Norasmiy tarjima
Butunjahon intellektual mulk tashkilotini taʼsis etish
Konvensiyasi
1967-yil 14-iyul, Stokgolm
va 1979-yil 2-oktabrda oʻzgartirilgan
(Oʻzbekiston Respublikasi uchun 1991-yil 25-dekabrdan kuchga kirdi)
Ahdlashuvchi tomonlar,
Davlatlar oʻrtasida suverenitet va tenglikni hurmat qilishga asoslangan oʻzaro manfaatlarni uchun yaxshiroq tushunish va hamkorlikka hissa qoʻshishni xohlagan holda,
Ijodkorlikni ragʻbatlantirish maqsadida butun dunyoda intellektual mulkni muhofaza qilishni ragʻbatlantirish,
har bir Ittifoqning mustaqilligini toʻla hurmat qilib, sanoat mulkini, adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish sohasida tashkil etilgan Ittifoqlarni boshqarishni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirishga intilish maqsadida,
Quyidagilar kelishib oldilar:
1-modda
Tashkilotni taʼsis etish
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti ushbu Konvensiya bilan taʼsis etildi.
2-modda
Taʼriflar
Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun:
(i) “Tashkilot” — Butunjahon intellektual mulk tashkilotini anglatadi (BIMT);
(ii) “Xalqaro byuro” — Intellektual mulk boʻyicha xalqaro byuroni anglatadi;
(iii) “Parij konvensiyasi” — 1883 yil 20-martda imzolangan, barcha oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan tahrirlarni koʻzda tutgan holda, Sanoat mulkini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Parij konvensiyasini anglatadi;
(iv) “Bernskaya konvensiyasi” — 1886 yil 9-sentabrda imzolangan, barcha oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan tahrirlarni koʻzda tutgan holda, Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Bern konvensiyasini anglatadi;
(v) “Parij ittifoqi” — Parij konvensiyasi bilan tuzilgan Xalqaro ittifoqni anglatadi;
(vi) “Bern ittifoqi” Bern konvensiyasi bilan tuzilgan Xalqaro ittifoqni anglatadi;
(vii) “Ittifoqlar” — Parij ittifoqi, ushbu Ittifoq maqsadida tuzilgan maxsus ittifoqlar va maxsus bitimlar,Bern ittifoqi,shuningdek, intellektual mulkni muhofaza qilishga koʻmaklashishga moʻljallangan boshqa har qanday boshqa xalqaro bitim, 4 (iii)-moddaga muvofiq uning boshqaruvi Tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
(viii) “intellektual mulk” quyidagi huquqlarni oʻz ichiga oladi:
adabiy, badiiy va ilmiy asarlar,
artistlarning ijro faoliyati, ovoz yozish, radio va televideniye koʻrsatuvlari,
inson faoliyatining barcha sohalaridagi ixtirolar,
ilmiy kashfiyotlar,
sanoat namunalari,
tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, firma nomlari va tijorat belgilari,
nohalol raqobatga qarshi himoya,
sanoat, ilmiy, adabiy va badiiy sohalarda intellektual faoliyat bilan bogʻliq boshqa barcha huquqlar.
3-modda
Tashkilotning maqsadi
Tashkilot maqsadlari:
(i) butun dunyoda davlatlar hamkorligi orqali va kerak boʻlganda, boshqa har qanday xalqaro tashkilot bilan aloqada intellektual mulkni muhofaza qilishga koʻmaklashish;
(ii) Ittifoqlarning maʼmuriy hamkorligini taʼminlash.
4-modda
Funksiyalari
3-moddada belgilangan maqsadlarga erishish uchun Tashkilot oʻz organlari orqali va har bir uyushmaning vakolatlarini hurmat qilib:
(i) butun dunyoda intellektual mulkni muhofaza qilishni yaxshilash va bu sohadagi milliy qonunchilikni uygʻunlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga hissa qoʻshadi;
(ii) Parij ittifoqining, shu Ittifoq bilan bogʻliq tuzilgan Maxsus ittifoqlarning va Bern ittifoqining maʼmuriy vazifalarini bajaradi;
(iii) intellektual mulkni muhofaza qilishga koʻmaklashish uchun moʻljallangan boshqa har qanday xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun maʼmuriy boshqarishni qabul qilishga yoki ishtirok etishga rozilik berishi mumkin;
(iv) intellektual mulkni muhofaza qilishga yordam beradigan xalqaro shartnomalar tuzishga yordam beradi;
(v) intellektual mulk sohasida huquqiy va texnik yordam soʻragan davlatlarga oʻz hamkorligini taklif qiladi;
(vi) intellektual mulkni muhofaza qilish bilan bogʻliq maʼlumotlarni toʻplaydi va tarqatadi, bu sohada tadqiqotlar olib boradi va ularni ragʻbatlantiradi hamda bunday tadqiqotlar natijalarini eʼlon qiladi;
(vii) intellektual mulkni xalqaro muhofaza qilishga koʻmaklashuvchi xizmatlarning ishlashini taʼminlaydi va kerak boʻlganda bu sohada roʻyxatga olishni amalga oshiradi, shuningdek ushbu roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
(viii) boshqa har qanday tegishli choralarni koʻradi.
5-modda
Aʼzolik
(1) 2 (vii)-moddada belgilangan har qanday Ittifoq aʼzolari boʻlgan har qanday davlat Tashkilotga aʼzo boʻlishi mumkin.
