasi konsepsiyasini ishlab chiqish. Ishlab chiqilgan Strategiyalarni tasdiqlash yuzasidan Oliy taʼlim vazirligi hamda oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralarning birgalikdagi idoraviy hujjatlari. |
2017-yil |
Oliy taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar, iqtisodiyot tarmoqlari | |
|
8. |
Qashqadaryo viloyatida neft-gaz tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashni tashkillashtirish. |
Turdosh xorijiy oliy taʼlim muassasasi bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash boʻyicha taʼlim tuzilmasini yaratish masalasini ishlab chiqish. Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
2017-2018 oʻquv yili |
“Oʻzbekneftgaz” MXK, davlat budjeti mablagʻlari, |
“Oʻzbekneftgaz” MXK, Oliy taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
|
III. Taʼlim jarayonini, oliy taʼlimning oʻquv rejasi va dasturlarini eng yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullaridan keng foydalanish asosida takomillashtirish, magistratura ilmiy-taʼlim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish | |||||
|
9. |
Iqtisodiyotning real sektori talablari va ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida oliy taʼlimning oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishning yagona tartibini tayyorlash hamda tasdiqlash. |
Oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash hamda yangilash va mazmunini belgilash; taʼlim jarayonini oʻquv-uslubiy, adabiy, ilmiy-pedagogik jihatdan taʼminlash masalalarini tartibga soluvchi oliy taʼlimning oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishning yagona tartibi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini tayyorlash. |
2017-yil |
Oliy taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar | |
|
10. |
Oʻquv rejalari va dasturlarining mazmuni va tarkibini takomillashtirish, ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda oliy taʼlimning bakalavriat yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv rejalarining darslarga oid bloklarini optimallashtirish va oʻquv soatlarining hajmlarini taqsimlash. |
1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi “Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 343-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qarori loyihasini tayyorlash, unda quyidagilar nazarda tutiladi: oliy taʼlimning Davlat taʼlim standartini qayta koʻrib chiqish; kadrlar tayyorlash bilim sohalariga qarab nazariy oʻqitish vaqti hajmini qayta taqsimlagan holda gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar oʻquv rejasining darslari va oʻquv soatlari bloki hajmini optimallashtirish; barcha taʼlim sohalarida gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy predmetlarning davomiyligini taʼminlash, ularning mazmunidagi ortiqcha takrorlarni chiqarib tashlash; bakalavriatning oʻquv rejasidagi umumprofessional predmetlar va maxsus predmetlar bloklari hajmi va mundarijasini koʻpaytirish. |
|
Oliy taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar | |
|
2. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritish. |
2017-yil | ||||
|
3. Nazarda tutilgan oʻzgarishlarni hisobga olgan holda bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha namunaviy oʻquv rejalari loyihalarini tayyorlash va ularni belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2017-yil | ||||
|
4. 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab yangi namunaviy oʻquv rejalarini bosqichma-bosqich joriy etish. |
2017-yil | ||||
|
11. |
Ilgʻor xorijiy tajriba asosida sogʻliqni saqlash sohasidagi oliy taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqish davomliligini belgilash, (“davolash ishi”, “tibbiy professional taʼlim (davolash ishi)”, “pediatriya ishi” bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha oʻqish davomliligini 7 yildan 6 yilgacha qisqartirish). |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini tayyorlash va kiritish. |
2017-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, tibbiyot oliy taʼlim muassasalari | |
|
2. Sogʻliqni saqlashning tegishli yoʻnalishlari boʻyichataʼlim yoʻnalishlarining malaka talablarini, bakalavriatning yangi 6 yillik oʻquv rejalari va dasturlarini tayyorlash hamda belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2017-yil | ||||
|
3. Sogʻliqni saqlash yoʻnalishlari boʻyicha yangi malaka talablarini, bakalavriatning 6 yillik oʻquv rejalari va dasturlarini tatbiq etib, quyidagilarni nazarda tutish: 2016/2017 oʻquv yilida 6-bosqichda taʼlim olayotganlar uchun oʻquv dasturini 7 yillik dastur boʻyicha davom ettirish; 2016/2017 oʻquv yilida 1 — 5-bosqichlarda taʼlim olayotganlarning yangi oʻquv rejalari boʻyicha 6 yillik dasturga oʻtishi; 6 yillik tibbiy taʼlimga oʻtilishi bilan bogʻliq barcha tashkiliy, huquqiy, maʼmuriy va oʻquv-uslubiy masalalarni belgilangan tartibda hal etish. |
2017-2018 | ||||
|
12. |
2017-2018 oʻquv yilidan boshlab 10,5ga 1 hisobidagi bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar sonining cheklangan normativdagi nisbatini oʻrnatib, 2021-yilga borib bosqichma-bosqich 1:9 nisbatidagi cheklangan normativgacha pasaytirish. |
1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son “Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlash va belgilangan tartibda kiritish, unda har bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar sonini 1 ga 12,5 hisobida cheklangan normativning joriy etilishini bekor qilish nazarda tutiladi. |
2017-yil |
Oliy taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar | |
|
2. Oʻqituvchilarning talabalarga nisbati boʻyicha joriy etilayotgan normativlarga, ish beruvchi bilan (soatlarni hajmlarda hisoblamasdan, ishlarning turlari boʻyicha) shartnomalar asosida oʻqituvchining oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy, maʼnaviy-maʼrifiy ish hajmini belgilash tartibiga muvofiq oʻqituvchilarning yuklamalar, oʻquv yuklamalari hajmini hisoblashning taxminiy vaqt normalarini belgilash. |
2017/2018 | ||||
|
13. |
Magistraturaning davlat taʼlim standartlari va namunaviy oʻquv rejasining yangi tarkibini ishlab chiqish, unda quyidagilarni nazarda tutish: dars bloklarining hajmlari va ularni tayinlashni optimallashtirish, magistrlarni ilmiy va professional jihatdan tayyorlashga nisbatan qoʻyilayotgan talablarga oʻquv rejalarini oʻz vaqtida moslashtirish uchun ularning moslashuvchanligini taʼminlash, magistraturada oʻquv-taʼlim va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini tashkil etishning ilgʻor xorijiy tajribasini tatbiq etish. |
1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-son “Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga, shu jumladan “Davlat taʼlim standarti. Asosiy qoidalar”ga oʻzgartishlar kiritish haqida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritish, namunaviy oʻquv rejasi tarkibida quyidagilarni nazarda tutish: mutaxassislik darslari boʻyicha yuklama hajmini oshirish; ilmiy amaliyot (stajirovka)ni joriy etish; ilmiy tadqiqotlar, laboratoriya izlanishlari, ilmiy axborotni tizimli tahlil qilish va umumlashtirish, innovatsion faoliyat olib borish koʻnikmalarini rivojlantirishga koʻmaklashuvchi yangi predmetlarni kiritish; yetakchi mutaxassislar va olimlarning oʻquv kurslari, shu jumladan muammolarga oid maʼruzalari va mualliflik kurslarining yangi darslarni joriy etish. |
