Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.02.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2016 — 2020-yillarda qishloq xoʻjaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 29-dekabrdagi PQ-2460-son qaroriga muvofiq, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarning soʻzsiz bajarilishi yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-aprel,
128-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 128-son qaroriga
ILOVA
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 28-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yetkazib berilayotgan moddiy-texnika resurslari va ajratilayotgan bank kreditlaridan maqsadli foydalanish”;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 67-banddagi “25” raqami “30” raqami bilan almashtirilsin.
3. 68-banddagi “25” raqami “30” raqami bilan almashtirilsin.
4. 69-banddagi “15” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin.
5. Quyidagi mazmundagi 761-band qoʻshilsin:
“761. Xoʻjalik tomonidan davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslaridan maqsadli foydalanilmagan taqdirda, xoʻjalik xizmat koʻrsatish tashkilotiga maqsadli foydalanilmagan moddiy-texnika va kredit resurslari qiymatining 25 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Xoʻjalik tomonidan, jarimadan tashqari:
xizmat koʻrsatish tashkilotiga davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yetkazib berilgan maqsadli foydalanilmagan moddiy-texnika resurslarining sotib olingan narxi bilan moddiy-texnika resurslari sotib olingan kundagi birja kotirovkalarining oʻrtacha narxi oʻrtasidagi ijobiy farq;
davlat ehtiyojlari uchun gʻalla va paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan maqsadli foydalanilmagan kredit mablagʻlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan kam boʻlmagan miqdorda foizlar toʻlanadi”.
6. Quyidagi mazmundagi 801-band qoʻshilsin:
“801. Xoʻjalik tomonidan davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid qilish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini buzganlik uchun javobgarlik xavfi sugʻurta qilinishi mumkin”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 18-son, 190-modda)