O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 3-noyabrdagi 298-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2868-4, 12.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2025-y., 10/25/2868-4/1046-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 14-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2868]
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 3-noyabrdagi 298-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2868-4, 12.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2025-y., 10/25/2868-4/1046-son)
2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Rais M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2017-yil 8-fevral,
01-02/8-4-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2017-yil 8-fevraldagi 01-02/8-4-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 3-noyabrdagi 298-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2868-4, 12.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2025-y., 10/25/2868-4/1046-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini (bundan buyon matnda BQD deb yuritiladi) to‘ldirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 3-noyabrdagi 298-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2868-4, 12.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2025-y., 10/25/2868-4/1046-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yo‘riqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
BQD — bojxona yuk deklaratsiyasining (bundan buyon matnda BYD deb yuritiladi) ajralmas qismi bo‘lib, tovarning bojxona qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga BYD bilan bir paytda topshiriladigan hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga BQDni o‘z nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki BQDni to‘ldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis yoxud boshqa shaxs;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
elektron BQD — deklaratsiyalovchi shaxsning elektron raqamli imzosi (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) bilan tasdiqlangan, “Tovarlarni elektron deklaratsiyalash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda TEDAAT deb yuritiladi) vositasida taqdim etilgan elektron shakldagi BQD yoki qog‘oz shakldagi BQDning elektron tashuvchiga taqdim etilgan elektron nusxasi.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1, 06,03,2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
2. BQD tegishli BYDning ilovasi bo‘lib, BYDsiz haqiqiy emas.
BYD elektron shaklda taqdim etilganda, BQD ham elektron shaklda taqdim etiladi.
BYD qog‘oz shaklda taqdim etilganda, BQD ham qog‘oz shaklida to‘rt nusxadan iborat A4 formatdagi varaqlarda taqdim etiladi va quyidagicha taqsimlanadi:
birinchi nusxa — bojxona organlari ish yig‘ma jildlarida qoladi;
Oldingi tahrirga qarang.
ikkinchi nusxa — deklaratsiyalovchi shaxs uchun;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
uchinchi va to‘rtinchi nusxalar — deklarant uchun.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar BQD qog‘oz shaklda taqdim etilsa, deklaratsiyalovchi shaxs bojxona organlariga o‘zining ERIsi bilan tasdiqlangan uning elektron nusxasini ham taqdim etadi.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
3. BQD bojxona to‘lovlarini to‘lashni nazarda tutuvchi bojxona rejimlari ma’lum qilinganda bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan barcha tovarlar uchun to‘ldiriladi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 318-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Tovarlarning bojxona qiymati olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymatiga oid usuli (bundan buyon matnda 1-usul deb yuritiladi) bo‘yicha aniqlanganda mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq BQD–1 to‘ldiriladi.
Tovarlarning bojxona qiymati O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 309 — 313-moddalarida nazarda tutilgan bojxona qiymatini aniqlash usullari bo‘yicha aniqlanganda mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq BQD–2 to‘ldiriladi.
4. BQD u to‘ldirishga asos bo‘lgan mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq hujjatlar bilan birga bojxona organiga taqdim etiladi.
Hujjatlar bojxona organiga rus yoki ingliz tillarida taqdim etiladi. Boshqa tilda to‘ldirilgan hujjatlar bojxona organiga deklarant tomonidan tasdiqlangan o‘zbek, rus yoki ingliz tilidagi tarjimasi bilan birga taqdim etilishi kerak.
Hujjatlar asl nusxada yoki deklarant tomonidan tasdiqlangan nusxa ko‘rinishida taqdim etiladi.
Elektron BQD va unga ilova qilinayotgan hujjatlar bojxona organlariga belgilangan format va tuzilishga muvofiq taqdim etilishi lozim.
Agar ilova qilinadigan hujjatlarning elektron formati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu hujjatlarning skaner qilish orqali olingan nusxalari taqdim etiladi.
5. BQD ikkita asosiy varaqlardan iborat:
BYDda deklaratsiyalanayotgan barcha tovarlarga taalluqli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan birinchi varaq;
deklaratsiyalanayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda foydalangan ma’lumotlar va bojxona qiymati miqdorining hisob-kitoblari ko‘rsatiladigan ikkinchi varaq.
Agar bitta BYDda uchdan ortiq tovarlarning nomlari deklaratsiyalanayotgan bo‘lsa, bojxona qiymatini deklaratsiyalash uchun qo‘shimcha varaqlardan foydalaniladi. Bunda qo‘shimcha varaqlar sifatida BQD varag‘ining ikkinchi asosiy shaklidan foydalaniladi.
BQDning barcha varaqlari uchinchi varag‘idan boshlab qo‘shimcha varaqlar bo‘lib hisoblanadi. Qo‘shimcha varaqlarning tartib bilan raqamlanishi uch soni bilan boshlanadi. (birinchi va ikkinchi varaqlar — shaklning asosiy varaqlari, uchinchi va keyingi varaqlari — qo‘shimcha varaqlar).
6. BQD–2ning birinchi asosiy varag‘i O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 309 — 313-moddalari bilan belgilangan bojxona qiymatini aniqlashning barcha usullari uchun umumiy (yagona) hisoblanadi.
BQD–2ning ikkinchi asosiy varag‘i tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usuliga qarab belgilangan beshta turidan biri bo‘lishi mumkin. BQD–2ning ikkinchi va qo‘shimcha varaqlarning tegishli varianti tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashning quyidagi usullarini qo‘llash orqali amalga oshirilganda foydalaniladi:
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 309-moddasiga muvofiq aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga oid usulni (bundan buyon matnda 2-usul deb yuritiladi) va ushbu usulga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 313-moddasiga muvofiq zaxira usulini (bundan buyon matnda 6-usul deb yuritiladi);
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 310-moddasiga muvofiq o‘xshash tovarga doir bitimning qiymatiga oid usulni (bundan buyon matnda 3-usul deb yuritiladi) va ushbu usulga asosan 6-usulni;
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 311-moddasiga muvofiq qiymatlarni chegirib tashlash asosidagi usulni (bundan buyon matnda 4-usul deb yuritiladi) va ushbu usulga asosan 6-usulni;
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 312-moddasiga muvofiq qiymatlarni qo‘shish asosidagi usulni (bundan buyon matnda 5-usul deb yuritiladi) va ushbu usulga asosan 6-usulni;
1-usul asosidagi 6-usulni.
7. BQD o‘zbek yoki rus tilida tushunarli to‘ldirilgan bo‘lishi lozim.
BQDda o‘chirishlar va bo‘yashlar bo‘lmasligi kerak. Tushunarsiz to‘ldirilgan BQDlar bojxona organlari tomonidan rasmiylashtirish uchun qabul qilinmaydi.
8. BQD taqdim etilgandan so‘ng bojxona organi mansabdor shaxsi BQDning to‘g‘ri to‘ldirilganligini, olib kirilayotgan tovarning ma’lum qilingan bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligining dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Dastlabki tekshiruv natijasida kamchiliklar aniqlansa, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bojxona organi mansabdor shaxsi bu haqida deklaratsiyalovchi shaxsni xabardor qiladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
BQDning dastlabki tekshiruvi natijasida kamchiliklar aniqlanmasa bojxona organi mansabdor shaxsi BQDni rasmiylashtirish uchun qabul qiladi.
Bojxona organi BQDni BYD bilan bir vaqtning o‘zida rasmiylashtiradi. Bunda, BQDga, u ilova bo‘lgan BYDning aynan shu ro‘yxat raqami biriktiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. BQD qog‘oz shaklda taqdim etilganda, BQDning biror bir grafasida bayon etilayotgan ma’lumotlarni ko‘rsatish uchun joy yetarli bo‘lmasa, ushbu ma’lumotlar BQDning orqa tomonida yoki qo‘shimcha ilova qilinadigan, BQDning ajralmas qismi bo‘lgan varaqlarda ko‘rsatilishi mumkin. Bunday yozuv deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi, tegishli grafada esa “BQDning orqa tomoniga qarang” yoki “qo‘shimcha varaqqa qarang” yozuvi qayd etiladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
Bunda BQDning asosiy va qo‘shimcha varaqlarining orqa qismida yoki qo‘shimcha ilova qilinadigan varaqlarda grafa raqami va deklaratsiyalanayotgan tovarning tartib raqami (agar ma’lumotlar aniq bir tovarga taalluqli bo‘lsa) ko‘yiladi va mazkur grafada bayon etiladigan ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Har bir ilova qilinadigan qo‘shimcha varaqning yuqori o‘ng burchagida “__________ sonli BQDga ____ varaqda qo‘shimcha”, deklaratsiyalanayotgan tovarning tartib raqami “____-sonli tovar” tarzida hamda har bir tovar bo‘yicha grafa raqami ko‘rsatiladi.
10. Elektron shaklda deklaratsiyalashda barcha ma’lumotlar elektron BQDning tegishli grafalarida yoki ushbu grafa uchun ajratilgan detallashtirilgan jadvallarda to‘liq ko‘rsatiladi va boshqa grafalarga, qo‘shimcha ilova qilinadigan varaqlarga yoki boshqa shu kabi havolalar qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
11. BQDdagi ma’lumotlarni ma’lum qilishda Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) ko‘rsatilgan tasniflagichlardan foydalaniladi.
2-bob. BQD–1ni to‘ldirish
Oldingi tahrirga qarang.
12. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2a, 2b, 3, 4, 5, 6, 7a, 7b, 8a, 8b, 9a, 9b, 10a, 10b, “Tovar №”, “Tovar kodi”, 11a, 11b, 12, 13a, 13b, 14, 15, 16, 17a, 17b, 17v, 18, 19, 20, 21, 22, 23a, 23b, 24 “Qo‘shimcha ma’lumotlar”, “Imzo”.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
13. Bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan BQD–1ning asosiy va qo‘shimcha varaqlaridagi “Bojxona belgilari uchun” maydonchasi to‘ldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan grafalarni to‘ldirish:
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
1) 1-grafa. “Sotuvchi”.
