Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.04.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
PAXTA TOLASI VA LINTNI EKSPORTGA VA RESPUBLIKA KORXONALARIGA REALIZATSIYA QILIShDA QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻINI HISOBVARAQ-FAKTURALARDA AKS ETTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1974]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 4-apreldagi 26, 2011-13-sonli “Paxta tolasi va lintni eksportga va respublika korxonalariga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1974-1, 13.04.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-songa 1-ilova), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Toʻqimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–330-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 17-son, 138-modda) va 2006-yil 29-avgustdagi “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida”gi PQ–456-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 36-son, 359-modda) qarorlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Paxta tolasi va lintni eksportga va respublika korxonalariga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qoʻmitasining 2006-yil 12-maydagi 44 va 2006-26-son “Paxta tolasini Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi orqali respublika korxonalariga sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2006-yil 15-iyun, roʻyxat raqami 1583 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 24-son, 222-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qoʻmitasining 2006-yil 7-dekabrda 99 va 2006-48-son “Paxta tolasini Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi orqali respublika korxonalariga sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (2006-yil 25-dekabr, roʻyxat raqami 1583-1 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 51-52-son, 521-modda).
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 1-may,
50-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 1-may,
2009-19-son
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 1-maydagi 50, 2009-19-son qaroriga
ILOVA
Paxta tolasi va lintni eksportga va respublika korxonalariga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-songa 1-ilova), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-330-son “Toʻqimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 17-son, 138-modda) va 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 36-son, 359-modda) qarorlariga muvofiq paxta tolasi va lintni respublika korxonalariga va Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari orqali eksportga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Paxta tolasi va lintni (keyingi oʻrinlarda paxta tolasi deb ataladi) eksportga va paxta tolasini qayta ishlovchi respublika korxonalariga (keyingi oʻrinlarda respublika korxonalari deb ataladi) realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari (keyingi oʻrinlarda TIAISV kompaniyalari deb ataladi) va Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi valyuta maydonchasi (keyingi oʻrinlarda OʻzRTXB deb ataladi) orqali chet el valyutasida amalga oshiriladi.
Respublikaning ayrim tarmoqlaridagi korxonalariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra paxta tolasi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari (keyingi oʻrinlarda “Paxtasanoat” HAB deb ataladi) bilan tuziladigan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha realizatsiya qilinishi mumkin.
2. Paxta tolasini eksportga va respublika korxonalariga TIAISV kompaniyalari va OʻzRTXB orqali realizatsiya qilish va paxta tolasi uchun hisob-kitoblar respublika korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 36-son, 359-modda) qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
II. Paxta tolasini “Paxtasanoat” HABga realizatsiya qilishda paxta tozalash zavodlari tomonidan hisobvaraq- fakturalarda qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini aks ettirish tartibi
3. Paxta tozalash zavodlari tomonidan paxta tolasini “Paxtasanoat” HABga realizatsiya qilish konditsion ogʻirlikda ulgurji preyskurant narxlarda:
respublika korxonalariga realizatsiya qilish uchun moʻljallangani — qoʻshilgan qiymat soligʻining 20 % stavkasi qoʻllanilgan holda;
eksportga realizatsiya qilish uchun moʻljallangani — qoʻshilgan qiymat soligʻini nol darajali stavkasi qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi.
4. Hisobvaraq-fakturalar paxta tozalash zavodlari tomonidan paxta tolasi boʻyicha “Paxtasanoat” HABning naryadlari asosida yoziladi.
