1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDI ORQALI MAXSUS YUKLAR VA HARBIY TARKIBLARNING TRANZITINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH VA NAZORAT QILISH TOʻGʻRISIDA
“Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda xavfli yuklar, qurol-yarogʻ, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkiblar xavfsiz tashilishini taʼminlash, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti ustidan nazorat qilish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
1. Belgilab qoʻyilsinki, temir yoʻl, avtomobil va havo transporti bilan Oʻzbekiston hududi orqali amalga oshiriladigan yuk va yoʻlovchilar oqimi tranziti Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, idoraviy qoidalar, ustavlar, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan umumiy tartibda tartibga solinadi, maxsus yuklar va harbiy tarkiblarni tashish bundan mustasno.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
2. Belgilansinki, maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti, uning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish tartibi “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, unga muvofiq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro bitimlari bilan tartibga solinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
3. Belgilab qoʻyilsinki, maxsus ruxsatnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilinadigan maxsus yuklarga:
1-ilovaga muvofiq xavfli yuklar — yadro materiallari, organik va noorganik zaharli, toksinli, tez alangalanadigan, portlash xavfi boʻlgan moddalar va prekursorlar, boshqa moddalar va ularning chiqindilari;
2-ilovaga muvofiq qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulk — qurol-yarogʻning har xil turlari, komplekslari va ularning jangovor qoʻllanilishini taʼminlash vositalari; oʻq-dorilar va portlovchi moddalar; qurolli kuchlarni jihozlashga moʻljallangan boshqa texnik vositalar hamda ularni ishlab chiqarish uchun maxsus asbob-uskunalar kiradi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash]
4. 1-ilovada nazarda tutilgan xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar berilishini koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga yuklansin.
Belgilansinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma tashiladigan yuklarning turi va xususiyatlari hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Transport nazorati inspeksiyasining asosli xulosalari olingandan keyin qatʼiy belgilangan tartibda beriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan imzolanadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
2024-yil 1-sentabrdan boshlab xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, “Xavfli yuk” axborot tizimi orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
5. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mazkur qarorga 2-ilovada nazarda tutilgan qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulk, shuningdek harbiy tarkiblarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga ruxsatnoma berish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
Belgilab qoʻyilsinki, qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulkning, shuningdek, harbiy tarkiblarning tranzitiga ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Transport vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Transport nazorati inspeksiyasi (yuk tashiladigan transport turiga qarab), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashining asosli xulosalari olingandan keyin qatʼiy belgilangan tartibda beriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
Qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulk, shuningdek harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri u boʻlmagan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1022-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1022/2328-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga maxsus ruxsatnomalar berish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.02.2005-yil 22-fevraldagi 73-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami,2005-y., 8-9-son, 67-modda)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (E.M. Gʻaniyev) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan maxsus yuklar tasnifini tasdiqlasin.
9. Hukumatning 4-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda), Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ. Gʻulomov), Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (E.M. Gʻaniyev), Davlat bojxona qoʻmitasi (Oʻ.T. Komilov), Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita (M.I. Oʻtaganov) tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida taklif kiritsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi Kotibi M.H. Rahmonqulov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 21-fevral,
62-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnomalar boʻlgan taqdirda tranzit qilinadigan xavfli yuklar
ROʻYXATI
1.Uran rudalari konsentratlari
2. Uran geksaftoridi
3. Yangi ishlangan yadro yonilgʻisi va uning komponentlari
4. Ishlatilgan yadro yonilgʻisi
5. Solishtirma aktivligi 70 kBk/kilogrammdan ortiq boʻlgan radioaktiv materiallar
6. Maxsus yuklarni tashish uchun foydalaniladigan boʻsh transport komplektlari
7. №-atsetilantranil kislota
8. Akonit
9. Akonitin
10. Suyultirilgan ammiak
11. Sirka kislotasi angidridi
12. Antronil kislota
13. Atseklidin
14. Atseton
15. Benzol
16. Asos giossiamin
17. Kamforat giossiamini
18. Sulfat giossiamini
19. Gliftor aralashma:
1,3-diftorpropanol—2 (1) 70—75% (1)
1-ftor-3-xlorpropanol—2 (2) 10—20% (2).