Grafada tovarni sotuvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
agar sotuvchi yuridik shaxs bo‘lsa — uning nomi;
agar jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) bo‘lsa — familiyasi, ismi, otasining ismi.
2) 2a-grafa. “Sotib oluvchi”.
Grafada O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga tovarni olib kirilishiga asos bo‘lgan tashqi savdo bitimida ko‘rsatilgan sotib oluvchi sifatida o‘tuvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
agar sotib oluvchi yuridik shaxs bo‘lsa — uning to‘liq nomi;
agar jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) bo‘lsa — familiyasi, ismi, otasining ismi.
Oldingi tahrirga qarang.
3) 2b-grafa. “Deklaratsiyalovchi shaxs”.
Grafada BQD-1ni to‘ldirgan va bojxona organiga taqdim etayotgan deklaratsiyalovchi shaxsning qisqacha nomi ko‘rsatiladi.
(14-bandning 3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
4) 3-grafa. “Yetkazib berish shartlari”.
Yetkazib berish shartlari tasniflagichiga muvofiq geografik punktni qayd etish bilan yetkazib berish shartining nomi ko‘rsatiladi.
5) 4-grafa. “Hisob raqami va sanasi”.
Sotuvchi tomonidan sotib oluvchiga qo‘yilgan tovarning qiymat bahosiga ega bo‘lgan hisobvaraq-faktura yoki hisob-proforma raqami va sanasi ko‘rsatiladi.
6) 5-grafa. “Kontrakt raqami va sanasi”.
Tovarlarning oldi-sotdi (yetkazib berish) tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) raqami va sanasi, shuningdek, uning amalda bo‘lgan ilovalari, unga qo‘shimchalari, agar ular mavjud bo‘lsa, raqami va sanasi ko‘rsatiladi.
7) 6-grafa.
Agar bojxona organining 7a — 9b grafalari bo‘yicha e’tirozlari bo‘lgan bo‘lsa, bunday hollarda ushbu sotib oluvchining avvalgi bitimlari bo‘yicha deklaratsiyalarning raqami va sanasi ko‘rsatiladi. Tovarning bojxona rasmiylashtiruvni amalga oshirgan bojxona organining nomi va e’tirozlarning mazmuni ko‘rsatiladi.
8) 7a-grafa.
Grafada keltirilgan maydonchada, tegishli javobga “X” belgisini qo‘yilishi ko‘rsatiladi.
Agar “Yo‘q” javobi bo‘lsa 8a va 8b grafalarini to‘ldirilishiga o‘tilishi lozim (7b grafa to‘ldirilmaydi).
Agar “Ha” javobi bo‘lsa (O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 307-moddasi bilan belgilangan jihatlar, sotuvchi va tovarlarni olib kiruvchi sotib oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lsa) 7b grafasi to‘ldiriladi.
9) 7b-grafa.
Grafada keltirilgan maydonchada, tegishli javobga “X” belgisini qo‘yilishi ko‘rsatiladi.
1-usulning qo‘llanilishiga faqatgina “Yo‘q” javobi bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi.
10) 8a-grafa.
Grafada keltirilgan maydonchada, tegishli javobga “X” belgisini qo‘yilishi ko‘rsatiladi.
1-usulning qo‘llanilishiga faqatgina “Yo‘q” javobi bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi.
11) 8b-grafa.
Grafada keltirilgan maydonchada, tegishli javobga “X” belgisini qo‘yilishi ko‘rsatiladi.
Agar sotish yoki bitimning bahosi ta’sirini hisobga olish mumkin bo‘lmagan shartlarga rioya etilishiga bog‘liq bo‘lsa, bunday shartlarning turi va mazmuni ko‘rsatiladi (masalan, sotib oluvchi tomonidan tovarni qaytarib yetkazib berish talablarining mavjudligi yoki ushbu bitimning qiymatiga ta’sir etgan sotuvchiga qandaydir xizmatlarning ko‘rsatilishi va h.k.), shuningdek ushbu shartlar qiymatga doir baholashning hisob-kitobi, bunday hisob-kitobning amalga oshirilishi uchun asos bo‘lgan hujjatlar ko‘rsatiladi. Tegishli summa bilvosita to‘lov sifatida 11b-grafasida ko‘rsatiladi.
Agar tegishli shartlar bitimning qiymatiga ta’sirni miqdoriy aniqlash va zarur bo‘lgan ravishda tasdiqlash mumkin bo‘lmasa (shu jumladan tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin ham), 1-usul qo‘llanilmaydi.
12) 9a-grafa.
Grafada keltirilgan maydonchada, tegishli javobga “X” belgisini qo‘yilishi ko‘rsatiladi.
“Ha” javobda 9b-grafasidan keyin intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun oldi-sotdi bitimining shartlariga muvofiq sotib oluvchi baholanayotgan tovarni sotish sharti sifatida bevosita yoki bilvosita to‘lashi kerak bo‘lgan, shu jumladan, agar ular amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan narxga qo‘shilmagan va sotuvchi tomonidan sotib oluvchiga qo‘yilgan hisobga kiritilmagan bo‘lsa, litsenziya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarga taalluqli bo‘lgan shartlar (masalan to‘lov turi, uni amalga oshirilishi uchun asos va h.k.) ko‘rsatiladi. Ushbu to‘lovlarning miqdori 15-grafada ko‘rsatiladi.
13) 9b-grafa.
Grafada keltirilgan maydonchada, tegishli javobga “X” belgisini qo‘yilishi ko‘rsatiladi.
“Ha” javobida ushbu grafadan keyin sotib oluvchi tomonidan olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, o‘zgacha tarzda tasarruf etish yoki undan boshqa tarzda foydalanishdan tushgan tushumning bevosita yoki bilvosita sotuvchiga tegishi kerak bo‘lgan har qanday qismining qiymati bo‘yicha shartlar ko‘rsatiladi. Tegishli bo‘lgan miqdor 16-grafada ko‘rsatiladi.
14) 10a-grafa. “Qo‘shimcha varaqlar soni”.
BQD–1ga ilova qilingan qo‘shimcha varaqlar soni ko‘rsatiladi (varaqlar soni oxirgi varaqning raqamidan ikkitaga kamaytirilgan raqamga to‘g‘ri kelishi kerak).
15) 10b-grafa. “Joy va sana:”.
Oldingi tahrirga qarang.
Grafada 2b-grafada ko‘rsatilgan shaxs nomidan BQD-1ni taqdim etayotgan joy va sana, shuningdek deklaratsiyalovchi shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatiladi (rekvizitlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va har birining oldiga ularning tartib raqami qo‘yiladi):
(14-band 15-kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1 — deklaratsiyalovchi shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
(14-band 15-kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
2 — agar tovarlarni deklaratsiyalash bojxona brokeri tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, bojxona brokeri va BQDni taqdim etilishi uchun topshiriq bergan shaxs o‘rtasidagi shartnoma raqami va sanasi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
BQD-1da bayon etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, elektron BQD-1 da deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qog‘oz shakldagi BQD-1da deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
(14-band 15-kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
16) grafa “Tovar №”.
BYD yoki unga qo‘shimcha varaqning aynan shunday grafasidagi tegishli tovarning tartib raqami ko‘rsatiladi.
17) grafa “Tovar kodi”.
Tovarning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga (bundan buyon matnda TIF TN deb yuritiladi) muvofiq o‘nta raqamli kodi ko‘rsatiladi.
A bo‘lim. “Hisoblash uchun asos”.
Ushbu bo‘limda tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos bo‘ladigan amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan bitim narxi to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Agar yetkazib berish shartlariga qarab (3-grafa) va tashqi savdo kontraktining (shartnomasining, kelishuvining) boshqa shartlari bo‘yicha ushbu narxga qo‘shimcha xarajatlar qo‘shilishi yoki chiqarib tashlanishi talab etilmasa, unda ko‘rsatilgan narx olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatiga teng bo‘lishi mumkin. Bunday holda bojxona qiymatini ma’lum va nazorat qilinishi ushbu narxni tekshirish va tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha xulosa qabul qilish hamda 1-usulni to‘g‘ri qo‘llanilganligiga baho berishdan iborat bo‘ladi. Bunda 12-grafadagi ma’lumotlar yig‘indisi 23a-grafasining umumiy yig‘indisida takrorlanadi.
18) 11a-grafa.
Birinchi qatorda O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib chiqish uchun sotilgan tovarga amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan bitim narxi tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida ko‘rsatiladi.
Ikkinchi qatorda tovarga amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan bitim narxi O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida (bundan buyon matnda milliy valyuta deb yuritiladi) qayta hisoblangan holda ko‘rsatiladi.
Uchinchi qatorda tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi milliy valyutasiga nisbatan kursi ko‘rsatiladi.
19) 11b-grafa .
Bilvosita to‘lovlarining summasi, milliy valyutada ko‘rsatiladi. Bilvosita to‘lovlar deganda sotuvchining manfaati doirasida sotib oluvchi tomonidan uchinchi shaxs nomiga amalga oshirilgan to‘lovlar, shuningdek, sotuvchining foydasiga sotib oluvchi tomonidan kandaydir tovarlarni yetkazib berish qiymati va hokazolar tushuniladi.
Mazkur grafada tegishli shartlar mavjud bo‘lgan hollar uchun deklarant yoki bojxona brokerining hujjatlari va tegishli hisob-kitoblar bilan tasdiqlangan bitim narxiga tuzatishlar kiritish miqdori aks ettiriladi (8b-grafada keltiriladi).
Agar 11b-grafada bilvosita to‘lovlar va narxga kiritilgan tuzatishlarning miqdoriy yig‘indisi ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunda 11b-grafada ko‘rsatilgan umumiy summaning rasshifrovkasi BQD–1 varag‘ining tegishli “Qo‘shimcha ma’lumotlar” grafasida qayd etiladi.
Agar bilvosita to‘lovlar va narxga kiritilgan tuzatishlar olib kirilayotgan barcha yoki ma’lum bir tovar nomlariga taalluqli bo‘lsa, bunda har bir tovar nomlari o‘rtasida bilvosita to‘lovlarining miqdoriy yig‘indisi 11a-grafada ko‘rsatilgan har bir tovar nomlarining qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
20) 12-grafa. “Jami milliy valyutada”.
