O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
buyrug‘i
QAND-SHAKAR ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 30-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2159]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Qand-shakar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 19-noyabr,
190-B-son
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 19-noyabrdagi 190-B-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Qand-shakar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar qand-shakar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar qand-shakar ishlab chiqarish tashkilotlariga (bundan keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish
10. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining V bo‘limi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
13. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
14. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
15. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
16. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
17. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
18. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
19. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
20. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
21. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
5-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
22. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
23. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
24. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
25. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardirlar.
6-§. Kasbiy tanlov
26. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
27. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
28. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
29. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatiga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar og‘ir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
30. Tashkilotda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Majburiy tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan o‘tkaziladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Davriy majburiy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
35. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
36. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi kerak.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
37. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
38. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
39. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
40. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
41. Yilning yoz vaqtida yo‘lkalar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi kerak.
9-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
42. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
44. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
45. Binoga transport vositalarini kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
46. Transport vositalarini binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositasining eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
47. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 metrdan oshiq bo‘lishi kerak.
48. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
49. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tasdiqlanadigan tadbirlar va dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
50. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
10-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
51. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi lozim.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
52. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi har chorakda bir marta tekshirilishi lozim.
53. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak.
54. Yorug‘ tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim.
55. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan to‘sib qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
56. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda) tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
57. Uchastkalarda va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolishi ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
58. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
59. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
60. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 metr balandlikda bajarilishi kerak.
61. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘lkalarining enini kamaytirmasligi kerak.
62. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°S, o‘rta og‘ir ishda 17°S, og‘ir ishda 16°S dan past bo‘lmasligi kerak.
63. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam bo‘lmasligi kerak.
64. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 metrdan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 metrdan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
12-§. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qo‘yiladigan talablar
(12-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
65. Suv bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
66. Ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi lozim.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
67. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
68. Ichimlik suvining harorati 8°S dan 20°S gacha bo‘lishi kerak.
69. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha bo‘lgan masofa 75 metrdan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
70. Oqova suvlarini hosil qilish va suv havzalariga tushirish SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” va SHNQ 2.04.03-24 “Oqova suvlarni chiqarib yuborish. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
13-§. Shovqin va tebranish xavfsizligiga doir talablar
71. GOST 12.1.003-83 muvofiq tashkilot hududida, xonalarda va ish joylarida shovqinning darajasi ruxsat etilgan me’yorlardan oshmasligi lozim, tebranish darajasi esa GOST 12.1.012-90 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
72. Past harorat sharoitida tebranma uskunalarini ishlatganda yopiq xonalarda harorat 220S, havo harakati 0,3 m/s dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Havoning nisbiy namligi 40 — 60% chegarasidan yuqori bo‘lsa har 45 — 50 daqiqa ishdan so‘ng 10 daqiqa davomida tanaffus qilish kerak.
73. Ish joylarida tebranish parametrlarini o‘lchash bir yilda kamida bir marta, ishlayotganlarni qo‘liga uzatiladigan lokal tebranishlarni nazoratdan o‘tkazish bir yilda kamida ikki marotaba amalga oshirilishi kerak.
74. Shovqin va tebranmaning ruxsat etilgan chegara bosqichidan oshishining noqulay ta’sirini bartaraf etish maqsadida xodimlar GOST 12.4.002-97, GOST 12.4.024-76, GOST 12.4.051-87 talablariga muvofiq shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
75. Shovqin darajasi 80 dBA dan ortiq bo‘lgan hududlarda GOST 12.4.026-76 ga asosan xavfsizlik belgilari bilan belgilangan bo‘lishi kerak.
76. Shovqin darajasi 135 dBA dan ortiq bo‘lganda xodimlarni ushbu hududda hatto qisqa vaqt mobaynida bo‘lishi taqiqlanadi.
III. Ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yiladigan talablar
1-§. Texnologik jarayonlarga qo‘yiladigan umumiy xavfsizlik talablari
77. Qand-shakar ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
78. Ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarining tegishli normativlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
79. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlari soz uskunalarda, soz nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar, ishga tushiruvchi apparatlar, texnologik asbob va uskunalar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
80. Texnologik jarayon qat’iy ravishda texnologik hujjatga muvofiq olib borilishi lozim.
81. Texnologik jarayonda yangi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlari qo‘llanilsa, shuningdek xavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga ega bo‘lgan oraliq moddalar hosil bo‘lsa xodimlarga oldindan o‘zini bexatar tutish qoidalari haqida ma’lum qilinishi va ular tegishli tartibda o‘qitilishi va himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
82. Yangi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni qo‘llashga faqat belgilangan tartibda tegishli gigiyenik me’yorlar tasdiqlangandan so‘ng ruxsat etiladi.
