Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OSIYO TARAQQIYOT BANKI HAMDA XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDAGI LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH UCHUN NORMATIV HUJJATLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Paxta va don mahsulotlari yetishtirishni ragʻbatlantirish, Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarda qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari xoʻjalik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi oʻzgartirilgan xoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 2-maydagi 201-son hamda “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 26-noyabrdagi 461-son qarorlariga muvofiq koʻrsatib oʻtilgan loyihalarga kiritilgan qishloq xoʻjaligi korxonalariga davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi va don mahsulotlari xaridlari boʻyicha topshiriqlar oʻrniga belgilab qoʻyilgan xarid kvotalari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan ichki xoʻjalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklash hamda meliorativ qurilish texnikasi yetkazib berish uchun investitsiya xarajatlarini qoplash mexanizmi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq;
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalariga kiritilgan tumanlarda qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun paxta xom ashyosi va don mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish va xarid kvotalarini taqsimlashning vaqtinchalik tartibi 2-ilovaga muvofiq;
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 3-ilovaga muvofiq;
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 4-ilovaga muvofiq;
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi uchun uni davlat ehtiyojlari uchun sotishda shartnomaviy narxlarni belgilashning vaqtinchalik tartibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2004-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda loyihalarda qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan paxta xom ashyosi yetishtirish va sotishni tashkil etish mexanizmini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsinlar, bunda jalb etilgan investitsiyalarni hisobga olgan holda hosildorlikni oshirishning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish, qarz mablagʻlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlarini nazarda tutsinlar.
4. Belgilab qoʻyilsinki, Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan paxta mahsulotlari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq belgilangan tartibda paxta terminallaridan sotiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarining amalga oshirilishi, ularni amalga oshirishga ajratilgan mablagʻlarning samarali va oʻz vaqtida sarflanishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirsinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining koʻrsatib oʻtilgan loyihalarini samarali amalga oshirish uchun Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy oʻzgartirish agentligiga hamda loyihalarga kiritilgan tumanlar hokimliklariga kredit mablagʻlaridan foydalanishni nazorat qilish va hisobga olish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishi va kiritilishini taʼminlash yuzasidan javobgarlik yuklansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 30-mart,
153-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 30-martdagi 153-son qaroriga
1-ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan ichki xoʻjalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklash hamda meliorativ qurilish texnikasi yetkazib berish uchun investitsiya xarajatlarini qoplash mexanizmi toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
Mazkur Nizom Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi oʻzgartirilgan xoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash” hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash” loyihalarini (keyingi oʻrinlarda loyihalar deb ataladi) amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan va loyihalarda qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan ichki xoʻjalik drenajlari hamda irrigatsiya tizimlarini tiklashga va meliorativ qurilish texnikasi yetkazib berishga investitsiya xarajatlarini qoplash mexanizmini belgilaydi.
I. Atamalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi atamalar qabul qilingan:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi — loyihalarni amalga oshiruvchi tashkilot, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan faoliyat koʻrsatadi (keyingi oʻrinlarda Ijro etuvchi agentlik deb ataladi);
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suv isteʼmolchilari uyushmasi — yuridik shaxslar boʻlgan suv isteʼmolchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
loyiha benefitsiarlari — Suv isteʼmolchilari uyushmasi aʼzolari yoki loyihalarda qatnashuvchi har qanday qishloq xoʻjaligi korxonasi, ushbu korxonalar hududida ichki xoʻjalik drenajlari va irrigatsiya tizimlari boʻyicha qurilish-tiklash ishlari amalga oshiriladi yoki ular tomonidan meliorativ qurilish texnikasi sotib olinadi (keyingi oʻrinlarda benefitsiarlar deb ataladi);
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
meliorativ qurilish texnikasi — Suv isteʼmolchilari uyushmalariga ichki xoʻjalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklash va ularga xizmat koʻrsatish maqsadida yetkazib beriladigan yer qazish texnikasi (keyingi oʻrinlarda texnika deb ataladi);
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Konsultant tanlash — ushbu tartibotlar boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki yoki Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan tasdiqlangan talablarga muvofiq dizayn va tender hujjatlarini tayyorlash boʻyicha konsultant tanlash;
tender boʻyicha tanlash — ushbu tartibotlar boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki yoki Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan tasdiqlangan talablarga muvofiq qurilish-tiklash ishlarini bajarish (texnika yetkazib berish) uchun Pudratchini (Yetkazib beruvchini) tanlash;
pudratchi — drenaj va irrigatsiya tizimlari boʻyicha qurilish-tiklash ishlarini bajarish yuzasidan tender boʻyicha tanlov qatnashchilariga qoʻyiladigan talablarga javob beruvchi yuridik shaxs;
yetkazib beruvchi — meliorativ qurilish texnikasi yetkazib berish yuzasidan tender boʻyicha tanlov qatnashchilariga qoʻyiladigan talablarga javob beruvchi yuridik shaxs;
dizayn — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarni qurish qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilash tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomga muvofiq Konsultant tomonidan ishlab chiqilgan loyihalash obyektining dala tekshirishlari asosidagi loyiha-smeta hujjatlari;
konsultatsiya markazi — benefitsiarlarga qishloq xoʻjaligi boʻyicha konsultatsiya xizmatlari koʻrsatish uchun loyihalar doirasida tashkil etiladigan qishloq biznesi konsultatsiya markazi;
Oldingi tahrirga qarang.
mablagʻlar yigʻish — benefitsiarlar tomonidan ichki xoʻjalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklash yoki texnika yetkazib berish uchun tegishli komponentlar boʻyicha jalb etilgan Osiyo taraqqiyot banki yoki Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki kreditlarini toʻlash maqsadida (foizlar va vositachilik haqini hisobga olgan holda) Suv isteʼmolchilari uyushmasining maxsus maqsadli hisob raqamiga pul mablagʻlari oʻtkazish.
