|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.08.2001
|
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston SSJ hududidagi korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
1. Oʻzbekiston SSJ hududidagi korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasining ushbu qarorini xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining barcha ijroiya qoʻmitalariga yetkazsinlar va uning bajarilishini doimiy nazoratga olsinlar.
3. Xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qoʻmitalarida shu vaqtgacha roʻyxatdan oʻtkazilmagan barcha korxonalar, tashkilotlar, shuningdek, yuridik shaxs huquqlari bilan taʼminlangan filiallar va tarkibiy boʻlinmalar 1991-yilning II-III choraklari davomida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishga majburligi maqsadga muvofiq deb topilsin.
Davlat roʻyxatidan oʻtmagan korxonalar (tashkilotlar), filiallar va tarkibiy boʻlinmalarning xoʻjalik faoliyati toʻxtatib qoʻyiladi. Roʻyxatdan oʻtkazilmagan korxonalar (tashkilotlar)ning, filiallar, tarkibiy boʻlinmalarning daromadlari noqonuniy hisoblanadi va budjetga oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston SSJ Vitse prezident Sh. MIRSAIDOV
Toshkent sh.,
1991-yil 12-iyun,
159-son
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-iyundagi 159-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston SSJ hududidagi korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Mazkur Nizom mulkiy shakllari va qaysi idoraga boʻysunishlaridan qatʼi nazar, qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston SSJ hududida ishlab chiqarish (xoʻjalik), tijorat va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar, tashkilotlar, shuningdek, yuridik shaxs huquqlari bilan taʼminlangan filiallar va tarkibiy boʻlinmalar (bundan keyin korxonalar deb ataladi)ni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
Ushbu Nizom Oʻzbekiston SSJ qonuni bilan boshqa tartib nazarda tutilgan korxonalarga taalluqli emas.
2. Korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish korxona joylashgan xalq deputatlari nohiya, shahar, shahardagi nohiya Sovetining ijroiya qoʻmitasi (bundan keyin roʻyxatga oluvchi organ deb ataladi)di amalga oshiriladi.
3. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun korxonalar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
a) davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza;
b) mulkdorning korxona tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori (yoki mulkdorlarning taʼsis yigʻilishi protokoli);
v) taʼsis shartnomasi va ustavning asl nusxalari hamda notarial tasdiqlangan bittadan nusxasi;
g) korxonaning pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat;
d) korxonani roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun belgilangan miqdordagi yigʻimning toʻlanganligi toʻgʻrisida bankning toʻlov hujjati;
e) savdo va savdo-vositachilik korxonalari yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlardan tashqari oʻzlarida oʻz ustav faoliyatiga muvofiq savdo, omborxona maydonlari va asbob-uskunalar, shu jumladan, chakana savdo korxonalari — nazorat-kassa apparatlari yoki ularni sotib olish yoxud ijaraga olish uchun mablagʻlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim etadilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
5. Korxonalarni joylardagi davlat hokimiyati organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi undiriladi. Taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun, shuningdek, korxonalar tugatilganda roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi summasining 50 foizi miqdorida toʻlov undiriladi, bu toʻlov ham mahalliy budjetga oʻtkaziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
6. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida zarur hujjatlar ilova qilingan ariza olingan paytdan boshlab 30 kundan kechikmay amalga oshiriladi. Korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar roʻyxatga olish daftariga kiritish uchun xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya qoʻmitasining moliya-soliq organiga oʻn kun muddat ichida yetkaziladi.
Roʻyxatdan oʻtkaziladigan har bir korxona uchun roʻyxatga olish daftarida alohida varaq ochiladi, unga roʻyxat grafasida (1-ilova) nazarda tutilgan maʼlumotlar yoziladi.
7. Roʻyxatdan oʻtkazilgan korxonaga roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisida order (2-ilova) beriladi.
Xususiy, kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarining mahalliy hokimliklar tomonidan yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi koʻrsatib oʻtilgan subyektlarning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida qoʻshimcha ravishda roʻyxatdan oʻtkazilmasdan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishi va vakolatli banklarda valyuta hisobvaraqasi ochishi uchun asos boʻlib hisoblanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-iyundagi 214-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
8. Korxona vakolatli davlat organlarini oʻzining pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida oʻn kun muddatda xabardor qilishga majburdir. Vakolatli davlat organlarini pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida xabardor qilmaganlik uchun korxonaning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin bir yil oʻtgach korxona roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taʼsis hujjatlarida maʼlum qilingan ustav jamgʻarmasini shakllantirish tugallanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishga majburdir. Ustav jamgʻarmasi shakllantirilmagan, biroq belgilangan eng kam miqdordan kam boʻlmagan, amalda shakllantirilgan miqdorgacha kamaytirilmagan yoki boshqacha tashkiliy-huquqiy shakllarga oʻzgartirilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ korxonalarni tugatish boʻyicha maxsus komissiyaga korxonaning bundan buyon faoliyat koʻrsatishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun taqdimnoma kiritadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
9. Korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, pochta manzili oʻzgarganligi, qayta tashkil etilganligi yoki faoliyatning asosiy turlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registriga kiritish uchun oʻn kun muddatda statistika organlariga xabar qilinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
1-ILOVA
| ______________________________ hududidagi korxonalarning | |||
|
ROʻYXATI | |||
| Roʻyxatga olish № ________ | Roʻyxat varagʻi _________________ | ||
| Korxonaning nomi ______________________________________ | |||
| Yuqori tashkilot (korxonani taʼsis etuvchi) nomi_____________ | |||
| ______________________________________________________ | |||
| Roʻyxatga olingan sana ___________________________________ | |||
| Yozuv № va roʻyxatga kiritilgan sana | Faoliyat maqsadi | Korxonaning manzilgohi | Tugatish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar |
2-ILOVA
|
KORXONANI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA DAVLAT | |
|
ORDERI _______________ | |
| |
199____ yil “__”_________ |
|
Mazkur order ______________________________________ | |
|
(xalq deputatlari mahalliy Sovetining ijroiya qoʻmitasi) | |
| ______________________________________ da roʻyxatdan | |
| oʻtgan _________________________________ ga berildi. | |
|
(korxonaning nomi) |
|
| | |
| Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana |
Roʻyxat № ____ |
| 199___ yil “__”_______ | |