Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
“Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududida rezinotexnika buyumlari zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(hujjat nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi va avtomobil shinalari, konveyer lentalari ishlab chiqarilishini tashkil etish va shuning asosida respublikaning yuqori texnologiyali sanoat korxonalarini raqobatbardosh mahsulotlar bilan taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi bandligini taʼminlash va daromadini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
“Angren” EIZ hududida konveyer lentalari, qishloq xoʻjaligi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asosi belgilangan tartibda tasdiqlanganligi;
toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijalariga koʻra “Oʻzkimyosanoat” DAKning “Rezinotexnika buyumlari zavodi qurilishi direksiyasi” MCHJ hamda “Poly Technologies Inc.” (XXR) kompaniyasi oʻrtasida qiymati 183,96 mln AQSH dollariga teng boʻlgan bir yilda 100 ming pogon metr konveyer lentalari, 200 ming dona qishloq xoʻjaligi shinalari va 3 000 ming dona avtomobil shinalari ishlab chiqaradigan zavodni foydalanishga tayyor holda qurish toʻgʻrisida shartnoma tuzilganligi;
“Oʻzavtosanoat” AK “Djeneral Motors” (AQSH) kompaniyasi bilan “Dji Em Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarni oʻzimizda ishlab chiqariladigan avtomobil shinalari bilan butlash toʻgʻrisida kelishuvga erishganligi, bunda ushbu mahsulot “Djeneral Motors” kompaniyasining xalqaro standartlari va talablariga muvofiq sertifikatsiya va laboratoriya sinovlaridan muvaffaqiyatli tarzda oʻtishi shartligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, “Oʻzkimyosanoat” DAK, “Oʻzavtosanoat” AK, “Olmaliq KMK” AJ hamda “Navoiy KMK” DKning Direksiya ustav fondini qiymati 30 mln AQSH dollariga ekvivalent boʻlgan miqdorgacha oshirish, unda “Oʻzkimyosanoat” DAK 50 foizli, “Oʻzavtosanoat” AK 30 foizli, “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” DK 10 foizli ulushlar bilan qatnashishi toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
3. Kuyidagilar “Angren” EIZ hududida konveyer lentalari, qishloq xoʻjaligi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Direksiyaga shartnoma qiymatining 15 foizi miqdoridagi avans toʻlovlarini toʻlash uchun “Asaka” DATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan, 10 yil muddatga, shu jumladan 3 yil imtiyozli davr bilan; yillik 2,25 foiz stavkali, qayta moliyalashtiradigan bankning yillik 0,25 foizli marjasini ham hisobga olgan holda ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 27,60 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻlari;
 LexUZ sharhi
3-bandning ikkinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-avgustdagi PQ-2397-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
shartnoma qiymatining 85 foiz toʻlovlarini toʻlash uchun “Asaka” DATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan bankning yillik 0,25 foiz marjasini ham hisobga olgan holda 156,36 mln AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli uzoq muddatli xorijiy kreditlar mablagʻlari;
imtiyozli uzoq muddatli xorijiy kreditlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot banki hamda “Asaka” DATB kreditlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlash, shuningdek birlamchi aylanma kapitalini shakllantirish, loyiha-qidiruv ishlarini olib borish, texnik kuzatib borish, ekspertiza va direksiyaning taʼminoti uchun ishlatiladigan Direksiya taʼsischilarining 30,0 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlari;
“Asaka” DATB Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻzkimyosanoat” DAK bilan birga bir oy muddatda xorijiy banklar va boshqa moliya institutlari bilan mazkur loyihani birgalikda moliyalashtirish uchun imtiyozli uzoq muddatli kreditlarni jalb etishni oʻrganib chiqsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzkimyosanoat” DAK qarz va kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihani oʻz vaqtida amalga oshirishga masʼul ijrochi organ hisoblanadi;
“Oʻzkimyosanoat” DAKning “Rezinotexnika buyumlari zavodi qurilishi direksiyasi” MCHJ loyiha doirasida jalb etilayotgan kreditlar boʻyicha qarz oluvchi hisoblanadi hamda asosiy qarzni qaytarish, foizlar, vositachilik haqlarini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar va qarz boʻyicha boshqa xarajatlarni oʻz mablagʻlari hamda “Oʻzkimyosanoat” DAK huzuridagi Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan jalb etilgan mablagʻlar hisobidan qoplaydi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri mazkur loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining hamda xorijiy banklarning jalb etilayotgan valyuta kreditlari yuzasidan Direksiya majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining kafolatini berishga vakil etib tayinlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Direksiya bilan “Poly Technologies Inc.” kompaniyasi oʻrtasida muzokaralar yakunlariga koʻra shakllantirilgan qiymat asosida imzolangan shartnoma boʻyicha xulosalar berishni taʼminlasin, bunda ortib joʻnatishdan oldingi inspeksiya va narx-navo ekspertizasi mexanizmini qoʻllagan holda loyihaning amalga oshirib borilishiga qarab uskunalar va materiallarni detallashtirish va spetsifikatsiyasini ekspertizadan oʻtkazish shart.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
7. Ushbu loyihani amalga oshirish doirasida “Rezinotexnika buyumlari zavodi qurilishi direksiyasi” MCHJ va “Oʻzkimyosanoat” DAKga:
“Poly Technologies Inc.” kompaniyasi bilan birgalikda 2016-yilning 1-yanvarigacha qurilish ishlarini loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda olib borishga;
