

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Latn-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/uz/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="OFFICIAL_SOUR_TEXT"><label id="s9496"></label><div name="-2352060" id="-2352060"><a href="/uz/files/-2351130.pdf">PDF-faylidagi rasmiy manba</a></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2351078" id="-2351078">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2351079" id="-2351079">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2351080" id="-2351080">Qishloq vrachlik punktlarini yanada maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2351081" id="-2351081"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351082" id="-2351082">Sogʻliqni saqlash sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qishloq joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish tizimini takomillashtirish, qishloq aholisiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifati va samaradorligini tubdan oshirish, qishloq vrachlari va oʻrta tibbiyot xodimlarining masʼuliyatini va kasb faoliyati natijadorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351083" id="-2351083">1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351084" id="-2351084">qurilish normalari va qoidalariga muvofiq boʻlmagan moslashtirilgan binolarda joylashtirilgan hamda foydalanish xavfsizligi talablariga javob bermaydigan 1-ilovaga<a href="/uz/acts/-2350290#-2351919">*</a> muvofiq 243 ta kam quvvatli va samarasiz ishlayotgan qishloq vrachlik punktlarini tugatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351085" id="-2351085">respublika mintaqalari boʻyicha qishloq vrachlik punktlari tarmoqlarini 2-ilovaga<a href="/uz/acts/-2350290#-2351919">*</a> muvofiq maqbullashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351086" id="-2351086">markaziy tuman koʻp tarmoqli poliklinikalarida xodimlarning umumiy soni doirasida poliklinika mudirining oʻrinbosari — qishloq vrachlik punktlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi lavozimini joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351087" id="-2351087">uzoqdagi, borish qiyin boʻlgan va choʻldagi aholi punktlarida joylashgan 3-ilovaga<a href="/uz/acts/-2350290#-2351919">*</a> muvofiq qishloq vrachlik punktlarining umumiy amaliyot vrachlariga mehnatning alohida shart-sharoitlari uchun tarif stavkasiga nisbatan 25 foiz miqdorida maxsus oylik ustamalar joriy etish;</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-2351919" id="-2351919">* 1 — 3-ilovalar <a href="/uz/acts/2350288#-2351857">rus tilidagi</a> matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351088" id="-2351088">qishloq vrachlik punktlari patronaj tibbiyot hamshiralarining uzluksiz ish staji davomiyligi uchun ustamaning eng koʻp miqdorini tarif stavkasining 20 foizidan 40 foizigacha oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351089" id="-2351089">2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi qishloq vrachlik punktlarining yangi shtat normativlarini ishlab chiqsin hamda 2014-yil 1-martdan boshlab amalga kiritsin, ularda biriktirilgan har bir oilaning qishloq vrachlik punktiga kelishi uchun shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida qishloq vrachlik punktlari patronaj tibbiyot hamshirasiga yuklamaning amaldagi normalarini kamaytirishni, shuningdek hamshiralik ishi tashkil etilishi, dori-darmonlarni hisobga olish, saqlash va ularni toʻgʻri sarflash uchun masʼul boʻlgan katta tibbiyot hamshirasi lavozimini joriy etishni nazarda tutsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351090" id="-2351090">3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2014-yil 1-apreldan boshlab respublikaning Boʻstonliq, Oʻzbekiston, Shahrisabz, Xiva va Jomboy tumanlarida eksperiment tartibida quyidagilarni nazarda tutuvchi qishloq vrachlik punktlarining patronaj tibbiyot hamshiralari ishi samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etilishini taʼminlasin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351091" id="-2351091">asosiy funksional vazifalar bajarilishining toʻliqligi – ayollar va bolalarni uyda patronaj tartibida borib koʻrish, vrachning koʻrsatmalarini bajarish, aholining sanitariya-epidemiya boʻyicha xotirjamligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni, sanitariya-gigiyena jihatidan tarbiyalash va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351092" id="-2351092">patronaj tibbiyot hamshiralari faoliyatining sifati va pirovard natijalari — profilaktika emlashlari, flyuorografik tekshirishlar bilan qamrab olish, kasallikka chalinishni pasaytirish, bolalar va onalar oʻlimi mavjud emasligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351093" id="-2351093">2014-yil 1-noyabrgacha eksperiment natijalari umumlashtirilsin va Vazirlar Mahkamasiga ish samaradorligini baholash tizimini respublikaning barcha mintaqalarida qishloq vrachlik punktlarining boshqa tibbiyot xodimlariga tatbiq etish hamda umuman qishloq vrachlik punktlari tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning toʻliqligi va sifatini baholash tizimini, uni joriy etish boʻyicha ishlarga tashkiliy-metodik rahbarlikni taʼminlagan holda joriy etish yuzasidan takliflar kiritilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351094" id="-2351094">4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tanqidiy tahlil qilish asosida ikki oy muddatda qishloq vrachlik punktlarining umumiy amaliyot vrachlari va tibbiyot hamshiralarining malakasini oshirish hamda kasbiy darajasini takomillashtirishning mukammallashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga oladigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351095" id="-2351095">tibbiyot