Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
O'z DSt 11.2:2005
Chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish qoidalari
Ushbu standart, amaldagi qonunchilik asosida, majburiy ekologik sertifikatlashtirilishi kerak boʻlgan, savdo-sotiq qilinadigan, eksport import qilinadigan, utillashtiriladigan, qayta ishlanadigan, isteʼmol xususiyatlari qayta tiklanadigan, mahsulot ishlab chiqarish uchun xom-ashyo va material sifatida qoʻllaniladigan, shuningdek, transport va isteʼmol oʻramlari (idishlari), sigʻimlar, idish, konteynyerlar (matnda keyingi oʻrinlarda — chiqindilar deb yuritiladi)ni ekologik sertifikatlashtirishda qoʻllaniladi.
Ushbu standartda quyidagi standartlarga havolalar qoʻllanilgan:
| O'z DSt 1.0:1998 |
Gosudarstvennaya sistema standartizatsii Respubliki Uzbekistan. (GSS R Uz) Osnovnie polojeniya. |
| O'z DSt 1.10:1998 |
GSS R Uz Osnovnie termini i opredeleniya. |
| PCT Uz 5.0:1998 |
Natsionalnaya sistema sertifikatsii Respubliki Uzbekistan (NSS R Uz) Osnovnie polojeniya. |
| PCT Uz 915-1998 |
Pravila provedeniya ispitaniy produksii. |
| O'z RN 51-032:1999 |
NSS R Uz Poryadok oplati rabot. |
| O'z DSt 1.19:2000 |
GSS R Uz Znaki podtverjdeniya sootvetstviya. Forma, nachertaniya, osnovnie razmeri. |
| O'z DSt ISO/IEC 7:2002 |
Trebovaniya k normativnim dokumentam, ispolzuyemim dlya podtverjdeniya sootvetstviya. |
| O'z DSt 17025:2007 |
SA R Uz Obщiye trebovaniya k kompetentnosti ispitatelnix kalibrovochnix laboratoriy. |
| O'z DSt 5.5:2009 |
NSS R Uz Osnovnie termini i opredeleniya. |
| O'z DSt 16.10:2009 (ISO/MEK65) |
(ISO/MEK 65) NSS R Uz Obщiye trebovaniya k organam po sertifikatsii. |
| O'z DSt ISO 9000:2009 |
Sistemi menedjmenta kachestva. Osnovnie polojeniya i slovar. |
| O'z DSt ISO 9001:2009 |
Sistemi menedjmenta kachestva. Trebovaniya. |
| Pravila № 1458 |
Pravila sertifikatsii produksii. |
| PMG36 |
Poryadok priznaniya sertifikatov sootvetstviya v gosudarstvax — uchastnikax Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG). |
Ushbu qoidalarga muvofiq, amaldagi qonunchilik asosida, majburiy ekologik sertifikatlashtirilishi kerak boʻlgan, savdo-sotiq qilinadigan, eksport import qilinadigan, utillashtiriladigan, qayta ishlanadigan, isteʼmol xususiyatlari qayta tiklanadigan, mahsulot ishlab chiqarish uchun xom-ashyo va material sifatida qoʻllaniladigan, shuningdek transport va isteʼmol oʻramlari (idishlari), sigʻimlar, idish, konteynyerlari chiqindilarini ekologik sertifikatlashtirish amalga oshiriladi.
Ekologik sertifikatlashtirishni tashkil qilish va oʻtkazish qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda akkreditlangan, Ekologik sertifikatlashtirish Idoralari tomonidan amalga oshiriladi. (matnda keyingi oʻrinlarda — ESI).
3.1 Chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirishning tavsiyaviy chizmalari ushbu standartning
A ilovasida keltirilgan. Chiqindilarni sertifikatlashtirishning chizmasini, ekologik xavfini, atrof-muhitni muhofazasini oʻz ichiga olgan meʼyoriy hujjatlar va ushbu qoidalarda oʻrnatiladi.
3.2 Har bir aniq holat uchun, ESI chiqindilarni sertifikatlashtirishning chizmasini, sinov usullarini, atrof-muhitni muhofazasiga oid qonunchilik talablarini, chiqindilarning ekolologik xavfini hisobga olib, tanlaydi.
Chiqindilarni, xalqaro tizimlarda yoki bitimlar doirasida ekologik sertifikatlashtirish shu tizimlar yoki bitimlarda keltirilgan chizmalar asosida amalga oshiriladi.
3.3 Chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirishda, saqlashga, transportda tashishga, qayta ishlashga, joylashtirishga, utillashtirishga, isteʼmol xususiyatlarini qayta tiklashiga muvofiqligini tasdiqlash, chiqindilarga mavjud meʼyoriy hujjatlar (keyingi oʻrinlarda — MH deb yuritiladi)da oʻrnatilgan ekologik xavfsizlik talablari, ekologik sertifikatlashtirishda tekshirilishi kerak boʻlgan tavsiflari (koʻrsatkichlari), nazorat va sinov usullarini amalga oshiriladi.
