

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Latn-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/uz/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 14.08.2017
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-302559" id="onLBC-302559">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6119"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;</span></div><div id="LBC21083"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari;</span></div><div id="LBC6949"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.03 Gʻallachilik]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-302559" id="onLS-302559">[<b>TSZ:</b><div id="LS3680"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;</span></div><div id="LS3739"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Sanoat;</span></div><div id="LS3740"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-307530" id="-307530">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-307532" id="-307532">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-307534" id="-307534">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-307544" id="-307544"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-3307103" id="-3307103">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3179-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/uz/acts/-3303092?ONDATE=14.08.2017 00#-3303470">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-307546" id="-307546">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF–3358-son <a href="/uz/acts/-173163">Farmoniga </a>muvofiq hamda donning sifatini, saqlanishini, don va uni qayta ishlash mahsulotlaridan oqilona foydalanilishini nazorat qilish darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-307548" id="-307548">1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-307549" id="-307549">don etishtirish, donni qabul qilish va qayta ishlash korxonalarida don va donni qayta ishlash mahsulotlarining davlat resurslaridan belgilangan maqsadda oqilona foydalanilishini, ularning sifatli saqlanishi hamda nobud boʻlishini qisqartirish taʼminlanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2353764" id="-2353764"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2353766" id="-2353766">don va donni qayta ishlash mahsulotlariga normativ-texnik hujjatlar hamda texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, shuningdek qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va eksport-import operatsiyalarida ularning sifatini sinash metodlariga rioya qilinishini muntazam nazorat qilib borish; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2353769" id="-2353769">(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli <a href="/uz/acts/-2349640?ONDATE=10.03.2014 00#-2349982">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-307552" id="-307552">don etishtiruvchilarga va donni saqlash hamda qayta ishlash korxonalariga donni oʻrib-yigʻib olish, tozalash, quritish, ishlov berish, qabul qilish, saqlash va qayta ishlashga oid normativ-hujjatlarni, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish masalalari boʻyicha uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-307553" id="-307553">2. Quyidagilar: </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1023414" id="-1023414"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-307554" id="-307554">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi <a href="/uz/acts/-302559#-307610">1</a> va<a href="/uz/acts/-302559#-307613"> 2</a>-ilovalarga muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-307556" id="-307556">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizom <a href="/uz/acts/-302559#-307619">3-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-307602" id="-307602">3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi xodimlarining cheklangan umumiy soni 81 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 39 nafar, ulardan markaziy apparatda tegishli ravishda 11 va 8 nafardan iborat etib belgilansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-307603" id="-307603">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi boshligʻiga zarurat boʻlganda “Oʻzdavdoninspeksiya” tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-307604" id="-307604">4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining <a href="/uz/acts/-302559#-313361">4-ilovaga </a>muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-307605" id="-307605">5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-307606" id="-307606">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-307607" id="-307607">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-307608" id="-307608">2004-yil 8-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-307609" id="-307609">269-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-307610" id="-307610"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-307611" id="-307611">Vazirlar Mahkamasining <br />2004-yil 8-iyundagi 269-son <a href="/uz/acts/-302559#-307530">qaroriga <br /></a>1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-307612" id="-307612">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-805671" id="-805671"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-805675" id="-805675"><img src="/uz/files/805674" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-307613" id="-307613"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-307614" id="-307614">Vazirlar Mahkamasining<br />2004-yil 8-iyundagi 269-son <a href="/uz/acts/-302559#-307530">qaroriga</a><br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-307615" id="-307615">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi markaziy apparatining tuzilmasi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-805676" id="-805676"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-805680" id="-805680"><img