2-§. Yong‘in va portlash xavfsizligi talablari
83. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
84. Ishlab chiqarishda o‘rganilmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarish jarayonida qo‘llash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
85. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yong‘in xavfi bo‘lgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalari va TLTM 03-91 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
(85-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
86. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, ventilyatsiya chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
87. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
88. Ventilyatsiya tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak.
89. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
90. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va yong‘inni oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
91. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘in vositalari va uskunalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
3-§. Elektr qurilmalariga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
92. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
(92-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
93. Elektr tok o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslar (marmar, tekstolit, getinaks va boshqalar)da montaj qilinishi lozim.
94. Yoritish va quvvatli uskunalar va elektr tarmoqlarining tuzilishi xonalardagi sharoitlarga va ulardagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos bo‘lishi shart.
95. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritgichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan yoki yopiq ijroda bo‘lishi shart.
96. Yong‘in xavfi bo‘lgan ishlab chiqarish va omborxonalardagi yoritqichlar yopiq chang o‘tkazmaydigan holda bo‘lishi lozim.
97. Elektr yoritqichlar binolarning yonuvchi konstruksiyalari va yonuvchi materiallari bilan tutashib turmasligi lozim.
98. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
99. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
100. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanishi lozim.
101. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
102. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
103. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
104. Elektr apparatlari va agregatlari nolga va yerga ulash simlarining butunligi tashkilot bosh energetigi boshchiligidagi komissiya tomonidan kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
105. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
106. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
107. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
4-§. Isitgichlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
108. Isitgichlarni tozalashdan oldin, unga o‘rnatilgan barcha kommunikatsiyalar o‘chirilgan bo‘lishi kerak. Isitgichlarni tozalash vaqtida uning pastki qopqoqlari tagida turish taqiqlanadi.
109. Isitgichlar undan sharbat tushishini ta’minlovchi ko‘chma voronkalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
110. Isitgichlarni tozalash kimyoviy yoki mexanik usulda amalga oshirilishi kerak.
111. Isitgich qopqog‘ida issiqlik tutuvchini qo‘llash bilan isitgichni kimyoviy yo‘l bilan tozalashda isitgichda bosim mavjud bo‘lganda ularning ochilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan himoyaga ega bo‘lishi kerak.
112. Isitgichlar montaj qilinganda kapital ta’mirlashdan so‘ng yilda kamida ikki marta texnik ko‘rik (ichki tekshiruv va gidravlik sinov)dan o‘tkazilishi kerak. Ko‘rik natijalari maxsus jurnalda va isitgich pasportida qayd qilinishi shart.
5-§. Defekatsiya va saturatsiya jarayoniga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
113. Defekatsiyalangan sharbat yoki birinchi saturatsiya sharbati dastlabki va asosiy defekatsiya qilish uchun avtomatlashtirilgan bo‘lishi kerak.
114. Defekatsiya va saturatsiya apparatlari nazorat-o‘lchash moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
115. Dastlabki va asosiy defekatsiya apparatlari tepa qismidan qopqoqlar bilan yopiladigan tuynuk, masofadan boshqarish mexanizmi hamda apparatda bosim mavjud bo‘lgan paytda uni ochishga va germetizatsiyaning buzilishiga yo‘l qo‘ymaydigan blokirovkaga ega bo‘lishi shart.
6-§. Sharbat va shiralarni filtrlashda xavfsizlik talablari
116. Vakuumli filtrlar tepa qismidan qoplama bilan yopilishi va mahalliy so‘rg‘ichlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
117. Tushirish jo‘mraklarini vakuum filtr maydonlarida boshqarish operator ish joyidan amalga oshirilishi lozim.
118. Filtr matolarida mavjud qoldiqlarni ketkazish uchun qisilgan havo qo‘llanilishi lozim. Bug‘dan foydalanish taqiqlanadi.
119. Filtrlash barabanlarida filtrlovchi matolarni qayta tiklash uchun 3% li tuz kislotasi aralashmasidan foydalanish lozim.
120. Vakuum filtrlariga xizmat ko‘rsatish (forsunkalarni almashtirish va tozalashda) uchun ishchi maydon qulayligi ta’minlanishi kerak.
121. Vakuum filtrlar maydoni quyiluvchi moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
122. Diskli filtrlar quyidagilar bilan ta’minlanishi kerak:
filtr korpusining yuqori qismiga o‘rnatilgan, 0.20 MPA (2 kgs/sm2) to‘g‘rilangan himoya qopqoqlari;
sharbat qabul qiluvchi quticha tomonida filtr korpusiga o‘rnatilgan manometr;
puflash qutichasida belgilangan kattalikdan yuqori bosim yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydigan uskuna.
123. Texnik ko‘rik (ichki tekshiruv va gidravlik sinov) diskli filtrni montaj qilish hamda unda ta’mirlash ishlari bajarilganidan so‘ng amalga oshirilishi kerak.
Ko‘rik natijalari maxsus jurnalda va filtr pasportida qayd qilinishi shart.
124. Filtrlarning tepa qismi to‘siqli statsionar maydoncha bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
125. Qorishmani tayyorlash uchun kizelgur yoki perlitning qorg‘ichga yetkazilishi mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak.
