|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.01.2019
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 28-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2439-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 7-yanvardagi 1, 2019-04-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2439-7, 21.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12(I)-son, 162-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2014-yil uchun soliq hisoboti 2014-yilda amal qilgan tartib va shakllar asosida taqdim etiladi.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
93-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
2015-1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 31-dekabrdagi 93, 2015-1-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qaror muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:”.
2. Soliq hisobotining shakllarida:
a) 1-ilovada:
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash uchun maʼlumotnoma ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitobida:
quyidagi mazmundagi 015-satr bilan toʻldirilsin:
|
“ |
notijorat tashkilotlarining boshqa daromadlari (Hisob-kitobning 8-ilovasi 010-satri) |
015 |
| ”; |
110-satrning “Koʻrsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq solinishi lozim boʻlgan foyda (010-satr − 011-satr − 012-satr − 013-satr − 014-satr − 015-satr + 020-satr + 030-satr + 040-satr + 080-satr − 090-satr − 100-satr)”;
210-satrning “Koʻrsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida olingan dividend va foiz koʻrinishidagi daromadlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasi (Hisob-kitobning 15-ilovasi (060-satri + 120-satri))”;
250-satrning “Koʻrsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha soliq solish bazasi (240-satr − 011-satr − 012-satr − 013-satr − 014-satr − 090-satr)”;
izohning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Kredit tashkilotlari:
010-satrni Foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotga muvofiq aniqlaydilar. Bunda mazkur satrda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 133-moddasiga muvofiq aniqlanadigan asosiy vositalar va boshqa mol-mulk obyektlarining chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) ham hisobga olinadi;
101-satrni toʻldirishmaydi;
102-satrda Hisob-kitobga 15-ilova 070-satrining qiymatini koʻrsatishadi.”;
Hisob-kitobga 2-ilova 040-satrining “Xarajatlar roʻyxati” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xizmat safarlari, vakillik xarajatlari, ixtiyoriy sugʻurta turlari boʻyicha sugʻurta mukofotlari (badallari) boʻyicha belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar”;
Hisob-kitobga 3-ilova 050-satrining “Xarajatlar roʻyxati” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya summasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 144-moddasiga muvofiq belgilangan normalar boʻyicha hisoblangan amortizatsiya summasi oʻrtasidagi ijobiy farq”;
Hisob-kitobga 4-ilova 050-satrining “Xarajatlar roʻyxati” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya summasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 144-moddasiga muvofiq belgilangan normalar boʻyicha hisoblangan amortizatsiya summasi oʻrtasidagi ijobiy farq”;
Hisob-kitobga 5, 6, 8 va 15-ilovalar ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 3, 4, 5 va 6-ilovalarga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan toʻlanadigan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining hisob-kitobida:
2-ilova 040-satrining “Xarajatlar roʻyxati” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xizmat safarlari, vakillik xarajatlari, ixtiyoriy sugʻurta turlari boʻyicha sugʻurta mukofotlari (badallari) boʻyicha belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar”;
3-ilova 050-satrining “Xarajatlar roʻyxati” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya summasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 144-moddasiga muvofiq belgilangan normalar boʻyicha hisoblangan amortizatsiya summasi oʻrtasidagi ijobiy farq”;
4-ilova 050-satrining “Xarajatlar roʻyxati” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya summasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 144-moddasiga muvofiq belgilangan normalar boʻyicha hisoblangan amortizatsiya summasi oʻrtasidagi ijobiy farq”;
b) 2-ilovada:
Toʻlangan daromadlar va ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summalari toʻgʻrisida maʼlumotnomada:
01-varaq ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 7-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
ilovaga izohning uchinchi xatboshisidan “aksiyalarini sotib olishga yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 8-ilovaga muvofiq tahrirda Asosiy boʻlmagan ish joydan daromad olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma bilan toʻldirilsin;
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning 12-bandida:
“d” kichik banddan “davlat korxonalari mol-mulkini sotib olish, xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini olish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar, shuningdek” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“j” kichik banddan “mol-mulkni sugʻurta qilish hamda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
v) 3-ilovada:
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi toʻgʻrisida maʼlumotda “chorak” degan soʻz “oy/chorak (kerakligining tagiga chizilsin)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobida:
“Koʻrsatkichlar” ustunining 050-satridan “, shu jumladan:” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
0501 — 0503-satrlar chiqarib tashlansin;
izoh chiqarib tashlansin;
Hisob-kitobga 2-ilova izohining yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hisob-kitobga 4-ilovaning izohida:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat rezervidan olingan narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni realizatsiya qilishda 0102-satrda realizatsiya qilish narxi va davlat rezervidan olish narxi oʻrtasidagi ijobiy farq koʻrsatiladi.”;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hisob-kitobga 6-ilovada:
060-satrdan “, gaz taʼminoti” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
izoh chiqarib tashlansin;
d) 6-ilovada:
______ yildagi soliq davri uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash boʻyicha maʼlumotnoma (soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan koʻpni tashkil etadigan yuridik shaxslar (mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno), ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 10-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
______ yildagi soliq davri uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash boʻyicha maʼlumotnoma (soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan kamni tashkil etadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan yuridik shaxslar, shuningdek mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar) ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 11-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 12-ilovaga muvofiq tahrirda ______ yildagi soliq davri uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash boʻyicha maʼlumotnoma (alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish korxonalari uchun) bilan toʻldirilsin;
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobida:
nomi “(alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish korxonalar bundan mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar 13-ilovaga muvofiq 04-varaq bilan toʻldirilsin;
04-varaq tegishincha 05-varaq deb hisoblansin;
Hisob-kitobga ilovada:
0202-satr chiqarib tashlansin;
izohning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
e) 7-ilovada:
______ yildagi soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash boʻyicha (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) maʼlumotnoma ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 14-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
______ yildagi soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash boʻyicha (mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun) maʼlumotnoma ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 15-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq toʻlovchisi toʻgʻrisida maʼlumotda “soliq hisobiga olish joyidagi” degan soʻzlar “soliq hisobiga olish joyidagi va (yoki) koʻchmas mulk joylashgan erdagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisob-kitobida:
02-varaq ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 16-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Hisob-kitobga 1-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: hisob-kitobni koʻchmas mulk joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etishda ushbu ilova faqatgina koʻchmas mulk obyekti (binolar, inshootlar va normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar) haqiqatda joylashgan yer boʻyicha toʻldiriladi. Bunda ushbu koʻchmas mulk soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga Hisob-kitobni taqdim etishda hisobga olinmaydi.”;
Hisob-kitobga 2-ilovaning izohi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Hisob-kitobni koʻchmas mulk joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etishda ushbu ilova faqatgina qurilishi tugallanmagan obyektlarning haqiqatda joylashgan yer boʻyicha toʻldiriladi. Bunda ushbu qurilishi tugallanmagan obyektlar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga Hisob-kitobni taqdim etishda hisobga olinmaydi.”;
Hisob-kitobga 4-ilovada:
0203, 0204, 0206 va 02010-satrlar chiqarib tashlansin;
izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh:
1. Qoʻshimcha imtiyozlar (030-satr va undan keyingi satrlar) normativ-huquqiy hujjatning turi, nomi, raqami, sanasi va tegishli bandlari koʻrsatilgan holda toʻldiriladi.