(2) Ittifoqlarga aʼzo boʻlmagan har qanday davlat ham Tashkilotga aʼzo boʻlishi mumkin, agar:
(i) u Birlashgan millatlar tashkilotining, Birlashgan millatlar tashkiloti bilan bogʻliq har qanday ixtisoslashtirilgan agentliklarning yoki Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikning aʼzosi yoki Xalqaro sud statutining ishtirokchisi boʻlsa; yoki
(ii) U Bosh assambleya tomonidan ushbu Konvensiyaning ishtirokchisi boʻlishga taklif qilingan boʻlsa.
6-modda
Bosh Assambleya
(1)
(a) Bosh assambleya,tarkibiga har qanday ittifoq aʼzolari kirgan, ushbu Konvensiya ishtirokchi-davlatlaridan iborat holda tuziladi.
(b) Har bir davlat hukumati bitta vakildan iborat boʻlib, uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari va ekspertlari boʻlishi mumkin.
(c) Har bir vakilning xarajatlari uni tayinlagan hukumat tomonidan qoplanadi.
(2) Bosh Assambleya:
(i) Bosh direktorni muvofiqlashtirish qoʻmitasi tavsiyasiga binoan tayinlaydi;
(ii) Bosh direktorning Tashkilot faoliyatiga oid hisobotlarini oʻrganadi va tasdiqlaydi va unga barcha kerakli koʻrsatmalarni beradi;
(iii) hisobotlarni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi va Boshqaruv qoʻmitasi faoliyatini tasdiqlaydi va unga koʻrsatmalar beradi;
(iv) Ittifoqlar uchun umumiy xarajatlarning ikki yillik budjetini qabul qiladi;
(v) Bosh direktor tomonidan 4(iii)-moddada koʻzda tutilgan xalqaro shartnomalarni bajarishda maʼmuriyat ishlari boʻyicha taklif qilingan harakatlarni maʼqullaydi;
(vi) Tashkilotning moliyaviy qoidalarini qabul qiladi;
(vii) Birlashgan millatlar tashkilotining amaliyotini hisobga olgan holda, Kotibiyatning ishchi tillarini belgilaydi;
(viii) 5 (2)(ii)-moddada koʻzda tutilgan davlatlarni ushbu Konvensiya ishtirokchilari boʻlishga taklif qiladi;
(ix) tashkilotga aʼzo boʻlmagan qaysi davlatlar va qaysi hukumatlararo yoki xalqaro nodavlat tashkilotlari uning yigʻilishlariga kuzatuvchi sifatida kiritilishi mumkinligini aniqlaydi;
(x) ushbu Konvensiya boʻyicha boshqa tegishli funksiyalarni bajaradi.
(3)
(a) Har bir davlat, bir yoki bir nechta Ittifoq aʼzosi boʻlishidan qatʼi nazar, Bosh Assambleyada bitta ovozga ega.
(b) Bosh assambleyaga aʼzo davlatlarning yarmi kvorumni tashkil qiladi.
(c) Paragrafning (b) kichik bandining qoidalariga qaramay, agar har qanday sessiyada vakillik qiladigan davlatlar soni yarmidan kam boʻlsa-da, Bosh Assambleyaga aʼzo davlatlarning uchdan bir qismiga teng yoki koʻp boʻlsa,u qaror qabul qila oladi; ammo, Bosh Assambleyaning barcha qarorlari, oʻz tartib-qoidalariga taalluqli qarorlar bundan mustasno, quyidagi shartlar bajarilgan taqdirdagina kuchga kiradi.Xalqaro byuro yuqorida koʻrsatilgan qarorlarni Bosh assambleyaga aʼzo boʻlmagan davlatlarga yetkazadi va ularni qarorlar, agar ular maʼqullashsa yoki qarshi boʻlsa, yoki betaraf boʻlsa, yuborilgan kundan boshlab uch oy ichida yozma ravishda xabardor qilishga taklif qiladi.Agar bu muddat tugagandan soʻng, shunday ovoz bergan yoki betaraf davlatlar soni,sessiyaning oʻzida kvorumga erishish uchun yetishmayotgan boʻlsa, koʻpchilik ovoz berilgan qarorlar kuchga kiradi.
(d) Paragrafning (e) va (f) kichik bandlari qoidalariga rioya qilgan holda, Bosh Assambleya oʻz qarorlarini uchdan ikki qism ovozlar bilan qabul qiladi.
(e) (4)(iii)-moddada nazarda tutilgan xalqaro shartnomalarni bajarish boʻyicha maʼmuriyatga tegishli harakatlarni tasdiqlash uchun berilgan ovozlarning toʻrtdan uch qismi talab qilinadi.
(f) Birlashgan millatlar tashkiloti Ustavining 57 va 63-moddalari qoidalariga muvofiq Birlashgan millatlar tashkiloti bilan tuzilgan bitimni tasdiqlash uchun ovozlarning oʻndan toʻqqiz qismi talab qilinadi.
(g) Bosh direktorni tayinlash uchun ((2)(i) band), Bosh direktor tomonidan xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun maʼmuriy tomondan taklif qilingan harakatlarni tasdiqlash ((2) (v)-band) va shtab-kvartirani koʻchirish (10-modda), talab qilinadigan koʻpchilikka faqat Bosh Assambleyada emas, balki Parij ittifoqi va Bern ittifoqi Assambleyasida ham erishish kerak.