126. Xaltali filtrlardagi sharbat qabul qiluvchi tarnovlar yopiq qopqoqlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
127. Xaltali filtrlarni tashish va ularni yuvish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak.
128. Filtr-press tarnovi va filtrlangan cho‘kindilar qorg‘ichi germetiklangan bo‘lishi kerak.
129. Filtr-pressga sharbatni yetkazib beruvchi quvurlarda manometr va himoya qopqoqlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
130. Rom va filtr-press plitalarini yig‘ish va siqishda tortib bog‘lab turuvchi vint holati davriy ravishda tekshirilib turilishi kerak.
131. Gidravlik usulda rom va filtr-press plitalarini tortib bog‘lashda plunjer va unga bog‘liq bo‘lgan rom va plitaning to‘satdan chiqib ketishini oldini oluvchi moslama bo‘lishi kerak.
7-§. Tindirgichlar va bug‘ga aylantirish apparatlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
132. Tindirgichlarning quyuvchi qutilari yopiq holda bo‘lishi kerak.
133. Dekantat va filtrator tizimlari sath ko‘rsatkichlari va quyuvchi quvurlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
134. Tindirgichlarni tozalash va ta’mirlash xavfsizlik talablariga amal qilingan holda bajarilishi lozim.
135. Bug‘ga aylantirish apparatlari:
apparatlarni quvurlardan o‘chirib qo‘yuvchi qulflash organlari;
bug‘ va sharbat muhitidagi bosimni o‘lchash uchun manometrlar;
richagli yoki prujinali himoya qopqoqlar;
bug‘ va sharbat muhitidagi haroratni o‘lchash uchun termometrlar;
kondensatni yo‘q qiluvchi qurilma;
apparatda bosim mavjud bo‘lganda qopqoqlarning ochilishiga yo‘l qo‘ymaydigan blokirovka bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
136. Bug‘ga aylantirish apparatlari kuzatish va sharbat miqdorini o‘lchash uchun oynalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
137. Korpusning bosim ostida ishlovchi kuzatish oynalarida himoya to‘rlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
138. Bug‘ga aylantirish apparatlarini tuz kislotasi bilan qaynatish, shuningdek qaynatishdan so‘ng korpuslarni tekshirish vaqtida portlashdan qochish maqsadida ochiq olov manbalaridan (chekish, gugurt yoqish, ochiq cho‘g‘li sham va chiroqlardan va boshqalar) foydalanish taqiqlanadi.
139. Reagentlarni tayyorlash uchun qorg‘ichlar birinchi qavatda va tortish ventilyatsiyasi bilan jihozlangan alohida xonaga o‘rnatilishi kerak.
140. Reagentlarni tashish va boshqa joyga o‘tkazish bilan bog‘liq ishlar maxsus kiyim va himoya ko‘zoynaklari yordamida amalga oshirilishi kerak.
8-§. Vakuum apparatlar va kristalizatorlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
141. Vakuum apparatlar nazorat-o‘lchash vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
142. Vakuum apparatning tashqariga chiqaradigan va havoli shiberlari masofadan boshqarish mexanik uzatmasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Siyraklashishni boshqaruvchi qurilmaning jo‘mragi bo‘lishi kerak.
143. Vakuum apparatida ishlovchi xodimning ish joyi bug‘lash stansiyasi sentrifiga stansiyasi va tashkilot laboratoriyasi bilan aloqada (ovozli, telefonli va boshqalar) bo‘lishi kerak.
144. Vakuum apparatlarini tozalash va ta’mirlash xavfsizlik talablariga amal qilingan holda bajarilishi kerak.
145. Apparatlarning ulanish chizmasi apparatlarning vakuumli qismlarida bosimning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
146. Utfel qorg‘ichlar va utfel taqsimlagichlar qopqoqlar bilan yopilgan va tuynuklar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
9-§. Sentrifiga stansiyasi va quritish bo‘limiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
147. Yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan tashkilotda dasturli boshqarish yoki to‘xtovsiz harakatli avtomatlashtirilgan sentrifiga o‘rnatilishi kerak.
148. Har yili sentrifigada ishlab chiqarish boshlanishidan oldin texnik tekshiruv amalga oshirilishi, bunda sentrifiga vali va barabanlari statik va dinamik muvozanatlagichda sinab ko‘rilishi, barabanlardagi payvandli ulanishlarning sifati ustidan ikki yilda bir marta ultratovushli defekoskopiya yoki gammanurlari bilan tekshirilishi kerak.
149. Quritish barabanlari yopiq holda bo‘lishi va havo so‘rg‘ichlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Havo atmosferaga chiqarilishidan oldin changdan tozalanishi kerak.
150. Qand-shakarni quritish inshootlaridagi chang ko‘tariluvchi barcha joylar (qand-shakarni baraban va elevatorlardan transportyorlarga to‘kish va boshqa joylari) aspiratsiya bilan qoplangan va jihozlangan bo‘lishi kerak.
