Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning tarkibiy oʻzgartirilishi va bankrot boʻlishi jarayonlari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi taqdimnomasiga koʻra tarkibiy oʻzgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlovchi va past rentabelli korxonalar, shuningdek ularga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan korxonalar oʻz balansidagi:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
turar joylar, yotoqxonalar, bolalar bogʻchalari va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa obyektlarini — oʻzlari joylashgan joy boʻyicha shaharlar va tumanlar hokimliklari balansiga;
umumiy foydalaniladigan ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini (elektr tarmogʻi xoʻjaligi, suv taʼminoti obyektlari, transport kommunikatsiyalari va hokazolar) — funksional mansubliligiga koʻra tegishli xoʻjalik birlashmalarining korxonalari balansiga joriy holati boʻyicha belgilangan tartibda beradilar.
Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorga muvofiq balansdan balansga berilayotgan umumiy foydalaniladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari qiymati beruvchi tomon uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblashda va qabul qiluvchi tomon uchun daromad (foyda) soligʻini hisoblash chogʻida soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi shaharlar va tumanlar hokimliklari, iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari balansiga berilayotgan manfaatdor xoʻjalik birlashmalari, shuningdek ularga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan korxonalar bilan birgalikda berilayotgan obyektlarni puxta xatlovdan oʻtkazsinlar hamda ularni keyinchalik xususiylashtirish, mablagʻ bilan taʼminlash manbalari va maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tarkibiy oʻzgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror tarkibiy oʻzgartirish yoki toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili amalga oshirish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻrsatib oʻtilgan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-sentabrdagi 401-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-yanvardagi 2-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 1-son, 2-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining hududiy organlari xulosalarini hisobga olgan holda, Vazirlar Mahkamasiga tarkibiy oʻzgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlaydigan va past rentabelli korxonalarning, shuningdek, ularga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllaniladigan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish toʻgʻrisida takliflar kiritish huquqi berilsin;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarni konservatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqishning cheklangan muddatlari koʻpi bilan ikki hafta etib belgilansin.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hayʼatining qaroriga koʻra tarkibiy oʻzgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning (mulkiy kompleksni va biznesni baholash ham shu jumlaga kiradi), shuningdek iqtisodiy sudning qarori bilan ularga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan korxonalarning mol-mulkini xalqaro metodikaga muvofiq mol-mulkning real bozor, investitsiya va tugatish qiymatini hisobga oluvchi baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshirilgan baholash kimoshdi savdolarida va oshkora taklif asosida mol-mulkni sotishda belgilangan tartibda boshlangʻich baho sifatida qoʻllanilishi mumkin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash va sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi 2003-yil mobaynida korporativ boshqaruvni takomillashtirish va moliyaviy nobarqaror korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish maqsadlari uchun Osiyo taraqqiyot bankining qarzini jalb etish masalasini ishlab chiqsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 18-aprel,
188-son
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 18-apreldagi
188-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash va sotish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom tarkibiy oʻzgartirishni amalga oshiruvchi, past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan iqtisodiy sud qaroriga koʻra toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash, boshlangʻich (dastlabki) narxini aniqlash tartibini tartibga soladi.
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi mulki boʻlgan obyektlar boʻyicha bitishuvlarni amalga oshirishda qoʻllanilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomga muvofiq, kelgusida tarkibiy oʻzgartirish va toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini amalga oshirish rejalariga muvofiq sotiladigan mol-mulk baholanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
II. Korxonalar mol-mulkining baholash qiymatini aniqlash
Oldingi tahrirga qarang.
3. Baholovchi tashkilot va uning xizmatlari isteʼmolchisi (buyurtmachi) oʻrtasida qonunchilikka muvofiq tuzilgan shartnoma baholashni oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ushbu Nizomga muvofiq, tarkibiy oʻzgartiriladigan korxona yoki unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan korxona baholash xizmatlarini amalga oshirishga buyurtmachi hisoblanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Baholashni oʻtkazish uchun xizmatlar qiymatining qolgan qismini toʻlash baholangan obyekt sotilgan va korxona hisobiga pul mablagʻlari tushgandan keyin navbatdan tashqari tartibda amalga oshiriladi.
5. Korxonani xatlovdan oʻtkazish natijalariga koʻra baholanadigan mol-mulk tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
korxona balansida boʻlgan, shu jumladan, texnik holatidan qatʼi nazar, boshqa korxona va tashkilotlarga foydalanish uchun (ijaraga) berilgan ham ishlab turgan (shu jumladan vaqtinchalik mukammal taʼmirlashda va zamonaviylashtirishda boʻlgan), ham konservatsiyada turgan asosiy vositalar;
nomoddiy aktivlar;
tugallanmagan qurilish;
oʻrnatiladigan asbob-uskunalar;
boshqa uzoq muddatli aktivlar;
joriy aktivlar.
