Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlimning davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, umumtaʼlim fanlarini oʻqitishning uzluksizligi va izchilligini taʼminlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, oʻquv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
(1-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Akademik litsey diplomining davlat namunasi 4-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari uchun umumtaʼlim fanlaridan oʻquv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qoʻyiladigan umumiy talablar 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflari uchun filologiya fanlari va aniq fanlar boʻyicha mashq daftarlarini nashr etish hamda yetkazib berish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 1-iyundagi PQ-363-son qarorida belgilangan darsliklarni nashr etish hamda yetkazib berishni moliyalashtirish tartibiga asosan, multimediali disk ilovasi bilan taʼminlash esa — oʻqituvchilarni oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi asosida amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi:
ikki oy muddatda umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlari talablari asosida oʻquv dasturlarini yangidan ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasinlar hamda umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga yetkazsinlar;
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda yaratilayotgan oʻquv-metodik majmualarning oʻquvchilarni mantiqiy fikrlashga undaydigan, rasmlarga boy, zamonaviy matbaa talablariga javob beradigan shakllarda chop etilishini taʼminlasinlar;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017-2018 oʻquv yiliga qadar akademik litseylarning taʼlim yoʻnalishlari va kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yoʻnalishlari boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi taqdim etgan xarajatlar smetalari asosida umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, professional taʼlimning davlat taʼlim standartlari, akademik litseylarning taʼlim yoʻnalishlari va kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yoʻnalishlari boʻyicha malaka talablarini, oʻquv rejalari va dasturlarini, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari diplom, sertifikat, akademik maʼlumotnomalari blankalarini chop etish uchun sarflanadigan mablagʻlarni belgilangan tartibda ajratsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2020-yil 1-sentabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qaroriga 4-ILOVA
(4-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
(4-ilova tavsifi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Akademik litsey diplomi namunasi 150 x 100 mm oʻlchovda toʻq-koʻk (aʼlo darajali diplom qizil-marmar) rangli lederindan tayyorlangan. Uning yuza tomonida bosma naqsh usulida oltin rangda yuqorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan, pastroqda davlat tilida “AKADEMIK LITSEY DIPLOMI” soʻzlari yozilgan.
Aʼlo darajali diplomlar uchun “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AKADEMIK LITSEY DIPLOMI” va “REPUBLIC OF UZBEKISTAN DIPLOMA OF ACADEMIC LYCEUM” soʻzlaridan quyida qizil-marmar rangda davlat tilida “Aʼlo darajali” va ingliz tilida “With honourʼs” soʻzlari yoziladi.
Diplomning ichki varaq oʻlchami 142 x 95 mm, joylashish tartibi — gorizontal, ofset bosma usulda, boʻyoqlar soni “oddiy” — 4+№, “aʼlo darajali” — 5+№.
Diplomning har ikki varagʻida sakkizta pozitsiyada: L harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.
Muqova materiali rangi bitiruvchilar diplomi — toʻq koʻk, “aʼlo darajali” bitiruvchilar diplomi qizil-marmar rangli. Toʻgʻri burchakli (yumshoq yostiqcha) bilan qoplangan qattiq muqova. Muqova materiali — bumvinil (qogʻoz qatlami asosi polivinilxlorid) toʻq koʻk va qizil-marmar rangli, material qalinligi 170 ± 20 mkm. Muqovada matn oltin rang zarli qogʻozda, diametri 45 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi va “AKADEMIK LITSEY DIPLOMI” nomi qizdirib naqsh solish yoʻli bilan yoziladi.
yorugʻlikda yaxshi koʻrinadigan “paxta koʻsagi” koʻrinishidagi asosiy uch oʻlchovli suv belgisi;
koʻrinadigan rangli tola qizil va yashil tusda, qogʻoz sirtida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida, ultrabinafsha nurlarisiz koʻrinadi;
koʻrinmaydigan tola koʻk va och yashil tusda, qogʻoz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.