11a va 11b-grafalarning yig‘indisi milliy valyutada ko‘rsatiladi.
B bo‘lim. “Qo‘shimcha hisoblar: “A” bo‘limga kiritilmagan xarajatlar, milliy valyutada”.
Ushbu bo‘limda olib kirilayotgan tovar uchun amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan bitim narxiga O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 304-moddasiga muvofiq kiritilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha hisoblar milliy valyutada ko‘rsatiladi.
Agar qo‘shimcha hisoblanishi talab etilayotgan xarajatlar sotib oluvchi tomonidan xorijiy valyutada amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda 24-grafada ushbu xarajatlarning qayta hisoblash bo‘yicha ma’lumotlar, ushbu ma’lumotlar taalluqli bo‘lgan BQD–1dagi tovar va grafasining raqamini ko‘rsatish bilan, Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning raqamli kodi, xorijiy valyutadagi xarajatlar summasi va BYD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi valyutani qayta hisoblash kursi ko‘rsatiladi. 13 — 17 grafalardagi barcha ma’lumotlar milliy valyutada ko‘rsatiladi.
21) 13-grafa “Sotib oluvchi tomonidan qilingan xarajatlar:”.
Ushbu grafada 11a-grafada ko‘rsatilgan amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan bitim narxiga kiritilmagan, ya’ni sotuvchi tomonidan sotib oluvchiga qo‘yilgan hisobvaraq-fakturaga (invoysga) kiritilmagan, biroq baholanayotgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilishiga doir va sotib oluvchi tomonidan to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan sotib oluvchining xarajatlari aks ettiriladi.
22) 13a-grafa.
Sotib oluvchining vositachilik va brokerlik haqlarini to‘lash uchun xarajatlar, bundan tovarni xarid qilishdagi vositachilik xarajatlari mustasno, agar ular ilgari bitim narxiga kiritilmagan bo‘lsa ko‘rsatiladi.
Agar BQD–1 bitta partiyadagi bir necha nomlardagi tovarlarga to‘ldirilayotgan bo‘lsa, unda ko‘rsatilgan xarajatlarning taqsimlanishi har bir tovar nomlari o‘rtasida 12-grafada ko‘rsatilgan tegishli miqdoriga mutanosib ravishda amalga oshirilgan holda to‘ldiriladi.
Agar yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar xorijiy valyutada to‘langan bo‘lsa, u holda milliy valyutaga qayta hisoblash 24-grafada ko‘rsatiladi.
23) 13b-grafa.
Sotib oluvchining konteynerlar (idish) va o‘rov-joylov, shu jumladan, o‘rash-joylash materiallarining va o‘rash-joylash ishlarining qiymati, agar ular bitim narxiga ilgari kiritilmagan bo‘lsa va agar bunday idish va (yoki) o‘rov-joylovlar TIF TNga muvofiq baholanayotgan tovar bilan bir butun deb qaralsa ko‘rsatiladi. Konteyner deganda konteyner taraning bir ko‘rinishi ekanligi nazarda tutiladi.
Agar ko‘p marta ishlatiladigan idishdan foydalanilayotgan bo‘lsa, tovarni ko‘p martalik yetkazib berilishida uning qiymati har bir partiyadagi tovarlarning miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Idish uchun xarajatlarning mutanosib ravishda taqsimlanishi (ya’ni uning qiymatini har bir partiya uchun bo‘lib-bo‘lib taqsimlanishi) bojxona organlari tomonidan tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) aks etganligi yoki boshqa biron bir hujjat bilan tasdiqlanganligi sharti mavjud bo‘lsa qabul qilinadi.
Sotuvchiga idishni qaytarib berish uchun alohida to‘lanadigan summalar idish uchun amalga oshirilgan xarajatlar bo‘lib hisoblanmaydi.
Agar idish uchun amalga oshirilgan xarajatlar xorijiy valyutada to‘langan bo‘lsa, u holda milliy valyutaga qayta hisoblash 24-grafada ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
24) 14-grafa.
Sotib oluvchi tomonidan bitim narxiga kiritilmagan miqdorda bepul yoki arzonlashtirilgan narxda bevosita yoxud bilvosita ko‘rsatiladigan quyidagi xizmatlarning va yetkazib beriladigan boshqa tovarlarning tegishli tarzda taqsimlangan qiymati ko‘rsatiladi:
olib kiriladigan tovarlar qaysi xomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa tovarlardan ishlab chiqilgan (iborat) bo‘lsa, o‘sha xomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa tovarlar;
olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan asboblar, shtamplar, qoliplar va boshqa shu kabi tovarlar;
olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishda sarflangan materiallar;
bojxona hududidan tashqarida tayyorlangan va olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan loyihalashtirish, ishlab chiqish, muhandislik, konstruktorlik ishlari, dizayn, eskizlar va chizmalar.
(14-bandning 24-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 3-noyabrdagi 298-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2868-4, 12.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2025-y., 10/25/2868-4/1046-son)
25) 15-grafa.
Intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun sotib oluvchi baholanayotgan tovarni sotish sharti sifatida bevosita yoki bilvosita to‘lashi kerak bo‘lgan litsenziya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar milliy valyutada ko‘rsatiladi (9a grafa bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan holda).
Bunda sotib oluvchi bevosita sotuvchiga yoki uning foydasiga uchinchi shaxsga to‘lashi lozim bo‘lgan intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun litsenziya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar inobatga olinadi.
Agar intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun litsenziya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar olib kirilayotgan barcha yoki ma’lum bir tovarlar nomlariga taalluqli bo‘lsa hamda intellektual mulk obyektlaridan foydalanish huquqini berish to‘g‘risidagi kelishuvda bunday foydalanish uchun tovarlarning alohida nomlari o‘rtasida to‘lovlarning taqsimlanishi ko‘rsatilmagan bo‘lsa (masalan, bir martalik to‘lov), u holda intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlarning miqdoriy yig‘indisi 12-grafada ko‘rsatilgan tovarlarning har bir nomlari qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi, bundan deklarant yoki bojxona brokerining xohishiga ko‘ra shunday to‘lovlarning miqdoriy yig‘indisi soliqqa solishning eng yuqori darajasiga ega bo‘lgan tovarning bojxona qiymatiga qo‘shiladigan holatlar mustasno. Deklarant yoki bojxona brokerining xohishiga ko‘ra intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlarning miqdoriy yig‘indisi bunday to‘lovlarni nazarda tutuvchi birinchi partiya tovarlarga nisbatan qo‘llanishi mumkin.
Agar yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar xorijiy valyutada to‘langan bo‘lsa, u holda milliy valyutaga qayta hisoblash 24-grafada ko‘rsatiladi.
26) 16-grafa.
Ushbu grafada olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, o‘zgacha tarzda tasarruf etish yoki undan boshqa tarzda foydalanishdan tushgan tushumning bevosita yoki bilvosita sotuvchiga tegishi kerak bo‘lgan har qanday qismining qiymati (9b-grafa bilan bog‘langan holda) inobatga olinadi.
Masalan.
Agar tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) sotib oluvchi olishi lozim bo‘lgan daromaddan 20%ni sotuvchiga qaytarib berishi kerakligi nazarda tutilgan bo‘lsa, bunda ushbu daromadning tegishli qismi summasi BQD–1ning 16-grafasida ko‘rsatilgan holda bojxona qiymatiga qo‘shish lozim.
Bunday holda agar bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida daromad summasi noma’lum bo‘lsa, u holda dastlabki (kutilayotgan) summa ko‘rsatiladi (kutilayotgan daromadning miqdorini aniqlash uchun mustaqil ekspert baholashni o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Daromadning summasini hamda sotuvchiga qaytarilishi lozim bo‘lgan uning o‘sha tegishli bo‘lgan qismi aniqlangunga qadar, tovar belgilangan tartibda sotib oluvchiga foydalanish uchun taqdim etilishi mumkin yoki tovarning bojxona baholanishi BQD–2 to‘ldirish orqali 2 — 6-usullari yordamida amalga oshiriladi.
27) 17-grafa “Tovarni yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlar:”.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitim narxiga tovarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlar, agar bu xarajatlar bitim narxiga kiritilmagan bo‘lsa, kiritiladi.
BQD–1ning 17-grafasida 11a-grafada ko‘rsatilgan bitim narxiga yetkazish shartlariga muvofiq qo‘shilmagan, sotib oluvchi tomonidan alohida to‘lanishi shart bo‘lgan va bojxona qiymatiga qo‘shilishi lozim bo‘lgan tovarning haqiqatda yetkazib berish joyi albatta ko‘rsatilishi kerak.
Agar 17a–17v-grafalarida ko‘rsatilgan xarajatlar xorijiy valyutada to‘langan bo‘lsa, u holda milliy valyutaga qayta hisoblash 24-grafada ko‘rsatiladi.
28) 17a-grafa.
Grafada milliy valyutada tovarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan tashish xarajatlar, agar yetkazib berish shartlariga muvofiq ular bitim narxiga kiritilmagan bo‘lsa (11a-grafa), kiritiladi.
Agar BQD–1 turli nomdagi tovarlar uchun to‘ldirilayotgan bo‘lsa, tashish xarajatlari tegishli tovarlar o‘rtasida ularning brutto og‘irligiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
29) 17b-grafa.
Grafada milliy valyutada tovarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga to‘kish xarajatlari, agar ular bitim narxiga kiritilmagan bo‘lsa (11a-grafa), kiritiladi.
Agar BQD–1 turli nomdagi tovarlar uchun to‘ldirilayotgan bo‘lsa, bunday xarajatlar tegishli tovarlar o‘rtasida ularning brutto og‘irligiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
30) 17v-grafa.
Grafada milliy valyutada tovarning sug‘urta qiymati, agar u ilgari bitim narxiga kiritilmagan bo‘lsa (11a-grafa), ko‘rsatiladi.