2017-yil |
Oliy taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar | |
|
14. |
Magistraturaning taʼlim-ilmiy jarayonini zamonaviy oʻquv va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlash. |
1. Jahondagi yetakchi universitetlarda magistrlar tayyorlash dasturlarida foydalaniladigan zamonaviy bazaviy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini mutaxassisliklar kesimida shakllantirish. 2. Milliy kutubxona fondlariga oʻquv va ilmiy adabiyotlarni sotib olish. |
2018-yil 2018-yil |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Oliy taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar, A. Navoiy nomidagi milliy kutubxona, Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vavzirligi |
|
3. Xorijiy adabiyotlar asosida oʻquv-uslubiy, ilmiy-texnik axborot materiallari tayyorlanishini tashkillashtirish. |
2018 — 2021-yillar | ||||
|
4. Yangi oʻquv va ilmiy adabiyotlarni, oʻquv-uslubiy komplekslarni magistraturaning oʻquv jarayoniga bosqichma-bosqich tatbiq etish va moslashtirish. |
2019 — 2021-yillar | ||||
|
15. |
Magistrlar tayyorlash boʻyicha OTMlar roʻyxatini belgilash, asosan bazaviy OTMlar jumlasidan boʻlgan mavjud ilmiy-pedagogik salohiyat va moddiy-texnik bazasi bilan bogʻliq holda magistraturaga qabul qilish kvotalarini shakllantirish. |
1. OTMlarda magistrlarni, shu jumladan maqsadli tartibda tayyorlash parametrlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
Har yili belgilangan muddatlarda |
Iqtisodiyot vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar | |
|
Mintaqaviy OTMlarning ilmiy-pedagogik kadrlarga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlariga muvofiq ulardagi ilmiy-pedagogik ishlar uchun magistrlarni maqsadli (manzilli) tayyorlash amaliyotini joriy etish. | |||||
|
16. |
Diplomning axborot berish imkoniyatini oshirish va uni chet el amaliyotida qoʻllaniladigan namunalarga muvofiqlashtirish maqsadida bakalavr va magistrning diplomlari davlat namunasi nusxalarini, ularning ilovalari (vkladishlari)ni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish unda oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning va ular vkladishlarining namunalarini tasdiqlash, oliy taʼlim toʻgʻrisidagi diplomlarni tayyorlash, saqlash va topshirish tartibini tasdiqlash nazarda tutiladi. |
2018-yil |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Oliy taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
17. |
Oʻquv rejalariga muvofiq OTM talabalarining malakaviy amaliyotlarini tashkil etish va taʼminlash tizimini takomillashtirish. |
Oʻquv rejalariga muvofiq OTM talabalarining barcha turdagi malakaviy amaliyotlarini tashkillashtirish, moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini reglamentga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ta�diqlash. |
2018-yil |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Oliy taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
18. |
Oʻzbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini takomillashtirish. |
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” va “Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlarining loyihalarini ishlab chiqish va kiritish, ularda quyidagilar nazarda tutiladi: Oʻzbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universitetining bazaviy OTM sifatida oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlash hamda amalga kiritish, akademik guruhlarni shakllantirish, oʻquv yuklamalarining turlari boʻyicha vaqt normalarini belgilash, OTMlarning professor-oʻqituvchilarini ragʻbatlantirishborasidagi vakolatlarini kengaytirish; yuqori malakali mahalliy va xorijiy professor va oʻqituvchilarni keng jalb etish, alohida qobiliyatlarini namoyon etayotgan talabalarni mazkur OTMlarga koʻchirib oʻtkazish; samarali oʻquv, pedagogik, ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish uchun zamonaviy ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish; eng yaxshi tayyorgarlik koʻrgan va istiqbolli talabalarni tadqiqotchi katta ilmiy xodimlar institutigacha va keyinchalik ular tomonidan doktorlik dissertatsiyalarini yoqlashgacha aniq maqsadga yoʻnaltirish; talabalarni ragʻbatlantirishning yangi shakllarini, jumladan oʻqishda, ilmiy tadqiqotlarda yuqori natijalarga erishganliklari uchun talabalarga oliy oʻquv yurtlarining nom berilgan stipendiyalarini tayinlash orqali joriy etish va aprobatsiyadan oʻtkazish; yetakchi xorijiy ilmiy-taʼlim muassasalarining ilmiy axborot-resurs markazlariga ulanishning keng imkoniyatlariga ega boʻlgan rivojlangan zamonaviy infratuzilmaning mavjudligi. |
30-dekabr 2018-yil |
Davlat byud�eti mablagʻlari |
Oliy taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Fan va texnologiyalar agentligi, OAK, Fanlar akademiyasi |
|
IV. Yangi avlod oʻquv qoʻllanmalarini yaratish va ularni oliy taʼlim muassasalari tizimiga keng tatbiq etish, oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy oʻquv, oʻquv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlash, shu jumladan eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish | |||||
|
19. |
Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazi huzurida OTMlar uchun oʻquv, oʻquv-uslubiy adabiyotlarni nashr etishga tayyorlash boʻlinmalarini tashkil etish. |
Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazining yangilangan tuzilmasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash, unda quyidagilarni koʻzda tutish: OTMlar uchun oʻquv va oʻquv-uslubiy adabiyotlarni nashr etishga tayyorlash tashkilotining vazifalari, OTMlarni oʻquv adabiyoti bilan taʼminlash faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy rahbarlik qilish; Markaz rahbarlari, boʻlim boshliqlari, bosh mutaxassisi, yetakchi mutaxassisining lavozim maoshlarini qayta koʻrib chiqish. |
2017-yil |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Oliy taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi |
|
20. |
Respublika OTMlarini taʼminlash uchun adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish, sotib olish, nashr etish (qattiq muqovada va elektron formatda) huquq egalari bilan kelishish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
1. Respublika OTMlarini taʼminlash uchun xorijiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish, sotib olish, nashr etish (qattiq muqovada va elektron formatda) huquq egalari bilan kelishish va tarqatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilarni nazarda tutish: xorijiy OTMlarning oʻquv jarayonida foydalaniladigan adabiyotdan foydalanishni oʻrganish, zarur adabiyotlar roʻyxatini belgilashni tashkillashtirish tartibi; xorijiy adabiyotning oʻquv-tadqiqot dasturlari doirasida qoʻllanishga tavsiya etilayotgan roʻyxatni tasdiqlash tartib-taomili; adabiyotdan notijoriy maqsadda foydalanish uchun mualliflik huquqlari masalalarini mualliflar va nashriyotlar bilan kelishib olish mexanizmlari; oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar yaratish, OTM oʻquv jarayonini adabiyotlar bilan taʼminlash maqsadida xorijiy adabiyot materiallarini tarjima va tahrir qilishni tashkillashtirish, moliyalashtirish tartibi. |
2017-yil |
Oliy taʼlim vazirligi, A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vavzirligi, “Oʻzsanoateksport”, OʻzMAA, Moliya vazirligi | |
|
