Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga oshirish boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat koʻrsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 3-noyabrdagi 461-son va “Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 16-iyuldagi 345-son qarorlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Uy-joy-kommunal xizmatlari koʻrsatish boʻyicha Yagona buyurtmachi xizmati toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Yagona buyurtmachi xizmatini tashkil etish boʻyicha eksperiment 1a-ilovaga muvofiq shaharlarda kengaytirilsin.
2. Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 24-yanvar,
22-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qaroriga
1-ILOVA
Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish boʻyicha Yagona buyurtmachi xizmati toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom (bundan keyin “Nizom” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat koʻrsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 3-noyabrdagi 461-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish boʻyicha Yagona buyurtmachi xizmatining (bundan keyin “Yagona buyurtmachi xizmati” deb ataladi) asosiy vazifalari hamda funksiyalarini, uning huquqiy maqomini, tashkil etilishini, faoliyat koʻrsatishi va tugatilishini belgilab beradi.
2. Yagona buyurtmachi xizmati uy-joy fondini, turar-joy boʻlmagan binolar va imoratlarni, muhandislik asbob-uskunalarini, uylarga yondosh hududlarni zarur darajada saqlash va tuzatishni, barcha toʻlovlarni hisob-kitob qilish va yigʻishni, pudrat tashkilotlari va xizmat koʻrsatuvchilar bilan hisob-kitob qilishni hamda fuqarolarning yashashi uchun shart-sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan uy-joy fondini boshqarishni amalga oshirishga vakolatli tashkilot hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Yagona buyurtmachi xizmati oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, joylardagi davlat hokimiyati organlari qarorlariga, ushbu Nizomga va oʻz ustaviga amal qiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi Yagona buyurtmachi xizmatiga uslubiy, texnikaviy va boshqa zarur yordam koʻrsatadi, uni tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlar bilan taʼminlaydi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Yagona buyurtmachi xizmati belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 907-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mulkdorlar, shuningdek, uy-joy ijarachilari va arendachilari uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash hamda kommunal xizmatlar koʻrsatish yuzasidan pudratchilar bilan oʻz munosabatlarini ham Yagona buyurtmachi xizmati orqali ham bevosita yoʻlga qoʻyishlari mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
6. Yagona buyurtmachi xizmati faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash mahalliy budjet mablagʻlari, aholi va korxonalarning uy-joy-kommunal xizmatlar uchun toʻlovlari, shuningdek, markazlashtirilgan davlat subsidiyalari hisobiga amalga oshiriladi.
II. YAGONA BUYURTMACHI XIZMATINING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Oldingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar Yagona buyurtmachi xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash hamda kommunal xizmatlar koʻrsatish yuzasidan pudratchilar oldida uy-joy va uy-joy boʻlmagan binolar mulkdorlari (ijarachilar va arendachilar) manfaatlarini ifodalash;
uy-joy mulkdorlari (ijarachilari va arendachilari)ning uy-joy-kommunal xizmatlar koʻrsatishni hamda taʼmirlash ishlarini pudratchilar bilan tanlov asosida oʻtkazishni tashkil etish yuzasidan buyurtmachilarni shakllantirish va umumlashtirish;
aholidan tushadigan moliyaviy mablagʻlarni, shuningdek, pudratchi tomonidan bajarilgan ishlarga va koʻrsatilgan xizmatlarga, ularning sifatiga qarab hamda shartnomaga muvofiq toʻlash uchun davlat tomonidan markazlashtirilgan tartibda va mahalliy darajada ajratiladigan subsidiyalarni jamlash va tasarruf etish.
Uy-joylar mulkdorlari, ijarachilari va arendachilarining ixtiyoriy birlashmalari, shu jumladan, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari ham uy-joylarni saqlash boʻyicha davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalarning mustaqil oluvchilari boʻlishi mumkin.
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari umumiy mulkni boshqarish, ularga xizmat koʻrsatish va ulardan taʼmirlash, shuningdek, kommunal va boshqa xizmatlar koʻrsatish yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan mustaqil ravishda shartnomalar tuzishlari mumkin.
Yagona buyurtmachi xizmati foydalanuvchilarga markazlashtirilgan tartibda issiqlik, gaz, elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha tuman va shahar kommunikatsiyalarini boshqarish, ularga xizmat koʻrsatish va ulardan taʼmirlash yuzasidan, shuningdek, jamoat hududlari va kommunikatsiyalarida kommunal xizmatlar koʻrsatish va taʼmirlash ishlari yuzasidan pudratchilar bilan ustuvor tartibda shartnomalar tuzadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Shahar (tuman) hokimligi davlat uy-joy fondini (uy-joylarni — ularga yondosh hududlar, ichki muhandislik kommunikatsiyalari — suv, issiqlik, kanalizatsiya, gaz, elektr energiyasi bilan birga, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berilgan davlat uy-joy fondi bundan mustasno) joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlaridan xoʻjalik yuritish va boshqarish uchun yagona buyurtmachi xizmati balansiga beradi. Yagona buyurtmachi xizmatiga, shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat uy-joy fondini boshqarish boʻyicha funksiyalari ham beriladi.
Xususiy mulk boʻlgan koʻp kvartirali uy-joylar, ularga yondosh hududlar va ichki muhandislik kommunikatsiyalari (suv, issiqlik, kanalizatsiya, gaz, elektr energiyasi) koʻchmas mulk butun kompleksidan shartnoma boʻyicha saqlashni taʼminlash uchun mulkdorlar tomonidan Yagona buyurtmachi xizmati boshqaruviga berilishi mumkin (1-ilova).
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
9. Yagona buyurtmachi xizmatiga uy-joy mulkdorlari bilan shartnomaviy shartlarda quyidagi asosiy funksiyalarni bajarish yuklanadi:
uy-joy fondini va muhandislik infratuzilmasi obyektlarini (suv oqizish-kanalizatsiya xoʻjaligi, issiqlik, elektr energiyasi, gaz taʼminoti, tashqi obodonlashtirish obyektlari hamda foydalanuvchilarga kommunal xizmatlar koʻrsatishni bevosita amalga oshiruvchi boshqa obyektlarni) saqlash va taʼmirlash yuzasidan pudrat korxonalari bilan tanlov asosida shartnomalar tuzish (2-ilova);
aholi va boshqa foydalanuvchilarning uy-joyni saqlash va taʼmirlash hamda uy-joy-kommunal xizmatlar uchun toʻlov sifatida tushadigan mablagʻlarini, shuningdek, mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlarni toʻplash;
uy-joy fondi mulkdorlari bilan birgalikda ishlar pudratchisini, uy-joy-kommunal xizmatlar koʻrsatuvchini tanlash, shu jumladan, toʻliq taʼmirlash va rekonstruksiya qilishni amalga oshirish yuzasidan tanlovlar oʻtkazishni tashkil etish, ular tugallangach, ishlarni qabul qilib olishda qatnashish;
bajarilayotgan ishlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va puxtaligini nazorat qilish hamda tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshirilgan ishlar va xizmatlar uchun haq toʻlash;
Oldingi tahrirga qarang.
kvartiralar ichidagi asbob-uskunalarni taʼmirlash va almashtirish, muhandislik tarmoqlaridagi halokatli holatlarni va ularning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan uy-joy fondi mulkdorlaridan, shu jumladan, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan tushadigan buyurtmanomalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotlarni yigʻish va tahlil qilish;