(h) Ovoz berishda betaraf qolganlar hisobga olinmaydi.
(i) Vakil faqat bitta davlat vakili boʻlishi va faqat uning nomidan ovoz berishi mumkin.
(4)
(a) Bosh assambleya har ikkinchi kalendar yilda Bosh direktor chaqiruvi bilan navbatdagi sessiyada yigʻiladi.
(b) Bosh assambleyaning navbatdan tashqari sessiyasi yigʻilishi mumkin, uni Bosh direktor Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitaning talabiga binoan yoki Bosh assambleyaga aʼzo davlatlarning chorakdan birining talabiga binoan chaqiradi.
(c) Sessiyalar Tashkilot qarorgohida oʻtkaziladi.
(5) Ushbu Konvensiyada ishtirok etayotgan va Ittifoqning hech bir aʼzosi boʻlmagan davlatlar Bosh Assambleyaning yigʻilishlariga kuzatuvchi sifatida kiritiladi.
(6) Bosh assambleya oʻz ish tartibini qabul qiladi.
7-modda
Konferensiya
(1)
(a) Ular Ittifoqlardan biriga aʼzo boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼiy nazar ushbu Konvensiya ishtirokchi-davlatlaridan tashkil topgan Konferensiya tuziladi.
(b) Har bir davlat hukumati bitta vakildan iborat boʻlib, uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari va ekspertlari boʻlishi mumkin.
(c) Har bir vakilning xarajatlari uni tayinlagan hukumat tomonidan qoplanadi.
(2) Konferensiya:
(i) intellektual mulk sohasidagi umumiy qiziqishlarni muhokama qiladi, va Ittifoqlarining vakolati va mustaqilligini hisobga olgan holda bunday masalalar boʻyicha tavsiyalar berishi mumkin:
(ii) Konferensiyaning ikki yillik budjetini qabul qiladi;
(iii) Konferensiya budjeti doirasida har ikki yilda bir marta yuridik va texnik yordam dasturini qabul qiladi;
(iv) 17-moddada nazarda tutilgan tartibda ushbu Konvensiyaga oʻzgartirishlar kiritadi;
(v) qaysi davlatlar Tashkilotga aʼzo emasligini va qaysi hukumatlararo va xalqaro nodavlat tashkilotlari uning yigʻilishlariga kuzatuvchi sifatida kiritilishi mumkinligini aniqlaydi;
(vi) ushbu Konvensiya boʻyicha boshqa tegishli funksiyalarni bajaradi.
(3)
(a) Har bir aʼzo davlat Konferensiyada bitta ovozga ega.
(b) Aʼzo davlatlarning uchdan bir qismi kvorumni tashkil qiladi.
(c) 17-moddaning qoidalarini hisobga olgan holda, Konferensiya ovozlarning uchdan ikki qismi bilan qaror qabul qiladi.
(d) Biron bir Ittifoq aʼzosi boʻlmagan ushbu Konvensiyaga aʼzo davlatlarning badallari miqdori faqat ushbu davlatlarning ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan vakillari ovoz berish yoʻli bilan belgilanadi.
(e) Ovoz berishda betaraf qolganlar hisobga olinmaydi.
(f) Vakil faqat bitta davlat vakili boʻlishi va faqat uning nomidan ovoz berishi mumkin.
(4)
(a) Konferensiya Bosh direktor tomonidan chaqiriladigan navbatdagi sessiyada, Bosh assambleya bilan bir vaqtda va bir joyda yigʻiladi.
(b) Konferensiya aʼzo davlatlarning koʻpchiligi talabiga binoan Bosh direktor tomonidan chaqiriladigan navbatdan tashqari sessiyada yigʻiladi.
(5) Konferensiya oʻz tartib-qoidalarini qabul qiladi.
8-modda
Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita
(1)
(a) Parij ittifoqi Ijroiya qoʻmitasi yoki Bern ittifoqi Ijroiya qoʻmitasi yoki ushbu Ijroiya qoʻmitalarning har ikkalasiga ham aʼzo boʻlgan ushbu Konvensiyaga aʼzo davlatlardan iborat Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita tuziladi.Ammo, agar bu Ijroiya qoʻmitalarning har biri Assambleya aʼzolari sonining chorakdan biridan iborat boʻlsa, unda bunday Ijroiya qoʻmita oʻz aʼzolari orasidan Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitaga aʼzo davlatlarni tayinlaydi, ularning soni yuqorida aytib oʻtilgan chorakdan oshmasa; bunda, Tashkilotning qarorgohi joylashgan mamlakat bu chorakni aniqlashda hisobga olinmaydi.
(b) Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitaning har bir aʼzosi boʻlgan davlat hukumati uning oʻrinbosari, maslahatchi va ekspertdan iborat boʻlishi mumkin boʻlgan bitta vakil bilan taqdim etiladi.
(c) Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita Konferensiya dasturiga yoki budjetiga va uning kun tartibiga bevosita aloqador boʻlgan masalalarni koʻrib chiqayotganda,yoki Konvensiyaga aʼzo davlatlarning Ittifoqlarning hech biriga aʼzo boʻlmagan huquqlari yoki majburiyatlariga taalluqli Konvensiyaga oʻzgartirish kiritish taklifi boʻlsa;bu davlatlarning toʻrtdan biri Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita majlislarida Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita aʼzolari bilan bir xil huquqlarda qatnashadi.Konferensiya har bir navbatdagi sessiyasida davlatlarni bunday yigʻilishlarda ishtirok etish uchun saylaydi.