2. Vazirlar Mahkamasining mazkur Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori loyihasini tayyorlash va kiritish. |
2017-yil | ||||
|
21. |
Oliy taʼlim uchun yangi avlod oʻquv adabiyotini yaratishga nisbatan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
1. Oliy taʼlim uchun yangi avlod oʻquv adabiyotini yaratishga nisbatan talablarni ishlab chiqish, unda quyidagilarni nazarda tutish: oʻquv adabiyoti turlarini tasniflash va ularning xarakteristikalari; oʻquv adabiyotini yaratish tamoyillari va mexanizmlari; ilgʻor xorijiy adabiyotlardan foydalanish; elektron darslikning mazmuni va prinsiplari. |
2017-yil |
Oliy taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar | |
|
2. Talablarni tasdiqlash boʻyicha Oliy taʼlim vazirligi, OTMlarga ega boʻlgan vazirlik va idoralarning qoʻshma qarorini tayyorlash va tasdiqlash. |
2017-yil | ||||
|
22. |
Oliy taʼlim muassasalarini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash va ularni yangilash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
1. OTMlarni oʻquv adabiyoti bilan taʼminlash va ularni yangilash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil |
Oliy taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar | |
|
2. Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida Oliy taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralarning qoʻshma loyihasini tayyorlash va tasdiqlash. |
2018-yil | ||||
|
23. |
EBSCO, PROQUEST va Rossiya davlat kutubxonasining dissertatsiyalar elektron kutubxonasi kabi yetakchi nashriyotlar va axborot agregatorlari maʼlumotlar bazasining ilmiy-taʼlim tizimlariga OTMlar va ilmiy muassasalarning jamoaviy obunasini kengaytirish. |
1. Oʻqituvchilar va talabalarni yetakchi xorijiy nashriyotlar va ilmiy taʼlim axborot agregatorlarining imkoniyatlari toʻgʻrisida xabardor qilish maqsadida OTMlar uchun seminarlar va vebinarlar tashkil etish. |
2017-yil |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Oliy taʼlim vazirligi, A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vavzirligi, oliy taʼlim muassasalari, A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi |
|
2. EBSCO, PROQUEST Rossiya davlat kutubxonasining dissertatsiyalar elektron kutubxonasi kabi yetakchi nashriyotlar va axborot agregatorlari bilan shartnomalar tuzish |
2017-yil | ||||
|
3. Ulanish parollarini taqdim etish yoki turgʻun IR-manzillar orqali jahon ilmiy-taʼlim maʼlumotlar bazasi va axborot resurslariga OTMlarning oʻz vaqtida ulanishini taʼminlash tizimini tatbiq etish. |
2018 �il | ||||
|
24. |
Jurnallar reytingini baholash dasturi bilan respublika ilmiy jurnallarining Milliy maʼlumotlar axborot bazasini yaratish. |
1. Respublika ilmiy jurnallarining maʼlumotlar axborot bazasini bosqichma-bosqich shakllantirish. |
2018-yil |
Davlat budjeti mablagʻlari |
A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, OAK, Oliy taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vavzirligi |
|
2. Respublikaning ilmiy jurnallarini joylashtirish uchun milliy platforma faoliyatini tashkil etish. |
2018-yil | ||||
|
3. Ilmiy jurnallarni baholashning milliy platformasi (jurnal impakt-faktori)ni yaratish masalalarini “Thomson Reuters” kompaniyasi bilan ishlab chiqish. |
2018-yil | ||||
|
V. Pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini oʻtkazish, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini chet ellarda oʻqitish, yuqori malakali xorijiy olimlar, oʻqituvchi va mutaxassislarni oliy taʼlim muassasalariga keng jalb qilish | |||||
|
25. |
Quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish boʻyicha “Isteʼdod” jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish; xorijda pedagog va ilmiy xodimlar malakasini oshirish va stajirovkasini oʻtkazish, OTM bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari boʻyicha oʻqitishni tashkil etish. |
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish boʻyicha “Isteʼdod” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini tayyorlash, unda: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish boʻyicha “Isteʼdod” jamgʻarmasining yangi tashkiliy tuzilmasini; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish boʻyicha “Isteʼdod” jamgʻarmasi Vasiylik kengashining yangi tarkibini; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish boʻyicha “Isteʼdod” jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi yangi tahrirdagi Nizomni; |
2017-yil |
Davlat budjeti mablagʻlari, homiylar mablagʻlari, “Isteʼdod” jamgʻarmasining xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilish shartnomalari boʻyicha mablagʻlar |
Oliy taʼlim vazirligi, TIV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Isteʼdod” jamgʻarmasi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini oʻtkazish uchun ular orasidan nomzodlarni, PhD va magistratura dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun OTM bitiruvchilarini tanlab olib, shuningdek, ularning keyingi kasb faoliyati monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni; 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab pedagog va ilmiy kadrlar masalasini oshirish va ularni stajirovkadan oʻtkazish, shuningdek, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini yetakchixorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarda PhD va magistratura dasturlari boʻyicha oʻqitishni har yili tashkil etishning maqsadli dasturlarini tasdiqlash nazarda tutiladi. | |||||
|
26. |
OTMlar professor-oʻqituvchilari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish, professor-oʻqituvchilar tarkibini lavozimlar, ilmiy darajalar va unvonlariga koʻra jiddiy tabaqalashtirilgan holda oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantirishning sifat jihatidan yangi mexanizmini joriy etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarining mehnatiga haq toʻlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish. |
2018-yil |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Moliya vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
27. |
OTM professor-oʻqituvchilar tarkibi malakasini muttasil oshirib borish tizimini amaliyotga tatbiq etish. |
OTM professor-oʻqituvchilar tarkibi malakasini muttasil oshirib borish tizimini amaliyotga tatbiq etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish, ularda professor-oʻqituvchilarning mustaqil ishlash va oʻzlarining mahoratlarini rivojlantirish natijalarini, chet tillarini bilish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini egallaganlik darajasini, xalqaro loyihalar, konferensiyalar, seminarlar va boshqalarda ishtirok etganligini inobatga olgan holda pedagog kadrlarni ragʻbatlantirish va ularning malakasini oshirishni tashkil etishning amaliy mexanizmlari nazarda tutiladi. |
2018-yil |
Oliy taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar | |
|
28. |