Buyurtmachi tomonidan, chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish uchun zaruriy hujjatlar yoki ekologik xavfsizligining texnik tavsiflarini taqdim etilmagan holda, unga ekologik sertifikatlashtirishga rad javobi beriladi.
Buyurtmachining yozma buyurtmasi asosida, ESI ekologik sertifikatlashtirishni oʻtkazish uchun zaruriy meʼyoriy hujjatlarni olish uchun agentlik xizmatlarini bajarishi mumkin.
3.4 Oʻtkazilgan sinovlarni qaytarilmasligini oldini olish maqsadida, akkreditlangan sinov laboratoriyalari (keyingi oʻrinlarda — ASL) yoki akkreditlangan ekoanalitik laboratoriyalari (keyingi oʻrinlarda — AEAL), ulardan avval boshqa ASL va AEAL tomonidan oʻtkazilgan sinovlar natijalarini tan olishni amalga oshirishga majburdirlar.
3.5 Chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish ishlarini haqini toʻlash qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda, ariza beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
4. Ekologik sertifikatlashtirishni oʻtkazish tartibi
4.1 Chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) ekologik sertifikatlashtirishga ESIga buyurtma berish va uni koʻrib chiqish;
b) buyurtma qilingan chiqindilar turini MH ga va boshqa taqdim etilgan hujjatlarga mosligini tahlil qilish;
v) buyurtma boʻyicha qaror qabul qilish;
g) sinovlar dasturini tayyorlash va tasdiqlash;
d) namunalar tanlab olish va ularni laboratoriyaga yetkazib berish, identifikatlash va ularni sinovlari;
e) namunalar sinovlarini ASL yoki AEAL da oʻtkazish;
j) saqlash joylarini, tashkil qilinishini, utillashtirishni, qayta ishlashni, isteʼmol xususiyatlarini qayta tiklashini, oʻrganish maqsadida tekshirish;
z) chiqindilarni ekologik xavfsizlik talablariga, atrof-muhit muhofazasiga deklaratsiyalash;
i) olingan tahlillar natijalari va ekologik sertifikatni berish imkoni yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror;
k) ekologik sertifikatlarni, ekologik sertifikat berish idorasida va Davlat Ekologik Sertifikatlashtirish Tizimi (DEST) da Davlat reyestriga roʻyxatga olish.
4.2 ESI quyidagi maʼlumotlarni tayyorlashi va ariza beruvchiga, uning talabiga koʻra, taqdim etishi kerak:
a) ekologik sertifikatlashtirilishi majburiy boʻlgan chiqindilarning roʻyxati yoki undan koʻchirma;
b) ESIning akkreditatsiya sohasi boʻyicha, chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirishni oʻtkazish qoidalari;
v) ekologik sertifikatlashtirish boʻyicha xizmatlarning narx (tarif)lari;
g) Qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda berilgan, ushbu turdagi faoliyat bilan shugʻullanish uchun, akkreditlash attestati.
4.3 Buyurtmachi chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirishni oʻtkazish uchun ESIga, ushbu standartning
V ilovasida keltirilgan namunadagidek ariza bilan murojaat qiladi.
4.4 Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinayotgan va hududdan olib chiqilayotgan chiqindilar toʻplarini ekologik sertifikatlashtirishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
chiqindilari tavsifini oʻz ichiga olgan meʼyoriy yoki boshqa hujjatlarning nusxalari;
chiqindilarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi pasport;
Oʻzbekiston Respublikasining bojxonasi hududiga kelib tushganini tasdiqlovchi belgisi bilan, toʻpining yoʻl-tovar hujjatlari va yetkazib berish kontraktining nusxalari (invoys; hisob-faktura, tovar-yoʻl hujjati);
chiqindilarni sotishni, utillashtirishni, qayta ishlashni rejalashtirilgan muddatlari va asosiy isteʼmolchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
chiqindilarni joylashtirilgani, taxlangan va saqlash joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Tranzit yoʻli bilan chiqindilarni olib oʻtilganida:
yoʻnalish marshruti boʻyicha maʼlumot;
chiqindi tashuvchi transport-ekspeditor tashkilotining kafolat xati;
chiqindining yoʻl-tovar hujjatlari va yetkazib berish kontraktining nusxalari (invoys; hisob-faktura, tovar-yoʻl hujjati);
Chiqindilarni deklaratsiyalash jarayoni 2005-yil 6-apreldagi 1465-sonli
Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
4.5 Respublika hududiga olib kelinayotgan, sertifikatlashtirilishi majburiy boʻlgan chiqindisi uchun MH lar mavjud boʻlmagan hollarda, amaldagi qonunchilikka asosan, bunday mahsulotning ekologik sertifikatlashtirishni, identifikatlash va oʻxshash boʻlgan mahsulot turining ekologik xavfsizligi koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshiriladi.
