Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.11.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2014-2015-yillarda va istiqbolda 2020-yilgacha suvlarni Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-426-sonli “Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi va aholisini sel toshqini va yer oʻpirilishi hodisalaridan himoya qilish boʻyicha 2013-yil uchun qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 28-fevraldagi PQ-1926-son qarorini bajarish yuzasidan hamda toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar samaradorligini oshirish, aholini va iqtisodiyot tarmoqlarining ijtimoiy obyektlarini toshqin va xavfli sel hodisalarining salbiy taʼsiridan himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-fevraldagi PQ-1926-son qarori doirasida qirgʻoqni mustahkamlash va boshqa tarzda himoya qilishning birinchi navbatdagi tadbirlarini soʻzsiz bajarish boʻyicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Jizzax, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimlariga yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish taʼminlanmaganligi koʻrsatib oʻtilsin.
2. 2014-2015-yillarda va istiqbolda 2020-yilgacha suvlarni Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborish dasturi maʼqullansin. Dasturda quyidagilar nazarda tutiladi:
2014-2015-yillarda sel va toshqin suvlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga qarashli suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash ishlarining prognoz parametrlari (foydalanish xarajatlari hisobiga) 1-ilovaga* muvofiq;
2015-yilda sel va toshqin suvlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga qarashli suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash ishlarining prognoz parametrlari (kapital qoʻyilmalar hisobiga) 2-ilovaga* muvofiq;
2014-2015-yillarda sel va toshqin suvlarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash ishlarining prognoz parametrlari (kapital qoʻyilmalar hisobiga) 3-ilovaga* muvofiq;
2014-2015-yillarda sel va toshqin suvlarini boshqa vazirliklar va idoralarga qarashli suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash ishlarining prognoz parametrlari (oʻz mablagʻlari hisobiga) 4-ilovaga* muvofiq;
istiqbolda 2016 — 2020-yillar davrida suvlarni Oʻzbekiston Respublikasining suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishning asosiy parametrlari 5-ilovaga* muvofiq.
*1—5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
vazirliklar va idoralarning oʻz mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash ishlarini bajarishni moliyalashtirishning manbalari etib belgilansin.
4. Belgilansinki, tasarrufida suv xoʻjaligi obyektlari boʻlgan vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
tegishli ishlar bajarilishining buyurtmachilari hisoblanadilar;
ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi va manzilli dastur bajarilishi uchun javob beradilar.
5. Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari, shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralar har yili 2014-2015-yillarda va istiqbolda 2020-yilgacha suvlarni Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborish dasturi doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tarmoq jadvallari belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasinlar, ular oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda toshqin suvlari va sel oqimlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari boʻylab barqaror va xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda vazirliklar, idoralarning xarajatlari smetasida, shuningdek viloyatlar hokimliklarining mahalliy budjetlari parametrlarida 1 va 3-ilovalarga kiritilgan obyektlar boʻyicha tadbirlarni bajarishga zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2014-yil va keyingi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda buyurtmachilarning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha 2, 3, 5-ilovalarga kiritilgan obyektlar boʻyicha ishlarni bajarishni moliyalashtirishga buyurtmachilarga har yili ajratiladigan limitlar doirasida budjet mablagʻlarini nazarda tutsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda manzilli dasturga kiritilgan loyihalar amalga oshirilishi ustidan obyektma-obyekt monitoring oʻrnatsin va har oyda tegishli axborotni toshqin suvlari va sel oqimlarini xavfsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash, qor koʻchkisi va yer oʻpirilishi hodisalari xavfini pasaytirish boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritsinlar.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 21-yanvar,
13-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 4-son, 49-modda)