(1-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
II. Konsultant tanlash va uning xizmatlarini moliyalashtirish
2. Ichki xoʻjalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklashga yoʻnaltirilgan loyiha yechimlarini amalga oshirish uchun Ijro etuvchi agentlik Konsultant tanlaydi hamda tanlash natijalari boʻyicha Konsultant bilan dizayn va tender hujjatlarini tayyorlash yuzasidan kontrakt tuzadi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tadbirlarni moliyalashtirish tegishli komponentlar boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi. Kontraktda kontrakt umumiy summasining koʻpi bilan 10 foizini oldindan toʻlash nazarda tutilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Konsultant tuzilgan kontraktga muvofiq hamda dala tekshirishlari asosida Suv isteʼmolchilari uyushmasi bilan kelishilishi kerak boʻlgan dizayn va tender hujjatlarini tayyorlaydi va ularni loyihalar maqsadlariga muvofiq boʻlgan qurilish ishlarini moliyalashtirish uchun Ijro etuvchi agentlikka taqdim etadi. Dizayn va tender hujjatlarini tayyorlash bilan bogʻliq barcha xarajatlar Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki kreditlarining tegishli komponentlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
4. Ijro etuvchi agentlik va Konsultant oʻrtasidagi qabul qilish dalolatnomasi imzolangandan keyin Ijro etuvchi agentlik mablagʻlarni loyihalarning maxsus hisob raqamlaridan koʻchiradi va Konsultantga kontrakt summasining toʻlanmagan qismini toʻlaydi.
III. Qurilish-tiklash ishlarini moliyalashtirish va ularning xarajatlarini qoplash
5. Qabul qilish dalolatnomasi imzolangandan keyin:
10 kun mobaynida Ijro etuvchi agentlik benefitsiarga dizaynni taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiarga dizayn taqdim etilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida — Ijro etuvchi agentlik, benefitsiar va Suv isteʼmolchilari uyushmasining vakolatli vakillari ushbu Nizomga ilovaga muvofiq xarajatlarni moliyalashtirish va qoplash toʻgʻrisida uch tomonlama shartnoma (keyingi oʻrinlarda Shartnoma deb ataladi) tuzadilar.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Shartnomada kreditlarni toʻlash, olingan kreditlar boʻyicha foizlarni, bir martalik vositachilik haqini va kreditning foydalanilmagan summasi boʻyicha majburiyat uchun vositachilik haqini toʻlash shartlari nazarda tutiladi.
6. Ijro etuvchi agentlik tender hujjatlari asosida, benefitsiar ishtirokida qurilish-tiklash ishlarini bajarishga (texnika yetkazib berishga) Pudratchini (Yetkazib beruvchini) tender boʻyicha tanlashni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Tender boʻyicha tanlash natijalariga koʻra Ijro etuvchi agentlik, Pudratchi (Yetkazib beruvchi), Suv isteʼmolchilari uyushmasi va benefitsiarlar oʻrtasida kontrakt tuziladi, kontrakt shartlari boʻyicha oldindan tegishli ravishda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki yoki Osiyo taraqqiyot bankining roziligi olinishi kerak.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qurilish-tiklash ishlarining (texnika yetkazib berishning) tugallanganligi besh nusxadagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, dalolatnoma Ijro etuvchi agentlik, Pudratchi (Yetkazib beruvchi), Suv isteʼmolchilari uyushmasi va benefitsiarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Qabul qilib olishda Ijro etuvchi agentlik, Suv isteʼmolchilari uyushmasi yoki benefitsiar tugallangan qurilish-tiklash ishlarining tayyorlangan dizaynga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa olish uchun Konsultatsiya markaziga murojaat qilishlari mumkin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tomonlardan biri dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda paydo boʻlgan nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va kontrakt shartlariga muvofiq hal etiladi. Ishlarni bajarish (texnikani topshirish-qabul qilib olish) tugallanganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma benefitsiarlar tomonidan qoplanadigan Shartnomada belgilangan mablagʻlar miqdoriga tuzatishlar kiritish uchun asos hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ijro etuvchi agentlik qurilish-tiklash ishlarini (texnika yetkazib berishni) moliyalashtirishni Osiyo taraqqiyot banki yoki Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki kreditlarining tegishli komponentlari boʻyicha, kontrakt shartlariga muvofiq ajratiladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiradi, shuningdek Suv isteʼmolchilari uyushmasini qarz mablagʻlarini zarur darajada hisobga olish va foizlarni toʻlash maqsadida kontrakt boʻyicha mablagʻlarni koʻchirish toʻgʻrisida xabardor qiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Shartnomaga muvofiq Suv isteʼmolchilari uyushmasi har yarim yillikda bir marta asosiy qarzni, foizlarni hamda mazkur kreditga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan va benefitsiarlar tomonidan ichki xoʻjalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini yaxshilash yoki texnika yetkazib berish uchun toʻlanadigan barcha vositachilik toʻlovlarini toʻlash uchun oʻz hisob raqamiga mablagʻlar yigʻishni amalga oshiradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Suv isteʼmolchilari uyushmasi benefitsiarlardan tushgan mablagʻlarni shu kunning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisob raqamiga oʻtkazadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Yagona qishloq xoʻjaligi korxonasi benefitsiar sifatida ish koʻrgan hollarda shartnoma toʻgʻridan-toʻgʻri Ijro etuvchi agentlik va qishloq xoʻjaligi korxonasi oʻrtasida, Suv isteʼmolchilari uyushmasi (tashkil etmasdan) ishtirokisiz tuziladi. Bu holda Suv isteʼmolchilari uyushmasining ushbu Nizomda nazarda tutilgan barcha huquq va majburiyatlari qishloq xoʻjaligi korxonasiga oʻtadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan ichki xoʻjalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklash hamda meliorativ qurilish texnikasi yetkazib berish uchun investitsiya xarajatlarini qoplash mexanizmi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
ILOVA
_______________kanalini (drenajni) tiklash (meliorativ qurilish texnikasi yetkazib berish) boʻyicha (nomi) investitsiya xarajatlarini moliyalashtirish va toʻlash yuzasidan
NAMUNAVIY SHARTNOMA
Oldingi tahrirga qarang.
‎‎___________________________________ viloyati __________________________________ tumani‎
200__ yil “_________”_________________‎
Keyingi oʻrinlarda “Ijro etuvchi agentlik” deb ataladigan Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibi‎
oʻzgartirish agentligi nomidan bosh direktor ___________ bir tomondan, suv isteʼmolchilarining ‎‎200__ yil “___” __________dagi taʼsis yigʻilishi qaroriga koʻra tashkil etilgan, keyingi oʻrinlarda
‎‎“Suv isteʼmolchilari uyushmasi” deb ataladigan ___________ suv isteʼmolchilari uyushmasi
‎nomidan________________ ikkinchi tomondan hamda keyingi oʻrinlarda “Benefitsiarlar” deb ataladigan
‎ushbu Shartnoma 1-ilovaga muvofiq qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlari uchinchi tomondan, (keyingi
‎oʻrinlarda _______________________________________________________________________ deb ataladi)
‎___________________________________________________________________________________________‎‎

