Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 6-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 45-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarga nisbatan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanmaydi, bundan odam oʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan hollar mustasno”;
2) 178-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddaning birinchi qismida, ikkinchi qismining “a” va “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yashirilgan chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklari hisobiga ixtiyoriy ravishda oʻtkazilishini taʼminlagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi”;
3) 180-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi”;
4) 181-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi”;
5) 1811-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi”;
6) 188-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlagan va zarur boʻlgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi”;
7) 189-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalari buzilishining oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi”;
8) 190-modda:
birinchi qismining dispozitsiyasidagi “shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa” degan soʻzlar “koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Oʻsha harakat:
a) juda koʻp miqdorda;
b) xavfli retsidivist tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, –
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 69-moddaning toʻrtinchi qismidagi “91, 92, 136–138, 146, 147, 149, 151, 156 va 193-moddalarida” degan soʻzlar “91, 92, 136–138, 146, 147, 149, 151, 156-moddalarida, 221-bobida va 193-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 84-modda birinchi qismining 8-bandi “tufayli” degan soʻzdan keyin “yoxud belgilangan muddat ichida yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplanganligi va (yoki) jinoyat oqibatlari bartaraf etilganligi munosabati bilan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) quyidagi mazmundagi 221-bob bilan toʻldirilsin:
“221-bob. Taftish
1871-modda. Taftish tayinlash uchun asoslar
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni taftish qilish ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlar haqidagi maʼlumotlarni tekshirilayotgan subyektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarini oʻrganish hamda taqqoslab koʻrish yoʻli bilan olish mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi. Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning maxsus bilimlarga ega ekanligi taftishni tayinlashdan ozod etmaydi.
Tadbirkorlik subyektini taftish qilish faqat uning qonun hujjatlarini buzganligi faktlari boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida amalga oshiriladi. Bunda taftishga tadbirkorlik subyektining faqat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bilan bogʻliq faoliyati qamrab olinishi mumkin.
Jinoyat ishi qoʻzgʻatilguniga qadar taftishni tayinlashga faqat qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
1872-modda. Taftishni tayinlash
Taftish surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tayinlanadi.
Taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) tekshiriladigan subyektning toʻliq nomi va uning tashkiliy-huquqiy shakli (yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va yuridik manzili;
2) jinoyat ishining raqami yoki taftishni tayinlash uchun tergovga qadar tekshirish jarayonida yuzaga kelgan asoslar yoxud qoʻshimcha yoki qayta taftish tayinlash uchun asoslar;
3) taftish oʻtkazish chogʻida oʻrganiladigan masala yoki masalalar doirasi;
4) moliya-xoʻjalik faoliyatining taftish qilinishi lozim boʻlgan davri;
5) taftish oʻtkazish topshirilgan vakolatli organning nomi, shu jumladan qoʻshimcha ravishda jalb etiladigan davlat organlari va tashkilotlar.
Taftish oʻtkazish chogʻida taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda koʻrsatilmagan masalani yoki masalalar doirasini, shuningdek moliya-xoʻjalik faoliyatining davrini oʻrganish taqiqlanadi.
Ushbu Kodeksning 1873-moddasida koʻrsatilgan organlar va tashkilotlar taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim olingan paytdan eʼtiboran ikki ish kunidan kechiktirmay taftish oʻtkazish haqida taftishni oʻtkazish uchun tayinlangan shaxslarni albatta koʻrsatgan holda buyruq chiqaradi.
1873-modda. Taftish oʻtkazish uchun tayinlanadigan shaxslar
Taftish oʻtkazish uchun tayinlanadigan shaxslar sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining, davlat soliq xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va hududiy moliya organlarining mutaxassislari ishtirok etishi mumkin.
Zarur boʻlgan hollarda, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga koʻra boshqa davlat organlari va tashkilotlarning xodimlari ham taftish oʻtkazish uchun jalb etilishi mumkin.
1874-modda. Tadbirkorlik subyektlarini taftishdan oʻtkazish shartlari
Tadbirkorlik subyektlarini taftish qilish yuridik xizmat vakillari va (yoki) jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (tadbirkorlik subyekti mazkur huquqdan voz kechgan hollar bundan mustasno) oʻtkaziladi.
