

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Latn-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/uz/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.03.2026
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3083849" id="onLBC-3083849">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6163"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek,  07.29.00.00 ga qarang);</span></div><div id="LBC6555"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.10.00 Budjet jarayoni]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3083849" id="onLS-3083849">[<b>TSZ:</b><div id="LS3736"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot;</span></div><div id="LS4112"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3084211" id="-3084211">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3084213" id="-3084213">buyrugʻi</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3084215" id="-3084215">Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati”ni tasdiqlash toʻgʻrisida</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-3084218" id="-3084218">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 27-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2853]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3084219" id="-3084219"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-8125688" id="-8125688">Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 10-martdagi 341-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati, hisob baholaridagi oʻzgarishlar va xatolar”ni tasdiqlash haqida”gi <a href="/uz/acts/-8107961?ONDATE=30.03.2026 00#-8109859">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 3797, 27.03.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084359" id="-3084359">Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining <a href="/uz/acts/-2304138#-2312932">161-moddasiga </a>muvofiq va budjet hisobini davlat sektorida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084361" id="-3084361">1. Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati” <a href="/uz/acts/-3083849#-3084378">ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084363" id="-3084363">2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3084367" id="-3084367">Vazir R. AZIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3084370" id="-3084370">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3084372" id="-3084372">2016-yil 12-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3084374" id="-3084374">91-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3084376" id="-3084376"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3084378" id="-3084378">Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 12-dekabrdagi 91-son <a href="/uz/acts/-3083849">buyrugʻiga</a> <br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3084382" id="-3084382">Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati”</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3084383" id="-3084383"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084387" id="-3084387">Mazkur Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/uz/acts/-2304138">Budjet kodeksiga</a> muvofiq budjet hisobini normativ tartibga solish tizimining elementi hisoblanadi. Mazkur Standart budjet hisobining boshqa standartlari bilan birgalikda qoʻllaniladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3084389" id="-3084389">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084392" id="-3084392">1. Mazkur Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084394" id="-3084394"><a href="/uz/acts/-2304138#-2312959">budjet hisobi</a> — budjet tizimi budjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni oʻzgartiruvchi operatsiyalarning holati toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash, roʻyxatdan oʻtkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084396" id="-3084396"><strong>hisob siyosati</strong> — mazkur Standartning <a href="/uz/acts/-3083849#-3084458">4-bobida </a>belgilangan prinsiplarga muvofiq budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzishda qoʻllaniladigan aniq uslublar, asoslar, yoʻl qoʻyishlar, qoidalar hamda usullar majmui.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084400" id="-3084400">2. Mazkur Standartning maqsadi hisob siyosatini tanlash va oʻzgartirishlar kiritish mezonlarini, shuningdek budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobini va moliyaviy hisobotni tuzish, hisob siyosatidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotni ochib berish tartibini belgilab berishdan iborat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084404" id="-3084404">3. Mazkur Standart budjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlariga boʻlgan ishonchlilik darajasini va maʼlum bir davriylikdagi moliyaviy hisobotlarini, shuningdek boshqa budjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlarini oʻzaro solishtirish darajasini oshirishga moʻljallangan.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5773606" id="-5773606"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5773607" id="-5773607">4. Hisob siyosati budjet tashkilotlari tomonidan budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida mavjud oʻzaro bir-birini istisno etuvchi bir nechta hisob yuritish usullaridan birini tanlash maqsadida tuziladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5773609" id="-5773609">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/uz/acts/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5762611">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-7322689" id="-7322689"><em>Qarang:</em><em> Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining </em><a href="/uz/acts/-2304138#-2312928">VIII boʻlimi</a><em>.