Agar BQD–1 turli nomdagi tovarlar uchun to‘ldirilayotgan bo‘lsa, sug‘urta qiymati tegishli tovarlar o‘rtasida 12-grafada ko‘rsatilgan qiymatga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
31) 18-grafa “Jami milliy valyutada”.
“B” bo‘limda ko‘rsatilgan miqdor milliy valyutada ko‘rsatiladi.
V bo‘lim. “Chegirmalar: “A” bo‘limiga kiritilgan to‘lov va xarajatlar, milliy valyutada”.
Mazkur bo‘limda “A” bo‘limiga kirgan, lekin O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 305-moddasiga muvofiq olib kiriladigan tovarning bitim narxidan, basharti ular O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovar uchun amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan narxdan ajratib olingan, deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan ma’lum qilingan hamda ular tomonidan hujjat bilan tasdiqlangan bo‘lsa, chiqarib tashlanishi shart bo‘lgan to‘lovlar va xarajatlarning summasi milliy valyutada ko‘rsatiladi.
19 — 22 grafalardagi barcha ma’lumotlar milliy valyutada ko‘rsatiladi.
Agar bunday xarajatlar xorijiy valyutada ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda 24-grafada qayta hisoblash bo‘yicha ma’lumotlar, ushbu ma’lumotlar taalluqli bo‘lgan BQD–1dagi tovar va grafasining raqamini ko‘rsatish bilan, Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning raqamli kodi, xorijiy valyutadagi xarajatlar summasi va BYD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi valyutani qayta hisoblash kursi ko‘rsatiladi.
32) 19-grafa.
Sanoat qurilmalari, mashinalar yoki uskunalar kabi tovarlar bojxona hududiga olib kirilganidan keyin amalga oshirilgan uskunalarni qurish, o‘rnatish, yig‘ish, montaj qilish, sozlash va ularga xizmat ko‘rsatish yoki texnik ko‘maklashish xarajatlarining, agar tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) bunday ishlar ko‘zda tutilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovar uchun amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan bitim narxidan ajratib olingan bo‘lsa, tegishli summasi ko‘rsatiladi.
33) 20-grafa.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilganidan keyin belgilangan joygacha yetkazib berish bilan bog‘liq tashish xarajatlarining summasi, agar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovar uchun amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan bitim narxidan ajratib olingan bo‘lsa, ko‘rsatiladi.
34) 21-grafa.
Tovarni olib kirish yoki sotish bilan bog‘liq bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida to‘lanadigan bojxona va boshqa to‘lovlar summasi, agar tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) shartlarida sotuvchi tomonidan to‘lanishi belgilangan bo‘lsa, ko‘rsatiladi.
35) 22-grafa.
“V” bo‘limda ko‘rsatilgan miqdor milliy valyutada ko‘rsatiladi.
36) 23a-grafa.
12 va 18-grafalarda ko‘rsatilgan miqdorni qo‘shish va 22-grafada ko‘rsatilgan ushbu miqdor summasidan ayrish yo‘li bilan hisoblangan tovarning bojxona qiymati milliy valyutada ko‘rsatiladi.
37) 23b-grafa.
23a-grafada ko‘rsatilgan tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida qayta hisoblangan bojxona qiymati ko‘rsatiladi. Tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida qayta hisoblash “A” bo‘limida ko‘rsatilgan valyuta kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. Hosil bo‘lgan summa BYDda bojxona to‘lovlarini hisoblash uchun asos sifatida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelishi lozim.
Agar bitim bo‘yicha biron bir hujjatlar bilan xorijiy valyuta turi belgilanmagan bo‘lsa, unday holda 23b-grafadagi ma’lumotlar AQSH dollarida ko‘rsatiladi.
38) 24-grafa.
Agar bojxona qiymatini tarkibiga kiruvchi bir yoki bir necha qismlar (13 — 21 grafalarda ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan) tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi), hisobvaraq-faktura (invoys) yoki boshqa tijorat hujjatlarda xorijiy valyutada ko‘rsatilgan bo‘lsa, qayta hisoblash bo‘yicha ma’lumotlar, ushbu ma’lumotlar taalluqli bo‘lgan BQD–1dagi tovar va grafasining raqami, Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning raqamli kodi, xorijiy valyutadagi xarajatlar summasi va qayta hisoblashga tegishli bo‘lgan kurs ko‘rsatiladi.
39) “Qo‘shimcha ma’lumotlar” grafasi.
Zaruriyat tug‘ilganida BQD–1da ko‘rsatilgan axborotlarga taalluqli bo‘lgan har qanday qo‘shimcha ma’lumotlar (hisob-kitoblar) ko‘rsatiladi.
3-bob. BQD–2ni to‘ldirish
Oldingi tahrirga qarang.
15. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi grafalar to‘ldiriladi: 1, 2a, 2b, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, “Tovar №”, “Tovar kodi”, 11, 12, 12a — 12d, 13, 13a, 13b, 14, 14a — 14d, 15, 16, 17, 17a, 17b, 18a, 18b, 19, 20, 21, 22, 23a, 23b, 24, “Qo‘shimcha ma’lumotlar”, “Imzo”.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
1, 2a, 2b, 3-grafalar BQD–1ning tegishli grafalarini to‘ldirish tartibiga muvofiq to‘ldiriladi.
16. Bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan BQD–2ning asosiy va qo‘shimcha varaqlaridagi “Bojxona belgilari uchun” maydonchasi to‘ldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan grafalarning to‘ldirilishi:
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
BQD–2ning asosiy varag‘i
1) 4-grafa.
Deklaratsiyalanayotgan tovarning olib kirish uchun asos bo‘lgan hujjatning turi, raqami va sanasi (masalan, tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) tovarlarning barter yoki kompensatsion operatsiyalar doirasida yetkazib berilishi va h.k.) ko‘rsatiladi.
2) 5-grafa.
4-grafada ko‘rsatilgan hujjatlar bo‘yicha ilgari olib kirilgan tovarlar yuzasidan bojxona organlarining qabul qilingan qarorlari hujjatlari yoki bunday tovarlarga nisbatan sud organlarining qarorlarining rekvizitlari (raqami va sanasi) ko‘rsatiladi.
3) 6-grafa.
Deklaratsiyalanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun foydalanayotgan usulga “X” belgisi qo‘yiladi.
Bojxona qiymati 1-usul asosidagi 6-usul bilan aniqlanganida faqatgina (e) maydonchasiga belgi qo‘yiladi.
Bojxona qiymati 2 — 5-usul asosidagi 6-usul bilan aniqlanganida (d) maydonchasiga belgi qo‘yilishi bilan bir vaqtning o‘zida 2 — 5-usullardan biriga tegishli bo‘lgan maydonchaga ham belgi qo‘yiladi.
Agar BQD–2ning “Tovar №” grafalarida turli raqamlar bilan ko‘rsatilgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda bojxona qiymatini aniqlashning turli xil usullaridan foydalanilayotgan bo‘lsa, (j) maydonchasiga belgi qo‘yiladi.
4) 7-grafa.
Ushbu grafada 6-grafada ko‘rsatilgan usuldan barcha oldingi usullarni qo‘llab bo‘lmaslik sabablari qisqacha asoslab beriladi, bunda 1-usul uchun uni nimaga muvofiq qo‘llab bo‘lmaslikning aniq sabablari ko‘rsatilishi shart, boshqa usullar uchun ularni qo‘llab bo‘lmaslik asosi sifatida tegishli hujjat va ma’lumotlar mavjud emasligi sababi ko‘rsatiladi.
Masalan.
Agar 6-grafada 4-usul belgilangan bo‘lsa, 7-grafada quyidagilar ko‘rsatilishi mumkin:
1-usul — qo‘llab bo‘lmaydi, chunki ko‘rib chiqilayotgan bitim o‘zaro bog‘liq shaxslar o‘rtasida tuzilgan va o‘zaro bog‘liqlik bitimning narxiga ta’sir ko‘rsatgan. Ushbu baholashning qiymatga ta’sirini aniqlash imkoniyati mavjud emas;
2-usul — aynan bir xil tovarlar bo‘yicha ma’lumot mavjud emas;
3-usul — o‘xshash tovarlar bo‘yicha ma’lumot mavjud emas.
5) 8-grafa.
Bojxona qiymatini aniqlashda qo‘llanilgan usuldan kelib chiqib ma’lum qilingan ma’lumotlarni tasdiqlash uchun taqdim etilgan asosiy hujjatlarning nomi va rekvizitlari ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona qiymati 2 va 3-usullar bo‘yicha aniqlanganda, mazkur grafa to‘ldirilmaydi. Bunda, bojxona qiymatini 2 va 3-usullar bo‘yicha aniqlash uchun foydalanilgan axborot manbalari 20-grafada ko‘rsatiladi:
(17-band 5-kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band 5-kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band 5-kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band 5-kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band 5-kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
Bojxona qiymati 4-usul bo‘yicha aniqlanganda baholanayotgan, aynan bir xil yoki o‘xshash O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida sotilayotgan tovar birligining narxi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar har birining oldiga ularning tartib raqami qo‘yilgan holda ko‘rsatiladi (rekvizitlarning har biri yangi satrdan boshlanadi):
1 — baholanayotgan, aynan bir xil yoki o‘xshash tovarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida sotilayotganligi to‘g‘risidagi shartnoma raqami va sanasi;
2 — O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida sotish uchun qo‘yilgan hisobvaraq- faktura raqami va sanasi;
3 — baholanayotgan, aynan bir xil yoki o‘xshash tovarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida sotilgan shartnomasi bo‘yicha to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi bank hujjati raqami va sanasi;
4 — O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga tovarlarni olib kirish va (yoki) sotish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasida bojxona boji, soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjatlar raqami va sanasi;
5 — baholanayotgan tovarning keyinchalik ishlov berish bo‘yicha pullik xizmat ko‘rsatish shartnomasi raqami va sanasi;
6 — O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga tovarni olib kirish hamda sotishni amalga oshirish va (yoki) unga keyinchalik ishlov berish munosabati bilan xarajatlarni aks ettiruvchi tijorat va (yoki) buxgalterlik hujjatlari raqami va sanasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona qiymati 1-usul asosidagi 6-usul bo‘yicha aniqlanganda, bojxona qiymatini aniqlashda foydalanilgan hujjatlar ko‘rsatiladi.
