Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YO‘L-PATRUL XIZMATI ALOHIDA BATALYONINI TASHKIL QILISH VA TOSHKENT SHAHRINING MAGISTRAL KO‘CHALARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Toshkent shahrining transport qatnovi zich bo‘lgan magistral ko‘chalarida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahrining Ichki ishlar bosh boshqarmasi Davlat avtomobil nazorati boshqarmasining mavjud yo‘l-patrul rotasi negizida xodimlar soni va tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq bo‘lgan yo‘l-patrul xizmati alohida maxsus batalyoni tashkil etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ana shu maqsadlar uchun qo‘shimcha ravishda 144 nafar xodim ajratilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Davlat avtomobil nazorati yo‘l-patrul xizmati alohida maxsus batalyonining qo‘shimcha ravishda ajratilgan xodimlari va uning moddiy-texnika ta’minoti xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi 1995-yil budjetida Toshkent shahrining magistral ko‘chalarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun asbob-uskunalarni ishlab chiqarish, yetkazib berishga va sarflanadigan materiallarga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tuziladigan shartnomalarni taqdim etiladigan hisob-kitoblarga muvofiq, ularni respublika korxonalarida tayyorlash imkoniyatlarini ishlab chiqqan holda, mablag‘ bilan ta’minlashni nazarda tutsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 3-avgust,
396-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-avgustdagi 396-son qaroriga
1-ILOVA
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi maxsus avtomobillar va xorijiy davlatlar hukumat delegatsiyalarining xavfsiz yurishini ta’minlovchi yo‘l-patrul xizmati alohida maxsus batalyonining
XODIMLARI SONI
Jami‎ —‎ 344‎
shu jumladan:‎
katta va o‘rta boshliqlar‎ —‎ 138‎
kichik boshliqlar‎ —‎ 201‎
ishchi va xizmatchilar‎ —‎ 5 nafar‎
Izoh: Alohida maxsus rotaning mavjud 87 nafar xodimi, yo‘l-patrul xizmati polkining, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Davlat atvomobil nazorati boshqarmasining Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod tumanlariga, Toshkent halqa avtomobil yo‘liga xizmat ko‘rsatuvchi yo‘l-patrul xizmati alohida rotasining xodimlarini qayta taqsimlash hamda qo‘shimcha ravishda ajratiladigan 144 nafar xodim hisobidan tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-avgustdagi 396-son qaroriga
2-ILOVA
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi maxsus avtomobillar va xorijiy davlatlar hukumat delegatsiyalarining xavfsiz yurishini ta’minlovchi yo‘l-patrul xizmati alohida maxsus batalyonining
TUZILMASI
Rahbariyat‎ —‎ 4 nafar‎
Shtab‎ —‎‎ 3 nafar‎
Shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha guruh‎ —‎‎ 2 nafar‎
Texnika bo‘linmasi‎ —‎‎ 3 nafar‎
Ta’minot xizmati‎ —‎‎ 3 nafar‎
Moliya bo‘linmasi‎ —‎‎ 1 nafar‎
Jangovar bo‘linmalar (4 rota)‎ —‎‎ 328 nafar‎
Jami ‎ —‎‎ 344 nafar‎