Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkmaniston Hukumati oʻrtasida
Protokol
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro qatnovlari va chegaraboʻyi viloyatlarida yashovchi fuqarolarga yengillashtirilgan qatnov tartibi toʻgʻrisida 2004-yil 19-noyabrdagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
(Ashxobod, 2009-yil 13-dekabr)
(2009-yil 28-dekabrdan kuchga kirgan)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkmaniston Hukumati, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar,
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro qatnovlari va chegaraboʻyi viloyatlarida yashovchi fuqarolarga yengillashtirilgan qatnov tartibi toʻgʻrisida 2004-yil 19-noyabrda imzolangan Bitimning 17-moddasiga muvofiq (bundan keyin — Bitim),
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1. Bitimning 7-moddasi 1 va 2-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm va Buxoro viloyatlarida, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarining (ushbu Protokolning 3-ilovasi) Turkmaniston chegarasiga bevosita tutashgan tumanlarida doimiy istiqomat qiluvchi, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yangi shakldagi pasportlari va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining amaldagi eski shakldagi pasportlariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Turkmanistonning Dashouz va Lebop viloyatlariga bir oyda bir marta vizasiz kirishlari, chiqishlari va unda koʻpi bilan uch kun boʻlishlari mumkin.
2. Turkmanistonning Dashouz va Lebop viloyatlarida doimiy istiqomat qiluvchi Turkmaniston fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm va Buxoro viloyatlariga, shuningdek Turkmanistonning davlat chegarasiga bevosita tutashgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining rayonlari (ushbu Protokolning 3-ilovasi) hududlariga bir oyda bir marta vizasiz kirishlari, chiqishlari hamda unda koʻpi bilan uch kun boʻlishlari mumkin.
Ushbu bandda koʻrsatilgan fuqarolar, Turkmaniston fuqarolarining haqiqiy pasportlari yoki Turkmanistondan chiqib ketish va Turkmanistonga kirish uchun Turkmaniston fuqarolarining haqiqiy pasportlari va yashash joylarini tasdiqlovchi hujjatlar bilan chegarani kesib oʻtish huquqiga egadirlar”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Turkmaniston hududi boʻylab kirishlari, chiqishlari va harakatlanishlari uchun hujjatlar Roʻyxati (ushbu Protokolning 1-ilovasi), Turkmaniston fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab kirishlari, chiqishlari va harakatlanishlari uchun hujjatlar Roʻyxati (ushbu Protokolning 2-ilovasi) va Oʻzbekiston Respublikasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining Turkmaniston davlat chegarasi bilan bevosita tutashgan tumanlari Roʻyxati (ushbu Protokolning 3-ilovasi) tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Turkmaniston hududi boʻylab kirishlari, chiqishlari va harakatlanishlari uchun hujjatlar Roʻyxati (Bitimning 1-ilovasi), Turkmaniston fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab kirishlari, chiqishlari va harakatlanishlari uchun hujjatlar Roʻyxati (Bitimning 2-ilovasi) va Oʻzbekiston Respublikasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining Turkmaniston davlat chegarasi bilan bevosita tutashgan tumanlari Roʻyxati (Bitimning 3-ilovasi) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ushbu Protokol Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va Bitimning 19-moddasi qoidalariga muvofiq kuchga kiradi.
Ashxobod shahrida 2009-yil 13-dekabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, turkman va rus tillarda tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Protokol qoidalarini talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan
Turkmaniston Hukumati oʻrtasida fuqarolarning
oʻzaro qatnovlari va chegaraboʻyi viloyatlarida
yashovchi fuqarolarga yengillashtirilgan
qatnov tartibi toʻgʻrisida 2004-yil
19-noyabrda imzolangan Bitimga oʻzgartish va
qoʻshimchalar kiritish haqida Protokolga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Turkmaniston
hududi boʻylab kirishlari, chiqishlari va
harakatlanishlari uchun hujjatlar
hududi boʻylab kirishlari, chiqishlari va
harakatlanishlari uchun hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti.
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining yangi shakldagi pasporti.
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining eski shakldagi pasporti (2016-yil 1-yanvar kuniga qadar).
4. 16 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining guvohnomasi (2016-yil 1-yanvar kuniga qadar).
5. Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari pasportiga yoziladigan va fotosurati yopishtirilgan, ota-onalari yoki qonuniy vakillari hamrohligida harakatlanadigan 16 yoshga toʻlmagan bolalar uchun (2016-yil 1-yanvar kuniga qadar).
6. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma (faqat Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun).
7. Hukumatlararo feldyegerlik xizmati xodimining shaxsiy guvohnomasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan
Turkmaniston Hukumati oʻrtasida fuqarolarning
oʻzaro qatnovlari va chegaraboʻyi viloyatlarida
yashovchi fuqarolarga yengillashtirilgan
qatnov tartibi toʻgʻrisida 2004-yil
19-noyabrda imzolangan Bitimga oʻzgartish va
qoʻshimchalar kiritish haqida Protokolga
2-ILOVA

Turkmaniston fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi
hududi boʻylab kirishlari, chiqishlari va
harakatlanishlari uchun hujjatlar
hududi boʻylab kirishlari, chiqishlari va
harakatlanishlari uchun hujjatlar
ROʻYXATI
1. Diplomatik pasport.
2. Xizmat pasporti.
3. Turkmanistondan chiqib ketish va Turkmanistonga kirish uchun Turkmaniston fuqarosining pasporti.
4. Turkmaniston fuqarosining pasporti (2013-yil 10-iyul kuniga qadar).
5. Dengizchining pasporti.
6. Turkmanistonga qaytish uchun guvohnoma (faqat Turkmanistonga qaytish uchun).
7. Hukumatlararo feldyegerlik xizmati xodimining shaxsiy guvohnomasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan
Turkmaniston Hukumati oʻrtasida fuqarolarning
oʻzaro qatnovlari va chegaraboʻyi viloyatlarida
yashovchi fuqarolarga yengillashtirilgan
qatnov tartibi toʻgʻrisida 2004-yil
19-noyabrda imzolangan Bitimga oʻzgartish va
qoʻshimchalar kiritish haqida Protokolga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining Turkmaniston
davlat chegarasi bilan bevosita tutashgan tumanlari
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining Turkmaniston
davlat chegarasi bilan bevosita tutashgan tumanlari
ROʻYXATI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1. Qoʻngʻirot tumani
2. Shumanay tumani
3. Xoʻjayli tumani
4. Taxiatosh shahri
5. Amudaryo tumani
6. Beruniy tumani
7. Ellikqalʼa tumani
8. Toʻrtkoʻl tumani
Qashqadaryo viloyati
1. Mirishqor tumani
2. Nishon tumani
3. Gʻuzor tumani
4. Dehqonobod tumani
Surxondaryo viloyati
1. Sherobod tumani
2. Muzrobod tumani
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2009-y., 4-son)