Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SHOHI ZINDA YODGORLIK MAJMUASIDA QAYTA TIKLASH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Milliy meʼmorchiligimizning noyob durdonasi — Samarqand shahridagi Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, uning infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Samarqand viloyati hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligining Shohi Zinda yodgorlik majmuasida mustaqil yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Shohi Zinda jamoatchilik fondini (bunday keyin “Fond” deb yuritiladi) tuzish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin. Fond Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari olib boriladigan davrda faoliyat yuritishi belgilab qoʻyilsin.
Fondning Vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga hamda uning ijrochi direksiyasi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin. Vasiylik kengashi bir oy muddatda ijrochi direksiya rahbariyati va xodimlari tarkibini tasdiqlasin hamda u oʻz vazifasini bajarishga kirishsin. Majmuada amalga oshiriladigan ishlarni boshqarish va muvofiqlashtirish vazifasi Fond ijrochi direksiyasi zimmasiga yuklanishi qayd etilsin.
2. Quyidagilar Fondning asosiy maqsad va vazifalari etib belgilansin:
— noyob tarixiy-meʼmoriy inshoot va muqaddas qadamjo hisoblangan Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini olib borish;
— mazkur moʻtabar maskanning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu yerga mahalliy va xorijiy fuqarolarning keng koʻlamdagi ziyoratlarini uyushtirish;
— yodgorlik majmuasini ziyorat qilish tartib-qoidalarini ishlab chiqish va joriy etish, ziyoratchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish;
— diniy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishda, ayniqsa, yoshlarni milliy gʻurur va iftixor, Vatanga sadoqat, insonparvarlik ruhida tarbiyalashda ajdodlarimizning buyuk merosidan samarali foydalanishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Fondni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Fond mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning, hukumatga qarashli va hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro tashkilotlar, xorijiy fuqarolarning homiylik mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tashkil topadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish uchun Fondga 2004-yilda 300,0 mln soʻm mablagʻ ajratsin hamda tasdiqlangan davlat budjeti koʻrsatkichlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
2005-yilgi davlat budjetida majmuada yuqorida koʻrsatilgan ishlarni davom ettirish uchun Fondga tegishli mablagʻlar ajratishni rejalashtirsin.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasining bu xayrli ishga joriy yilda 50,0 mln soʻm va keyingi yillarda 100,0 mln soʻm miqdorida mablagʻ ajratish haqidagi qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun Fond yagona buyurtmachi boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
7. Samarqand shahar hokimligi bir oy muddatda Fondni bino bilan taʼminlasin.
8. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi Shohi Zinda yodgorlik majmuasini qayta tiklash, taʼmirlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, bu yerdagi obidalar tarixini oʻrganish ishlarini olib borishda Fondga doimiy yordam koʻrsatsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Samarqand viloyati hokimligi yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlarning Shohi Zinda yodgorlik majmuasiga ziyoratlarini tashkil etish boʻyicha nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan aloqa oʻrnatish va hamkorlik qilishda Fondga har tomonlama koʻmaklashsinlar.
10. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligiga respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalarida Shohi Zinda yodgorlik majmuasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 16-iyul,
337-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-iyuldagi 337-son qaroriga
1-ILOVA
Shohi Zinda jamoatchilik fondi Vasiylik kengashining
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
1.‎ Minovarov Sh.Sh.‎ —‎‎ Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi, kengash raisi ‎
2.‎ Xusnidinov Z.M.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida)‎
3.‎ Bahromov A.A.‎ —‎‎ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, kengash raisi oʻrinbosari‎
4.‎ Halimov F.A.‎ —‎‎ Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Samarqand viloyatidagi vakili, kengash kotibi‎

‎‎Kengash aʼzolari:

5.‎ Toxtayev A.R.‎ —‎‎ Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi ‎
6.‎ Husanboyev B.M.‎ —‎‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi ‎
7.‎ Xolmuhamedov Oʻ.O.‎ —‎‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori‎
8.‎ Nurmurodov M.B.‎ —‎‎ Samarqand viloyati hokimi‎
9.‎ Rafiqov S.G.‎ —‎‎ Samarqand shahar hokimi‎
10.‎ Ernazarov E.M.‎ —‎‎ Madaniyat ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari‎
11.‎ Ashrafxonov B.B.‎ —‎‎ Moliya vazirining oʻrinbosari ‎
12.‎ Hojimatov M. —‎‎ Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari
13.‎ Gadoyboyev A.G.‎ —‎‎ Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi raisi‎
14.‎ Abdullayev A.B.‎ —‎‎ Toshkent islom universiteti prorektori‎
15.‎ Shirinov T.Sh.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Samarqand viloyati boʻlimi raisi‎
16.‎ Davronov Sh.‎ —‎ Samarqand viloyati bosh arxitektori‎
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-noyabrdagi 230-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 45-son, 445-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-iyuldagi 337-son qaroriga
2-ILOVA
Shohi Zinda jamoatchilik fondi ijrochi direksiyasining
TUZILMASI
1.‎ Ijrochi direktor‎ —‎ 1‎
2.‎ Maʼnaviy va diniy masalalar boʻyicha maslahatchi‎ —‎ 1‎
3.‎ Bosh hisobchi-kassir‎ —‎ 1‎
4.‎ Ekspert-taʼmirshunos‎ —‎ 1‎