src="/uz/files/805679" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-307619" id="-307619"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-307621" id="-307621">Vazirlar Mahkamasining <br />2004-yil 8-iyundagi 269-son<a href="/uz/acts/-302559#-307530"> qaroriga</a><br />3-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-307623" id="-307623">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-307624" id="-307624">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-313301" id="-313301"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-313279" id="-313279">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313284" id="-313284">1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi (“Oʻzdavdoninspeksiya”) don, moyli ekinlar, ularning urugʻlari, shuningdek un, yorma, kepak, qoʻshimcha mahsulotlar, chiqindilar, omuxta ozuqalarning (keyingi oʻrinlarda don va donni qayta ishlash mahsulotlari deb ataladi) davlat resursining sifati, saqlanishi va oqilona foydalanilishi ustidan davlat nazorati sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313286" id="-313286">2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi tizimiga hududiy boʻlinmalar, markaziy va mintaqaviy laboratoriyalar kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313289" id="-313289">Hududiy boʻlinmalar, markaziy va mintaqaviy laboratoriyalar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita “Oʻzdavdoninspeksiya”ga hisob berishadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313290" id="-313290">3. “Oʻzdavdoninspeksiya” oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313292" id="-313292">4. “Oʻzdavdoninspeksiya” va uning hududiy boʻlinmalari davlat boshqaruvi boshqa organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313294" id="-313294">5. “Oʻzdavdoninspeksiya”, uning hududiy boʻlinmalari, markaziy va mintaqaviy laboratoriyalarining moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek inspeksiya tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash “Oʻzdavdoninspeksiya”ga ajratiladigan mablagʻlar doirasida davlat budjeti mablagʻlari hamda xoʻjalik faoliyatidan olinadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313296" id="-313296">6. “Oʻzdavdoninspeksiya” yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-313304" id="-313304">II. Inspeksiyaning vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313306" id="-313306">7. Quyidagilar “Oʻzdavdoninspeksiya”ning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313308" id="-313308">don etishtirish, donni qabul qilish va qayta ishlash korxonalarida don va donni qayta ishlash mahsulotlarining davlat resurslaridan belgilangan maqsadda oqilona foydalanilishi, ularning sifatli saqlanishi hamda nobud boʻlishini qisqartirish taʼminlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2353777" id="-2353777"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2353779" id="-2353779">don va donni qayta ishlash mahsulotlariga normativ-texnik hujjatlar hamda texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, shuningdek qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va eksport-import operatsiyalarida ularning sifatini sinash metodlariga rioya qilinishini muntazam nazorat qilib borish; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2353781" id="-2353781">(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli <a href="/uz/acts/-2349640?ONDATE=10.03.2014 00#-2349983">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313312" id="-313312">don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifatini oshirish masalalari boʻyicha davlat siyosatini shakllantirish uchun takliflar ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313314" id="-313314">don etishtiruvchilarga va donni saqlash hamda qayta ishlash korxonalariga donni oʻrib-yigʻib olish, tozalash, quritish, ishlov berish, qabul qilish, saqlash va qayta ishlashga oid normativ-texnik hujjatlarni, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish masalalari boʻyicha uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313317" id="-313317">8. “Oʻzdavdoninspeksiya” oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313319" id="-313319">don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifati, saqlanishi, ulardan oqilona foydalanilishi, ularni joylashtirish, ishlab tayyorlash, qayta ishlash, sotishning zarur tartibiga rioya qilinishi, ularni miqdori va sifati boʻyicha hisobga olishning toʻgʻriligi, don va donni qayta ishlash mahsulotlarining davlat resurslaridan foydalanuvchi korxonalarda ularni saqlashda tabiiy nobud boʻlish normalari qoʻllanishining asoslanganligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313321" id="-313321">respublika hududida xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida paydo boʻladigan bahsli hollarda, shuningdek eksport-import operatsiyalarida oʻz vakolatlari doirasida don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifati boʻyicha sinovlar oʻtkazadi hamda jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy boʻlgan xulosalar beradi. “Oʻzdavdoninspeksiya”ning don mahsulotlari sifati boʻyicha xulosasi uzil-kesil hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313323" id="-313323">Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga binoan oziq-ovqat balanslarini tuzishda qatnashadi, xarid qilish moʻljallanayotgan don sifati boʻyicha, shu jumladan import boʻyicha, shuningdek uni eksport qilishda, takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313325" id="-313325">davlat resurslaridagi donni saqlash va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining donning sifati, saqlanishi va undan oqilona foydalanilishi masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313326" id="-313326">don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifati, saqlanishi, ulardan oqilona foydalanish, ularning hisobini yuritish, ulardan foydalanish bilan bogʻliq texnologik jarayonlarni amalga oshirish, shu jumladan tashish va saqlash vaqtida ularning tabiiy nobud boʻlishi normalarini aniqlash masalalari boʻyicha normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqadi, belgilangan tartibda tasdiqlaydi va kelishib oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313327" id="-313327">bosh davlat don inspektorlari ish tartibini tartibga soluvchi tekshirish qoidalarini, shuningdek don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifati toʻgʻrisidagi sertifikatlar shaklini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313328" id="-313328">don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifatini oshirish hamda ulardan oqilona foydalanish davlat dasturlarini tayyorlashda qatnashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313329" id="-313329">davlat resursidagi don sifatining yomonlashishi, nobud boʻlishi hollari va sabablarini aniqlaydi, zarurat boʻlganda ularni bartaraf etish boʻyicha yozma buyruqlar beradi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini don va donni qayta ishlash mahsulotlari davlat resursining saqlanishi va ulardan foydalanish ishlarining ahvoli toʻgʻrisida xabardor qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313330" id="-313330">xarid qilishda, eksport-import operatsiyalarida, respublika ichida tashishda don va donni qayta ishlash mahsulotlarini davlat tomonidan majburiy nazorat qilishni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313331" id="-313331">don qabul qilish va donni qayta ishlash korxonalari bilan birgalikda davlat resurslariga xarid qilinadigan yangi hosil doni sifatini har yili tekshiruvdan oʻtkazadi, uning texnologik tavsiflarini tahlil qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313332" id="-313332">9. “Oʻzdavdoninspeksiya” oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek oʻzining hududiy boʻlinmalari, markaziy va mintaqaviy laboratoriyalari orqali hal qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-313333" id="-313333">III. Inspeksiyaning huquqlari va javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313334" id="-313334">10. “Oʻzdavdoninspeksiya” oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313335" id="-313335">don va donni qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, saqlovchi, qayta ishlovchi va davlat resurslariga sotuvchi korxonalar va tashkilotlarni belgilangan tartibda tekshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313336" id="-313336">tekshirilayotgan korxonalar va tashkilotlarning tekshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha hujjatlari bilan tanishish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313337" id="-313337">oʻz vakolatlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslar uchun bajarish majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish, belgilangan tartibda maʼmuriy jazolar belgilash, shuningdek don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifatini baholash, qabul qilib olish, joylashtirish, saqlash va qayta ishlash qoidalarining aniqlangan buzilishlarini belgilangan muddatda bartaraf etish toʻgʻrisida yozma buyruqlar berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313338" id="-313338">korxonalardan don va donni qayta ishlash mahsulotlari namunasini belgilangan tartibda olish, tekshirishlar oʻtkazish uchun ularning laboratoriyalaridan foydalanish hamda zarur hollarda tekshirish bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun korxonalar mutaxassislarini jalb qilish, zarurat boʻlganda don va donni qayta ishlash mahsulotlari namunalarini qoʻshimcha tadqiq qilish uchun tegishli laboratoriyalarga joʻnatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313339" id="-313339">zarurat boʻlganda don qabul qilish va donni qayta ishlash korxonalarida davlat resurslariga moʻljallangan don va donni qayta ishlash mahsulotlarining keltirilayotgan va avtomobil hamda temir yoʻl transportida yuklab joʻnatilayotgan partiyalarini, shuningdek davlat resurslaridagi donni tarozida qayta tortib koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313340" id="-313340">don va mahsulotlar qoldiqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchliligi asosli ravishda shubha tugʻdirgan hollarda don va donni qayta ishlash mahsulotlari davlat resurslari qoldiqlarini tarozida qayta tortib koʻrgan yoki standart massa boʻyicha qoplarga joylashtirilgan mahsulotni qayta hisoblab chiqqan holda navbatdan tashqari xatlovdan oʻtkazishni tayinlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313341" id="-313341">don va donni qayta ishlash mahsulotlarini saqlash uchun yaroqsiz boʻlgan omborlarga joylashtirishni taqiqlash, texnologiya va sanitariya tartiblarining qoʻpol ravishda buzilishi aniqlangan hollarda ayrim ishlab chiqarishlar, sexlar va korxonalar ishini, shuningdek normativ va texnik hujjatlar talablariga javob bermaydigan don va donni qayta ishlash mahsulotlarini belgilangan maqsadda sotishni ushbu tartib buzilishlari bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313342" id="-313342">xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, birlashmalarga va boshqa tovar ishlab chiqaruvchilarga shartnoma asosida don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifatini baholash boʻyicha xizmatlar, shuningdek oʻz vakolatlari doirasida boshqa turdagi xizmatlar koʻrsatish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313343" id="-313343">“Oʻzdavdoninspeksiya” Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313344" id="-313344">11. “Oʻzdavdoninspeksiya” oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313345" id="-313345">“Oʻzdavdoninspeksiya” va