|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.02.2013
|
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining
buyrug‘i
QON BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN KO‘P MAROTABA QO‘LLANILIShI TAQIQLANGAN TIBBIY ANJOM VA USKUNALAR RO‘YXATIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 23-oktabrda 1784-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2013-yil 28-yanvardagi 16-sonli “Qon ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p marotaba qo‘llanilishi taqiqlangan tibbiy buyum va asboblar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2422, 05.02.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-sonli “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirning 2008-yil 4-martdagi 91-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Qon bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p marotaba qo‘llanilishi taqiqlangan tibbiy anjom va uskunalar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1784, 2008-yil 4-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 14-15-son, 107-modda) ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-oktabr,
299-son
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2009-yil 9-oktabrdagi 299-sonli buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Qon bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p marotaba qo‘llanilishi taqiqlangan tibbiy anjom va uskunalar ro‘yxatiga kiritilayotgan qo‘shimchalar
Qon bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p marotaba qo‘llanilishi taqiqlangan tibbiy anjom va uskunalar ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi 38—43-pozitsiyalar qo‘shilsin:
| 38. | Dializator* |
| 39. | Arteriyadan qon o‘tkazuvchi magistral* |
| 40. | Venaga qon o‘tkazuvchi magistral* |
| 41. | Arteriya qon tomiri uchun dializ ignasi* |
| 42. | Vena qon tomiri uchun dializ ignasi* |
| 43. | Dializ uchun kateter* |
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 44-son, 471-modda)