‎‎(xalqaro moliya tashkiloti nomi)‎

‎‎ishtirokida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan ichki xoʻjalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklash hamda meliorativ qurilish texnikasi yetkazib berish uchun investitsiya xarajatlarini qoplash mexanizmi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomga (keyingi oʻrinlarda “Nizom” deb ataladi) muvofiq amalga oshiriladigan loyihaning drenaj va irrigatsiya tizimlarini yaxshilash boʻyicha komponentini (keyingi oʻrinlarda “loyiha” deb ataladi) amalga oshirish doirasida ushbu Shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar: ‎

(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
I. Shartnomaning predmeti
1.1. Ijro etuvchi agentlik Nizomning 3-bandiga muvofiq tayyorlangan dizayn (keyingi oʻrinlarda “Dizayn” deb ataladi) asosida qurilish-tiklash ishlarini bajarishni yoki meliorativ texnikasi (keyingi oʻrinlarda “texnika” deb ataladi) yetkazib berishni moliyalashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
1.2. ‎ Taʼmirlash-tiklash ishlarining (yetkazib beriladigan texnikaning) umumiy qiymati ‎ __________________________________________________________________________‎ soʻmni tashkil qiladi‎

(summa soʻz bilan)‎

(1.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095-son)
1.3. Benefitsiarlar investitsiya xarajatlarini (ushbu Shartnomaga 2-ilovaga muvofiq) oʻz vaqtida qaytarish, shu jumladan kreditdan foydalanish bilan bogʻliq foizlar va vositachilik haqini toʻlov kunidagi banklararo savdo sessiyasi kursi boʻyicha milliy valyutada toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladilar.
‎‎1.4. Benefitsiarlar foizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining __________________________