Yuridik xizmat vakilining ishtirokidan va (yoki) advokatning yuridik yordamidan voz kechish taftishning keyingi bosqichlarida tadbirkorlik subyekti tomonidan ularni jalb etish uchun toʻsiq boʻlmaydi.
Taftish oʻtkazuvchi shaxs tadbirkorlik subyektining vakolatli vakiliga uning taftish oʻtkazishda ishtirok etishga yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etishga yoxud ularning ishtirokidan voz kechishga boʻlgan huquqini taftish oʻtkazish boshlanguniga qadar yozma shaklda tushuntiradi va bu haqda bayonnoma tuziladi.
Agar tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxsi yoki vakili tomonidan yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etish niyati bildirilsa, taftish oʻtkazishning boshlanishi yuridik xizmat vakili va (yoki) advokat yetib kelguniga qadar, biroq koʻpi bilan yigirma toʻrt soatga toʻxtatib turiladi.
Yuridik xizmat vakilining va (yoki) advokatning yigirma toʻrt soat ichida yetib kelish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, taftish ularning ishtirokisiz boshlanadi.
Taftish oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi quyidagi hujjatlarning mavjud boʻlishi tadbirkorlik subyektini taftishdan oʻtkazishning majburiy shartidir:
taftish tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim;
vakolatli organning taftish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi;
taftish oʻtkazuvchi shaxsning xizmat guvohnomasi;
taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnoma.
1875-modda. Taftish oʻtkazish tartibi
Taftish oʻtkazish uchun tayinlangan shaxslar tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslarini yoki vakillarini taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar bilan taftish oʻtkazish boshlanguniga qadar tanishtirishi, shuningdek tekshiruvlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga yozuv kiritishi shart.
Taftish tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish oʻtkazish haqidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalari tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga imzo qoʻydirib topshirilgan, shuningdek ular xizmat guvohnomasi va taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnoma bilan tanishtirilgan payt taftish oʻtkazish boshlangan payt deb hisoblanadi.
Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlarni olish va ular bilan tanishishdan bosh tortishi taftishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili tegishli hujjatlarni olish va ular bilan tanishishdan bosh tortgan taqdirda, taftish oʻtkazish uchun tayinlangan shaxs tomonidan uning oʻzi va tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili imzolaydigan bayonnoma tuziladi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili mazkur bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, unga tegishli yozuv yozib qoʻyiladi. Mazkur holda bayonnoma imzolangan payt taftish oʻtkazish boshlangan payt deb hisoblanadi.
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili taftish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar olinganidan va ular bilan tanishib chiqilganidan keyin taqdim etishi shart.
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili hujjatlarni, axborot va materiallarni taqdim etishdan bosh tortgan taqdirda, taftish oʻtkazuvchi shaxs bundan buyongi protsessual harakatlarni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladigan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga bu haqda darhol xabar qiladi.
Hujjatlarni olib qoʻyish zarur boʻlgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror olib qoʻyish toʻgʻrisida qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Olib qoʻyish ushbu Kodeksning 20-bobida belgilangan qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Taftish oʻtkazuvchi shaxs zarur boʻlgan taqdirda, tekshirilayotgan subyektning hududi va binolarini tekshiruvdan, shuningdek mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazishi mumkin.
Taftish tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda koʻrsatilgan masalalarni oʻrganish soliq, valyutaga oid, buxgalteriya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Taftish oʻtkazuvchi shaxsning tekshirilayotgan subyektning hududiga va binolariga (turar joylar bundan mustasno) kirishiga toʻsqinlik qilingan, shuningdek taftishni amalga oshirish uchun uning mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish rad qilingan taqdirda, taftish oʻtkazuvchi shaxsning oʻzi va tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili tomonidan imzolanadigan bayonnoma tuziladi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, unga tegishli yozuv yozib qoʻyiladi. Bayonnoma bundan buyongi protsessual harakatlarni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladigan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etiladi.
