Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI TOʻGʻRISIDA” 2008 YIL 22 IYuLDAGI OʻRQ-163-SON QONUNI)
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 2-oktabr,
221-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent” respublika fond birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va qimmatli qogʻozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarorida:
a) qarorning 1-bandi va qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“ochiq turdagi aksionerlik jamiyati” soʻzlari “ochiq aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“uning zimmasiga qiymatli qogʻozlarni roʻyxatga olish, saqlash va bir joydan ikkinchi joyga koʻchirish vazifasini yuklash” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 6-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ushbu Nizom “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro qonunchiligida nazarda tutilgan fuqarolik-huquqiy bitishuvlarni amalga oshirish qoidalarini saqlab qolgan holda qimmatli qogʻozlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq bitishuvlarni amalga oshirish qoidalarini belgilaydi”.
2-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
5-banddagi “investitsiya idoralari” va “professional vositachilarning” soʻzlari tegishli ravishda “qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari” va “investitsiya vositachilarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Qimmatli qogʻozlar xarid qilish va (yoki) sotish narxini ommaviy eʼlon qilish yoʻli bilan oʻz nomidan va oʻz hisobidan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitishuvini sodir etadigan diler oldindan eʼlon qilingan oxirgi qatʼiy (qatʼiy belgilangan) narxlarga va qimmatli qogʻozlar soniga aniq muvofiq unga qimmatli qogʻozlar xarid qilish yoki sotish toʻgʻrisidagi takliflar bilan murojaat qilgan shaxslar bilan bitim tuzishi va bunday bitishuvlar tuzishdan bosh tortmasligi shart.
Diler qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlarini ommaviy eʼlon qilish huquqiga ega. Bular: xarid qilinadigan va (yoki) sotiladigan qimmatli qogʻozlarning eng kam va eng koʻp soni, shuningdek eʼlon qilinadigan narxlar amal qiladigan muddat. Ushbu eʼlonda qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlariga koʻrsatma mavjud boʻlmagan taqdirda, diler unga mijoz tomonidan taklif qilingan muhim shartlarda shartnoma tuzishga majbur. Diler qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan bosh tortgan taqdirda unga nisbatan bunday shartnomani majburiy tuzish va (yoki) mijozga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etilishi mumkin”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Broker qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni sodir etishda mijozlarning topshirigʻiga koʻra quyidagilarga majbur”;
“b” kichik banddagi “qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchisi (investitsiya instituti)” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik banddagi “aktivlarini” soʻzi “pul mablagʻlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
bandga quyidagi mazmundagi “d” kichik band qoʻshilsin:
“d) har bir mijozning pul mablagʻlari hisobini yuritishga, qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar va operatsiyalarni faqat mijozning topshirigʻi boʻyicha va ular bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshirishga, sodir etilgan bitishuvlar va operatsiyalar toʻgʻrisida mijoz oldida hisobot berishga majburdirlar”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Mijozlarning bitishuvlar sodir etish uchun brokerga berilgan qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlari, shuningdek mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida broker tomonidan sodir etilgan bitishuvlar boʻyicha olingan qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari broker tomonidan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida va tegishli ravishda bankda ochiladigan alohida hisob raqamida (hisob raqamlarida) turishi kerak.
Agar bu mijoz bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, broker mijozga uning topshiriqlarini koʻrsatib oʻtilgan pul mablagʻlari hisobiga bajarishni yoki mijozning talabiga koʻra ularni qaytarishni kafolatlab unga mijoz tomonidan berilgan pul mablagʻlaridan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishga haqlidir.
Pul mablagʻlaridan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanish huquqini brokerga bergan mijozlarning pul mablagʻlari brokerga bunday huquqni bermagan mijozlarning pul mablagʻlari turgan hisob raqami (hisob raqamlari)dan alohida hisob raqamida (hisob raqamlarida) turishi kerak. Broker oʻz pul mablagʻlarini ushbu hisob raqamiga (hisob raqamlariga) qoʻyishga haqli emas, ular mijozlarga qaytarilishi va (yoki) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mijozlarga qarz berilishi hollari bundan mustasno”;
8-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi masalalari, qimmatli qogʻozlar bozori va uning ishtirokchilari holati tahlili va prognozi boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatadigan, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlaydigan investitsiya maslahatchisi qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha investitsiya tavsiyalarini berishda quyidagilarga majbur”;
birinchi xatboshidan “(investitsiya instituti)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“a” kichik banddan “turi” va “qiymatli qogʻozlar boʻyicha” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“v” kichik banddagi “qiymatli qogʻozlar boʻyicha” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa axborotni ham ochishi shart”;
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari faqat qonun hujjatlarida belgilangan shaklda tuzilgan vositachilik shartnomalari yoki qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar sodir etishga topshiriq yoxud ishonchnoma asosida mijozlar hisobiga ularda koʻrsatilgan barcha shartlarga aniq muvofiq ravishda ularni bajarish mobaynida mijoz bitishuvlarni tuzish mumkin deb hisoblaydigan barcha zarur shartlarga muvofiq ravishda bitishuvlar tuzishlari mumkin.
