1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2015-yilda Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturi va 2016-yilgi qurilishning asosiy parametrlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qayd etib oʻtilsinki, 2009 — 2013-yillar mobaynida Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi davlat dasturini amalga oshirish natijasida 159 ta qishloq tumanlarida 1248 ta kompleks tarzda qurilgan yangi uy-joy massivlari vujudga keltirilib, ularda jami maydoni 4,6 mln kvadrat metrdan ortiq boʻlgan 33,5 mingtadan koʻproq zamonaviy yakka tartibdagi shinam uy-joylar barpo etildi. 1677 km suv taʼminoti tarmoqlari, 1039 km elektr tarmoqlari, 1346 km gaz taʼminoti tarmoqlari va 981 km avtomobil yoʻllari, shuningdek mingdan ziyod ijtimoiy va bozor infrastrukturasi obyektlari foydalanishga topshirildi.
Qishloq aholi punktlarining arxitektura-rejalashtirish qiyofasini yanada tubdan yaxshilash, namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirish, qishloqda transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini jadal rivojlantirish hisobiga qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi MChJ tomonidan “Qishloq qurilish bank” ATB, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Ipoteka bank” ATIB (ishtirok etuvchi tijorat banklari), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2015-yilda Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturi 1-ilovaga muvofiq, shuningdek 2016-yilda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joylar barpo etish yuzasidan qurilish ishlariga tayyorgarlik koʻrishning asosiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) oʻrtasida tuzilgan “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini koʻp transhli moliyalashtirish dasturini amalga oshirish boʻyicha Hadli bitimga muvofiq 2015-yilda ishtirok etuvchi tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan qarzning 100,0 mln AQSh dollarigacha boʻlgan uchinchi transhi berilishi;
Islom taraqqiyot banki (ITB) Direktorlar Kengashi tomonidan 2015-yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar va ular bilan birga infratuzilma obyektlari qurilishini moliyalashtirish uchun ITBning 100,0 mln AQSh dollari miqdoridagi moliyaviy mablagʻlari ajratilishi maʼqullangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, OTB qarzining uchinchi transhini soʻndirish, qarz boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlash, shuningdek ITBning moliyaviy mablagʻlarini ustama haqi bilan birga qaytarish ishtirok etuvchi tijorat banklari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan:
“Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini koʻp transhli moliyalashtirish dasturining uchinchi transhiga OTB bilan qarz bitimini;
davriy moliyalashtirish uchun “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini koʻp transhli moliyalashtirish dasturining uchinchi transhi mablagʻlarini ajratish boʻyicha OTBga talabnomani;
OTB qarzining uchinchi transhini qayta kreditlash toʻgʻrisida ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan bitimni;
“Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha ITB bilan “Istisna'a” bitimi va agentlik bitimini;
“Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha ITBning moliyaviy mablagʻlarini qaytarish va unga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida “Qishloq qurilish bank” ATB bilan bitimni imzolash vakolati berilsin.
“Qishloq qurilish bank” ATB, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini koʻp transhli moliyalashtirish dasturi doirasidagi qarzning uchinchi transhi boʻyicha OTB bilan loyihaviy bitimni imzolasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
“Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini koʻp transhli moliyalashtirish dasturining uchinchi transhiga OTB bilan qarz bitimi boʻyicha;
“Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini koʻp transhli moliyalashtirish dasturi doirasida qarzning uchinchi transhini qayta kreditlash toʻgʻrisida ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan bitim boʻyicha;
“Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasi yuzasidan ITB bilan “Istisna'a” bitimi boʻyicha;
“Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasi yuzasidan ITB bilan agentlik bitimi boʻyicha yuridik xulosalar bersin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Oʻzqurilishmateriallari” AK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Dastur doirasidagi ishlar va 2016-yilda boʻlajak qurilish ishlarining koʻlamlari kengayishini hisobga olgan holda, 3-ilovaga muvofiq, qurilish industriyasi korxonalarining amaldagi quvvatlarini oshirish hamda ixtisoslashtirilgan qoʻshimcha qurilish tashkilotlarini barpo etish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
6. 2017-yilning 1-yanvarigacha:
“Oʻzsanoateksport” AJ 4-ilovaga* muvofiq qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan yogʻoch-taxta, tomga yopiladigan metall tunukalar va yogʻoch-payraha qirindilaridan tayyorlangan plitalar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari), shuningdek ular “Qishloq qurilish invest” IK MChJga sotilganida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi PF-4858-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 48-son, 547-modda)
yordamchi pudratchi tashkilotlar — “tayyor holda topshirish” sharti bilan qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi doirasida “Qishloq qurilish invest” IK MChJ injiniring kompaniyasi bilan shartnomalar tuzgan pudrat tashkilotlari bilan shartnoma asosida oʻzlari bajaradigan ishlar hajmi boʻyicha yagona soliq toʻlovini toʻlashdan;
qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat asosida Dastur doirasida “Qishloq qurilish invest” IK MChJga sotiladigan qurilish materiallari va uskunalari hajmi boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan va yagona soliq toʻlovidan ozod etilsin.