(XMT nomi)‎‎

‎‎bilan Qarz bitimida belgilangan plyus 1,5% foiz yillik stavka boʻyicha, investitsiya xarajatlarining koʻchirilgan va toʻlanmagan asosiy summasi boʻyicha toʻlaydilar.
1.5. Benefitsiarlar vositachilik haqini mazkur vaqtda hisob raqamidan koʻchirilmagan, kreditning asosiy summasidan 0,75 foiz yillik stavka miqdoridagi majburiyatlar boʻyicha toʻlaydilar.
1.6. Asosiy summani, foizlarni va boshqa toʻlovlarni toʻlash har yili ikki marta: 10-yanvar va 10-iyulda (Osiyo taraqqiyot banki Loyihasi boʻyicha) yoki 10-aprel va 10-oktabrda (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihasi boʻyicha) amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
‎‎1.7. Suv isteʼmolchilari uyushmasi investitsiya xarajatlarini toʻlash uchun moʻljallangan benebenefitsiarlar mablagʻlarini yigʻishni amalga oshiradi, mablagʻlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining _______________________________________ maxsus hisob‎‎
‎‎raqamiga oʻtkazadi. ‎ (maxsus hisob raqami koʻrsatiladi)‎
(1.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
II.Tomonlarning majburiyatlari
2.1. Benefitsiarlar quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
2.1.1. Ushbu Shartnomaning 1.3-bandiga muvofiq investitsiya xarajatlarini Suv isteʼmolchilari uyushmasining maxsus maqsadli hisob raqamiga belgilangan tartibda toʻlash;
(2.1-bandning 2.1.1 kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
2.1.2. Qaytariladigan mablagʻlarni toʻlash muddati oʻtkazib yuborilgan taqdirda toʻlovning belgilangan sanasidan boshlab muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun muddati oʻtkazib yuborilgan summaning 0,05 foizi miqdorida, lekin muddati oʻtkazib yuborilgan summaning 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlash;
Oldingi tahrirga qarang.
2.1.3. Pudratchi tomonidan ishlarni amalga oshirishda yoki Yetkazib beruvchi tomonidan texnika yetkazib berishda aniqlangan nuqsonlar toʻgʻrisida bevosita yoki suv isteʼmolchilari uyushmasi orqali Ijro etuvchi agentlikka oʻz vaqtida xabar qilish;
(2.1-bandning 2.1.3 kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
2.1.4. Benefitsiar tugatilgan taqdirda ushbu Shartnoma boʻyicha barcha majburiyatlarni oʻzining huquqiy vorisiga berish.
2.2. Ijro etuvchi agentlik quyidagilarga majbur:
2.2.1. Qarz bitimi shartlariga muvofiq va benefitsiarlar hamda Hukumat manfaatlarini koʻzlab loyihaning samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
2.2.2. Dizayn asosida qurilish-tiklash ishlarini bajarish (texnika yetkazib berish maqsadida Pudratchi (Yetkazib beruvchi)ni tanlash uchun tender tashkil etish va u bilan kontrakt tuzish;
2.2.3. Pudratchi tomonidan bajarilgan ishlarni (Yetkazib beruvchi tomonidan yetkazib berilgan texnikani) kontrakt shartlariga muvofiq moliyalashtirish hamda ishlarning bajarilishini doimiy nazorat qilib borishni taʼminlash;
2.2.4. Benefitsiarlar va Pudratchi (Yetkazib beruvchi) bilan birgalikda qurilish-tiklash ishlarining tugallanganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani tasdiqlangan dizaynga (yetkazib berilgan texnikani topshirish-qabul qilib olish) muvofiq imzolash;
2.2.5. Xalqaro va mahalliy konsultantlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
2.2.6. Loyiha mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
2.2.7. Amalga oshirilgan ishlar (texnika yetkazib berish) toʻgʻrisidagi hisobotlarni Ijro etuvchi agentlikka belgilangan tartibda taqdim etish;
(2.2.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
2.2.8. Moliyaviy mablagʻlardan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etish.
Oldingi tahrirga qarang.
2.3. Suv isteʼmolchilari uyushmasi quyidagilarga majbur:
(2.3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
2.3.1. Mablagʻlarni qaytarish boʻyicha majburiyatlarni benefitsiarlar oʻrtasida ular uchun bajarilgan ishlar hajmlariga mutanosib ravishda taqsimlash;
2.3.2. Benefitsiarlarning investitsiya xarajatlarini qoplash, shu jumladan foizlar va vositachilik toʻlovlarini toʻlash uchun moʻljallangan mablagʻlarini toʻplash;
2.3.3. Benefitsiarlardan tushgan mablagʻlarni (ushbu Shartnomaga 3-ilovaga muvofiq) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisob raqamiga oʻz vaqtida va toʻliq hajmda oʻtkazish;
2.3.4. Benefitsiar tugatilgan taqdirda mablagʻlarni qayta taqsimlash yoki majburiyatlarni huquqiy vorisga berish boʻyicha qoʻshimcha shartnomani rasmiylashtirish;
2.3.5. Investitsiya xarajatlarining, shu jumladan ular boʻyicha foizlar va vositachilik haqining toʻlanishini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
2.3.6. Ijro etuvchi agentlik hamda Moliya vazirligini investitsiya xarajatlarini toʻlash jadvalining bajarilishi toʻgʻrisida xabardor qilish.
(2.3.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
III. Tomonlarning huquqlari
3.1. Benefitsiarlar quyidagi huquqlarga ega:
3.1.1. Oʻz hududida qurilish-tiklash ishlarining (texnika yetkazib berishning) bajarilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
3.1.2. Dizaynning tayyorlangan loyihasini ekspertizadan oʻtkazish;
3.1.3. Bajarilgan ishlarning (yetkazib berilgan texnikaning) sifati qoniqarsiz boʻlgan taqdirda qurilish-tiklash ishlarining (texnikani topshirish-qabul qilishning) tugallanganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani imzolashni rad etish.
3.2. Ijro etuvchi agentlik quyidagi huquqlarga ega:
3.2.1. Mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish va ishlarning bajarilishini (texnikaning yetkazib berilishini) doimiy nazorat qilish;
3.2.2. Pudratchidan barcha ishlarning dizaynga muvofiq bajarilishini va dizayndan barcha chetga chiqishlarni oʻz hisobiga bartaraf etishini talab qilish;
3.2.3. Bajarilgan ishlarning (yetkazib berilgan texnikaning) sifati qoniqarsiz boʻlgan taqdirda qurilish-tiklash ishlarining (texnikani topshirish-qabul qilishning) tugallanganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani imzolashni rad etish.
Oldingi tahrirga qarang.
3.3. Suv isteʼmolchilari uyushmasi quyidagi huquqlarga ega:
(3.3.-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
3.3.1. Ushbu Shartnomaga muvofiq benefitsiarlardan kanalni (drenajni) tiklash (texnika yetkazib berish) boʻyicha investitsiya xarajatlarini toʻlash uchun mablagʻlarning vaqti-vaqti bilan oʻtkazib turilishini oʻz vaqtida amalga oshirishni talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
3.3.2. Ijro etuvchi agentlik hamda Moliya vazirligi bilan investitsiya xarajatlarini toʻlash jadvalini oʻzgartirish masalalari boʻyicha muzokaralar olib borish;
(3.3.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3.3.3. Benefitsiarlar tomonidan ushbu Shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda ularga eʼtiroz bildirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sudga daʼvo taqdim etish.
(3.3.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Tomonlarning javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
4.1. Tomonlar oʻz xatti-harakatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob berishadi.
(4.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24-bobi (“Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik”).
V. Maxsus shartlar
Oldingi tahrirga qarang.
5.1. Benefitsiarlar faoliyat koʻrsatadigan zonada qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilining qisman yoki toʻliq nobud boʻlishiga olib kelgan fors-major holatlari vujudga kelgan taqdirda qarz mablagʻlarini toʻlash muddati ___ yilga uzaytiriladi. Fors-major holati taʼsirida hosilning qisman yoki toʻliq nobud boʻlganligi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibotlarga muvofiq aniqlanadi.
(5.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5.2. Benefitsiar tugatilgan taqdirda toʻlanmagan mablagʻlarning qolgan qismi tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida toʻliq hajmda qaytarilishi yoki huquqiy vorisga (qoʻshimcha shartnomani imzolagan holda) berilishi kerak.
5.3. Ushbu Shartnomaning amal qilish davrida paydo boʻladigan nizolar va kelishmovchiliklar xoʻjalik sudida hal etilishi kerak.
VI. Shartnomaning muddati
6.1. Ushbu Shartnoma 20__ yil “__”_________dan 20__ yil “__”_________ gacha - 20 yil muddatga tuzilgan va benefitsiarlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ichki xoʻjalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklashga (texnika yetkazib berishga) Ijro etuvchi agentlik tomonidan benefitsiarlar uchun moliyalashtirilgan xarajatlarning butun summasi toʻliq toʻlangungacha amal qiladi.
6.2. Shartnoma uni tomonlar imzolagan vastdan boshlab kuchga kiradi.
VII. Tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari
Ijro etuvchi agentlik: Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy oʻzgartirish agentligi, 700000, Toshkent shahri, Qori Niyoziy koʻchasi, 39-uy, “B” korpus. Bankning hisob raqami _______________ MFO №_____________.
Oldingi tahrirga qarang.
Suv isteʼmolchilari uyushmasi: _________ viloyati _________ tumani _________ shaharchasidagi “_________” suv isteʼmolchilari uyushmasi. Bankning hisob raqami ________________ MFO №_____.
(VII-boʻlimning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Benefitsiarlar:
1. _________ viloyati _________ tumanidagi “_________” qishloq xoʻjaligi korxonasi. Bankning hisob raqami _______________ MFO №_______.
2. _________ viloyati _________ tumanidagi “_________” qishloq xoʻjaligi korxonasi. Bankning hisob raqami _______________ MFO №__________.
Oldingi tahrirga qarang.

Ijro etuvchi agentlik‎

Suv isteʼmolchilari uyushmasi


‎________________________________________‎


‎______________________________________‎

(vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

(vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

________________________________________‎

_______________________________________‎

(lavozimi)‎

(lavozimi)‎


‎M.Oʻ.


‎M.Oʻ.