20. Dixloretan
21. Izosafrol
22. Ilon zahari
23. Sianid kadmiy
24. Permanganat kaliy
25. Sianid kaliy
26. Sianid kalsiy
27. Karbaxolin
28. Ftoridli vodorod kislotasi
29. Sianid misi
30. Merkaptofos
31. Metanol
32. 3,4-metilendoksifenil—2-propanon
33. Metiletilketon
34. Metilbromid
35. Metilxlorid
36. Margumushsimon angidrid
37. Margumush angidridi
38. Arsenat natriy va uning har xil dozalardagi dorivor shakllari
39. Arsenit natriy
40. Sianid natriy
41. Tetrakarbonil nikel
42. Nitrotluol
43. Novarsenol
44. Piperonal
45. Promeran va uning har xil dozalardagi dorivor shakllari
46. Xlororganik pestitsidlar
47. Tozalangan asalari zahari
48. Diyodid simobi
49. Dixlorid simobi
50. Oksitsianid simobi
51.Salitsilat simobi
52. Sianid simobi
53. Metal simob
54. Safrol
55. Sianid kumushi
56. Ammiak selitra
57. Sulfat kislota
58. Tuzlangan kislota
59. Gidrobromid skopolamini
60. Nitrat strixnini va uning har xil dozalardagi dorivor shakllari
61. Krasavka alkaloidlari toʻplami
62. Toluol
63. Tetraetilsvinets va uning boshqa moddalar ( etil suyuqligi va boshqalar) bilan aralashmalari, etillashtirilgan benzinlardan tashqari
64. Yangi jungar akonit oʻti
65. 4-xlorbenzaldegida nitrat uranili
66. Fenil sirka kislotasi
67. Fenol
68. Sariq fosfor
69. Qizil fosfor
70. Ftor vodorodi
71.Xinkulidil-3-benzilat
72. Xlor
73. Xlorpikrin
74. Bariy sianisti
75. Vodorod sianisti
76. Sianplav
77. Siklon
78. Fosfid sinka
79. Sinxonin
80. Chilibuxi ekstrakti
81. Etilmerkurxlorid
82. Etil efiri
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda tranzit qilinadigan qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulk
ROʻYXATI
1. Kosmik apparatlar, uchiruvchi raketalar, ballistik raketalar, tezlikni oshirish bloklari va ularning komponentlari.
2. Samolyotlar, vertolyotlar va harbiy maqsaddagi boshqa uchish apparatlari.
3. Tanklar va qurol-yarogʻli yoki qurol-yarogʻsiz boshqa oʻziyurar zirhli texnika.
4. Harbiy maqsaddagi gʻildirakli va zanjirli avtomobillar va boshqa oʻziyurar mashinalar.
5. Artilleriya, ishga tushirish raketa va bomba qurilmalari, gaubitsalar, granatomyotlar, minomyotlar va jangovar harakatlarni olib borishning shunga oʻxshash vositalari.
6. Oʻqotar qurollar.
7. Oʻq-dorilar: bombalar, raketalar, minalar, granatalar, snaryadlar, patronlar va jangovar harakatlarni olib borishning shunga oʻxshash vositalari.
8. BMT tasnifiga va 1996-yil 5-aprelda Temir yoʻl transporti kengashining XV majlisida tasdiqlangan Temir yoʻllarda xavfli yuklarni tashish qoidalari tasnifiga muvofiq xavfli yuklarning 1-darajasiga kiruvchi portlovchi, pirotexnika moddalari va boshqa buyumlar.