hududiy boʻlinmalar mansabdor shaxslarining maʼmuriy jazo choralarini qoʻllanish boʻyicha xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat berish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313346" id="-313346">12. “Oʻzdavdoninspeksiya” va uning hududiy boʻlinmalari mansabdor shaxslari oʻz xizmat vazifalarini zarur darajada bajarmaganligi, shuningdek tekshirilayotgan korxona va tashkilotlarning davlat va tijorat sirlarini oshkor etganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-313347" id="-313347">IV. Inspeksiya faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1642405" id="edi-1642405"><a href="/uz/acts/-302559?ONDATE=08.06.2004 00#-1642403">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642405" id="-1642405">13. “Oʻzdavdoninspeksiya”ni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshqaradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1642408" id="-1642408">(13-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli <a href="/uz/acts/-1636723?ONDATE=05.06.2010 00#-1637321">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313348" id="-313348"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1642410" id="edi-1642410"><a href="/uz/acts/-302559?ONDATE=08.06.2004 00#-313349">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642410" id="-1642410">“Oʻzdavdoninspeksiya” boshligʻining belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar oʻrinbosari boʻladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1642413" id="-1642413">(13-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli <a href="/uz/acts/-1636723?ONDATE=05.06.2010 00#-1637322">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313350" id="-313350">“Oʻzdavdoninspeksiya” boshligʻi maqomiga koʻra vazirning birinchi oʻrinbosariga, boshliq oʻrinbosari — vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313351" id="-313351">“Oʻzdavdoninspeksiya” markaziy laboratoriyasi mudiri bevosita Davlat don inspeksiyasi boshligʻiga boʻysunadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313352" id="-313352">Mintaqaviy laboratoriyalar mudirlari oʻz joriy ishlarini joylashgan joyidagi hududiy boʻlinma bosh davlat inspektori rahbarligida va markaziy laboratoriyaning metodik yordamida amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313353" id="-313353">14. “Oʻzdavdoninspeksiya” boshligʻi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313354" id="-313354">“Oʻzdavdoninspeksiya” faoliyatiga umumiy rahbarlikni yakka boshchilik asosida amalga oshiradi hamda “Oʻzdavdoninspeksiya”ga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313355" id="-313355">“Oʻzdavdoninspeksiya” markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida shtatlar jadvalini, shuningdek “Oʻzdavdoninspeksiya” markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313356" id="-313356">“Oʻzdavdoninspeksiya”ning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313357" id="-313357">“Oʻzdavdoninspeksiya” markaziy apparati xodimlarini, “Oʻzdavdoninspeksiya”ning hududiy boʻlinmalari, markaziy va mintaqaviy laboratoriyalari rahbarlari hamda xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313358" id="-313358">Boshliq qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313359" id="-313359">15. Hududiy boʻlinmalar oʻz faoliyatini “Oʻzdavdoninspeksiya” tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313360" id="-313360">16. “Oʻzdavdoninspeksiya”ni tugatish va qayta tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-313361" id="-313361"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-313362" id="-313362">Vazirlar Mahkamasining <br />2004-yil 8-iyundagi 269-son<a href="/uz/acts/-302559#-307530"> qaroriga</a><br />4-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-313363" id="-313363">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-313364" id="-313364"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-313365" id="-313365">1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat don inspeksiyasini tashkil qilish toʻgʻrisida” 1996-yil 4-noyabrdagi 377-son qarorining <a href="/uz/acts/-498436?ONDATE=04.11.1996 00#-498444">2</a>, <a href="/uz/acts/-498436?ONDATE=04.11.1996 00#-498445">3</a>-bandlari, 4-bandining <a href="/uz/acts/-498436?ONDATE=04.11.1996 00#-498452">birinchi </a>va <a href="/uz/acts/-498436?ONDATE=04.11.1996 00#-498453">ikkinchi</a> xatboshi, <a href="/uz/acts/-498436?ONDATE=04.11.1996 00#-498455">5</a>, <a href="/uz/acts/-498436?ONDATE=04.11.1996 00#-498456">6 </a>va <a href="/uz/acts/-498436?ONDATE=04.11.1996 00#-498462">11</a>-bandlari, shuningdek qarorga <a href="/uz/acts/-498436?ONDATE=04.11.1996 00#-498475">1</a> va <a href="/uz/acts/-498436?ONDATE=04.11.1996 00#-498545">2</a>-ilovalar hamda Vazirlar Mahkamasining “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari bilan operatsiyalar hisobini yuritish va rasmiylashtirish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 20-martdagi 137-son qarorining<a href="/uz/acts/-309433?ONDATE=20.03.2001 00#-309453"> 3-bandi </a>oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1114985" id="edi-1114985"><a href="/uz/acts/-302559?ONDATE=08.06.2004 00#-1114984">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1114985" id="-1114985">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-son <a href="/uz/acts/-1004810?ONDATE=25.05.2006 00#-1042588">qarori </a>bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 22-son, 191-modda)</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1072407" id="-1072407">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 22-23-son, 266-modda; 2006-y., 22-son, 191-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
