

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Latn-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/uz/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2099038" id="-2099038">Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi oʻrtasida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2099039" id="-2099039">Shartnoma</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2099040" id="-2099040">UShLAB BERISh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-2099041" id="-2099041">2000-yil 2-may, Dehli </div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-2099042" id="-2099042">Mazkur Shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 31-avgustdagi 127-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi oʻrtasida ushlab berish toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi <a href="/uz/acts/-51248">Qarori </a>bilan ratifikatsiya qilingan.</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-2099043" id="-2099043">(2002-yil 22-maydan kuchga kirgan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2099044" id="-2099044"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099045" id="-2099045">Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099046" id="-2099046">jinoiy huquqbuzarlikni amalga oshirgan shaxslarni oʻzaro ushlab berish toʻgʻrisida quyidagi qoidalarni qabul qilish orqali har ikkala Tomonning jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi hamkorlik samaradorligini oshirish niyatida,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099048" id="-2099048">jinoyatchilikning oldini olish va terrorizmga qarshi kurashda konkret tadbirlarni amalga oshirish zarurligini eʼtirof etib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099049" id="-2099049">quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099050" id="-2099050">1-modda.<br />Ushlab berish majburiyati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099051" id="-2099051">1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu Shartnomada koʻzda tutilgan holat va shartlarga muvofiq huquqbuzarlikda ayblanayotgan yoki hukm qilingan, soʻrayotgan Tomon hududida ushbu Shartnomaning <a href="/uz/acts/-2099034#-2099055">2-moddasida </a>berilgan taʼrifga muvofiq, ushlab berishga olib keladigan huquqbuzarlikni amalga oshirgan hamda soʻralayotgan Tomon hududida boʻlib turgan shaxsni, uning ushbu huquqbuzarligi Shartnoma kuchga kirganidan avval yoki keyin amalga oshirilganidan qatʼi nazar, boshqa Ahdlashuvchi Tomonga ushlab berish majburiyatini oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099052" id="-2099052">2. Ushlab berish, agar shunday holatlarda soʻralayotgan Tomon ham yurisdiksiyaga ega boʻladigan huquqbuzarlik yuzasidan, soʻrayotgan Tomon hududidan tashqarida amalga oshirilgan, ushbu Shartnomaning <a href="/uz/acts/-2099034#-2099055">2-moddasida </a>berilgan taʼrifga muvofiq keladigan va uning yurisdiksiyasiga kiradigan huquqbuzarlik tufayli ham amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda soʻralayotgan Tomon huquqbuzarlikning qay darajada ogʻir ekanligini hisobga olgan holda, ishning barcha jihatlariga eʼtibor qaratadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099053" id="-2099053">3. Ushlab berish, shuningdek ushbu Shartnomaning <a href="/uz/acts/-2099034#-2099055">2-moddasi </a>taʼriflariga muvofiq keladigan, soʻrayotgan Tomonining fuqarosi uchinchi davlatda sodir etgan va soʻrayotgan Tomon oʻz yurisdiksiyasini huquqbuzarning fuqaroligi bilan dalillayotgan huquqbuzarlikka nisbatan, yoki soʻralayotgan Tomon hududida sodir etilgan hamda shu Tomonning qonunlariga koʻra ushlab berishga olib keladigan huquqbuzarlikka nisbatan ham amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099055" id="-2099055">2-modda.<br />Ushlab berishni taqozo etadigan huquqbuzarliklar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099056" id="-2099056">1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga koʻra kamida bir yil ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadigan huquqbuzarliklar ushbu Shartnomaga muvofiq ushlab berishni taqozo etadigan huquqbuzarliklar hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099057" id="-2099057">2. Soliq toʻlash va daromad borasidagi, shuningdek fiskal tarzdagi huquqbuzarliklar ham ushlab berishni taqozo etadigan huquqbuzarliklar hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099058" id="-2099058">3-modda.