151. Tarqaluvchi moslamalar (tebranishli va boshqa qurilmalar) aspiratsiya tizimiga ulangan va germetik qoplamasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
152. Qand-shakar bunkerlari yopiq holda bo‘lishi kerak.
153. Quritish bo‘limida o‘t chiquvchi mexanik va elektrik manbalar bo‘lmasligi kerak.
154. Quritish bo‘limida ochiq olovdan foydalanish va chekish taqiqlanadi. Ko‘rinadigan joylarga ogohlantiruvchi plakatlar osilgan bo‘lishi kerak.
155. Quritish bo‘limini changdan tozalash ishlari mexanizatsiya vositalarini (sanoat chang yutkichlari va boshqalar) qo‘llash orqali amalga oshirilishi kerak.
10-§. Ohaktoshlarni tayyorlashda xavfsizlik talablari
156. Ohaktoshlarni maydalash, saralash va uni kuydirish pechlariga yuklash mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak.
157. Maydalagichlar mexanik ta’minlovchilar (tasmali, plastinkali, tebranishli va boshqalar) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
158. Maydalagichning yuklovchi voronkalari undan otiluvchi mayda tosh bo‘laklaridan saqlovchi himoya vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
159. Maydalagichning vallari, uzatma va boshqa aylanuvchi qismlari yopiq qoplama va metall to‘rli qulflanadigan kuzatish (qarash) tuynuklari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
160. Maydalagichni tozalash, ta’mirlash va to‘g‘rilash ishlari uni elektrodvigateli o‘chirilgan, himoyalagichlari yechilgan va ishga tushirish moslamasiga “Ishga tushirmang — odamlar ishlayapti!” ogohlantiruvchi belgi o‘rnatilgan holatda olib borilishi kerak.
161. Kukun shaklidagi va bo‘lakli materiallarni maydalashda aspiratsiya yoki chang yutgich bilan ta’minlangan maydalagichni qo‘llash kerak.
162. Maydalagichni elektrodvigatel muftasi to‘sig‘i olingan holda ishlatish taqiqlanadi.
163. Maydalagichni yo‘l-yo‘lakay sozlash, tozalash va namlab artish taqiqlanadi.
164. Ta’mirlash va tozalash ishlari navbatchi elektrik tomonidan elektr taqsimlagichlardan elektrodvigatellar o‘chirilganidan va “Ishga tushirmang — odamlar ishlayapti!” taqiqlovchi belgilar o‘rnatilganidan so‘ng olib borilishi kerak.
165. Maydalagichda nosozliklar aniqlanganda zudlik bilan ishni to‘xtatish va bu haqda ustaga xabar berish kerak.
166. Ishlab turgan maydalagichning ichki korpusiga xom ashyo bo‘laklarini tushurish taqiqlanadi.
11-§. Ohaktoshlarni kuydirish pechlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
167. Ohaktoshlarni kuydirish pechlari va yordamchi moslamalar avtomatik nazorat va boshqarish qurilmalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
168. Ohaktoshlarni kuydirish pechlari atrofi har bir kuzatish oynalari qatorida to‘sinli va zinali oraliq metall maydoncha bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Bu maydonlarning poli kuzatish oynasining markazidan 1 metr past bo‘lishi, maydon eni esa 1 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
169. Ohaktoshlarni kuydirish pechlarida tashqariga chiqadigan kamida ikkita chiqish yo‘li bo‘lishi kerak. Tunda bu chiqish yo‘llari mustaqil energiya manbasidan ta’minlanuvchi rangli chiroqlar bilan (yashil rang) jihozlangan bo‘lishi lozim.
170. Ohaktoshlarni kuydirish pechlarini bo‘shatish xonalaridagi eshiklar faqat tashqariga ochilishi kerak.
171. Ohaktoshlarni kuydirish pechlari yuklash-taqsimlash uskunasi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
172. Ohaktoshlarni kuydirish pechlarini ta’mirlash tashkilotning texnik xodimi kuzatuvi ostida ushbu Qoidalarga mos ravishda amalga oshirilishi kerak.
12-§. Ohak bo‘limiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
173. Yetarli darajada kuydirilmagan yoki ortiqcha darajada kuydirilgan ohak toshlarni ohak so‘ndirgich barabanlaridan tushirish va ularni ohak bo‘limida yo‘q qilish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak.