konkurs tanlovlari asosida loyiha yechimlarining obyektlar ishonchliligi va xavfsizligi, shuningdek texnik nazorati boʻyicha xalqaro standartlarga va “Djeneral Motors” kompaniyasining talablariga muvofiqligini aniqlash uchun mustaqil xalqaro maslahatchilarni jalb etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda “Asaka” DATB bilan birgalikda Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasida ekspertizadan oʻtgan import shartnomalari, shuningdek mahalliy pudratchi va taʼminotchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha loyihaning texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlangunga qadar moliyalashtirishni ochishga ruxsat berilsin.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
8. “Oʻzkimyosanoat” DAK loyihaning texnik-iqtisodiy asosini vakolatli ekspertiza organlari bilan kelishib olinishini va 2015-yilning 1-iyuliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi belgilangan tartibda loyiha boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi amalga oshirilishini taʼminlab, qurilish ishlarining bajarilish sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
10. “Angren” EIZ hududida konveyer lentalari, qishloq xoʻjaligi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini amalga oshirish doirasida:
respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyum va uzellar, ehtiyot qismlar, xom ashyo va materiallar, texnologik jihozlar, shuningdek “Poly Technologies Inc.” kompaniyasi va uning yordamchi pudratchi tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar asosida olib keladigan yoqilgʻi-moylash mahsulotlari va metall prokat uchun 2020-yilning 1-yanvariga qadar boj toʻlovlari (bojxona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan;
 LexUZ sharhi
10-bandning ikkinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-avgustdagi PQ-2397-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
2018-yilning 1-yanvarigacha Direksiya va “Poly Technologies Inc.” kompaniyasi hamda uning yordamchi pudratchi tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar asosida oʻzlarining doimiy muassasalari orqali vaqtincha olib keladigan uskunalar, maxsus texnika, mashina va mexanizmlar uchun davriy toʻlanadigan boj toʻlovlaridan;
 LexUZ sharhi
10-bandning uchinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-avgustdagi PQ-2397-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
yordamchi pudratchi transport kompaniyalari — Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga kirish yigʻimini toʻlashdan va Oʻzbekiston Respublikasining umum foydalanadigan avtomobil yoʻllaridan ogʻir yukli va yirik gabaritli transport vositalarining yurishi uchun toʻlovlardan;
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ish (xizmat)lar, shuningdek mahalliy taʼminotchi va yordamchi pudratchi tashkilotlarning “Poly Technologies Inc.” kompaniyasiga amalda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqilmasdan sotadigan tovar (ish, xizmat)lar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan;
“Poly Technologies Inc.” kompaniyasi va uning yordamchi pudratchi tashkilotlari, chet el moliya institutlari va konsalting kompaniyalari, shuningdek ularning doimiy muassasalari — Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan barcha soliqlardan (shu jumladan toʻlov manbaidan undiriladigan foyda soligʻini toʻlashdan);
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar — loyihani amalga oshirish doirasida olinadigan jismoniy shaxslarning daromad soligʻini toʻlashdan;
koʻrsatilayotgan xizmatlar, olib kelinayotgan tovarlar, uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyum va uzellar, ehtiyot qismlar, xom ashyo, materiallar va texnologik jihozlarni Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlarida litsenziyalash va sertifikatlash uchun yigʻimlar, davlat bojlari va toʻlovlar toʻlashdan;
respublikada tegishli akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari boʻlmagan taqdirda, import qilinadigan uskunalar, asboblar, xom ashyo va materiallar, istisno tariqasida, majburiy sertifikatlash jarayonidan ozod etilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzmetkombinat” AJ, “Oʻzqurilishmateriallari” AK va “Oʻzbekneftgaz” MXK mazkur loyihani amalga oshirish doirasida “Oʻzkimyosanoat” DAKga taqdim etiladigan talabnomalar boʻyicha “Poly Technologies Inc” kompaniyasiga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida, erkin almashtiriladigan valyutaga, tartibga solinadigan narxda — sement, kelishilgan narxda — metall prokati, birja kotirovkasining oʻrtacha meʼyordagi narxlarida yoqilgʻi-moylash mahsulotlari ajratilishini va sotilishini taʼminlasin.
12. Toshkent viloyati hokimligi “Angren” EIZ Maʼmuriy kengashining qaroriga asosan rezinotexnika buyumlar zavodining qurilishi uchun yer uchastkalari ajratib bersin.
13. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun ilovaga muvofiq tarkibda Ishchi guruhi tashkil etilsin, uning zimmasiga loyihani, shuningdek ushbu qaror talablarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalar kompleksini oʻz vaqtida va tezkorlik bilan hal etish uchun vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzkimyosanoat” DAKning talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda koʻp martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzkimyosanoat” DAKning talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmagan holda koʻp martalik kirish vizalari berish va muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtinchalik yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish va muddatini uzaytirishni belgilangan tartibda taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Oʻzkimyosanoat” DAKning talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilishga ruxsatnomalar berishni (muddatini uzaytirishni), shuningdek ularga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga tasdiqnoma berishni (muddatini uzaytirishni) taʼminlasin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
17. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 4-dekabr,
PQ-2269-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2269-son qaroriga
ILOVA
“Angren” EIZ hududida konveyer lentalari, qishloq xoʻjaligi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI

R.S. Azimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

G.I. Ibragimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

N.S. Ibragimov

“Oʻzkimyosanoat” DAK raisi

B. A. Xodjayev

iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari

B.M. Yusupov

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

Sh.A. Tulyaganov

tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri oʻrinbosari

T.A. Jalilov

“Oʻzavtosanoat” AK raisining oʻrinbosari

R.A. Gulyamov

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori

J.T. Mirzamaxmudov

“Oʻzkimyosanoat” DAK raisining oʻrinbosari

B.Ya. Raimov

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

M.I. Shodiyev

“Davarxitektqurilish” raisi oʻrinbosari

D.A. Isakulov

“Oʻzbekenergo” DAK raisining birinchi oʻrinbosari

A.S. Sultanov

“Oʻzbekneftgaz” MXK raisining birinchi oʻrinbosari

Sh.Sh. Ismatullayev

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK raisi oʻrinbosari

A.T. Usmanov

Toshkent viloyati hokimi

S.I. Saifnazarov

“Angren” EIZ direksiyasi direktori

lavozimiga koʻra

“OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti direktori

M.K. Turayev

“Oʻzkimyosanoatloyiha” instituti direktori

R.M. Mamadaliyev

Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari ATD mudiri, ishchi guruhi kotibi

Izoh: Ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
 LexUZ sharhi
ilova norasmiy tarjima
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 51-son, 602-modda; 2017-y., 12-son, 182-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son; 21.10.2017-y., 07/17/3343/0151)