<br />Tarkibli jinoyatlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099059" id="-2099059">Ushbu Shartnomaga muvofiq, ushlab berish talab etilayotgan shaxsning qilmishi, u soʻralayotgan Tomon hududida toʻla yoki qisman amalga oshirilgan boʻlishidan qatʼi nazar, bu qilmish va uning oqibati yoxud kutilayotgan oqibati, birgalikda olib qaralganida, ikkala Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga koʻra ushlab berishni taqozo etadigan huquqbuzarliklarga nisbatan ham ushlab berish amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099060" id="-2099060">4-modda.<br />Fitna, gijgijlash, suiqasd. Gʻayrihududiy yurisdiksiya.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099061" id="-2099061">1. Ikkala Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga koʻra har qanday uchinchi shaxsning fitna, gijgijlash, suiqasdga urinish kabi qilmishlari, ushlab berishni taqozo etadigan har qanday huquqbuzarlikni boshlashi yoki unda ishtirok etishi huquqbuzarlik deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099062" id="-2099062">2. Ikkala Ahdlashuvchi Tomonning qonunlariga koʻra Ahdlashuvchi Tomonlardan birining istalgan fuqarosi uning hududidan tashqarida amalga oshirgan har qanday huquqbuzarlik ham huquqbuzarlik deb hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099063" id="-2099063">5-modda.<br />Ushlab berishni rad etish uchun asos</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099064" id="-2099064">1. Quyidagi hollarda ushlab berishni rad etish mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099065" id="-2099065">1.1 huquqbuzarlik sodir etilgan paytda shaxs soʻralayotgan Tomonning fuqarosi boʻlgan boʻlsa; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099066" id="-2099066">1.2 soʻrayotgan Tomonga bergan taqdirda u irqiy, diniy, milliy mansubiyati yoxud siyosiy qarashlari tufayli sudga tortilishi yoki jazolanishi mumkinligini isbot qilishi; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099067" id="-2099067">1.3 u soʻrayotgan Tomonga barcha holatlarni hisobga olgan holda uni ushlab berish quyidagi sabablarga koʻra nohaq va shafqatsiz boʻlishini isbotlay olsa:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099068" id="-2099068">1.3.1 soʻralayotgan Tomonning qonunlariga koʻra, jinoiy taʼqibni qoʻzgʻash yoki hukmni ijro etish uchun belgilangan muddatning oʻtib ketganligi yoxud boshqa qonuniy asos bunga yoʻl bermasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099069" id="-2099069">1.3.2 unga qoʻyilgan aybning sudga tortishga olib kelmasligi, yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099070" id="-2099070">1.4 soʻralayotgan Tomonning qonunlariga koʻra ushlab berishga yoʻl qoʻyilmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099071" id="-2099071">1.5 shaxs ayblanayotgan yoki shu asosda hukm qilingan huquqbuzarlik harbiy jinoyat boʻlib, umumiy jinoyat huquqida huquqbuzarlik sanalmasa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099072" id="-2099072">2. Agar shaxs soʻrovda koʻrsatilgan huquqbuzarlik uchun soʻralayotgan Tomonda jinoiy taʼqib etilgan hamda hukm qilingan yoki oqlangan hollarda ham uni ushlab berish rad etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099073" id="-2099073">3. Soʻrovni taqozo etgan qilmishi uchun shaxs bu Tomonning sudi tarafidan sudlanishi mumkin boʻlsa, soʻralayotgan Tomon ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovni rad etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099074" id="-2099074">4. Oʻtalayotgan jazo muddatining tutashiga olti oydan oz muddat qolgan ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov rad etilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099075" id="-2099075">6-modda.