174. Ohak bo‘limida kerakli dori vositalari va ko‘zga ohak kirganda yuvish uchun sovuq suv favvorasi bo‘lishi kerak.
175. Apparatlar, qorg‘ichlar va ohak suti yig‘gichlarni tozalash va ta’mirlash ushbu Qoidalarda keltirilgan talablarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
13-§. Klerovkalash qozonlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
176. Klerovkalash qozonlari qopqoqlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
177. Klerovkalash qozonlari qiyom darajasi va haroratini nazorat qilish hamda to‘g‘rilash moslamalari va quyuluvchi uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
178. Klerovkalash qozonlaridan namunalarni olish joyi metall to‘siq bilan to‘silgan bo‘lishi kerak.
179. Klerovka nasosi quvurlarida himoya klapani va manometrlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
14-§. Qand-shakar ishlab chiqarish laboratoriyasida xavfsizlik talablari
180. Laboratoriya xonalari tortish javonlaridan havoni so‘rib olishi uchun venteliyatsiya uskunalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
181. Elektr yoritish yoqqichlari va rozetka shtepsellari tortish javonlaridan tashqarida joylashishi kerak.
182. Olov, yong‘in va portlash xavfi mavjud moddalar bilan ishlashga mo‘ljallangan stol va tortish javonlarining ishchi yuzasi yonmaydigan materiallar bilan qoplanishi, shuningdek kislota va ishqorlar bilan ishlash jarayonida ularning ta’siridan himoyalovchi qoplama bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
183. Laboratoriya xodimlari o‘zlari qo‘llayotgan reaktivlarni asosiy xususiyatlarini, ularning zaharlilik darajasi, yong‘in xavfini keltirib chiqaruvchi aralashmalarning yuzaga kelish xususiyatlarini bilishi va xavfsizlik talablariga rioya qilishi kerak.
184. Zaharli gaz va bug‘ ajralib chiqishi bilan bog‘liq ishlar albatta tortish javonlarida bajarilishi kerak.
185. O‘tkir suyuqliklarni shisha idishdan olish uchun maxsus naychalardan foydalanish zarur.
186. Kimyoviy modda joylashgan har bir idishga unda saqlanuvchi moddaning nomi, uning konsentratsiyasi va boshqa ko‘rsatkichlari aniq qilib ko‘rsatilgan yozuvlar yopishtirilgan bo‘lishi kerak.
187. Kislota saqlanuvchi joylarda yetarli miqdorda neytrallashtiruvchi vositalar (soda va ohakli qorishmalar) bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
188. Oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga kislota, ishqorlar va boshqa zararli moddalarni zararsizlantirmasdan turib to‘kish taqiqlanadi.
(188-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
189. Zararli modda va suyuqliklarni omborxonadan laboratoriyaga yetkazishda yopiq sinmaydigan maxsus savatlarga o‘rnatilgan shisha idishlardan foydalanish kerak.
190. Zararli modda va suyuqliklar laboratoriyada zichlab yopiladigan qalin devorli suyuqlik nomi yozilgan shisha idishlarda saqlanishi kerak. Shisha idishlar mustahkam yopiluvchi maxsus metall javonlarga yoki qutilarga qo‘yilishi kerak.
191. Laboratoriyada saqlanuvchi zararli moddalarning umumiy miqdori ularga bo‘lgan kunlik ehtiyojdan oshmasligi kerak.
192. Laboratoriyada hamda yengil yonuvchi suyuqliklar saqlash joylari (10 metrdan kam oraliq masofada) yaqinida tamaki mahsulotlarini chekish taqiqlanadi.
15-§. Tasmali konveyerlar uchun xavfsizlik talablari
193. Tasmali konveyerlardan foydalanish, ularni montaj qilish, sozlash va ta’mirlashda yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilinishi lozim.
194. Tasmali konveyerlarni montaj qilish ularning texnik pasporti asosida amalga oshirilishi lozim.
195. 60°S dan katta nishablikda o‘rnatilgan tasmali konveyerlarni harakatlantiruvchi mexanizmlari (dvigatel) o‘chirilganda, tasmali konveyerlar ishonchli avtomatik tarzda ishlovchi tormoz qurilmasi hamda to‘xtatgichlar (siljimaydigan qurilma) bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
196. Konveyerning barcha metall qismlari statik elektr toklaridan himoyalash vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
16-§. Kurakli va shnek transportyorlar uchun xavfsizlik talablari
197. Kurakli transportyorlar butun uzunligi bo‘yicha zich joylashgan temir qopqoqlar bilan yopilishi kerak.
198. Kurakli transportyorlarni ishga tushirishdan oldin unda himoya to‘sinlari va reduktorida moy borligi tekshirilishi kerak.
199. Kurakli transportyorlardan foydalanishda ularning podshipniklari qizishini kuzatish lozim.
200. Kamarlarni ta’mirlash, tozalash, moylash va tarang qilib tortish ishlari transportyor elektrodvigateli o‘chirilgan va “Yoqmang! Odamlar ishlayapti!” taqiqlovchi belgilar bor bo‘lganda amalga oshirilishi lozim.
201. Transportyorlarni avariyali holatda o‘chirish uchun ularda trosli o‘chirgich o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
17-§. Mahsulotlarni qadoqlash va o‘rashda xavfsizlik talablari
202. Mahsulotlarni qadoqlash va o‘rash ishlarini amalga oshirishda xodim uchun quyidagilar asosiy xavf hisoblanadi:
ish joyining to‘zib ketishi;
yaroqsiz texnologik uskunalardan foydalanish;
transportyor tasmasi, o‘lchov stakanlari va qistirish romlarini qo‘l bilan ushlash;
payvandlash gubkasiga tegish;
himoya qobig‘i yaroqsiz holda bo‘lgan tok o‘tkazgichlardan foydalanish;
yakka tartibda himoya vositasi va aspiratsiyasiz ishlash.