Keyinchalik respublika korxonalariga realizatsiya qilish uchun moʻljallangan paxta tolasi boʻyicha va keyinchalik eksportga realizatsiya qilish uchun moʻljallangan paxta tolasi boʻyicha hisobvaraq-fakturalarni paxta tozalash zavodlari tomonidan toʻldirish shakllari va misollari mazkur Nizomning 1 va 1a-ilovalarida keltirilgan.
5. Paxta tozalash zavodlariga paxta tolasini eksportga yetkazib berishda nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarib berish Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomda (2008-yil 16-may, roʻyxat raqami 1807 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 20-21-son, 180-modda) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda, paxta tolasini eksportga realizatsiya qilinganligi tasdigʻi sifatida paxta tozalash zavodlari “Paxtasanoat” HABning naryadini va ushbu naryad asosida yozilgan hisobvaraq-fakturani taqdim etadilar.
III. Respublika korxonalariga paxta tolasini realizatsiya qilishda “Paxtasanoat” HAB tomonidan hisobvaraq-fakturalarda qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini aks ettirish tartibi
6. Paxta tolasini respublika korxonalariga realizatsiya qilishda “Paxtasanoat” HAB qoʻshilgan qiymat soligʻini qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini oʻz ichiga oluvchi vositachilik haqidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi.
7. Paxta tolasini OʻzRTXB orqali va toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalari boʻyicha respublika korxonalariga realizatsiya qilishda, shuningdek paxta tolasini TIAISV kompaniyalari orqali respublika korxonalariga realizatsiya qilishda “Paxtasanoat” HAB tomonidan yozib beriladigan hisobvaraq-fakturalarni toʻldirish shakllari va misollari mazkur Nizomning 2 va 2a-ilovalarida keltirilgan.
“Paxtasanoat” HAB yozib berilayotgan hisobvaraq-fakturada paxta tolasi qiymatini va qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini tegishincha ajratib koʻrsatgan holda vositachilik haqi summasini alohida satrlarda ajratib koʻrsatadi.
Bunda, hisobvaraq-fakturalar mazkur Nizomga muvofiq qatʼiy amal qilgan holda maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
8. TIAISV kompaniyalari paxta tolasini respublika korxonalariga realizatsiya qilishda hisobvaraq-fakturada “Paxtasanoat” HAB hisobvaraq-fakturalarida koʻrsatilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini, shuningdek kompaniyaning vositachilik haqidagi qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini ajratib koʻrsatadilar.
Paxta tolasini respublika korxonalariga realizatsiya qilishda TIAISV kompaniyalari tomonidan hisobvaraq-fakturalarni toʻldirish shakli va misoli mazkur Nizomning 2b-ilovasida keltirilgan.
9. TIAISV kompaniyalari tomonidan yoziladigan hisobvaraq-fakturada ajratib yozilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 218-moddasida nazarda tutilgan tartibda respublika korxonalari tomonidan hisobga olinadi.
IV. Paxta tolasini eksportga realizatsiya qilishda “Paxtasanoat” HAB tomonidan hisobvaraq-fakturalarda qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini aks ettirish tartibi
10. “Paxtasanoat” HAB tomonidan paxta tolasini eksportga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini oʻz ichiga oluvchi oʻzining vositachilik haqi summasidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
11. Paxta tolasini eksportga TIAISV kompaniyalari orqali realizatsiya qilishda “Paxtasanoat” HAB tomonidan hisobvaraq-fakturalarni toʻldirish shakli va misoli mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan.
12. “Paxtasanoat” HAB tomonidan OʻzRTXB va TIAISV kompaniyalari orqali eksportga realizatsiya qilingan paxta tolasi hajmiga belgilangan tartibda jahon narxlarida qoʻshilgan qiymat soligʻisiz invoys yozib beriladi.
V. Paxta tozalash zavodlari tomonidan qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobini tuzishning oʻziga xos xususiyatlari
13. Paxta tozalash zavodlari Hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi hisob-kitobida (Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq hisoboti shakllarining 2-ilovasi) (2008-yil 21-yanvar, roʻyxat raqami 1760 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 3-4-son, 15-modda):
4-ustunning 01031 va 01033-satrlarini, shuningdek 3-ustunning 01034-satrini toʻldirmaydilar;
5-ustunning 05031-satrida 5-ustunning 0503-satridagi qiymatini takrorlaydilar.
Paxta tolasi va lintni eksportga va respublika korxonalariga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Paxta tolasini keyinchalik respublika korxonalariga realizatsiya qilish uchun “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga realizatsiya qilishda paxta tozalash zavodlari tomonidan hisobvaraq-fakturani toʻldirish
MISOLI
‎‎2009-yil 4-yanvardagi 10/1-010-sonli Naryadga


