|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2013
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining
Qarori
IXTISOSLAShGAN KENGASh HAQIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 20-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 260-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/3-sonli “Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2440, 25.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-sentabrdagi 421-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-y., 9-son, 28-modda) asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais v.b. K. SULTONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-dekabr,
160/11-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/11-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ixtisoslashgan kengash haqidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandda:
birinchi xatboshidagi “OAK” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda OAK deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “mazkur” degan soʻz “oliy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“OAK Rayosati va OAK ekspert kengashlarining aʼzolari kengash tarkibiga kiritilmaydi”.
2. 7-bandning ikkinchi xatboshidagi “kiritib” degan soʻz “kiritish boʻyicha taklif beradi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 11-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kengash rahbari kengash faoliyati haqida OAK hamda kengash tuzish toʻgʻrisida iltimos qilgan yuqori tashkilot oldida hisobot beradi”.
4. 12-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dissertatsiya kafedra, boʻlim va laboratoriya ilmiy seminarlarida, ilmiy-texnik va muammoviy kengashlarda dastlabki ekspertizadan va muhokamadan oʻtgandan soʻng, kengash belgilangan roʻyxatdagi (3.1-shakl) hujjatlar mukammal boʻlganda dissertatsiyani dastlabki koʻrib chiqishga qabul qilib oladi hamda dissertatsiyani yakuniy va mukammal dastlabki ekspertiza qilish uchun kengash qoshidagi ilmiy seminarga yuboradi. Shundan soʻng, kengash aʼzolarining orasidan dissertatsiya ixtisosligi boʻyicha mutaxassislardan tuzilgan komissiyaga dissertatsiya bilan tanishib chiqish va dissertatsiya himoyasini oʻtkazish uchun asos boʻlgan ixtisosliklarga uning qay darajada muvofiq kelishini, muallif eʼlon qilgan ishlarda dissertatsiya materiallari qanchalik toʻliq bayon etilgani haqida kengashga xulosa berishni, shuningdek koʻrib chiqilayotgan mazkur dissertatsiya boʻyicha yetakchi tashkilot, rasmiy opponentlar tayinlashni, zarur hollarda esa kengash tarkibiga qoʻshimcha aʼzolar kiritish haqida takliflar berishni topshiradi”.
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kengash dissertatsiyani himoyaga qabul qilish haqidagi qaroridan soʻng yetakchi tashkilotni va rasmiy opponentlarni tasdiqlaydi hamda oʻrnatilgan tartibda ushbu himoya haqida OAK veb-saytida eʼlon berish uchun tegishli hujjatlarni OAK ga taqdim etadi”.
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Kengash tomonidan dissertatsiya himoyaga qabul qilinganidan soʻng dissertatsiyaga va uning avtoreferatiga oʻzgartirishlar kiritish mumkin emas”.
5. 13-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Kengash raisi himoya toʻgʻrisida OAK veb-saytida eʼlon berilgandan soʻng, qoʻlyozma tariqasida avtoreferatni chop etishga ruxsat beradi va uni tarqatish uchun qoʻshimcha roʻyxat tuzadi hamda himoya kunini tayinlaydi. Himoya toʻgʻrisida OAK veb-saytida eʼlon berilgandan soʻng, himoya uch oy muddat ichida oʻtkazilishi shart”.
6. 14-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dissertatsiya yuzasidan salbiy taqriz va xulosalar berilgan taqdirda, kengash ularning obyektivligi qay darajada asoslanganligini eʼtiborga olgan holda, dissertatsiyani himoyaga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi mumkin”.
7. 29-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoʻshimcha xulosa olish uchun yuborilgan dissertatsiya olingandan keyin u ikki oy muddat mobaynida kengash tomonidan koʻrib chiqiladi. Kengash dissertatsiyani koʻrib chiqishdan avval kengash aʼzolaridan iborat boʻlgan komissiyaga himoya qiluvchining dissertatsiyasi bilan tanishib chiqishni hamda kengashga dissertatsiya yuzasidan xulosa loyihasini taqdim etishni topshiradi”.
8. 30-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
9. 34-bandning birinchi xatboshidan “shuningdek ekspertizaning avvalgi bosqichlarida aytilgan tanqidiy fikrlarga baho beriladi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
10. 35-banddan “hamda attestatsiya hujjatlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 3-4-son, 23-modda)