pudrat tashkilotlari tomonidan Yagona buyurtmachi xizmati mijozlarining tezkor buyurtmalari boʻyicha xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlari, shuningdek kommunal xizmatlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini, shu jumladan, tushayotgan shikoyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va paydo boʻlayotgan muammolarni hal etish yoʻli bilan, doimiy nazorat qilish;
(9-bandning oltinchi va yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
shartnoma shartlarini bajarishmagan taqdirda uy-joy fondini saqlash va taʼmirlash, kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻyicha pudrat korxonalarini almashtirish, tanlov asosida yangi korxonalarni tanlash;
uy-joy fondining, muxandislik infratuzilmasi va tashqi obodonlashtirish obyektlarining texnik holatini rejali nazorat qilish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tavsiyalar va texnik yechimlar ishlab chiqish;
Yagona buyurtmachi xizmatiga qarashli hududda foydalanuvchilarga uy-joy-kommunal xizmatlar koʻrsatishni yaxshilash uchun zarur boʻlgan yangi pudrat korxonalari tashkil etishda qatnashish;
yangi ishga tushirilgan uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlarini qabul qilib olish boʻyicha takliflar tayyorlash;
pudratchining uy-joyni, yertoʻlalarda, shaxtalarda joylashgan muhandislik tarmoqlarini, bittadan koʻp kvartirani birlashtiruvchi tarmoqlarni, texnika asbob-uskunalarini, yondosh hududni zarur darajada saqlash hamda unda yashovchi aholiga shartnomada nazarda tutilgan haq toʻlanadigan ish va xizmatlar turlari roʻyxatiga muvofiq xizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatini nazorat qilish, shuningdek, tushayotgan buyurtmanomalar boʻyicha aholiga xizmat koʻrsatish ishlarini tezkorlik bilan tashkil etish.
10. Yagona buyurtmachi xizmati:
pudrat korxonalari tomonidan xizmat koʻrsatish yuzasidan shartnomalar shartlari buzilgan taqdirda ulardan nazarda tutilgan iqtisodiy jarimalar tarzidagi mablagʻlarni undirish maqsadida sud organlariga murojaat qilish;
koʻrsatilgan uy-joy-kommunal xizmatlar uchun mablagʻlar toʻlanmagan taqdirda ularni oʻz mijozlaridan undirish maqsadida sud organlariga murojaat qilish.
11. Yagona buyurtmachi xizmati uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatish yuzasidan buyurtmani shakllantirish uchun:
taʼmirlash-qurish ishlari va uy-joy-kommunal xoʻjaligi xizmatlari koʻrsatish boʻyicha bozorlar konyunkturasini;
uy-joy-kommunal xizmatlar hajmlari hamda xizmatlar qiymatining mumkin boʻlgan oʻzgarishlar prognozini va pudrat shartnomalari tuzishda inflyatsiya omillarini hisobga olishni;
shartnoma asosida uy-joy-kommunal xizmatlar koʻrsatish huquqiga tanlovlar tashkil etishni oʻrganish boʻyicha ishlarni amalga oshiradi.
12. Ustavga koʻra Yagona buyurtmachi xizmatiga uning asosiy vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa funksiyalar va huquqlarni amalga oshirish yuklanishi mumkin.
III. DAVLAT UY-JOY FONDINI YAGONA BUYURTMACHI XIZMATIGA BERISH TARTIBI VA TOMONLARNING VAZIFALARI
13. Shahar (tuman) hokimligi qabul qilish-berish maxsus dalolatnomasida sanab oʻtilgan va berishning haqiqiy sanasidagi holatiga koʻra mulkdor balansida aks ettirilgan koʻchar va koʻchmas mulkni (asosiy va aylanma mablagʻlar hamda ularning manbalarini) toʻliq xoʻjalik yuritish huquqi bilan Yagona buyurtmachi xizmatiga biriktirib qoʻyadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona buyurtmachi xizmati Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq unga toʻliq xoʻjalik yuritish huquqi bilan biriktirilgan davlat mulkiga ega boʻladi va undan foydalanadi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Yagona buyurtmachi xizmatiga toʻliq xoʻjalik yuritish huquqi bilan biriktirilgan davlat mulki, shuningdek, u yaratgan va sotib olgan mulk shahar (tuman) mulki hisoblanadi.
15. Yagona buyurtmachi xizmati, asosiy faoliyat turlariga zarar yetkazmagan holda, jismoniy va yuridik shaxslarga amaldagi qonunchilikka zid boʻlmagan qoʻshimcha oʻzaro bogʻliq xizmatlar koʻrsatganlik uchun daromadlar olish huquqiga ega.
16. Yagona buyurtmachi xizmatiga toʻliq xoʻjalik yuritish huquqi bilan berilgan koʻchmas mulk, mashina va asbob-uskunalar:
a) faqat Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mulkdorning qaroriga koʻra sotilishi yoki boshqa usulda begonalashtirilishi;
b) mulkdorning roziligi bilan va uning bilan kelishilgan shartlarda garovga berilishi;
v) faqat mulkdorning qaroriga koʻra ijaraga topshirilishi mumkin.
17. Yagona buyurtmachi xizmati berilgan davlat uy-joy fondiga nisbatan:
a) toʻliq xoʻjalik yuritish huquqi bilan oʻziga biriktirilgan davlat mulkidan foydalanish qoidalari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik va uning saqlanishini taʼminlash hamda uni oʻz mablagʻlari, shu jumladan, amaldagi qonunchilikka muvofiq hisoblanadigan amortizatsiya ajratmalari hisobiga tiklash;
b) toʻliq xoʻjalik yuritish huquqi bilan oʻziga biriktirilgan davlat mulkini oʻz mablagʻlari hisobiga kapital va joriy taʼmirlash;
v) oʻz ixtiyoriga topshirilgan uy-joy fondini binolar konstruksiyasi bardoshliligini saqlash jihatdan muntazam nazorat qilish;
g) bino konstruksiyalarining shikastlangani aniqlangan taqdirda shahar (tuman) hokimligini xabardor qilish, konstruksiyalarning fuqarolar yashashiga va uy-joy fondining bundan keyingi saqlanishiga xavf soluvchi shikastlanishlari darajasini tezkorlik bilan aniqlash uchun loyihalash institutlari mutaxassislarini jalb etish;
d) shahar (tuman) hokimligiga uy-joy fondini saqlash chora-tadbirlari koʻrish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
e) har yili fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi bilan birgalikda oʻziga biriktirilgan davlat uy-joy fondi kvartiralarini tekshirib chiqish;
j) oʻzboshimchalik bilan xonalar joylashishi oʻzgartirilganda, toʻsiqlar olib tashlanganda, oʻyilganda, konstruksiya elementlari, konstruksiyalar qisman yoki toʻliq koʻchirilganda va foydalanishning texnik normalariga muvofiq boʻlmagan muhandislik kommunikatsiyalari oʻrni oʻzgartirilganda hamda fuqarolar tomonidan uydagi boshqa yashovchilar yashashiga xavf tugʻdiruvchi boshqa barcha xatti-harakatlar sodir etilganda koʻrsatib oʻtilgan buzilishlar toʻgʻrisida darhol dalolatnoma tuzish va konstruksiyalarni aybdor hisobiga tiklash chora-tadbirlarini koʻrish uchun materiallarni shahar (tuman) hokimligiga yoki sud organlariga berish;
z) belgilangan soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash majburiyatlarini oladi.
18. Xoʻjalik yuritish huquqi bilan Yagona buyurtmachi xizmatiga biriktirilgan davlat mulki:
a) mulkdorning qaroriga koʻra:
Yagona buyurtmachi xizmati qayta tashkil etilganda;
belgilangan maqsadga ega boʻlgan, oʻzining va mahalliy budjet hisobiga barpo etilgan yoki sotib olingan binolar, inshootlar va boshqa mulklar belgilangan maqsad bilan boshqa yuridik shaxsga berilganda;
ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan shartlar buzilganda;
b) sud qaroriga koʻra:
mulkdor Yagona buyurtmachi xizmatidan mulkni undirish toʻgʻrisida murojaat qilganda toʻliq yoki qisman olib qoʻyilishi mumkin.
IV. YAGONA BUYURTMACHI XIZMATIGA RAHBARLIK QILISH
19. Yagona buyurtmachi xizmatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda shahar (tuman) hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi.
20. Yagona buyurtmachi xizmati boshligʻi:
Yagona buyurtmachi xizmati faoliyatiga rahbarlik qiladi va unga yuklangan funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Yagona buyurtmachi xizmatining shtat jadvali yuzasidan shahar (tuman) hokimligiga takliflar kiritadi;
barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda Yagona buyurtmachi xizmati manfaatlarini ifodalaydi;
pudrat tashkilotlari, elektr energiyasi va suv bilan taʼminlovchi hamda ixtisoslashtirilgan boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadi, komissiyalar tarkibini tasdiqlaydi, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa hisob raqamlari ochadi;
xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, xizmat xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan boʻshatadi;
