Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.12.2021
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
IShLATIB KELINAYOTGAN TOʻLIQ ESKIRGAN ASBOB-USKUNALAR UChUN TOʻLOVNI UNDIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 21-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2199]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 513-modda) 7-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Ishlatib kelinayotgan toʻliq eskirgan asbob-uskunalar uchun toʻlovni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-yanvar,
3-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-yanvar,
7-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-yanvar,
2011-2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 25-yanvardagi 3, 7 va 2011-2-son qaroriga
ILOVA
Ishlatib kelinayotgan toʻliq eskirgan asbob-uskunalar uchun toʻlovni undirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 513- modda) 7-bandiga muvofiq ishlatib kelinayotgan toʻliq eskirgan asbob-uskunalar uchun toʻlovni (keyingi oʻrinlarda toʻlov deb yuritiladi) undirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tatbiq etiladi, bundan mikrofirma va kichik korxonalar mustasno.
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
toʻlov — unumli foydalanish muddati oʻtgan toʻliq eskirgan asbob-uskunalardan foydalanganlik uchun budjetga toʻlov;
asbob-uskuna — mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat koʻrsatish) jarayonida foydalaniladigan mashina va asbob-uskunalar;
toʻliq eskirgan asbob-uskuna — bir vaqtning oʻzida quyidagi mezonlarga javob beradigan asbob-uskuna:
asbob-uskuna mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan asbob-uskunalar guruhi roʻyxatiga kiritilgan boʻlsa;
asbob-uskuna boʻyicha yuz foizlik eskirish (amortizatsiya) hisoblangan boʻlsa;
asbob-uskuna mazkur Nizomning 5-bandi xususiyatlarini hisobga olgan holda unumli foydalanish muddatidan ortiq muddatlarda foydalanilayotgan boʻlsa;
asbob-uskunaning boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati — uni sotib olish, qurish (barpo qilish) va tayyorlash, yetkazib berish hamda foydalanishga yaroqli holatga keltirish uchun sarflangan, buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarga muvofiq qayta baholashlarni hisobga olgan holdagi haqiqiy xarajatlar qiymati.
II. Toʻlovchilar
3. Toʻlov toʻlovchilar boʻlib, tashkilot balansida asosiy vositalar sifatida hisobga olingan toʻliq eskirgan asbob-uskunalardan oʻzining ishlab chiqarish faoliyatida foydalanayotgan yuridik shaxslar hisoblanadi.
III. Uskunadan unumli foydalanish muddatini aniqlash
4. Asbob-uskunaning oʻrnatilgan unumli foydalanish muddati ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
5. Guruhlar boʻyicha asbob-uskunaning unumli foydalanish muddati quyidagi xususiyatlarni hisobga olgan holda qoʻllaniladi:
agar ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq oʻrnatilgan asbob-uskunaning unumli foydalanish muddati texnik hujjatlarda koʻrsatilgan muddatlardan yuqori oʻrnatilgan boʻlsa, asbob-uskunaning unumli foydalanish muddati texnik hujjat asosida hisobga olinadi;
agar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbir haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 50-son, 496-modda) muvofiq vakolatli organ tomonidan asbob-uskunani texnik diagnostikadan oʻtkazish natijasida, uning foydalanish muddati uzaytiriladigan boʻlsa, asbob-uskunaning oʻrnatilgan unumli foydalanish muddati uzaytirilgan muddatni hisobga olgan holda aniqlanadi.
IV. Toʻlov hisoblash uchun baza
6. Toʻlov hisoblash uchun baza boʻlib, mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan meʼyorlarga javob beradigan asbob-uskunaning boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati hisoblanadi, bundan quyidagilar mustasno:
moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga koʻra olingan asbob-uskuna, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi muddati davomida;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilinishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan asbob-uskuna.
V. Toʻlov miqdori va uni hisoblash tartibi
7. Toʻlov miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi.
8. Toʻlov summasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
P = Pst x S / 100, bu yerda:
P — toʻlov summasi;
Pst — asbob-uskunaning hisobot davri oxiridagi boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati (31-dekabr);
S — foizda belgilangan toʻlov miqdori.
Masalan, mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan mezonlarga javob beradigan asbob-uskunaning hisobot davri oxiridagi (yaʼni, 31-dekabr holatiga) boshlangʻich qiymati 50 000 ming soʻmni tashkil etadi, 2011-yil uchun toʻlov miqdori esa 0,25 foiz miqdorida belgilangan. U holda budjetga toʻlanadigan toʻlov summasi 125 ming soʻmni tashkil etadi (50 000 x 0,25 / 100).