(d) Har bir vakilning xarajatlari uni tayinlagan hukumat tomonidan qoplanadi.
(2) Agar Tashkilot boshqaradigan boshqa Ittifoqlar Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitada shunday vakil boʻlishni xohlasalar, ularning vakillari Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitaga aʼzo davlatlar orasidan koʻrsatiladi.
(3) Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita:
(i) Ittifoqlar organlari, Bosh assambleya, Konferensiya va Bosh direktorga bir yoki bir nechta Ittifoq va Tashkilotga tegishli, xususan budjet masalalari boʻyicha barcha maʼmuriy, moliyaviy va boshqa masalalar, shu jumladan ittifoqlar uchun umumiy xarajatlar boʻyicha maslahat beradi;
(ii) Bosh Assambleya kun tartibi loyihasini tayyorlaydi;
(iii) kun tartibi loyihasini, shuningdek, Konferensiya dasturi va budjeti loyihalarini tayyorlaydi;
(iv) chiqarib tashlangan;
(v) Bosh direktorning vakolat muddati tugashidan oldin yoki Bosh direktor lavozimi boʻshab qolganda, Bosh Assambleya tomonidan tayinlanish uchun nomzod koʻrsatiladi;agar Bosh assambleya bu nomzodni koʻrsatmasa, Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita boshqa nomzodni koʻrsatadi; umumiy tartibda nomzod koʻrsatilgunga qadar bu tartib takrorlanadi;
(vi) agar Bosh Assambleyaning ikki sessiyasi oʻrtasida Bosh direktor lavozimi boʻsh qolsa, yangi Bosh direktor oʻz lavozimiga kirguniga qadar vaqtincha Bosh direktor vazifasini bajaruvchini tayinlaydi;
(vii) ushbu Konvensiya boʻyicha unga yuklangan boshqa barcha funksiyalarni bajaradi.
(4)
(a) Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita yiliga bir marta Bosh direktor chaqiruvi bilan navbatdagi sessiyalarda yigʻiladi. Qoida tariqasida, Qoʻmita Tashkilot qarorgohida yigʻiladi.
(b) Bosh direktor oʻz tashabbusi bilan yoki raisning iltimosiga binoan yoki Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita aʼzolarining toʻrtdan bir qismining iltimosiga binoan Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita navbatdan tashqari sessiyada yigʻilishi mumkin.
(5)
(a) Har bir davlat, (1) (a) bandda koʻrsatilgan Ijroiya qoʻmitalarning biriga yoki ikkalasiga aʼzo boʻlishidan qatʼi nazar, Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitada bitta ovozga ega.
(b) Boshqaruv qoʻmitasi aʼzolarining yarmi kvorumni tashkil qiladi.
(c) vakil faqat bitta davlat vakili boʻlishi va faqat uning nomidan ovoz berishi mumkin.
(6)
(a) Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita oʻz fikrini bildiradi va qarorlarni oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qiladi. Ovoz berishda betaraf qolganlar hisobga olinmaydi.
(b) Oddiy koʻpchilik ovoz olgan taqdirda ham, Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitaning har qanday aʼzosi ovoz berishdan soʻng, ovozlarni maxsus sanashni quyidagicha oʻtkazishni soʻrashi mumkin: Parij ittifoqi Ijroiya qoʻmitasi va Bern ittifoqi Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari boʻlgan mamlakatlarning nomlari koʻrsatilgan ikkita alohida roʻyxat tuziladi;har bir davlat ovozi kiritilgan har bir roʻyxatda uning nomiga qarshi yoziladi. Agar bu maxsus hisob har bir roʻyxatda oddiy koʻpchilikka erishilmaganligini koʻrsatsa, taklif qabul qilinmagan hisoblanadi.
(7) Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitaning aʼzosi boʻlmagan Tashkilotning har qanday aʼzo-davlati qoʻmita yigʻilishlarida muhokamada qatnashish huquqiga ega, lekin ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan kuzatuvchilar sifatida qatnashishi mumkin.
(8) Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita oʻz tartib-qoidalarini qabul qiladi.
9-modda
Xalqaro byuro
(1) Xalqaro byuro Tashkilot kotibiyati hisoblanadi.
(2) Xalqaro byuroni Bosh direktor boshqaradi, u ikki yoki undan ortiq Bosh direktor oʻrinbosariga ega.
(3) Bosh direktor kamida 6 yil muddatga tayinlanadi. U maʼlum muddatlarga qayta tayinlanishi mumkin. Dastlabki tayinlanish va mumkin boʻlgan keyingi tayinlanish sanalari, shuningdek boshqa tayinlanish shartlari Bosh Assambleya tomonidan belgilanadi.
(4)
(a) Bosh direktor Tashkilotning bosh ijrochi direktori hisoblanadi.
(b) U Tashkilot vakili.
(c) U Bosh Assambleyaga hisobot beradi va Tashkilotning ichki va tashqi ishlariga oid koʻrsatmalarini bajaradi.
(5) Bosh direktor budjet va dasturlar loyihalarini, shuningdek davriy faoliyat hisobotlarini tayyorlaydi. U ularni tegishli davlatlar hukumatlariga, shuningdek, Ittifoqlar va Tashkilotning vakolatli organlariga topshiradi.