Mijoz shartnoma bajarilgunga qadar uning amal qilishini bir tomonlama toʻxtatish huquqiga ega. Xuddi shunday huquqqa topshiriq shartnomasi boʻyicha ishonchli vakil va vositachilik shartnomasi boʻyicha komissioner ham ega”;
11-bandning oltinchi xatboshidagi “qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandning birinchi xatboshidan “(investitsiya idoralari)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
15-bandning birinchi xatboshida:
rus tilidagi matnda “kredit” soʻzi “zaym” soʻzi bilan almashtirilgan;
“(uning bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi boʻlgan taqdirda)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
rus tilidagi matnda 16-banddagi “kredit” soʻzi “zaym” soʻzi bilan almashtirilgan;
18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. Qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazish:
savdo maydonchalarida sodir etilgan bitishuvlar boʻyicha – qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdo tashkilotchilari, boshqa birjalarning fondli boʻlimlari tomonidan;
qimmatli qogʻozlarning boshqa bitishuvlari boʻyicha — qimmatli qogʻozlarni begonalashtiruvchiga xizmat koʻrsatadigan depozitariylar tomonidan amalga oshiriladi.
Qimmatli qogʻozlar bilan birja va birjadan tashqari savdo tashkilotchilarining savdo maydonchalarida faqat qimmatli qogʻozlar va ularning hosilalari oldi-sotdisi boʻyicha bitishuvlar sodir etilishi va roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin”;
19-banddagi “va davlat roʻyxatidan oʻtkazish nomerini olgan” soʻzlari “agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-banddagi “organlar” soʻzi “tashkilotlar” soʻzi bilan almashtirilsin;
23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“23. Roʻyxatdan oʻtkazish shart boʻlgan bitishuv qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish uchun har ikkala taraf yoxud bitishuv tarafi yoki ularning vakolatli vakillari tomonidan taqdim etiladi”;
24-banddagi “shakldagi” soʻzi “qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ” soʻzlari “roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi tashkilot” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“roʻyxatdan oʻtkazuvchining imzosi bilan tasdiqlanadi hamda unga roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning muhri qoʻyiladi” soʻzlari “imzo bilan tasdiqlanadi va roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi tashkilotning muhri qoʻyiladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
V boʻlim oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“mazkur Nizom” soʻzlari “qonun hujjatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“investitsiya institutlari” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki boʻlmasa litsenziya bergan boshqa organ qiymatli qogʻozlar boʻyicha faoliyat koʻrsatish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyishi va uni qaytarib olishi mumkin” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlarni qoʻllashi mumkin” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibida:
a) III boʻlimning nomidagi “brokerlik idoralari, fond doʻkonlari va boshqa investitsiya muassasalari” soʻzlari “va qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 15-banddagi “boshqa investitsiya muassasalari” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 17-banddagi “brokerlik idoralari yoki boshqa investitsiya muassasalari” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 9-modda):
a) 2.2.16-banddagi “professional boshqaruvchi kompaniyalar” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 1.21-2-bandidagi “boshqaruvchi kompaniyalar”, “professional boshqaruvchi kompaniyalar” soʻzlari tegishli ravishda “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlar depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1999-yil 21-maydagi 263-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 27-modda):
a) muqaddimadagi “Qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariylar faoliyati toʻgʻrisida”gi soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligining oʻz faoliyatini tezkor boshqarish huquqida va xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar hamda boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiradigan davlat unitar korxonasi shaklidagi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (keyingi oʻrinlarda Markaziy depozitariy deb ataladi)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Markaziy depozitariy xizmatlari uchun tariflar miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi;
2. Belgilansinki, quyidagilar Markaziy depozitariyning mutlaq funksiyalari hisoblanadi:
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni hisobga qoʻyish, davlat emissiyaviy qimmatli qogʻozlari bundan mustasno;
emissiyaviy naqd bulmagan qimmatli qogʻozlarni saqlash, davlat emissiyaviy naqd bulmagan qimmatli qogʻozlari bundan mustasno;
markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi sifatida aksiyalar egalarining reyestrlarini hamda korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlarini yuritish;
unga saqlash uchun berilgan qimmatli qogʻozlarga nisbatan davlat huquqlarini, shuningdek davlat tomonidan qimmatli qogʻozlarni boshqarish vakolati berilgan shaxslarning qimmatli qogʻozlarga nisbatan huquqlarini hisobga olish;
depozitariylarning vakillik hisob raqamlarini yuritish;