(17-band 5-kichik bandining o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
1 — ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar hamda materiallarni sotib olish va (yoki) baholanayotgan tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan va umum qabul qilingan buxgalterlik hisobi tamoyillariga muvofiq tuzilgan baholanayotgan tovar ishlab chiqaruvchisining, shuningdek baholanayotgan (olib kiriladigan) tovarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa operatsiyalar, shu jumladan, idish va o‘rash-joylash uchun qilingan xarajatlar, shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida bajarilgan loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatlari ishlab chiqaruvchi to‘laganligi buxgalterlik hujjatlari raqami va sanasi;
2 — ishlab chiqaruvchi va (yoki) eksporterning baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni o‘sha mamlakatda ishlab chiqarilgan ayni o‘sha klassdagi va turdagi tovarni O‘zbekiston Respublikasida sotishda odatda eksport qiluvchi tomonidan olinadigan foyda va O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 312-moddasi “a” bandida aks ettirilmagan umumiy xarajatlarning hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan buxgalterlik hujjatlari raqami va sanasi;
3 — tijorat hujjatlarining raqami va sanasi.
Bojxona qiymati 1-usul asosidagi 6-usul bo‘yicha aniqlanganda bojxona qiymatini 1-usul bo‘yicha aniqlashda birmuncha qayishqoqlik bilan uni qo‘llash orqali foydalanilgan hujjatlar ko‘rsatiladi.
Bojxona qiymati 2 — 4-usullar asosidagi 6-usul bo‘yicha aniqlanganda mazkur grafa to‘ldirilmaydi. Bunda bojxona qiymati 2 va 3-usullar asosidagi 6-usul bo‘yicha aniqlash uchun foydalanilgan axborot manbalari 20-grafada, 4-usul asosidagi 6-usul bo‘yicha 19-grafada ko‘rsatiladi.
6) 9-grafa “Qo‘shimcha varaqlar soni”.
BQD–2ga qo‘shimcha varaqlar soni ko‘rsatiladi (varaqlar soni oxirgi varaqning raqamidan ikkitaga kamaytirilgan raqamga to‘g‘ri kelishi kerak).
7) 10-grafa “Joy va sana:”.
BQD–1ning 10b-grafasini to‘ldirish uchun belgilangan tartibda to‘ldiriladi.
2-usul va u asosidagi 6-usul uchun BQD–2ning ikkinchi asosiy varag‘i
8) “Tovar №” grafasi.
BYD yoki unga qo‘shimcha varaqning aynan shunday grafasidagi tegishli tovarning tartib raqami ko‘rsatiladi.
9) “Tovar kodi” grafasi.
Tovarning TIF TNga muvofiq o‘nta raqamli kodi ko‘rsatiladi.
10) 11-grafa.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona qiymatini 2-usul bo‘yicha aniqlashda O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish uchun sotilgan va O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga baholanayotgan tovar olib kirilguniga qadar to‘qson kalendar kun ichida olib kirilgan, taxminan o‘sha miqdorda va (yoki) o‘sha tijorat shartlarida olib kirilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 303-moddasiga muvofiq deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan aniqlangan hamda bojxona organi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingan aynan bir xil tovarga doir bitimning kiymati (milliy valyutada) ko‘rsatiladi (BQD–1ning 23a-grafasi).
(17-band 10-kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
Bojxona qiymati 2-usul asosidagi 6-usul bo‘yicha aniqlashda aynan bir xil tovar birligining narxi ko‘rsatiladi.
B bo‘lim. “Bitim qiymatiga tuzatishlar (+/–)”.
Mazkur bo‘limda olib kirilgan aynan bir xil tovarning shartlarini olib kirilgan baholanayotgan tovarning shartlariga solishtirib bo‘ladigan ko‘rinishga keltirilishini ta’minlaydigan 11-grafada ko‘rsatilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga tegishli tuzatishlar ko‘rsatiladi.
Tuzatishlar kiritish agar ular aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatini ko‘paytirsa “+” belgisi bilan bo‘lishi mumkin, shuningdek, agar ular aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatini kamaytirsa, “–” belgisi bilan bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga tuzatishlar kiritish deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan to‘g‘ri va hujjat bilan tasdiqlangan ma’lumotlar asosida amalga oshirilishi lozim.
(17-band 10-kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
11) 12a-grafa.
Tovar birligi uchun narxini o‘zgarishi munosabati bilan 11-grafada ko‘rsatilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatini kamaytirilishi lozim bo‘lgan miqdor ko‘rsatiladi.
Masalan, tashqi savdo kontraktiga (shartnomasiga, kelishuviga) muvofiq tovarning bir birlik uchun narxi tovar birligini sotilgan miqdoriga bog‘liq bo‘lsa, biroq baholanayotgan va aynan bir xil tovarlar tovarning birligi uchun narxlarining turli xil darajalariga mos keluvchi mikdorlarda sotilgan holatlar nazarda tutiladi.
Agar 11-grafada baholanayotgan tovar bilan taxminan o‘sha miqdorda sotilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati ko‘rsatilsa (ya’ni tovar birligi uchun aynan o‘sha va bir xil narxda) yoki tovar birligi uchun narxi shu tovar birligining sotilgan miqdoriga bog‘liqligi hujjat bilan tasdiqlashning imkoniyati mavjud bo‘lmasa grafa to‘ldirilmaydi.
12) 12b-grafa.
11-grafadagi ko‘rsatilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati kamaytirilishi lozim bo‘lgan miqdor agar aynan bir xil tovar baholanayotgan tovar bilan o‘sha tijorat shartlarida sotilgan deb qaralganda ko‘rsatiladi.
Agar baholanayotgan tovar bilan o‘sha tijorat (ulgurji, chakana) shartida sotilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati ko‘rsatilsa 11-grafa to‘ldirilmaydi.
13) 12v-grafa.
Quyidagilar ko‘rsatiladi:
baholanayotgan tovarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan joyi (geografik punkti);
aynan bir xil tovar hamda baholanayotgan tovarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan joyiga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan tashish xarajatlarining farqi.
Agar baholanayotgan tovar aynan bir xil tovarga nisbatan farqli ravishda boshqa yunalishlar va (yoki) boshqa transport turi orqali tashilayotgan bo‘lsa grafa to‘ldiriladi.
14) 12g-grafa.
Aynan bir xil tovarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan joyiga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga to‘kish xarajatlarining farqi ko‘rsatiladi.
15) 12d-grafa.
12v va 12g-grafalarda ko‘rsatilgan operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq baholanayotgan tovar va aynan bir xil tovarning sug‘urta qiymatlarining farqi ko‘rsatiladi.
Agar 11-grafada ko‘rsatilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga qo‘shilgan xarajatlar baholanayotgan tovarga nisbatan tegishli bo‘lgan bunday xarajatlardan jiddiy farqlansa 12g va 12d-grafalar to‘ldiriladi.
16) 13-grafa.
12a dan 12d gacha bo‘lgan grafalarda keltirigan miqdor milliy valyutada ko‘rsatiladi.
17) 14a-grafa.
Tovar birligi uchun narxini o‘zgarishi munosabati bilan 11-grafada ko‘rsatilgan aynan bir xil tovarga doir bitim qiymatini ko‘paytirilishi lozim bo‘lgan miqdor ko‘rsatiladi.
Masalan, tashqi savdo kontraktiga (shartnomasiga, kelishuviga) muvofiq tovarning bir birlik uchun narxi tovar birligini sotilgan miqdoriga bog‘liq bo‘lsa, biroq baholanayotgan va aynan bir xil tovarlar tovarning birligi uchun narxlarining turli xil darajalariga mos keluvchi miqdorlarda sotilgan holatlar nazarda tutiladi.
Agar 11-grafada baholanayotgan tovar bilan taxminan o‘sha miqdorda sotilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati ko‘rsatilsa (ya’ni tovar birligi uchun aynan o‘sha va bir xil narxda) yoki tovar birligi uchun narxi shu tovar birligining sotilgan miqdoriga bog‘liqligi hujjat bilan tasdiqlashning imkoniyati mavjud bo‘lmasa grafa to‘ldirilmaydi.
18) 14b-grafa.
11-grafadagi ko‘rsatilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati ko‘paytirilishi lozim bo‘lgan miqdor agar aynan bir xil tovar baholanayotgan tovar bilan o‘sha tijorat shartlarida sotilgan deb qaralganda ko‘rsatiladi.
Agar baholanayotgan tovar bilan o‘sha tijorat (ulgurji, chakana) shartida sotilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati ko‘rsatilsa 11-grafa to‘ldirilmaydi.
19) 14v-grafa.
Quyidagilar ko‘rsatiladi:
baholanayotgan tovarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan joyi (geografik punkti);
aynan bir xil tovar hamda baholanayotgan tovarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan joyiga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan tashish xarajatlarining farqi.
Agar baholanayotgan tovar aynan bir xil tovarga nisbatan farqli ravishda boshqa yunalishlar va (yoki) boshqa transport turi orqali tashilayotgan bo‘lsa grafa to‘ldiriladi.
20) 14g-grafa.
Aynan bir xil tovarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan joyiga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga to‘kish xarajatlarining farqi ko‘rsatiladi.
21) 14d-grafa.
14v va 14g-grafalarda ko‘rsatilgan operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq baholanayotgan tovar va aynan bir xil tovarning sug‘urta qiymatlarining farqi ko‘rsatiladi.
Agar 11-grafada ko‘rsatilgan aynan bir xil tovarga doir bitim qiymatiga qo‘shilgan xarajatlar baholanayotgan tovarga nisbatan tegishli bo‘lgan bunday xarajatlardan jiddiy farqlansa 14g va 14d-grafalar to‘ldiriladi.
22) 15-grafa.