Xatlovdan oʻtkazishda korxona mol-mulki balans (qoldiq) qiymati boʻyicha baholanadi. Mol-mulkning balans (qoldiq) qiymatini baholash Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonalarning sotiladigan mol-mulkini baholash maqsadida — vakolatli organning va unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan korxonalarning qarori boʻyicha, — kreditorlar (kreditorlar qoʻmitasi) majlisi qaroriga koʻra baholash tashkiloti jalb etiladi. Mulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalar uchun baholovchi tashkilotni jalb etish majburiydir.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Baholashni oʻtkazishda, atamalar, tushunchalar va metodikalardan foydalanishda, shuningdek baholash boʻyicha hisobot tuzishda baholovchi tashkilot qonunchilik talablariga rioya etishi va mavjud baholash standartlariga amal qilishi shart.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonalar va ularga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan korxonalar mol-mulkini baholashda baholovchi tashkilot tomonidan qiymatning quyidagi turlari aniqlanadi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
bozor qiymati;
tugatish qiymati;
foydalaniladigan qilish qiymati;
investitsiya qiymati.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Korxonaning bozor qiymatini baholash baholovchi tashkilot tomonidan korxonaning (mol-mulkning) balans (qoldiq) qiymatini, baholash sanasida mazkur mol-mulkka boʻlgan aniq talabni, uning joylashgan joyini, uning tarkibida maxsus mol-mulkning, bozorda xaridorgirligi cheklangan mol-mulkning mavjudligini, shuningdek fizik va/yoki maʼnaviy eskirgan mol-mulkni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan korxona mol-mulkining bozor qiymatini baholash — kreditorlar majlisi qaroriga koʻra, tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonaga nisbatan esa — vakolatli organ qaroriga koʻra savdolarda sotishning boshlangʻich (dastlabki) narxi belgilangan taqdirda amalga oshiriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
10. Korxonalar mol-mulkining tugatish qiymatini baholash mol-mulkning bozor qiymatiga asoslanadi, bunda mol-mulkni majbur etuvchi holatlar mavjudligi tufayli qisqa muddatlarda sotish zarurligi faktori yuzasidan diskont qilish, shuningdek mazkur mol-mulkni saqlash va qoʻriqlash boʻyicha qoʻshimcha xarajatlar hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan korxona mol-mulkining tugatish qiymatini baholash kreditorlar (kreditorlar qoʻmitasi) majlisi qaroriga koʻra, savdolarda sotishning boshlangʻich (dastlabki) narxi belgilangan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
11. Mol-mulkning foydalaniladigan qilish qiymatini baholash baholash sanasida maʼnaviy (funksional) eskirganligi yoki texnik holatiga koʻra belgilangan maqsadda foydalanilishi mumkin boʻlmagan, faqat unda sotish uchun materiallar majmui mavjudligi tufayli qiziqish tugʻdiradigan obyektlarga nisbatan qoʻllaniladi.
12. Investitsiya qiymatini baholash mol-mulkning bozor qiymatini baholashga asoslanadi va ikki qismga — badal toʻloviga hamda sotib olinayotgan mol-mulkdan foydalangan holda biznes tashkil etish uchun zarur boʻlgan investitsiya majburiyatlariga boʻlinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan korxona mol-mulkining investitsiya qiymatini baholash kreditorlar (kreditorlar qoʻmitasi) majlisi qaroriga koʻra, tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonalarga nisbatan esa — vakolatli organ qaroriga koʻra savdolarda korxona (yoki uning bir qismi) mol-mulk kompleksi yoki biznes sifatida sotilgan taqdirda amalga oshiriladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Mol-mulkni investitsiya qiymati boʻyicha sotishda savdolarning majburiy shartlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
badal toʻlovini toʻlash summasi va muddatlari (qoidaga koʻra, shartnoma tuzilgandan keyin ayni bir vaqtda);
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya majburiyatlarini bajarish, shu jumladan toʻlovga qobiliyatsiz korxonaning qolgan kreditorlik qarzini toʻlash summasi va toʻlash muddatlari (qoidaga koʻra, shartnoma tuzilgandan keyin bir yil mobaynida).
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Badal toʻlovlari va investitsiya majburiyatlari miqdorlari nisbati savdolar shartlarida belgilab qoʻyiladi va kreditorlar (kreditorlar qoʻmitasi) majlisi qarori bilan tasdiqlanadi, mulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalar boʻyicha esa — vakolatli organ qarori bilan tasdiqlanadi.