Bazaviy oliy taʼlim muassasalari huzurida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini yanada takomillashtirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish, unda quyidagilar nazarda tutiladi: OTMlarning rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarida pedagog xodimlarning qatʼiy belgilangan (kamida 3 nafar) boʻlishi belgilab qoʻyilgan holda taʼlim texnologiyalari kafedrasini tashkil etish va xalqaro hamkorlik boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish; Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlari xodimlarining bazaviy maoshlarini qayta koʻrib chiqish; OTMlar rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlari sifatini taʼminlash tizimini joriy etish; Markazlarning tinglovchilari uchun respublika OTMlari, xorijiy oʻquv va ilmiy markazlarining axborot resurslaridan keng foydalanish sharoitlarini yaratish; qayta tayyorlash va malaka oshirish Markazlarida qayta tayyorlash va malaka oshirishning taʼlim dasturlari uchun zamonaviy axborot texnologiyalari, dasturiy vositalarini tatbiq etish; qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining oʻquv uslubiy materiali va oʻquv adabiyotlarini muttasil yangilab borish uchun shart-sharoitlar yaratish. |
2017-yil |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Oliy taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
VI. Oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy taʼlimda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, professor-oʻqituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishga keng jalb etish | |||||
|
29. |
OTMlarning malakali kadrlar nihoyatda yetishmayotgan yoʻnalishlar boʻyicha oʻqituvchilar tarkibiga boʻlgan talab-ehtiyojlariga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlashni tashkil etish choralarini amalga oshirish. |
1. Mutaxassisliklar va mintaqalar kesimida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga boʻlgan talab-ehtiyojlar prognozini ishlab chiqish. 2. OTMlarning istiqbolda ilmiy darajali oʻqituvchilarga boʻlgan talab-ehtiyojlarini qondirish uchun bazaviy doktoranturaga va bazaviy OTMlar (OʻzMU, TDTU va boshqalar)ning doktoranturasigahar yilgi maqsadli qabul kvotalarini belgilash. |
2017-yil |
FVTA, Oliy taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar | |
|
30. |
Rejalashtirilayotgan, bajarilayotgan va tugallangan amaliy hamda innovatsion loyihalar (loyiha natijasining hamda uni tatbiq etish boʻyicha takliflarning aniq afzalliklari tavsiflangan holda), ilm-fan va iqtisodiyot tarmoq�ari kesimida fan-texnika ishlanmalariga qayd etilgan patentlarni izlashga biznes tomonidan berilgan soʻrovnomalar, shuningdek, boshqa zarur barcha axborotni oʻzida jamlaydigan idoralararo veb-saytni yaratish va qoʻllab-quvvatlash. |
1. Fan va texnologiyalar agentligi, Intellektual mulk agentligi va Savdo-sanoat palatasining qoʻshma interaktiv veb-saytini ishlab chiqish va mazmunli qilib toʻldirish. 2. Ushbu veb-saytni doimo yangilab turish. |
2017-yil doimiy |
Bajaruvchilarning oʻz mablagʻlari |
FVTA, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, Intellektual mulk agentligi, Savdo-sanoat palatasi |
|
31. |
AKT va OAVlarni keng koʻlamda ishga solgan holda ilmiy-tadqiqot faoliyatini keng ommalashtirish va ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini iqtisodiyotning real sektoriga tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshirish. |
Vatanimiz ilm-fanining yutuqlari, uni rivojlantirish tendensiyalari va yoʻnalishlari, yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar, OTM laboratoriyalari va olimlar, taklif e�ilayotgan ishlanmalar, muvaffaqiyatli tatbiq etilgan amaliyotlar va hokazolar toʻgʻrisida muntazam telekoʻrsatuvlarni tashkil etish. |
2017-yilning III choragidan boshlab |
Bajaruvchilarning oʻz mablagʻlari |
MTRK, FVTA, Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim vazirligi, OAK, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
|
32. |
Yoshlar oʻrtasida ilm-fanni ommalashtirish, yosh olimlarning ilmiy-ijodiy faolligini ragʻbatlantirish va taqdirlash, shuningdek, ularning ilmiy ishlanmalarini amaliyotga keng tatbiq etish maqsadida har yili “Yosh olim” respublika tanlovini tashkil etish, gʻoliblarni qimmatbaho sovrinlar bilan mukofotlash va OAVda keng yoritish. |
1. Har yilgi “Yosh olim” respublika tanlovi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. “Yosh olim” tanlovini ommaviy axborot vositalarida keng yoritgan holda oʻtkazish. |
2017-yil har yili |
Bajaruvchilarning oʻz mablagʻlari, homiylar mablagʻlari |
FVTA, Oliy taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
33. |
Eksperimental tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy izlanishlar natijalarini chop etish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida doktorantlar, pedagoglar, tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish. |
Quyidagilar boʻyicha normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish: turli tashkilotlarning laboratoriyalarida eksperimental tadqiqotlarni oʻtkazish uchun doktorantlar, pedagoglar va tadqiqotchilarga imkoniyatni taʼminlash; eksperimental va dala sharoitidagi tadqiqotlarni oʻtkazish uchun mablagʻlar ajratish; ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun ilmiy markazlar va universitetlarga ijodiy safarga yuborish; maqolalar, mualliflik referatlari va monografiyalarni eʼlon qilish xarajatlarini qoplash uchun mablagʻ ajratish; yuqori texnologiyalar markazi, Oʻzbekiston-Yaponiya markazi hamda oliy oʻquv yurtlariaro ilmiy laboratoriyalarning imkoniyatlaridan foydalanish boʻyicha doktorantlar, OTM magistrantlari, professor-oʻqituvchilari uchun tegishli (bepul) sharoitlar yaratish. |
2018-yil |
Davlat budjeti mablagʻlari, Ilmiy-texnikaviy faoliyatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari |
Oliy taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, FVTA, OAK |
|
34. |
OTMlarning ilmiy-tadqi-qot faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish tuzilma-sini takomillashtirish. |
Oliy taʼlim vazirligi va oliy taʼlim muassasalarida ilmiy faoliyatni boshqarish boʻlinmalarining tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
30-avgust 2017-yil |
Davlat budjeti |
Oliy taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi |
|
35. |
Oliy oʻquv yurtlari va akademik ilm-fan integratsiyasini rivojlantirish. |
1. Bakalavr va magistrlar tayyorlash uchun fanlar akademiyasi olimlarini oʻqituvchi va maslahatchi sifatida jalb etgan holda akademik institutlar negizida magistr va doktorantlarni oʻqitishni tashkil qilish, birgalikdagi ilmiy tadqiqot ishlarining yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha Idoralararo komissiyani tashkil qilish. 2. Birgalikdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va ular samaradorligini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish. 3. Qoʻshma loyihalarni belgilash va shartnomalar tuzish. |
Doimiy |
Oliy taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, FVTA, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar | |
|
36. |
Oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilarining mahalliy va jahon ilmiy-texnik axborot maʼlumotlari bazasiga ulanishini kengaytirish. |
1. Mahalliy va jahon ilmiy-texnik axborot maʼlumotlari bazasi roʻyxatini aniqlash boʻyicha maxsus komissiya tuzish. 2. Tegishli tashkilotlar bilan ilmiy-texnik axborot maʼlumotlari bazasidan foydalanish boʻyicha belgilangan tartibda bitim va shartnomalar tuzish. 3. OTMlar maʼlumotlar bazasini resurslaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish. 4. Ilmiy ishlar sifatini oshirish, Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarining olimlari tomonidan oʻtkazilayotgan ilmiy tadqiqotlar toʻgʻrisida xorijiy olimlar va tashkilotlarning xabardorligini taʼminlash. |