4.6 Buyurtma berilgan vaqtida, buyurtma berilgan chiqindi ESI ning akkreditlash sohasiga kiritilmagan boʻlsa, berilgan buyurtma Markaziy ekologik sertifikatlashtirish idorasida koʻrib chiqiladi.
4.7 Buyurtma berilayotgan chiqindi turi uchun bir necha ESI mavjud boʻlgan hollarda, buyurtmachi ularni ichidan oʻzi xohlagan idoraga murojaat qilish huquqiga ega.
4.8 ESI ga buyurtma berilganidan keyin, uni koʻrib chiqadi, taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va ariza berilganiga 2 kun oʻtganidan kechiktirmay buyurtmachiga, ekologik sertifikatlashtirishning asosiy shartlari, shu jumladan ekologik sertifikatlashtirishning chizmasi, sertifikatlashtirishni oʻtkazishga asos boʻluvchi, kerakli MHlar, sinovlar oʻtkazilishi kerak boʻlgan ASL yoki AEAL larni oʻz ichiga olgan qarorni taqdim etishi kerak. Qarorning tavsiyaviy shakli ushbu standartning
S ilovasida keltirilgan.
4.9 Chiqindilar turini ekologik sertifikatlashtirish muddatlari, shu chiqindi turi va uning sinov usullari uchun amal qilayotgan MHlarda oʻrnatilgan muddatlarga mos kelishi, ammo bir oydan ortmasligi kerak.
4.10 Ekologik sertifikatlashtirishda, MH larning majburiy talablarini tekshirish zaruratini, ESI, har bir holat uchun alohida, oʻzidagi mavjud boʻlgan qoʻshimcha hujjat (ASL va AEALlarning sinov bayonnomalari, texnik hujjatlar, xavfsizlik maʼlumotlari va boshqalar)ni hisobga olgan holda belgilaydi. Agar qoʻshimcha maʼlumotlarda ASL va AEAL larda oʻtkazilgan sinovlarning muayyan koʻrsatkichlar boʻyicha natijalari mavjud boʻlsa, ESI ekologik xavfsizlik boʻyicha qoʻshimcha sinovlarsiz, bu natijalarni qoʻllashi mumkin. Bunda oʻtkazilgan sinovlarning, meʼyoriy yoki boshqa hujjatlardagi muddatlari hisobga olinadi, ammo bu muddat 6 oydan ortmasligi kerak.
4.11 Ixtiyoriy ekologik sertifikatlashtirishda, ESI bilan buyurtmachi birgalikda ekologik sertifikatlashtirish tavsiflari roʻyxatini va ularni aniqlash usullarini belgilaydi.
Agar sinovlar uchun buyurtmachi tanlab olgan ekologik sertifikatlashtirish tavsiflarining roʻyxati, chiqindi turi MH tining talablaridan farq qilsa, unda buni buyurtma boʻyicha qarorda koʻrsatilishi kerak.
4.12 Ekologik sertifikatlashtirish sinovlari oʻrnatilgan tartibda akkreditlangan ASL va AEAL larda oʻtkaziladi.Ekologik sertifikatlashtirish vaqtida akkreditlangan ASL va AEALlar mavjud boʻlmagan hollarda, Markaziy ekologik sertifikatlashtirish idorasi, sinovlarning natijalarini obyektivligini taʼminlovchi sinovlar oʻtkazish joyini, oʻtkazish tartibini va sharoitlarini belgilaydi.
4.13 Chiqindilar namunalarini tanlab olish va uni identifikatlashni ASL va AEAL lar tomonidan, joylarga chiqib, buyurtma berilgan kundan keyin, ikki kun kechiktirmay amalga oshiriladi.
4.14 Namunalarni tanlab olish miqdori, tartibi va saqlash qoidalari, majburiy ekologik sertifikatlashtirilishi kerak boʻlgan chiqindilarning MHlarida, shuningdek ularning sinov usullarida oʻrnatiladi.
4.15 Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kichik toʻplarda olib kirilayotgan va hududdan olib chiqilayotgan chiqindilarini namunalarini tanlab olish miqdorini, ESI tomonidan, sinovlarni sinov usullarining MH lari asosida oʻtkazishni taʼminlanishini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Bunda Markaziy ekologik sertifikatlashtirish idorasi tomonidan oʻrnatilgan, sinov idoralari va laboratoriyalari uchun, chiqindilar namunasining chegaraviy meʼyorlariga rioya qilinishi kerak.