Bosma tafsiloti:
bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turgʻun matbaa boʻyoqlari qoʻllaniladi;
ichki varaqning asosiy foni och jigarrang, ikki tangir setkadan paydo boʻlgan ingichka sinusoidal chiziqdan tashkil topgan nusxa koʻchirmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi;
tangir setkalarining biri “iris” effektini qoʻllash bilan chop etiladi, yaʼni markazda yashil rangdan chetlari boʻyicha havo rangga ravon oʻtadi;
ichki varaq markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi chop etiladi, diametri 35 mm, sakkiz burchak bilan hoshiyalanadi;
blankaning toʻrt burchagida murakkab chiziqli naqsh joylashtiriladi. Bu naqshlar har xil qalinlikdagi chiziqlardan tashkil topadi, shakli va zichligi bir-biriga qoplanib, yagona zarhalni yuzaga keltiradi. Qalbakilikdan nusxa koʻchirmaydigan va skanerlanmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi;
ichki varaqning ikki tarafi markazida “Humo” qushi (25 x 40 mm oʻlchamli) qiyofasida koʻrinmaydigan tasvir joylashtiriladi;
kichik matn, bir necha bor kattalashtirilgandagina koʻrinadi, uzluksiz chiziqni yuzaga keltiradi va takrorlanadigan “AKADEMIK LITSEY” soʻz birikmasidan iborat. Kichik matn yuqori qismida “ACADEMIC LYCEUM” soʻzi “DIPLOM” soʻzi ostida oʻng tarafda joylashadi. Nusxa tushirish va qalbakilashtirishdan himoyalanadi;
seriya “L” va yetti xonali raqam, ikki tarafda bir xil beriladi. Raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorugʻlik sochadi.
Diplomning ichki chap tomoni:
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri) O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AKADEMIK LITSEY DIPLOMI L № 0000000 ________________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi) 20____ yilda ___________________________________________________________ga (oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasi nomi) kirib, 20___yilda __________________________________________________________ ________________________________________________________________akademik litseyni _________________________________________________________ yoʻnalishi (yoʻnalish nomi)
boʻyicha tamomladi.
M.Oʻ
Davlat attestatsiya komissiyasi raisi
Direktor Kotib(a)
_______ shahri (tumani), _______ yil
Roʻyxat raqami ______________
Diplomning ichki oʻng tomoni:
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri) TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN DIPLOMA OF ACADEMIC LYCEUM L № 0000000 ________________________________________________________________________ (full name) ________________________________________________________________________
in 20___ entered
________________________________________________________________________ (name of secondary specialized educational establishment)
________________________________________________________________________ and in 20___completed
________________________________________________________________________ (name of academic lyceum)
________________________________________________________________________ ( field of study ) ________________________________________________________________________
Akademik litseyni tamomlagan bitiruvchilarga diplom bilan birga oʻzlashtirishning yakuniy baholari (reyting ballari)dan koʻchirma varaq beriladi.
Diplom koʻchirma varagʻida akademik litsey nomi, oʻquv rejasidagi fanlar va ulardan olingan reyting ballari hamda Davlat attestatsiyasi natijalari koʻrsatiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri) AKADEMIK LITSEY DIRLOMIGA ILOVA _________RAQAMLI DIRLOMGA ILOVA (dirlomsiz kuchga ega emas) _______________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi) 20_____ yilda ___________________________________________________________ga (oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasi nomi) kirib, 20___yilda ___________________________________________________________ (akademik litsey) ___________________________________________akademik litseyni tamomladi va oʻqish
davrida quyidagi fanlarni oʻrgandi hamda ushbu baholarni oldi:
T/r
Fanlar nomi
Oʻquv rejasida belgilangan soatlar miqdori
Toʻplangan reyting ballari
1
2
3
4
I. UMUMTAʼLIM FANLARI
1.
Ona tili va adabiyot
2.
Chet tili (__________ )
3.
Oʻzbek (rus) tili
4.
Tarix ( Oʻzbekiston tarixi, jahon tarixi)
5.
Matematika
6.
Informatika va axborot texnologiyalari
7.
Fizika. Astronomiya
8.
Kimyo
9.
Biologiya
10.
Amaliy geografiya
11.
Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik
12.
Jismoniy tarbiya
13.
Maʼnaviyat asoslari
14.
Falsafiy fanlar: (Shaxs va jamiyat, dinshunoslik asoslari, estetika)
15.
Oila psixologiyasi
16.
Nuquqshunoslik
17.
Oʻzbekiston Konstitutsiyasi
18.
Milliy istiqlol gʻoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar
19.
20.
21.
22.
23.
24.
25.
26.
27.
28.
II. YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI
1.
2.
3.
4.
5.
6.