Taftish oʻtkazuvchi shaxsning tekshirilayotgan subyektning hududiga va binolariga (turar joylar bundan mustasno) kirishiga toʻsqinlik qilinganligi, shu jumladan ushbu subyektning mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish rad etilganligi, shuningdek taftish oʻtkazuvchi shaxsning oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilinganligi qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
Taftish oʻtkazuvchi shaxslarning oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilinganligi uchun javobgarlikka tortish taftishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma topshirilgan kun taftish oʻtkazish tugallangan kun deb hisoblanadi.
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani olishdan boʻyin tovlagan taqdirda, taftish oʻtkazuvchi shaxs taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan eʼtiboran taftish tugallangan deb hisoblanadi. Mazkur holda taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasi tekshirilayotgan subyektga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
1876-modda. Ayrim hollarda taftish oʻtkazish tartibi
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili turgan joy nomaʼlum boʻlgan taqdirda, taftish oʻtkazuvchi shaxs taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish oʻtkazish haqidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalarini tekshirilayotgan subyektning yuridik manziliga va uning mansabdor shaxsining yashash joyi manziliga uch ish kuni ichida buyurtma xat bilan yuboradi. Bunday holda buyurtma xat yuborilgan sana taftish oʻtkazish boshlangan sana deb hisoblanadi.
Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining yoʻqligi taftishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda taftish tekshirilayotgan subyektning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi, ishda mavjud boʻlgan hujjatlar, axborot va materiallar asosida oʻtkaziladi.
Tekshirilayotgan subyektning hujjatlari, axboroti va materiallari yoʻqotilgan, yoʻq qilingan yoki mavjud boʻlmagan taqdirda, taftish oʻtkazuvchi shaxs taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda koʻrsatilgan masalalarni oʻrganishni soliq, valyutaga oid, buxgalteriya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq oʻtkazishi mumkin.
Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma tekshirilayotgan subyektning yuridik manziliga va dalolatnomaning koʻchirma nusxasi tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yashash joyiga buyurtma xatlar bilan yuborilgan kun taftish oʻtkazish tugallangan kun deb hisoblanadi.
1877-modda. Taftish oʻtkazish muddatlari
Taftish oʻtkazish muddati oʻttiz kalendar kundan iboratdir.
Zarur boʻlgan hollarda, tekshirilayotgan subyektning hujjatlari hajmi, faoliyatining turi va koʻlamlari hisobga olingan holda, taftish muddati taftish oʻtkazuvchi shaxsning asoslantirilgan iltimosnomasiga koʻra tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin.
Taftishning umumiy muddati uni oʻtkazish muddatlari uzaytirilishi inobatga olingan holda, dastlabki tergov va sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilishning ushbu Kodeksda belgilangan muddatlaridan oshmasligi kerak.
1878-modda. Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma
Taftish oʻtkazuvchi shaxslar oʻtkazilgan taftish natijalariga koʻra dalolatnoma tuzadi.
Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
1) taftish oʻtkazilgan joy, dalolatnoma tuzilgan sana;
2) taftish oʻtkazish uchun asoslar;
3) taftish oʻtkazilgan muddat;
4) taftish oʻtkazgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
5) yuridik shaxsning toʻliq nomi, tekshirilayotgan davrda uning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirgan mansabdor shaxslarining familiyasi, ismi, otasining ismi (yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi);
6) tekshirilayotgan subyektning joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari, shuningdek uning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
7) tekshirilayotgan subyekt moliya-xoʻjalik faoliyatining ilgarigi tekshiruvlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
8) tekshirilayotgan davr hamda taftish oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar, axborot va materiallar toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar;
9) qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarining (ular mavjud boʻlgan taqdirda) batafsil tavsifi qonun hujjatlarining buzilgan normalariga havola qilingan holda;
10) oʻtkazilgan taftish natijalariga doir, shu jumladan qonun hujjatlarining buzilishlari mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosalar.
Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma kamida uch nusxada tuziladi.
Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning barcha nusxalari taftish oʻtkazuvchi shaxslar tomonidan imzolanadi. Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasi tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga topshiriladi, u dalolatnomaning barcha nusxalariga olganligi toʻgʻrisida olish sanasini koʻrsatgan holda imzo qoʻyishi shart. Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning qolgan nusxalari taftish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomadagi imzosi uning taftish natijalaridan rozi ekanligini bildirmaydi.
Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish oʻtkazish haqidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalari, taftish doirasida sodir etilgan harakatlar toʻgʻrisidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, taftish oʻtkazish chogʻida olingan materiallar, shuningdek taftish doirasida sodir etilgan harakatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qoʻshib qoʻyilishi kerak.
Taftish tugallangan kundan eʼtiboran keyingi ish kunidan kechiktirmay taftish materiallari taftish oʻtkazish vakolatiga ega boʻlgan organda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi va taftishni tayinlagan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etilishi kerak.
Taftish oʻtkazgan organ taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning tasdiqlangan koʻchirma nusxasini qonuniy choralar koʻrilishi uchun tegishli vakolatli organga ham yuboradi.
1879-modda. Qoʻshimcha yoki qayta taftish
Qoʻshimcha taftish taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada mavjud boʻlgan kamchiliklarni toʻldirish va ish boʻyicha yangidan aniqlangan holatlarni aniqlashtirish uchun tayinlanadi.
Qayta taftish quyidagi hollarda tayinlanadi:
taftish xulosalari va natijalariga rozi emaslik toʻgʻrisida tekshirilgan subyekt, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan taqdim etilgan eʼtirozlar asosli deb topilganda;
taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada taftish materiallari va jinoyat ishining boshqa materiallari bilan qarama-qarshiliklar mavjud boʻlganda, shuningdek taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomadagi xulosalarga asos boʻlgan hujjatlar, axborot va materiallar notoʻgʻri deb topilganda;
taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada koʻrsatilgan xulosalar asossiz boʻlganda yoki ularning toʻgʻriligi shubha tugʻdirganda.
Dastlabki taftishni oʻtkazgan shaxslar qayta taftish oʻtkazish uchun tayinlanishi mumkin emas.
Qoʻshimcha taftish yoki qayta taftish ushbu bobda belgilangan tartibda va muddatlarda oʻtkaziladi.
18710-modda. Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxslarining yoki vakillarining huquqlari va majburiyatlari
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari yoki vakillari quyidagilarga haqli:
tekshiruvchi shaxslardan taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlarni talab qilish, xizmat guvohnomasi, shuningdek taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnoma bilan tanishish;
oʻz faoliyati taftishdan oʻtkazilishi toʻgʻrisida tegishli axborotga ega boʻlish, taftish oʻtkazuvchi shaxslar tomonidan tadbirlar oʻtkazilishi chogʻida tushuntirishlar berish va ularda hozir boʻlish;
taftish oʻtkazuvchi shaxslarning oʻz vakolatiga kirmaydigan masalalarga doir talablarini bajarmaslik va ushbu shaxslarni taftish mavzuiga taalluqli boʻlmagan hujjatlar, axborot va materiallar bilan tanishtirmaslik;
xizmat guvohnomasini, taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomani, taftishni tayinlash haqidagi qarorning yoki ajrimning, vakolatli organning taftish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalarini taqdim etmagan shaxslarni taftish oʻtkazish uchun hududga va binolarga kiritmaslik, shuningdek taftish muddatlari boshlanmagan yoki oʻtib ketgan yoxud taftish oʻtkazuvchi shaxs tekshiruvlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobini toʻldirishni rad etgan taqdirda, hududga va binolarga kiritmaslik;
taftish tugallangan kunda taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasini taftish oʻtkazuvchi shaxslardan olish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taftish natijalari ustidan shikoyat qilish, shu jumladan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga qoʻshimcha yoki qayta taftish tayinlash toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish yoʻli bilan shikoyat qilish.
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari yoki vakillari:
taftish oʻtkazuvchi shaxslarni taftish oʻtkazish uchun hududga va binolarga kiritishi;
taftish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni taftish oʻtkazuvchi shaxslarning qonuniy talabiga koʻra taqdim etishi;
taftish oʻtkazuvchi shaxslarning oʻz majburiyatlarini bajarishida ularga koʻmaklashishi shart.