<br />Siyosiy mulohazalarga koʻra rad etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099076" id="-2099076">1. Agar huquqbuzarlik siyosiy xususiyatga ega boʻlsa, ushlab berish rad etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099077" id="-2099077">2. Ushbu Shartnomaga koʻra, quyidagi huquqbuzarliklar siyosiy xususiyatga ega huquqbuzarlik hisoblanmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099078" id="-2099078">(a) Havo kemalarini noqonuniy egallashning oldini olish toʻgʻrisida imzolash uchun Gaaga shahrida 1970-yil 16-dekabrda ochilgan konvensiyaga muvofiq huquqbuzarliklar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099079" id="-2099079">(b) Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi qaratilgan noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish toʻgʻrisida imzolash uchun Monreal shahrida 1971-yil 21-sentabrda ochilgan konvensiyaga muvofiq huquqbuzarliklar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099080" id="-2099080">(c) Xalqaro muhofazaga ega boʻlgan shaxslarga, bunga diplomatik agentlar ham kiradi, qarshi qaratilgan jinoyatlarning oldini olish va barham berish toʻgʻrisida imzolash uchun Nyu-York shahrida 1973-yil 14-dekabrda ochilgan konvensiyaga muvofiq huquqbuzarliklar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099081" id="-2099081">(d) Odamlarni garovga ushlab turishga qarshi Nyu- York shahrida 1979-yil 17-dekabrda ochilgan Xalqaro konvensiyaga muvofiq huquqbuzarliklar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099082" id="-2099082">(e) qotillik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099083" id="-2099083">(f) qasddan boʻlmagan va yengillashtiruvchi hollardagi qotillik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099084" id="-2099084">(g) jarohatlash yoki ziyon yetkazganlik, qurol-yarogʻ, xavfli moddalar ishlatgan holda yoinki boshqa biron tarzda ataylabdan yaralash va ogʻir tan jarohati yetkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099085" id="-2099085">(h) kishilar hayotiga tajovuz yoki mol-mulkka jiddiy ziyon yetkazish niyatida portlashlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099086" id="-2099086">(i) qasddan oʻzi yoki boshqalar vositasida kishilar hayotiga tajovuz yoki mol-mulkka jiddiy ziyon yetkazish niyatida portlovchi moddalarni ishlab chiqarish yoki sotib olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099087" id="-2099087">j) qasddan oʻzi yoki boshqalar vositasida kishilar hayotiga tajovuz yoki mol-mulkka jiddiy ziyon yetkazish niyatida oʻq otar qurollar va boshqa narsalarni saqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099088" id="-2099088">(k) oʻzi va boshqa kishilarni hibsga olish yoki tutishga shaxsning qarshilik qilishi va daf etish niyatida qurol ishlatishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099089" id="-2099089">(l) kishilar hayotiga tajovuz qilish yoki ularning hayotiga xavf solib turgan falokatdan qutulish imkoniyatini yoʻqqa chiqarish niyatida jamoatchilik ishlatadigan yoki boshqa maqsadda qoʻllanadigan mol-mulkka ziyon yetkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099090" id="-2099090">(m) toʻlov undirish niyatida kishilarni oʻgʻirlash, ayollar va bolalarni oʻgʻirlash, noqonuniy hibsga olish, noqonuniy ushlab turish, bunga garovga olish ham kiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099091" id="-2099091">(n) qotillikka gijgijlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099092" id="-2099092">(o) soʻralayotgan Tomonning qonunlariga muvofiq terrorizmga aloqador deb hisoblanadigan boshqa huquqbuzarliklar, siyosiy tarzdagi bundan huquqbuzarliklar mustasno, yoki;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099093" id="-2099093">(p) mazkur huquqbuzarliklarni maxfiy ravishda amalga oshirish yoki amalga oshirishga urinish yoxud shunday huquqbuzarliklarni amalga oshirgan yoki amalga oshirishga uringan shaxslarga sheriklik qilish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099094" id="-2099094">7-modda.