9. Koʻprik qurish mashinalari, muhandislik-qurilish mashinalari, mina toʻsiqlari, taʼmirlash ustaxonalari, pontonlar va qoʻshinlarni muhandislik jihatdan taʼminlashning boshqa vositalari.
10. Qurol-yarogʻlarning har xil turlarini jangovor qoʻllash komplekslari, nishonga olish, ishga tushirish va boshqarish tizimlari.
11. Qurol-yarogʻ va harbiy texnikaga komponentlar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, shu jumladan texnik hujjatlar.
12. Qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulk ishlab chiqarish va ularni taʼmirlash uchun maxsus ishlab chiqilgan asbob-uskunalar, materiallar, moslamalar va jihozlar.
13. Parashut bilan bogʻliq mol-mulk.
14. Kartografiya mahsulotlariga ishlov berish va tahlil etishning kompleks vositalari.
15. Radioaloqa va radionavigatsiya anjomlari.
16. Harbiy maqsaddagi elektrodvigatellar va ichki yonish dvigatellari.
17. Maxsus idishlar.
18. Qoʻshinlarni tayyorlash uchun oʻquv-imitatsiya vositalari.
19. Qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibi hayot faoliyatini taʼminlash tizimi.
20. Ommaviy qirgʻin qurolidan himoyalanishning jamoaviy va yakka tartibdagi vositalari.
21. Ommaviy qirgʻin qurollari qoʻllanilishining oldini olish va uning oqibatlarini davolash vositalari.
22. Qoʻshinlar taʼminotining maxsus asbob-uskunalari.
23. Harbiy kiyim-bosh va uning belgilari.
24. Texnologik asbob-uskunalar, xomashyo va materiallar, shu jumladan maxsus davrda qurol-yarogʻ ishlab chiqarish uchun.
25. Elektronika, elektron tizimlar, harbiy maqsaddagi priborsozlik buyumlari.
26. Maxfiy tusdagi maxsus buyumlar va yuklar.
27. Joʻnatuvchilari va oluvchilari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining harbiy qismlari, chegara xizmatlari, xavfsizlik organlari va boshqa harbiylashtirilgan davlat tuzilmalari boʻlgan harbiy yuklar.
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnomalar berish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisida” 2001-yil 11-maydagi 213-II-son Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnomalar berish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish va ularni bekor qilish tartibini, shuningdek tranzit tartibida tashish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
2. Maxsus yuklar deyilganda qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulk, xavfli yuklar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlishi davlat nazorati ostida boʻlgan ashyolar tushuniladi.
Xavfli yuklar — oʻziga xos xossalari va xususiyatlari tufayli muayyan omillar mavjud boʻlgan taqdirda tashish, yuklash-tushirish ishlari jarayonida tashilayotgan yuklar, texnika vositalari, qurilmalar, bino va inshootlar, boshqa obyektlarning portlashi, yonishi yoki shikastlanishiga, shuningdek odamlar hayoti va sogʻligʻiga, atrof muhitga zarar yetkazilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan moddalar, materiallar, buyumlar, chiqindilar.
Qurol-yarogʻ va harbiy texnika — qurolli kuchlarni jihozlashga moʻljallangan turli xil qurollarning va ularni jangovar qoʻllashni taʼminlovchi vositalarning majmualari, shu jumladan eltib qoʻyish vositalari, moʻljalga olish, uchirish, boshqarish tizimlari, shuningdek boshqa maxsus texnika vositalari, oʻq-dorilar va ularning tarkibiy qismlari, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar va ularning butlovchi buyumlari, mashq qurollari, (turli xil qurol-yarogʻ va harbiy texnika maketlari, trenajyorlari va imitatorlari).
Harbiy mol-mulk — qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibi hayot faoliyatini taʼminlash tizimlari, maxsus maqsaddagi materiallar va ularni ishlab chiqarish uchun maxsus uskunalar, ommaviy qirgʻin qurolidan umumiy va yakka tartibda himoyalanish vositalari, ommaviy qirgʻin qurolini qoʻllash oqibatlarining oldini olish va davolash vositalari, front orqasida qoʻllaniladigan maxsus uskunalar, harbiy kiyim va unga xos atributlar.
