Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.09.2016
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi PF-4841-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi tuzilmasini isloh qilish va faoliyat samaradorligini oshirish to‘g‘risida” 2011-yil 30-martdagi PQ-1514-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-may,
PF-4311-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-maydagi PF-4311-son Farmoniga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 23-fevraldagi PF-3722-son Farmonining:
a) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Ulgurji savdo korxonalari uyushmasini tashkil etish zarur deb hisoblansin”;
b) 3 va 5-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 6-martdagi PQ-300-son qarorida:
a) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zimmasiga yuklansin:
Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni davlat ro‘yxatiga olish;
Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi hududiy bazalarga iste’mol tovarlari bilan ulgurji savdo qilishni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish”;
b) 4-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 221-modda)