14a dan 14d gacha bo‘lgan grafalarda keltirilgan miqdor milliy valyutada ko‘rsatiladi.
23) 16-grafa.
13-grafada ko‘rsatilgan summaga kamaytirilgan hamda 15-grafada ko‘rsatilgan summaga ko‘paytirilgan aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati ko‘rsatiladi.
Agar aynan bir xil tovar baholanayotgan tovar bilan o‘sha tijorat (ulgurji, chakana) shartida va taxminan o‘sha miqdorda sotilgan bo‘lsa, shuningdek baholanayotgan va bir xil tovarlarga nisbatan tashilayotgan transport turi va ular olib o‘tilayotgan (tashilayotgan) masofalarning turli xil shartlanishiga qaramay, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 304-moddasi birinchi kismi “a” bandida ko‘rsatilgan xarajatlarni hisobga olish uchun ular bilan sezilarli farqi bitim qiymatiga tuzatishlar kiritishga zaruriyati mavud bo‘lmasa, bunda 16-grafada 11-grafada ko‘rsatilgan bitim qiymatining miqdori ko‘rsatiladi.
24) 17-grafa.
Tovar miqdori tegishli o‘lchov birliklarida (kilogrammlar, donalar va boshqa) bunday o‘lchov birliklari bevosita ushbu miqdorga keltirilgandan keyin ko‘rsatiladi.
Agar baholanayotgan va aynan bir xil tovarlar miqdori bir xil bo‘lgan holda grafa to‘ldirilmaydi. Mazkur grafada 12a, 14a-grafalarda ko‘rsatilgan tuzatishlar kiritish hisobga olinmaydi.
25) 17a-grafa.
11-grafadagi bitim qiymati ko‘rsatilgan aynan bir xil tovarning miqdori ko‘rsatiladi.
26) 17b-grafa.
Baholanayotgan (deklaratsiyalanayotgan) tovarning miqdori ko‘rsatiladi.
27) 18a-grafa.
Bojxona qiymatini 2-usul bo‘yicha aniqlashda 17a-grafada ko‘rsatilgan miqdorga 17b-grafada ko‘rsatilgan miqdor nisbatiga 16-grafada ko‘rsatilgan miqdorni ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblangan baholanayotgan tovarning bojxona qiymati ko‘rsatiladi.
Agar 17-grafa to‘ldirilmagan bo‘lsa, 16-grafadagi ma’lumotlardan foydalaniladi.
28) 18b-grafa.
18a-grafada ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi milliy valyuta kursi bo‘yicha AQSH dollariga qayta hisoblangan baholanayotgan tovarning bojxona qiymati ko‘rsatiladi.
29) 19-grafa.
Agar bojxona qiymatini tarkibiga kiruvchi bir yoki bir necha qismlar (“B” bo‘limida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan) xorijiy valyutada ko‘rsatilgan bo‘lsa, qayta hisoblash bo‘yicha ma’lumotlar, ushbu ma’lumotlar taalluqli bo‘lgan BQD–1dagi tovar va grafasining raqami, Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning raqamli kodi, xorijiy valyutadagi xarajatlar summasi va qayta hisoblashga tegishli bo‘lgan kurs ko‘rsatiladi.
30) 20-grafa.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur grafada bojxona qiymatini 2 va 3-usullar hamda ushbu usullar asosidagi 6-usul bo‘yicha aniqlash uchun foydalaniladigan axborot manbalari ko‘rsatiladi.
(17-band 30-kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
Agar bojxona qiymatini hisoblash uchun BYD asosidagi elektron baza ma’lumotlaridan foydalanilsa, bunday holda grafada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi (rekvizitlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va har birining oldiga ularning tartib raqami qo‘yiladi):
1 — tovar raqami;
2 — BYD raqami;
3 — aynan bir xil tovar birligi uchun qiymati;
4 — Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning raqamli kodi;
5 — BYD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi valyutani qayta hisoblash kursi;
6 — TIF TNda ko‘rsatilgan “O‘lchov birliklari jadvali”ga muvofiq o‘lchov birligining raqamli kodi. Agar mazkur tovar uchun TIF TN bo‘yicha faqatgina asosiy o‘lchov birligi (kg) qo‘llanilsa, grafada uning kodi (166) ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band 30-kichik bandining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band 30-kichik bandining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band 30-kichik bandining o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band 30-kichik bandining o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band 30-kichik bandining o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band 30-kichik bandining o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band 30-kichik bandining o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar bojxona qiymatini hisoblash uchun muqobil manbalardan foydalanilsa, bunday holda grafada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi (rekvizitlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va har birining oldiga ularning tartib raqami qo‘yiladi):
(17-band 30-kichik bandining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
1 — tovar raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
2 — muqobil manba;
(17-band 30-kichik bandining o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
3 — aynan bir xil tovar birligi uchun qiymati; tovarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan joyiga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarining summasi;
4 — Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning raqamli kodi;
5 — BYD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi valyutani qayta hisoblash kursi;
6 — TIF TNda ko‘rsatilgan “O‘lchov birliklari jadvali”ga muvofiq o‘lchov birligining raqamli kodi. Agar mazkur tovar uchun TIF TN bo‘yicha faqatgina asosiy o‘lchov birligi (kg) qo‘llanilsa, grafada uning kodi (166) ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Muqobil manba sifatida ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki yetkazib beruvchilarning rasmiy e’lon qilinadigan ma’lumotnomalari, byulletenlari, birja kotirovkalari, prays-varaqlardan, ular uyushmalari yoki birlashmalarining yig‘ma narx ma’lumotnomalaridan, tovarlarni ishlab chiqaruvchi xorijiy kompaniyalar vakolatxonalarining, ularning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan dilerlari yoki distribyutorlarining ma’lumotlaridan, davlatlararo ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan davlatlardan olingan narx ma’lumotlari, baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibdagi baholash hisobotlari, ichki bozorni o‘rganish dalolatnomalari, shuningdek, narxlar konyunkturasini xolis shakllantiradigan umumiy foydalaniladigan narx to‘g‘risidagi ma’lumotlarning boshqa ishonchli manbalari qabul qilinishi mumkin.
(17-bandning 30-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) asosan o‘n yettinchi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31) “Imzo” grafasi.
Ma’lumotlarning to‘g‘riligi deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qog‘oz shakli deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
(17-bandning 31-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
3-usul va u asosidagi 6-usul uchun BQD–2ning ikkinchi asosiy varag‘i
Oldingi tahrirga qarang.
18. “Tovar №”, “Tovar kodi”, 11, 12 a-12 d, 13, 14 a-14 d, 15, 16, 17 a, 17 b, 18 a, 18 b, 19, 20, “Imzo” grafalarini to‘ldirish tartibi 2-usul va u asosidagi 6-usul uchun BQD–2ning ikkinchi asosiy varag‘ining grafalarini to‘ldirish tartibi bilan o‘xshash bo‘ladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
4-usul va u asosidagi 6-usul uchun BQD–2ning ikkinchi asosiy varag‘i
32) “Tovar №” grafasi.
BYD yoki unga qo‘shimcha varaqning aynan shunday grafasidagi tegishli tovarning tartib raqami ko‘rsatiladi.
33) “Tovar kodi” grafasi.
Tovarning TIF TNga muvofiq o‘nta raqamli kodi ko‘rsatiladi.
34) 11-grafa.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida dastlabki holati o‘zgarmagan holatda baholanayotgan tovar bojxona hududiga olib kirilguniga qadar to‘qson kalendar kun ichida katta miqdorlarda (bir nechta turkumlarda) shunday tovarni sotuvchi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan shaxsga sotilayotgan, baholanayotgan, aynan bir xil yoki o‘xshash tovar birligining narxi (milliy valyutada) ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Baholanayotgan, aynan bir xil yoki o‘xshash tovarning bojxona hududida o‘zgarmas holatda sotilganligi faktlari mavjud bo‘lmagan hollarda, mazkur grafada deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan tovarga keyinchalik ishlov berilganidan keyin olingan, shunday tovarni sotuvchi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan shaxsga bojxona hududida eng katta miqdorda sotiladigan mahsulot birligining narxi ko‘rsatiladi.
(18-band 34-kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
Bojxona qiymati 4-usul asosidagi 6-usul bo‘yicha aniqlanganda ekspert baholash qo‘llash natijasida olingan tovar birligining narxi ko‘rsatiladi.
B bo‘limi “A” bo‘limiga kiritilgan chegirma summalari (tovarning birligi hisobida)”.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi 311-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq 11-grafada ko‘rsatilgan tovarning biligi uchun hisoblangan va summaning tarkibiga kiritilgan chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan summa ko‘rsatiladi.
35) 12-grafa.
To‘lanadigan yoxud to‘lashga kelishilgan vositachilik haqi yoki foyda uchun ustamalar hamda olib kirilgan o‘sha klassdagi va turdagi tovarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida sotish bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy xarajatlarning miqdori ko‘rsatiladi.
36) 13-grafa.
Tovarni olib kirish yoki sotish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasida to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarining va boshqa to‘lovlarning summalari ko‘rsatiladi.
37) 14-grafa.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida transportda tashish, sug‘urtalash, yuklash va tushirish ishlariga sarflangan xarajatlarning miqdori ko‘rsatiladi.
38) 15-grafa.
Oldingi tahrirga qarang.
Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan 11-grafada tovar birligining narxi unga ishlov berilganidan keyin ko‘rsatilgan hollarda, tovarga keyinchalik ishlov berish natijasida qo‘shilgan qiymat ko‘rsatiladi (bunday operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar, shu jumladan, tovarning tarkibiy qismi hisoblanuvchi komponentlar qiymati, qayta ishlov vaqtida sarf qilingan materiallar qiymati va h.k.).
(18-band 38-kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
39) 16-grafa.
12 — 15 grafalarda keltirilgan summalarning miqdori milliy valyutada ko‘rsatiladi.
40) 17-grafa.
Baholanayotgan (deklaratsiyalanayotgan) tovarlarning miqdori ko‘rsatiladi.
41) 18a-grafa.