Harbiy tarkib — xorijiy davlatlar harbiy tuzilmalarining shaxsiy tarkibi va harbiy xodimlari, shuningdek ushbu davlatlarda harbiy xizmatga chaqirilgan yoki zaxiraga boʻshatilayotgan shaxslar.
3. Xavfli yuklar tranziti ularning mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan elektron shaklda beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomani maxsus vakolatli organlarning xulosalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri imzolaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlarga, shuningdek harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnomalar berish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi. Tranzit ruxsatnomasini maxsus vakolatli organlarning xulosalari asosida Mudofaa vaziri u boʻlmagan taqdirda ― Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari imzolaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1022-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1022/2328-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi xavfli yuklar tranzitiga xulosalar berish hamda nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar hisoblanadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi (harbiy tarkiblar tranzitidan tashqari), Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (portlovchi moddalarning tranzitida), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlarni, shuningdek, harbiy tarkiblarni tranzit tarzida oʻtkazishda xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar hisoblanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.08 Havo transportida tashish;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
Havo transportida tranzitni amalga oshirishda “Oʻzaviatsiya” agentligi va Mudofaa vazirligining xulosalarini olish zarur.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
Transport vazirligi va Mudofaa vazirligi tranzit yukning xarakteriga koʻra boshqa davlat organlarining xulosalarini talab qilish, shuningdek, tranzit yuk yoki harbiy tarkibga, tashuv shartlariga taalluqli qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etishni arizachidan soʻrashi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
6. Tranzit ruxsatnomasini olish uning egasini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga qoʻyiladigan talablarni bajarishdan ozod qilmaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
maxsus yuklarni yoki Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻtayotgan maxsus tarkibni kuzatib borayotgan harbiy qorovullar yoxud qurolli qoʻriqchilarning shtatdagi quroliga;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tashish xavfsizligining tegishli qoidalariga rioya etilgan taqdirda va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan eng yuqori normalar doirasida boʻlganda, fuqarolarning shaxsiy isteʼmoli uchun moʻljallangan xavfli yuklarning ayrim turlariga maxsus yuklar tranziti uchun alohida ruxsatnomalar talab etilmaydi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
II. TRANZITGA RUXSATNOMALAR BERISH, ULARNING AMALDA BOʻLISH MUDDATINI UZAYTIRISH VA ULARNI BEKOR QILISH
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
8. Arizachi tranzitga ruxsatnoma olish uchun, tashilayotgan yuklar turiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi yoki Mudofaa vazirligiga quyidagi hujjatlarni pochta orqali yoki elektron shaklda taqdim etadi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
maxsus yuklar yoki harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza, unda tashishning maqsadi, yukning miqdori, harbiy tarkib soni, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va undan chiqib ketishning rejalashtirilgan muddatlari, punktlari, foydalaniladigan transport turi, yuk yoki harbiy tarkibni joʻnatish va yetkazish punktlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yukni tashuvga bergan va yukni oluvchi tashkilotning nomi, shuningdek tranzit qatnashchilari boʻlgan davlatlar hududi boʻylab harakatlanishning moʻljallanayotgan marshruti koʻrsatiladi;
maxsus yuk kelib chiqqan mamlakat sertifikati;
qonunchilikda belgilangan hollarda — ekologiya sertifikati;
yukni yetkazib berish yuzasidan kontrakt (shartnoma), xavfli yuklar tranziti turkumlab amalga oshirilayotganda — tashuvlar jadvali;
yukning Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi, BMT nomenklaturasi boʻyicha xarakteri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, buyumning tasniflovchi shifri, agregat holati, xavfli xossalari va hokazo;
maxsus yuklarni sugʻurta va boshqa kafolatlar bilan sugʻurta polisi, bank kafolati yoxud qonunchilikda belgilangan boshqacha shaklda, shuningdek odamlar hayoti va sogʻligʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi atrof muhitiga va xavfsizligiga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararni undirishga doir boshqa majburiyatlar bilan tashishning taʼminlanishini tasdiqlovchi hujjat, belgilangan joyga yetkazib berishga yengib boʻlmas kuch taʼsir etgan va yetkazib berish imkoniyati boʻlmagan hollarda.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
9. Harbiy mol-mulk, qurol-yarogʻlar, harbiy texnika va harbiy tarkib tranzitida tashish rejasi vakolatli organlar bilan oldindan kelishib olinadi.