oʻz vakolati doirasida buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi.
V. NAZORAT VA HISOBOT
21. Yagona buyurtmachi xizmati faoliyatini nazorat qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
22. Yagona buyurtmachi xizmati belgilangan tartibda statistika va buxgalteriya hisobotini yuritadi, belgilangan muddatlarda tegishli organlarga balans hisobotlari topshiradi, soliq solish uchun zarur boʻlgan axborotlarni hamda iqtisodiy axborotlarni toʻplash va ishlab chiqish umumdavlat tizimi maʼlumotlarini davlat statistika organlariga taqdim etadi.
VI. YAGONA BUYURTMACHI XIZMATI FAOLIYATINI TOʻXTATISH
23. Yagona buyurtmachi xizmati amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarda va tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy (kvartira)ni boshqarish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash hamda unga kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻyicha
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
SHARTNOMA
Ustav asosida ish koʻruvchi, keyingi oʻrinlarda “Ijrochi” deb ataluvchi Yagona buyurtmachi xizmati — _________________________ nomidan direktor __________________________ bir tomondan va keyingi oʻrinlarda “Mulkdor” deb ataluvchi kvartira (uy) mulkdori____________________ikkinchi tomondan, quyidagilar toʻgʻrisida mazkur shartnomani tuzdilar:
1. Shartnomaning maqsadi
“Mulkdor” vannaxonasi, oshxonasi, balkoni, verandasi, shu jumladan, turar joy maydoni ________ kv. m, umumiy maydoni ________ kv. m boʻlgan __________________ koʻchasi, ______________ uydagi ______ xonali ______ kvartirani texnik xizmat koʻrsatish dalolatnomasi boʻyicha beradi, “Ijrochi” esa qabul qilib oladi.
2. Tomonlarning majburiyatlari
2.1. “Ijrochining majburiyatlari:
uy-joylardan texnik foydalanishning yagona qoidalari va meʼyorlariga qatʼiy rioya qilgan holda “Mulkdor”ning kvartirasiga texnik xizmat koʻrsatishni taʼminlash, shu jumladan, uy-joyni, yertoʻlalarda, shaxtalarda joylashgan muhandislik tarmoqlarini va bittadan koʻp kvartirani birlashtiruvchi tarmoqlarni, texnik asbob-uskunalarni, uyga yondosh hududni ishlar va xizmatlarning haq toʻlanadigan turlari roʻyxatiga muvofiq zarur darajada saqlashni taʼminlovchi ishlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
pudratchilar va uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash hamda kommunal xizmatlar koʻrsatuvchilar oldida “Mulkdor”ning manfaatlarini ifodalash;
(2.1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
uy-joy fondining “Mulkdori” bilan birgalikda ishlar pudratchisini, uy-joy-kommunal xizmatlar koʻrsatuvchini, shu jumladan, kapital taʼmirlash va rekonstruksiya qilish uchun pudratchini tanlash boʻyicha tanlovlar tashkil etish, ishlar tamom boʻlgandan soʻng ularni qabul qilib olishda qatnashish;
bajarilgan ishlar va xizmatlarning sifatini va puxtaligini nazorat qilish va amalga oshirilgan ishlar va xizmatlar haqini tuzilgan shartnomalarga muvofiq toʻlash;
uy-joy fondini taʼmirlash va kvartira ichidagi uskunalarni almashtirish, binolarning muhandislik tarmoqlaridagi avariya vaziyatlarini va ularning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan “Mulkdor” tushadigan buyurtmanomalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotlarni yigʻish va tahlil qilish;
pudratchi korxonalar tomonidan shartnoma shartlari bajarilmagan hollarda, tanlov asosida yangi korxonalar tanlash asosida uy-joy fondini saqlash va taʼmirlash, kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻyicha pudratchi korxonalarni almashtirish;
uy-joy fondining, muhandislik infratuzilmalari va tashqi obodonlashtirish obyektlari texnik holatining rejali monitoringini hamda aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish uchun tavsiyanomalar va texnik yechimlarni ishlab chiqishni amalga oshirish;
sifat va puxtalikning kafolatli darajasi buzilganligi sababli “Ijrochi”ning aybi bilan koʻrilgan zararni “Mulkdor”ga undirib berish.
2.2. “Mulkdorning majburiyatlari:
uy (kvartira)ga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha “Ijrochi” tomonidan kommunal xizmatlar va uy-joyni taʼmirlash xizmatlari uchun belgilangan tariflarga muvofiq har oyning 10-kunidan kechiktirmay oʻz vaqtida haq toʻlash;
kvartiradan belgilangan maqsadda foydalanish, sanitariya-texnika asbob-uskunalariga, uy-joyning tashqi obodonlashtirish obyektlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish.
3. Tomonlarning huquqlari
3.1. “Ijrochi”:
“Mulkdor” kvartirasidagi ichki tarmoqlar va asbob-uskunalarning texnik holatini muntazam ravishda tekshirib turish;
muhandislik tizimlarini yaxshi saqlamaganlik, uy-joyning tuzilishini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirganlik yoki loyiha yechimlarini kommunikatsiyalarni yoxud uy-joyni avariyaga olib kelgan yoki avariya holatiga olib kelishi mumkin boʻlgan darajada oʻzgartirganlik uchun “Mulkdor”dan koʻrilgan zararni toʻlashni talab qilish huquqiga ega.
3.2. “Mulkdor”:
belgilangan miqdorda, oʻzining hayoti va salomatligi uchun xavfsiz boʻlgan, mol-mulkiga zarar yetkazmaydigan sifatda xizmatlar olish;
xizmatlar koʻrsatishdagi kamchiliklar oqibatida hayotiga, salomatligi va mol–mulkiga yetkazilgan zararlar va shikastlar uchun toʻlovlarni “Ijrochi”dan toʻla hajmda talab qilish;
xizmatlar koʻrsatishdagi tanaffuslar vaqti uchun haq toʻlamaslik huquqiga ega.
4. Haq toʻlash tartibi
4.1 Uy-joy (kvartira)ni saqlaganlik, xizmat koʻrsatganlik va taʼmirlaganlik, kommunal xizmatlar koʻrsatganlik uchun “Mulkdor” tomonidan har oyda hisob-kitob qilinadi. Toʻlovlar oʻtgan oydan keyingi oyning 10 kunigacha toʻlanadi. Kommunal xizmatlar haqi belgilangan shakldagi toʻlov hujjati boʻyicha “Ijrochi” orqali toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4.2. Uy-joy (kvartira)ni saqlaganlik, xizmat koʻrsatganlik va taʼmirlaganlik, kommunal xizmatlar uchun haq amaldagi qonunchilikka muvofiq, mahalliy hokimiyat organlari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar, tuman va Toshkent shahar hokimliklari) tomonidan tasdiqlangan tariflar boʻyicha toʻlanadi.
(4.2 band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4.3. Uy-joy-kommunal xizmatlar haqi oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda “Mulkdor” “Ijrochiga” muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,1 foiz miqdorida penya toʻlaydi, muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda.
(4.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
4.4. “Ijrochi” tomonidan kvartiraga texnik xizmat, kommunal xizmatlar oʻz vaqtida koʻrsatilmagan hollarda “Ijrochi” “Mulkdor”ga oʻz vaqtida bajarilmagan xizmatlar summasining 0,5 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
5. Shartnoma muddati
5.1. Mazkur Shartnoma 1 yilga, 200 __yil 200 __ yil ________gacha boʻlgan davrga va bir xil kuchga ega boʻlgan 2 nusxada tuzildi. Ulardan biri “Mulkdor”da, ikkinchisi “Ijrochi”da turadi. Agar tomonlardan biri shartnoma muddati tugashidan 2 oy oldin uni toʻxtatish toʻgʻrisida istak bildirmasa, u kelgusi davrga uzaytirilgan hisoblanadi.
5.2. Shartnomani muddati tugagunga qadar bekor qilish qonun bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6. Alohida shartlar
6.1. Mazkur shartnomani bajarish, bekor qilish va uning muddatini uzaytirish bilan bogʻliq ravishda paydo boʻlgan barcha nizolar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
6.2. Avariyani bartaraf etish boʻyicha shartnoma majburiyatlari “Ijrochi” tomonidan buzilgan hollarda “Mulkdor” shartnomada nazarda tutilgan ishlarni “Ijrochi” mablagʻlari hisobiga bajarishga yoxud zararlarni toʻlashni talab qilishga haqlidir.
“Mulkdor”ning oʻz shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmaganligi tufayli ishlarning toʻxtatib qolganligi uchun “Ijrochi” javob bermaydi.
6.3. Jarima va penyalarni toʻlash shartnoma boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
7. Tomonlarning rekvizitlari va imzolari