<br />Jinoiy taʼqibni amalga oshirish majburiyati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099095" id="-2099095">1. Agar soʻralayotgan Tomon ushbu Shartnoma 5- moddasining <a href="/uz/acts/-2099034#-2099065">1.1</a> va <a href="/uz/acts/-2099034#-2099073">3-bandlarida </a>koʻrsatilgan sabablarga koʻra ushlab berishni rad etsa, u bu ishni qabul qilib olib, jinoiy taʼqibni amalga oshirish uchun oʻz vakolatli organlariga topshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099096" id="-2099096">2. Agar vakolatli organlar ushbu ish yuzasidan jinoiy taʼqibni amalga oshirmaslikka qaror qilgan boʻlsa, ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov yana ushbu Shartnomaga muvofiq koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099097" id="-2099097">8-modda.<br />Ushlab berishni kechiktirish va vaqtincha ushlab berish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099098" id="-2099098">1. Ushlab berilishi soʻralayotgan shaxs soʻralayotgan Tomon hududida boshqa jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan yoki jazoni oʻtayotgan boʻlsa, ushlab berish ish boʻyicha tadbirlar yakunlanishiga qadar, jazoni oʻtab boʻlish yoki muddatidan oldin ozod qilinishiga qadar kechiktirilishi mumkin, bu toʻgʻrida soʻrayotgan Tomonga xabar beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099099" id="-2099099">2. Ushlab berishning kechiktirilishi javobgarlikka tortish muddatining oʻtib ketishiga sabab boʻlsa yoki huquqbuzarlikni tekshirishni qiyinlashtiradigan boʻlsa, shaxs soʻrayotgan Tomonning maxsus soʻrovi boʻyicha vaqtincha ushlab berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099100" id="-2099100">3. Vaqtincha ushlab berilgan shaxs soʻralayotgan Tomonga ish boʻyicha tadbirlar tugashi bilanoq qaytarilishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099101" id="-2099101">9-modda.<br />Ushlab berish protsedurasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099102" id="-2099102">1. Ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov diplomatik kanallar orqali yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099103" id="-2099103">2. Ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099104" id="-2099104">2.1 ushlab berilishi soʻralayotgan shaxsning familiyasi va ismi (ota ismi), uning fuqaroligi, yashash yoki boʻlib turish joyi va boshqa zarur materiallar, shuningdek, iloji boʻlsa bu shaxsning ogʻzaki qiyofasi, fotorasmlari va barmoq izlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099105" id="-2099105">2.2 soʻrov ushlab berilishini taqozo etgan huquqbuzarlik tarkibining tavsifi; va</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099106" id="-2099106">2.3 tegishli qonunning:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099107" id="-2099107">2.3.1 shunday huquqbuzarlik baholangan matni; hamda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099108" id="-2099108">2.3.2 ushbu huquqbuzarlik amalga oshirilganligi uchun sanksiyasi matni ilova etilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099109" id="-2099109">3. Jinoiy taʼqibni amalga oshirish uchun ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov matniga mazkur maʼlumotlardan tashqari, soʻrayotgan Tomonning sudi yoki vakolatli organining hibsga olish uchun qarori nusxasi ilova etilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099110" id="-2099110">4. Soʻrov hukm qilingan shaxsga oid boʻlsa, unga shuningdek hukmning tasdiqlangan nusxasi hamda ushbu shaxs hukmni inkor etolmasligi xususida bayonnoma ilova qilinishi, shuningdek ushbu shaxs jazo muddatining qancha qismini oʻtamaganligi koʻrsatib oʻtilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099111" id="-2099111">5. Soʻralayotgan Tomon ushbu Shartnoma boʻyicha unga taqdim etilgan axborot yetarli emas, deb hisoblasa, tez orada qoʻshimcha axborot etilishi darkor.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099112" id="-2099112">10-modda.