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
7. OTB ishtirokida “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini koʻp transhli moliyalashtirish dasturini hamda ITB ishtirokida “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish davrida, shuningdek kafolat muddati davrida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Oʻzbekiston Respublikasining norezident-yuridik shaxslari (loyihalarning ijrochilari) foyda soligʻi toʻlashdan;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.04 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.06 (Кучини йукотган) Norezidentlar va chet ellik jismoniy shaxslarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
mazkur loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy jismoniy shaxslar — jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlashdan;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.02 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
loyihalarni amalga oshirish doirasida OTB va ITBning qarz mablagʻlari hisobiga sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) — qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinsin.
Yuqorida koʻrsatilgan imtiyozlar berilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining loyihalarni amalga oshirishga qoʻshgan hissasi ekanligi belgilab qoʻyilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki va ishtirok etuvchi tijorat banklarining qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun jismoniy shaxslarga beriladigan ipoteka kreditlarining imtiyozli davrini bir yildan uch yilga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
9. Belgilab qoʻyilsinki, 2015-yilning 1-fevralidan boshlab:
“Qishloq qurilish invest” IK MChJ — qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi masalalarida yakka tartibdagi imorat quruvchilar bilan nizolarni hal etish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
ishtirok etuvchi tijorat banklari — qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun berilgan imtiyozli ipoteka kreditlari yuzasidan qarz oluvchilarning kreditorlik qarzlarini undirib olish toʻgʻrisidagi daʼvolari boʻyicha umumiy yurisdiksiya sudlarida davlat boji toʻlashdan ozod qilinadilar.
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Qishloq qurilish invest” IK MChJ, ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan birgalikda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturining maqsad va vazifalarini, uni amalga oshirishning borishi hamda qishloq qiyofasini tubdan yaxshilash, qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini oshirish yuzasidan qabul qilinayotgan chora-tadbirlar ommaviy axborot vositalarida keng koʻlamda yoritilishini tashkil qilsinlar, koʻrsatuv, eshittirish va maqolalar ijtimoiy reklama shartlarida joylashtirilishini taʼminlasinlar.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 7-yanvar,
PQ-2282-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-yanvardagi PQ-2282-sonli qaroriga 1-ILOVA
2015-yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi
Tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari obyektlari
Ijtimoiy
va bozor infratuzilmasi obyektlari, birlik
suv taʼminoti tarmoqlari, km
elektr taʼminoti tarmoqlari, km
gaz taʼminoti tarmoqlari, km
kirish avtoyoʻllari, km
uy-joylar soni, birlikda
maydoni,
kv. m
Jami
292
1253,3
12 000
1682,3
277,4
273,5
283,9
244,4
169
shu jumladan:
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
15
131,1
650
97,5
15,0
14,8
15,4
13,2
6
2.
Andijon viloyati
22
89,2
1 060
144,3
24,5
24,2
25,1
21,6
15
3.
Buxoro viloyati
24
102,0
923
131,4
21,3
21,0
21,8
18,8
11
4.
Jizzax viloyati
14
82,0
690
91,8
15,9
15,7
16,3
14,1
8
5.
Qashqadaryo viloyati
27
135,6
1 320
179,8
30,5
30,1
31,2
26,9
13
6.
Navoiy viloyati
23
72,8
745
105,0
17,2
17,0
17,6
15,2
8
7.
Namangan viloyati
23
79,1
848
117,2
19,6
19,3
20,1
17,3
7
8.
Samarqand viloyati
37
122,1
1 235
177,7
28,5
28,1
29,2
25,2
20
9.
Surxondaryo viloyati
18
113,0
975
134,5
22,5
22,2
23,1
19,9
8
10.
Sirdaryo viloyati
17
45,8
550
79,3
12,7
12,5
13,0
11,2
13
11.
Toshkent viloyati
23
107,9
1 120
161,7
25,9
25,5
26,5
22,8
23
12.