4.16 Ekologik sertifikatlashtirishga taqdim etilgan chiqindilarni identifikatlash boʻyicha yoʻriqnoma asosida amalga oshiriladi (Dalolatnoma shakli
E ilovada). Agar identifikatlash natijalari boʻyicha, buyurtmachi taqdim etgan namunalar ekologik sertifikatlashtirishning tur namunalari boʻlib chiqmasa, namunalar tanlab olinmaydi va buyurtmachiga, chiqindini ekologik sertifikatlashtirilishiga asosli rad javobi taqdim etiladi.
4.17 Chiqindilardan namunalar tanlab olishni, 2 nusxadagi namunalar tanlab olish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi, bir nusxasi buyurtmachiga taqdim etiladi.
4.18 Bojxona nazoratida saqlanayotgan import tovarlaridan, (chiqindilar) ekologik sertifikatlashtirish uchun namunalar tanlab olish, bojxona idorasining ruxsati bilan, ESI va ASL (AEAL) vakillari bilan birgalikda, chiqindi egasi yoki uning vakili ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda, ESI vakili, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan oʻrnatilgan tartibda, 3 nusxada namunalar tanlab olish dalolatnomasi tuziladi, ikkinchi nusxasi bojxona idorasiga topshiriladi.
4.19 Buyurtmachi oʻzining xohishiga koʻra, chiqindilarining ekologik xavfsizligi tavsiflarini taqdim etishi mumkin.
Buyurtmachi, shuningdek, ESI ga, Oʻzbekiston Respublikasi Akkreditlash tizimida akkreditlangan yoki tan olingan laboratoriyalarda oʻtkazilgan, chiqindilarini kelib chiqishida oʻtkazilgan sinov bayonnomalarini, sinov hujjatlarini taqdim etishi mumkin.
4.20 Buyurtmachiga uning soʻroviga binoan, ASL yoki AEALlarda oʻtkazilayotgan sinovlar sharoitlari bilan tanishish imkoni berilishi kerak. Buyurtmachi chiqindilarining sinovlarida ishtirok etish huquqiga ega, bunda kasb sirlariga rioya qilinishi choralari taʼminlanishi kerak.
4.21 Chiqindilar namunalarining sinovlari sifati va ishonchliligi, shuningdek, sinov bayonnomalarini saqlanishi uchun masʼuliyatni, bu sinovlarni oʻtkazgan ASL yoki AEALlarga yuklatiladi.
Sinov bayonnomalari vakolatli sinovchi-mutaxassislar tomonidan imzolanadi va ASL yoki AEAL rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
4.22 Agar har xil sinov laboratoriyalarida har xil koʻrsatkichlari boʻyicha sinovlar oʻtkazilgan boʻlsa, bunda barcha kerakli bayonnomalar natijalari ijobiy boʻlganida, ekologik xavfsizlik boʻyicha talabga javob bergan hisoblanadi. Sinovlar bayonnomalari buyurtmachi tomonidan ESIga taqdim etiladi.
4.23 Sinovlar natijalari qoniqarsiz boʻlsa yoki taqdim etilgan hujjatlar toʻplami toʻliq boʻlmagan hollarda, ekologik sertifikat berishga, qonunchilikning muayyan meʼyorlarini koʻrsatilgan holda rad javobi toʻgʻrisidagi xulosa beriladi.
4.24 Sinovlar davrida toʻliq buzilgan chiqindilar boʻyicha buyurtmachi yoki uning vakili ishtirokida roʻyxatdan oʻchirish boʻyicha dalolatnoma tuziladi.
Sinovlarda qisman buzilgan yoki buzilmagan mahsulotni buyurtmachining xohishiga koʻra, qaytarish hujjatiga uning imzosini qoʻydirib qaytariladi.
4.25 Ekologik sertifikat MESI oʻrnatgan shaklda davlat yoki rus tillarida rasmiylashtiriladi. Rasmiylashtirilgan ekologik sertifikat ESI reyestriga roʻyxatga olinadi. Ekologik sertifikat faqat ushbu roʻyxatga olingan raqami mavjud boʻlgandagina haqiqiy hisoblanadi.
4.26 Ekologik sertifikat buyurtmachiga, sinovlar natijalarini olinganidan keyin, 2-ish kunidan kechiktirmay beriladi.
4.27 Olib kelinayotgan va olib chiqilayotgan chiqindilari toʻplariga ekologik sertifikat, ularni qoʻllash davriga (sotish, qayta ishlash, utillashtirish) beriladi.