<br />Vaqtincha hibsga olish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099113" id="-2099113">1. Oshigʻich hollarda soʻralayotgan Tomon soʻrayotgan Tomon vakolatli organlarining diplomatik kanallar yoki Xalqaro Jinoiy Politsiya Tashkiloti INTERPOLning Milliy Markaziy Byurosi orqali bergan soʻroviga binoan oʻz qonunlariga muvofiq holda shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov olingunicha ham hibsga olishi mumkin. Bu xildagi soʻrovda ushbu shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov yuborish hamda unga tegishli hibsga olish toʻgʻrisida order yoki hukm mavjudligiga havola etilishi hamda agar mavjud boʻlsa, ushbu Shartnoma 9-moddasining <a href="/uz/acts/-2099034#-2099104">2.1</a> hamda <a href="/uz/acts/-2099034#-2099106">2.3 bandlarida </a>koʻrsatilgan maʼlumotlar, shuningdek soʻralayotgan Tomon hududida shaxs huquqbuzarlikni amalga oshirgan yoki taʼqib qilinayotgan holida hibsga olish uchun order berilishida asqotadigan boshqa axborot boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099114" id="-2099114">2. Agar ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov olinmasa, soʻrov asosida hibsga olingan shaxs hibsga olinganidan keyin 60 kunlik muddat oʻtgunicha ozod qilinishi lozim. Bu qoida keyinchalik ushbu shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov olinganidan keyingi tadbirlarini oʻtkazishga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099115" id="-2099115">11-modda.<br />Maxsus qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099116" id="-2099116">1. Ushlab berilgan shaxs soʻralayotgan Tomonning roziligisiz soʻrayotgan Tomon hududida soʻrovda koʻrsatilganidan boʻlak huquqbuzarlikni amalga oshirganligi shuningdek uni ushlab berish toʻgʻrisidagi asoslovda etilgan, dalillar asosida fosh etilgan, biroq kamroq ahamiyatli boʻlgan huquqbuzarliklar uchun jazoga tortilmasligi hamda ushbu shaxs soʻralayotgan Tomonning oldindan roziligi olinmasdan turib hech qaysi uchinchi davlatga berib yuborilmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099117" id="-2099117">2. Quyidagi hollarda soʻralayotgan Tomonning roziligini soʻrash talab etilmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099118" id="-2099118">2.1 ushlab berilgan shaxs jinoiy taʼqib, jazoni oʻtash tugaganligi yoki istalgan qonuniy asosda ozod etilganidan keyin 30 kun ichida, imkoni boʻlgani holda soʻrayotgan Tomon hududini tark etmagan boʻlsa. Berilgan shaxs soʻrayotgan Tomon hududini oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga binoan tark etish imkoni boʻlmagan vaqt bunga qoʻshilmaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099119" id="-2099119">2.2 ushlab berilgan shaxs soʻrayotgan Tomon hududini tark etgach, oʻz ixtiyori bilan yana unga qaytib kelsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099120" id="-2099120">3. Ushbu modda <a href="/uz/acts/-2099034#-2099116">1-bandining</a> qoidalari shaxs soʻrayotgan Tomonga qaytib kelganidan keyin amalga oshirgan huquqbuzarliklarga yoki bu huquqbuzarliklarga bogʻliq ravishda kelib chiqadigan masalalarga tatbiq etilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099121" id="-2099121">12-modda.<br />Hujjatlar va isbotlarni tan olish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099122" id="-2099122">1. Bir Ahdlashuvchi Tomon hududida uning qonunlariga muvofiq ravishda nashr etilgan yoki tasdiqlangan, shuningdek vakolatli sudlar va boʻlak organlar tarafidan belgilangan tartibda olingan hujjatlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida legalizatsiya qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099123" id="-2099123">2. Bir Tomon hududida rasmiy hisoblangan hujjatlar ikkinchi Tomon hududida ham rasmiy kuchga ega boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099124" id="-2099124">13-modda.<br />Soʻrovlar ustuvorligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099125" id="-2099125">1. Bir huquqbuzarlik yuzasidan Ahdlashuvchi Tomonlardan bir miqdordagi soʻrovlar tushgan boʻlsa, ustuvorlik avval huquqbuzarlik qaysi Tomonning hududida amalga oshirilib, uning xavfsizligi va manfaatlariga, yoki fuqarolarining xavfsizligi hamda manfaatlariga daxl qilgan boʻlsa, oʻshanga va oxirgi navbatda ushlab berilishi soʻralayotgan shaxs qaysi Tomonning fuqarosi boʻlsa, oʻshanga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099126" id="-2099126">2. Agar shart-sharoit bir xil boʻlsa, soʻrovni birinchi boʻlib bergan Ahdlashuvchi Tomonga imtiyoz beriladi. Agar ushlab berish bir necha huquqbuzarlik yuzasidan talab etilayotgan boʻlsa, imtiyoz jinoyat tarkibi va uning jiddiyligiga qarab belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099127" id="-2099127">14-modda.