Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA BOLALAR IJTIMOIY MOSLASHUVI MARKAZI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi etib qayta tashkil etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2009-yildan boshlab Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining joriy taʼminotiga uni moliyalashtirishning amaldagi shartlari saqlangan holda alohida satrda respublika budjetidan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 91-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 31-dekabr,
287-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 287-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
birinchi xatboshidagi “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi” soʻzlaridan keyin “(keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi)” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilab qoʻyilsinki, Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va oʻz faoliyati toʻgʻrisida unga hisobot beradi”.
3. 3-bandning oltinchi xatboshidan “jumladan eʼlon qilingan Mehr va muruvvat yili doirasida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. 7 va 8-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
a) 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) jismoniy imkoniyatlari cheklangan (nogironlar, jismoniy nuqsoni boʻlgan hamda asab va ruhiyati buzilgan bolalar, surunkali ogʻir kasalliklardan azob chekuvchi bolalar), shuningdek ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli boshqa guruhlarga kiradigan bolalarni (yetimlar, ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar qarovisiz qolgan bolalar, notinch oilalar bolalari) ijtimoiy moslashtirish muammolarini ishlab chiquvchi tashkilot hisoblanadi”;
b) 10-bandning toʻqqizinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 11-bandidagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 14-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 15-bandidagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 22-bandidan “shuningdek Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining taftish komissiyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. 2-ilovadan “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi” ustuni chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 525-modda)