2018 — 2021-yillar |
Imtiyozli va xorijiy kreditlar, oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Oliy taʼlim vazirligi, A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vavzirligi, ilmiy-texnikaviy axborotning axborot tizimlariga ulanish uskunalari oʻrnatiladigan respublika bazaviy oliy oʻquv yurtlari |
|
37. |
Har bir oliy oʻquv yurti tomonidan uzoq muddatli, oʻrta muddatli va qisqa muddatli istiqbolga moʻljallangan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion faoliyat rejalarini tayyorlash. |
1. Oliy oʻquv yurtlarining olimlari tomonidan olingan ilmiy tadqiqotlarning natijalari marketingini oʻtkazish hamda fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash. 2. Tadqiqotlarni yillar boʻyicha oʻtkazish va ularning natijalarini tatbiq etish borasidagi tashkiliy va texnik tadbirlarni ishlab chiqish. 3. Oʻtkazilayotgan ilmiy-tadqiqotlar samaradorligi monitoringi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish. 4. Ilmiy tadqiqot loyihalarini nazorat qilish va boshqarishni amalga oshirish. 5. Ilmiy tadqiqotlar holatini oʻz vaqtida tahlil qilish, ularga tayyorgarlik koʻrish va natijalarini tatbiq etish jarayonida muammoli vaziyatlarni aniqlash va ularning oldini olish. |
Doimiy |
Oliy taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar, Fanlar akademiyasi, FVTA | |
|
VII. Oliy taʼlimning maʼnaviy-ahloqiy mazmunini oshirish, Mustaqillik gʻoyalariga, yuksak maʼnaviyat va insoniylikning milliy anʼanalariga sodiqlik ruhini talaba yoshlarga chuqur singdirish, ularda yot gʻoya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash boʻyicha keng koʻlamli maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish | |||||
|
38. |
OTMlarda maʼnaviy-ahloqiy ishlarni va tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani mustahkamlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni bajarish. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyrugʻi bilan quyidagi normativ hujjatlarni i�lab chiqish va tasdiqlash: Oliy taʼlim muassasalarida maʼnaviy-ahloqiy tarbiyani tashkil etish toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom; Oliy taʼlim muassasalarida Murabbiylar (kuratorlar) kengashi toʻgʻrisidagi Nizom; Oliy taʼlim muassasalarida umumiy, guruhli va yakka tartibdagi maʼnaviy-maʼrifiy ish shakllarini tashkil etish toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom; Oliy taʼlim muassasalarida “Maʼnaviyat xonalari”ni rasmiylashtirish, jihozlash va faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom; Oliy taʼlim muassasalarining talabalari ishtirokida madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizom. |
2017-2018 god |
Oliy taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi | |
|
39. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi faoliyatini yanada takomillashtirish choralarini amalga oshirish hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni, OTMlarda madaniy-ommaviy tadbirlarni muvofiqlashtirish va tashkillashtirishda uning rolini kuchaytirish. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi �aʼnaviyat va maʼrifat markazi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha markazning tegishli moddiy-texnik bazasi, multimedia studiyasi yaratilishini, direktorning, guruh rahbari va metodistning lavozim maoshlari qayta koʻrib chiqilishini nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
2017-yil |
Oliy taʼlim vazirligi huzuridagi oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Davlat budjeti mablagʻlari |
Oliy taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Respublika milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi |
|
40. |
Oliy taʼlimning maʼnaviy-ahloqiy mazmunini takomillashtirishga va talaba yoshlar oʻrtasida tarbiyaviy tadbirlarning natijadorligini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish. |
1. OTMlarda amalga oshirish doirasida quyidagilarga yoʻnaltirilgan tadbirlarning tashkiliy shakllari, ularni mazmunan boyitish, yaqqol ifodali rasmiylashtirish, tashkilotlar hamda davlat boshqaruv organlari bilan oʻzaro hamkorlik boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va tasdiqlash: talaba yoshlar oʻrtasida Mustaqillik gʻoyasiga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, milliy oʻzlikni anglash, milliy anʼanalarga sodiqlik tuygʻularini rivojlantirish, mafkuraviy immunitetni va gʻoyaviy chiniqishni mustahkamlash; talaba yoshlarning ongiga qarshi axborot tahdidlarining oldini olish, ularda axborotdan, Internetdan va boshqa axborot resurslaridan toʻgʻri foydalanish madaniyatini shakllantirish; maʼnaviy-maaʼrifiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlarni tashkillashtirish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish; OTMlarda sogʻlom maʼnaviy-ahloqiy iqlimni (jamoada oʻzaro hurmat, muomala madaniyati va hokazolar) yaratish va saqlab turish; oʻqishdan boʻsh vaqtlarda OTM talabalarining mazmunli dam olishini tashkil etish, ularda sogʻlom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish; talaba yoshlarda kitoblarga hurmat va muhabbat, oʻqish madaniyati his-tuygʻularini rivojlantirish; OTMlarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etishda barcha manfaatdor tomonlar, shu jumladan ota-onalar, murabbiylar, oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining samarali oʻzaro hamkorligi va ijtimoiy sherikligi; talabalar oʻrtasida sogʻlom musobaqa muhitini yaratish, jamiyatda namunali talabalarning yutuqlarini keng targʻib qilish; talabalarning huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini oshirish. |
2017-2018 |
Oliy taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Respublika milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi | |
|
2. Uslubiy tavsiyalarga muvofiq OTMlarda maʼnaviy-ahloqiy, tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirish va amalga oshirish. |
2017 — 2021-yillar | ||||
|
41. |
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar sohasida oliy taʼlim muassasalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish tuzilmasini takomillashtirish. |
1. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha fakultet dekanining oʻrinbosari qoʻshimcha lavozimini kiritish (1 shtat birligi). 2. 500 nafargacha talaba boʻlganda 2 ta shtat birligi, 3 minggacha talaba boʻlganda 3 ta shtat birligi va 3 mingtaga yana 500 nafar talaba koʻpayganida qoʻshimcha 0,5 shtat birligidan lavozim belgilangan holda OTMlarning Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimlarining shtat jadvallarini qayta koʻrib chiqish. 3. Oliy taʼlim vazirligining markaziy apparatida oʻquv-taʼlim jarayonini sotsiologik va pedagogik-psixologik jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻlimini tashkil etish (3 ta shtat birligi). 4. Oliy taʼlim vazirligi Maʼnaviy-ahloqiy tarbiya boshqarmasini qoʻshimcha 2 shtat (1 nafar bosh mutaxassis, 1 nafar yetakchi mutaxassis) bilan mustahkamlab, ularning umumiy sonini 5 shtat birligigacha yetkazish. |
2017/2018 oʻquv yilidan |
Da�lat budjeti mablagʻlari |
Oliy taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
5. Talabalar va professor-oʻqituvchilar oʻrtasida muntazam sotsiologik soʻrovnomalarni oʻtkazish uchun oʻquv-tarbiya jarayonini sotsiologik, pedagogik-psixologik jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha OTMlarning Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimlari huzurida guruhlar tashkil etish. |
