|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ta’lim jarayoniga o‘qitishning zamonaviy uslublarini joriy etish, o‘quvchilarda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi 390-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartiga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror bilan kiritilayotgan o‘zgartirishlar 2012-yil 2-sentabrdan boshlab kuchga kiradi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tasarrufida umumiy o‘rta ta’lim maktablari bo‘lgan vazirliklar va idoralar 2012/2013 o‘quv yilidan boshlab sinf (auditoriya) mashg‘ulotlari o‘rtacha 5 foizga kamaytirilishi hisobiga bo‘shaydigan mablag‘larning o‘quv jarayoniga axborot va boshqa zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishni kengaytirish, kompyuter, o‘quv-laboratoriya sinflari va o‘quv ustaxonalari uchun sarflanadigan materiallar va butlovchi buyumlar bilan ta’minlash bo‘yicha dasturlarni, shuningdek umumta’lim maktablari binolarini joriy ta’mirlashni moliyalashtirishga yo‘naltirilishini ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 15-may,
130-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-maydagi 130-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
“Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining tayanch o‘quv rejasi” bo‘limi va unga ilova qilingan 1-va 2-jadvallar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining tayanch o‘quv rejasi
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standartining tarkibiy qismi bo‘lib, ta’lim sohalarini me’yorlashga asos bo‘ladigan davlat hujjatidir (jadval). Tayanch o‘quv rejasi o‘quv fani bo‘yicha beriladigan ta’lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlarining eng kam hajmdagi miqdorini ifodalaydi. U har bir sinfda muayyan o‘quv fani bo‘yicha davlat standartlariga muvofiq beriladigan ta’lim mazmunini aniqlashga asos bo‘ladi:
| T/r |
O‘quv fanlari |
Sinflar |
Haftalik | ||||||||
| 1 |
2 |
3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | |||
| Davlat ixtiyoridagi soatlar | 20 | 22 | 24 | 24 | 30 | 32 | 33 | 34 | 35 | 254 | |
| 1. |
Ona tili va adabiyot |
8 | 8 | 10 | 10 | 9 | 7 | 5 | 5 | 5 | 67 |
| 2. |
O‘zbek tili/rus tili |
| 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 16 |
| 3. |
Xorijiy til |
| | | | 3 | 3 | 3 | 3 | 3 | 15 |
| 4. |
Tarix |
| | | | 2 | 2 | 3 | 3 | 3 | 13 |
| 5. |
Davlat va huquq asoslari |
| | | | | | | 1 | 1 | 2 |
| 6. |
Iqtisodiy bilim asoslari |
| | | | | | | 1 | 1 | 2 |
| 7. |
Matematika |
5 | 5 | 5 | 5 | 5 | 5 | 5 | 5 | 5 | 45 |
| 8. |
Informatika |
| | | | | | | 1 | 2 | 3 |
| 9. |
Fizika |
| | | | | 2 | 2 | 2 | 2 | 8 |
| 10. |
Kimyo |
| | | | | | 2 | 2 | 2 | 6 |
| 11. |
Biologiya |
| | | | 1 | 2 | 2 | 2 | 2 | 9 |
| 12. |
Tabiiyot va geografiya |
1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 2 | 2 | 2 | 2 | 13 |
|
13. |
Odobnoma |
1 | 1 | 1 | 1 | | | | | | 4 |
|
Vatan tuyg‘usi |
| | | | 1 | 1 | | | | 2 | |
|
Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari |
| | | | | | 1 | 1 | 1 | 3 | |
| 14. |
Musiqa madaniyati |
1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | | | 7 |
| 15. |
Tasviriy san’at |
1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | | | 7 |
| 16. |
Chizmachilik |
| | | | | | | 1 | 1 | 2 |
| 17. |
Mehnat |
1 | 1 | 1 | 1 | 2 | 2 | 2 | 1 | 1 | 12 |
| 18. |
Jismoniy tarbiya |
2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 18 |
| |
Maktab ixtiyoridagi soatlar |
0,5 | | | | 0,5 | 0,5 | 1 | 0,5 | 1 | 5 |
| |
Umumiy soatlar |
20,5 | 22 | 24 | 24 | 30,5 | 32,5 | 34 | 34,5 | 37 | 259 |
| |
Amaliy mehnat mashg‘uloti (kun hisobida) |
| | | | 6 | 6 | 10 | 16 | | |
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 20-son, 217-modda)