birja va birjadan tashqari savdolar qatnashchilarining unga saqlash uchun berilgan qimmatli qogʻozlari savdoga qoʻyilishidan oldin ularning mavjudligini va haqiqiy ekanligini tasdiqlash;
birja va birjadan tashqari savdolarda tuzilgan bitishuvlarga muvofiq savdolar qatnashchilariga unga saqlash uchun berilgan qimmatli qogʻozlarning yetkazib berilishini taʼminlash;
emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash, davlat emissiyaviy qimmatli qogʻozlari bundan mustasno;
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish;
investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qogʻozlarga nisbatan huquqlarni hisobga olish;
depozitariylar deponentlarining yagona bazasini yuritish;
depozitariylardagi depo hisobvaraqlari boʻyicha emissiyaviy qimmatli qogʻozlar (davlat emissiyaviy qimmatli qogʻozlari bundan mustasno) harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni jamlash va turkumlashtirish”;
v) quyidagi mazmundagi 21-band qoʻshilsin:
“21. Markaziy depozitariy markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi funksiyalarini bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
qimmatli qogʻozlar nominal saqlovchilaridan aksiyalar egalarining reyestrlarini hamda korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlarini shakllantirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrash va olish.
Markaziy depozitariy markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi funksiyalarini bajarishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Markaziy depozitariy markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi funksiyalarini bajarishda:
aksiyalar egalari hamda korporativ obligatsiyalar egalarining muayyan sanadagi holatiga koʻra shakllantirilgan reyestrlarini saqlashga;
aksiyalar egalarining reyestrlari hamda korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlaridagi maʼlumotlarni qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etishga;
aksiyalar egalarining reyestrlari hamda korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlaridagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashga majbur.
Markaziy depozitariy markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi funksiyalarini bajarishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin”;
g) 3-bandning beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
d) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Quyidagilarga:
Markaziy depozitariyga:
aksiyadorlik jamiyatlariga ular tomonidan korporativ xatti-harakatlarni amalga oshirishda hamda qimmatli qogʻozlar emissiyasini tayyorlashda maslahat xizmatlari koʻrsatishga;
oldindan haq undirmasdan amalda koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq olgan holda depozitar xizmatlar koʻrsatishga ruxsat berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan uning ixtiyorida qoladigan mablagʻlarning bir qismini Markaziy depozitariyning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga yoʻnaltirishga ruxsat berilsin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
9. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-apreldagi 189-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 32-modda):
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq”;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari toʻgʻrisida Nizom”;
1-banddagi “boshqaruvchi kompaniyalarga” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “kompaniyani boshqarishga” soʻzlari “investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Boshqaruvchi kompaniyaning” soʻzlari “Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Boshqaruvchi kompaniyalar” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning birinchi xatboshidagi “quyidagilar” soʻzidan keyin “investitsiya aktivlarini” soʻzlari qoʻshilsin;
II boʻlim nomidagi “Ishonchli boshqaruv” soʻzlaridan oldin “Investitsiya aktivlarining” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshidagi “Boshqaruvchi kompaniyaning” soʻzlari “Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “ishonchli boshqaruvchi” soʻzlaridan oldin “investitsiya aktivlarining” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻninchi va oʻn birinchi xatboshidagi “boshqaruvchi kompaniya”, “boshqaruvchi kompaniyaga” soʻzlari tegishli ravishda “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi”, “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11 va 12-banddagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-banddagi “boshqaruvchi kompaniya”, “boshqaruvchi kompaniyaning” soʻzlari tegishli ravishda “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi”, “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Shartnomani bajarish jarayonida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan boshqaruv taʼsischisi mulkiga olinadigan pul mablagʻlari investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi obyektiga kiritiladi. Bunda investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining ushbu pul mablagʻlarini berish toʻgʻrisida oʻzi bilan boshqaruv taʼsischisi oʻrtasida qoʻshimcha bitimlar tuzishi talab qilinmaydi. Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining bunday xatti-harakatlarni sodir etish natijasida paydo boʻlgan majburiyatlari koʻrsatib oʻtilgan pul mablagʻlari hisobiga bajariladi.