OTMlarning budjetdan tashqari mablagʻlari | ||||
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi, taqdim etiladigan hujjat shakli |
Ijro muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Oliy taʼlim muassasalari moddiy-texnika bazasini oʻquv va ilmiy laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari, ijtimoiy muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash orqali yanada mustahkamlash | |||||
|
1.1. |
Oliy taʼlim muassasalarining oʻquv korpuslarini, talabalarning yashash joylarini, sport inshootlar va boshqa obyektlarni bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashning manzilli roʻyxatini ishlab chiqish, ularning Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi rivojlanish davlat dasturiga kiritilishini taʼminlash. |
1. Qurilish va rekonstruksiya qilish obyektlari boʻyicha texnik topshiriqlarni ishlab chiqish hamda ularni vakolatli vazirlik va idoralar bilan kelishish. 2. Qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash manzilli roʻyxatini ishlab chiqish, uni vakolatli vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturi loyihasiga kiritish. |
Har yili |
Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari |
Oliy taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar, “Davarxitektqurilish”, |
|
1.2. |
Oliy taʼlim muassasalarining oʻ�uv korpuslarini, talabalarning yashash joylarini, sport inshootlari va boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, tender (tanlov) savdolari oʻtkazilishini taʼminlash. |
Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda tender (tanlov) savdolari oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan nazoratni taʼminlash. |
Har yili |
Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari |
Oliy taʼlim vazirligi, |
|
II. Oliy taʼlim muassasalari oʻquv-laboratoriya bazasini modernizatsiya qilish, oʻquv-ilmiy laboratoriyalarini oliy oʻquv yurtlari ilm-fanining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha zamonaviy priborlar va uskunalar bilan jihozlash | |||||
|
2.1. |
53 ta oliy taʼlim muassasalarining xarid qilinayotgan oʻquv-laboratoriya uskunalariga nisbatan har bir tipdagi laboratoriyalar kesimida texnik talablarni tasdiqlash. |
1. 53 ta oliy taʼlim muassasalarining xarid qilinayotgan oʻquv-laboratoriya uskunalariga nisbatan har bir tipdagi laboratoriyalar kesimida texnik talablarni ishlab chiqish. |
Har yili |
Oliy taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzstandart, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar | |
|
2. Texnik talablarni Oliy taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar, “Oʻzstandart” agentligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlash. |
Har yili | ||||
|
2.2. |
Manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, 53 ta oliy taʼlim muassasalarining 400 ta oʻquv laboratoriyalarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari bi?an bosqichma-bosqich jihozlash. |
1. Oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-laboratoriya binolarini jihozlashning manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Har yili |
Moliya vazirligi huzuridagi taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi, Davlat budjeti, imtiyozli xorijiy kreditlar, oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Oliy taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi |
|
2. Tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga muvofiq oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-laboratoriya binolarini jihozlash. |
Etkazib berish jadvaliga muvofiq | ||||
|
2.3. |
Har bir laboratoriya kesimida, birgalikda foydalaniladigan barpo etilayotgan zamonaviy oliy oʻquv yurtlariaro ilmiy-tadqiqot laboratoriya komplekslariga nisbatan texnik talablarni tasdiqlash. |
1. Barpo etilayotgan oliy oʻquv yurtlariaro zamonaviy ilmiy-tadqiqot laboratoriya komplekslariga nisbatan texnik talablarni ishlab chiqish. |
Har yili |
Oliy taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fan va texnologiyalar agentligi, Oʻzstandart, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar | |
|
2. Texnik talablarni Oliy taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar, “Oʻzstandart” agentligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlash. |
Har yili | ||||
|
2.4. |
Manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash hamda 7 ta oliy oʻquv yurtlariaro ilmiy laboratoriyalarni bosqichma-bosqich jihozlash. |
1. Oliy oʻquv yurtlariaro ilmiy laboratoriyalarni jihozlashning manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash |
Har yili |
Imtiyozli xorijiy kreditlar, oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Oliy taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi |
|
2. Tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga muvofiq oliy oʻquv yurtlariaro ilmiy laboratoriyalarni jihozlash. |
2017 — 2020-yillar | ||||
|
2.5. |
Oliy taʼlim muassasalarini oʻquv-laboratoriya va ilmiy-tadqiqot asbob-uskunalari bilan jihozlash uchun homiylar mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining grantlari va kreditlari jalb etilishini nazarda tutuvchi loyiha takliflarini tayyorlash. |
Kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga homiylar mablagʻlarini, xalqaro moliya institutlarining grantlari va kreditlarini jalb etishning aniq loyiha takliflari boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2017 — 2021-yillar |
Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oliy taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar | |
|
2.6. |
Mahalliy ishlanmalar asosida laboratoriya priborlari va uskunalarining import oʻrnini bosadigan namunalari ishlab chiqarilishini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish. |
1. Mavjud il�iy-texnik va ishlab chiqarish salohiyatini, taʼlim muassasalarining laboratoriya priborlari va uskunalariga boʻlgan real, shu jumladan istiqboldagi talab ehtiyojlarini oʻrganish va tahlil qilish. |
2017-yil |
Tashkilotlarning oʻz mablagʻlari, |
Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligi, |
|
2. Mahalliy ishlanmalar asosida import oʻrnini bosadigan namunalarini ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2017-yil | ||||
|
2.7. |
Oʻquv va ilmiy laboratoriyalardan foydalanish, ularni saqlash va ekspluatatsiya qilish, ularni butlovchi buyumlar va sarflanadigan materiallar bilan tizimli taʼminlash, chiqitga chiqqan materiallarni utilizatsiya qilishning samarali mexanizmlarini faol joriy etish. |
Vazirlar Mahkamasining “Oʻquv va ilmiy laboratoriyalardan foydalanish, ularni saqlash va ekspluatatsiya qilish, ularni butlovchi buyumlar va sarflanadigan materiallar bilan tizimli taʼminlash, chiqitga chiqqan materiallarni utilizatsiya qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish, unda quyidagilarni nazarda tutish: ilmiy laboratoriyalarni ekspluatatsiya qilish va xizmat koʻrsatish boʻyicha yuqori malakali xodimlar bilan toʻldirish; oliy taʼlim muassasalarining oʻquv va ilmiy-tadqiqot muassasalari uskunalari uchun sarflanadigan materiallar va butlovchi buyumlarni sotib olish, yetkazib berish va realizatsiya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotni tuzish. |
2018-yil |
Davlat budjeti |
