Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 19-may,
193-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 193-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 361-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 15-16-son, 132-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi 459-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomning 7-bandi uchinchi xatboshi “shaxslardan” soʻzidan soʻng “(kichik va oʻrta korxonalar, mikrofirmalar bundan mustasno), shuningdek, tegishli organlardan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
4. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomning 9-bandi oʻn birinchi xatboshi “xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari” soʻzlaridan soʻng “(kichik va oʻrta korxonalar, mikrofirmalar bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2000-y., 5-son, 24-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 132-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)