11-grafada ko‘rsatilgan miqdoridan 16-grafada ko‘rsatilgan miqdorini chegirish va kelib chiqqan miqdorni 17-grafada ko‘rsatilgan miqdorga ko‘paytirish yo‘li orqali hisoblangan baholanayotgan tovarning bojxona qiymati ko‘rsatiladi.
42) 18b-grafa.
18 a-grafada ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi milliy valyuta kursi bo‘yicha AQSH dollariga qayta hisoblangan baholanayotgan tovarning bojxona qiymati ko‘rsatiladi.
43) 19-grafa
Mazkur grafada bojxona qiymatini 4-usul asosidagi 6-usul bo‘yicha aniqlash uchun foydalanilgan axborot manbalarining quyidagi ma’lumotlari ko‘rsatiladi (rekvizitlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va har birining oldiga ularning tartib raqami qo‘yiladi):
1 — tovar raqami;
2 — ekspert baholashning raqami va sanasi
Oldingi tahrirga qarang.
Masalan, baholash faoliyatini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq baholash faoliyatini sohasida vakolatga ega bo‘lgan tashkilotning belgilangan tartibda o‘tkazilgan aynan bir xil yoki o‘xshash tovarni baholash to‘g‘risidagi hisoboti.
(18-bandning 43-kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44) “Qo‘shimcha ma’lumotlar” grafasi.
Mazkur grafada bojxona qiymatini 4-usul asosidagi 6-usul bo‘yicha aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-apreldagi 160-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq foydalanilgan matematik hisob-kitob ko‘rsatiladi.
(18-bandning 44-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
Oldingi tahrirga qarang.
45) “Imzo” grafasi.
Ma’lumotlarning to‘g‘riligi deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qog‘oz shakli deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
(18-bandning 45-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
5-usul va u asosidagi 6-usul uchun BQD–2ning ikkinchi asosiy varag‘i
46) “Tovar №” grafasi.
BYD yoki unga qo‘shimcha varaqning aynan shunday grafasidagi tegishli tovarning tartib raqami ko‘rsatiladi
47) “Tovar kodi” grafasi.
Tovarning TIF TNga muvofiq o‘nta raqamli kodi ko‘rsatiladi.
48) grafa 11.
Ishlab chiqaruvchining (sotuvchining) baholanayotgan tovarni tayyorlashda sarflangan materiallarning qiymati hamda ishlab chiqarish va (yoki) ishlov berish, shuningdek baholanayotgan (olib kiriladigan) tovarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa operatsiyalar bajarish xarajatlarining umumiy summasi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarning bojxona qiymatini 5-usul bo‘yicha hisoblash uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar, agar ular to‘g‘ri, miqdoriy jihatdan aniqlash mumkin bo‘lgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotga asoslangan hollardagina foydalanish mumkin. Tovarning bojxona qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar ishlab chiqaruvchining tijorat hisoblari, bunday hisoblar tovar ishlab chiqarilgan mamlakatda umum qabul qilingan buxgalterlik hisobi tamoyillariga muvofiq bo‘lgandagina asoslanishi lozim.
(18-band 48-kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
49) 12-grafa.
11-grafada aks ettirilmagan umumiy xarajatlarning hajmi va O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib chiqish uchun eksport mamlakatda ishlab chiqariladigan baholanayotgan tovar ayni o‘sha mamlakatda ishlab chiqarilgan ayni o‘sha klassdagi va turdagi tovarni sotishda odatda o‘sha miqdor ekvivalentida olinadigan foyda ko‘rsatiladi.
50) 13-grafa.
Baholanayotgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan tashish xarajatlarining miqdori ko‘rsatiladi. Agar tashish turli xil transportlarda amalga oshirilayotgan bo‘lsa, bunday hollarda barcha transport turlaridagi tashish xarajatlarining summalari hisobga olinadi.
Agar BQD–2 turli nomdagi tovarlar uchun to‘ldirilayotgan bo‘lsa, bunday tovarlarni tashish xarajatlari tegishli tovarlar o‘rtasida ularning brutto og‘irligiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
13-grafada bojxona qiymatiga qo‘shilishi lozim bo‘lgan xarajatlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan joyi (geografik punkti) ko‘rsatiladi.
Shuningdek, 13-grafada eksport mamlakatidan olib chiqishda tovarning bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha qilingan xarajatlar ham ko‘rsatiladi (agar bundaylar mavjud bo‘lsa).
51) 14-grafa.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga ushbu tovarni olib kiriladigan joyiga yetkazib berishni amalga oshirishda uni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan baholanayotgan tovarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga to‘kish xarajatlari ko‘rsatiladi.
Agar BQD–2 turli nomdagi tovarlar uchun to‘ldirilayotgan bo‘lsa, bunday xarajatlar tegishli tovarlar o‘rtasida ularning brutto og‘irligiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
52) 15-grafa.
13 va 14-grafalarda ko‘rsatilgan operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq sug‘urta qiymati ko‘rsatiladi.
Agar BQD–2 turli nomdagi tovarlar uchun to‘ldirilayotgan bo‘lsa, sug‘urta qiymati tegishli tovarlar o‘rtasida ularning qiymatga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
53) 16a-grafa.
11 dan 16 gacha bo‘lgan grafalarda ko‘rsatilgan miqdor summasi sifatida hisoblangan baholanayotgan tovarning bojxona qiymati ko‘rsatiladi.
54) 16b-grafa.
16a-grafada ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi milliy valyuta kursi bo‘yicha AQSH dollariga qayta hisoblangan baholanayotgan tovarning bojxona qiymati ko‘rsatiladi.
55) 17-grafa.
Agar bojxona qiymatini tarkibiga kiruvchi bir yoki bir necha qismlar (“B” bo‘limida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan) xorijiy valyutada ko‘rsatilgan bo‘lsa, qayta hisoblash bo‘yicha ma’lumotlar, ushbu ma’lumotlar taalluqli bo‘lgan BQD–1dagi tovar va grafasining raqami, Valyutalar tasniflagichiga muvofiq valyutaning raqamli kodi, xorijiy valyutadagi xarajatlar summasi va qayta hisoblashga tegishli bo‘lgan kurs ko‘rsatiladi.
56) “Qo‘shimcha ma’lumotlar” grafasi.
Mazkur grafada, ko‘rsatilgan axborotlarga taalluqli bo‘lgan har qanday qo‘shimcha ma’lumotlar (hisob-kitoblar) ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
57) “Imzo” grafasi.
Ma’lumotlarning to‘g‘riligi deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qog‘oz shakli deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
(18-bandning 57-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
1-usul asosidagi 6-usul uchun BQD–2ning ikkinchi asosiy varag‘i
58) “Tovar №” grafasi.
BYD yoki unga qo‘shimcha varaqning aynan shunday grafasidagi tegishli tovarning tartib raqami ko‘rsatiladi.
59) “Tovar kodi” grafasi.
Tovarning TIF TNga muvofiq o‘nta raqamli kodi ko‘rsatiladi.
11 — 24-grafalar BQD–1ning 11 — 24-grafalarini to‘ldirish tartibiga tatbiq etilgan quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 303-moddasi talablaridan kelib chiqib, baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun oldi-sotdi bitimi mavjud bo‘lmagan yoki amalda to‘langan yoxud to‘lanishi lozim bo‘lgan narx to‘g‘ri kelmagan hollarda, ushbu tovarning amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan narxiga yaqin bo‘lgan va tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan qiymat ko‘rsatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun 1-usulni qo‘llab bo‘lmaslik qo‘shimcha hisoblarni zarur bo‘lgan hujjatlar bilan tasdiqlash imkoniyati mavjud emasligi sabab bo‘lsa, bunda 11a-grafada taqdim etilgan ma’lumotlarga muvofiq tovar uchun amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan bitim narxi ko‘rsatiladi.
(18-band 59-kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
B bo‘limda “Qo‘shimcha hisoblar: “A” bo‘limiga kiritilmagan, milliy valyutadagi xarajatlar” bojxona organlari ixtiyorida mavjud bo‘lgan ma’lumotlari asosida bojxona qiymatini hisoblash uchun asosga qo‘shimcha hisoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
(18-band 59-kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
60) “Imzo” grafasi.
Ma’lumotlarning to‘g‘riligi deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qog‘oz shakli deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
(18-bandning 60-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
4-bob. “Bojxona belgilari uchun” maydonchalarini to‘ldirish
19. Bojxona organi tomonidan BQD qabul qilinganda BQDning asosiy va barcha qo‘shimcha varaqlardagi “Bojxona belgilari uchun” maydonchalarini to‘ldirish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan quyidagi ravishda amalga oshiriladi:
BQDga BYDning ro‘yxat raqamiga muvofiq keladigan ro‘yxat raqami qo‘yiladi;
BQDning elektron shaklida bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan mazkur BQDdagi ma’lumotlari to‘g‘risida ma’lum qilingan tovarlarga nisbatan qabul qilingan qarori haqida bojxona organining belgilari (yozuvlari) qo‘yiladi. Bojxona organining belgilari (yozuvlari) bojxona organi mansabdor shaxsining ERIsi bilan tasdiqlanadi.