2. Hisob-kitobni koʻchmas mulk joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etishda ushbu ilova faqatgina koʻchmas mulk obyekti (binolar, inshootlar va normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar) haqiqatda joylashgan yer boʻyicha toʻldiriladi. Bunda ushbu koʻchmas mulk soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga Hisob-kitobni taqdim etishda hisobga olinmaydi.”;
Hisob-kitobga 5-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: hisob-kitobni koʻchmas mulk joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etishda:
030-satrda korxona boʻyicha jami hisoblab chiqilgan, mahalliylashtirilayotgan mahsulotning realizatsiya qilishdan sof tushumdagi ulushi koʻrsatiladi (hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladigan), bunda 010 va 020-satrlar toʻldirilmaydi;
040 va 050-satrlar faqatgina koʻchmas mulk obyekt (binolar va inshootlar) haqiqatda joylashgan yer boʻyicha toʻldiriladi, bunda ushbu koʻchmas mulk soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga Hisob-kitobni taqdim etishda hisobga olinmaydi.”;
Hisob-kitobga 6-ilovaning izohida:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Hisob-kitobni koʻchmas mulk joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etishda 060-satrda butun korxona boʻyicha hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi uchun belgilangan stavka koʻrsatiladi.”;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
j) 8-ilovaning 06-varagʻi ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 17-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
z) 10-ilovada:
Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlovchisi toʻgʻrisida maʼlumotlar ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 18-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari hisob-kitobida:
Hisob-kitobga 1 va 2-ilovalar ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 19 va 20-ilovalarga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Hisob-kitobga 3-ilovaning izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“* Agar 3-ustunining “0601”, “0602” va “0603”-satrlari qiymati 3-ustunining tegishincha “0501”, “0502” va “0503”-satrlari qiymatiga teng yoki katta boʻlsa, 3- ustunining “0701”, “0702” va “0703”-satrlarida “0” qiymati koʻrsatiladi.
Izoh:
1. 5 va keyingi ustunlar korxonada ichki mehnat tartibi qoidalari, boshqa lokal normativ hujjatlar bilan, bu hujjatlar boʻlmaganda esa xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan ish haftasining bir necha turlari (ikki kun dam olinadigan besh kunlik ish haftasi yoki bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi va hokazo) belgilangan taqdirda toʻldiriladi.
2. Agar YIT toʻlovchilari YITning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan YITni hisoblab chiqarish va toʻlashga hisobot choragi davomida oʻtgan boʻlsalar, u holda Maʼlumotnoma-hisob-kitob faqat YITning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan YITni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi ularga tatbiq etilgan hisobot choragining oylari uchun toʻldiriladi.”.
ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 21-ilovaga muvofiq tahrirda 4-ilova bilan toʻldirilsin;
i) 13-ilovada:
Yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi toʻgʻrisida maʼlumot ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 22-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Yagona soliq toʻlovi hisob-kitobida:
1, 4, 5 va 8-ilovalar ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 23, 24, 25 va 26-ilovalarga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Hisob-kitobga 2-ilovaning izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“* 035-satr mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlari boshqa daromadlari tarkibiga kiradigan soliq toʻlovchilar tomonidan toʻldiriladi.
Izoh:
1. 070-satrda koʻrsatilgan daromadlarga ular qaysi davrda paydo boʻlgan boʻlsa, oʻsha davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻtkazilgan hisob-kitoblar inobatga olingan holda soliq solinadi.
2. Kredit tashkilotlari 160-satrni toʻldirmaydilar.”;
Hisob-kitobga 7-ilovaning 010 va 020-satrlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida olingan tushum summasi (dividendlar va foizlardan tashqari) |
10 |
| |
| | Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasi (bundan dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlardan toʻlangan soliq mustasno) |
20 |
| ”; |
k) 14-ilovaning 04-varagʻi ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 27-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
l) 16-ilovaning Bozor tomonidan olingan daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda:
“Koʻrsatkichlar” ustunining 070 va 080-satrlaridan “va budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh.
1. Mazkur Maʼlumotlar ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 51 foizdan kam boʻlmagan savdo komplekslari tomonidan ham taqdim etiladi.
2. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan budjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar bozor ixtiyorida qoldirilishi nazarda tutiladigan boʻlsa, u holda 100-satr bozor ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlar summasiga kamaytiriladi.”.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 3-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 4-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 5-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 6-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 7-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 8-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 9-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 10-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 11-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 12-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 13-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 14-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 15-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 16-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 17-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 18-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 19-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 20-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 21-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 22-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 23-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 24-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 25-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 26-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 27-ilova.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 4 va 4 (I)-son, 49-modda)