|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PARRANDAChILIKDA MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA IQTISODIY ISLOHOTLARNI YANADA ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son qarorini bajarish yuzasidan hamda parrandachilikda monopoliyadan chiqarish va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, shuningdek tarmoqni rivojlantirishda xususiy sektorning oʻrni va ahamiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
muassislarning va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 18-martdagi F-1728-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus komissiya taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzparrandasanoat” uyushmasi uning tarkibiga kiruvchi korxonalar toʻliq xususiylashtirilgan va ularga iqtisodiy mustaqillik berilgan holda tugatilayotganligi;
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati tarkibida Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish bosh boshqarmasi, viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalarida esa — chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish boʻlimlari tashkil etilganligi, ularga parrandachilik korxonalarini rivojlantirishga koʻmaklashish funksiyalari yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Maxsus komissiya, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda:
“Oʻzparrandasanoat” uyushmasini tugatish boʻyicha tugatish komissiyasi tashkil etsin va ikki oy muddatda uni tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar;
1-ilovaga muvofiq parrandachilik korxonalari aksiyalari davlat paketlarining birja va birjadan tashqari bozorlarda asosan xususiy mulk qilib va xorijiy investorlarga erkin sotilishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining:
Parrandachilik ilmiy markazini — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi ixtiyoriga berish;
Parrandalar kasalliklari boʻyicha respublika veterinariya laboratoriyasini — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi ixtiyoriga berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Parrandachilik xoʻjaliklarini kurka goʻshti yetishtirish uchun modernizatsiya qilish toʻgʻrisida” 1996-yil 29-noyabrdagi 426-son qaroriga muvofiq “Oʻzparrandasanoat” uyushmasiga berilgan xorijiy kreditlar yuzasidan qarz majburiyatlari boʻyicha ushbu loyihaga kiritilgan kurkachilik xoʻjaliklari uning huquqiy vorislari hisoblanadi.
Maxsus komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va kurkachilik xoʻjaliklari bilan birgalikda valyuta kreditini qayta rasmiylashtirishni hisobga olgan holda kredit hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni bir oy muddatda belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu oʻzgarishlarni hisobga olgan holda Hukumat kafolatiga belgilangan tartibda tegishli qoʻshimcha bersin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining koʻrsatib oʻtilgan xorijiy kredit boʻyicha qarz oʻz vaqtida qaytarilmaganligi uchun 613,3 ming AQSh dollariga teng miqdordagi hisoblangan penyalarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
6. “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi respublika hududida parrandachilik korxonalari uchun, ularning mintaqaviy joylashishini hisobga olgan holda, ozuqa ishlab chiqarish boʻyicha kamida ikkita ixtisoslashtirilgan korxona tashkil etish masalasini oʻrganib chiqsin va bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 4-sentabr,
PF-382-son
Tugatiladigan “Oʻzparrandasanoat” uyushmasining ulushlari va aksiyalar paketlari birja va birjadan tashqari bozorlarda asosan xususiy mulk qilib va xorijiy investorlarga erkin sotiladigan parrandachilik korxonalari
ROʻYXATI
|
T/r |
Korxonalar nomi |
Erkin sotiladigan |
| 1. | “Qusshilik” AJ | 25,0 |
| 2. | “Qiyat” AJ | 25,0 |
| 3. | “Navruz” AJ | 25,0 |
| 4. | “Niyaz-Botir” AJ | 25,0 |
| 5. | “Paxtaobod” AJ | 25,0 |
| 6. | “Oyim” AJ | 25,0 |
| 7. | “Gʻijduvon” AJ | 25,0 |
| 8. | “Buxoro” AJ | 25,0 |
| 9. | “Yorqoʻrgʻon” AJ | 25,0 |
| 10. | “Istiqlol” AJ | 25,0 |
| 11. | “Qamashiparranda” AJ | 25,0 |
| 12. | “Oq Saroy” AJ | 25,0 |
| 13. | “Qiziltepaparranda” AJ | 25,0 |
| 14. | “Lochin” AJ | 25,0 |
| 15. | “Namanganparranda” AJ | 25,0 |
| 16. | “Uychi” AJ | 25,0 |
| 17. | “Jarqoʻrgʻon” AJ | 25,0 |
| 18. | “Fargʻona zotli parranda fabrikasi” AJ | 25,0 |
| 19. | “Chimyonparranda” AJ | 25,0 |
| 20. | “Beshariqparranda” AJ | 25,0 |
| 21. | “Boʻston” AJ | 25,0 |
| 22. | “Bagʻdod” AJ | 25,0 |
| 23. | Gʻoipov nomli AJ | 25,0 |
| 24. | “Qoʻshkoʻpir” AJ | 25,0 |
| 25. | “Shodlik” AJ | 25,0 |
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 142-modda)