

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Latn-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/uz/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2376551" id="onLBC-2376551">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6116"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;</span></div><div id="LBC7296"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-2376551" id="onLS-2376551">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;</span></div><div id="LS3745"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]</span></div></div></div><div class="OFFICIAL_SOUR_TEXT"><label id="s9496"></label><div name="-2376982" id="-2376982"><a href="/uz/files/-2376971.pdf">PDF-faylidagi rasmiy manba</a></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2376555" id="-2376555">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2376556" id="-2376556">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2376557" id="-2376557">Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini oʻrganishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2376558" id="-2376558"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376559" id="-2376559">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son <a href="/uz/acts/-2105019">qaroriga </a>muvofiq hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish samaradorligini baholash uchun taqdim etiladigan axborotlarning sifati va ishonchliligini muntazam oʻrganishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376560" id="-2376560">1. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini oʻrganishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/uz/acts/-2376551#-2376576">ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2376561" id="-2376561"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3713032" id="edi-3713032"><a href="/uz/acts/-2376551?ONDATE=28.04.2014 00#-3713031">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3713032" id="-3713032"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3713033" id="-3713033">2. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3713034" id="-3713034">(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli <a href="/uz/acts/-3696385?ONDATE=23.04.2018 00#-3697141">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376562" id="-2376562">axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etish va rivojlantirishning holatini oʻrganishlarning sifatli oʻtkazilishini hamda ularning natijalari xolisona baholanishini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376565" id="-2376565">davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining har biri boʻyicha oʻrganish savolnomalarini ishlab chiqishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirishga doir Hukumat qarorlarida ularning oldiga qoʻyilgan vazifalar va talablarning aks ettirilishini taʼminlasin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2376566" id="-2376566"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2698720" id="edi-2698720"><a href="/uz/acts/-2376551?ONDATE=28.04.2014 00#-2698719">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2698720" id="-2698720"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2698721" id="-2698721">3. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2698722" id="-2698722">(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli <a href="/uz/acts/-2692296?ONDATE=06.07.2015 00#-2692703">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3720523" id="edi-3720523"><a href="/uz/acts/-2376551?ONDATE=28.04.2014 00#-2376569">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3720523" id="-3720523"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3720537" id="-3720537">Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiyaning oʻrganishlarni sifatli oʻtkazishga doir faoliyati muvofiqlashtirilishini;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3720547" id="-3720547">(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli <a href="/uz/acts/-3696385?ONDATE=23.04.2018 00#-3697143">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376570" id="-2376570">oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalari boʻyicha har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etish va rivojlantirishning holati toʻgʻrisida axborot kiritilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376571" id="-2376571">4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2376572" id="-2376572">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2376573" id="-2376573">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2376574" id="-2376574">2014-yil 23-aprel,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2376575" id="-2376575">102-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2376576" id="-2376576"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2376577" id="-2376577">Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-apreldagi 102-son <a href="/uz/acts/-2376551">qaroriga</a><br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2376578" id="-2376578">Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini oʻrganishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2376579" id="-2376579"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2376580" id="-2376580"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2376581" id="-2376581">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376582" id="-2376582">1. Ushbu Nizom axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishning holatini, shuningdek NIS.UZ tizimiga taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini oʻrganishni amalga