VI. Hisobot davri
9. Hisobot davri boʻlib kalendar yil hisoblanadi.
VII. Hisob-kitoblarni taqdim etish va toʻlovni toʻlash
10. Toʻliq eskirgan asbob-uskunadan foydalanilganlik uchun toʻlov hisob-kitobi-maʼlumotnomasi mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevraliga qadar soliq boʻyicha hisobga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi.
11. Ishlatib kelinayotgan toʻliq eskirgan asbob-uskuna uchun toʻlov, Hisob-kitob-maʼlumotnomani taqdim etish muddatidan kechiktirmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda budjetga oʻtkaziladi.
VIII. Toʻlovni hisobga olish
12. Budjet bilan hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik schyoti boʻyicha amalga oshiriladi.
Hisoblangan toʻlov summasi quyidagicha aks ettiriladi:
9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotining debyoti;
(6400) budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni hisobga olish schyotining krediti.
Budjetga oʻtkazilgan toʻlov summasi quyidagicha aks ettiriladi:
(6400) budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni hisobga olish schyotining debeti;
pul mablagʻlarini hisobga olish schyotining krediti.
IX. Toʻlovchining javobgarligi va davlat soliq xizmati organlarining nazorati
13. Toʻlovchilar toʻlovning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgardirlar.
14. Toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
15. Toʻlovni oʻz vaqtida budjetga oʻtkazmaganlik uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda penya hisoblanadi.
Ishlatib kelinayotgan toʻliq eskirgan asbob-uskunalar uchun toʻlovni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Toʻlov undiriladigan asbob-uskunalar roʻyxati va ularning unumli foydalanish
MUDDATLARI
Asbob-uskunalar Kodlar (Shifrlar) Unumli foydalanish muddati (yillarda)
Kuchlanish asbob-uskunalari 40
Teplotexnik asbob-uskunalar 400‎ 25‎
Turbina asbob-uskunalari 401‎ 33‎
Elektrodvigatellar va dizel-generatorlar 402‎ 20‎
Kompleks qurilmalar 403‎ 22‎
Ichki yonuv dvigatellari 404‎ 10‎
Boshqa kuchlanish asbob-uskunalari 407‎ 19‎
Ishchi asbob-uskunalar 41 — 46‎
Metall kesuvchi asbob-uskunalar 410‎ 12‎
Quymachilik ishlab chiqarishi uchun asbob-uskunalar 411‎ 20‎
Temirchilik va presslash asbob-uskunalari 412‎ 20‎
Abraziv metallar va olmos ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar 413‎ 12‎
Kompressor asbob-uskunalari 414‎ 19‎
Nasoslar 415‎ 10‎
Gaz tozalovchi uskunalar va ventilatsion mashina va asbob-uskunalari 416‎ 14‎
Yuk koʻtarish-transport va yuklash-tushirish asbob-uskunalari 417‎ 25‎
Yer va kon ishlari uchun asbob-uskunalar 418‎ 15‎
Gidromexanizatsiya asbob-uskunalari 419‎ 12‎
Beton va pardozlash ishlari uchun asbob-uskunalar 420‎ 8‎
Yoʻl qurilishi asbob-uskunalari 421‎ 23‎
Qoziq qoqish ishlari uchun asbob-uskunalar 422‎ 14‎
Kabel (oʻrash) oʻtkazish uchun asbob-uskunalar 423‎ 33‎
Suv osti texnik ishlari uchun asbob-uskunalar 424‎ 21‎
Elektrogazosvarka va kesish uchun asbob-uskunalar 425‎ 15‎
Maydalash, saralash va boyitish uchun asbob-uskunalar 426‎ 20‎
Geologiya-qidiruv asbob-uskunalari 427‎ 10‎
Yer osti va ochiq togʻ ishlari uchun asbob-uskunalar 428‎ 12‎
Texnologik jarayonlar uchun moʻljallangan barcha turdagi maxsus sigʻimlar 429‎ 16‎
Qora metallurgiya asbob-uskunalari 430‎ 20‎
Rangli metallurgiya asbob-uskunalari 431‎ 20‎
Kimyo sanoati va mineral oʻgʻitlar sanoati asbob-uskunalari 432‎ 18‎
Issiqlik almashinuvchi uskunalar, kimyo sanoati pechi va boshqa maxsus asbob-uskunalar 433‎ 15‎
Neft va gaz qazish va burgʻulash uchun asbob-uskunalar 434‎ 18‎
Neftni qayta ishlash sanoati asbob-uskunalari 435‎ 13‎
Neftkimyo sanoati asbob-uskunalari 436‎ 16‎
Gaz sanoati asbob-uskunalari 438‎ 20‎
Elektron sanoati asbob-uskunalari 440‎ 9‎
Qurilish materiallari sanoati asbob-uskunalari 441‎ 17‎
Oynachilik sanoati asbob-uskunalari 442‎ 16‎
Kabel sanoati asbob-uskunalari 443‎ 18‎
Oʻrmon sanoati asbob-uskunalari 444‎ 10‎
Yogʻochni qayta ishlash sanoati asbob-uskunalari 445‎ 11‎
Sellyuloza-qogʻoz sanoati asbob-uskunalari 446‎ 18‎
Poligrafiya sanoati asbob-uskunalari 448‎ 13‎
Yengil sanoat asbob-uskunalari 449‎ 13‎
Oziq-ovqat sanoati texnologik asbob-uskunalari 450‎ 13‎
Goʻsht va sut sanoati asbob-uskunalari 451‎ 13‎
Meditsina va mikrobiologiya sanoati asbob-uskunalari 460‎ 16‎
Izoh: asbob-uskunalar kodlari (shifrlari) 1990-yildagi asbob-uskunalarning yagona amortizatsiya normalariga (UYaAN) muvofiq keltirilgan.
Ishlatib kelinayotgan toʻliq eskirgan asbob-uskunalar uchun toʻlovni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Yuridik
‎shaxs shtampi
___________________________________tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga
Soliq toʻlovchi __________________________________________________________