203. O‘rash tizimi nosoz bo‘lganda uni ishga tushirish taqiqlanadi. O‘rash tizimini ishlatish qoidalariga rioya qilgan holda toza va yaroqli holatda saqlash lozim.
204. Mis quvurlardagi teshiklarni tozalash ishlari payvandlash gubkasi va transportyor tasmasi sovuganidan keyin olib borilishi kerak.
205. Qadoqlash apparati ishchi yuzasi va mahsulotlarni o‘rash stolining balandligi 930 mm ni tashkil etishi kerak.
18-§. Nasoslar uchun xavfsizlik talablari
206. Nasos agregatlarini montaj qilish, tekshirish va qabul qilish standartlashtirish normalari talablarga mos ravishda olib borilishi kerak.
207. Nasos va nasos agregatlar tegishli sertifikatga ega bo‘lishi kerak.
208. Nasoslar korpusi qopqog‘i yuzasi qizil rangga bo‘yalgan bo‘lishi kerak.
209. Porshenli, shesternyali va plunjerli nasoslarning havo haydovchi quvurlarida davriy tekshirilib turiladigan himoya klapanlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
210. Nasosda undagi mahsulotlarni butunlay yo‘q qilish uchun jo‘mrak yoki tiqin ko‘zda tutilishi kerak.
19-§. Xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni saqlash va transport vositalarida tashishda xavfsizlik talablari
211. Omborxona inshootlari QMQ 2.09.12-98 “Omborxona binolari” talablariga mos kelishi kerak.
212. Omborlar va yuk saqlash uchun maydonchalardagi qurilma va uskunalar ularning qurilishi, sanitariya va yong‘inga qarshi me’yorlar va qoidalar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
213. Yuk ortish va tushirish ishlari hamda yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
214. Ombor va yuk saqlash maydonchalarida yuklarni ortish-tushirish va og‘ir mehnat kategoriyasiga tegishli yukni harakatlantirish jarayoni mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim.
215. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kiraverishda harakat yo‘nalishi, yuk ortish-tushirish joyi va transport vositalarining to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi chizma osilgan bo‘lishi kerak.
216. Sochilib ketadigan xom ashyo bir-biridan alohida holda saqlanishi kerak.
217. Sochilib ketadigan xom ashyoni uyum qilib saqlashda omborxona inshootlari maxsus qurilmalar (bunker, silos) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
218. Suyuq xom ashyolarni saqlash uchun maxsus idishlar sanoat oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan suv o‘tmaydigan taglikka o‘rnatilishi va sath o‘lchagichi bo‘lishi kerak.
(218-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
219. Barcha xom ashyo maydonlari erkin kirish imkoniyati bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
220. Xom ashyo va mahsulot omborxonalari umumiy hajmdagi ventilyatsiyaga, silos saqlagichlar esa aspiratsiya tizimiga ega bo‘lishi kerak.
221. Xom ashyo, yarim mahsulot va tayyor mahsulotlarni saqlash maydonlari havo yog‘inlaridan va quyosh nurining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siridan himoya qilinishi, suyuqliklarning erkin oqib ketishini chegaralovchi qurilma bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
222. Kislota va ishqorlarni saqlash omborlari boshqa materiallar saqlanadigan omborlardan alohida bo‘lishi kerak. Kislotalarni yerto‘lalarda saqlash taqiqlanadi. Kislotalar saqlanadigan omborlarni shamollatishda tabiiy shamollatishni qo‘llash kerak.
223. O‘tkir ishqorli baraban va bochkalar yopiq va quruq inshootlarda saqlanishi kerak.
224. Kislotalar sisternalarda, konteynerlarda, bochkalarda va kichik miqdorda shisha idishlarda saqlanishi kerak.
225. Neft va neft mahsulotlarini saqlash omborlari QMQ 2.09.19-97 “Neft va neft mahsulotlari omborlari” talablariga javob berishi kerak.
226. Qand-shakar omborlarida ushbu Qoidalar talablariga mos ravishda jihozlangan statsionar yoki qo‘yma zina bo‘lishi kerak.
227. Qand-shakar saqlash omborxonalari telefon, baland ovozda gapirgich va aloqaning boshqa turi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
228. Qand-shakar omborlarida yon tomondan sun’iy yoritish ko‘zda tutilishi kerak.
229. Qand-shakarni qopga joylash, tarozida tortish, uni omborxonaga tashish, shtabellarga joylash, shtabellarni qismlarga ajratish, transport vositalariga yuklash mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi kerak.
230. Ombordagi chang chiqishi mumkin bo‘lgan barcha joylar to‘silishi kerak.
231. Siloslardagi tuynuk va teshiklar zichlab yopiluvchi qopqoq bilan jihozlanishi kerak. Filtrli-aspiratsion qurilmaning yaroqliligi va ishonchliligi ishlab chiqaruvchi tomonidan tizimli tekshirib turilishi kerak.