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish shartnomasida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan boshqaruv taʼsischisi mulkiga olingan barcha pul mablagʻlarining ular investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan olingandan keyin darhol toʻliq hajmda boshqaruv taʼsischisiga berilishi kerakligi nazarda tutilgan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan qoida amal qilmaydi”;
15-banddagi “Ishonchli boshqaruv” soʻzlaridan oldin “Investitsiya aktivlarining” soʻzlari qoʻshilsin, shuningdek “boshqaruvchi kompaniyaning” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-banddagi “Boshqaruvchi kompaniyaning”, “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari tegishli ravishda “Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining”, “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin, shuningdek “ishonchli boshqaruv” soʻzlaridan oldin “investitsiya aktivlarini” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshidagi “Boshqaruvchi kompaniyaning” soʻzlari “Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “ishonchli boshqaruv” soʻzlaridan oldin “investitsiya aktivlarini” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Ishonchli boshqaruv” soʻzlaridan oldin “Investitsiya aktivlarini” soʻzlari qoʻshilsin;
20-band matnidagi “boshqaruvchi kompaniya”, “Boshqaruvchi kompaniyaning” soʻzlari tegishli ravishda “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi”, “Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-banddagi “Boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-banddagi “boshqaruvchi kompaniyaning” soʻzlari “Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-banddagi “boshqaruvchi kompaniyaga” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
III boʻlim nomidagi “Ishonchli boshqaruv” soʻzlaridan oldin “Investitsiya aktivlarini” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshidagi “Boshqaruvchi kompaniyaga”, “boshqaruvchi kompaniyaning” soʻzlari tegishli ravishda “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga”, “investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “ishonchli boshqaruvchida”, “Ishonchli boshqaruv” soʻzlari tegishli ravishda “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisida”, “Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-banddagi “boshqaruvchi kompaniyalar”, “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari tegishli ravishda “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari”, “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin, shuningdek “ishonchli boshqaruv” soʻzlaridan oldin “investitsiya aktivlarini” soʻzlari qoʻshilsin;
27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“27. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv muassisi tomonidan pul mablagʻlarini investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga berish naqd boʻlmagan pul mablagʻlarini uning tomonidan ochiladigan alohida hisob raqamiga oʻtkazish yoki naqd mablagʻlarni investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining bankdagi hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi”.
28-banddagi “Boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
IV boʻlim nomidagi “Boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
29-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“29. Boshqaruv muassisi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatini cheklash huquqiga ega, ushbu cheklashlar investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga quyidagilarni taqiqlaydi:
oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlari hisobiga oʻz mulkidagi, oʻz muassisi mulkidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olish;
oʻz boshqaruvidagi qimmatli qogʻozlarni oʻz mulkiga, oʻz muassislari mulkiga begonalashtirish, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa;
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi ayni bir vaqtda boshqa shaxs tomonida broker (vositachi, ishonchli vakil) sifatida ish koʻradigan bitishuvlar tuzish;
oʻzi va oʻzining muassislari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlari hisobiga sotib olish;
tugatish jarayonida boʻlgan tashkilotlarning qimmatli qogʻozlarini oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlari hisobiga sotib olish;
oʻziga tobe shaxslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarini oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlari hisobiga sotib olish;
investitsiya aktivlarini oʻziga tobe shaxslarga joylashtirish;
oʻz boshqaruvida boʻlgan qimmatli qogʻozlarni ushbu bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshida belgilangan qimmatli qogʻozlarga almashtirish;
oʻz boshqaruvida boʻlgan qimmatli qogʻozlarni toʻlov muddatini 30 kalendar kundan koʻproq muddatga kechiktirishni yoki uni boʻlib-boʻlib toʻlashni nazarda tutuvchi shartnomalar boʻyicha oʻzgaga berish;
oʻz boshqaruvida boʻlgan qimmatli qogʻozlarni oʻz majburiyatlarini (boshqaruvchi tomonidan ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi tegishli shartnoma bajarilishi munosabati bilan paydo boʻladigan majburiyatlardan tashqari), oʻz muassislari majburiyatlarini, boshqa har qanday uchinchi shaxslarning majburiyatlarini bajarishni taʼminlash uchun garovga berish;
oʻz boshqaruvida boʻlgan qimmatli qogʻozlarni uchinchi shaxsning depozit tasarrufchisi va (yoki) oluvchisi sifatida belgilangan holda saqlashga berish;
oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlarini uchinchi shaxslar foydasiga omonatga qoʻyish yoxud koʻrsatilgan mablagʻlarni uchinchi shaxs (shaxslar) tasarrufchisi etib belgilangan hisob raqamiga (hisob raqamlariga) oʻtkazish;
oʻz boshqaruvida boʻlgan pul mablagʻlari hisobiga har qanday uchinchi shaxslar ular boʻyicha toʻlovning oluvchilari etib belgilangan sugʻurta shartnomalarini tuzish (sugʻurta polislarini sotib olish).