Harbiy mol-mulk, qurol-yarogʻlar, harbiy texnika va harbiy tarkib tranzitiga ruxsatnoma olish uchun quyidagilar ham taqdim etiladi:
yuklarni qoʻriqlash va harbiy tarkibni kuzatib borish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
joʻnatuvchi va qabul qilib oluvchi tomonlarning yukning Oʻzbekiston Respublikasi uchun nomaqbul shartlarda boshqa manzilga yoʻllanmasligi yoki qayta eksport qilinmasligi toʻgʻrisidagi majburiyatlari.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
10. Tranzitda foydalanish nazarda tutilayotgan transport turiga koʻra arizachi tranzitni amalga oshirish vaqtida, ushbu Nizomning 8, 9-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari, quyidagi hujjatlarga ega boʻlishi zarur:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.04 Yoʻlovchi va yuk tashish, oʻzaro hisob-kitoblar]
a) temir yoʻl transportida tranzit qilishda:
avariya kartochkasi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa hujjatlar;
b) avtomobil transportida tranzit qilishda:
ichki ishlar organlari tomonidan kuzatib borish yuzasidan buyurtmanoma;
transport vositalari uchun talab qilinadigan tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro shartnomalarga muvofiq boshqa hujjatlar;
v) havo transportida tranzit qilishda, quyidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjatlar:
aviakompaniyaning nomi va aniq manzili;
IKAO kodi va reysning tartib raqami;
havo kemasining turi, roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami, roʻyxatdan oʻtkazilgan mamlakati;
parvoz turi;
tashilayotgan yoʻlovchilar va yuklarning qanchaligi va toifasi;
Oʻzbekiston Respublikasi havo yoʻliga kirib kelish va undan chiqib ketish albatta koʻrsatilgan holda parvozning sanasi, toʻliq marshruti va jadvali;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
11. Arizachi maxsus yuklarni turkumlab tranzit qilishda, maxsus yuklarning barcha turkumlari uchun zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, tranzitga ruxsatnoma berilishi uchun bitta ariza taqdim etishi mumkin.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
Maxsus yuklarni turkumlab tranzit qilishga ruxsatnoma yukning har bir turkumi uchun alohida rasmiylashtiriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
12. Transport vazirligi xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma uchun ariza olinganda yoki Mudofaa vazirligi qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkibni tranzit tarzida tashishga ruxsatnoma uchun ariza olinganda, zarur hujjatlar olingan kundan boshlab ikki kun mobaynida ularni xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha tegishli vakolatli organlarga belgilangan talablarga muvofiq tranzitni amalga oshirish mumkinligi toʻgʻrisida asosli xulosalar chiqarish uchun yuboradi. Ushbu organlarning asosli xulosalari yetti kun muddatda tashilayotgan yuklar turiga koʻra Transport vazirligiga xavfli yuklarning mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, “Xavfli yuk” axborot tizimi orqali elektron shaklda hamda Mudofaa vazirligiga qurol-yarogʻ, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkiblar boʻyicha taqdim etilishi kerak.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
13. Mudofaa vazirligi olingan xulosalar asosida oʻn kun muddat mobaynida tranzitga ruxsatnoma berish yoxud berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, uni rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga taqdim etadi.