oshirish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2376583" id="-2376583"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3719559" id="edi-3719559"><a href="/uz/acts/-2376551?ONDATE=28.04.2014 00#-3719557">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3719559" id="-3719559"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3719573" id="-3719573">2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishning holatini, shuningdek NIS.UZ tizimiga taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini oʻrganish Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) tomonidan oʻtkaziladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3719579" id="-3719579">(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli <a href="/uz/acts/-3696385?ONDATE=23.04.2018 00#-3697144">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376585" id="-2376585">Zarur hollarda, oʻtkaziladigan oʻrganishlarda qatnashishga davlat organlarining, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlari belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376586" id="-2376586">3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376588" id="-2376588"><strong>axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (keyingi oʻrinlarda AKT deb ataladi)</strong> — axborotni yaratish, uzatish, ishlash va boshqarish bilan bogʻliq texnologiyalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376589" id="-2376589"><strong>oʻrganish</strong> — AKTni davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishning holatini, shuningdek NIS.UZ tizimiga taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan tadbir;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376590" id="-2376590"><strong>Inspeksiyaning mansabdor shaxsi </strong>— oʻrganishni oʻtkazishga Inspeksiya buyrugʻi bilan tayinlanadigan mutaxassis;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376591" id="-2376591"><strong>NIS.UZ tizimi </strong>— AKTni davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishning holati toʻgʻrisidagi axborotni qabul qilish, ishlash va saqlash uchun moʻljallangan idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376592" id="-2376592">4. Ushbu Nizom talablari maxsus maqsaddagi axborot-kommunikatsiya tizimlariga va davlat sirlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga ega boʻlgan axborotlashtirish obyektlariga tatbiq etilmaydi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2376604" id="-2376604">II. Oʻrganishlarni oʻtkazishning maqsadi va vazifalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376605" id="-2376605">5. AKTni joriy etish va rivojlantirishning holatini, NIS.UZ tizimiga taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini aniqlash, shuningdek AKTni davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish oʻrganishni oʻtkazishning maqsadi hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376606" id="-2376606">6. Quyidagilar oʻrganishni oʻtkazishning vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376607" id="-2376607">AKTni davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida samarali joriy etish va rivojlantirishning joriy holatini tahlil qilish va bunga toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376608" id="-2376608">NIS.UZ tizimiga davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini aniqlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376609" id="-2376609">davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda AKTni joriy etish va rivojlantirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376610" id="-2376610">amalga oshirilayotgan loyihalar va koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholashni hisobga olgan holda, AKTni davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishni davom ettirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2376611" id="-2376611">III. Oʻrganishni tashkil etish va oʻtkazish</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2698723" id="edi-2698723"><a href="/uz/acts/-2376551?ONDATE=28.04.2014 00#-2376612">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2698723" id="-2698723"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2698724" id="-2698724">7. Oʻrganishni tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan oʻrganishlarni oʻtkazish jadvali tasdiqlanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2698727" id="-2698727">(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli <a href="/uz/acts/-2692296?ONDATE=06.07.2015 00#-2692706">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376613" id="-2376613">8. Oʻrganishlarni oʻtkazish jadvali:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376614" id="-2376614">AKTni NIS.UZ tizimi orqali davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirish samaradorligini har chorakda oʻtkaziladigan baholash natijalari;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3402221" id="edi-3402221"><a href="/uz/acts/-2376551?ONDATE=28.04.2014 00#-2376615">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3402221" id="-3402221"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3402222" id="-3402222">“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi takliflari;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3402223" id="-3402223">(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-oktabrdagi 838-sonli <a href="/uz/acts/-3383538?ONDATE=18.10.2017 00#-3386610">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376616" id="-2376616">ilgari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar rejalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi monitoringi natijalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376617" id="-2376617">huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarning, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining talablari va takliflari asosida shakllantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376618" id="-2376618">9. Oʻrganishlarni oʻtkazish jadvali har chorakning ikkinchi oyidan boshlab uch oylik davr uchun tuziladi va joriy chorak birinchi oyining 10-kunigacha tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376619" id="-2376619">Huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarning, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining talabi va takliflariga koʻra oʻrganishlarni oʻtkazish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2698728" id="edi-2698728"><a href="/uz/acts/-2376551?ONDATE=28.04.2014 00#-2376620">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2698728" id="-2698728"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2698729" id="-2698729">Oʻrganishlarni oʻtkazishning tasdiqlangan jadvali (jadvalga oʻzgartirishlar) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Inspeksiyaning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2698731" id="-2698731">(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli <a href="/uz/acts/-2692296?ONDATE=06.07.2015 00#-2692709">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2698732" id="edi-2698732"><a href="/uz/acts/-2376551?ONDATE=28.04.2014 00#-2376621">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2698732" id="-2698732"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2698733" id="-2698733">10. Oʻrganishlarni oʻtkazish jadvaliga rioya etish yuzasidan monitoring Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2698734" id="-2698734">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli <a href="/uz/acts/-2692296?ONDATE=06.07.2015 00#-2692709">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376622" id="-2376622">11. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar — ularda xizmat guvohnomasi yoki shaxsini (lavozimini) tasdiqlovchi boshqa hujjat mavjud boʻlgan taqdirda oʻrganishga qoʻyiladilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376623" id="-2376623">12. Oʻrganishlarni oʻtkazish jadvali hamda oʻrganishni oʻtkazishning aniq muddatlari, Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar tarkibi, shuningdek oʻrganishni oʻtkazish savolnomasini nazarda tutuvchi Inspeksiya buyrugʻi oʻrganishni oʻtkazish uchun asos hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376626" id="-2376626">13. Oʻrganishni oʻtkazishning boshlanishi toʻgʻrisidagi xabarnomani Inspeksiya yozma shaklda, oʻn ish kunidan kechikmay davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376628" id="-2376628">14. Mutaxassislar va ekspertlar oʻrganishga shartnoma asosida jalb etilgan taqdirda ularni jalb etish boʻyicha xarajatlar Inspeksiya mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5993510" id="edi-5993510"><a href="/uz/acts/-2376551?ONDATE=28.04.2014 00#-2376630">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5993510" id="-5993510"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5993515" id="-5993515">15. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar oʻrganish davomida oʻzlariga maʼlum boʻlgan konfidensial axborotni oshkor qilganligi uchun qonunchilikka muvofiq javob beradilar. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5993525" id="-5993525">(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/uz/acts/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938962">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376632" id="-2376632">16. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbariga (rahbar boʻlmagan taqdirda — rasmiy ravishda uning vazifasini bajarayotgan shaxsga) oʻrganishlarni oʻtkazishning tasdiqlangan jadvalidan koʻchirma va Inspeksiya buyrugʻining nusxasi beriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376634" id="-2376634">17. Oʻrganish xolisonalik va qonuniylik tamoyillari asosida oʻtkaziladi, u davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ish rejimiga taʼsir koʻrsatmasligi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376637" id="-2376637">18. Oʻrganishni oʻtkazishda rasmiy veb-saytning qonunchilik talablariga muvofiqligi, davlat interaktiv xizmatlari koʻrsatilishining sifati, axborot tizimlarini, axborot resurslarini va elektron hujjatlar aylanishini joriy etish, axborot xavfsizligini taʼminlash, ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini tashkil etish darajasi, AKTni joriy etish va rivojlantirish uchun masʼul shaxslarning mavjudligi/tayinlanganligi, shuningdek oʻtkazilgan oʻrganishlarning natijalarini (AKTni joriy etish va rivojlantirishning joriy holatini) NIS.UZ tizimiga taqdim etilgan axborot bilan taqqoslash yoʻli orqali NIS.UZ tizimiga taqdim etilayotgan axborotning sifati va ishonchliligi masalalari hamda Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq uning vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar koʻrib chiqiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376639" id="-2376639">19. Oʻrganishni oʻtkazish davomida davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376640" id="-2376640">20. Oʻrganishlarni oʻtkazish muddatlari ularni oʻtkazish jadvalida nazarda tutilgan muddatlarga muvofiq boʻlishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2376642" id="-2376642">IV. Oʻrganish natijalarini rasmiylashtirish va oʻrganish yakunlari boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376643" id="-2376643">21. AKTni davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishni oʻrganish natijalari yozma shaklda, maʼlumotnoma