Direktor Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari 20___ yil “___” __________da berildi Roʻyxatga olish raqami ____________.
Kasb-hunar kolleji diplomi TAVSIFI
Kasb-hunar kolleji diplomi 150 x 100 mm oʻlchovda yaxlit qoplangan yashil (aʼlo darajali diplom qizil-marmar) rangli lederindan tayyorlangan koʻrinishga ega. Uning yuza tomonida bosma naqsh usulida oltin rangda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushiriladi va undan pastroqda davlat tilida “KASB-NUNAR KOLLEJI DIPLOMI”soʻzi yoziladi.
Aʼlo darajali diplomlar uchun “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KASB-NUNAR KOLLEJI DIPLOMI” va “REPUBLIS OF UZBEKISTAN DIPLOMA OF PROFESSIONAL COLLEGE” soʻzlaridan quyida qizil-marmar rangda davlat tilida “Aʼlo darajali” va ingliz tilida “With honourʼs” soʻzlari yoziladi.
Diplomning ichki varaq oʻlchami 142 x 95 mm, joylashish tartibi — gorizontal, ofset bosma usulda, boʻyoqlar soni “oddiy” — 4+№, “aʼlo darajali” — 5+№.
Diplomning har ikki varagʻida sakkizta pozitsiyada: K harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.
Muqova materiali rangi bitiruvchilar diplomi — toʻq yashil, “aʼlo darajali” bitiruvchilar diplomi qizil-marmar rangli. Toʻgʻri burchakli (yumshoq yostiqcha) bilan qoplangan qattiq muqova. Muqova materiali — bumvinil (qogʻoz qatlami asosi polivinilxlorid) toʻq yashil va qizil-marmar rangli, material qalinligi 170 ± 20 mkm. Muqovada matn oltin rang zarli qogʻozda, diametri 45 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi va “KASB-NUNAR KOLLEJI DIPLOMI” nomi qizdirib naqsh solish yoʻli bilan yoziladi.
yorugʻlikda yaxshi koʻrinadigan “paxta koʻsagi” koʻrinishidagi asosiy uch oʻlchovli suv belgisi;
koʻrinadigan rangli tola qizil va yashil tusda, qogʻoz sirtida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida, koʻz bilan koʻrinadi;
koʻrinmaydigan tola koʻk va och yashil tusda, qogʻoz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultra binafsha nurlari ostida koʻrinadi.
Bosma tafsiloti:
bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turgʻun matbaa boʻyoqlari qoʻllaniladi;
ichki varaqning asosiy foni och jigarrang, ikki tangir setkadan paydo boʻlgan ingichka sinusoidal chiziqdan tashkil topgan nusxa koʻchirmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi;
tangir setkalarining biri “iris” effektini qoʻllash bilan chop etiladi, yaʼni markazda yashil rangdan chetlari boʻyicha havo rangga ravon oʻtadi;
ichki varaq markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi chop etiladi, diametri 35 mm, sakkiz burchak bilan hoshiyalanadi;
blankaning toʻrt burchagida murakkab chiziqli naqsh joylashtiriladi. Bu naqshlar har xil qalinlikdagi chiziqlardan tashkil topadi, shakli va zichligi bir-biriga qoplanib, yagona zarhalni yuzaga keltiradi. Qalbakilikdan nusxa koʻchirmaydigan va skanerlanmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi;
ichki varaqning ikki tarafi markazida “Humo” qushi (25x40 mm oʻlchamli) qiyofasida koʻrinmaydigan tasvir joylashtiriladi;
kichik matn, bir necha bor kattalashtirilgandagina koʻrinadi, uzluksiz chiziqni yuzaga keltiradi va takrorlanadigan “KASB-NUNAR KOLLEJI” soʻz birikmasidan iborat. Kichik matn yuqori qismida “KASB-NUNAR KOLLEJI DIPLOMI” soʻzi ostida chap tarafda va “REPUBLIS OF UZBEKISTAN” soʻzi ostida oʻng tarafda joylashadi. Nusxa tushirish va qalbakilashtirishdan himoyalanadi;
seriya “K” va yetti xonali raqam, ikki tarafda bir xil beriladi. Raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorugʻlik sochadi.
Diplomning ichki chap tomoni:
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri) O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI KASB-NUNAR KOLLEJI DIPLOMI K № 0000000 ________________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi) 20____ yilda ______________________________________________________________ (oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasi nomi) ________ning toʻla kursini ___________________________________________yoʻnalish
boʻyicha tamomladi.