</em></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3084407" id="-3084407">2-bob. Standartning qoʻllanish sohasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084409" id="-3084409">5. Mazkur Standart budjet tashkilotlarida hisob siyosatini tanlash va qoʻllash, hisob siyosatiga oʻzgarishlarning hisobini yuritish hamda moliyaviy hisobotlarni tuzishda qoʻllanilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084410" id="-3084410">6. Mazkur Standart barcha budjet tashkilotlariga qoʻllaniladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3084412" id="-3084412">3-bob. Hisob siyosatini shakllantirish va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish asoslari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084414" id="-3084414">7. Hisob siyosati rahbar yoki uning oʻrinbosarining buyrugʻi yoki qarori bilan tasdiqlanadi va yildan-yilga izchil qoʻllaniladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3084416" id="-3084416"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5773615" id="-5773615"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5773617" id="-5773617">8. Budjet hisobini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan hollarda, shuningdek budjet tashkiloti qayta tashkil etilganda hisob siyosatiga oʻzgartirishlar kiritish mumkin. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5773622" id="-5773622">(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/uz/acts/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5762611">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084417" id="-3084417">Budjet hisobi maʼlumotlarini solishtirishni taʼminlash maqsadida hisob siyosatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar moliya yili boshidan, agar budjet tashkiloti qayta tashkil etilayotgan boʻlsa uni qayta tashkil etilgan sanadan kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084419" id="-3084419">9. Budjet tashkiloti yillik moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida kelgusi moliya yili uchun hisob siyosatidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida maʼlumot beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084421" id="-3084421">10. Hisob siyosati moliyaviy hisobotni barcha qoʻllanilayotgan budjet hisobi standartlari asosida shakllantirilishini taʼminlashi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084423" id="-3084423">Moliyaviy hisobot oʻziga xos talablar boʻlmaganida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084425" id="-3084425">a) ahamiyatga ega boʻlishi — maʼlumot undan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084428" id="-3084428">b) ishonchli boʻlishi — budjet tashkilotlari faoliyatining barcha natijalari va moliyaviy holatini xolisona koʻrsatishi, hodisalar va operatsiyalarning iqtisodiy mohiyatini aks ettirishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084430" id="-3084430">v) xolis (begʻaraz) boʻlishi va majburiy boʻlmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084431" id="-3084431">g) toʻla (tugallangan) boʻlishi — budjet tashkiloti xoʻjalik faoliyatining barcha faktlarini toʻla aks ettirishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084436" id="-3084436">11. Hisob siyosati oʻz ichiga quyidagilarni olishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084438" id="-3084438">budjet tashkilotining buxgalteriya xizmati tashkiliy tuzilmasini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084440" id="-3084440">budjet tashkilotida inventarizatsiya oʻtkazishning tartibi va muddatlarini (inventarizatsiya qilish majburiy boʻlgan hollardan tashqari);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084442" id="-3084442">budjet tashkiloti tomonidan foydalaniladigan va unda sintetik va analitik schyotlar roʻyxati boʻlishi lozim boʻlgan ishchi schyotlar rejasini. Mazkur maʼlumot hisob siyosatiga ilova tarzida taqdim etiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084443" id="-3084443">hujjatlar aylanmasi grafigini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084444" id="-3084444">hisob maʼlumotlarini qayta ishlash usullarini (qoʻlda yoki dasturiy taʼminotni qoʻllash orqali);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084445" id="-3084445">namunaviy shakllari nazarda tutilmagan, xoʻjalik operatsiyalarini qayd qilish uchun qoʻllaniladigan birlamchi hisob hujjatlarining shakllarini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084448" id="-3084448">asosiy vositalarning inventar raqami tuzilmasini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084450" id="-3084450">birlamchi hisob hujjatlariga imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084452" id="-3084452">asosiy fondlarni qayta baholash uslublarini; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084453" id="-3084453">inventarizatsiya qilishda (ortiqcha yoki kamomadda) mulkni baholash uslublarini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084454" id="-3084454">quyi turuvchi tasarrufidagi tashkilotlarning hisobot taqdim etish muddatlarini; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084456" id="-3084456">tovar (ish, xizmat)lar kalkulyatsiyasini shakllantirish tartibini. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3084458" id="-3084458">4-bob. Hisob siyosatining prinsiplari</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3084459" id="-3084459">1-§. Ikkiyoqlama yozuv usulida hisob yuritish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084460" id="-3084460">12. Ikkiyoqlama yozuv usulida hisob yuritish prinsipi budjet tashkiloti buxgalteriyasi barcha xoʻjalik operatsiyalarini hisob registrlarida roʻyxatga olishni ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida amalga oshirishini bildiradi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi bir xoʻjalik operatsiyasi boʻyicha bir summaning budjet hisobining ikki schyotida — birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettirilishini nazarda tutadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3084461" id="-3084461">2-§. Uzluksizlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084462" id="-3084462">13. Uzluksizlik prinsipi budjet hisobini yuritish muddati budjet tashkilotining faoliyati davriga muvofiq boʻlishini, yaʼni hisob yozuvlari yuritish budjet tashkilotining tashkil etilishidan to tugatilguniga qadar amalga oshirilishini bildiradi. Budjet tashkiloti oʻz faoliyatini tugatgan kundan boshlab budjet hisobini yuritishni toʻxtatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084463" id="-3084463">Uzluksizlik prinsipiga asoslanib tayyorlangan moliyaviy hisobot budjet tashkiloti