‎________________________________________

________________________________________‎

(imzo)‎

(imzo)‎

________________________________________‎

_______________________________________‎

(sana)‎

(sana)‎



‎Benefitsiarlar


‎Qishloq xoʻjaligi korxonasi‎


‎Qishloq xoʻjaligi korxonasi‎ ‎‎


‎“_____________________________________”‎


‎‎“_____________________________________”‎ ‎

‎‎________________________________________‎

‎‎________________________________________‎ ‎

‎(vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

(vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi)‎ ‎

‎‎________________________________________‎ ‎

‎‎________________________________________‎ ‎

(lavozimi)‎ ‎

(lavozimi)‎ ‎


‎‎M.Oʻ. ‎


‎M.Oʻ. ‎


________________________________________‎‎


‎________________________________________‎

‎(imzo)‎

(imzo)‎ ‎

‎________________________________________

________________________________________‎

(sana)‎ ‎

(sana)‎ ‎

(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
200__yil “___” ________dagi ____-son Shartnomaga
1-ILOVA
Ichki xoʻjalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklash (texnika yetkazib berish) boʻyicha investitsiya xarajatlarini moliyalashtirish va toʻlash yuzasidan _________________________ -son shartnomada qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari (nomi)
ROʻYXATI

T/R ‎

Qishloq xoʻjaligi
‎ korxonasi ‎

Rahbarning familiyasi, ismi,
‎otasining ismi ‎

Sugʻoriladigan maydon,
‎gektar ‎

200__yil “___” ________dagi ____-son Shartnomaga
2-ILOVA
Ichki xoʻjalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklashga (texnika yetkazib berishga) investitsiya xarajatlarini ___________ viloyati ________________ tumanidagi __________________ qishloq xoʻjaligi korxonasi tomonidan toʻlash
JADVALI
Oldingi tahrirga qarang.
__________________________________________________________________________________________
‎Sugʻoriladigan yerlarning umumiy maydoni, gektar_______________________________________________
‎Xoʻjalikning sugʻoriladigan yerlari ulushi, %___________________________________________________
‎Toʻlash uchun qurilish-tiklash ishlari (texnika)
‎qiymati_________________________________________________________________
Qarzni toʻlash muddati ____________________________________________________________‎___20 yil__
‎‎Imtiyozli davr_______________________________________________________________________5 yil__
‎‎Foiz stavkasi_________________________________________________________________________%___
‎‎Majburiyat uchun vositachilik haqi_______________________________________________________0,75 %

Yillar‎

Investitsiyalarni oʻzlashtirish ‎

Investitsiyalarning oʻzlashtirilmagan qismi ‎

Asosiy summani toʻlash ‎

Foizlarni hisoblash uchun summa ‎

Foizlarni toʻlash ‎

Vositachilik haqini toʻlash ‎

Jami toʻlangan foizlar va vositachilik haqi ‎

Hammasi

Hammasi‎

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
200__yil “___” ________dagi ____-son Shartnomaga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki xoʻjalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklashga (texnika yetkazib berishga) investitsiya xarajatlarini ______________ viloyati ____________ tumanidagi _____________________________ suv isteʼmolchilari uyushmasi tomonidan toʻlash
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
JADVALI
Oldingi tahrirga qarang.
‎Sugʻoriladigan yerlarning umumiy maydoni, gektar_______________________________________________
Qurilish-tiklash ishlari (texnika) qiymati_____________________________________________________
Qarzni toʻlash muddati ____________________________________________________________‎___20 yil__‎
Toʻlanadigan summaning har yilgi koʻpayish summasi
‎‎Imtiyozli davr_______________________________________________________________________5 yil__
‎‎Foiz stavkasi_________________________________________________________________________%___
‎‎Majburiyat uchun vositachilik haqi_______________________________________________________0,75 %