18711-modda. Taftish oʻtkazuvchi shaxslarning huquqlari va majburiyatlari
Taftish oʻtkazuvchi shaxslar oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:
tekshirilayotgan subyektning hududini va binolarini tekshirish, uning mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish;
taftish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni talab qilib olish;
tekshirilayotgan subyektning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslaridan, moddiy javobgar xodimlaridan hamda boshqa xodimlaridan tushuntirishlar olish;
qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;
obyektiv asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, taftish oʻtkazish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida tergovchiga, prokurorga yoki sudga iltimosnoma kiritish;
ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oʻzga harakatlarni bajarish.
Taftish oʻtkazuvchi shaxslarning qonuniy talablari tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari va vakillari tomonidan ijro etilishi shart.
Taftish oʻtkazuvchi shaxslar oʻz vakolatlari doirasida:
xizmat guvohnomasini, shuningdek taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomani taqdim etishi;
taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish oʻtkazish haqidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalarini tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga imzo qoʻydirib topshirishi;
tekshirilayotgan subyektlar faoliyatining amalga oshirilishiga toʻsiqlarni yuzaga keltirmasligi va faoliyatining toʻxtatib qoʻyilishiga yoʻl qoʻymasligi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etmasligi;
yuridik xizmat vakillarining va (yoki) jalb etilgan advokatlarning taftishning istalgan bosqichida ishtirok etishga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlar haqida tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsini yoki vakilini xabardor qilishi;
tekshiruvlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobini qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda toʻldirishi;
taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani rasmiylashtirishi, uning bir nusxasini tekshirilayotgan subyektda taftish tugallangan kuni qoldirishi;
huquqbuzarlik faktlari aniqlangan taqdirda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan taʼsir choralarini koʻrishi shart”;
4) 201-moddaning:
nomi va birinchi qismi “tergovchi” degan soʻzdan keyin “prokuror” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismidagi “yoki sudning talabiga koʻra oʻz vakolatlari doirasida hujjatli taftish yoki boshqa xizmat tekshiruvini oʻtkazishlari va taftish yoki tekshiruv dalolatnomasini” degan soʻzlar “prokuror yoki sudning talabiga koʻra oʻz vakolatlari doirasida taftish yoki boshqa xizmat tekshiruvi oʻtkazishlari va taftish yoki tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud taftish yoki tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada yoxud boshqa hujjatda belgilangan qoidalardan chekinishlar, nuqsonlar, ziddiyatlar va boshqa kamchiliklarni aniqlagan taqdirda, hujjatdagi qayd etilgan xatolar bartaraf etilishini talab qilishga haqli”;
5) 329-moddaning:
ikkinchi qismi “ekspertiza oʻtkazish” degan soʻzlardan keyin “taftish tayinlash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
1-bandidagi “hujjatli” degan soʻz chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4) yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplash va (yoki) jinoyat oqibatlarini bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida belgilangan muddat oʻtmagan boʻlsa”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 165-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, –
fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 176-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u huquqbuzarlik aniqlangan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlagan va zarur boʻlgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan boʻlsa, huquqbuzarlik narsalarini musodara qilmasdan javobgarlikdan ozod etiladi”;
3) 271-modda quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
“11) agar ushbu Kodeks 164-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 165-moddasining birinchi qismida, 166-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 167-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 168-moddasida, 171-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 172, 173-moddalarida, 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1741-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 175-moddasining birinchi va oltinchi qismlarida, 1751-moddasining birinchi qismida, 1753, 1754-moddalarida, 1755-moddasining birinchi qismida, 1761 — 1764, 177-moddalarida, 178-moddasining birinchi, uchinchi — sakkizinchi qismlarida, 1781-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1792-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1794-moddasining birinchi qismida, 1795-moddasida, 215-moddasining birinchi qismida, 2151-moddasining birinchi qismida, 2278-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22714-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22715-moddasining birinchi qismida, 22716-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22718-moddasining birinchi qismida, 22719-moddasining birinchi qismida, 22721-moddasida, 22722-moddasining birinchi qismida, 22723-moddasida, 22724, 22725 va 22726-moddalarida, 22727-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar huquqbuzarlik aniqlangan paytdan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va (yoki) yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, bundan fuqarolarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga zarar yetkazilgan hollar mustasno”;