MULKDOR

IJROCHI‎

Manzil: ‎_________________________ Manzil: __________________________
________________________________ _________________________________
________________________________ _________________________________
Bank rekvizitlari: _________________
________________________________‎‎‎ _________________________________

(imzo)‎

(imzo)‎‎

M.Oʻ‎
Vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona buyurtmachi xizmati tomonidan xizmat koʻrsatish uchun mol-mulkni “Pudratchi” (uy-joy fondini saqlash va uni taʼmirlash boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi va taʼmirlash tashkilotlari) berish toʻgʻrisida
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
NAMUNAVIY SHARTNOMA
Yagona buyurtmachi xizmati (keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb ataladi)
___________________________________________________________________________
(korxona nomi)
nomidan________________________________________________bir tomondan
(lavozimi)
va 200 ____yil “____”______________da___________________
____________________________________________________________________
(muassis nomi)
Oldingi tahrirga qarang.
tomonidan tasdiqlangan ustav asosida faoliyat koʻrsatuvchi “Pudratchi” (uy-joy fondini saqlash va uni taʼmirlash boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi va taʼmirlash tashkilotlari)
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
____________________________________________________________________
(korxona nomi)
nomidan____________________________________________________________
(lavozimi, F. I. O.)
ikkinchi tomondan mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzishdi:
I. Shartnoma mavzusi
1. “Buyurtmachi” xizmati xizmat koʻrsatish uchun “Pudratchi”ga quyidagi mol-mulklarni beradi:


‎T/r‎‏


‎Obyekt nomi, uning joylashgan oʻrni‎


‎Dastlabki balans bahosi‎

‎‎Eskirish darajasi

Qoldiq bahosi, min soʻm (3-ustun — 4-ustun)‎‏

ming soʻm ‎

%‎ ‎

2. Xizmat koʻrsatish uchun berilgan mol-mulkning _____________ ___________________________________________________________________________
(mulk egasining nomi)
mulki hisoblanadi va shartnoma (II boʻlim)ga muvofiq korxonaga toʻliq xoʻjalik yuritish uchun berilgan asosiy fondlar bilan birgalikda
____________________________________________________________________
(bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan xizmatlar nomi)
_________________________________________________ning
yagona texnologiya jarayonini taʼminlashga xizmat qiladi.
II Tomonlarning huquqlari
3. “Pudratchi”:
mazkur shartnomaga muvofiq xizmat koʻrsatish uchun oʻziga berilgan asosiy fondlardan mustaqil ravishda foydalanadi;
xizmat koʻrsatish uchun oʻziga berilgan mulkka mustaqil ravishda egalik qilish (sotish yoki boshqa usul bilan boshqalarga berish, garovga berish, ijaraga topshirish)ga haqli emas.
4. “Buyurtmachi” xizmati:
bajarilayotgan ishlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va puxtaligini nazorat qiladi hamda tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshirilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
kvartiralar ichidagi asbob-uskunalarni taʼmirlash va almashtirish, muhandislik tarmoqlaridagi halokatli vaziyatlarni va ularning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan uy-joy fondi mulkdorlaridan, shu jumladan, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan tushadigan buyurtmanomalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotlarni yigʻadi va tahlil qiladi;
pudrat tashkilotlari tomonidan Yagona buyurtmachi xizmati mijozlarining tezkor buyurtmanomalari boʻyicha xizmat koʻrsatish va taʼmirlash hamda kommunal xizmatlar koʻrsatish ishlarining oʻz vaqtida amalga oshirilishini, shu jumladan, tushayotgan shikoyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va paydo boʻlayotgan muammolarni hal qilish yoʻli bilan, doimiy nazorat qiladi;
(4-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
uy-joy fondini saqlash va taʼmirlash, kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻyicha pudratchi korxonalar shartnoma shartlarini bajarmagan taqdirda ularni tanlov asosida yangi korxonalar bilan almashtiradi;
“Pudratchi” bilan birgalikda uy-joy fondining muhandislik infratuzilmasi va tashqi obodonlashtirish obyektlari texnik holatining rejali nazoratini amalga oshiradi hamda aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish uchun tavsiyalar va texnik yechimlarni ishlab chiqadi;
yagona buyurtmachi xizmatiga qarashli hududda foydalanuvchilarga uy-joy-kommunal xizmatlari koʻrsatishni yaxshilash uchun zarur boʻlgan yangi pudratchi korxonalar tashkil etishda qatnashadi;
“Pudratchining uy-joyni, yertoʻlalarda, shaxtalardagi muhandislik tarmoqlarini hamda bittadan koʻp kvartirani birlashtiruvchi tarmoqlarni, texnik asbob-uskunalarni, uy yon-atrofini zarur darajada saqlash va unda yashovchi aholiga shartnomada nazarda tutilgan haq toʻlanadigan ish va koʻrsatiladigan xizmatlar turlari roʻyxatiga muvofiq xizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatini nazorat qiladi, shuningdek, tushayotgan buyurtmanomalar boʻyicha aholiga xizmat koʻrsatish ishlarini tezkorlik bilan tashkil etadi.
III. Tomonlarning majburiyatlari
5. “Pudratchi” quyidagi majburiyatlarni oladi:
Oldingi tahrirga qarang.
quyidagi roʻyxat boʻyicha boshqarish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlashni amalga oshiradi:
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
ishlarning boshqa turlari:
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
amalga oshiradi.
mazkur shartnomaga muvofiq uy-joy fondini saqlash va taʼmirlashni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshiradi hamda uy-joy mulkdorlari va “Buyurtmachi”ning xabarlariga tezkorlik bilan oʻz munosabatini bildiradi;
xizmat koʻrsatish uchun oʻziga berilgan mol-mulkning saqlanishini taʼminlaydi;
xizmat koʻrsatish uchun “Pudratchi”ga berilgan mol-mulkning texnik holati yomonlashuviga yoʻl qoʻymaydi, ushbu mol-mulkning foydalanish jarayonida eskirishi bilan bogʻliq hollar bundan mustasno;
xizmat koʻrsatish uchun oʻziga berilgan mol-mulk buzilgan taqdirda zararni qoplaydi.
6. “Buyurtmachi” quyidagi majburiyatlarni oladi:
Oldingi tahrirga qarang.
“Pudratchi”ning joriy xoʻjalik faoliyatiga aralashmaslik, amaldagi qonunchilik va mazkur shartnoma bilan nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
“Pudratchi” tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish.
IV. Haq toʻlash shartlari
7. Mazkur shartnomaning 5-bandiga muvofiq “Pudratchi” tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarining qiymati har oyda ____ soʻmni tashkil etadi.
8. Koʻrsatiladigan xizmatlar uchun har oyning 10-kunidan kechiktirmasdan “Buyurtmachi” tomonidan haq toʻlanadi.
9. Mazkur shartnomaning 5-bandida qayd etilgandan ortiqcha qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatilgan taqdirda ikkala tomon imzolagan “Qoʻshimcha xizmatlar toʻgʻrisida dalolatnoma” asosida qoʻshimcha haq toʻlanishi mumkin.
V. Xizmat koʻrsatish uchun “Pudratchi”ga berilgan mol-mulkni olib qoʻyish va majburan oʻzgalarga berish
10. Xizmat koʻrsatish uchun “Pudratchi”ga berilgan mol-mulk “Buyurtmachi” xizmati qaroriga binoan quyidagi hollarda toʻliq yoki qisman olib qoʻyilishi mumkin:
a) “Pudratchi” qayta tashkil etilganda;
b) 5-bandda nazarda tutilgan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi munosabati bilan shartnoma bekor qilinganda;
v) mazkur shartnomaning 7 va 8-bandlarida nazarda tutilgan shartlar buzilganda.
VI. Boshqa shartlar
11. Pudratchi korxona rahbari mazkur shartnoma shartlarini bajarishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu shartlarning bajarilmaganligi uchun, shuningdek, xizmat koʻrsatish uchun “Pudratchi”ga berilgan mol-mulkka uning harakatlari bilan yetkazilgan zararlar uchun rahbar amaldagi qonunchilikka muvofiq mulkiy va boshqacha tartibda javob beradi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Asosiy shartlar:
___________________________________________________________________
___________________________________________________________________
___________________________________________________________________
13. Mazkur shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
14. Shartnoma _________________ muddatga tuzilgan.
15. Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada (tomonlarning har biri uchun bittadan) tuzilgan.
Shartnoma “Buyurtmachi” xizmatida va “Pudratchi” rahbar organlari joylashgan joyda doimiy saqlanishi kerak.
Tomonlarning imzolari