Oliy taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, |
|
III. Oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash | |||||
|
3.1. |
Quyidagilarga nisbatan yagona talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash: oliy taʼlim muassasalarining oʻquv va maʼmuriy jarayonlarini axborotlashtirishga qaratilgan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini yaratish va integratsiyalash; oliy taʼlim muassasalarining oʻquv va kompyuter sinflarini, server xonalarini jihozlash; oliy taʼlim muassasalarida axborot xavfsizligini taʼminlash. |
1. Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi mutaxassislaridan iborat tarkibda ishchi guruh tashkil etish. |
2017-yil |
Oliy taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, | |
|
2. Oliy taʼlim muassasalarida axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida rivojlangan mamlakatlarning tajribasini oʻrganish. |
2017-yil | ||||
|
3. Xodimlar, oʻqituvchilar va talabalarning yagona elektron identifikatsiya tizimi joriy etilganligini inobatga olgan holda oʻquv va maʼmuriy jarayonlarni axborotlashtirish boʻyicha axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari yaratilishiga nisbatan yagona talablarni ishlab chiqish. |
2017-yil | ||||
|
4. Oliy taʼlim muassasalarida axborot xavfsizligini taʼminlashga nisbatan yagona talablarni ishlab chiqish. |
2017-yil | ||||
|
5. Oliy taʼlim muassasalarining oʻquv va kompyuter sinflarini, server xonalarini jihozlash boʻyicha minimal talablar va Konsepsiyani ishlab chiqish. |
2017-yil | ||||
|
6. Vazirlar Mahkamasining axborot tizimlari va maʼlumot bazalariga, axborot xavfsizligini taʼminlashga hamda oliy taʼlim muassasalarining oʻquv va kompyuter sinflari, server xonalarini jihozlashga nisbatan talablarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi protokol qarori loyihasini kiritish. |
2017-yil | ||||
|
3.2. |
Oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy AKT vositalari va kompyuter texnikasi bilan taʼminlash, jumladan kompyuterlar, serverlar, simsiz tarmoq uskunalari, proyektorlar va multimedia uskunalarini bosqichma-bosqich sotib olish, shuningdek, yagona talablar asosida oliy taʼlim muassasalarida maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish. |
1. Oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy AKT vositalari va kompyuter texnikasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish, dasturda kompyuterlar, serverlar, tarmoq uskunalari, shu jumladan simsiz (Wi-Fi) uskunalarni, proyektorlar va boshqa multimedia uskunalari, shuningdek, ulanishni nazorat qilish va hisobga olish tizimi uskunalarini bosqichma-bosqich sotib olish nazarda tutish. |
2017-yil |
Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi, |
Oliy taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, |
|
2. Oliy taʼlim muassasalarida maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlarini ishlab chiqish hamda bosqichma-bosqich joriy etishni tashkil qilish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish. |
2017-yil | ||||
|
3. Vazirlar Mahkamasining oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy AKT vositalari bilan taʼminlash, ularda maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash boʻyicha qarori loyihasini kiritish. |
2017-yil | ||||
|
3.3. |
2018 — 2021-yillar davrida imtiyozli kreditlarga asosan oliy taʼlim muassasalarining talabalar va professor-oʻqituvchilarini noutbuklar va boshqa zamonaviy AKT vositalari bilan taʼminlash. |
1. 2018 — 2021-yillar davrida imtiyozli kreditlarga asosan oliy taʼlim muassasalarining talabalar va professor-oʻqituvchilarini noutbuklar va boshqa zamonaviy AKT vositalari bilan taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2017-yil |
Tijorat banklarining imtiyozli kreditlari |
Oliy taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar, |
|
2. Oliy taʼlim muassasalarining talabalari va professor-oʻqituvchilarini noutbuklar va boshqa zamonaviy AKT vositalari bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturiga kiritish uchun Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etish. |
2017-yil | ||||
|
3.4. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Taʼlim muassasalariga elektron taʼlimni joriy etish markazi hamda oliy taʼlim muassasalarining axborot texnologiyalari markazlari tashkiliy tuzilmasi (shtat jadvali) va mutaxassislari mehnatiga haq toʻlash tartibini takomillashtirish. |
1. Taʼlim muassasalarining sohasi (ixtisoslashuvi) va taʼlim olayotgan talabalar sonini hisobga olgan holda oliy taʼlim muassasalarining axborot texnologiyalari markazlari, Taʼlim muassasalarida elektron taʼlimni joriy etish markazining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. |
2017-yil |
Davlat budjeti |
Oliy taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, |
|
2. Taʼlim muassasalarida elektron taʼlimni joriy etish markazi, axborot texnologiyalari markazlarining vazifalarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash. |
2017-yil | ||||
|
3. Taʼlim muassasalarida elektron taʼlimni joriy etish markazi, axborot texnologiyalari markazlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2017-yil | ||||
|
4. Oliy taʼlim vazirligi, Axb???ot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligining qoʻshma qarorlari loyihasini tayyorlash. |
|||||
|
3.5. |
Moslashuvchan imtiyozli tarif rejalari joriy etilishini, barcha oʻquv auditoriyalarining Internet resurslariga va axborot tizimlariga simsiz ulanishi qamrovi bosqichma-bosqich kengaytirib borilishini inobatga olgan holda oliy taʼlim muassasalarida Internet tarmogʻiga ulanish tezligini oshirish. |
1. Oliy taʼlim muassasalarida Internet tarmogʻiga ulanish tezligini oshirish va undan foydalanish boʻyicha imtiyozli tarif rejalarini joriy etish choralarini ishlab chiqish. 2. Oliy taʼlim vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash boʻyicha qoʻshma qarori. |
2017-yil |
Oliy taʼlim vazirligi huzuridagi oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, |
Oliy taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar, |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori oliy taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning maʼno-mazmunini tubdan qayta koʻrib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.
Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda oliy taʼlim tizimini modernizatsiya qilish, unga oʻqitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash boʻyicha ixtisoslik yoʻnalishlarini takomillashtirish borasida katta ishlar qilindi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-oktabrdagi farmoyishi asosida tuzilgan Ishchi guruh tomonidan oliy taʼlim tizimidagi mavjud holatni oʻrganish natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, qator oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-pedagogik salohiyat hanuz past darajada qolmoqda, taʼlim jarayonining oʻquv-metodik va axborot taʼminoti zamonaviy talablarga mos emas, moddiy-texnika bazasi tizimli ravishda yangilanishga muhtoj. Oliy taʼlim tizimida oʻquv jarayoniga ilgʻor xalqaro tajribani keng joriy etish, yetakchi xorijiy turdosh ilmiy-taʼlim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish orqali pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish borasidagi ishlar talab darajasida olib borilmayapti.