(6) Bosh direktor va u tayinlagan xodimlar Bosh Assambleya, Konferensiya, Muvofiqlashtirish qoʻmitasi va boshqa qoʻmita yoki ishchi guruhining barcha yigʻilishlarida ovoz berish huquqisiz ishtirok etadilar. Bosh direktor yoki u tayinlagan xodim bu organlarning ex officio kotibi hisoblanadi.
(7) Bosh direktor Xalqaro byuroning vazifalarini samarali bajarish uchun zarur boʻlgan xodimlarni tayinlaydi. U Bosh direktor oʻrinbosarlarini Muvofiqlashtirish qoʻmitasi tasdiqlaganidan keyin tayinlaydi. Ishga qabul qilish shartlari Bosh direktor taklifiga binoan Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita tomonidan tasdiqlangan xodimlar toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.Xodimlarni yollash va xizmat koʻrsatish shartlarini belgilashda eng muhim omil — bu yuqori darajadagi samaradorlik, malakali va yaxlitlikni taʼminlash zarurati.Iloji boricha keng geografik qamrov asosda kadrlarni yollash muhimligiga eʼtibor berilishi kerak.
(8) Bosh direktor va xodimlarning vazifalari faqat xalqaro xaraktyerga ega.Vazifalarini bajarishda ular Tashkilotdan tashqaridagi hech qanday hukumat yoki hokimiyatdan koʻrsatma soʻramaydilar va olmaydilar. Ular xalqaro amaldorlar statusini shubha ostiga qoʻyadigan har qanday harakatlardan tiyilishlari kerak.Har bir aʼzo davlat Bosh direktor va xodimlarning vazifalarini faqat xalqaro xarakterda hurmat qilishga va oʻz vazifalarini bajarishda ularga taʼsir oʻtkazmaslikka majburdir.
10-modda
Qarorgoh
(1) Tashkilotning bosh qarorgohi Jenevada joylashgan.
(2) Uni koʻchirish toʻgʻrisidagi qaror Bosh Assambleya tomonidan 6 (3) (d) va (g)-moddalarda koʻzda tutilganidek qabul qilinishi mumkin.
11-modda
Moliyalashtirish
(1) Tashkilot ikkita alohida budjetga ega: Ittifoqlar uchun umumiy xarajatlar budjeti va Konferensiya budjeti.
(2)
(a) Ittifoqlar uchun umumiy boʻlgan xarajatlar budjeti bir nechta Ittifoqlar manfaatini nazarda tutadi.
(b) budjet quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
(i) Ittifoqlar badallari, har bir Ittifoqning hissasi miqdori Assambleya tomonidan ushbu Ittifoq manfaatlari uchun sarflangan umumiy xarajatlar ulushini hisobga olgan holda belgilanadi;
(ii) Xalqaro byuro tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar, ular Ittifoqlarning hech biriga taalluqli emas yoki Xalqaro byuroning huquqiy va texnik yordam koʻrsatishi bunga kirmaydi;
(iii) Ittifoqlarning hech biriga toʻgʻridan toʻgʻri tegishli boʻlmagan Xalqaro byuroning nashrlarini sotishdan tushgan tushumlar yoki bunday nashrlarda huquqlar oʻtkazilishidan tushgan daromadlar;
(iv) (3) (b) (iv)-bandda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, Tashkilotga sovgʻalar, meros va grantlar;
(v) ijara haqi, foizlar va Tashkilotning boshqa har xil daromadlari.
(3)
(a) Konferensiya budjetiga Konferensiya sessiyalarini oʻtkazish va yuridik va texnik yordam dasturining xarajatlari kiradi.
(b) budjet quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
(i) Ittifoqlarning hech biriga aʼzo boʻlmagan ushbu Konvensiyaga aʼzo davlatlar badallari;
(ii) Ittifoqlarning ushbu budjetga oʻtkazmalari, har bir Ittifoqning oʻtkazmalari Assambleya tomonidan belgilanadi va har qanday Ittifoq oʻtkazmalardan voz kechishi mumkin;
(iii) yuridik va texnik yordam sohasida Xalqaro byuro tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun olingan mablagʻlar;
(iv) (a) kichik bandi bilan koʻzda tutilgan Tashkilotga sovgʻalar, meros va grantlar.
(4)
(a) Konferensiya budjetiga oʻz hissasini aniqlash maqsadida, ushbu Konvensiyaning har bir Ittifoqiga aʼzo boʻlmagan har bir davlatga sinf belgilanadi va oʻz yillik hissasini quyidagi belgilangan miqdordagi birliklar asosida toʻlaydi:
A sinf____________ 10
B sinf____________ 3
C sinf____________ 1
(b) Har bir bunday davlat 14(1)-moddada koʻzda tutilgan harakatlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda, qaysi toifaga kirishni xohlashini koʻrsatadi. Har qanday bunday davlat sinfni oʻzgartirishi mumkin. Agar davlat quyi sinfni tanlasa, u buni Konferensiyaning keyingi sessiyasida eʼlon qilishi kerak. Har qanday bunday oʻzgartirish sessiyadan keyingi kalendar yili boshidan kuchga kiradi.
(c) Har bir davlatning yillik hissasi barcha davlatlar Konferensiyasi budjetiga toʻlanadigan badallarning umumiy miqdori bilan bogʻliqdir, chunki uning birliklari soni koʻrsatilgan barcha davlatlar birliklarining umumiy soniga toʻgʻri keladi.