Qonun yoki shartnomada investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatiga qoʻshimcha cheklashlar belgilanishi mumkin”.
30-banddagi “Boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
V boʻlim nomidagi “Boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“31. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini boshqaruv muassisiga xizmatlar koʻrsatgani uchun taqdirlash puli asosiy va qoʻshimcha (mukofot) taqdirlash tarzida toʻlanadi.
Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining asosiy taqdirlash puli bir yil uchun belgilangan summada, choraklar boʻyicha taqsimlagan holda yoki u boshqaradigan aktivlardan olingan daromadga nisbatan foizlar hisobida belgilanadi. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi oladigan asosiy taqdirlash pulining umumiy miqdori va xususiyati shartnomada belgilanadi.
Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisining qoʻshimcha (mukofot) taqdirlash puli shartnomaga muvofiq yil natijalariga koʻra toʻlanadi”;
32-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarishda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi tomonidan qilingan barcha xarajatlar miqdori, ularni toʻlash muddatlari va tartibi hamda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini boshqaruv muassisiga koʻrsatilgan xizmatlar uchun taqdirlash puli toʻlash ular oʻrtasida tuziladigan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish shartnomasida belgilanadi”;
VI boʻlim nomidagi “Boshqaruvchi kompaniyani” soʻzlari “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
33-banddagi “Boshqaruvchi kompaniyani”, “boshqaruvchi kompaniya” soʻzlari tegishli ravishda “Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisini”, “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 29-apreldagi 196-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 33-modda):
1-banddagi “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin, shuningdek “(tashkilotlari)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “hisob-kitob-kliring palatalari (tashkilotlari)” soʻzlari “hisob-kitob-kliring palatalari” soʻzlari bilan almashtirilsin, shuningdek “(investitsiya instituti)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidagi “Markaziy depozitariyning” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (keyingi oʻrinlarda Markaziy depozitariy deb yuritiladi)”;
7-bandning ikkinchi xatboshidan “ikkinchi darajali” soʻzlari chiqarib tashlansin;
9-bandning toʻrtinchi xatboshidan “ikkinchi darajali” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ilova nomidagi “depozitariy tizimida” soʻzlari “depozitariylar tizimida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariylar faoliyati toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”, “depozitariy tizimida” soʻzlari tegishli ravishda “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”, “depozitariylar tizimida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “depozitariy tizimida”, “Markaziy depozitariy” soʻzlari tegishli ravishda “depozitariylar tizimida”, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (keyingi oʻrinlarda Markaziy depozitariy deb yuritiladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 12-oktabrdagi 272-sonli qaroriga muvofiq kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT - 2009-yil 42-son 450-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatishini tartibga solish va uni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 7-sentabrdagi 351-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining Apellatsiyalarni koʻrib chiqish kengashi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 15-sentabrdagi 395-son qarori va qarorga 2-ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga 6-ilova II boʻlimi 17-bandi “g” kichik bandining oʻn uchinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 27-fevraldagi 70-son qarorga ilovaning 1-bandi, 3-bandining oʻn yettinchi xatboshi, 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 11-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish hamda ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2002-yil 5-sentabrdagi 317-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 9-son, 50-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-iyuldagi 307-son qarorining 2-bandi, shuningdek qarorga 1-ilova 1-bandining “a” kichik bandi va 3-bandi hamda qarorga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 59-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 412-modda; 2009-yil 42-son 450-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)