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
III. Korxonalar mol-mulkini sotish
Oldingi tahrirga qarang.
13. Tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonalar va ularga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan korxonalar mol-mulkini sotish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
kimoshdi savdolari;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-fevraldagi 52-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 83-modda)
tanlov boʻyicha savdolar;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy oferta shartlaridagi toʻgʻridan-toʻgʻri savdolar.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Korxonalarning davlatga qisman yoki toʻliq tegishli boʻlgan mol-mulki savdolarini oʻtkazish shakli Oʻzbekiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan korxona mol-mulkini sotish hollarida (tugatish ishlaridan tashqari) savdolar tashkilotchisiga (ixtisoslashtirilgan tashkilotga) quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
muassislar (qatnashchilar)ning vakolatli organi yoki mulkdorning belgilangan tartibdagi qarori protokoli;
kreditorlar majlisi protokoli;
sotuvga qoʻyiladigan mol-mulk roʻyxati;
Oldingi tahrirga qarang.
baholovchi tashkilot tomonidan baholangan mol-mulkni sotishning dastlabki narxini belgilash toʻgʻrisidagi hujjat.
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Korxona mol-mulkini sotishda tugatish ishlarini oʻtkazish davomida sud boshqaruvchisi savdolar tashkilotchisiga belgilangan shakl boʻyicha quyidagi hujjatlar paketi bilan birga buyurtmanoma beradi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-avgustdagi 204-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 263-modda)
sudning korxonani bankrot deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
sotilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan koʻchmas mulk obyektlari uchun kadastr hujjati;
Oldingi tahrirga qarang.
sotuvga qoʻyilayotgan mol-mulk roʻyxati, unda baholovchi tashkilot tomonidan baholangan har bir obyektning dastlabki narxi koʻrsatilgan boʻladi;
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda)
belgilangan tartibga muvofiq boshqa materiallar.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish va manfaatdor shaxslarni sotiladigan obyektlar hamda savdolar shartlari bilan tanishtirish tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Dastlabki savdolarda sotilmagan mol-mulk takroriy savdolarga qoʻyiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Ularga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan korxonalarning oldingi savdolarda sotilmagan mol-mulki narxi takroriy savdolarda kreditorlar (kreditorlar qoʻmitasi) majlisi qaroriga koʻra, tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonalarning oldingi savdolarda sotilmagan mol-mulki narxi esa — vakolatli organ qaroriga koʻra qonunda belgilangan tartibda pasaytirilishi mumkin.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Kreditorlar (kreditorlar qoʻmitasi) majlisining roziligi mavjud boʻlgan taqdirda, sud boshqaruvchisi qonunda belgilangan tartibda takroriy savdolar oʻtkazmasdan, korxonani mulkiy kompleks sifatida ommaviy oferta shartlarida sotishi mumkin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 489-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
201. Mulkni sotish birinchi badalning shartnoma tuzilgan vaqtdan boshlab oʻn kun mobaynida toʻlanishini nazarda tutadigan olti-sotdi shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bunda birinchi badal miqdori mulkning kamida 15 foizini tashkil etishi kerak.
(201-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Korxonaning mol-mulki tugatish ishlari davomida oxirgi savdolar oʻtkazilgandan keyin kelgusida korxonaning mol-mulki Oʻzbekiston Respublikasi “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 159-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud boshqaruvchisi tomonidan tasarruf etiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
IV. Tugatilgan korxonalar mol-mulkini qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda sotish
Oldingi tahrirga qarang.
22. Tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilida turgan korxonalar mol-mulki qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda sotilishi mumkin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Mol-mulkni qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda sotish sud boshqaruvchisi tomonidan, kreditorlar (qoʻmitasi) majlisi bilan kelishuv boʻyicha va sotib oluvchi tomonidan unga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tegishli kafolatnomasi taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. Iqtisodiy sud mol-mulkni uning qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda sotish toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
24. Mol-mulkni qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda sotish oldi-sotdi shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi, shartnoma u tuzilgan paytdan boshlab oʻn kun mobaynida dastlabki badal toʻlanishini nazarda tutadi. Bunda dastlabki badal miqdori mol-mulk qiymatining kamida 15 foizini tashkil qilishi kerak.
25. Mol-mulkni qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda sotishning umumiy muddati bir yildan oshmasligi kerak. Mol-mulk qiymatiga koʻra uni qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda sotishning quyidagi muddatlari belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravariga teng boʻlganda — uch oygacha;
mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha teng boʻlganda — uch oydan olti oygacha;
mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan ming baravarigacha teng boʻlganda — olti oydan toʻqqiz oygacha;
mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ming baravaridan yuqori boʻlganda — toʻqqiz oydan bir yilgacha.
