Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.09.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“OLMALIQ KON-METALLURGIYA KOMBINATI” OAJNING TAShKILIY TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3280-sonli “Olmaliq KMK” AJning boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish va buning asosida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni hamda bir qator qimmatbaho metallar va polimetall ruda konlarini kombinat balansiga oʻtkazish hisobiga uning mineral-xomashyo bazasini kengaytirishni nazarda tutgan holda rangli va qimmatbaho metallar qazib chiqarish hamda qayta ishlashni barqaror rivojlantirishni taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJning tashkiliy tuzilmasi 1 va 1a-ilovalarga* muvofiq;
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ ijro etuvchi apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 175 kishidan iborat tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJning boʻlinmalariga rahbarlik qilish sxemasi 3-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
* 1a—3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ boshqaruvi raisiga Kuzatuv kengashi bilan kelishgan holda xodimlarning belgilangan shtat soni doirasida kombinat boshqaruvi tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Belgilansinki, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ boshqaruvi raisi — bosh direktori aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida saylanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimga tasdiqlanadi, bosh direktorning oʻrinbosarlari esa lavozimga bosh direktor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda tayinlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 20-maydagi PQ-1340-sonli qarori tahririda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini aksionerlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisida”gi 1997-yil 10-fevraldagi 71-sonli qarori 6-bandining birinchi xatboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-aprel,
PQ-628-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 25-apreldagi PQ-628-son qaroriga
1-ILOVA
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJning tashkiliy tuzilmasi
1. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ ijro etuvchi apparati
2. Qalmoqqir ruda boshqarmasi
3. Angren ruda boshqarmasi
4. Chodak ruda boshqarmasi
5. Qauldi ruda koni
6. Uchquloch ruda koni
7. Mis boyitish fabrikasi
8. Qoʻrgʻoshin-rux boyitish fabrikasi
9. Mis eritish zavodi
10. Rux zavodi
11. Markaziy taʼmirlash-mexanika zavodi
12. Ixtisoslashgan emulsiyaviy portlovchi moddalar ishlab chiqarish korxonasi
13. Ohaktosh qazib chiqarish va qayta ishlash sexi
14. Texnikaviy nazorat xizmati
15. Yangi texnologiyalarni tatbiq etish markaziy laboratoriyasi
16. Markaziy ekspert-tahlil laboratoriyasi
17. Avtomatika va geofizika markaziy laboratoriyasi
18. Markaziy metrologiya laboratoriyasi
19. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi
20. Avtomobil transporti boshqarmasi
21. Sanoat temiryoʻl transporti boshqarmasi
22. Moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasi
23. Elektr tarmoqlari boshqarmasi
24. Neft mahsulotlari taʼminoti boshqarmasi
25. Issiqlik elektr markazi (TES)
26. Sanoat suv taʼminoti sexi
27. Kapital qurilish boshqarmasi
28. Loyiha ishlari boshqarmasi
29. “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti
30. Idoraviy harbiylashtirilgan soqchilik va qoʻriqlash xizmati
31. Fuqaro muhofazasi otryadi
32. Oʻquv markazi
33. Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish boshqarmasi
34. Ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega obyektlarni saqlash boshqarmasi
35. Uy-joy taʼmirlash-ekspluatatsiya boshqarmasi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 177-modda)