Fargʻona viloyati
27
90,1
1 019
135,7
23,6
23,2
24,1
20,8
18
13.
Xorazm viloyati
22
82,6
865
126,4
20,0
19,7
20,5
17,6
19
Izohlar:
1. Ishga tushiriladigan quvvatlar loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va bogʻlash natijalariga koʻra belgilangan tartibda tuzatilishi lozim.
2. Suv taʼminoti obyektlari, gaz taʼminoti tarmoqlari, elektr taʼminoti va kirish avtoyoʻllari qurilishini moliyalashtirish tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, “Oʻztransgaz” AK, “Oʻzbekenergo” DAK va Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-yanvardagi PQ-2282-sonli qaroriga 2-ILOVA
2016-yilda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joylar barpo etish yuzasidan qurilish ishlariga tayyorgarlik koʻrishning
Qurilishi koʻzda tutilgan yakka tartibdagi uy-joylar:
uy-joylar soni
birlik
13 000
umumiy maydoni
ming. kv
1823
4.
Tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari obyektlari**:
suv taʼminoti tarmoqlari
km
300,5
elektr taʼminoti tarmoqlari
km
296,3
gaz taʼminoti tarmoqlari
km
307,5
kirish avtoyoʻllari
km
264,8
5.
Ijtimoiy va bozor infratuzilmalari obyektlari — jami:
birlik
175
shu jumladan:
guzarlar
birlik
35
savdo majmualari
birlik
25
bozorlar
birlik
34
novvoyxonalar
birlik
36
maishiy xizmat majmualari
birlik
39
mini-banklar
birlik
6
* Parametrlar quruvchilar bilan shartnoma tuzish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va bogʻlash natijalariga koʻra belgilangan tartibda aniqlashtiriladi.
** Suv taʼminoti obyektlari, gaz taʼminoti tarmoqlari, elektr taʼminoti va kirish avtoyoʻllari qurilishini moliyalashtirish tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, “Oʻztransgaz” AK, “Oʻzbekenergo” DAK va Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-yanvardagi PQ-2282-sonli qaroriga 3-ILOVA
2015-2016-yillarda qurilish industriyasi korxonalarining amaldagi quvvatlarini oshirish hamda ixtisoslashtirilgan qoʻshimcha qurilish tashkilotlarining
Ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshimcha quvvatlarni tashkil qilish:
Qoʻshimcha qurilish tashkilotlarni tashkil qilish, birlik
devorbop materiallar, mln. dona
deraza va eshik bloklar, ming. kv. m
quruq qurilish qorishmalar,
ming. tonna
noruda qurilish materiallari, ming. kub. m
2015-yil
2016-yil
2015-yil
2016-yil
2015-yil
2016-yil
2015-yil
2016-yil
2015-yil
2016-yil
Jami
29,0
30,5
84,0
66,0
8,0
11,5
102,0
114,0
33
40
shu jumladan
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
2,0
2,0
10,0
5,0
0,5
10,0
15,0
3
4
2.
Andijon viloyati
2,0
2,0
5,0
1,0
12,0
10,0
1
1
3.
Buxoro viloyati
2,0
2,0
10,0
6,0
4,0
2
4
4.
Jizzax viloyati
1,0
1,0
3,0
1,0
22,0
15,0
4
4
5.
Qashqadaryo viloyati
4,0
4,0
15,0
10,0
1,0
18,0
15,0
1
1
6.
Navoiy viloyati
2,0
2,0
10,0
0,5
10,0
1
2
7.
Namangan viloyati
3,0
4,0
10,0
10,0
1,0
3
3
8.
Samarqand viloyati
2,0
2,0
11,0
1,0
5,0
2
2
9.
Surxondaryo viloyati
2,0
2,0
10,0
1,0
20,0
15,0
2
3
10.
Sirdaryo viloyati
1,0
1,5
6,0
3
4
11.
Toshkent viloyati
4,0
3,0
5,0
2,0
10,0
15,0
20,0
2
4
12.
Fargʻona viloyati
2,0
2,0
10,0
5,0
1,5
10,0
10,0
4
3
13.
Xorazm viloyati
2,0
3,0
10,0
5,0
10,0
5
5
LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-yanvardagi PQ-2282-sonli qaroriga 4-ILOVA
2015-2016-yillarda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi uchun “Qishloq qurilish invest” IK MChJ bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha “Oʻzsanoateksport” AJ tomonidan olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan yogʻoch-taxta, tomga yopiladigan metall tunukalar va yogʻoch-payraha qirindilaridan tayyorlangan plitalar
Qalinligi 0,5 mm qizil-toʻq qizil, (RAL 3005) metall cherepitsalar tayyorlash uchun polimer qoplamali va himoya boʻyogʻi bilan boʻyalgan tsink qoplangan oʻrama poʻlat
7210 70 800 0
7212 40 800 0
ming. tonna
0,00144
36,0
17,3
18,7
2.