‎‎‎2009-yil 5-yanvardagi 104/007-sonli

HISOBVARAQ-FAKTURA

Etkazib beruvchi: OAJ “Qorakoʻl”‎‎ Sotib oluvchi: “Buxoro Paxtasanoat” HAB
‎‎Manzil: 106000, Qorakoʻl sh., Nurafshon koʻch., 1 ‎‎Manzil: 105004, Buxoro sh., Hijduvoni koʻch., 16
‎‎Telefon: 56-57-321‎ Telefon : 223-00-64‎‎
‎‎Hisob-kitob hisobvaraq raqami: ‎‎Hisob-kitob hisobvaraq raqami:
Bank:‎ Bank:‎
Bank kodi: ‎‎Bank kodi:‎
STIR:‎ STIR:
XXTUT:‎
XXTUT:‎

Tovarlar nomi

‎‏Oʻlchov birligi‎ Miqdori ‎‏Oʻlchov birligi narxi (soʻm) ‎‏Etkazib berish qiymati QQSsiz‎

‎‏‎QQS

Etkazib berishning QQS hisobga olingan holda qiymati‎‏

stavkasi‎

summasi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎

1. Paxta tolasi, 5 tur, birinchi nav, oʻrta sinf

kg‎ 500,0‎ 1 605, 058‎ 802 530‎ 20‎ 160 506‎ 963 036‎

2. Paxta tolasi, 5 tur, ikkinchi nav, oliy sinf

kg‎ 1500,0‎ 1 637, 158‎ 2 455 737‎ 20‎ 491 147‎ 2 946 884‎
JAMI‎ 2000,0‎ 3 258 267‎ 651 653‎ 3 909 920‎

‎Jami toʻlashga: uch million toʻqqiz yuz toʻqqiz ming toʻqqiz yuz yigirma soʻm.


‎Rahbar ________________________


‎Oldim ___________________________

‎‎Bosh buxgalter __________________

(sotib oluvchi yoki vakolatli vakilning imzosi)


‎M.Oʻ.‎


‎‎20__ yil “___” _______ dagi

‎‎
‎Tovarni berdim ____________________

_____-sonli ishonchnoma boʻyicha‎‎

(yetkazib beruvchining masʼul shaxsi imzosi)


‎____________________________________
(tovar oluvchining F.I.Sh.)
Paxta tolasi va lintni eksportga va respublika korxonalariga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
Paxta tolasini keyinchalik eksportga realizatsiya qilish uchun “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga realizatsiya qilishda paxta tozalash zavodlari tomonidan hisobvaraq-fakturani toʻldirish
MISOLI
‎‎2009-yil 4-yanvardagi 10/1-010-sonli Naryadga


‎‎‎2009-yil 5-yanvardagi 104/007-sonli

HISOBVARAQ-FAKTURA

Etkazib beruvchi: OAJ “Qorakoʻl”‎‎ Sotib oluvchi: “Buxoro Paxtasanoat” HAB
‎‎Manzil: 106000, Qorakoʻl sh., Nurafshon koʻch., 1 ‎‎Manzil: 105004, Buxoro sh., Hijduvoni koʻch., 16
‎‎Telefon: 56-57-321‎ Telefon : 223-00-64‎‎
‎‎Hisob-kitob hisobvaraq raqami: ‎‎Hisob-kitob hisobvaraq raqami:
Bank:‎ Bank:‎
Bank kodi: ‎‎Bank kodi:‎
STIR:‎ STIR:
XXTUT:‎
XXTUT:‎

Tovarlar nomi

‎‏Oʻlchov birligi‎ Miqdori ‎‏Oʻlchov birligi narxi (soʻm) ‎‏Etkazib berish qiymati QQSsiz‎

‎‏‎QQS

Etkazib berishning QQS hisobga olingan holda qiymati‎‏

stavkasi‎

summasi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎

1. Paxta tolasi, 5 tur, birinchi nav, oʻrta sinf

kg‎ 500,0‎ 1 605, 058‎ 802 530‎ 0 0 963 036‎

2. Paxta tolasi, 5 tur, ikkinchi nav, oliy sinf

kg‎ 1500,0‎ 1 637, 158‎ 2 455 737‎ 0 0 2 946 884‎
JAMI‎ 2000,0‎ 3 258 267‎ 3258 267‎

‎Jami toʻlashga: uch million ikki yuz ellik sakkiz ming ikki yuzu oltmish yetti soʻm.