<br />Oʻlim jazosi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099128" id="-2099128">Soʻrayotgan Tomonning qonunlariga muvofiq, ushlab berilishi soʻralayotgan shaxsga amalga oshirgan huquqbuzarligi uchun oʻlim jazosi berilishi mumkin boʻlsa, ammo soʻralayotgan Tomonning qonunlarida bunday huquqbuzarlik uchun oʻlim jazosini belgilash koʻzda tutilmagan boʻlsa, bunday hollarda soʻrayotgan Tomon soʻralayotgan Tomonning fikricha oʻlim jazosi amalga oshirilmasligiga yetarli darajada inontirmagunicha ushlab berish rad etilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099129" id="-2099129">15-modda.<br />Oʻtkazish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099130" id="-2099130">1. Ushlab berishga ruxsat olinganligi toʻgʻrisida xabarni olgach, Tomonlar asossiz kechiktirishsiz talab etilayotgan shaxsni oʻtkazish yuzasidan kelishib oladilar va soʻralayotgan Tomon soʻrayotgan Tomonga talab etilayotgan shaxs qaysi muddat davomida berish uchun ushlanganini xabar qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099131" id="-2099131">2. Shaxs soʻralayotgan Tomon hududidan shu soʻralayotgan Tomon belgilagan maqbul vaqt ichida qabul qilib olib ketilishi kerak, basharti, shaxs bu davr ichida olib ketilmasa, soʻralayotgan Tomon ushbu shaxsni ozod qilishi va uni ayni jinoyati tufayli ushlab berishni rad etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099132" id="-2099132">3. Tomonlardan birontasi uzrli sabablarga binoan ushlab berilishi kerak boʻlgan shaxsni berish yoki qabul qilish imkonini topolmasa, u bu toʻgʻrisida boshqa Tomonni xabardor qiladi. Bu holda har ikkala Tomon ushlab berishning yangi muddatini tayinlaydilar, bunda ushbu moddaning <a href="/uz/acts/-2099034#-2099131">2-bandi </a>qoidalari qoʻllanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099133" id="-2099133">16-modda.<br />Tranzit oʻtkazish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099134" id="-2099134">1. Agar shaxs biron-bir Tomonga boshqa Tomonning hududi orqali uchinchi davlatdan olib kelinadigan boʻlsa, ushbu shaxs. beriladigan Tomon boshqa Tomondan ushbu shaxsni uning hududi orqali tranzit oʻtkazish uchun ruxsat berishni soʻraydi. Bu qoida havo transportidan foydalanilayotgan va boshqa Tomonning hududida qoʻnib oʻtish moʻljallanmagan hollarda qoʻllanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099135" id="-2099135">2. Tegishli axborot darj etilgan bunday soʻrov olingach, soʻralayotgan Tomon ushbu soʻrovni oʻz qonunlarida koʻzda tutilgan tartiblarga muvofiq koʻrib chiqadi. Agar bu soʻrovni bajarish uning tub maqsadlariga ziyon yetkazmasa, soʻralayotgan Tomon uni tezda qondirish chorasini koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099136" id="-2099136">3. Tranzit tashish chogʻida tranzit davlati shaxsni hibsda saqlashning yuridik imkoniyatlarini etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099137" id="-2099137">4. Moʻljallanmagan qoʻnish hollarida tranzit olib oʻtilishi toʻgʻrisida soʻrov berilishi kerak boʻlgan Tomon kuzatuvchi xodimning iltimosiga koʻra, tranzit tashish toʻgʻrisida ushbu moddaning <a href="/uz/acts/-2099034#-2099134">1-bandi </a>qoidalariga muvofiq soʻrov olingunicha 48 soatlik vaqt mobaynida shaxsni hibsda ushlab turishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099138" id="-2099138">17-modda.<br />Jinoyatga aloqador narsalarni berib yuborish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099139" id="-2099139">1. Soʻralayotgan Tomon oʻz qonunlarida belgilangan tartiblar doirasida, soʻrayotgan Tomonning soʻroviga koʻra, ushlab berilayotgan shaxs amalga oshirgan jinoyat quroli boʻlib xizmat qilgan, shuningdek jinoyat izlari qolgan yoki jinoyat orqasida topilgan narsalarni berib yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099140" id="-2099140">2. Mazkur narsalar ushlab berilishi lozim boʻlgan shaxsning oʻlimi, qochib ketganligi yoki boshqa sabablar bilan amalga oshmay qolgan hollarda ham berib yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099141" id="-2099141">3. Soʻralayotgan Tomon ushbu moddaning <a