4.28 Kelishmovchiliklarni hal qilish va ESI faoliyatini “Oʻzstandart” agentligi tomonidan inspeksion nazoratni amalga oshirish maqsadlarida, ekologik sertifikatlashtirish hujjatlari (namunalar tanlab olish dalolatnomalari, ishlab chiqarishni baholash va tahlil qilish dalolatnomalari, sinovlar bayonnomalarining nusxalari) ekologik sertifikatning amal qilish muddatigacha, ammo bir yildan kam boʻlmagan vaqt saqlanishi kerak. Hujjatlarni saqlash qoidalari va muddatlarini ESIning va sinov laboratoriyasining protsedura hujjatlarida koʻrsatiladi.
Koʻrsatilgan hujjatlarning amal qilish muddatlari tugaganidan soʻng ularni arxivga topshiriladi yoki yoʻq qilinadi.
4.29 Ekologik sertifikatlashtirilgan chiqindilarining qismini qoʻllanishi, ekologik sertifikatni bergan idoraning muhri va imzosi bilan tasdiqlangan ekologik sertifikatning nusxasi orqali amalga oshiriladi.
Ekologik sertifikatni asl nusxasini ushlab turuvchiga beriladigan ekologik sertifikatlarning nusxalari chiqindilarga beriladigan yoʻl hujjatlari asosida roʻyxatga olinadi. Har bir nusxada uning roʻyxatga olingan raqami, sotilayotgan chiqindisining miqdori koʻrsatiladi.
4.30 Ekologik sertifikatining amal qilish muddati tugashiga 30 kun qolganidan kechiktirmay, buyurtmachi uning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berish huquqiga ega, ushbu standartning talablari bajarilmagan holda va obyektiv sabablarini koʻrsatgan holda.
4.31 Chiqindilarning ekologik xavfsizligi tavsiflariga taʼsir etuvchi, ekologik sertifikati bilan tasdiqlangan, ularning kelib chiqishi texnologiyalariga oʻzgartirish kiritilishi rejalashtirilganida, buyurtmachi bular toʻgʻrisida ESI ga xabar qilishi kerak, bunda ESI chiqindilarga aloqador oʻzgartirishlar tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
4.32 Chiqindilarni olib kirishga va kelib chiqishiga ekologik sertifikat bergan ESI, bir yilda bir martadan kam boʻlmagan miqdorda sertifikatlashtirish tavsiflariga mos kelishini tasdiqlash maqsadida inspeksion nazorat oʻtkazadi.
Inspeksion nazoratda sertifikatlashtirishning chizmasiga bogʻliq ravishda chiqindilarining sinovlari oʻtkaziladi.
4.33 Inspeksion nazorat natijalariga asosan, ekologik sertifikatining amal qilishi tasdiqlanadi, toʻxtatiladi yoki uni yoʻq qilinadi.
4.34 Chiqindilarning inspeksion nazoratini hajmi, tarkibi va oʻtkazish tartibi oʻrnatilgan tartibda oʻtkaziladi.
4.35 ESI buyurtmachi va sertifikatlashtirishning Milliy idorasiga ekologik sertifikatning amal qilishi toʻxtatilgani yoki uni yoʻq qilingani haqida maʼlumot berishga majburdir.
5. Sertifikatlashtirishning chizmalarini qoʻllash
5.1 № 1 chizma — keltirilayotgan toʻplarini ekologik sertifikatlashtirishda qoʻllanilib, ekologik xavfsizlik talablari, atrof-muhitni muhofazasi boʻyicha ASL yoki AEALlarda sinovlar oʻtkazishni koʻzda tutadi. Bu chizmada, chiqindilarni saqlash, qoʻllash, shuningdek, ular ustidan sinovlar oʻtkazishda, ularga oʻrnatilgan koʻrsatkichlarga sinovlar taʼsirini tekshirish maqsadidagi inspeksion nazorati, shuningdek, chiqindilar solingan idishlar (oʻrab joylash) bilan munosabati qismlarini koʻzda tutadi.
5.2 № 2 chizma — olib chiqib ketilayotgan chiqindilar toʻplarini ekologik sertifikatlashtirishda qoʻllanilib, ekologik xavfsizlik talablari, atrof-muhitni muhofazasi boʻyicha, MH larda oʻrnatilgan sinovlar oʻtkazishni koʻzda tutadi.
5.3 № 3 chizma — chiqindilarini hosil boʻlishida qoʻllaniladi (joylashtirish, saqlash, utillashtirish, yerga koʻmish, isteʼmol xususiyatlarini qayta tiklash) va ularni, ekologik xavfsizlik, atrof-muhitni muhofazasi talablariga va ishlab chiqarish sharoitlarini oʻrganish sinovlarini oʻtkaziladi. Bu chizmada chiqindilar hosil boʻladigan obyektlarda, chiqindilar sinovlarini olib borish orqali inspeksion nazorat oʻtkazishni koʻzda tutadi.
5.4 № 4 chizma — chiqindilarni tranzit usulida olib oʻtilganida qoʻllaniladi. Bu chizmada inspeksion nazorat koʻzda tutilmaydi.