(25-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda sotiladigan mol-mulk qiymatini toʻlash oldi-sotdi shartnomasiga ilova qilinadigan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Sotuvchida shartnomada belgilangan summani muddatidan oldin toʻliq hajmda toʻlash huquqi saqlanib qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Bankrot korxonaning qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda sotilgan mol-mulkini sotib oluvchi tomonidan sotib olish muddati oldi-sotdi shartnomasi shartlariga muvofiq tugatish ishlari muddatidan oshgan taqdirda sud boshqaruvchisi tugatish ishlarini tugallashni va bankrot korxonani reyestrdan chiqarishni tugatish ishlarini tashkil etish, oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar majburiy toʻlangandan va bankrot korxonaning “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni 150-moddasida belgilangan majburiyatlari birinchi navbatda bajarilgandan keyin amalga oshiradi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Sotuv summasi navbatda turgan barcha kreditorlarning talablarini toʻliq qondirish uchun yetishmagan taqdirda ikkinchi va keyingi navbatdagi qarzlarini uzish jadvali “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 150-moddasining oltinchi va yettinchi qismlariga muvofiq tuziladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
28. Bankrot korxonaning ikkinchi va undan keyingi navbatdagi kreditorlar talablarini qondirish sotib oluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 322-moddasiga muvofiq bevosita ularning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Dastlabki badal toʻlangandan keyin mol-mulk sotib oluvchiga beriladi. Tugatuvchi boshqaruvchi tomonidan mol-mulkni berish va uni sotib oluvchi tomonidan qabul qilib olish tomonlar imzolaydigan topshirish-qabul qilib olish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 32-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Sotib oluvchida mulk egasi huquqi mol-mulk qiymati toʻliq toʻlangandan keyin tuzilgan roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomaga muvofiq, zarur hollarda amaldagi qonunchilikka muvofiq boshlanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 15-bobi (“Mulk huquqining vujudga kelishi va uning bekor boʻlishi”).
Oldingi tahrirga qarang.
31. Mol-mulkning qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda oldi-sotdi shartnomasi imzolangan paytdan boshlab tugatuvchi boshqaruvchining kreditorlar bilan oʻzaro munosabatlari, ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan hollarda alohida shartnoma bilan rasmiylashtiriladi, unda kelgusidagi xarajatlar (shu jumladan tugatuvchi boshqaruvchining haqi) miqdori, ularni toʻlash tartibi va muddatlari koʻrsatiladi, keyinchalik u iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Mulkni qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda sotishdan olingan mablagʻlar tugatish hisob raqamiga tushganda tugatuvchi boshqaruvchi toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan navbat boʻyicha kreditorlar talablarini qondiradi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Mol-mulkning qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan holda oldi-sotdi shartnomasi sotib oluvchining tashabbusi bilan bekor qilingan taqdirda mol-mulk belgilangan tartibda qaytariladi. Bunda sotib oluvchi ushbu shartnomaning bekor qilinishi oqibatida koʻrilgan zararlarni qonunchilikka muvofiq toʻlashi shart.
qaytarilgan mol-mulk tugatuvchi boshqaruvchi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda qaytadan savdolarga qoʻyiladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 29-bobi (“Oldi-sotdi”).
V. Mol-mulkni sotish boʻyicha bitishuvlarni rasmiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
34. Savdolarda tuzilgan bitishuvlar qonunchilikka muvofiq rasmiylashtiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 9-bobi (“Bitimlar”).
Oldingi tahrirga qarang.
35. Savdolar qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish shartlari va savdolarni yuritish qoidalari, tuzilgan bitishuvlar boʻyicha zakalatlar miqdorlari, tuzilgan shartnomalar (kontraktlar)ni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi, shuningdek savdolar qatnashchilarining javobgarlik shartlari hamda belgilangan qoidalar va majburiyatlarning qatnashchilar tomonidan buzilganligi uchun neustoykalar (jarimalar, penyalar) miqdorlari savdolarning tashkilotchilari tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda belgilanadi va shartnomada qayd etiladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24-bobi (“Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik”).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 4-avgustdagi 185-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y.,30-31-son,235-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 62-modda; 17-18-son, 148-modda; 2004-y., 3-son, 32-modda; 7-son, 82-modda; 2005-y., 30-31-son, 235-modda; 32-33-son, 251-modda; 34-36-son, 263-modda; 2006-y., 1-son, 2-modda; 2008-y., 52-son, 522-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda, 44-45-son, 385-modda; 2011-y., 50-son, 518-modda; 2012-y., 8-9-son, 83-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2015-y., 13-son, 157-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)