Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.07.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2006—2008 YILLARDA MAHALLIY XOM AShYo NEGIZIDA TAYYOR MAHSULOTLAR, BUTLOVChI BUYuMLAR VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh DASTURIGA TUZATIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-iyuldagi 149-sonli “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatish kiritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006—2008-yillarda mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi toʻgʻrisida” 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-son qarorining 4-bandiga muvofiq, Dasturga shu jumladan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha yangi loyihalarni kiritish yoʻli bilan Mahalliylashtirish dasturini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-maydagi PQ-879-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 22-23-son, 198-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 13-avgustdagi 391-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 82-modda) 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shaismatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-may,
93-son
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 8-maydagi 93-son qaroriga
5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 13-avgustdagi 391-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-banddagi “amalga oshirish masalalari boʻyicha maxsus komissiya (Oʻ. Sultonov)” soʻzlari “amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha maxsus komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Qarorga ilovada:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mazkur Nizom Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi (keyingi oʻrinlarda matnda Mahalliylashtirish dasturi deb yuritiladi) roʻyxatlari va parametrlariga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibini belgilab beradi”;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish:
Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarning ayrim parametrlarini oʻzgartirish;
Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarni chiqarib tashlash yoki shunday maqsaddagi muqobil loyihalar bilan almashtirish;
respublika korxonalarida ishlab chiqarish-texnika va isteʼmol maqsadlaridagi materiallar va buyumlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha yangi loyihalarni kiritish boʻyicha asoslangan takliflar asosida amalga oshirilishi mumkin”;
v) 5-bandning “a” kichik bandidagi “amalga oshirish masalalari boʻyicha maxsus komissiya” soʻzlari “amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha maxsus komissiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
g) 11-banddagi “Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 18-son qarorida nazarda tutilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 193-modda; 2008-y., 22-23-son, 198-modda)