5.5 № 5 chizma — chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirishda qoʻllanilib, uni ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofazasi talablariga deklaratsiyalashni koʻzda tutadi.
6.1 ESI oʻzi tomonidan berilgan, yoʻq qilingan, amal qilish muddatlari toʻxtatilgan ekologik sertifikatlarni, shuningdek ekologik sertifikat berishni rad etilgan hollar hisobini olib boradi, oʻrnatilgan tartibda, ular toʻgʻrisida va ekologik sertifikatlashtirish faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ekologik sertifikatlashtirishning Markaziy idorasiga joʻnatadi.
6.2 Ekologik Sertifikatlashtirishning Markaziy Idorasi (ESMI) chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish natijalari toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi:
ekologik sertifikat berilgan chiqindilar va ularning ekologik xavfsizligi tavsiflari;
ESI, ASA yoki AEASL va ekspert-auditorlarning roʻyxati;
yoʻq qilingan ekologik sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumot.
7. Xorijiy ekologik sertifikatlarni tan olish
7.1 Oʻz MST tarkibiga kiruvchi ESI, MDH mamlakatlari va uzoq xorij davlatlaridan keltirilayotgan chiqindilarning ekologik sertifikatlarini tan olish huquqiga ega, agar ular bilan bu haqida shartlashilgan boʻlsa. Tan olish protsedurasi, chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish qoidalarida koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
7.2 Xalqaro tizimlar va kelishuvlar doirasida tan olinadigan ekologik sertifikatlarni tan olish, ushbu xalqaro tizimlar va bitimlarda oʻrnatilgan qoidalar asosida, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini rad etmagan holda amalga oshiriladi.
7.3 Chiqindilarning ekologik sertifikatlari, Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan ekologik talablarga mos kelgan hollarda tan olinadi. MH larda ekologik sertifikatlashtirishning majburiy qoʻshimcha talablari boʻlgan hollarda yoki kontraktda bu haqida aytib oʻtilganida, chiqindilarni ushbu talablarga mosligini sinovlari oʻtkazilishi kerak.
7.4 Ekologik sertifikatni tan olinishi uchun buyurtmachi ESI ga buyurtma yuboradi. Buyurtmaning tavsiyaviy shakli ushbu standartning
D ilovasida keltirilgan. Buyurtmaga, ekologik sertifikatning ekologik sertifikatni bergan idoraning muhri bilan tasdiqlangan, asli va nusxasi, shuningdek qoʻllash muddatlari va isteʼmolchilari toʻgʻrisidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak. Buyurtmachi qoʻshimcha tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan MHlarning qoʻshimcha talablariga mos kelishini tekshirilgan sinov bayonnomalarini taqdim etishi mumkin.
7.5 Olingan hujjatlar va materiallar asosida ESI ekologik sertifikatni tan olish (tan olmaslik) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. ESI tan olish jarayonida, chiqindini, buyurtmada koʻrsatilganiga identifikatlashtiradi (bir xilligini solishtiradi).
7.6 Eksport qilgan davlatning milliy ekologik sertifikatlashtirish idorasi tomonidan berilgan ekologik sertifikatini tan olish, uni Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻrnatgan va Oʻz MST ida tan olingan namunaga binoan qayta rasmiylashtirish va DEST davlat reyestriga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
8. Appelatsiyalarni koʻrib chiqish
8.1 Ekologik sertifikatlashtirish natijalaridan norozi taraf, ESIga, Markaziy ekologik sertifikatlashtirish idorasiga, “Oʻzstandart” agentligining Appelatsiya kengashiga va bevosita sudga appelatsiya bilan murojaat qilish huquqiga ega.
8.2 Apellatsion kengash ESI lar va sinov laboratoriyalarining qarorlari ustidan shikoyatlarni koʻrib chiqadi. Apellatsiyalar Oʻz MST ning protseduralarida oʻrnatilgan tartibga asosan, ikki hafta davomida koʻrib chiqiladi.