(korxona, tashkilot nomi)

INN‎
Telefon ____________________
Toʻlovchi manzili ________________________________________________________
Hisob-kitob schyoti № ____________________________________________________

(bank muassasasi nomi, kod)

Ishlatib kelinayotgan toʻliq eskirgan asbob-uskunalar uchun toʻlov

HISOB-KITOB –MAʼLUMOTNOMASI

____________yil soliq davri uchun

ming soʻm
Kodlar (Shifr-lar) Asbob-uskuna nomi (belgilangan roʻyxatga kiritilgan) Satr kodi Asbob-uskunani ishga tushirish sanasi Asbob-uskunaning unumli foydalanish muddati Toʻliq eskirgan asbob-uskunaning hisobot davri oxiridagi boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati (31-dekabr) Toʻlov miqdori, % da Budjetga toʻlanadigan toʻlov summasi (6 ust. x 7 ust.)
1‎ 2 3‎ 4‎ 5‎ 6 7‎ 8‎
jami

010‎

‎‎

0101‎

‎‎
‎‎

0102‎

‎‎

...‎

‎‎

‎Rahbar

‎‎_____________‎

‎‎‎____________________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

Bosh buxgalter ‎_____________ ‎‎____________________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

“___”_____________ 201__yil

M.Oʻ.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 77-modda)