href="/uz/acts/-2099034#-2099139">1-bandida </a>koʻrsatilgan narsalarni berib yuborishni, agar ular soʻralayotgan Tomonda boshqa jinoiy ish koʻrib chiqilishi uchun lozim boʻlsa, bu ish yakunlanguniga qadar orqaga surishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099142" id="-2099142">4. Uchinchi shaxslarning soʻrayotgan Tomonga berib yuborilgan narsalariga boʻlgan huquqlariga qayta ziyon yetkazilmaydi. Ishni koʻrib chiqish yakunlanganidan keyin soʻrayotgan Tomon bu narsalarni oʻz hududida yashaydigan egalariga qaytarib beradi. Agar ularning egalari soʻralayotgan Tomon hududida boʻlsa, bu narsalar ularga topshirish uchun berib yuboriladi. Agar narsalarning egalari uchinchi davlat hududida boʻlsalar, narsalarni ularga qaytarish xarajatlari soʻrayotgan Tomon hisobidan boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099143" id="-2099143">5. Narsalar va pul mablagʻlarini oʻtkazish soʻralayotgan Tomon qonunlarida koʻzda tutilgan doirada boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099144" id="-2099144">18-modda.<br />Ushlab berishda oʻzaro huquqiy yordam</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099145" id="-2099145">Tomonlar oʻz qonunlariga muvofiq, ushlab berishni taqozo etadigan jinoiy ishlar yuzasidan bir-biriga imkoni boricha huquqiy yordam beradilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099146" id="-2099146">19-modda.<br />Ushlab berish yuzasidan xarajatlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099147" id="-2099147">Ushlab berishga aloqador barcha xarajatlarni hududida ushlab berish amalga oshiriladigan Ahdlashuvchi Tomon koʻtaradi. Ushlab berilgan shaxsni ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududi orqali uchinchi davlatdan tranzit tashish xarajatlari tranzitni amalga oshirayotgan Tomon zimmasida boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099148" id="-2099148">20-modda.<br />Tillar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099149" id="-2099149">Ushbu Shartnomani bajarishda Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz davlat tillaridan foydalanadilar va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning davlat tilidagi yoki inglizcha tarjimasini ilova etadilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099150" id="-2099150">21-modda.<br />Xalqaro konvensiyalar/shartnomalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099151" id="-2099151">Ushbu Shartnoma Ahdlashuvchi Tomonlarning ular ishtirok etgan boshqa xalqaro konvensiyalar shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlariga daxl qilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099152" id="-2099152">22-modda.<br />Maslahatlashuvlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099153" id="-2099153">Ahdlashuvchi Tomonlar istalgan Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga binoan ushbu Shartnomani yaxlit yoinki undagi biron-bir konkret jihatni talqin qilish va qoʻllash yuzasidan darhol maslahatlashuv oʻtkazadilar. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2099154" id="-2099154">23-modda.<br />Ratifikatsiya va faoliyatini toʻxtatish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099155" id="-2099155">1. Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi kerak hamda ratifikatsiya yorliqlari almashingan kundan kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099156" id="-2099156">2. Istalgan Ahdlashuvchi Tomon diplomatik kanallar orqali istalgan vaqtda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga uning faoliyatini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida bildirishnoma yuborib, uning faoliyatini toʻxtatishi mumkin. Ushbu Shartnoma shunday bildirishnoma olganidan keyin olti oy oʻtgach oʻz faoliyatini toʻxtatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2099157" id="-2099157">Dehli shahrida, 2000-yil 2-mayda ikki nusxada, oʻzbek, hind va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqinda har xilliklar kelib chiqqan hollarda ingliz tilidagi matn qoʻllanadi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2099158" id="-2099158">(imzolar)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