Transport vazirligi olingan xulosalar asosida besh kun muddat mobaynida tranzitga ruxsatnoma berish yoxud berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, uni rasmiylashtiradi va qarorni yukning mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, “Xavfli yuk” axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboradi.
Transport vazirligi tomonidan xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
14. Tranzit ruxsatnomasida:
tashuvchi va oluvchi tashkilotning nomi;
yukning Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi, BMT nomenklaturasi boʻyicha xarakteri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, buyumning tasniflovchi shifri;
yukning miqdori, harbiy tarkibning soni;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va undan chiqib ketish punktlari;
foydalaniladigan transport turi;
tranzit ruxsatnomasining amalda boʻlish muddatining boshlanishi va tugashi;
tranzitda qatnashuvchi davlatlar hududida harakatlanishning moʻljallanayotgan marshruti;
maxsus yuklar va harbiy tarkibni turkumlab tranzit qilishda tashuvlar jadvali;
Transport vazirligi tomonidan xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda beriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
Transport vazirligi yoki Mudofaa vazirligi xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha tegishli vakolatli organlarni tranzit yukning xarakteri, transport vositasining turiga koʻra tranzitga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida xabardor qiladi.
(14-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 580-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/580/0889-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
15. Tranzitga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish, shu jumladan ruxsatnomaning oʻzini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishning umumiy muddati ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza va barcha tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab yigirma kundan, Transport vazirligi uchun oʻn besh kundan oshmasligi kerak.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
Qoʻshimcha hujjatlar, axborotlar taqdim etish yoki arizachi dastlab taqdim etgan maʼlumotlarni oʻzgartirish zarur boʻlgan taqdirda, shuningdek maxsus yuklarni va harbiy tarkiblar tranziti xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlar mavjud boʻlganda arizani koʻrib chiqish muddati uzaytirilishi mumkin. Bu holda Mudofaa vazirligi ariza beruvchini ushbu Nizomda nazarda tutilgan umumiy muddatning uzaytirilgani toʻgʻrisida uning sabablarini va uzaytirish muddatlarini koʻrsatgan holda yozma ravishda, Transport vazirligi esa yukning mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, “Xavfli yuk” axborot tizimi orqali xabardor qiladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
16. Tranzit ruxsatnomasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasida nazarda tutilgan asoslarda, shuningdek xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlarning xulosalariga binoan chiqariladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash]
Tranzit ruxsatnomasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza beruvchiga bunday qaror qabul qilingandan keyin bir kun muddatda yozma ravishda, Transport vazirligi tomonidan esa yukning mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, “Xavfli yuk” axborot tizimi orqali rad etish sabablari koʻrsatilgan holda yuboriladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
17. Tranzit uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati u imzolangan sanadan boshlab oʻttiz kunni tashkil etadi va bir martalik xususiyatga ega.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
18. Tranzit ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun uning egasi Transport vazirligiga yoki Mudofaa vazirligiga asoslangan iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqlidir.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma u taqdim etilgan kundan eʼtiboran yetti kun muddatda koʻrib chiqiladi. Transport vazirligi va Mudofaa vazirligi koʻrsatilgan muddatda xulosa olish uchun xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha tegishli vakolatli organlarga murojaat qilishi mumkin, ular murojaat qilingan vaqtdan eʼtiboran ikki ish kuni mobaynida xulosalarni taqdim etishlari shart.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Transport vazirligi va Mudofaa vazirligi xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha tegishli vakolatli organlarning xulosalariga asosan ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki rad javobini berish yuzasidan qaror qabul qiladi va ikki kun muddatda amal qilish muddatini uzaytirish masalasi toʻgʻrisidagi qarorni tranzit ruxsatnomasining egasiga joʻnatadi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 580-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/580/0889-son)
“Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq tranzit ruxsatnomasining amal qilish muddati bir marta, koʻpi bilan oʻttiz kunlik davrga uzaytirilishi mumkin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
19. Berilgan tranzit ruxsatnomasi Transport vazirligi va Mudofaa vazirligi tomonidan bekor qilinishi mumkin.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 580-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/580/0889-son)
Tranzit ruxsatnomasining bekor qilinishiga quyidagilar asos boʻladi:
tranzit ruxsatnomasi egasining maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitini amalga oshirishdan voz kechganligi;
tranzit ruxsatnomasining uni berish toʻgʻrisidagi qarorning qabul qilinishi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan notoʻliq yoki notoʻgʻri maʼlumotlar asosida berilganligi;
tranzit ruxsatnomasini berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish vaqtida maʼlum boʻlmagan, lekin uni berishni rad qilishga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlarning aniqlanganligi;
qonunchilik bilan belgilangan tranzit tartibining buzilganligi.