8.3 “Oʻzstandart” agentligining Appelatsion kengashining qarori qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda sudda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Ekologik xavfsizlik talablarini tasdiqlash
Chizmalar № |
Ekologik sertifikatlashtirish obyektlari |
Oʻtkazish tartibi |
Inspeksion nazorat |
| 1. |
Toʻplarni olib kirish |
Isteʼmolchidan olingan namunalarni sinovlari |
Oʻtkazilmaydi |
| 2. |
Toʻplarni olib chiqish |
Tayyorlovchidan olingan namunalarni sinovlari |
Oʻtkazilmaydi |
| 3. |
Ishlab chiqarish (murojaat) |
Tayyorlovchidan olingan namunalarni sinovlari. Ishlab chiqarish sharoitlarini oʻrganish tahlili |
Oʻtkaziladi |
| 4. |
Tranzit |
Tashqi koʻrinishini tekshirish |
Oʻtkazilmaydi |
| 5. |
Deklaratsiyani taqdim etilayotgan hujjatlar bilan mos kelishini koʻrib chiqish |
Taqdim etilayotgan hujjatlar bilan solishtirish |
Oʻtkazilmaydi |
|
_______________________________________ (ekologik sertifikatlashtirish idorasining nomi) |
|
|
|
_________________________________________________ (ekologik sertifikatlashtirish idorasining manzili) |
|
|
|
BUYuRTMA ekologik sertifikatlashtirishni oʻtkazish boʻyicha
|
|
__________________________________________________________________ |
|
buyurtmachining nomi (tayyorlovchi korxona, yetkazib beruvchi yoki individual tadbirkorning F.I.Sh.) |
|
__________________________________________________________________ |
|
(buyurtmachi manzili, aloqa telefoni) |
|
__________________________________________________________________ _________________________________________________________tomonidan |
|
(rahbar F.I.Sh.) |
| �_________________________________________________ ni buyurtma qiladi |
| |
(chiqindining nomi, turi, TIFTN kodi, toʻpi, chiqindi bilan muomala) |
|
___________________________________miqdordagi, xavflilik sinfiga oid |
|
(kg, tonna, litr, dona) |
|
_________________________________________________ uchun moʻljallangan |
|
(eksport, import, qayta ishlash, joylashtirish, utillashtirish, sotish haqida maʼlumot) |
|
______________________________________________________ hosil boʻladi |
|
(nomi) |
__________________________________________________________________ ______________________________________________talablariga mos keladi |
|
(meʼyoriy hujjatlar raqamlari va nomi) |
| ____________________________________________________________________________________________________________________________________ |
| va chiqindilarni №_____________________ chizmada koʻrsatilgan hujjatlar |
| |
|
(ekologik sertifikatlash chizmasining soni) |
|
Talablariga mos kelishini ekologik sertifikatlashtirishni oʻtkazib berishingizni soʻraydi. |
| Qoʻshimcha maʼlumotlar ______________________________________________ |
| |
|
|
(boshqa hujjatlar koʻrsatiladi (inventarlash, PDV va boshqalar)) |
| __________________________________________________________________ |
| Buyurtmachi |
|
|
____________ (shaxsiy imzo) |
|
|
____________ (F.I.Sh.) |
|
|
|
|
|
|
“___” ______________20___y |
| __________________________ |
|
|
“TASDIQLAYMAN” |
|
(Ekologik sertifikatlashtirish idorasining nomi) |
|
Ekologik sertifikatlashtirish idorasining rahbari |
| __________________________ |
|
|
|
|
|
|
|
(ESI manzili) |
|
|
|
|
|
|
| “___” ______________ 20___yil |
|
____________ |
___________________ |
| |
|
|
|
|
(imzo) |
(F.I.Sh.) |
| |
|
|
|
|
M.Oʻ. |
|
|
|
|
|
QAROR Ekologik sertifikatlashtirish oʻtkazish ariza boʻyicha |
|
№______ “_____” ____________20___yildan |
| _____________________________________________ arizasini koʻrib chiqib, |
|
(tayyorlovchi korxona, yetkazib beruvchi nomi) |
| ___________________________________ ni ekologik sertifikatlashtirishga |
|
(chiqindini nomi, chiqindi bilan muomala, |
|
|
|
|
|
| __________________________________________________________________ |
|
TIF TN kodi, toʻp oʻlchami) |
| Quyidagilarni maʼlum qilamiz: |
|
1. Ekologik sertifikatlashtirish quyidagi chizma boʻyicha oʻtkazildi________ __________________________________________________________________ |
|
(se�tifikatlashtirish chizmasi raqami) |
2. Ekologik sertifikatlashtirish sinovlarini _________________________ ______________________________________________________da oʻtkaziladi |
|
(akkreditlangan sinov laboratoriyasi yoki akkreditlangan ekoanalitik laboratoriya nomi, manzili) |
3. Ekologik sertifikatlashtirish _____________________________________ ________________________________________talablari asosida oʻtkaziladi |
|
(meʼyoriy hujjatlar nomi va belgisi) |
|
|
|
|
|
| 3 Ishlab chiqarish sharoitlarini tahlil qilish _________________________ |
| |
|
(tashkilotning nomi, manzili |
|
| ______________________________________________________da oʻtkaziladi |
|
(tahlil qilish turi) |
| 4 Ishlarga haq toʻlash shakli___________________________________________ |
|
(xoʻjalik shartnomasi, tarif, toʻlovning boshqa turi) |