Yillar‎

Investitsiyalarni oʻzlashtirish ‎

Investitsiyalarning oʻzlashtirilmagan qismi ‎

Asosiy summani toʻlash ‎

Foizlarni hisoblash uchun summa ‎

Foizlarni toʻlash ‎

Vositachilik haqini toʻlash ‎

Jami toʻlangan foizlar va vositachilik haqi ‎

Hammasi

Hammasi‎

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095-son)
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan ichki xoʻjalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklash hamda meliorativ qurilish texnikasi yetkazib berish uchun investitsiya xarajatlarini qoplash mexanizmi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga sxema
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan ichki xoʻjalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklash hamda meliorativ qurilish texnikasi yetkazib berish uchun investitsiya xarajatlarini qoplash mexanizmi
Oldingi tahrirga qarang.
(sxema Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 30-martdagi 153-son qaroriga
2-ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalariga kiritilgan tumanlarda qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun paxta xom ashyosi va don mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish va xarid kvotalarini taqsimlashning
VAQTINCHALIK TARTIBI
1. Mazkur Tartib Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi oʻzgartirilgan xoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash” hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash” loyihalarini (keyingi oʻrinlarda loyihalar deb ataladi) roʻyobga chiqarish hamda loyihalarga kiritilgan tumanlar qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan paxta xom ashyosi va don mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish va xarid kvotalarini taqsimlash tartibotini belgilaydi.
2. Tegishli tumanlarda loyihalarni amalga oshirish davrida paxta xom ashyosi va don mahsulotlarining davlat xaridlari boʻyicha topshiriqlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-maydagi 201-son va 2001-yil 26-noyabrdagi 461-son qarorlarida belgilangan hajmlarda har yillik xarid kvotalari bilan almashtirilgan.
3. Ichki xoʻjalik va xoʻjaliklararo irrigatsiya-drenaj tizimlarini tiklash ishlarining tugallanishiga va buning natijasida loyihalarni amalga oshirishda qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarida ekin maydonlari kengayishi va yerlar sifatining yaxshilanishiga qarab yakka tartibdagi xarid kvotalari, paxta xom ashyosi va don ekinlari hosildorligi ortishining tuzatish koeffitsiyentini umuman loyihalarga kiritilgan tumanlar boʻyicha xarid kvotalarini teng ravishda koʻpaytirishni hisobga olgan holda, qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
4. Yakka tartibdagi xarid kvotalari — loyihalarda qatnashuvchi xoʻjaliklar uchun belgilanadigan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini davlat ehtiyojlari uchun amaldagi preyskurant narxlar boʻyicha xarid qiladigan tayyorlov tashkilotlariga sotiladigan paxta xom ashyosi va don mahsulotlari hajmi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi loyihalarga kiritilgan tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ushbu tumanlar uchun belgilangan kvotalar hamda oʻrtacha yillik ishlab chiqarish hajmidan kelib chiqqan holda mazkur Tartibga muvofiq har bir qishloq xoʻjaligi korxonasi uchun paxta xom ashyosi va don mahsulotlarining yakka tartibdagi xarid kvotalarini hisoblab chiqadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Loyihalarda qatnashuvchi har bir qishloq xoʻjaligi korxonasi boʻyicha yakka tartibdagi xarid kvotalari tuman hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi va davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish prognoz hajmlarini hisoblab chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)
Yangidan tashkil etilayotgan fermer xoʻjaliklari uchun yakka tartibdagi xarid kvotalarini hisoblab chiqish va tasdiqlash har yilning 1-iyulidan kechikmay, yerlarida yangi fermer xoʻjaliklari tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasining yakka tartibdagi xarid kvotasi asosida shunday tartibda amalga oshiriladi.
6. Har bir qishloq xoʻjaligi korxonasi uchun belgilangan yakka tartibdagi xarid kvotasi loyihalarni amalga oshirish muddati mobaynida amal qiladi. Har bir alohida qishloq xoʻjaligi korxonasi oʻzining yakka tartibdagi xarid kvotasi bajarilishi uchun tegishli kontraktatsiya shartnomalarida belgilangan tartibga muvofiq javob beradi hamda uchinchi tomonlarning davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotish yuzasidan majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun xarid kvotasini hisoblab chiqishda paxta xom ashyosi va don mahsulotlarining oʻrtacha yillik hajmlari sifatida 1997—2001-yillar davrida amalda yetishtirilgan paxta xom ashyosi va don mahsulotlarining oʻrtacha yillik hajmlari qabul qilinadi.
1997-yildan keyin tashkil etilgan fermer xoʻjaliklari uchun yakka tartibdagi xarid kvotasini hisoblab chiqishda paxta xom ashyosi va don mahsulotlarining oʻrtacha yillik hajmlari sifatida fermer xoʻjaligi roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab amalda yetishtirilgan paxta xom ashyosi va don mahsulotlarining oʻrtacha yillik hajmi qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yangidan tashkil etilayotgan fermer xoʻjaliklari uchun belgilanadigan xarid kvotasini aniqlash uchun paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirishning oʻrtacha yillik hajmlari paxta va gʻalla ekiladigan yer uchastkasi maydoni, yerlarida fermer xoʻjaligi tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasining 1997—2001-yillar davridagi oʻrtacha yillik hosildorligi asosida, Oʻzbekiston Respublikasining yer toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq fermer xoʻjaligiga berilgan yerlar sifatini (tuproq bonitetini) hisobga olgan holda hisoblab chiqariladi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Tuman boʻyicha 1997—2001-yillarda paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirishning oʻrtacha yillik hajmlari (O(PR) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
O(PR)=(O1 + O2 + . . . . + ON) / K(L)*(1), bunda:
O(1); O(2); O(N) — tuman boʻyicha 1997—2001-yillarda paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirishning yillik hajmlari;
K(L) — oʻrtacha yillik koʻrsatkichni aniqlashda foydalaniladigan yillar soni.
Loyihadagi tuman boʻyicha davlat xaridlari koeffitsiyenti — K(ZR) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
K(ZR) = Q(ZR) : O(PR) (2), bunda:
Q(ZR) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-maydagi 201-son va 2001-yil 26-noyabrdagi 461-son qarorlariga muvofiq belgilangan loyihadagi tuman boʻyicha paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirish yuzasidan davlat xarid kvotalari hajmi (tonna).
8. Paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirish yuzasidan yakka tartibdagi xarid kvotasi — Q(ZP) quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqiladi:
Q(ZP) = O(SP) * K(ZR) (3), bunda:
O(SP) — qishloq xoʻjaligi korxonasining paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirish oʻrtacha yillik hajmlari (tonna).
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalariga kiritilgan tumanlarda qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun paxta xom ashyosi va don mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish va xarid kvotalarini taqsimlashning vaqtinchalik tartibiga
sxema
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalariga kiritilgan tumanlarda qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun paxta xom ashyosi va don mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish va xarid kvotalarini taqsimlash
Oldingi tahrirga qarang.
(sxema Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 30-martdagi 153-son qaroriga
3-ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
1. Mazkur Nizom Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi oʻzgartirilgan xoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash” hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash” loyihalarini (keyingi oʻrinlarda loyihalar deb ataladi) roʻyobga chiqarish hamda loyihalarga kiritilgan tumanlar qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtirish va kreditlash tartibini belgilaydi.
2. Loyihalarga kiritilgan tumanlarda 2002-yil qishloq xoʻjaligi mavsumidan boshlab paxta xom ashyosi va boshoqli don mahsulotlari boʻyicha belgilangan xarid kvotalari joriy etilgan, ular uchun hisob-kitoblar davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid qilishga doir amaldagi preyskurant narxlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Loyihalarda qatnashuvchi shirkat xoʻjaliklarining xarid kvotalari doirasida paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish belgilangan tartibda, kontraktatsiya shartnomalaridan kelib chiqqan holda amaldagi preyskurant narxlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Loyihalarga kiritilgan tumanlar joylashgan mintaqalar fermer xoʻjaliklarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri imtiyozli kreditlash mexanizmiga oʻtgunga qadar, loyihalarda qatnashuvchi fermer xoʻjaliklarining paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish xuddi shunday shartlarda amalga oshiriladi.