tarzida, ikki nusxada rasmiylashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376644" id="-2376644">Oʻrganish natijalari boʻyicha maʼlumotnoma Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar, shuningdek AKTni oʻrganilayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etish va rivojlantirish uchun masʼul shaxslar (keyingi oʻrinlarda masʼul shaxslar deb ataladi) tomonidan imzolanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2698735" id="edi-2698735"><a href="/uz/acts/-2376551?ONDATE=28.04.2014 00#-2376646">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2698735" id="-2698735"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2698738" id="-2698738">Zarurat boʻlganda, oʻrganish natijalari qoʻshma yigʻilishlarda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining masʼul shaxslari, rahbarlari hamda Inspeksiya va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari ishtirokida muhokama qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2698739" id="-2698739">(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli <a href="/uz/acts/-2692296?ONDATE=06.07.2015 00#-2692709">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376647" id="-2376647">Masʼul shaxslar oʻrganish natijalari boʻyicha maʼlumotnomani imzolashni rad etishganda imzolashni rad etganlik toʻgʻrisida Inspeksiyaning mansabdor shaxslari tomonidan dalolatnoma tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376648" id="-2376648">22. Maʼlumotnomaning bir nusxasi, shuningdek mavjud boʻlgan taqdirda — rad etish toʻgʻrisidagi dalolatnomaning nusxasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organining rahbariga (rahbar boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini rasmiy ravishda bajaruvchi shaxsga) taqdim etiladi. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2698740" id="edi-2698740"><a href="/uz/acts/-2376551?ONDATE=28.04.2014 00#-2376649">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2698740" id="-2698740"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2698741" id="-2698741">23. Inspeksiya oʻrganish tugagandan keyin besh ish kuni mobaynida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tegishli xulosani, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organiga esa — ushbu xulosaning nusxasini kiritadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2698742" id="-2698742">(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli <a href="/uz/acts/-2692296?ONDATE=06.07.2015 00#-2692709">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2376650" id="-2376650"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2698744" id="edi-2698744"><a href="/uz/acts/-2376551?ONDATE=28.04.2014 00#-2698743">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2698744" id="-2698744"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2698745" id="-2698745">24. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda, oʻrganishlar yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga hamda AKTni joriy etish va yanada rivojlantirishga doir tadbirlar rejalarini (keyingi oʻrinlarda tadbirlar rejalari deb ataladi) ishlab chiqadilar va ikki hafta muddatda tasdiqlaydilar hamda kelgusida ularning bajarilishi monitoringini yuritish uchun Inspeksiyaga taqdim etadilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2698747" id="-2698747">(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli <a href="/uz/acts/-2692296?ONDATE=06.07.2015 00#-2692709">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376652" id="-2376652">Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tadbirlar rejalarida nazarda tutilgan muddatlarda inspeksiyaga ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadilar.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2698750" id="edi-2698750"><a href="/uz/acts/-2376551?ONDATE=28.04.2014 00#-2376653">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2698750" id="-2698750"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2698751" id="-2698751">Tadbirlar rejalarini bajarish muddatlari asoslangan sabablar mavjud boʻlgan taqdirda, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda uzaytirilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2698753" id="-2698753">(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli <a href="/uz/acts/-2692296?ONDATE=06.07.2015 00#-2692709">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2376654" id="-2376654"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2698755" id="edi-2698755"><a href="/uz/acts/-2376551?ONDATE=28.04.2014 00#-2698754">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2698755" id="-2698755"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2698757" id="-2698757">25. Inspeksiya taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida tadbirlar rejalarining bajarilishi doimiy monitoringini yuritadi va tahlil qiladi, ularning natijalari boʻyicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tegishli xulosa taqdim etadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2698758" id="-2698758">(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli <a href="/uz/acts/-2692296?ONDATE=06.07.2015 00#-2692709">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376655" id="-2376655">Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda, Inspeksiya tadbirlar rejalari bandlari bajarilganligining ishonchliligini aniqlash uchun monitoring va tahlilni joyiga borgan holda oʻtkazishi mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2698760" id="edi-2698760"><a href="/uz/acts/-2376551?ONDATE=28.04.2014 00#-2376656">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2698760" id="-2698760"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2698761" id="-2698761">26. Tadbirlar rejalari davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻz vaqtida yoki sifatli bajarilmagan taqdirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Inspeksiyaning tegishli xulosasi asosida ularga nisbatan tadbirlar rejalarini bajarish boʻyicha kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2698762" id="-2698762">Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan koʻrsatmalar bajarilmagan taqdirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oʻz vakolati doirasida tegishli qarorlar qabul qilishi mumkin. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2698763" id="-2698763">(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli <a href="/uz/acts/-2692296?ONDATE=06.07.2015 00#-2692709">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376658" id="-2376658">27. Oʻrganishni oʻtkazish davrida NIS.UZ tizimiga taqdim etilgan axborotning ishonchsizligi tasdiqlangan yoki aniqlangan taqdirda Inspeksiyaning mansabdor shaxslari tomonidan AKTni joriy etish va rivojlantirish joriy holatining NIS.UZ tizimiga taqdim etilgan axborotga nomuvofiqligi toʻgʻrisida uch nusxada dalolatnoma tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376659" id="-2376659">Dalolatnoma Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar, shuningdek masʼul shaxslar tomonidan imzolanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376661" id="-2376661">Masʼul shaxslar dalolatnomani imzolashdan bosh tortishgan taqdirda imzolashni rad etish toʻgʻrisida Inspeksiyaning mansabdor shaxslari tomonidan tegishli dalolatnoma tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376662" id="-2376662">Dalolatnomaning bir nusxasi, shuningdek mavjud boʻlgan taqdirda — rad etish toʻgʻrisidagi dalolatnomaning nusxasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organining rahbariga (rahbar boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini rasmiy ravishda bajaruvchi shaxsga) taqdim etiladi. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2698764" id="edi-2698764"><a href="/uz/acts/-2376551?ONDATE=28.04.2014 00#-2376663">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2698764" id="-2698764"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2698765" id="-2698765">Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi bir ish kuni mobaynida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2698766" id="-2698766">(27-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli <a href="/uz/acts/-2692296?ONDATE=06.07.2015 00#-2692709">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2698767" id="edi-2698767"><a href="/uz/acts/-2376551?ONDATE=28.04.2014 00#-2376664">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2698767" id="-2698767"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2698768" id="-2698768">28. AKTni joriy etish va rivojlantirish joriy holatining NIS.UZ tizimiga taqdim etilgan axborotga nomuvofiq ekanligi aniqlangan taqdirda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari dalolatnoma olingan vaqtdan boshlab uch kun muddatda NIS.UZ tizimiga taqdim etilgan ishonchsiz axborotni bartaraf etishi va NIS.UZ tizimidagi axborot tuzatilganligi toʻgʻrisida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini xabardor qilishi shart. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2698769" id="-2698769">(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli <a href="/uz/acts/-2692296?ONDATE=06.07.2015 00#-2692709">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2698771" id="edi-2698771"><a href="/uz/acts/-2376551?ONDATE=28.04.2014 00#-2376665">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2698771" id="-2698771"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2698774" id="-2698774">29. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi NIS.UZ tizimiga tuzatish kiritilgandan keyin uch kun muddatda takroriy tahlil oʻtkazadi hamda tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organining AKTni joriy etish samaradorligi boʻyicha yangi reyting bahosini aniqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2698777" id="-2698777">Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki kun mobaynida yangi reyting bahosi natijasini Vazirlar Mahkamasi komplekslarining tegishli rahbarlariga kiritadi va uni izoh bilan birga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2698779" id="-2698779">(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli <a href="/uz/acts/-2692296?ONDATE=06.07.2015 00#-2692709">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2698783" id="edi-2698783"><a href="/uz/acts/-2376551?ONDATE=28.04.2014 00#-2376667">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2698783" id="-2698783"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2698785" id="-2698785">30. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan NIS.UZ tizimida taqdim etilgan ishonchsiz axborot bartaraf etilmagan taqdirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qonunchilikka muvofiq oʻz vakolati doirasida choralar koʻradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2698786" id="-2698786">(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli <a href="/uz/acts/-2692296?ONDATE=06.07.2015 00#-2692709">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2376668" id="-2376668">V. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda Inspeksiyaning huquq va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376669" id="-2376669">31. Oʻrganish oʻtkazilayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376670" id="-2376670">oʻrganish oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi tegishli axborotga ega boʻlish;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2698787" id="edi-2698787"><a href="/uz/acts/-2376551?ONDATE=28.04.2014 00#-2376671">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2698787" id="-2698787"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2698788" id="-2698788">Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga oʻrganishlarni oʻtkazish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha asoslangan takliflar taqdim etish;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2698789" id="-2698789">(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli <a href="/uz/acts/-2692296?ONDATE=06.07.2015 00#-2692709">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376672" id="-2376672">mansabdor shaxslardan oʻrganishni oʻtkazish uchun asos hisoblanadigan hujjatlarni, Inspeksiya mansabdor shaxslarining, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlarning xizmat guvohnomalarini, shuningdek oʻrganish davomida koʻrib chiqiladigan masalalar roʻyxatini koʻrsatishini talab qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376673" id="-2376673">oʻrganishlarni oʻtkazish uchun asoslarga ega boʻlmagan shaxslarni oʻrganishni oʻtkazishga qoʻymaslik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376674" id="-2376674">Inspeksiya mansabdor shaxslarining oʻrganish predmetiga taalluqli boʻlmagan masalalar boʻyicha materiallar bilan tanishishini rad etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376675" id="-2376675">oʻrganishlar tugagandan soʻng Inspeksiyaning mansabdor shaxslardan oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning bir nusxasini olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376676" id="-2376676">Inspeksiyaning va uning mansabdor shaxslarining oʻrganishlari, xatti- harakatlari va buyruqlari (farmoyishlari) natijalari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376677" id="-2376677">32. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari quyidagilarga majbur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376678" id="-2376678">Inspeksiyaning mansabdor shaxslari talabiga koʻra oʻrganishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan materiallar va hujjatlarni koʻrsatish, ularni obyektlarga kiritish, ularga oʻz vazifalarini bajarishda koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376679" id="-2376679">har chorakda AKTni joriy etish va rivojlantirishning holati toʻgʻrisidagi sifatli va ishonchli axborotni NIS.UZ tizimiga kiritish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376680" id="-2376680">33. Inspeksiya va uning mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376681" id="-2376681">oʻtkaziladigan oʻrganishlarda qatnashish uchun davlat organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini belgilangan tartibda jalb etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376682" id="-2376682">davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan oʻrganishni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan materiallar va hujjatlarni taqdim etishni, shuningdek oʻrganish predmeti doirasida tegishli obyektlarga kiritish taʼminlanishini talab qilish;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2698790" id="edi-2698790"><a href="/uz/acts/-2376551?ONDATE=28.04.2014 00#-2376683">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2698790" id="-2698790"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2698791" id="-2698791">Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga, buning uchun obyektiv asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, oʻrganishni oʻtkazish muddatini qayta koʻrib chiqish haqida taklif kiritish.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2698792" id="-2698792">(33-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli <a href="/uz/acts/-2692296?ONDATE=06.07.2015 00#-2692709">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376684" id="-2376684">Inspeksiya mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasidagi talablari oʻrganilayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi majburiydir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376685" id="-2376685">34. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, oʻrganishga jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar quyidagilarga majbur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376686" id="-2376686">davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻrganishni oʻtkazish huquqi uchun zarur hujjatlarni taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376687" id="-2376687">davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organining joriy ishlariga toʻsqinlik qilmaslik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376688" id="-2376688">normativ-huquqiy hujjatlarning oshkor qilinmaydigan konfidensial axborot boʻyicha talablariga qatʼiy rioya etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376689" id="-2376689">oʻtkazilgan oʻrganish natijalari boʻyicha yozma shaklda maʼlumotnoma rasmiylashtirish hamda uning bir nusxasini davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organiga taqdim etish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2376690" id="-2376690">VI. Yakunlovchi qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2376691" id="-2376691">35. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari ushbu Nizomning norma va talablariga rioya etilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-2376981" id="-2376981">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 17-son, 195-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