‎Rahbar ________________________


‎Oldim ___________________________

‎‎Bosh buxgalter __________________

(sotib oluvchi yoki vakolatli vakilning imzosi)


‎M.Oʻ.‎


‎‎20__ yil “___” _______ dagi

‎‎
‎Tovarni berdim ____________________

_____-sonli ishonchnoma boʻyicha‎‎

(yetkazib beruvchining masʼul shaxsi imzosi)


‎____________________________________
(tovar oluvchining F.I.Sh.)
Paxta tolasi va lintni eksportga va respublika korxonalariga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Paxta tolasini OʻzRTXB orqali va toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha respublika korxonalariga realizatsiya qilishda “Paxtasanoat” HAB tomonidan hisobvaraq-fakturani toʻldirish
MISOLI

‎‎2008-yil 30-iyundagi 804131-sonli shartnomaga
‎2008-yil 7-iyuldagi 1106/301-214-sonli

HISOBVARAQ-FAKTURA

‎‎‎Yuklab joʻnatish sanasi 07.07.08
‎‎Kurs 1310.91‎
‎‎

‎Etkazib beruvchi: Toshpaxtasanoat HAB
‎‎
‎‎
‎‎Sotib oluvchi: TASh.BUM, F-KA GPO "DAVLAT BELGISI"
‎‎‎Manzil: Toshkent sh., U. Nosir koʻch., 8‎‎ ‎‎Manzil: 111104 Tosh.vil.Tosh.r/n Yu-Abad

‎‎‎Telefon: 253-05-71
‎‎
‎Telefon: 124-94-77, 124-52-80
‎‎H-k hisobvaraq raqami: 20210000200132912001‎ ‎‎H-k hisobvaraq raqami: 215960800447895001
‎‎‎Valyuta h-k hisobvaraq raqami: 2021084030013291201 ‎‎‎‎Valyuta h-k hisobvaraq raqami:
‎‎Tosh. vil. Paxta Bank boshq.‎‎ ‎‎Toshkent sh. MB HKM BB
‎‎MFO 00454 MFO 00014
‎‎‎‎STIR 200625964 ‎‎STIR 201689900
‎‎XXTUT 19900‎‎
‎‎XXTUT 15310

Tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi‎‏

Oʻlchov birligi‎‏

Miqdori‎‎ 1 tonna uchun narx AQSh dollarida‎‏ 1 tonna uchun QQSsiz ulgurji preyskurant (oʻrtacha) narxi‎‏ Mahsulot qiymati‎‏ QQS‎‎ QQS hisobga olingan holda mahsulot qiymati‎‏ Etkazib berish qiymati‎‏
netto‎ kondits. ogʻirligi stavkasi‎ summasi‎

Paxta tolasi qiymati AQSh doll.

kg‎

48666,90‎ 1579,55‎ 76871,80‎

shu jumladan milliy valyutada‎ ulgurji-preyskurant narxda‎

kg‎ 50289‎ 1451634,17‎ 73001230,61‎ 20%‎ 14600246,12‎ 87601476,73‎ 87601476,73‎

Tashish xarajatlari‎

545869,68 20%‎‎ 109173,94‎ 655043,62‎ 655043,62‎

“Sifat” xarajatlari‎

415845,83‎ 20%‎‎ 83169,17‎ 499015,00‎ 499015,00‎

Qabul qilish‎

202026,72‎ 20%‎‎ 40405,34‎ 242432,06‎ 242432,06‎

Yuklab joʻnatish‎

295597,06‎ 20%‎‎ 59119,41‎ 354716,47‎ 354716,47‎

Saqlash‎

Vositachilik haqi‎

365006,16‎ 20%‎‎ 73001,23‎ 438007,39‎ 438007,39‎‎

Jahon va ulgurji-preyskurant qiymat orasidagi farq‎

10981320,07‎

Jami‎

AQSh doll.‎ 76871,80‎

Jami‎

soʻm‎ 100772011,34‎

‎‏Jami toʻlashga:

Etmish olti ming sakkiz yuz yetmish bir dollar 80 tsent‎‎
Yuz million yetti yuz yetmish ikki ming oʻn bir soʻm 34 tiyin‎‎

‎‎‎Rahbar ______________________

‎‎‎Tovarni oldim
______________________________________
‎‎Bosh buxgalter __________________

‎‎(sotib oluvchi yoki vakolatli vakilning imzosi)


‎M.Oʻ.‎

‎‎‎20
__ yil “___” _________ dagi
‎‎_____-sonli ishonchnoma boʻyicha
‎‎Tovarni berdim _________________ ‎‎_________________________________
‎‎(yetkazib beruvchining masʼul shaxsi imzosi)

‎‎(tovar oluvchining F.I.Sh.)