| 5 Ekologik sertifikatlashtirish maqsadlari uchun ______________________ ________________________________ hujjatlarini taqdim qilinishi kerak |
|
(kerakli hujjatlar sanab oʻtiladi) |
|
|
|
|
| _______________________________________ |
|
|
|
|
|
(ekologik sertifikatlashtirish idorasi nomi) |
|
|
|
|
| _______________________________________ |
|
|
|
|
|
(ESI manzili) |
|
|
|
|
|
BUYuRTMA ekologik sertifikatni tan olish boʻyicha
|
| ________________________________________________________________ga |
|
(chiqindining nomi, toʻp oʻlchami, xavflilik sinfi) |
| ekologik sertifikatini tan olish boʻyicha murojaat qilmoqdamiz _________ |
| ____________________________________________natijasida hosil boʻlgan |
|
(mahsulot, buyum, jarayon) |
| __________________________________________________________________ |
|
(korxona nomi, manzili, mamlakat) |
| ________________________________________________________da sinalgan |
|
(sinov laboratoriyasi nomi, manzili) |
| ____________________________________________________talablariga mos |
|
(ekologik sertifikatlashtirish oʻtkazilgan |
| __________________________________________________________________ |
|
meʼyoriy hujjatning belgisi, nomi) |
| __________________________________________________________________ |
| Ekologik sertifikat berilgan________________________________________ |
|
(ekologik sertifikatni bergan idora nomi, (tashkilot, firma), manzili) |
| ___________________________________________________qoidalari boʻyicha |
|
(sertifikatlashtirish tizimi nomi yoki bitim soni) |
| dan ______________________ |
__________________gacha boʻlgan muddatga |
| Qoʻshimcha maʼlumotlar_______________________________________________ |
| Buyurtmaga ilova qilamiz:____________________________________________ |
|
(hujjat va materiallar roʻyxati) |
| Buyurtmachining nomi va manzili _____________________________________ |
| Buyurtmachi telefoni/faksi __________________________________________ |
| Shaharlararo telefon aloqasi ________________________________________ |
|
Buyurtmachi vakilining F.I.Sh. |
| mansabi va telefoni ________________________________________________ |
| |
___________________ |
|
|
“____” ____________ 20___y. |
| |
(shaxsiy imzo) |
|
|
|
|
|
|
| _______________________________________ |
|
|
|
|
|
(ekologik sertifikatlashtirish idorasi nomi) |
|
|
|
|
| _______________________________________ |
|
|
|
|
|
(ESI manzili) |
|
|
|
|
|
DALOLATNOMA chiqindilarini solishtirib koʻrish (identifikatlash) toʻgʻrisida |
| 1. Chiqindining nomi_______________________________________________ |
| 2. Chiqindini egasi nomi, uning yuridik manzili_______________________ |
| __________________________________________________________________ |
| 3. Chiqindini kelib chiqishi__________________________________________ |
| __________________________________________________________________ |
| 4. Toʻp oʻlchami ______________________________________________________ |
| 5. Xavflilik sinfi ________________________________________________ |
| 6. TIF TN kodi ____________________________________________________ |
|
7. Chiqindining ekologik xavfsizlik tavsifi koʻrsatkichlarining atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga mos kelishi tahlili __________________________________________________________________ |
|
meʼyoriy hujjatlar nomi |
__________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ |
XULOSALAR: |
|
|
|
|
|
| ____________________________________________________________________________________________________________________________________ |
|
Taqdim etilgan chiqindi namuna va uning tamgʻalanishi bilan identifikatsiyalanishi mumkin (mumkin emas) |
| Ekologik sertifikatlashtirish idorasi vakili |
____________ |
________________ |
| |
|
|
|
|
imzo |
F.I.Sh. |
|
M.Oʻ. |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
9. Bibliografik maʼlumotlar
Kalit soʻzlar: Ekologik sertifikatlashtirish, chiqindi, olib kirish, olib chiqish, tranzit.
|
Oʻzgartirishlarni qayd qilish varagʻi (Majburiy) |
|
Oʻzgartirishlarni qayd qilish varagʻi
|
| Nashri |
Redaksiya |
Oʻzgartirish kiritilgan varaqlar |
Kiritilgan oʻzgartirishlar mazmuni |
Sanasi |
| |
|
|
|
|
| |
|
|
|
|
| |
|
|
|
|
| |
|
|
|
|
| |
|
|
|
|
| |
|
|
|
|
| |
|
|
|
|
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Boshdavekosertifikat” boshligʻi Karimov N.M.
ANIDI boshligʻi Mirraximov M.M.
ANIDI, ekologik standartlashtirish va metrologiya boʻlim boshligʻi Nabiyeva M.S.
ANIDI, normakontroli Bekmirzayeva K.M.
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Rais oʻrinbosari Sadikov K.F.
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti va uni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi Mamatqulov R.I.
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ekologik – huquq boʻlimi boshligʻi Tillyayev T.S.