20-§. Nazorat-o‘lchash asboblari, avtomatlashtirish vositalari va himoya qurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik talablari
232. Barcha nazorat-o‘lchash asboblari ishga yaroqli holatda bo‘lishi, tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan maxsus yo‘riqnoma va jadval asosida tekshirib turilishi kerak.
233. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish hajmi texnologik loyihalashtirish me’yorlariga mos kelishi va tasdiqlangan texnologik reglament asosida xavfsiz ish jarayonini olib borishni ta’minlashi kerak.
234. Foydalanishdagi nazorat-o‘lchash asboblari va avtomatlashtirish vositalari GOST 8.002-86 “O‘lchash vositalari ustidan davlat va tarmoq nazorati”ga mos ravishda majburiy tekshiruvdan o‘tkazilib turilishi kerak.
IV. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
235. Ishlab chiqarish uskunalari montaj qilish, foydalanish va ta’mirlash paytida ishlarning xavfsizligini ta’minlashi, yong‘in va portlash xavfidan xoli bo‘lishi, ulardan foydalanish jarayonida atrof muhitni zararli moddalar bilan sanitariya me’yorlaridan ortiq miqdorda ifloslantirmasligi va namlik, quyosh radiatsiyasi, mexanik tebranishlar, bosim va haroratning o‘zgarishlari natijasida xavf-xatar yuzaga keltirmasligi lozim.
236. Ishlab chiqarish uskunalarining harakatlanuvchi qismlari to‘silgan yoki GOST 12.2.062-81 talablariga muvofiq blokirovkalash, to‘xtatish, xabardor qilish tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
237. Ishlab chiqarish uskunalarining elementlari (elektr o‘tkazgichlari, o‘tkazish quvurlari, kabellari va boshqalar) ularning shikastlanishiga imkon bermaydigan holatda tayyorlangan bo‘lishi lozim.
238. Barcha nazorat moslamalari (termometr, monometr, hisoblagich va boshqalar), shuningdek signal beruvchi chiroqlarning joylashuvi ishlab chiqarish uskunalarini ishlatish va sozlash paytida qulay kuzatish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
239. Katta o‘lchamli (gabaritli) ishlab chiqarish uskunalari va ularning qismlariga xizmat ko‘rsatish, tekshirish, ta’mirlash va sozlash uchun qulay hamda yerdan 2 metr va undan balandda joylashganda to‘siqlari va zinalari bor maydonlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
240. Uskunalarni boshqarish organlarida ularning vazifasi ko‘rsatilgan aniq yozuvlar yoki shartli belgilari bo‘lishi lozim.
241. Ishlab chiqarish uskunalari tarkibiga kiruvchi himoya vositalari:
o‘chirib qo‘yilgan yoki nosoz ishlab chiqarish uskunasining ishlashini cheklab qo‘yishi;
xavf tug‘ilgan yoki odam xavfli hududga yaqinlashgan holatlarda ishlab ketishi;
faqat xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siri tugagandan so‘nggina o‘zining himoya vazifasini tugatishini ta’minlashi;
himoya vositalarining ayrim elementlari ishdan chiqqan taqdirda, qo‘shimcha xavf-xatarni yuzaga keltirmagan holda boshqa himoya vositalarining himoyalash vazifasini ta’minlashi;
xizmat ko‘rsatish va nazorat qilish uchun qulay bo‘lgan joyda o‘rnatilgan bo‘lishi, ayrim hollarda ularning ishlashini avtomatik ravishda nazorat qiluvchi qurilmalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
242. Ishlab chiqaruvchi uskunalar o‘tkir uchli, qirrali va boshqa jarohatlashi mumkin bo‘lgan elementlarga, shuningdek to‘silmagan issiq yoki juda ham sovutilgan qism va detallarga ega bo‘lmasligi lozim.
243. Ishlab chiqaruvchi uskunalarning tuzilishi va joylashishi montaj qilish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda qulaylik va xavfsizlikni ta’minlashi kerak.
244. Ishlab chiqaruvchi uskunalarning barcha aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlari butunlay yoki to‘r parda bilan to‘silgan bo‘lishi kerak.
245. Tez-tez tekshirilib turiladigan to‘siqlar tez yoki oson yechiladigan bo‘lishi kerak.
V. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda xavfsizlik talablari
1-§. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda xavfsizlikning umumiy talablari
246. Tashkilotning ta’mirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari tizimi, ularning pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi lozim.
247. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, rejaviy-oldini oluvchi ta’mirlashni qat’iy bajarilishi va ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim.
248. Ishlayotgan sexlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi ta’mirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
249. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning o‘rinbosari bilan kelishilishi lozim.
250. Ta’mirlash ishlari bajariladigan hudud to‘silgan holatda bo‘lishi va u yerda xavfsizlik plakati va belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
251. Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval, ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ta’mirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazilishi lozim.