“Buyurtmachi” xizmati‎

“Pudratchi”‎

_________________________________ _________________________________‎‎

(F.I.O., lavozimi)‎

(F.I.O., lavozimi)‎ ‎

Yuridik manzili:‎

Yuridik manzili:‎‎

_________________________________‎ ‎ ‎ _________________________________ ‎ ‎ ‎
_________________________________ ‎ ‎ _________________________________ ‎ ‎ ‎

Bank rekvizitlari‎

Bank rekvizitlari‎‎

_________________________________ _________________________________ ‎
_________________________________ _________________________________‎‎
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qaroriga
1a-ILOVA
Yagona buyurtmachi xizmatini tashkil etish boʻyicha eksperiment oʻtkazish uchun tavsiya etilayotgan shaharlar va tumanlar
roʻyxati
1. Asaka shahri, Andijon viloyati
2. Buxoro shahri, Buxoro viloyati
3. Denov shahri, Surxondaryo viloyati
4. Samarqand shahri, Samarqand viloyati
5. Qoʻqon shahri, Fargʻona viloyati
6. Sirdaryo shahri, Sirdaryo viloyati
7. Taxiatosh shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
8. Qarshi shahri, Qashqadaryo viloyati
9. Kosonsoy shahri, Namangan viloyati
10. Olmaliq shahri, Toshkent viloyati
11. Xiva shahri, Xorazm viloyati
12. Yunusobod tumani, Toshkent shahri
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qaroriga
2-ILOVA
Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 16-moddasiga muvofiq mazkur Nizom koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Yashash uchun moʻljallanmagan joylarga koʻp kvartirali uylardagi fuqarolar yashashi uchun moʻljallanmagan quyidagi alohida joylar tegishli boʻladi:
a) uyni qurishda loyihalarda koʻrsatilgan uyning yoniga keyin qurilgan joylar;
Oldingi tahrirga qarang.
b) qonunchilikda belgilangan tartibda uyning quyi qavatidagi turar joydan yashash uchun moʻljallanmagan joylarga oʻtkazilgan joylar, qayta jihozlangan yertoʻla va yarim yertoʻla hamda texnik maqsadlarga moʻljallangan joylar bundan mustasno;
(2-bandning “b” kichchik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 09/21/648/0966-son)
Yashash uchun moʻljallanmagan joyda boshqa uy-joylardan alohida kiriladigan eshik, tabiiy yoritish va ventilyatsiya; Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi yongʻinga qarshi hamda qurilish normalari va qoidalarining funksional vazifasi va talablariga muvofiq joyning devori, shifti, poli qoplangan, pardozlangan boʻlishi kerak.
3. Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan ularning toʻgʻri vazifasiga koʻra foydalanilishi kerak, shuningdek, ulardan mazkur Nizomga ilovada keltirilgan faoliyat turlari roʻyxatiga muvofiq foydalanilishi mumkin.
4. Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish xizmatlari xodimlarining kecha-kunduzning istalgan soatida tuzatish (avariyani bartaraf etish) uchun muhandislik-texnik kommunikatsiyalariga kirishlariga kafolat berilganda, shuningdek, joyni rekonstruksiya qilishda koʻtarish qobiliyati va hisoblab chiqilgan zilzilabardoshlik saqlanib qolgan taqdirda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish odamlarning uy-joyda kecha-kunduz boʻlishi imkoniyatini buzmasligi va xavfsiz hamda sogʻlom hayot muhitini taʼminlashi kerak.
5. Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish mulk, arenda yoki ijaraga olish huquqi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Turar joy yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylarning mulkdori, ijara yoki arendaga oluvchi egallab turgan umumiy foydalanishdagi turar joylardagi joylardan foydalanish tartibi, shuningdek, uyga texnik xizmat koʻrsatish va umumiy foydalanishdagi joylarni tuzatish uchun umumiy xarajatlarni taqsimlash ular oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi.
II. Yashash uchun moʻljallanmagan joyning mulkdori (arendaga oluvchi, ijaraga oluvchi)ning huquq va majburiyatlari
6. Yashash uchun moʻljallanmagan joyning mulkdori (arendaga oluvchi, ijaraga oluvchi) yashash uchun moʻljallanmagan joydan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish va unga nosanoat xususiyatiga ega boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni joylashtirish uchun foydalanish huquqiga, mulkdor esa — fuqarolar va yuridik shaxslarning hamda davlatning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish (sotish, almashtirish, ijaraga berish, arendaga berish hamda uy-joy qonunchiligiga zid boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalanish) huquqiga egadir.
7. Yashash uchun moʻljallanmagan joyning mulkdori (arendaga oluvchi, ijaraga oluvchi):
a) turar joylar, joylar hamda uylar va uy atrofidagi hududning obodonlashtirish elementlari saqlanishini taʼminlashga va oʻziga tegishli joyni oʻz hisobidan saqlashga;
b) joyga, sanitariya-texnika asbob-uskunalari va boshqa asbob-uskunalarga (suv quvuri, kanalizatsiya, markaziy isitish, issiq suv taʼminoti, gaz asbob-uskunalari va boshqalarga) ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishga;
v) elektr va issiqlik energiyasini, suv, gazni tejab sarflashga, ularning bekor oqishi va xoʻjasizlarcha sarflanishiga yoʻl qoʻymaslikka, elektr, gaz hisoblagichlarni oʻrnatishga;
g) yongʻin xavfsizligi qoidalariga, uy-joylar va ulardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylarning texnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya qilishga;
d) uy-joyda xavfsiz va sogʻlom hayot muhitini taʼminlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
e) joyda, sanitariya-texnika asbob-uskunasida yoki boshqa asbob-uskunalarda nosozliklar aniqlanganda darhol shikastlanishlarni bartaraf etishning mumkin boʻlgan chora-tadbirlarini koʻrishga hamda zarur hollarda tegishli avariya-taʼmirlash xizmatiga maʼlum qilishga;
j) avariya holatlari paydo boʻlganda oʻzi egallab turgan joyga avariyalarni bartaraf etish uchun tegishli avariya-taʼmirlash xizmatlari vakillarining kirishini taʼminlashga;
(7-bandning “e” va “j” kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
z) oʻziga tegishli joyga texnik xizmat koʻrsatish, koʻp kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarni saqlash va taʼmirlash, kommunal xizmatlar boʻyicha xarajatlarni shartnomada va amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda toʻlashga majburdir.