4) 305-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Kodeks 271-moddasining 11-bandida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi ish maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma va ishning boshqa materiallari ishni koʻrib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda koʻrib chiqiladi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) 5-moddasi birinchi qismining 1-bandidagi “(shu jumladan, soliq toʻlovchi bilan bogʻliq boʻlgan subyektlardagi muqobil tekshiruvlarda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 602–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 30-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddada koʻrsatilgan fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda toʻlanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan oʻtkazilishi mumkin”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi 717–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 2-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tergovga qadar tekshirishlar chogʻida va qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha moliya-xoʻjalik faoliyati tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi jinoyat-protsessual qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi”;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 3-moddaning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qisqa muddatli tekshirish — nazorat qiluvchi organlar jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida amalga oshiradigan tekshirish”;
3) 4-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “muqobil tekshirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 8-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “maxsus vakolatli organ bilan kelishmay” degan soʻzlar “maxsus vakolatli organning qarorisiz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 9-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari chiqarib tashlansin;
6) 101-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xususiy banklar va boshqa xususiy moliya institutlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʻpi bilan besh yilda bir marta amalga oshiriladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
uchinchi qismidagi “uchinchi” degan soʻz “toʻrtinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddada koʻrsatilgan tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda toʻlanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan oʻtkazilishi mumkin”;
7) 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12-modda. Qisqa muddatli tekshirishlar
Qisqa muddatli tekshirishlar jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida maxsus vakolatli organning qaroriga koʻra rejadan tashqari tekshirish tarzida nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Maxsus vakolatli organning tekshirilayotgan obyektning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, tekshirish oʻtkazishning maqsadi, muddatlari hamda uni oʻtkazish sabablarining asosliligi koʻrsatilgan qisqa muddatli tekshirish oʻtkazishga doir qarorlari, shuningdek tekshirishni amalga oshiruvchi tegishli nazorat qiluvchi organning maxsus vakolatli organning qarori asosida chiqarilgan, mansabdor shaxslarning tarkibi va tekshirishni oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan buyrugʻi xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini qisqa muddatli tekshirishdan oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qiladi”;
8) 141-modda chiqarib tashlansin;
9) 16-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “yoki uning hududiy boʻlinmalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan OʻRQ–328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 39-modda:
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddaning birinchi — toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda toʻlanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan oʻtkazilishi mumkin”;
beshinchi — oʻn yettinchi qismlari tegishincha oltinchi — oʻn sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
oʻn uchinchi qismi “bosqichlarida” degan soʻzdan keyin “yuridik xizmat vakillari va (yoki)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oʻn toʻrtinchi qismi “advokatni jalb etish yoki uning” degan soʻzlar “yuridik xizmat vakillarini va (yoki) advokatni jalb etish yoki ularning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn beshinchi qismidagi “davlat soliq xizmati organlarining faqat qonun hujjatlarida vakolat berilgan boʻlinmalari tomonidan mazkur boʻlinmalar boshliqlarining buyruqlari asosida oʻtkazilib, keyinchalik bu haqda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy boʻlinmasi qisqa muddatli tekshiruv oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida xabardor qilinadi” degan soʻzlar “nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida qabul qilingan qaroriga binoan davlat soliq xizmati organlarining faqat qonun hujjatlarida vakolat berilgan boʻlinmalari tomonidan oʻtkaziladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 41-moddaning ikkinchi qismidagi “rejadan tashqari yoxud muqobil” degan soʻzlar “qisqa muddatli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi 558–II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1–2, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 25-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddada koʻrsatilgan xususiy korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda toʻlanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan oʻtkazilishi mumkin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi OʻRQ–327-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 4, 111-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 27-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddada koʻrsatilgan oilaviy korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda toʻlanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan oʻtkazilishi mumkin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ–360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) 173-moddasi uchinchi qismining sakkizinchi xatboshisi “bundan tadbirkorlik subyektlari mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
15-modda. Ushbu Qonun 2017-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 29-dekabr,
OʻRQ-418-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 1-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)