|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.09.2020
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
QIMMATBAHO METALLAR XARID QILISh, SAQLASh VA SOTISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-sonli “Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning 42-moddasiga muvofiq hamda qimmatbaho metallar xarid qilish, saqlash va eksport qilish jarayonini boshqarish tizimi samaradorligini oshirish va ortiqcha bo‘g‘inlarni qisqartirish maqsadida:
1. 2004-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qo‘mitasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi etib qayta tashkil qilish, Davlat asllik darajasini belgilash palatasini uning ixtiyorida saqlab qolish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Qimmatbaho metallar agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi PF-5721-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 06/19/5721/3149-son)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan sotib olinadigan va sotiladigan qimmatbaho metallarni xarid qilish, saqlash, hisobini yuritish va ortib jo‘natish borasidagi ishlarni bajarish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki zaxiralari tarkibidagi qimmatbaho metallar, shuningdek saqlanayotgan boshqa boyliklar hisobi yuritilishi hamda saqlanishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi — yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi PF-5721-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 06/19/5721/3149-son)
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Qimmatbaho metallar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasasi maqomiga egadir;
Agentlik faoliyatini moliyalash O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Qimmatbaho metallar agentligi bosh direktori maqomiga ko‘ra vazir o‘rinbosari lavozimiga tenglashtiriladi va belgilangan tartibda tayinlanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi PF-5721-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 06/19/5721/3149-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qo‘mitasida saqlanayotgan boyliklarni 2004-yilning 1-yanvari holati bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazib, qabul qilish va topshirish ishlarini amalga oshirsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Hisob palatasi oltin-valyuta zaxiralarining eng maqbul tarkibiga erishish hamda tavakkalchiliklarini boshqarish vazifalaridan kelib chiqqan holda respublikaning qimmatbaho metallaridan samarali foydalanishni ta’minlasinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘.T. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 31-oktabr,
PF-3346-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 21-son, 202-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son; 20.05.2019-y., 06/19/5721/3149-son)