(19-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Tranzit ruxsatnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorda bekor qilishning asoslari koʻrsatilishi kerak.
Tranzit ruxsatnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror kechiktirmasdan tranzit ruxsatnomasining egasiga yoʻllanadi hamda xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha tegishli vakolatli organlarga xabar qilinadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
4.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
20. Maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga ilgari berilgan tranzit ruxsatnomalariga muvofiq ravishda amalga oshirilayotgan tranzit tashish, tranzit shartlarini buzish hollari aniqlangan taqdirda xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organning qarori bilan, ayni bir vaqtda bu toʻgʻrida Transport vazirligini va Mudofaa vazirligini xabardor qilgan holda vaqtinchalik toʻxtatib turilishi mumkin.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Bunda tashish vaqtinchalik toʻxtatib turilgan vaqtdan eʼtiboran uch kun mobaynida tranzitni toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilmagan va u qayta boshlanmagan boʻlsa, ruxsatnoma Transport vazirligi yoki Mudofaa vazirligining qarori bilan bekor qilinadi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 580-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/580/0889-son)
III. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDI ORQALI MAXSUS YUKLAR VA HARBIY TARKIBLARNING TRANZITI USTIDAN DAVLAT NAZORATINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
21. Tranzit tashish shartlarining bajarilishini nazorat qilish xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
22. Xavfli yuklar tranziti boʻyicha vakolatli organlar faoliyatini muvofiqlashtirish Transport vazirligi zimmasiga, qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkiblar tranziti boʻyicha — Mudofaa vazirligiga yuklanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.04.00.00 Mudofaa sohasidagi vazifalarni bajarishga jalb qilinadigan boshqa qismlar, qoʻshinlar / 15.04.01.00 Chegara qoʻshinlari]
23. Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari maxsus yuklarni kuzatib boruvchilarning, shuningdek harbiy tarkib xizmatchilarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishining qonuniyligini tekshiruvdan oʻtkazadi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi respublika hududiga maxsus yuklar olib kirilishining qonuniyligi va asoslanganligi, ularning amalda olib chiqib ketilishi va belgilangan tartibda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
Koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarda Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda tegishli ravishda harbiy tarkib aʼzolarini shaxsan identifikatsiyalash maqsadida tekshiruvdan oʻtkazadi va maxsus yuklar nazoratini amalga oshiradi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
24. Zaruratga qarab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha tegishli organga amalda oʻtkazilayotgan yukning tranzit talabnomasida koʻrsatilganiga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa olish uchun murojaat qiladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
Zarur hollarda bunday xulosani tayyorlashga xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar hududiy boʻlinmalarining mutaxassislari jalb etilishi mumkin, ular telefonogramma olingan vaqtdan eʼtiboran sakkiz soat ichida bojxona nazorati amalga oshiriladigan joyga yetib kelishlari kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
25. Maxsus yuk Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit ruxsatnomasida belgilab qoʻyilgan yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.04 Yoʻlovchi va yuk tashish, oʻzaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
26. Temir yoʻl transportida tashish vaqtida maxsus yuklarni kuzatib borish va qoʻriqlash belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining ixtisoslashtirilgan boʻlinmalari tomonidan tranzit shartlariga muvofiq ravishda va milliy qonunchilik hamda davlatlararo bitimlarga asosan amalga oshiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
27. Avtomobil transportida maxsus yuklarni tashish belgilangan tartibda Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalarining kuzatuvi ostida, arizachi tomonidan alohida toʻlanadigan haq evaziga amalga oshiriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
28. Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarni havo transportida tashish ruxsatnomadagi yoʻnalish, vaqt va boshqa shartlarga muvofiq Mudofaa vazirligi va “Oʻzaviatsiya” agentligining doimiy ravishdagi monitoringi boʻyicha amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
29. Qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkiblar tranziti vaqtida Mudofaa vazirligining tegishli xizmatlari ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradilar.