(d) Hisob-kitoblar har yilning 1-yanvaridan boshlab amalga oshiriladi.
(e) Agar budjet yangi moliyaviy davr boshlanishidan oldin qabul qilinmasa, u holda moliyaviy reglamentga muvofiq oʻtgan yil darajasidagi budjetdan foydalaniladi.
(5) Ushbu moddada koʻzda tutilgan moliyaviy badallarni toʻlash boʻyicha qarzdor boʻlgan har qanday davlat,ushbu Konvensiyaning aʼzosi va har qanday Ittifoqqa aʼzo boʻlmagan oʻz badallarini toʻlash boʻyicha qarzdor boʻlsa, agar uning qarzi miqdori oldingi ikki toʻliq yil uchun undiriladigan summa bilan teng boʻlsa yoki undan oshsa, u aʼzo boʻlgan Tashkilot organlarida ovoz berish huquqidan mahrum boʻladi. Biroq, agar toʻlovning kechikishi alohida va muqarrar holatlarda sodir boʻlganligiga ishonch hosil qilsa, bu organlarning har biri bunday davlatga oʻz toʻlov huquqlarini amalga oshirishga ruxsat berishi mumkin.
(6) Xalqaro byuro tomonidan koʻrsatiladigan yuridik va texnik yordam xizmatlari uchun toʻlanadigan toʻlovlar miqdori Bosh direktor tomonidan belgilanadi va Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitaga maʼlum qilinadi.
(7) Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitaning roziligi bilan tashkilot toʻgʻridan toʻgʻri hukumatlar, jamoat va xususiy tashkilotlar, uyushmalar yoki shaxslardan sovgʻalar, meros va grantlar olishi mumkin.
(8)
(a) Tashkilotda aylanma mablagʻlar jamgʻarmasi mavjud boʻlib, u Ittifoq va ushbu Konvensiyaning har bir aʼzosi boʻlmagan davlat tomonidan toʻlanadigan bir martalik toʻlovdan iborat. Agar aylanma mablagʻlar jamgʻarmasi yetarli boʻlmasa, uni koʻpaytirish masalasi hal qilinadi.
(b) Har bir Ittifoqning bir martalik toʻlovi miqdori va uning fondni koʻpaytirishda ishtiroki Ittifoq Assambleyasi tomonidan belgilanadi.
(c) Birorta ham Ittifoqning aʼzosi boʻlmagan ushbu Konvensiyaning har bir ishtirokchi-davlati tomonidan toʻlanadigan yagona toʻlov miqdori va jamgʻarmani koʻpaytirishdagi ulushi ushbu davlatning har yili qoʻshgan hissasiga mutanosib jamgʻarma tuziladi yoki uni koʻpaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Bu nisbat va toʻlov shartlari Bosh direktorning taklifiga binoan Konferensiya tomonidan muvofiqlashtiruvchi qoʻmitaning fikrini eshitgandan soʻng belgilanadi.
(9)
(a) Tashkilotning qarorgohi oʻz hududida joylashgan davlat bilan tuzilgan qarorgoh toʻgʻrisidagi bitimda, agar aylanma mablagʻlar yetarli boʻlmasa, bunday davlat avans berishi nazarda tutiladi.Ushbu avanslar miqdori va ularni taqdim etish shartlari har bir holatda bunday davlat va Tashkilot oʻrtasida maxsus kelishuvga muvofiq belgilanadi. Agar bunday ishtirokchi davlat avans berish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan boʻlsa, u Muvofiqlashtirish qoʻmitasida ex officio ravishda bitta oʻrin egallaydi.
(b) (a) kichik bandida koʻrsatilgan davlat ham, Tashkilot ham avans olish majburiyatini yozma ravishda ogohlantirish orqali bekor qilish huquqiga ega. Bekor qilish xabarnoma yuborilgan yil tugaganidan uch yil oʻtgach kuchga kiradi.
(10) Hisoblar bir yoki bir nechta aʼzo davlatlar yoki tashqi auditorlar tomonidan moliyaviy reglamentda koʻzda tutilgan tarzda tekshiriladi. Ularni Bosh Assambleya oʻz roziligi bilan tayinlaydi.
12-modda
Huquqqa layoqatliligi; imtiyozlar va immunitetlar
(1) Tashkilot har bir aʼzo davlat hududida, ushbu Davlat qonunlariga muvofiq, Tashkilot maqsadlariga erishish va oʻz vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan bunday huquq layoqatidan foydalanadi.
(2) Tashkilot Shveysariya Konfederatsiyasi va qarorgohi keyinchalik joylashishi mumkin boʻlgan boshqa davlat bilan qarorgoh toʻgʻrisida bitimlar tuzadi.
(3) Tashkilot, uning mansabdor shaxslari va barcha aʼzo davlatlarning vakillariga uning maqsadlari va funksiyalariga erishish uchun zarur boʻlgan imtiyozlar va immunitetlarni berish uchun Tashkilot boshqa aʼzo davlatlar bilan ikki yoki koʻp tomonlama shartnomalar tuzishi mumkin.
(4) Bosh direktor muzokara olib borishi va Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita tasdiqlagandan soʻng, tashkilot nomidan (2) va (3) bandlarda koʻrsatilgan shartnomalarni tuzishi va imzolashi mumkin.