Davlat attestatsiya komissiyasining 20___ yil “___” _____________________dagi qaroriga binoan unga ______________________________________________________________ _________________________________________________________________kasbi va ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________ ________________________________________________________ ixtisoslik(lar) berildi.
M.Oʻ
Davlat attestatsiya komissiyasi raisi
Direktor Kotib(a)
_______ shahri (tumani), _______ yil
Roʻyxat raqami ______________
Diplomning ichki oʻng tomoni:
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri) TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN DIPLOMA OF PROFESSIONAL COLLEGE K № 0000000 ________________________________________________________________________ (full name) ________________________________________________________________________
in 20__ entered
________________________________________________________________________ (name of secondary specialized educational establishment)
________________________________________________________________________ and in 20___completed the full course offered by the ________________________________________________________________________ (name of secondary specialized educational establishment) ________________________________________________________________________ Naving specialized in
________________________________________________________________________ (field of study) ________________________________________________________________________
By the decision of the State Attestation Comission on “ __” __________ 20 ____ ________________________________________________________________________ Ne/she is qualified as
________________________________________________________________________ (name of profession) ________________________________________________________________________
and has the following speacialities ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________ _______________________________________________________________________
Kasb-hunar kollejini tamomlagan bitiruvchilarga diplom bilan birga oʻzlashtirishning yakuniy baholari (reyting ballari)dan koʻchirma varaq beriladi.
Diplom koʻchirma varagʻida kasb-hunar kolleji nomi, oʻquv rejasiga muvofiq ravishda oʻtilgan fanlar va ulardan olingan reyting ballari, shuningdek, yakuniy Davlat attestatsiyasi natijalari koʻrsatiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri) KASB-NUNAR KOLLEJI DIRLOMIGA ILOVA _________RAQAMLI DIRLOMGA ILOVA (dirlomsiz kuchga ega emas) _______________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi) 20_____ yilda _____________________________________________________________ (oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasi nomi) gakirib, 20___yilda _________________________________________________________ (kasb-hunar kolleji) ______________________________________________kasb-hunar kollejini tamomladi va
oʻqish davrida quyidagi fanlarni oʻrgandi hamda ushbu baholarni oldi:
T/r
Fanlar nomi
Oʻquv rejasida belgilangan soatlar miqdori
Toʻplangan reyting ballari
1
2
3
4
I. UMUMTAʼLIM FANLARI
1.
Ona tili va adabiyot
2.
Chet tili (__________ )
3.
Oʻzbek (rus) tili
4.
Tarix ( Oʻzbekiston tarixi, jahon tarixi)
5.
Matematika
6.
Informatika va axborot texnologiyalari
7.
Fizika. Astronomiya
8.
Kimyo
9.
Biologiya
10.
Amaliy geografiya
11.
Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik
12.
Jismoniy tarbiya
13.
Maʼnaviyat asoslari
14.
Falsafiy fanlar: (Shaxs va jamiyat, dinshunoslik asoslari, estetika)
15.
Oila psixologiyasi
16.
Nuquqshunoslik
17.
Oʻzbekiston Konstitutsiyasi
18.
Milliy istiqlol gʻoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar
II. KASBIY FANLAR
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11.
12.
13.
14.
15.
16.
17.
18.
19.
20.
21.
II. YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI
1.
2.
3.
4.
5.
6.
Kollej direktori Ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosari 20___ yil “___” __________da berildi Roʻyxatga olish raqami ____________
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187- son qaroriga 5-ILOVA
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari uchun umumtaʼlim fanlaridan oʻquv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qoʻyiladigan
(5-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
2. Mazkur Umumiy talablarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oʻquv-metodik majmua — darslik, mashq daftari, oʻqituvchi uchun metodik qoʻllanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua.
Darslik — davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻquv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, oʻquv fanining mavzulari toʻliq yoritilgan, uning asoslari mukammal oʻzlashtirilishiga qaratilgan, oʻquv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda taʼlim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy maʼlumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi oʻquv nashri.
Mashq daftari — darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻquvchilar tomonidan egallangan bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash hamda oʻquv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat boʻlgan didaktik vosita.