BQDning qog‘oz shaklidagi maydonchada bojxona organi mansabdor shaxsining imzosi va shaxsiy raqamli muhri, shuningdek, zarur hollarda, BQD bojxona tekshiruvidan o‘tkazilganligi natijalari to‘g‘risida guvohlik beruvchi boshqa belgilar qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
1-ILOVA
(1-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 3-noyabrdagi 298-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2868-4, 12.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2025-y., 10/25/2868-4/1046-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
2-ILOVA
(2-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 3-noyabrdagi 298-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2868-4, 12.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2025-y., 10/25/2868-4/1046-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1. 06.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
3-ILOVA
(3-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 3-noyabrdagi 298-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2868-4, 12.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2025-y., 10/25/2868-4/1046-son)
Ma’lum qilingan tovarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning
RO‘YXATI
1. Bojxona qiymati 1-usul bo‘yicha aniqlanganda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) majburiy tartibda:
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi tomonidan shakllantirilgan tashqi savdo kontrakti (shartnoma, kelishuv) yoki invoysning identifikatsiya raqami;
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 8-iyundagi 29-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2868-3, 07.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/2868-3/0459-son)
hisobvaraq-faktura (invoys).
b) tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) belgilangan bitim shartlaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 304 va 305-moddalariga asosan ma’lum qilingan narxga tuzatishlar kiritish lozim bo‘lganda:
sug‘urta hujjatlari;
tovarning tashish va (yoki) yuklash, tushirish, qayta yuklash, boshqa joyga to‘kish bo‘yicha shartnomasi (transport ekspeditsiya shartnomasi), tovarni tashishga, yuklash, tushirish, qayta yuklash, boshqa joyga to‘kishga hisobvaraq-faktura (invoys), bank hujjatlari (agar hisobvaraq-faktura (invoys) to‘langan bo‘lsa), transport tariflari to‘g‘risidagi hujjatlar (ma’lumotlar) yoki tashish qiymatini aks ettiruvchi buxgalterlik hujjatlari (agar sotib oluvchi o‘zining transportida tovarni tashishni amalga oshirgan bo‘lsa);
vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma (vositachilik shartnomasi, brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma), vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish uchun hisobvaraq-faktura (invoys), bank to‘lov hujjatlari;
litsenzion va (yoki) mualliflik kelishuvi, hisobvaraq-faktura (invoys), bank to‘lov hujjatlari, olib kelinayotgan (olib kelingan) tovarga taalluqli bo‘lgan intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan buxgalterlik va boshqa hujjatlar;
olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etishdan sotuvchiga bevosita yoki bilvosita o‘tadigan tushumning istalgan qismi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat (shu jumladan, buxgalterlik) va ma’lumotlar;
konteyner va (yoki ko‘p marta ishlatiladigan boshqa idishlarning, o‘rov-joylov materiallarining va o‘rash-joylash ishlarining, agar mazkur xarajatlar sotib oluvchi tomonidan amalga oshirilgan, biroq olib kiriladigan tovar uchun amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan narxga qo‘shilmagan qiymati to‘g‘risidagi shartnomalar, hisobvaraqlar, bank to‘lov hujjatlari;
sotuvchi tomonidan sotib oluvchiga muayyan tovar turkumi uchun chegirma berish asosini, ularning miqdorini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
v) bojxona organlari qo‘llaydigan xavfni boshqarish tizimi tomonidan o‘rta yoki yuqori ko‘rsatkichga ega xavf darajasi aniqlangan hollarda, agar ma’lum qilingan bojxona qiymati oxirgi to‘qson kalendar kun ichida olib kirilib, 1-usulda qabul qilingan tovarning bojxona qiymatidan past bo‘lsa*:
jo‘natuvchi mamlakat bojxona deklaratsiyasi**;
baholanayotgan tovarni yetkazib berilishiga aloqador bo‘lgan uchinchi shaxslar bilan kontraktlar***;
baholanayotgan tovarni yetkazib berilishiga aloqador bo‘lgan uchinchi shaxslar uchun to‘lov hisoblari***.
* Agar to‘qson kalendar kun ichida aynan bir xil yoki o‘xshash tovarlar 1-usulda olib kirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, bir yuz sakson kalendar kun ichida ushbu usulda olib kirilgan aynan bir xil yoki o‘xshash tovarlarning bojxona qiymati solishtirish uchun qo‘llanilishi mumkin.
** Agar jo‘natuvchi mamlakat bojxona yuk deklaratsiyasida tovarning bojxona qiymati ko‘rsatilmagan bo‘lsa yoki ushbu mamlakatning qonunchilik hujjatlarida tovarni olib chiqishda bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish nazarda tutilmagan bo‘lsa, u holda bojxona yuk deklaratsiyasi o‘rniga jo‘natuvchi mamlakatning bojxona organlari tomonidan tasdiqlangan tovarning qiymatini aks ettiruvchi boshqa hujjat taqdim etilishi mumkin.
*** Agar bunday hujjatlarni taqdim etishning imkoniyati mavjud bo‘lmasa, sotuvchi yoki sotib oluvchining yozma tushuntirishlari, shu jumladan bunday hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qabul qilinishi mumkin.
(1-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) bitim taraflarining o‘zaro bog‘liqligi olib kiriladigan tovarlar bilan tuzilgan bitim qiymatiga ta’sir qilmaganligini tasdiqlash maqsadida ixtiyoriy ravishda:
aynan bir xil yoki o‘xshash tovarlar sotuvchi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan sotib oluvchilarga O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish uchun sotilganda, uning qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar;
bojxona qiymati 4 yoki 5-usullar bilan aniqlangan aynan bir xil yoki o‘xshash tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar;
sotuvchining O‘zbekiston Respublikasidan boshqa mamlakatlarga yuborilgan aynan bir xil tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) asosan “g” kichik bandi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
2. Bojxona qiymati 2 yoki 3 usul bo‘yicha aniqlanganda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) majburiy tartibda bojxona organi tomonidan qabul qilingan va bojxona qiymati 1-usul bo‘yicha aniqlangan holda chiqarilgan aynan bir xil va o‘xshash tovarlarga tegishli bo‘lgan bojxona deklaratsiyasi ro‘yxat raqami va unga tegishli tovar tartib raqami;
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) qiymatga tuzatishlar kiritish amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hollarda tovarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjat va ma’lumotlar****.
**** Mazkur hujjatlar tovarning yetkazib berish sharti, transport turi yoki geografik manzillarda farq bo‘lganda, taqdim qilinishi mumkin.
Masalan:
yetkazib berish sharti uchun EXW va CIP farqi;
transport turi uchun havo transporti va avtotransport farqi.
Agar ushbu ma’lumotlar bir xil yoki miqdoriy jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lsa, shuningdek, 2 yoki 3-usulni qo‘llash uchun asos bo‘lgan bojxona qiymati bojxona organi tomonidan taqdim etilsa, mazkur hujjatlar taqdim qilinmasligi mumkin.
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 28-iyuldagi 8/02-22-26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-2, 16.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Bojxona qiymati 4-usul bo‘yicha aniqlanganda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi*****:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 8-iyundagi 29-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2868-3, 07.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/2868-3/0459-son)
a) O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida baholanayotgan, aynan bir xil va o‘xshash tovarlarni sotilganligi to‘g‘risidagi shartnomalar;
b) O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida o‘sha klassdagi va turdagi tovarlarni sotishda qo‘yilgan hisobvaraq-faktura (invoys);
v) O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga tovarni olib kirish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni aks ettiruvchi hisobvaraq-faktura, bank hujjatlari (agar hisobvaraq-fakturalar to‘langan bo‘lsa), buxgalterlik hujjatlari (vositachi haqlari to‘g‘risida, tijorat xarajatlari, tashish xarajatlari, sug‘urta, yuklash va tushirish ishlari, olinadigan daromad);
g) baholanayotgan tovarga ishlov berish natijasida qo‘shilgan qiymat to‘g‘risidagi hujjat va ma’lumotlar, agar bunday tovar unga keyinchalik ishlov berilgandan keyin sotilayotgan bo‘lsa: ishlov berish bo‘yicha pullik xizmat ko‘rsatish shartnomasi, buyurtmachiga ijrochi tomonidan qo‘yilgan hisobvaraq-faktura (invoys), ushbu shartnomani to‘lash bo‘yicha bank hujjatlari, ishlov berish qiymati to‘g‘risida buxgalterlik hujjatlari (kalkulyatsiya);
d) O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga tovarlarni olib kirish va (yoki) sotish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasida bojxona boji, soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
***** Agar deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan mazkur bandning “a” — “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni to‘liq yoki qisman taqdim etish imkoniyati bo‘lmaganda, bojxona organi o‘zining axborot tizimlariga integratsiya qilingan soliq organlari axborot tizimlarida mavjud bo‘lgan elektron hisobvaraq-fakturadagi aynan bir xil yoki o‘xshash tovarlarning narxlari to‘g‘risidagi axborotni deklaratsiyalovchi shaxsga taqdim etadi.
Bunda, deklaratsiyalovchi shaxs bojxona organi tomonidan taqdim etilgan narxlar bo‘yicha tovarning bojxona qiymatini Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-apreldagi 160-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-ilovasiga muvofiq iqtisodiy-matematika usullarini qo‘llagan holda hisoblash hamda tovarning bojxona qiymatini bojxona organiga taqdim etish huquqiga ega.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 8-iyundagi 29-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2868-3, 07.07.2023-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/2868-3/0459-son)
4. Bojxona qiymati 5-usul bo‘yicha aniqlanganda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar hamda materiallarni sotib olish va (yoki) baholanayotgan tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan buxgalterlik hujjatlari, shuningdek, baholanayotgan (olib kiriladigan) tovarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa operatsiyalar, shu jumladan, idish va o‘rash-joylash uchun qilingan xarajatlar, shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida bajarilgan loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatlari ishlab chiqaruvchi to‘laganligi umume’tirof etilgan buxgalterlik hisobi tamoyillariga muvofiq tuzilgan baholanayotgan tovar ishlab chiqaruvchisining tijorat hisobvaraqlari;
b) ishlab chiqaruvchi va (yoki) eksportyorning baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni o‘sha mamlakatda ishlab chiqarilgan, ayni o‘sha klassdagi va turdagi tovarni O‘zbekiston Respublikasida sotishda odatda eksport qiluvchi tomonidan olinadigan foyda va O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 312-moddasi “a” bandida aks ettirilmagan umumiy xarajatlarning hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan buxgalterlik hujjatlari;
v) tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) belgilangan bitim shartlariga muvofiq sug‘urta hujjatlari;
g) tashish uchun hisobvaraq-faktura (invoys) (tashish xarajatlari kalkulyatsiyasi), O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan joyiga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2868-1, 06,03,2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 11-son, 176-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 16.09.2022-y., 10/22/2868-2/0828-son; 10.07.2023-y., 10/23/2868-3/0459-son; 13.11.2025-y., 10/25/2868-4/1046-son)