Paxta tolasi va lintni eksportga va respublika korxonalariga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2a-ILOVA
Paxta tolasini TIAISV kompaniyalari orqali respublika korxonalariga realizatsiya qilishda “Paxtasanoat” HAB tomonidan hisobvaraq-fakturani toʻldirish
MISOLI

‎‎2008-yil 30-iyundagi 804131-sonli shartnomaga
‎2008-yil 7-iyuldagi 1106/301-214-sonli

HISOBVARAQ-FAKTURA

‎‎‎Yuklab joʻnatish sanasi 07.07.08
‎‎Kurs 1310.91‎
‎‎

‎Etkazib beruvchi: Toshpaxtasanoat HAB
‎‎


‎Etkazib beruvchi: Oʻzmarkazimpeks
‎‎‎Manzil: Toshkent sh., U. Nosir koʻch., 8‎‎ Manzil: 100077, Buyuk Ipak Yoʻli-75

‎‎‎Telefon: 253-05-71

‎Telefon: 68-72-41
‎‎H-k hisobvaraq raqami: 20210000200132912001‎ H-k hisobvaraq raqami: 20210000100600099001
‎‎‎Valyuta h-k hisobvaraq raqami: 2021084030013291201 ‎‎‎‎Valyuta h-k hisobvaraq raqami:
‎‎Tosh. vil. Paxta Bank boshq.‎‎ OʻzR TIF MB Mirzo-Ulugʻbek fil.
‎‎MFO 00454 MFO 00895
‎‎‎‎STIR 200625964 STIR 201281871
‎‎XXTUT 19900‎‎
XXTUT 72100

Tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi‎‏

Oʻlchov birligi‎‏

Miqdori‎‎ 1 tonna uchun narx AQSh dollarida‎‏ 1 tonna uchun QQSsiz ulgurji preyskurant (oʻrtacha) narxi‎‏ Mahsulot qiymati‎‏ QQS‎‎ QQS hisobga olingan holda mahsulot qiymati‎‏ Etkazib berish qiymati‎‏
netto‎ kondits. ogʻirligi stavkasi‎ summasi‎

Paxta tolasi qiymati AQSh doll.

kg‎

48666,90‎ 1579,55‎ 76871,80‎

shu jumladan milliy valyutada‎ ulgurji-preyskurant narxda‎

kg‎ 50289‎ 1451634,17‎ 73001230,61‎ 20%‎ 14600246,12‎ 87601476,73‎ 87601476,73‎

Tashish xarajatlari‎

545869,68 20%‎‎ 109173,94‎ 655043,62‎ 655043,62‎

“Sifat” xarajatlari‎

415845,83‎ 20%‎‎ 83169,17‎ 499015,00‎ 499015,00‎

Qabul qilish‎

202026,72‎ 20%‎‎ 40405,34‎ 242432,06‎ 242432,06‎

Yuklab joʻnatish‎

295597,06‎ 20%‎‎ 59119,41‎ 354716,47‎ 354716,47‎

Saqlash‎

Vositachilik haqi‎

365006,16‎ 20%‎‎ 73001,23‎ 438007,39‎ 438007,39‎‎

Jahon va ulgurji-preyskurant qiymat orasidagi farq‎

10981320,07‎

Jami‎

AQSh doll.‎ 76871,80‎

Jami‎

soʻm‎ 100772011,34‎

‎‏Jami toʻlashga:

Etmish olti ming sakkiz yuz yetmish bir dollar 80 tsent‎‎
Yuz million yetti yuz yetmish ikki ming oʻn bir soʻm 34 tiyin‎‎

‎‎‎Rahbar _______________________

‎‎‎Tovarni oldim
______________________________________
‎‎Bosh buxgalter __________________

‎‎(sotib oluvchi yoki vakolatli vakilning imzosi)


‎M.Oʻ.‎

‎‎‎20
__ yil “___” _________ dagi
‎‎_____-sonli ishonchnoma boʻyicha
‎‎Tovarni berdim _________________ ‎‎_________________________________
‎‎(yetkazib beruvchining masʼul shaxsi imzosi)

‎‎(tovar oluvchining F.I.Sh.)