13-modda
Boshqa tashkilotlar bilan aloqalar
(1) Tashkilot, kerak boʻlganda, ish munosabatlarini oʻrnatadi va boshqa hukumatlararo tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Bunday tashkilotlar bilan tuzilgan har qanday umumiy kelishuv Bosh direktor tomonidan Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitaning roziligidan keyin tuziladi.
(2) Tashkilot oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro nodavlat tashkilotlari bilan maslahatlashish va hamkorlik qilish uchun tegishli chora-tadbirlarni, shuningdek, milliy tashkilotlar, hukumat yoki nodavlat tashkilotlari bilan manfaatdor hukumatlarning roziligi bilan amalga oshirishi mumkin. Bunday tadbirlar Bosh direktor tomonidan Muvofiqlashtirish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi.
14-modda
Konvensiyani imzolash, ratifikatsiya qilish va unga aʼzo boʻlish
(1) 5-moddada koʻrsatilgan davlatlar ushbu Konvensiya va Tashkilot aʼzolari boʻlishlari mumkin:
(i) ratifikatsiya haqida shartlashmasdan Konvensiyani imzolash orqali;
(ii) ratifikatsiya haqida shartlashib imzolash, soʻngra ratifikatsiya hujjatini saqlashga topshirish; yoki
(iii) qoʻshilish toʻgʻrisidagi dalolatnomani saqlashga topshirish orqali.
(2) Ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalariga qaramay, Parij konvensiyasi, Bern konvensiyasi yoki ikkala konvensiyaning ishtirokchisi boʻlgan davlat, agar u bir vaqtning oʻzida ratifikatsiya qilsa yoki unga qoʻshilsa yoki u allaqachon ratifikatsiya qilingan yoki qoʻshilgan boʻlsa, ushbu Konvensiyaning ishtirokchisi boʻlishi mumkin:
Parij konvensiyasining Stokgolm aktiga yoki faqat uning 20(1)(b)(i)-moddasida koʻzda tutilgan istisno bilan;
Bern konvensiyasi Stokgolm aktiga yoki faqat uning 20(1)(b)(i)-moddasida koʻzda tutilgan istisno bilan.
(3) Tasdiqlash yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlar Bosh direktorga saqlanadi.
15-modda
Konvensiyani kuchga kirishi
(1) Ushbu Konvensiya Parij ittifoqiga aʼzo oʻnta davlat va Bern ittifoqiga aʼzo yettita davlat 14-moddaning 1-bandida nazarda tutilgan choralarni koʻrganidan uch oy oʻtgach kuchga kiradi; ammo, agar davlat har ikkala Ittifoqning aʼzosi boʻlsa, u ikkala guruhda ham hisobga olinishi tushuniladi. Xuddi shu sanada, Konvensiya, ikkala Ittifoqning birortasida ham boʻlmagan, 14 (1)-moddada koʻzda tutilgan harakatlarni shu sanadan kamida uch oy oldin amalga oshirgan davlatlarga nisbatan kuchga kiradi.
(2) Boshqa har qanday davlatga nisbatan, ushbu Konvensiya 14 -moddaning 1-bandida nazarda tutilgan harakatni amalga oshirgan kundan boshlab uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
16-modda
Qoʻshimcha shart
Ushbu Konvensiyaga aʼzo boʻlishda hech qanday qoʻshimcha shart yoʻl qoʻyilmaydi.
17-modda
Oʻzgartishlar
(1) Ushbu Konvensiyaga oʻzgartishlar kiritish boʻyicha takliflar Tashkilotga aʼzo har qanday davlat tashabbusi bilan, Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita yoki Bosh direktor tashabbusi bilan kiritilishi mumkin. Bunday takliflar Bosh direktor tomonidan Konferensiyada koʻrib chiqilishidan kamida olti oy oldin Tashkilotga aʼzo davlatlarga yuboriladi.
(2) Oʻzgartishlar Konferensiya tomonidan qabul qilinadi. Agar oʻzgartishlar qabul qilinishi, ushbu Konvensiya ishtirokchilarining Ittifoqlarga aʼzo boʻlmagan davlat huquqlari va majburiyatlariga taʼsir qilsa, bunday davlatlar ham ovoz berishadi. Boshqa taklif qilinayotgan barcha oʻzgartishlar faqat ushbu Konvensiyaga aʼzo davlatlar tomonidan qabul qilinadi. Oʻzgartishlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi, tegishli konvensiyalarning maʼmuriy qoidalariga oʻzgartishlar kiritishni Konferensiya faqat Parij ittifoqi Assambleyasi va Bern ittifoqi Assambleyasi tomonidan har birida qoʻllaniladigan qoidalarga muvofiq oldindan ovoz berilgan boʻlsa qabul qiladi.
(3) Har qanday oʻzgartish har bir davlatning konstitutsiyaviy tartibiga muvofiq qabul qilinganligi toʻgʻrisida yozma xabarnomalar Tashkilotga aʼzo davlatlarning toʻrtdan uchidan Bosh direktor tomonidan qabul qilinganidan bir oy oʻtgach kuchga kiradi. Oʻzgartishlar Konferensiya tomonidan qabul qilingan vaqtda ovoz berish huquqiga ega davlatlar (2)-bandga binoan oʻzgartirish taklifiga ovoz berishadi.Oʻzgartishlar kuchga kirgan vaqtda Tashkilotga aʼzo boʻlgan yoki shu kundan keyin aʼzo boʻlgan barcha davlatlar uchun majburiydir, agar aʼzo davlatlarning moliyaviy majburiyatlarini oshiradigan har qanday oʻzgartish faqat shu davlatlar uchun majburiy boʻlsa, ular bunday oʻzgartish qabul qilinganligi toʻgʻrisida xabar berishadi.