doimiy faoliyat yuritishini va nomaʼlum uzoq muddat davomida oʻz faoliyatini davom ettirishini bildiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3084464" id="-3084464">3-§. Xoʻjalik operatsiyalari, holatlar, aktivlar va passivlarga pul bilan baho berish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084466" id="-3084466">14. Barcha xoʻjalik operatsiyalari, holatlar, aktivlar va passivlar yagona, bir xil birlikda oʻlchanishi — pul bilan baholanishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasida pul oʻlchov birligi — soʻm va uning yuzdan bir ulushi tiyin hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3084468" id="-3084468">4-§. Ishonchlilik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084469" id="-3084469">15. Axborotda jiddiy xatolar yoki gʻarazlilik boʻlmasa va foydalanuvchilar unga tayanishlari mumkin boʻlsa, u ishonchli hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084470" id="-3084470">Operatsiyalar va holatlarning ishonchliligi birlamchi hisob hujjatlari bilan tasdiqlanadi va har bir hisob yozuvi haqiqatda amalga oshirilgan xoʻjalik operatsiyalarini tasdiqlovchi birlamchi hisob hujjatlariga asoslangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3084472" id="-3084472">5-§. Hisoblash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084473" id="-3084473">16. Hisoblash prinsipiga muvofiq aktivlar, passivlar, daromadlar va xarajatlar, budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan xoʻjalik operatsiyalari va holatlar budjet hisobida bu harakatlar yuzasidan pul mablagʻlari yoki ekvivalentlari olingan yoxud toʻlangan paytda emas, balki shu harakatlar sodir etilgan (yoki haqiqatda olingan) paytda aks ettirilishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3084477" id="-3084477">6-§. Oldindan koʻra bilish (ehtiyotkorlik)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084480" id="-3084480">17. Oldindan koʻra bilish (ehtiyotkorlik) prinsipi moliyaviy hisobotda aktivlar va daromadlarni oshirib baholashga hamda majburiyatlar yoki xarajatlarni kamaytirib baholashga yoʻl qoʻyilmasligini nazarda tutadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084482" id="-3084482">Bu prinsipning qoʻllanishi yashirin zaxiralarni barpo etishga yoki taʼminotni oshirib koʻrsatishga, aktivlar yoki daromadlarni, majburiyatlar va xarajatlarni ataylab kamaytirishga va oshirib koʻrsatishga yoʻl qoʻymaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3084484" id="-3084484">7-§. Mazmunning shakldan ustunligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084487" id="-3084487">18. Mazkur prinsip agar hisob hujjatlari va moliyaviy hisobotlardagi axborot operatsiya va holatlarning mazmunini ishonchli aks ettirsa, mazkur axborot moliyaviy hisobotda hisobga olinishi va koʻrsatilishi lozimligini anglatadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3084492" id="-3084492">8-§. Koʻrsatkichlarning qiyosiyligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084502" id="-3084502">19. Moliyaviy axborot foydali va mazmunli boʻlishi uchun u turli hisobot davrlaridagi axborotlar bilan qiyoslanadigan boʻlishi lozim. Foydalanuvchilar budjet tashkiloti tomonidan moliyaviy hisobot tayyorlashda foydalanilgan hisob siyosatidan, mazkur siyosatdagi barcha oʻzgarishlardan va shunday oʻzgarishlarning natijalaridan xabardor boʻlishlari kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3084504" id="-3084504">9-§. Moliyaviy hisobotdagi betaraflik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084506" id="-3084506">20. Moliyaviy hisobotda taqdim etilayotgan axborot ishonchli boʻlishini taʼminlash uchun xolisona boʻlishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3084509" id="-3084509">10-§. Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084510" id="-3084510">21. Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi mazkur hisobot davridagi xarajatlarni amalga oshirishni taʼminlagan mazkur davrdagi daromadlarnigina aks ettirilishini anglatadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3084513" id="-3084513">11-§. Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084515" id="-3084515">22. Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash prinsipi budjet tashkiloti uchun baholashda aktivning qiymati asos boʻlishini nazarda tutadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3084519" id="-3084519">5-bob. Axborotni ochib berish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084521" id="-3084521">23. Budjet tashkiloti:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084524" id="-3084524">Standart nomini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084527" id="-3084527">hisob siyosatining oʻzgarish xususiyatini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084530" id="-3084530">ishonchli va talab etiladigan axborotni olish imkonini beradigan yangi hisob siyosatini qoʻllash sabablarini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084532" id="-3084532">hisobotda aks ettirilgan joriy davr uchun va har bir oldingi davr uchun moliyaviy hisobotning oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan qismini har bir moddalar qatoriga kiritilgan tuzatishlar summasini amalda imkoni boricha ochib berishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084534" id="-3084534">Oʻtgan davrlar moliyaviy hisobotida mazkur ochib berilgan axborotni takrorlash talab etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084536" id="-3084536">24. Budjet tashkiloti mazkur hisobot davriga oʻz taʼsirini koʻrsatayotgan yoki kelgusi hisobot davriga taʼsirini koʻrsatishi kutilayotgan hisob siyosatidagi oʻzgarishlar summasi va xarakteri toʻgʻrisidagi axborotni ochib berishi lozim, taʼsirini baholab boʻlmaydigan axborotni ochib berish bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3084537" id="-3084537">Agar kelgusi davrlarga taʼsir etuvchi summa, baholash imkoniyati boʻlmasligi oqibatida ochib berilmasa, budjet tashkiloti mazkur holatni koʻrsatib oʻtishi lozim.</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3086446" id="-3086446">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 52-son, 610-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