Loyihalarga kiritilgan tumanlar joylashgan mintaqalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qaroriga 5-ilovada tasdiqlangan muddatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri imtiyozli kreditlash mexanizmiga oʻtgandan keyin, loyihalarda qatnashuvchi fermer xoʻjaliklarining xarid kvotalari doirasida paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish koʻrsatib oʻtilgan mexanizmga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihasida qatnashayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari xarid kvotalaridan ortiqcha paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishni Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining ushbu loyiha boʻyicha ochilgan kredit liniyasi hisobiga amalga oshirishlari mumkin.
Valyuta turi va kredit summasi, kreditdan foydalanganlik uchun foizlar miqdori va moliyalashtirish shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy oʻzgartirish agentligi hamda Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasidagi Qarz toʻgʻrisidagi bitimga 5-ilova V qismining 1-bandida belgilangan talablarga muvofiq tanlab olingan Oʻzbekiston Respublikasi banki oʻrtasida tuzilgan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi 4644-UZ-son bitim shartlariga binoan belgilanadi.
4. Loyihalarda qatnashayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalarining xarid kvotalaridan ortiqcha paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish har qanday tijorat banki tomonidan, qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan tuzilgan kredit shartnomasi asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu holda fermer xoʻjaliklarini kreditlash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000-yil 4-martda 465-son bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 7-martda 907-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini, shuningdek kichik va oʻrta biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi”ga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori kredit shartnomasi asosida qarz oluvchi va bank oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga muvofiq belgilanadi.
6. Loyihalarda qatnashayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari xarid kvotalaridan ortiqcha paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtirish maqsadida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qiluvchi tashkilot bilan oʻz ixtiyoriga koʻra shartnoma tuzish huquqiga ham ega. Bunda xarajatlarni moliyalashtirish kontraktatsiya shartnomasidan kelib chiqqan holda mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu holda xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan va davlat ehtiyojlari uchun sotilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun uzil-kesil hisob-kitoblar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
paxta xom ashyosi uchun — Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi uchun uni davlat ehtiyojlari uchun sotishda shartnomaviy narxlarni belgilash tartibiga muvofiq berilgan avans (kredit)dan foydalanish davri uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha hisoblab chiqariladigan, berilgan avans (kredit) mablagʻlari summasidan foydalanganlik uchun toʻlov sifatida chiqarib tashlanadigan chegirma (diskont)ni hisobga olgan holda hisoblab chiqiladigan shartnomaviy narxlar boʻyicha;
don mahsulotlari uchun — shartnomaviy narxlar boʻyicha.
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
sxema
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtirish
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 30-martdagi 153-son qaroriga
4-ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini sotish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
1. Mazkur Nizom Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi oʻzgartirilgan xoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash” hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash” loyihalarida (keyingi oʻrinlarda loyihalar deb ataladi) qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan va ularning ixtiyorida qoldiriladigan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini sotish tartibini belgilaydi.
2. Qishloq xoʻjaligi korxonalari mazkur Nizomga muvofiq belgilangan xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olinadigan paxta tolasini, lint va boshqa qoʻshimcha mahsulotlarni sotadilar.
Xoʻjaliklar tomonidan amalda tayyorlangan paxta xom ashyosi hajmi paxta xom ashyosini qayta ishlash korxonalariga yetkazib berish tugallangandan keyin sortlar va tiplar boʻyicha dastlabki hisobga olish hujjatlari asosida aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Har yili paxta xom ashyosi tayyorlash yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat taʼminoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi statistika organlari bilan birgalikda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga loyihalarda qatnashuvchi barcha qishloq xoʻjaligi korxonalari boʻyicha tayyorlangan paxta xom ashyosining yigʻma hajmini, belgilangan xarid kvotasi hajmini va xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan paxta mahsulotlari hajmini alohida koʻrsatgan holda, shuningdek paxta mahsulotlarini sotish yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni taqdim etadi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan hamda xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan hajmlarni hisobga olgan holda paxta mahsulotlari balansini tuzadi va paxta mahsulotlarini sotish yoʻnalishlari boʻyicha takliflarga muvofiq ushbu hajmlarni markazlashtirilmagan eksport yoxud ichki bozorda sotish toifasiga oʻtkazadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)
4. Loyihalarda qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan paxta mahsulotlarini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003-yil 29-avgustda 1267-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Paxta tolasini Oʻzbekiston tovar-xom ashyo birjasi orqali sotish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomda nazarda tutilgan shartlarda Oʻzbekiston tovar-xom ashyo birjasining kimoshdi savdolarida;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-martdagi 79-son qarori bilan chiqarilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 8-9-son, 69-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
amaldagi qonunchilikka muvofiq paxta tolasi uchun hisob-kitoblarni vositachilik shartlarida amalga oshirgan holda, qishloq xoʻjaligi korxonalari shartnoma tuzadigan tashqi savdo kompaniyalari orqali yoxud Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyundagi 240-son qaroriga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha sotish huquqiga ega.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Paxta tolasini mazkur bandga muvofiq sotish ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallaridan (keyingi oʻrinlarda terminallar deb ataladi) amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan paxta mahsulotlarini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini eksport qilish yuzasidan tuzilgan kontraktlarni roʻyxatdan oʻtkazish Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida, hisobga qoʻyish — vakolatli bankda va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(5-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y.,34—36-son, 264-modda)
Paxta tolasini eksport qilish kontraktlarini roʻyxatdan oʻtkazish paytida narxning muvofiqligini baholashda “Kotton Outluk” “A” indeksi va uning oʻzbekistonlik komponentining terminalning franko-tashuvchi (FCA) yetkazib berish shartlariga keltirilgan kotirovkasining oʻrtacha koʻrsatkichlariga muvofiq narxlar asos sifatida qabul qilinadi.
Eksport qilish yuzasidan tuzilgan kontraktlarni roʻyxatdan oʻtkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish:
mahsulotni tashqi savdo kompaniyalari orqali eksport qilishda — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 2-dekabrda 988-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Nizomga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-martdagi 79-son qarori bilan chiqarilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 8-9-son, 69-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qayta ishlovchi korxonalar qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan tuzilgan shartnomalarga binoan va ularning topshirigʻiga koʻra paxta mahsulotini qayta ishlash, oʻrash-joylash va markirovka qilish, sertifikatlashtirish, mahsulotni terminallargacha yetkazib berishga doir xizmatlar koʻrsatadilar.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son)