oliy taʼlim muassasalari huzuridagi umumiy amaliyot vrachlarini tayyorlash kafedralari hamda Respublika oʻrta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazining viloyat filiallari moddiy-texnika bazasini yangilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351096" id="-2351096">viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari negizida tarmoqli kompyuter asbob-uskunalari bilan jihozlangan taʼlim berish sinflarini tashkil etgan holda joylarda umumiy amaliyot vrachlarini masofadan oʻqitish va bilimlarini baholashni joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351097" id="-2351097">yangilangan “Umumiy amaliyot vrachi” qoʻllanmasini nashr etish va ular bilan har bir qishloq vrachlik punktini taʼminlash hamda yilning har choragida nashr etiladigan “Oʻzbekiston umumiy amaliyot vrachlari axborotnomasi” jurnali tirajini koʻpaytirish, bir vaqtning oʻzida maxsus veb-saytlarda jurnal sonlarining elektron versiyasi nashr etilishini taʼminlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351098" id="-2351098">5. Belgilansinki, qishloq vrachlik punktlari tarmogʻini maqbullashtirish va qishloq vrachlik punktlari tibbiyot xodimlarining ayrim lavozimlari yuklamalari normalarini tartibga solish natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlar umumiy amaliyot vrachlari malakasini va kasbiy darajasini oshirish tizimini takomillashtirish tadbirlarini amalga oshirishga hamda sogʻliqni saqlash muassasalarining dori-darmonlari, reaktivlar, inventar va sarflash materiallari bilan taʼminlanganligini yaxshilashga yoʻnaltiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351099" id="-2351099">6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda tugatiladigan qishloq vrachlik punktlari tomonidan ilgari xizmat koʻrsatib kelingan aholini sogʻliqni saqlash birlamchi boʻgʻinining yaqin joylashgan muassasasiga biriktirish chora-tadbirlari kompleksini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda quyidagilarga alohida eʼtiborni qaratsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351100" id="-2351100">qishloq vrachlik punktlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida aholini keng xabardor qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351101" id="-2351101">yangidan biriktiriladigan aholi kontingenti uchun vrachlar tomonidan malakali tibbiy yordami koʻrsatilishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351102" id="-2351102">tugatilayotgan qishloq vrachlik punktlarining tibbiy uskunalari va boshqa mol-mulki saqlanishini, berilishini va ulardan samarali foydalanilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351103" id="-2351103">maqbullashtirish natijasida boʻshab qoladigan qishloq vrachlik punktlari xodimlarini ishga joylashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351104" id="-2351104">qoʻshimcha ravishda biriktiriladigan aholi kontingentini hisobga olgan holda sogʻliqni saqlash birlamchi boʻgʻini muassasalarini oʻz vaqtida moliyalashtirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351105" id="-2351105">7. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi <a href="/uz/acts/-941878?ONDATE=21.12.2005 00#-944208">Nizomga</a> <a href="/uz/acts/-2350290#-2351111">4-ilovaga</a> muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351106" id="-2351106">8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2351107" id="-2351107">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2351108" id="-2351108">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2351109" id="-2351109">2014-yil 5-mart,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2351110" id="-2351110">50-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2351111" id="-2351111"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2351112" id="-2351112">Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-martdagi 50-son <a href="/uz/acts/-2350290">qaroriga</a> <br />4-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2351114" id="-2351114">Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2351113" id="-2351113"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351115" id="-2351115">1. 24-bandning <a href="/uz/acts/-941878?ONDATE=21.12.2005 00#-944284">toʻrtinchi</a> va <a href="/uz/acts/-941878?ONDATE=21.12.2005 00#-944285">beshinchi xatboshilari</a> quyidagi tahrirda bayon qilinsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351116" id="-2351116">“qishloq vrachlik punktlari (QVP) vrachlariga va patronaj tibbiyot hamshiralariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori vrachlar uchun — 50 foiz, patronaj tibbiyot hamshiralari uchun esa — 40 foiz;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351117" id="-2351117">poliklinikalarning hududiy uchastkalari uchastka terapevtlariga, oʻsmirlar vrachlariga, uchastka pediatrlariga va uchastka tibbiyot hamshiralariga, poliklinikalardagi terapiya va pediatriya boʻlimlari mudirlariga, oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot vrachlariga, umumiy amaliyot tibbiyot hamshiralariga hamda boʻlimlari mudirlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori — 40 foiz”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351118" id="-2351118">2. Nizomga quyidagi mazmundagi 24<sup>1</sup>-band qoʻshilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2351119" id="-2351119">“24<sup>1</sup>. Qishloq vrachlik punktlarining umumiy amaliyot vrachlariga — tarif stavkasiga nisbatan 25 foiz miqdorda maxsus har oylik ustama belgilanadi”.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-2352059" id="-2352059">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 108-modda)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