(7-bandning “z” kichchik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
III. Yashash uchun moʻljallanmagan joylarga qarash va ularni taʼmirlash
Oldingi tahrirga qarang.
8. Turar joylarning yashash uchun moʻljallanmagan joylarini boshqarish, ularga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash hamda tashqi tomonini obodonlashtirish, shuningdek uy atrofidagi hududga sanitariya xizmati koʻrsatish va unga qarash belgilangan standartlar, normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
9. Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylarning mulkdorlari, ularni ijaraga va arendaga oluvchilar oʻzlari egallab turgan joyni zarur joriy taʼmirlashni oʻz hisoblaridan amalga oshirishga, mulkdor esa bundan tashqari mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga majburdir.
Alohida ajratilgan joyni yoki butun bir imoratni egallab turgan hamda barcha joriy taʼmirlashni amalga oshiruvchi yashash uchun moʻljallanmagan joylarning mulkdorlari, ijaraga va arendaga oluvchilar uyni saqlash boʻyicha quyidagi umumiy xarajatlarda qatnashadilar:
a) uyga qarash bilan bogʻliq xarajatlar: axlatni yigʻishtirish va chiqarib tashlash, umumiy foydalaniladigan joylarni yoritish, isitish va saqlash xarajatlari, hovlini yoritish, yoʻlaklarni, uyga kirish yoʻlaklarini saqlash, uy yon-atrofini koʻkalamzorlashtirish va tozalash;
b) kvartiradan tashqaridagi asbob-uskunalar va muhandislik kommunikatsiyalarini, umumiy foydalaniladigan joylarni, uylarning kvartiradan tashqaridagi joylarini joriy taʼmirlash xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
v) avariya-taʼmirlash xizmatlarining maʼmuriy-xoʻjalik xarajatlari.
(9-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqarish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash xususiy uy-joy shirkatlari tomonidan amalga oshiriladigan koʻp kvartirali uylarda ushbu bandning “a”, “b”, “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan xarajatlar bevosita xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga yashash uchun moʻljallanmagan joylarning mulkdorlari (yollovchilari, ijaraga oluvchilari) tomonidan qoplanadi.
(9-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
Yashash uchun moʻljallanmagan joylarning mulkdorlari (ijaraga va arendaga oluvchilar)dan uyning umumiy xarajatlarini qoplashga yigʻimlar miqdori mazkur bandning “a”, “b”, “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan xarajatlarni jamlash, hosil boʻlgan summani haq toʻlanadigan umumiy (uy-joy va yashash uchun moʻljallanmagan) maydonga boʻlish va yashash uchun moʻljallanmagan joyning mulkdori (ijaraga va arendaga oluvchi) egallab turgan maydonga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
10. Turar joylarda joylashgan yashash uchun moʻljallanmagan joylarni boshqa maqsadda qayta jihozlash va qayta joylashtirish binoning konstruktiv sxemasini va muhandislik kommunikatsiyalarini buzmagan, binoning old koʻrinishi va tashqi qiyofasini, muhandislik kommunikatsiyalarini yomonlashtirmagan holda binoning shinamligini oshirish maqsadidagina amalga oshirilishi mumkin hamda binoning koʻtarish qobiliyati va zilzilaga bardoshliligini pasaytirmasligi kerak.
Koʻrsatib oʻtilgan ishlar davlat hokimiyati organlarining tegishli ruxsatnomasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin. Yashash uchun moʻljallanmagan joyning boshqa maqsadlar uchun moʻljallanayotgan qayta qurilishi, qayta joylashtirilishi va moslashtirilishi loyihasi yongʻinga qarshi muhofaza organlari, loyiha tashkiloti, meʼmorchilik va shaharsozlik organlari hamda meʼmorchilik-shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilish ustidan davlat nazorati organlari bilan kelishilishi zarur.
11. Joyni oʻzboshimchalik bilan qayta qurgan va qayta joylashtirgan, balkon va peshayvonlarni boshqa maqsadda qayta jihozlagan, qayta joylashtirgan yoxud qoʻshimcha ravishda sanitariya-texnik qurilmalar va boshqa qurilmalarni oʻrnatgan koʻp kvartirali uyda joylashgan yashash uchun moʻljallanmagan joyning mulkdori (ijaraga va arendaga oluvchi) vakolatli davlat organining yoki sudning talabiga koʻra yetkazilgan zararni qoplagan holda ushbu joyni oʻz hisobidan oldingi holatiga keltirishga majburdir.
12. Mulkdorlar (arendaga va ijaraga oluvchilar)ga quyidagilar taqiqlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
joylardagi davlat hokimiyati organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining tegishli ruxsatnomasi boʻlmagan taqdirda uyning yon-atrofidagi yoʻlaklarda palatkalar, doʻkonchalar oʻrnatish;
(12-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
uy-joylar va boshqa imoratlarning devorlariga tegishli ruxsatnomasiz har xil choʻzinchoq koʻrsatkichlar, peshlavhalar, flagshtoklar, meʼmorchilik detallari va boshqa qurilmalarni mahkamlash;
ushbu maqsadlar uchun moʻljallanmagan uy-joylarning old tomoniga afishalar, plakatlar, har xil eʼlonlarni yopishtirish;
tegishli ruxsatnomasiz har xil imoratlar va inshootlarni oʻzboshimchalik bilan qurish;
maishiy chiqindilarni ushbu maqsadlar uchun belgilanmagan joylarga toʻkish, tashlash va yoqish;
yongʻin boʻlganda oʻtiladigan joylar, umumiy yoʻlaklar, zinaxonalari, qoʻshimcha chiqish joylari va uyning boshqa umumiy joylarini buyumlar va asbob-uskunalar bilan tirband qilmaslik;
yashash uchun moʻljallanmagan joylarda, yertoʻlalarda, zina xonalarida, peshayvon va balkonlarda tez alangalanadigan, portlaydigan, radioaktiv hamda zaharli materiallar va moddalarni saqlash;
yashash uchun moʻljallanmagan joyda binoni buzuvchi yoki uydagi boshqa yashovchilarning normal hayot sharoitlarini buzuvchi ishlarni amalga oshirish;
yashash uchun moʻljallanmagan joylarni konstruktiv elementlarning koʻtarish qobiliyatini va uyning zilzilaga bardoshliligini buzadigan qilib boshqa maqsadda qayta jihozlash va qayta joylashtirish ishlarini oʻzboshimchalik bilan amalga oshirish;
teleradio apparatlari uchun yakka tartibdagi antennalarni uy-joylarning tomlarida vakolatli organlarning roʻyxatisiz oʻrnatish;