Paxta tolasi va lintni eksportga va respublika korxonalariga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2b-ILOVA
Paxta tolasini respublika korxonalariga realizatsiya qilishda TIAISV kompaniyalari tomonidan hisobvaraq-fakturani toʻldirish
MISOLI

‎‎20__yil “___” ____________ dagi ____-sonli tovar yuklab joʻnatish hujjatiga

‎‎20__yil “___” ____________ dagi _________-sonli

‎‎HISOBVARAQ-FAKTURA

‎‎Etkazib beruvchi: Oʻzmarkazimpeks‎‎ ‎‎Sotib oluvchi: respublika korxonasi
‎‎Manzil:‎‎ ‎‎Manzil:‎‎‎‎
Telefon:‎‎ Telefon:‎‎‎
‎‎Hisob-kitob hisobvaraq raqami:‎‎ ‎‎Hisob-kitob hisobvaraq raqami:‎‎‎‎
MFO‎‎ MFO‎‎
‎‎shahar (tuman)_____________‎ ‎‎shahar (tuman)____________
Etkazib beruvchining identifikatsiya raqami‎ ‎‎Sotib oluvchining identifikatsiya raqami
(STIR)‎‎ (STIR)‎‎‎
‎‎XXTUT boʻyicha kod ________‎‎ ‎‎XXTUT boʻyicha kod ________‎‎‎‎
1 AQSh doll. = 1150 soʻm.‎‎
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi Oʻlchov birligi‏ Miqdori‏ Oʻlchov birligi narxi‏ Etkazib berish qiymati QQSsiz QQS Etkazib berishning QQS hisobga olingan holda qiymati (soʻm)
stavkasi summasi
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎
1. Paxta tolasi, 5 tur, 1 nav, oʻrta sinf tonna‎ 500,0‎ 1328,23 AQSh doll. x‎ x‎ x‎ 664 115,00 AQSh doll.
“Paxtasanoat” HABning 20__ y. “___” ___________dagi ____-sonli hisobvaraq-fakturasi asosida netto ogʻirlik boʻyicha qayta hisob-kitobdagi preyskurant narx boʻyicha
2. Paxta tolasi, 5 tur, 1 nav, oʻrta sinf tonna‎ 1‎ 1 tonnaga 956 583,33 soʻm 1 tonnaga 956 583,33 soʻm‎ 20%‎ 1 tonnaga 191 316,67 soʻm‎ 1 tonnaga QQS hisobga olingan holda preyskurant narxi 1 147 900 soʻm‎
2.1. Paxta tolasi, 5 tur, 1 nav, oʻrta sinf‎ tonna‎ 500,0‎ 1 tonnaga QQS hisobga olingan holda preyskurant narxi 1 147 900 soʻm 478 291 670 soʻm 20%‎ 95 658 330 soʻm 573 950 000 soʻm
2.2. “Paxtasanoat” HAB mukofoti‎ %‎ Paxta tolasini preyskurant narx boʻyicha yetkazib berish qiymatidan 1,5%‎ 7 174 380 soʻm 20%‎ 1 434 870 soʻm 8 609 250 soʻm
3. Oʻzmarkazimpeks mukofot haqi‎ %‎ Chel el valyutasidagi qiymatidan 0,5%‎ 3 182 220 soʻm 20%‎ 636 440 soʻm 3 818,660 soʻm = 664 115,00 AQSh doll. x 0,5% x AQSh doll. kurs
Jami toʻlashga‎‎ Olti yuz oltmish toʻrt ming bir yuz oʻn besh AQSh doll.