Oʻqituvchi uchun metodik qoʻllanma — darslikdagi har bir mavzuni samarali oʻqitish metodikasi, qoʻshimcha sinov topshiriqlari va oʻqituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik koʻrsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashgʻulotlar, qoʻshimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik koʻrsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi oʻquv nashri.
Darsliklarning multimediali ilovalari — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida oʻquv faniga oid materiallarni davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, oʻquv fanini samarali oʻzlashtirishga, oʻquvchilarning mustaqil taʼlim olishiga koʻmaklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va lugʻatlarni oʻz ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan oʻtkazish va mustahkamlashga yoʻnaltirilgan, oʻquv fanining asosiy mazmunini boyitadigan qoʻshimcha materialga ega boʻlgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni oʻz ichiga olgan interaktiv elektron axborot-taʼlim resursi.
3. Oʻquv-metodik majmualar davlat taʼlim standartlari, oʻquv reja va dasturlariga muvofiq, didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablar asosida ishlab chiqilgan darslik, mashq daftari, oʻqituvchi uchun metodik qoʻllanma va darslikning multimediali ilovalarini oʻz ichiga oladi.
4. Oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish qonunchilik hujjatlari hamda ushbu Umumiy talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2-bob. Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari uchun oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsad va vazifalari
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
5. Oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsadi umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari uchun zamonaviy fan va texnika rivojini hisobga olgan holda kompetensiyaviy yondashuv talablari asosida oʻquv materiallari mazmuni va sifatini takomillashtirish hamda ushbu sohadagi ilgʻor xorijiy tajribani samarali tatbiq etishdan iborat.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
6. Oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
oʻquv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish prinsiplari hamda ularning mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan talablarni belgilash;
oʻquvchilarda milliy gʻurur va iftixor, moddiy va maʼnaviy merosga qadriyatli munosabatni tarkib toptirish;
davlat taʼlim standartlari talablari asosida oʻquvchilar tomonidan bilim, koʻnikma va malaka hamda kompetensiyalarning toʻliq oʻzlashtirilishiga erishish;
oʻquvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
yangi avlod oʻquv-metodik majmualarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
oʻquvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish kompetentligini shakllantirish;
umumtaʼlim fanlarini oʻqitishning prinsipial yangi metodologiyasi asosida taʼlim-tarbiya samaradorligini oshirish.
3-bob. Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari uchun oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish prinsiplari
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
7. Oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
oʻquv-metodik majmualar taʼlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari asosida yaratilganligi;
oʻquvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi;
oʻquvchilarda vatanparvarlik va milliy gʻurur hissini shakllantirishga qaratilganligi;
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, professional taʼlimning zarur hajmi berilganligi, oʻquvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilganligi.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
4-bob. Oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqishga qoʻyiladigan talablar
8. Oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqishga quyidagicha talablar qoʻyiladi:
Didaktik talablar:
oʻquvchi tomonidan oʻquv materiallarining toʻliq oʻzlashtirilishini taʼminlash;
matnlar axborot berishga emas, balki oʻquv fanining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadlariga xizmat qilishi;
qiziqarli, loʻnda va hamma uchun qulay va tabaqalashtirilgan boʻlishi;
ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, vatanparvarlik va millatlararo totuvlik talablariga javob berishi, aniq dalillarga asoslangan materiallardan tarkib topishi;
taʼlimning kundalik hayot va amaliyot oʻrtasidagi bogʻliqligini taʼminlashga, olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllay olish layoqatlari shakllantirilishiga, boshqa oʻquv fanlari bilan uzviy bogʻliqlikni taʼminlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi;
rasmlar koʻrinishidagi illustratsiyalar: xaritalar, chizmalar, sxemalar, jadvallar, diagrammalar va fotosuratlar bilan bezatilgan boʻlishi;
yangi tushunchalar, atamalar, qoidalar, formulalar, taʼriflar va shu kabilar lugʻat koʻrinishida ifodalangan boʻlishi lozim.