Qirqilgan yogʻoch-taxta materiallari (terakdan)
4407 10 930 0
ming. kub. m
0,012
300,0
144,0
156,0
3.
Taxta-yogʻoch plitalari (DSP) GOST 10632-2007
4410 11 100 0
ming. kub. m
0,0025
62,5
30,0
32,5
* Yakuniy ehtiyoj loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va bogʻlash natijalariga koʻra aniqlashtiriladi. Import uchun belgilangan qurilish materiallarini olib kirish, istisno tariqasida, “Oʻzsanoateksport” AJ tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-martdagi F-143-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Tanlov komissiyasi tomonidan oʻtkaziladigan eng yaxshi takliflarni tanlab olish natijasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha tanlovsiz amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-yanvardagi PQ-2282-sonli qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha pudrat ishlarini kengaytirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-sonli qarori 3-bandining birinchi xatboshidagi “2016” raqami “2017” raqami bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1083-sonli qarorida:
a) 4-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “(2015-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining foiz stavkasiga teng)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 6-bandidagi “2016” raqami “2017” raqami bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-sonli qarorida:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 18-maydagi PF-3878-son Farmonining 4-bandi qishloq joylarda “Qishloq qurilish bank” ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Ipoteka bank” ATIB kreditlari hisobidan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda imorat quruvchilarga, shuningdek mazkur kreditlar boʻyicha qarz oluvchi sheriklar hisoblanuvchi ularning oila aʼzolari (er, xotin, ota-ona, farzandlar)ga nisbatan tatbiq etilsin”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini koʻp transhli moliyalashtirish dasturini amalga oshirishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 11-yanvardagi PP-1683-sonli qarorida:
a) 1-bandida:
uchinchi xatboshidagi “toʻrtta” soʻzi “uchta” soʻzi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi” soʻzlari “birinchi, ikkinchi va uchinchi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandining uchinchi xatboshidagi “ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi” soʻzlari “ikkinchi va uchinchi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013-yil Dasturi toʻgʻrisida” 2013-yil 4-yanvardagi PQ-1902-sonli qarorida:
a) 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “1, 1a va 1b-ilovalariga” soʻzlari “1-ilovaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1, 1a va 1b-ilovalari quyidagi mazmundagi 1-ilova bilan almashtirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-yanvardagi PQ-1902-sonli qaroriga 1-ILOVA
2013-yilda tayyor holda topshirish shartlarida qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishining ASOSIY PARAMETRLARI
T/r
Hududlar nomi
Massivlar soni
Yer massivlari
umumiy maydoni (ga)
Uylar soni
Respublika boʻyicha jami
353
997,1
10 000
shu jumladan:
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
17
100,1
550
2.
Andijon viloyati
45
69,8
900
3.
Buxoro viloyati
36
75
730
4.
Jizzax viloyati
18
43
550
5.
Qashqadaryo viloyati
29
96
1 050
6.
Navoiy viloyati
20
68,2
600
7.
Namangan viloyati
33
62,8
700
8.
Samarqand viloya�i
28
102,4
1 050
9.
Surxondaryo viloyati
21
98,1
810
10.
Sirdaryo viloyati
10
47,5
430
11.
Toshkent viloyati
39
95,8
1 050
12.
Fargʻona viloyati
31
77,2
850
13.
Xorazm viloyati
26
61,4
730
* Parametrlar loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va uygʻunlashtirilishi natijalariga qarab belgilangan tartibda toʻgʻrilab oʻzgartiriladi
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2014-yil Dasturi toʻgʻrisida” 2013-yil 15-noyabrdagi PQ-2068-sonli qarori 3-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin.
“Qishloq qurilish bank”ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIBning buyurtmalariga binoan qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylarni “kaliti bilan topshirish” sharti asosida qurilishini moliyalashtirish uchun maqsadli yoʻnaltiriladigan milliy valyutada foiz stavkasi yiliga 3 foiz, imtiyozli davri 5 yil boʻlgan 15 yil muddatga kredit liniyalarini ochsin;”.
LexUZ sharhi
4-ilova norasmiy tarjima
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 1-son, 1-modda; 2016-y., 48-son, 547-modda)