uy-joyning hovlisida ushbu maqsadlar uchun maxsus ajratilgan joylardan boshqa joyda transport vositalarining istalgan turini saqlash, ularni tuzatish va yuvish, shuningdek, tutashib ketgan hududning transport yuradigan qismida ustunlar va boshqa toʻsiqlar oʻrnatish;
isitish qozonlari, radiatorlarni oʻzboshimchalik bilan oʻrnatish yoki ularning isitish maydonini kengaytirish, ularga issiq suvdan foydalanish uchun suv olinadigan kranlar oʻrnatish, shuningdek, ularga boradigan yoʻllarni yopib qoʻyish;
elevator uzellarida uy-joyga issiqlik berishni oʻzboshimchalik bilan sozlash, shuningdek, issiq suv, kanalizatsiya quvurlari va boshqa tarmoqlar sxemalarini oʻzgartirish;
umumiy foydalanishga moʻljallangan joylarni egallab olish;
soat 23.00 dan boshlab soat 8.00 gacha tovush darajasi 45 dBA-dan ortiq boʻlgan teleradio apparatlardan, yashovchilarning tinchligini buzuvchi boshqa qurilmalardan foydalanish;
yashash uchun moʻljallanmagan joylardan belgilangan maqsaddan boshqa maqsadlarda foydalanish;
joyning buzilishiga olib keluvchi, yoxud qattiq shovqin va tebranish hosil qiluvchi, yoxud havoni iflos qiluvchi, fuqarolarning normal hayot faoliyatiga xalaqit beruvchi ishlarni bajarish yoki boshqa harakatlarni sodir etish.
IV. Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
13. Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibi, umumiy foydalaniladigan joylar va uy yon-atrofining sanitariya holati buzilishida, uy-joy xonalarining oʻzboshimchalik bilan boshqa maqsadlarda qayta jihozlanishi va qayta joylashtirilishida, Uy-joy fondidan xizmat koʻrsatish va taʼmirlashning belgilangan standartlari, norma va qoidalarini buzgan holda undan belgilangan vazifasidan boshqa maqsadda foydalanishda, uni xoʻjasizlarcha saqlash, uy-joyni, uning jihozlari va muhandislik kommunikatsiyalarini, obodonlashtirish obyektlari va oʻtqazilgan daraxtlarni shikastlashda aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Uy-joylarga va ularning xonalariga, muhandislik asbob-uskunalariga, obodonlashtirish obyektlariga hamda uylarga tutashib ketgan yashil uchastkalardagi oʻtqazilgan daraxtlarga zarar yetkazgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar yetkazilgan zararni toʻlashlari shart.
Zarar miqdori va uni qoplash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi normalariga muvofiq aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Imorat qurish va uy yon-atrofini, hovlisi hududini saqlash qoidalariga rioya qilish ustidan jamoatchilik nazorati fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-dekabrdagi 327-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 654-modda)
16. Koʻp kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlari, ijaraga va arendaga oluvchilar oʻrtasidagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan, umumiy foydalaniladigan joylardan foydalanish tartibi, umumiy xarajatlarni taqsimlash, umumiy foydalaniladigan joylarni joriy taʼmirlash va tozalash, shuningdek, uy-joy masalalari bilan bogʻliq boshqa nizolar qonunda belgilangan tartibda hal etiladi.
Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylarda joylashtirishga ruxsat berilgan faoliyat turlari
ROʻYXATI
1. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilish (doʻkonlar, kioskalar, doʻkonchalar va boshqalar).
2. Umumiy ovqatlanish (restoranlar, kafe, kafeteriylar, muzqaymoq; va chanqovbosdi ichimliklar barlari, gazakxonalar va boshqalar).
3. Maishiy xizmat koʻrsatish (sartaroshxonalar, poyabzal taʼmirlash, soat sozlash ustaxonalari, atelye va boshqalar).
4. Bank xizmatlari koʻrsatish (banklarning boʻlimlari va valyuta almashtirish punktlari).
5. Aloqa xizmatlari koʻrsatish (pochta boʻlimi).
6. Quyidagilar;
uy-joy va taʼmirlash-foydalanish organlarining;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining;
madaniyat, xalq taʼlimi, ijtimoiy taʼminot, sogʻliqni saqlash muassasalarining;
jismoniy tarbiya va sport muassasalarining;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlari tayanch punktlarining;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
prokuratura, sud organlari va fuqarolik holatini qayd qilish boʻlimining;
advokatura, notariatning;
tadbirkorlarning ofislari va idoralarining;
sugʻurta tashkilotlarining;
rassomlar va haykaltaroshlar ijodiy ustaxonalarining;
maʼmuriy-boshqaruv funksiyalari bilan bogʻliq boʻlgan hokimiyat va boshqaruv organlari turli tashkilotlarining faoliyati.
Oldingi tahrirga qarang.
Izoh: Uy-joylar (avvalgi kvartiralar)dan belgilangan tartibda yashash uchun moʻljallanmagan joylarga oʻtkazilgan joylarda ulardan foydalanish hududning va jonli muhit havosining fizik va kimyoviy ifloslanishiga, uyda yashovchi shaxslarning hayot faoliyati normal sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan obyektlarni, shu jumladan, korxonalar va tashkilotlarning quyidagi turlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi:
(6-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 09/21/648/0966-son)
a) uyni qurishda oʻtiriladigan joylari soni loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan, shuningdek, soat 23.00 dan keyin ham ishlaydigan umumiy ovqatlanish korxonalari (restoranlar, kafe, tungi klublar va barlar, diskotekalar);
b) kimyoviy tovarlar, sabzavot va baliq mahsulotlari doʻkonlari, shuningdek, portlaydigan moddalar va materiallar bor boʻlgan mahsulotlarni sotuvchi doʻkonlar;
v) oʻz ishlab chiqarishida tez alangalanadigan moddalarni qoʻllovchi kimyoviy tozalash xonalari;
g) poyabzal tuzatish boʻyicha 10 tadan ortiq ish oʻrniga ega boʻlgan ustaxonalar;
d) hammomlar, saunalar;
e) ATS, shaharlararo aloqaning kecha-kunduz foydalaniladigan soʻzlashuv punktlari va telegraf;
j) jamoat hojatxonalari;
z) marosimlar bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish muassasalari;
i) sanoat korxonalari.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y.,1-son, 6-modda; 2001-y.,2-son, 10-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y.,19-20-son, 143-modda; 2007-y., 9-10-son, 85-modda; 2013-y., 50-son, 654-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154;

Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 09/21/648/0966-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)