Ilmiy-metodik talablar:
fan-texnikaning soʻnggi yutuqlarini oʻzida aks ettirishi;
oʻquv fani mavzularining mazmunan yaxlitligi taʼminlangan boʻlishi;
oʻquv fani mavzulari oʻzbek adabiy tili qoidalariga toʻliq rioya qilgan holda oddiy va sodda, tushunarli va ravon tilda bayon qilinishi;
mantiqiy ketma-ketlikka va izchillikka amal qilinishi;
milliy gʻoya va Oʻzbekiston xalqining mentalitetiga zid boʻlmagan tegishli illustratsiyalar bilan boyitilishi;
savol va topshiriqlar aniq ifodalangan boʻlishi;
oʻquvchilarni fikrlashga, yozishga, tasvirlashga, chizma chizishga, hisoblashga, amaliy ishlarni bajarishga, tajribalar oʻtkazishga oʻrgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutilgan boʻlishi;
bir tushunchaning ikki xil atama bilan ifodalanishiga, sanalarni keltirishda mavhumlikka yoʻl qoʻyilmasligi;
kasb-hunarga yoʻnaltirishga oid matnlar va rasmlar, izohli lugʻat, texnik ijodkorlik va mantiqiy tafakkurni oʻstirishga qaratilgan loyihalash hamda modellashtirish yuzasidan topshiriqlarni qamrab olgan boʻlishi lozim.
Pedagogik-psixologik talablar:
keng jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy asoslangan maʼlumotlar, oʻquvchilarning bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri hisobga olingan holda voqea va hodisalarning mohiyatini anglashga va amaliy qiziqishlarini rivojlantirishga, bilim olishga va amaliy faoliyat bilan shugʻullanishga boʻlgan ehtiyojlarini toʻlaqonli qondirishga yoʻnaltirilgan boʻlishi;
oʻquv fani mavzularining oʻquvchi yoshi va psixofiziologik xususiyatlariga mos holda berilishi, maʼlum faktlar, tushunchalar, qoidalar va fanlararo bogʻliqlikni hisobga olgan holda tushunarli bayon qilinishi;
oʻquvchilarning yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari, oldin olgan bilimlarini oʻzlashtirganlik darajasi hisobga olingan boʻlishi lozim.
Estetik talablar:
imkon darajasida yorqin, rangli, qiziqarli va chiroyli boʻlishi;
matnlar oʻquvchiga maʼlum ijobiy hissiy taʼsirlarni oʻtkazishi va oʻquv faniga qiziqish uygʻotishi;
boʻlim, bob, paragraf va mavzular matnlarining turli shakl va ranglar bilan ajratilishi, mutanosibligi taʼminlanishi;
rasm va tasvirlar badiiy estetik talablarga javob berishi, aniq va tiniq ifodalanishi lozim.
Gigiyenik talablar:
matn va illustratsiyalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos boʻlishi;
harflarning kattaligi va qogʻozning sifati (ogʻirligi, qalinligi, oqligi va shaffofligi) Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 3-iyundagi 146-son qarori talablariga mos boʻlishi lozim.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-avgustdagi 244-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 8-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi toʻgʻrisida nizomning 8-bandi toʻqqizinchi xatboshidagi “tarmoq taʼlim standartlari” soʻzlari “akademik litseylar taʼlim yoʻnalishlari va kasb-hunar kollejlari tayyorlov yoʻnalishlari boʻyicha malaka talablari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-iyuldagi 200-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisidagi nizomda:
“oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sifatini nazorat qilish quyidagi usullarda olib boriladi:
ichki nazorat — oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi tomonidan amalga oshiriladi va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan reyting nazorat tizimi haqidagi nizom asosida oʻtkaziladi.
tashqi nazorat — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi;
davlat-jamoat nazorati — taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi va u bilan kelishilgan holda nodavlat notijorat tashkilotlari va kadrlarga talabgorlar tomonidan amalga oshiriladi;
yakuniy davlat attestatsiyasi — oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi”.
b) 20-bandning ikkinchi xatboshidagi “tarmoq taʼlim standartlarini” soʻzlari “akademik litseylar taʼlim yoʻnalishlari va kasb-hunar kollejlari tayyorlov yoʻnalishlari boʻyicha malaka talablarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi 124-son qaroriga 1-ilova “Umumiy qoidalar” boʻlimining oʻninchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2020-yil 1-sentabrdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadigan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 16-avgustdagi 390-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2000-yil 16-oktabrdagi 400-son qarori.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz taʼlim tizimining chet tillar boʻyicha davlat taʼlim standartini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 8-maydagi 124-son qarorining 2-bandi va unga 2-ilova.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 14-son, 230-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/858/2095-son, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son; 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son; 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son; 26.01.2021-y., 07/21/4963/0064-son; 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son; 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)