Paxta terminallari qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan tuzilgan shartnomalarga binoan paxta mahsulotini tushirish, ortish va saqlash, tovarga ilova qilinadigan zarur hujjatlarni rasmiylashtirishga doir xizmatlar koʻrsatadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Paxta tolasini eksportga yuklab joʻnatish loyihalarda qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari yoki ularning topshirigʻiga koʻra tashqi savdo kompaniyalari tomonidan tegishli tashkilotlar (“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzstandart” agentligi, Tashqi savdo vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, yuk ekspeditorlari va boshqalar) bilan qonunchilikka muvofiq tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27-bobi (“Shartnoma tuzish”).
7. Tashqi savdo kompaniyalari loyihalarda qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini sotishdan tushgan xorijiy valyutadagi tushumni ushbu korxonalar hisob raqamlariga, koʻrsatib oʻtilgan mahsulotni sotish xarajatlarini chegirib qolgan holda, toʻliq hajmda oʻtkazadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
9. Loyihalarda qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini sotishdan tushgan (ham xorijiy valyutadagi, ham Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi) mablagʻlarni olgandan keyin ulardan kreditlarni qaytarish, paxtani qayta ishlash korxonalari va terminallarning paxta mahsulotini ishlab chiqarish va sotish davrida vujudga kelgan xarajatlarini qoplash uchun foydalanadilar.
10. Xarid kvotasidan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi qishloq xoʻjaligi korxonalarining ixtiyoriga koʻra Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi va don mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga yoki Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi uchun uni davlat ehtiyojlari uchun sotishda shartnomaviy narxlarni belgilashning vaqtinchalik tartibiga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun sotilishi mumkin.
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini sotish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomga
sxema
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini sotish
Oldingi tahrirga qarang.
(sxema Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 30-martdagi 153-son qaroriga
5-ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi uchun uni davlat ehtiyojlari uchun sotishda shartnomaviy narxlarni belgilashning
VAQTINCHALIK TARTIBI
1. Mazkur Tartib Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi oʻzgartirilgan xoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash” loyihasini hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyihalar deb ataladi) amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan va loyihalarga kiritilgan tumanlar qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan va davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan paxta xom ashyosiga shartnomaviy narxlarni shakllantirish tartibotini belgilaydi.
Xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini boshqa xaridorlarga sotish Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Loyihalarga kiritilgan tumanlar qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini davlat ehtiyojlari uchun sotib olish shartnomaviy narxlarda amalga oshiriladi.
Xizmat koʻrsatuvchi banklar ishtirokida qishloq xoʻjaligi korxonasi, paxta tozalash korxonasi va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi oʻrtasida xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan va davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan paxta xom ashyosi hajmi yuzasidan shartnoma tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi har yili, hosil yigʻim-terimi boshlangunga qadar bir oy oldin xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi uchun shartnomaviy narxlarni hisoblab chiqadi, uni oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishadi va qishloq xoʻjaligi korxonalariga yetkazadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)
4. Paxta xom ashyosi uchun oʻrtacha hisoblangan shartnomaviy narxlar paxta tolasi chiqishining bazaviy koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda, 1 tonna paxta tolasini netto vazni boʻyicha sotish jami xarajatlarini, shuningdek 1 tonna paxta tolasi hisobida ularni tayyorlash, saqlash va qayta ishlash boʻyicha xarajatlarini chegirgan holda quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Sd = ((Sm – Zrv ) x Kv – Zp) x Vv,
bunda:
Sd — 1 tonna paxta tolasining oʻrtacha shartnomaviy narxi, soʻm;
Sm — A indeksining va uning Oʻzbekiston komponentining hisob-kitobni Moliya vazirligiga kelishish uchun taqdim etilgunga qadar bir oy mobaynida V tipdagi I sort, 35 kodli, “Oʻrta” klassdagi netto vazni boʻyicha 1 tonna paxta tolasi uchun AQSH dollari hisobidagi oʻrtacha qiymati (SIF Shimoliy Yevropa portlari — “Kotton Outluk” “A” indeksi kotirovkasi);
Oldingi tahrirga qarang.
Zrv — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan, 1 tonna paxta tolasining (netto) eksporti bilan bogʻliq xarajatlarning cheklangan miqdori, bunga tashqi savdo kompaniyalarining vositachilik haqi ham kiradi, AQSH dollari hisobida;
(4-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y.,34—36-son, 264-modda)
Kv — hisob-kitob Moliya vazirligiga kelishish uchun taqdim etilgan sanada amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining soʻmga nisbatan AQSH dollari kursi;
Zp — 1 tonna paxta tolasi hisobida tayyorlash va saqlash hamda qayta ishlash uchun hisoblab chiqilgan xarajatlar, shu jumladan “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining vositachilik haqi, soʻm hisobida;
Vv — paxta tolasi chiqishi meʼyori, koeffitsiyent.
Koʻrsatilgan formula boʻyicha aniqlangan oʻrtacha hisoblangan shartnomaviy narxdan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyundagi 240-son qarori (Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-oktabrdagi 450-son qarori tahririda) bilan tasdiqlangan Paxta tolasini eksportga sotishning va paxta tolasi uchun tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilishning vaqtinchalik tartibiga 1-ilovada keltirilgan qayta hisoblash koeffitsentlarini qoʻllagan holda 1 tonna paxta xom ashyosining har qaysi tipi va sorti boʻyicha shartnomaviy narxlari hisoblab chiqiladi.
5. Hisoblangan shartnomaviy narxlar loyihaga kiritilgan tumanlar qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan sotiladigan, Oʻzbekiston Respublikasi RST 615-94 standart talablariga javob beradigan paxta xom ashyosiga joriy etiladi.
6. Loyihalarda qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan va davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan paxta xom ashyosi uchun hisob-kitoblar paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamlari orqali “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
paxta xom ashyosi qabul qilingandan keyin 7 kun mobaynida, taqqoslash dalolatnomasiga asosan va uning sifat koʻrsatkichlariga qarab, qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan topshirilgan paxta xom ashyosi qiymatining 80 foizi hisoblangan shartnomaviy narx boʻyicha toʻlanadi;
xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan va davlat ehtiyojlari uchun sotilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta tolasi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi tomonidan tashqi savdo kompaniyalariga yuklab joʻnatilgan paytdan boshlab 7 kun mobaynida, paxta tolasi haqiqiy chiqishidan, paxta tolasining belgilangan jahon narxidan va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yuklab joʻnatish kunida amalda boʻlgan kursidan kelib chiqib shartnomaviy narxlar oʻzgarishini qayta hisoblash asosida uzil-kesil toʻlov amalga oshiriladi.
7. Standart talablariga muvofiq boʻlmagan paxta xom ashyosi uchun toʻlov, xarid narxlar preyskurantida belgilangan tartibga asosan hisoblangan shartnomaviy narxdan chegirma bilan amalga oshiriladi.
8. Xarid kvotalaridan ortiqcha xarid qilingan paxta xom ashyosining texnik chigitidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari, soliq va boshqa toʻlovlar hisobga olingan holda belgilangan ulgurji-sotish (shartnomaviy) narxlari boʻyicha sotib olinadi.
9. Xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotlarga narxlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1997-yil 31-martdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qoʻllanishini nazorat qilish tartibiga muvofiq belgilanadi.
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi uchun uni davlat ehtiyojlari uchun sotishda shartnomaviy narxlarni belgilashning vaqtinchalik tartibiga
sxema
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi uchun uni davlat ehtiyojlari uchun sotishda shartnomaviy narxlarni belgilash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
(sxema Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 13-son, 153-modda; 2005-y., 8-9-son, 69-modda, 34—36-son, 264-modda; 2011-y., 7-8-son, 62-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095-son; 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son; 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)