18-modda
Denonsatsiya
(1) Har qanday aʼzo davlat Bosh direktor nomiga yuborilgan xabarnoma orqali ushbu Konvensiyadan chiqishi mumkin.
(2) Denonsatsiya qilish Bosh direktor tomonidan bunday xabarnoma olingan kundan olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
19-modda
Bildirishnoma
Bosh direktor barcha aʼzo davlatlar hukumatlarini quyidagilar haqida xabardor qiladi:
(i) ushbu Konvensiya kuchga kirgan sana;
(ii) ratifikatsiya yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlarning imzolanishi yoki saqlanishi;
(iii) ushbu Konvensiyaga kiritilgan har qanday oʻzgartishning qabul qilinishi va bunday oʻzgartirish kuchga kirgan sana;
(iv) ushbu Konvensiyani denonsatsiya qilish.
20-modda
Yakuniy qoidalar
(1)
(a) Ushbu Konvensiya ingliz, fransuz, rus va ispan tillarida bitta asl nusxada imzolanadi, har bir matn bir xil kuchga ega va Shvetsiya hukumatiga saqlash uchun topshiriladi.
(b) ushbu Konvensiya 1968-yil 13-yanvargacha Stokgolmda imzolash uchun ochiq qoladi.
(2) Rasmiy tarjima matnlari Bosh direktor tomonidan manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashgandan soʻng, nemis, italyan va portugal tillarida va Konferensiya belgilagan boshqa tillarda tuziladi.
(3) Bosh direktor ushbu Konvensiya va Konferensiya tomonidan qabul qilingan har bir oʻzgartishning tegishli tarzda tasdiqlangan ikkita nusxasini Parij yoki Bern ittifoqiga aʼzo davlatlar hukumatlariga, shuningdek har qanday boshqa davlat hukumatining iltimosiga binoan, har bir davlat hukumatiga ushbu Konvensiyaga qoʻshilganda yuboradi. Hukumatlarga yuborilgan Konvensiya matnining nusxalari Shvetsiya hukumati tomonidan tasdiqlanadi.
(4) Bosh direktor ushbu Konvensiyani Birlashgan millatlar tashkiloti kotibiyatida roʻyxatdan oʻtkazadi.
21-modda
Oʻtish davri qoidalari
(1) Birinchi Bosh direktor oʻz lavozimiga kirgunga qadar, ushbu Konvensiyada Xalqaro byuroga yoki Bosh direktorga havolalar sanoat mulki, adabiy va badiiy mulkni muhofaza qilish boʻyicha Xalqaro qoʻshma byuroga (intellektual mulkni muhofaza qilish boʻyicha Birlashgan xalqaro byuro (BIRPI) deb ham ataladi) yoki uning direktori havola qilingan deb hisoblanadi.
(2)
(a) har qanday Ittifoqning aʼzosi boʻlgan, lekin ushbu Konvensiyaning ishtirokchisi boʻlmagan davlatlar, agar xohlasalar, ushbu Konvensiya kuchga kirgan kundan boshlab besh yil mobaynida, agar ular xohlasalar, xuddi ishtirokchi boʻlgan davlatlar huquqlaridan foydalanishlari mumkin. Bunday huquqlardan foydalanishni istagan har qanday davlat yozma ravishda Bosh direktorni xabardor qiladi; bunday bildirishnoma olingan kundan boshlab kuchga kiradi. Bunday davlatlar koʻrsatilgan muddat tugagunga qadar Bosh Assambleyaning va Konferensiyaning aʼzolari hisoblanadi.
(b) ushbu besh yillik muddat tugagandan soʻng, bunday davlatlar Bosh assambleyada, Konferensiya va Muvofiqlashtirish qoʻmitasida ovoz berish huquqidan mahrum boʻladi.
(c) ushbu Konvensiyaga aʼzo boʻlgan holda, bunday davlatlar yana ovoz berish huquqiga ega boʻladi.
(3)
(a) Modomiki, Parij yoki Bern ittifoqiga aʼzo davlatlar mavjud boʻlsa ham, ular hali ham ushbu Konvensiya aʼzosi boʻlmaydilar, Xalqaro byuro va Bosh direktor sanoat mulki, adabiyot va sanʼat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Qoʻshma xalqaro byuro va uning direktori vazifasini bajaradi.
(b) ushbu Konvensiya kuchga kirgan sanada tayinlangan byurolarda ishlaydigan xodimlar, (a) kichik bandda koʻrsatilgan oʻtish davrida, Xalqaro byuroda ham ishlagan deb hisoblanadi.
(4)
(a) Parij ittifoqining barcha aʼzo davlatlari Tashkilotga aʼzo boʻlishlari bilan, ushbu Ittifoq byurosining huquqlari, burchlari va mulki Tashkilotning Xalqaro byurosiga oʻtadi.
(b) Bern Ittifoqining barcha aʼzo davlatlari Tashkilotga aʼzo boʻlishlari bilan, ushbu Ittifoq byurosining huquqlari, burchlari va mulki Tashkilotning Xalqaro byurosiga oʻtadi.
(imzolar)