Harbiy eshelon yoki harbiy transport (qurol-yarogʻlar, harbiy texnika va shaxsiy tarkib) Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻtayotganda Mudofaa vazirligi shu jumladan:
harbiy eshelon yoki transportni kuzatib borayotgan qorovul va navbatchilarning qoʻriqlash xizmatini olib borishlari;
qurol va oʻq-dorilarning butligi va ularni qoʻriqlash tartibi;
qorovul shaxsiy tarkibining postdagi jadvalga muvofiq roʻyxati;
vagonlardagi plomba-tamgʻalarning butligi;
qurol-yarogʻlar va harbiy texnikaning ochiq harakatlanadigan sostav ustida toʻgʻri mahkamlanganligi, ularning hisobga olish maʼlumotlariga muvofiqligi;
texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
30. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashishlar turidan qatʼi nazar, maxsus yuklarni tranzit tashuvlarining xavfsizligi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
31. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi oʻz vakolatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradilar.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
32. Maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga doir xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar Transport vazirligi va Mudofaa vazirligiga yuklar tranzit olib oʻtilayotgan joy va ularning ahvoli toʻgʻrisida axborot berib boradilar.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnomalar berish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Transport vazirligi tomonidan xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma olish uchun Transport vazirligiga zarur hujjatlarni taqdim etadi.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
Transport vazirligi
Zarur hujjatlarni tegishli vakolatli organlarga tranzitni amalga oshirish boʻyicha xulosalar berish uchun yuboradi.
2 kun muddatda
3-bosqich
Vakolatli organlar
Zarur hujjatlarni oʻrganib chiqib, asosli xulosalarni Transport vazirligiga yuboradi.
7 kun muddatda
4-bosqich
Transport vazirligi
Olingan xulosalar asosida tranzitga ruxsatnoma berish yoxud ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, uni rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga yuboradi.
5 kun muddatda
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnomalar berish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
(asos, xalqaro shartnoma, normativ-huquqiy hujjat)
_____________________________________________________________________________________ muvofiq ___________ (davlat) ehtiyoji uchun moʻljallangan xavfli yukning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga Transport vazirligi tomonidan ____-son ruxsatnoma berildi.
Yuk joʻnatuvchi: ________________________________________________________________________
Yuk tashuvchi tashkilot: _________________________________________________________________
Yuk oluvchi tashkilot: ___________________________________________________________________
Kirish punkti: ________________________________________________________________________
Chiqish punkti: ________________________________________________________________________
Foydalaniladigan transport turi: _______________________________________________________
Tranzit ruxsatnomasining amal qilish muddati: ___ kun
Tranzitda qatnashuvchi davlatlar hududida rejalashtirilayotgan harakatlanish marshruti:____________________________________________
Tranzitni amalga oshirish shartlari: xavfli yuk Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishi koʻrsatilgan marshrutga muvofiq barcha xavfsizlik talablari va maxsus yuklarning tranziti sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga qatʼi rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Ilova:_________
Transport vaziri
QR-kod
F.I.O.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 46-son, 584-modda)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-fevraldagi 75-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.02.2021-y., 09/21/75/0121-son)