‎‎‎Rahbar __________________


‎Oldim __________________________

‎‎Bosh buxgalter ____________

‎‎(sotib oluvchi yoki vakolatli vakilning imzosi)

M.Oʻ‎

20__ yil “___” _________ dagi‎‎

_____-sonli ishonchnoma boʻyicha

‎‎‎Tovarni berdim ______________________________

__________________________________

‎‎(yetkazib beruvchining masʼul shaxsi imzosi)

‎‎(tovar oluvchining F.I.Sh.)

Paxta tolasi va lintni eksportga va respublika korxonalariga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Paxta tolasini TIAISV kompaniyalari orqali eksportga realizatsiya qilishda “Paxtasanoat” HAB tomonidan hisobvaraq-fakturani toʻldirish
MISOLI

‎‎2008-yil 30-iyundagi 804131-sonli shartnomaga
‎2008-yil 7-iyuldagi 1106/301-214-sonli

HISOBVARAQ-FAKTURA

‎‎‎Yuklab joʻnatish sanasi 07.07.08
‎‎Kurs 1310.91‎
‎‎

‎Etkazib beruvchi: Toshpaxtasanoat HAB
‎‎


‎Etkazib beruvchi: Oʻzmarkazimpeks
‎‎‎Manzil: Toshkent sh., U. Nosir koʻch., 8‎‎ Manzil: 100077, Buyuk Ipak Yoʻli-75

‎‎‎Telefon: 253-05-71

‎Telefon: 68-72-41
‎‎H-k hisobvaraq raqami: 20210000200132912001‎ H-k hisobvaraq raqami: 20210000100600099001
‎‎‎Valyuta h-k hisobvaraq raqami: 2021084030013291201 ‎‎‎‎Valyuta h-k hisobvaraq raqami:
‎‎Tosh. vil. Paxta Bank boshq.‎‎ OʻzR TIF MB Mirzo-Ulugʻbek fil.
‎‎MFO 00454 MFO 00895
‎‎‎‎STIR 200625964 STIR 201281871
‎‎XXTUT 19900‎‎
XXTUT 72100

Tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi‎‏

Oʻlchov birligi‎‏

Miqdori‎‎ 1 tonna uchun narx AQSh dollarida‎‏ 1 tonna uchun QQSsiz ulgurji preyskurant (oʻrtacha) narxi‎‏ Mahsulot qiymati‎‏ QQS‎‎ QQS hisobga olingan holda mahsulot qiymati‎‏ Etkazib berish qiymati‎‏
netto‎ kondits. ogʻirligi stavkasi‎ summasi‎

Paxta tolasi qiymati AQSh doll.

kg‎

48666,90‎ 1579,55‎ 76871,80‎

shu jumladan milliy valyutada‎ ulgurji-preyskurant narxda‎

kg‎ 50289‎ 1451634,17‎ 73001230,61‎ 0 0,00 73001230,61‎ 73001230,61‎

Tashish xarajatlari‎

545869,68 20%‎‎ 109173,94‎ 655043,62‎ 655043,62‎

“Sifat” xarajatlari‎

Qabul qilish‎

202026,72‎ 20%‎‎ 40405,34‎ 242432,06‎ 242432,06‎

Yuklab joʻnatish‎

295597,06‎ 20%‎‎ 59119,41‎ 354716,47‎ 354716,47‎

Saqlash‎

Vositachilik haqi‎

365006,16‎ 20%‎‎ 73001,23‎ 438007,39‎ 438007,39‎‎

Jahon va ulgurji-preyskurant qiymat orasidagi farq‎

499015,00

Jami‎

AQSh doll.‎ 76871,80‎

Jami‎

soʻm‎ 75190445,15

‎‏Jami toʻlashga:

Etmish olti ming sakkiz yuz yetmish bir dollar 80 tsent‎‎

‎‎‎Rahbar _______________________

‎‎‎Tovarni oldim
_____________________________________
‎‎Bosh buxgalter __________________

‎‎(sotib oluvchi yoki vakolatli vakilning imzosi)


‎M.Oʻ.‎

‎‎‎20
__ yil “___” _________ dagi
‎‎_____-sonli ishonchnoma boʻyicha
‎‎Tovarni berdim _________________ ‎‎_________________________________
‎‎(yetkazib beruvchining masʼul shaxsi imzosi)

‎‎(tovar oluvchining F.I.Sh.)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 307-modda)