Qabul qilingan qarorga koʻra, quyidagilar oliy taʼlim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi:
har bir oliy taʼlim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-taʼlim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yoʻlga qoʻyish, oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, taʼlim dasturlari va oʻquv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el oʻqituvchilari va olimlarini jalb etish;
oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlashning maqsadli mezonlarini shakllantirish, oliy taʼlim muassasalaridagi ixtisoslik yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni hududlar va sohalar boʻyicha joriy etilayotgan dasturlarning talab va ehtiyojlari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni kompleks taraqqiy ettirish istiqbollarini inobatga olgan holda optimallashtirish;
yangi avlod oʻquv qoʻllanmalarini yaratish va oliy taʼlim tizimiga keng tatbiq etish, oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish negizida axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;
pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatidan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkadan oʻtishini yoʻlga qoʻyish, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini PhD dasturi va xorijiy magistratura dasturlari asosida oʻqitish;
oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy taʼlim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, professor-oʻqituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishga jalb etish;
oliy taʼlimning maʼnaviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, talaba-yoshlarning qalbi va ongiga milliy istiqlol gʻoyasini, xalqimizning yuksak maʼnaviyati va insonparvarlik anʼanalariga sadoqat tuygʻusini chuqur singdirish, biz uchun mutlaqo yot va begona boʻlgan gʻoyalarga nisbatan ularda mustahkam immunitet va tanqidiy munosabatni shakllantirish;
oliy taʼlim muass�salari moddiy-texnika bazasini ularning oʻquv va ilmiy-laboratoriya binolarini, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalarini qurish, kapital taʼmirlash va rekonstruksiya qilish orqali yanada mustahkamlash, zamonaviy ilm-fan sohalarining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-ilmiy laboratoriyalar bazasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlash;
oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan taʼminlash, talabalar, oʻqituvchi va yosh tadqiqotchilarning jahondagi ilgʻor taʼlim resurslari, ilmiy adabiyotlar va maʼlumotlar bazasi boʻyicha elektron kataloglarga kirish imkoniyatini kengaytirish.
Qarorda belgilangan vazifalarning samarali yechimini toʻliq taʼminlash maqsadida oliy taʼlim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy taʼlim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy oʻquv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida Oliy taʼlim tizimini 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Dasturga muvofiq, 2017 — 2021-yillarda 48 ta oliy taʼlim muassasasida jami 180 ta oʻquv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalari obyektlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek, 53 ta oliy taʼlim muassasasida 400 ta oʻquv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy taʼlim muassasasida barcha oliy taʼlim muassasalari oʻzaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi.
Qarorning muhim ahamiyatini koʻrsatadigan yana bir jihat shundan iboratki, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan har bir oliy taʼlim muassasasi boʻyicha quyidagi konkret parametr va koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olgan manzilli rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi:
oliy taʼlim tizimid� yangi taʼlim ixtisoslik yoʻnalishlari va mutaxassisliklarning, shuningdek, iqtisodiyot sohalari va hududlarni kompleks rivojlantirishning joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va bakalavriat va magistraturaga talabalar qabul qilishning umumiy koʻrsatkichlarini 2021-yilgacha bosqichma-bosqich ravishda 18 foizgacha oshirishni nazarda tutadigan 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan parametr va koʻrsatkichlari;
oʻquv binolari, talabalar turarjoylari, axborot-resurs markazlari va boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash hisobidan yangi oʻquv oʻrinlarini tashkil etish, yangi oʻquv-laboratoriya komplekslarini sotib olish, auditoriyalarni kompyuter texnikasi bilan jihozlash;
professor-oʻqituvchilarning kasb mahoratini, pedagog xodimlarning malakasini oshirish, shuningdek, ularning xorijiy hamkor oliy oʻquv yurtlarida malaka oshirishi, magistratura, doktoranturada taʼlim olishi hamda respublikamizning tayanch oliy oʻquv yurtlari qoshida qayta tayyorgarlikdan oʻtishi va malaka oshirishi.
Mazkur dasturda, asosan, mamlakatimizning har bir oliy taʼlim muassasasi bilan AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va shu kabi boshqa davlatlarning yetakchi ilmiy-taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarining oʻrnatilgani oʻta muhim ahamiyat kasb etadi. Shu asosda har yili 350 nafardan ortiq xorijlik yuqori malakali pedagog va olimlarning mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlariga oʻquv jarayoniga jalb etilishi koʻzda tutilmoqda.
Amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, oliy taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha amaldagi tizimni jiddiy takomillashtirish va bu borada moddiy ragʻbatlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etishga ehtiyoj sezilmoqda. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligiga uch oy muddatda ilgʻor xalqaro tajribadan kelib chiqib, oliy oʻquv yurtlari pedagog xodimlariga ularning kasb mahorati, faoliyatidagi yuqori natijadorlik va tarbiyaviy sohadagi samarali ishtirokini inobatga olib, ustama haq toʻlashni belgilash tizimi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish vazifasi topshirildi.
Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda iqtidorli yosh pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼdod” jamgʻarmasi faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish, xorijiy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlarida ilmiy-pedagog xodimlarning malaka oshirishi va qayta tayyorgarlikdan oʻtishini, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining PhD dasturi va ularning magistraturada oʻqishini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻzda tutilgan takliflar kiritish topshirilmoqda.
Taʼkidlash joizki, oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash maqsadida korxonalarning buyurtmasiga asosan, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini amalga oshiradigan taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari yuridik shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan, yagona soliq toʻlovidan, maqsadli davlat jamgʻarmalariga majburiy toʻlov va qoʻshimcha qiymat soligʻidan ozod qilindi.
Taʼlim-tarbiya jarayonlarining sifati ustidan samarali davlat nazoratini oʻrnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha davlat inspeksiyasi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifasi — taʼlim-tarbiya jarayoni, professor-oʻqituvchilar tarkibi, taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati hamda mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, taʼlim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish, taʼlim-tarbiya sifatini nazorat qilish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat.
Oliy taʼlim tizimini 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladigan moliyaviy mablagʻlar 1,7 trillion soʻmdan ziyod boʻlib, ulard�n 1,2 trillion soʻmi oʻquv-laboratoriya binolari, sport zallari va talabalar turarjoylarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashga, 500 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ esa oʻquv-laboratoriya uskunalari, mebel va inventar bilan taʼminlash, umumiy tartibda foydalanishga moʻljallangan, barcha taʼlim muassasalariga xizmat koʻrsatadigan laboratoriya komplekslarini tashkil etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga sarflanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish, mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash, barcha hududlar va tarmoqlarni strategik jihatdan kompleks rivojlantirish masalalarini hal qilish borasida oliy taʼlim tizimi ishtirokini kengaytirish yoʻlidagi yana bir muhim amaliy qadamdir.