252. Og‘ir yuklarni joyidan ko‘chirish ishlari yuk ortish va tushirish ishlari uchun javobgar shaxslarning ruxsati bilan bajarilishi kerak.
253. Nosoz yuk ko‘taruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan muddati tugagan mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
254. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yig‘ishtirib qo‘yilishi lozim.
255. Ta’mirlash paytida ish joylarini, yo‘llarni, yo‘laklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.
256. Ta’mirlash ishlari balandlikda bajarilayotganda havoza va taxta to‘shamalarning o‘rnatilishi amaldagi qoidalarning talabiga javob berishi lozim.
257. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda ta’mirlash ishlarini olib borilishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati ko‘pi bilan 40°S gacha pasaytirilgandan so‘ng ruxsat etiladi.
258. Barcha ta’mirlash ishlari sex, tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
259. Materiallarni uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi lozim.
260. Ta’mirlash olib borilayotgan joy va barcha o‘tish joylari belgilangan me’yorlarga muvofiq yoritilishi lozim.
261. Ta’mirlash tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, uskunalar, materiallar, asboblar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi moslamalar, blokirovkalar o‘z joyiga o‘rnatilishi lozim.
2-§. Apparatlar, rezervuarlar va quduqlar ichida ish olib borishda xavfsizlik talablari
262. Apparat, rezervuarlar va quduqlar ichida har qanday ko‘rinishdagi ishni olib borish uchun sex boshlig‘ining yozma ruxsati bilan mas’ul muhandis-texnik xodimlardan biriga ruxsat beriladi. Ishlar kunduzgi vaqtda olib borilishi kerak, faqatgina favqulodda (avariya) holatlardagina kechasi ishlashga ruxsat beriladi.
263. Apparat, rezervuar va quduqlar ichida ishlash uchun o‘n sakkiz yoshdan kichik bo‘lmagan, jismonan sog‘lom va tibbiy ko‘rikdan o‘tgan xodimlarga ruxsat beriladi.
264. Ishlar uch yoki undan ko‘p xodimlardan iborat jamoalarda olib boriladi (bir kishi ishlaydi, dublyor va ularni kuzatib turuvchilar). Kuzatuvchisiz ishni olib borishga ruxsat berilmaydi.
265. Apparat yoki rezervuarlar ichida ishni boshlashdan oldin quyidagilar ta’minlanishi kerak:
apparat yoki rezervuarlarni suv bilan yaxshilab yuvish orqali mahsulotlardan tozalash;
apparat yoki rezervuarlarga suv, bug‘, mahsulot keluvchi quvurlarni jo‘mraklari va quvurlarga qopqoq o‘rnatish yo‘li bilan ishonchli berkitish;
yuqori va pastki tuynuklarni ta’mirlash ishlarini boshlashdan oldin shamollatish uchun va shuningdek butun ish davomida ochib qo‘yish;
“Ta’mirlash — odamlar ishlayapti!” ogohlantiruvchi yozuvni osib qo‘yish;
yong‘in xavfi mavjud yoki vujudga kelish ehtimoli bo‘lgan rezervuarlarda ishlashda o‘t chiqishining oldini oluvchi asbob-uskunalardan foydalanish;
12 V kuchlanishli ko‘chma elektr chiroqlaridan (yoki shaxta turidagi akkumulyatorlar fonusi) foydalanish;
himoya vositalarining mavjudligi va yaroqliligi;
shlangli yoki kislorodli gazniqoblari.
266. Xodimning apparat yoki rezervuarga kirishga ruxsat berishdan oldin shaxsan sex boshlig‘i yoki navbatchi rahbarning o‘zi mazkur Qoidalarning tegishli bo‘limlarida ko‘rsatilgan ish qurollari, moslamalar, himoya qilish va saqlash vositalarining mavjudligi va yaroqliligini tekshirib ko‘rishi lozim.
267. Shlangali gazniqob taqqan holda apparat yoki rezervuarning ichida uzluksiz ravishda 15 daqiqadan ortiq bo‘lmagan vaqt oralig‘ida bo‘lishga ruxsat beriladi, shundan keyin xodimga ochiq havoda 15 daqiqalik tanaffus beriladi.
268. Shlangning erkin oxiri toza havo kirishini ta’minlovchi joyga qotirilgan bo‘lishi kerak. Uzunligi 20 metrdan uzun shlankaga havo uzatilishi havo uzatuvchi moslama yordamida amalga oshirilishi kerak.
VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
269. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
270. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(270-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi.
VII. Yakuniy qoida
271. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zstandart” agentligi va “Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2010-yil 17-noyabr
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2010-yil 17-noyabr
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. XODJAYEV
2010-yil 17-noyabr
Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2010-yil 17-noyabr
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
2010-yil 17-noyabr
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i B. GULYAMOV
2010-yil 17-noyabr
“O‘zstandart” agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2010-yil 17-noyabr
“Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi raisi R. BO‘RIYEV
2010-yil 17-noyabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 48-son, 449-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)